×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

YODOMARIN 100 tabletkalari 100mkg N100

Kategoriya:
- Gormonal vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
Калия йодид
Qadoqda soni:
- 100
Ishlab chiqaruvchi:
- Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
ATX kodi:
- H03CA01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 268 ta dorixonasida topildi

ico 32 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 44 100 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 33 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

OKSITOSIN eritma 1ml 5ME/ml N10 Эндокринный МЗ Vengriya
6 700 s`om dan
DEKSAMETAZON tabletkalari 0,5mg N10 Krka d.d. Novo Mesto Sloveniya
15 000 s`om dan
DIPROSPAN suspenziya 1ml N5 Schering-Plough Сentral East AG, Швейцария произведено: Schering-Plough Labo N.V. Belgiya
112 000 s`om dan
SLIDERON tabletkalari 4mg N20 Spey Medikal Ltd., Великобритания произведено: Balkanpharma-Razgrad AD Bolgariya
57 100 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
YODOMARIN 100 tabletkalari 100mkg N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

 

 

 

 

ILOVA-VARAQA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT

Yodomarin® 100 tabletkalar

Kaliy yodidi

 

Ushbu dori preparatini qo‘llashni boshlash oldidan ushbu ilova-varaqani diqqat bilan to‘liq o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim ma‘lumot saqlanadi

–     Ushbu preparat reseptsiz beriladi. Shunga qaramay, yaxshiroq natijaga erishish uchun Yodomarin® 100 preparatini ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.

–     Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Sizga uni o‘qib chiqish kerak bo‘lib qolishi mumkin.

–     Agar Sizga qo‘shimcha ma‘lumot yoki maslaxat kerak bo‘lsa, dorixona xodimi bilan maslaxatlashing.

–     Biron-bir nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu har qanday bo‘lishi mumkin bo‘lgan – shu jumladan ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmagan nojo‘ya samaralarga taalluqli.

 

Ushbu ilova-varaqaning mazmuni:

  1. Yodomarin® 100 o‘zi nima va u nima uchun ishlatiladi
  2. Yodomarin® 100 ni qabul qilishdan oldin nimani bilish kerak
  3. Yodomarin® 100 ni qanday qabul qilish kerak
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
  5. Yodomarin® 100 ni qanday saqlash kerak
  6. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar

  1. YODOMARIN® 100 O‘ZI NIMA VA U NIMA UCHUN ISHLATILADI

Yodomarin® 100 – qalqonsimon bez kasalliklarini davolash uchun vosita.

Yodomarin® 100 quyidagilarda qo‘llanadi:

  • yodning tanqisligi chaqirgan kasalliklarni oldini olish (masalan, tuproq va suvda yodning miqdori yetarli bo‘lmagan hududlarda, shuningdek yodning tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘qoq rezeksiyasidan keyin bo‘qoqni oldini olish);
  • yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, bolalar, o‘smirlarda, shuningdek yoshroq kattalarda bo‘qoqni davolash.

  1. YODOMARIN® 100 NI QABUL QILISHDAN OLDIN NIMANI BILISH KERAK

Yodomarin® 100 ni qabul qilmang

  • Agar Sizda kaliy yodidiga yoki ushbu preparatning har qanday boshqa komponentiga allergiya kuzatilsa (6.1 bo‘limida sanab o‘tilgan)
  • Qalqonsimon bezining faoliyatini yaqqol oshishida (shikoyatlar mavjud)
  • Yodning sutkada 150 mkg dan yuqori dozalarida qalqonsimon bezining faoliyatini yashirin oshishida (shikoyatlar yo‘q),
  • Xavfsiz gormon hosil qiluvchi o‘sma, shuningdek yodni sutkada 300 dan 1000 mkg gacha dozalarida (operasiyadan oldingi davrdagi davolashdan tashqari) qalqonsimon bezining nazorat qilinmaydigan gormon hosil qiluvchi sohalarining mavjudligi.

Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari

Yodomarin® 100 preparatini qabul qilishdan oldin shifokor yoki dorixona ishchisiga maslahat uchun murojaat qiling.

Yodomarin® 100 bilan boshqa dori preparatlarini qabul qilish

Agar Siz xozirgi vaqtda har qanday dori vositalarini qabul qilayotgan, oldin qabul qilgan yoki qabul qilmoqchi bo‘lsangiz bu xaqida shifokorga yoki dorixona ishchisiga ma‘lum qiling.

Yod tanqisligi gipertireozni (qalqonsimon bezining yuqori faoliyati) medikamentoz davolashga reaksiyasini oshiradi, ayni vaqtda yodning oshiqchasi esa uni pasaytiradi. Shuning uchun gipertireozni davolashdan oldin yoki davolash vaqtida, iloji boricha, yodni har qanday qabul qilishdan saqlanish kerak.

Qalqonsimon bezi tomonidan yodid kabi mexanizm bo‘yicha (masalan, perxlorat) so‘riladigan moddalar, shuningdek o‘zlari so‘riladigan dori vositalari 5 ml/dl dan yuqori konsentrasiyalarda tiosianat, qalqonsimon bezi tomonidan yodni yutilishiga to‘sqinlik qiladilar.

Qalqonsimon bezi tomonidan yodni so‘rilishi va bezda yodning metabolizmi endogen va ekzogen tireotrop gormoni (TTG) tomonidan rag‘batlantiriladi.

Qalqonsimon bezi gormonlarining sekresiyasini susaytiruvchi yodning yuqori dozalari va odatda ruxiy buzilishlarni davolash uchun qo‘llanadigan litiy tuzlari bilan bir vaqtda davolash, bo‘qoq va gipotireozning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Kaliy yodidining yuqori dozalari kaliy tejovchi diuretiklar bilan birga giperkaliemiyani chaqirish qobiliyatiga ega.

Homiladorlik, emizish davri va bola tug‘ish faoliyati

Homiladorlik yoki emizish davrida, shuningdek homiladorlik bo‘lsa yoki rejalashtirilsa, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin shifokorga yoki dorixona ishchisiga maslaxat uchun murojaat qiling.

Homiladorlik va emizish davrida yodga ehtiyoj oshadi, shuning uchun bu davrda organizmga yetarli miqdorda yodni tushishini ta‘minlash ayniqsa muhim. Lekin yod preparatlarini va yod saqlovchi dori vositalarini faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha “foyda/xavf”ni nisbatini baholaganda keyin qabul qilish kerak.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri

Maxsus ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish talab qilinmaydi.

Yodomarin® 100 preparati laktoza saqlaydi

Agar Sizda qandning biron-bir turlarini o‘zlashtiraolmaslik aniqlangan bo‘lsa, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.

  1. YODOMARIN® 100 NI QANDAY QABUL QILISh KERAK

Ushbu dori vositasini doim qat‘iy ilova-varaqasidagi ko‘rsatmalariga muvofiq yoki davolovchi shifokor yoki dorixona ishchisi ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qilish kerak. Agar Sizda shubxangiz bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki dorixona ishchisi bilan maslaxatlashing.

Tavsiya etiladigan doza:

Yod tanqisligida bo‘qoqni oldini olish

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalar:

Sutkada bir marta ½-1 tabletkadan Yodomarin® 100 (50-100 mkg yodga mos keladi).

O‘smirlar va kattalar:

Sutkada bir marta 1-2 tabletkadan Yodomarin® 100 (100-200 mkg yodga mos keladi).

Homiladorlik va emizish davrida:

Sutkada bir marta 2 tabletka Yodomarin® 100 (200 mkg yodga mos keladi).

Medikamentoz davolashni yakunlanishi yoki yodning tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘qoq bo‘yicha operasiyadan keyin qalqonsimon bezini takroriy o‘sishini oldini olish

Sutkada bir marta 1-2 tabletkagacha Yodomarin® 100 (100-200 mkg yodga mos keladi).

Yodning tanqisligi chaqirgan bo‘qoqni davolash

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlar:

Sutkada bir marta 1-2 tabletkadan Yodomarin® 100 (100-200 mkg yodga mos keladi).

Yoshroq kattalar:

Sutkada bir marta 3-5 tabletkadan Yodomarin® 100 (300-500 mkg yodga mos keladi) tavsiya etiladi.

Qo‘llash usuli

Ovqatdan keyin yetarli miqdordagi suv bilan birga qabul qilinadi (masalan, bir stakan suv).

Davolash davomiyligi

  • Oldini olish maqsadlarda Yodomarin® 100 muntazam bir necha yil davomida, ko‘pincha esa butun hayoti davomida qabul qilinadi.
  • Yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi bo‘qoqni davolash uchun, odatda 2-4 hafta yetarli bo‘ladi. Bolalar, o‘smirlar va kattalardagi bo‘qoqni davolash uchun 6 oydan 12 oygacha talab qilinadi.

Tabletkalarni bir xil dozali ikki qismga bo‘lish mumkin.

Agar Siz Yodomarin® 100 preparatini keragidan ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz

Darxol shifokorga murojaat qiling. Shifokor kerakli choralar ko‘rish masalasini hal qiladi.

Agar Siz Yodomarin® 100 preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

O‘tkazib yuborgan dozani o‘rnini bosish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang.

Agar Siz Yodomarin® 100 ni qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Agar Siz Yodomarin® 100 ni qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz, masalan nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lishi sababli, bu haqida shifokoringizga xabar bering.

Ushbu dori preparatini qabul qilish bo‘yicha yana savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.

  1. BO‘LISHI MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘YA TA‘SIRLARI

Barcha dori vositalari kabi Yodomarin® 100 ham nojo‘ya ta‘sirlar ko‘rsatishi mumkin, lekin ular har bir pasientlarda ham kuzatilmaydi.

Har qanday yoshda yodid profilaktik qo‘llanganida, shuningdek yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlarda davolash uchun qo‘llanganida, odatda noxush samaralari kuzatilmaydi. Lekin qalqonsimon bezida katta nazorat qilinmaydigan gormon hosil qiluvchi avtonom joylar bo‘lganida va yod 150 mkg dan yuqori sutkalik dozalarda buyurilganida, qalqonsimon bezining faoliyatini oshishini klinik ko‘rinishlarini butunlay istisno qilib bo‘lmaydi.

Juda kam xollarda (10000 pasientdan 1 nafaridan kamida kuzatiladi)

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Yod chaqirgan tumov, teri reaksiyalari (bullyoz yoki tuberoz yododerma, eksfoliativ dermatit), teri yoki shilliq qavatlarni shishi, (angionevrotik shish), isitma, xusnbuzar va so‘lak bezlarini shishi kabi yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.

Gormonal tizim tomonidan buzilishlar

Kattalarda bo‘qoqni davolashda (sutkalik doza 300 dan 1000 mkg gacha yod) alohida hollarda yod chaqirgan qalqonsimon bezining faoliyatini oshishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda bunga qalqonsimon bezida gormon hosil qiluvchi o‘choqlarining mavjudligi sabab bo‘ladi. Odatda xavfga uzoq muddat davomida bo‘qoq bilan kasallangan keksa yoshdagi pasientlar duchor bo‘ladilar.

Biron-bir nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lganida shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu har qanday bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarga – shu jumladan ilova-varaqada ta‘riflanmagan nojo‘ya samaralarga taalluqli.

  1. Yodomarin® 100 NI QANDAY SAQLASH KERAK

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati: 36 oy.

Ushbu dori vositasini tashqi o‘ramida va blisterida «gacha yaroqli» so‘zlaridan keyin ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmang. Yaroqlilik muddatini o‘tish sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin!

Hech qanday dori preparatlarini kanalizasiya yoki maishiy chiqindilarga tashlamang. Kerak bo‘lmagan dori preparatini qanday utilizasiya qilish xaqida dorixona ishchisi bilan maslaxatlashing. Bu choralar atrof muxitni ximoya qilishga yordam beradi.

 

  1. O‘RAM ICHIDAGISI VA BOSHQA MA‘LUMOTLAR

Yodomarin® 100 da saqlovchi moddalar

Preparatning ta‘sir etuvchi moddasi kaliy yodididir.

Bir tabletka 131 mkg kaliy yodidi saqlaydi (100 mkg yodga mos keladi).

Boshqa komponentlar:

Laktoza monogidrati, yengil magniy karbonati asosi, jelatin, karboksimetilkraxmalning natriyli tuzi (A turi), (Ph. Eur) suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.

 

Yodomarin® 100 preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi

Yassi parallel yuzali, oqdan to deyarli oq rangligacha bo‘lgan, chetlari qiya, bo‘lish uchun bir tomonida o‘yiqchasi bo‘lgan tabletkalar.

Bir jigarrang shisha flakonda 50 yoki 100 tabletka saqlanadi.

Sotuvda o‘ramlarining barcha o‘lchamlari bo‘lmasligi mumkin.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

YODOMARIN 100 tabletkalari 100mkg N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
YODOMARIN 100 tabletkalari 100mkg N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
YODOMARIN 100 tabletkalari 100mkg N100 dori vositasi Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
YODOMARIN 100 tabletkalari 100mkg N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
YODOMARIN 100 tabletkalari 100mkg N100 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
YOD ASK tabletkalari 200mkg N100
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
YOD ASK tabletkalari 100mkg N100
Narh: 22 500 so'mdan Batafsil
YODOMARIN 200 tabletkalari 200mkg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Калия йодид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
YODID — FARMAK tabletkalari 200mkg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Калия йодид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
YODID — FARMAK tabletkalari 100mkg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Калия йодид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
MIKROYODID tabletkalari 100mkg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Калия йодид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: УЗХИМФАРМ, АО
ANTISTRUMIN tabletkalari 0,001g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Калия йодид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samo, OOO
ANTISTRUMIN tabletkalari 0,001g N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Калия йодид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: SAMO, OOO
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
ANTISTRUMIN tabletkalari 0,001g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Калия йодид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: SAMO, OOO
YODOMARIN 200 tabletkalari 200mkg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Калия йодид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
MIKROYODID tabletkalari 200mkg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Калия йодид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: УЗХИМФАРМ, АО
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
ANTISTRUMIN tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Калия йодид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: O'zkimyofarm, AO им. С.К. Исламбекова
ANTISTRUMIN tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Калия йодид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: УЗХИМФАРМ, АО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
MEZIM FORTE tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Pankreatin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Narh: 14 500 so'mdan Batafsil
BROMGEKSIN 8 BERLIN XEMI tabletkalari 8mg N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Bromgeksin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Narh: 14 800 so'mdan Batafsil
MIG 400 tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Parasetamol, Ibuprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Narh: 21 500 so'mdan Batafsil
ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Simetikon ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Narh: 24 700 so'mdan Batafsil
DIKLOBERL RETARD kapsulalar 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Diklofenak ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
SIOFOR 500 tabletkalari 500mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
SIOFOR 850 tabletkalari 850mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
PRILIDJI tabletkalari 60mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Dapoksetin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Simetikon ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Simetikon ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
MEZIM FORTE tabletkalari N80
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Pankreatin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
YODOMARIN 200 tabletkalari 200mkg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Калия йодид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
MIG 400 tabletkalari 400mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ibuprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
MEZIM FORTE tabletkalari N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9