×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VESIKOFEN tabletkalari 10mg N30

Kategoriya:
- Urologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Faol modda:
солифенацина сукцинат
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Pharmactive Ilac San. ve Tic. A.S.
Vakil:
- Asfarma Savdo MChJ
ATX kodi:
- G04BD08
Noaniqliq haqida habar berish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
1 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: solifenatsin suktsinati 5 mg yoki 10 mg;
yordamchi moddalar:
5 mg li tabletkalar: laktoza monogidrati, PVP K-30, talk, natriy stearilfumarati, Opadry Yellow 03F220022 (gipromelloza, titan dioksidi, makrogol, talk, temir II oksidi);
10 mg li tabletkalar: laktoza monogidrati, PVP K-30, talk, natriy stearilfumarati, Opadry Pink 03F240019 (gipromelloza, titan dioksidi, makrogol, talk, temir II oksidi, temir III oksidi).
Solifenatsin - muskarin retseptorlarining asosan M3-kichik turini spetsifik raqobatli ingibitoridir.
So'rilishi
Ichga qabul qilingandan keyin qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi (Smax) ga 3-8 soatdan keyin erishiladi. Maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti - Tmax dozaga bog'liq emas. Mutloq biokiraolishligi - 90%. Ovqat qabul qilish solifenatsinning Smax va AUC ko'rsatkichlariga ta'sir qilmaydi.
Taqsimlanishi
Solifenatsinning plazma proteinlari bilan (asosan α1-kislotali glikoprotein bilan) bog'lanish darajasi yuqori - taxminan 98% bog'langan.
Biotransformatsiyasi
Solifenatsin jigarda, asosan sitoxrom R450 3A4 (CYP3A4) yordamida faol metabolizmga uchraydi. Solifenatsinning tizimli klirensi taxminan 9,5 l/soat ni tashkil qiladi, yakuniy yarim parchalanish davri esa - 45-68 soatga teng.
Chiqarilishi
14S-bilan nishonlangan 10 mg solifenatsin bir marta yuborilganidan keyin 26 kun o'tgach, taxminan 70% radioaktivlik siydikda va 23% ahlatda aniqlangan. Siydikda taxminan 11% radioaktivlik o'zgarmagan faol modda ko'rinishida, taxminan 18% N-oksidli metaboliti ko'rinishida, taxminan 9% 4R-gidroksi-N-oksid metaboliti va 8% 4R-gidroksi metaboliti (faol metabolit) ko'rinishida aniqlangan.
Vesikofen™ solifenatsinning antixolinergik ta'siri bilan bog'liq bo'lgan, ko'pincha kuchsiz yoki o'rtacha ifodalangan nojo'ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin. Bu noxush samaralarning tez-tezligi dozaga bog'liq. Preparatning eng ko'p aniqlanadigan nojo'ya ta'sir – og'izni qurishi – u odatda kuchsiz namoyon bo'ladi va juda kam hollardagina davolashni to'xtatishga olib keladi.
Nojo'ya ta'sirlarni yuz berish tezligi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); uchrash tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo'lmaydi).

Infektsiyalar va invaziyalar
tez-tez emas: siydik chiqarish yo'llarining infektsiyalari, sistit.
Ruhiyat tomonidan
juda kam hollarda: gallyutsinatsiyalar.
Nerv tizimi tomonidan
tez-tez emas: uyquchanlik, disgevziya;
juda kam hollarda: bosh aylanishi, bosh og'rig'i.
Ko'rish a'zosi tomonidan
tez-tez: ko'rishni noaniqligi;
tez-tez emas: ko'zni qurishi.
Nafas tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan
tez-tez emas: burun bo'shlig'ini qurishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan
juda tez-tez: og'iz bo'shlig'ini qurishi;
tez-tez: qabziyat, ko'ngil aynishi, dispepsiya, qorinda og'riq;
tez-tez emas: gastroezofageal reflyuks kasalligi, tomoqni qurishi;
kam hollarda: ichak tutilishi;
juda kam hollarda: qusish.
Teri va teri osti to'qimasi tomonidan
tez-tez emas: terini qurishi;
juda kam hollarda: qichishish, toshma, eshakemi.
Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan
tez-tez: siyishni qiyinlashishi;
kam hollarda: siydik chiqarilishini tutilishi.
Umumiy buzilishlar va mahalliy reaktsiyalar
tez-tez emas: charchoq, periferik shishlar.
Shubhali nojo'ya reaktsiyalar to'g'risida xabar berish
Dori preparati ro'yxatdan o'tkazilganidan keyin shubhali nojo'ya reaktsiyalar to'g'risida xabar berish muhim ahamiyatga ega. Bu dori vositasini qo'llaganda foyda/xavf nisbatini uzoq vaqt nazoratini amalga oshirish imkonini beradi.
Noxush samaralar paydo bo'lganida shifokorga murojaat qiling.
Vesikofen™ preparatini QT intervalini uzayishiga va Torsade de Pointes ni rivojlanishiga olib keluvchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llash, shunga o'xshash samaralar xavfini oshiradi. Shuning uchun Vesikofen™ preparatini bunday dori vositalar bilan majmuada qo'llash mumkin emas.
Vezikar bilan davolashni boshlashdan oldin siyishni buzilishini boshqa sabablari (yurak yetishmovchiligi yoki buyrak kasalliklari) bor yoki yo'qligini aniqlash kerak. Agar siydik yo'llarining infektsiyasi aniqlansa, tegishli antibakterial davolashni boshlash kerak.
Vesikofen™ ni quyidagi holatlarda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak:
siydik tutilishini rivojlanish xavfiga olib boruvchi qovuqning chiqish teshigini klinik ahamiyatli obstruktsiyasi;
me'da-ichakning obstruktiv kasalliklari;
me'da-ichak yo'llarining motorikasini pasayish xavfi bo'lgan patsiyentlar;
og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga ≤30 ml) – bunday patsiyentlar uchun doza 5 mg dan oshmasligi kerak;
o'rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligi (Shild-Pugh ko'rsatkichi 7 dan 9 gacha) - bunday patsiyentlar uchun doza 5 mg dan oshmasligi kerak.
CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlari (masalan, ketokonazol) bilan bir vaqtda qo'llanilishi;
diafragmaning qizilo'ngach teshigini churrasi, gastroezofagal reflyuks va ezofagitni chaqirishi yoki kuchaytirishi mumkin bo'lgan dori vositalarini (masalan, bisfosfonatlar) bir vaqtda qo'llanilishi;
avtonom neyropatiya.
Nevrogen etiologiyali detruzor giperreaktivligi bo'lgan patsiyentlarda preparatni qo'llash xavfsizligi va samaradorligi o'rganilmagan.
Galaktozani o'zlashtira olmaslikning kam uchraydigan nasliy shakli, Lapp laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so'rilishi bo'lgan patsiyentlarga preparat buyurilmaydi.
Preparatning har bir dozasi 1 mmolь dan kam natriy saqlaydi; bunday miqdorda natriy bilan bog'liq biron-bir reaktsiya kutilmaydi.

Transport vositalarini va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Solifenatsin boshqa m-xolinoblokatorlar kabi, ko'rishni noaniqligini, kam hollarda - uyquchanlik va chorchoq hissini chaqirishi mumkin, bu avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy ta'sir qilishi mumkin.
Qovuqning giperreaktivlik sindromi bo'lgan patsiyentlar uchun xarakterli bo'lgan siydikni urgent (imperativ) tutib turaolmaslikni va/yoki tez-tez siyish va siyishga urgent (imperativ) qistovlarni simptomatik davolash uchun qo'llaniladi.
Solifenatsinga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Siyishni tutilishi; og'ir me'da-ichak kasalliklari (shu jumladan toksik megakolon), miasteniya gravis (myasthenia gravis), yopiq burchakli glaukoma, shuningdek shunga o'xshash holatlarni rivojlanish xavfini mavjudligi.
Gemodializani o'tkazilishi.
Og'ir jigar yetishmovchiligi
Og'ir buyrak yetishmovchiligi yoki CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari (masalan ketokonazol) bilan bir vaqtda davolashdagi o'rtacha jigar yetishmovchiligida qo'llash mumkin emas.
Farmakologik o'zaro ta'siri
Antixolinergik dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llanganda yanada yaqqol terapevtik ta'sir va nohush samaralarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Antixolinergik ta'sirga ega bo'lgan boshqa preparat bilan davolashni boshlashdan oldin, Vesikofen™ preparatini qabul qilish to'xtatilganidan keyin bir haftalik tanaffus qilish kerak. Preparatning terapevtik samarasi xolinergik retseptorlarning agonistlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida pasayishi mumkin.
Solifenatsin me'da-ichak yo'llarining motorikasini rag'batlantiruvchi dori preparatlar, masalan - metoklopramid va sizapridning samarasini pasaytirishi mumkin.
Solifenatsinning farmakokinetikasiga boshqa dori preparatlarining ta'siri
Solifenatsin CYP3A4 izofermenti tomonidan metabolizimga uchraydi. Shuning uchun ketokonazol bilan bir vaqtda qo'llanganda preparatning maksimal dozasi 5 mg dan oshmasligi kerak, CYP3A4 ning boshqa kuchli ingibitorlari (ritonavir, nelfinavir, itrakonazol kabilar) bilan birga qo'llanganda – terapevtik dozalarni oshirmaslik kerak. Solifenatsin verapamil, diltiazem, rifampitsin, fenitoin, karbamazepin bilan o'zaro ta'sirga kirishishi mumkin.
Boshqa dori vositalarning farmakokinetikasiga solifenatsinning ta'siri
Peroral kontratseptivlar: Vesikofen™ preparati majmuaviy peroral kontratseptivlar bilan (etinilestradiol/levonorgestrel kabilar) o'zaro ta'sirga kirishmaydi.
Varfarin: Vesikofen™ R-varfarin yoki S-varfarinning farmakokinetikasini yoki ularning protrombin vaqtiga ta'sirini o'zgarishlarini chaqirmagan.
Digoksin: Vesikofen™ digoksinning farmakokinetikasiga ta'sir ko'rsatmagan.
Kattalar, shu jumladan keksa patsiyentlar
Tavsiya etilgan doza sutkada 1 marta 5 mg ni tashkil etadi. Zarurati bo'lganida doza sutkada bir marta 10 mg gacha oshirilishi mumkin.
Vesikofen™ preparatini uzoq muddatli davolash uchun qo'llash mumkin. Tabletkalarni ichga, butunligicha, ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish kerak.
Alohida guruh patsiyentlari bilan bog'liq qo'shimcha ma'lumotlar
Buyrak yetishmovchiligi
Yengil va o'rtacha og'irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan ortiq) dozaga tuzatish kiritishga zarurat yo'q. Og'ir buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, bunda sutkalik dozalar 5 mg dan oshmasligi kerak.
Jigar yetishmovchiligi
Yengil darajadagi jigar yetishmovchiligida dozaga tuzatish kiritishga zarurat yo'q.
O'rtacha og'irlik darajasidagi jigar yetishmovchiligida (Chayld-Pьyu shkalasi bo'yicha 7-9 ball) preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, bunda sutkalik dozalar 5 mg dan oshmasligi kerak.
Pediatrik patsiyentlar
Preparatni bolalarda qo'llash xavfsizligi va samaradorligi o'rganilmagan, shu boisdan Vesikofen™ preparatini pediatrik patsiyentlar qo'llash mumkin emas.
Geriatrik patsiyentlar
Tavsiya etilgan doza sutkada 1 marta 5 mg ni tashkil etadi. Zarurati bo'lganida doza sutkada bir marta 10 mg gacha oshirilishi mumkin.
Boshqalar
P4503A4 sitoxromning kuchli ingibitorlari: ketokonazol bilan bir vaqtda qo'llanganda Vesikofen™ preparatining maksimal dozasi 5 mg dan oshmasligi lozim, CYP3A4 ning ritonavir, nelfinavir va itrakonazol kabi boshqa kuchli ingibitorlari bilan birga qo'llanganda, Vesikofen™ preparatining dozasi terapevtik dozadan oshmaslik kerak.
Solifenatsin suktsinatining dozasini oshirib yuborilishi og'ir antixolinergik samaralarni chaqirishi mumkin. Doza oshirib yuborilgan hollarda faollashtirilgan ko'mirni buyurish, me'dani yuvishni o'tkazish, lekin qusishni chaqirmaslik kerak.
Zarurati bo'lganida quyidagi simptomatik davolash o'tkaziladi:
- markaziy ta'sirga ega og'ir antixolinergik samaralarda (gallyutsinatsiyalar yoki yaqqol qo'zg'aluvchanlik) - fizostigmin yoki karbaxol buyuriladi;
- tirishishlarda yoki yaqqol qo'zg'aluvchanlikda – benzodiazepinlar buyuriladi;
- nafas yetishmovchiligida sun'iy nafasni berish o'tkaziladi;
- taxikardiyada beta-blokatorlar buyuriladi;
- siydik tutilishida kateterizatsiya o'tkaziladi;
- midriazda ko'zga pilokarpin tomizish va/yoki bemorni qorong'i xonaga kiritish kerak.
Boshqa m-xolinoblokator vositalarning dozasi oshirib yuborilganida bo'lgani kabi, alohida e'tibor QT-intervalini uzayish xavfi aniqlangan patsiyentlarga (ya'ni gipokaliyemiyada, bradikardiyada va QT-intervalini uzayishini chaqiruvchi preparatlar bir vaqtda qabul qilinganida) va yurak kasalliklari (miokard ishemiyasi, aritmiyalar, surunkali yurak yetishmovchiligi) bo'lgan patsiyentlarga qaratilishi kerak.
Homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida qo'llanishi
Solifenatsinni qabul qilish vaqtida homilador bo'lgan ayollar to'g'risida klinik ma'lumotlar yo'q. Vesikofen™ preparatini homiladorlikda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Solifenatsinni ko'krak suti bilan chiqarilishi to'g'risida ma'lumotlar yo'q. Preparatni laktatsiya davrida qo'llashdan saqlanish kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VESIKOFEN tabletkalari 10mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VESIKOFEN tabletkalari 10mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VESIKOFEN tabletkalari 10mg N30 dori vositasi Pharmactive Ilac San. ve Tic. A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VESIKOFEN tabletkalari 10mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VESIKOFEN tabletkalari 10mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
VESIKOFEN tabletkalari 5mg N30
Ishlab chiqaruvchining dorilari
UDEKS kapsulalar 250mg N100
Narh: 330 400 so'mdan Batafsil
LYUKAMONT KIDS tabletkalari 5mg N28
ALDES tabletkalari 5mg N20
LYUKAMONT KIDS tabletkalari 4mg N28
FUNDOKORT krem 15 g 10 mg+1 mg
VESIKOFEN tabletkalari 5mg N30
ALDES sirop 150ml 2,5mg/5ml
TEMPAS tabletkalari 200mg N20
KLOBENAT maz 50 g 0,5 mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmactive İlaç San. ve Tic. A.Ş.
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
ENFEKDERM krem 20mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmactive Ilac San. ve Tic. A.S.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9