×
×
  • ZEFAMIN NEO infuziya uchun eritma 100ml

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ZEFAMIN NEO infuziya uchun eritma 100ml

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
- Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
ATX kodi:
- B05BA
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 50 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ZEFAMIN NEO infuziya uchun eritma 100ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ZEFAMIN

ZEFAMIN

Preparatning savdo nomi: Zefamin

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Aminokislotalar: L-prolin, L-serin, L-alanin, L-izoleysin, L-leysin, L-asparagin kislotasi, L-tirozin, L-glutamin kislotasi, L-fenilalanin, L-arginin gidroxloridi, L-lizin gidroxloridi, L-valin, L-treonin, L-gistidin gidroxloridi monogidrati, L-triptofan, L-metionin, L-sistin; glisin, sorbit, natriy  disulfiti.

Dori shakli: infuzion eritma.

Tarkibi:

1000 ml infuzion  eritmada quyidagilar saqlanadi:

L-prolin (C5H9NO2)                                                                           –              1,00 g

L-serin (C3H7NO3)                                                                             –               1,00 g

L-alanin (C3H7NO2)                                                                           –               2,00 g

L-izoleysin (C6H13NO2)                                                                    –               3,52 g

L-leysin (C6H13NO2)                                                                         –               4,90 g

L-asparagin kislotasi (C4H7NO4)                                                   –               2,50 g

L-tirozin (C9H11NO3)                                                                        –               0,25 g

L-glutamin kislotasi (C5H9NO4)                                                     –               0,75 g

L-fenilalanin (C9H11NO2)                                                               –               5,33 g

L-arginin gidroxloridi  (C6H14N4O2*HCl)                                   –              5,00 g

L-lizin gidroxloridi  (C6H14N2O2 HCl)                                         –               4,30 g

L-valin (C5H11NO2)                                                                            –               3,60 g

L-treonin (C4H9NO3)                                                                         –               2,50 g

L-gistidin gidroxloridi monogidrati  (C6H9N3O2.HCl.H2O)    –               2,50 g

L-triptofan (C11H12N2O2)                                                                 –               0,90 g

L-metionin (C5H11NO2S)                                                                   –               2,25 g

L-sistin (C6H12N2O4S2)                                                                     –               0,10 g

Glisin (C2H5NO2 )                                                                             –               7,60 g

Sorbit  (C6H14NO6)                                                                                                     –               50,00 g

Natriy  disulfiti  (NaHSO3)                                                        –               0,50 g

In‘eksiya uchun suv                                                                             –               1000 ml gacha.

Ta‘rifi: rangsiz yoki deyarli rangsiz, tinik eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Parenteral oziqlantirish uchun preparatlar, aminokislotalar.

ATX kodi: V05VA01

 

Farmakologik xususiyatlari

Parenteral oziqlantirish uchun L-aminokislotalarning infuzion eritmasi. Aminokislotalar – bu oqsillar sintezi uchun zarur bo‘lgan komponentlardir. Preparatda saqlanuvchi aminokislotalar L – shaklda bo‘ladi, bu oqsil biosintezida ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyatini ta‘minlaydi. Aminokislotalarni saqlovchi eritmalar, energiyani tashuvchilar, elektrolitlar va suyuqlik bilan bir vaqtda organizmning holatini yaxshilash yoki tutib turish yoki tana vaznining yo‘qotilishini minimumga kamaytirish maqsadida parenteral oziqlantirish uchun qo‘llanadi. Patologik holatlarda aminokislotalarni ekzogen yuborishning iloji bo‘lmagan sharoitlarda qon plazmasida aminokislotalarning to‘plamini ham, ayrim aminokislotalarning mutloq konsentrasiyasi ham, ularning qon plazmasidagi foiz nisbatini tipik yaqqol o‘zgarishi rivojlanadi.

Preparat eritmasining 1 litrida 50 g aminokislota, 8 g umumiy azot saqlanadi.

Preparat barcha sakkizta almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarni, shuningdek shartli almashtirilishi mumkin bo‘lgan L-arginin va L-gistidinni saqlaydi. L-arginin ammiakning mochevinaga aylanishiga yordam beradi, jigarda oqsillarning katabolizmida hosil bo‘luvchi ammoniyning zaharli ionlarini bog‘lab oladi. L-aminokislotalar anabolik jarayonlarda (oqsillar sintezi) qatnashadi, katabolik jarayonlarni sekinlashtiradi, reparasiya jarayonlarini tezlashtiradi, organizmning ekstra- va intrasellyulyar suyuqliklarining gemostazini boshqaruvchi bufer tizimining bir qismi hisoblanadi. Sorbit energiya tashuvchisi hisoblanadi, jigarda fosforlanadi va fruktoza-6-fosfatga aylanadi. Sorbit aldegid va keton guruhlarini saqlamasligi tufayli glyukozaga nisbatan aminokislotalarni erituvchisi sifatida yaxshiroqdir, chunki ular aminokislotalarning aminoguruhlari bilan majmuada aminokislotalarning ta‘sirini pasaytiruvchi komplekslarni hosil qilmaydi.

Farmakokinetikasi

Preparatning biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi. Preparat yuborilganidan keyin aminokislotalar oqsil sinteziga kirishadilar. Proteinlar va boshqa biomolekulalarning sinteziga kirishmagan aminokislotalarning ortiqcha miqdori to‘planmaydi (yog‘ kislotalari va glyukozadan farqli ravishda), balki α-aminoguruh dezaminlanishi yo‘li bilan parchalanadi va mochevinani hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Ohirgisi buyraklar orqali chiqariladi. Aminokislotalarning ozgina qismi (5%) o‘zgarmagan xolda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Quyidagilarda parenteral oqsilli oziqlantirish uchun qo‘llanadi:

– turli genezli gipoproteinemiyalar va suyuqlikni yo‘qotishlari;

– operasiyadan oldingi va keyingi davrda ovqatni odatdagidek qabul qilishni imkoniyati yo‘qligi yoki keskin cheklangani;

– katta chuqur kuyishlar (ayniqsa, kuyish oqibatidagi holdan toyish);

– jarohatlar, sinishlar, yiringli jarayonlar, sepsis;

– ichakning yallig‘lanish kasalliklari, kaxeksiya, zaharlanishlar;

– me‘da-ichak yo‘llarining (MIY) havfli o‘smalari, doimiy isitmali holatlar;

– bolalarda oqsilli distrofiyalar, gipotrofiyalar, MIY nuqsonlari;

Operasiyadan keyingi davrda metabolik va reparativ jarayonlarni yaxshilash zarurati tug‘ilganida qo‘llanadi.

Ovqat hazm qilish, so‘rilish va chiqarilish jarayonlaridagi oqsillar almashinuvining buzilishida va unga yuqori ehtiyoj yoki uni sarf etilishi oqibatida paydo bo‘ladigan oqsil tanqisligini to‘ldirish yoki bartaraf qilish.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat vena ichiga (v/i) tomchilab, bemorning holatini sinchkov kuzatuvi ostida asta-sekin

Yuboriladi. Preparat pasientning klinik holati va uning aminokislotalar va suyuqlikka bo‘lgan ehtiyoji, tana vazni va katabolizm darajasiga qarab dozalanadi.

Kattalar: 0,6 dan 1,0 g gacha aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 20 ml eritma).

Katabolik holatlarda – 1,3-2 g aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 40 ml eritma).

2-18 yoshli bolalar: 1,0-2,0 g aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 40 ml eritma).

Maksimal sutkalik doza – 2,0 g aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 40 ml eritma).

Infuziyaning maksimal tezligi: soatiga 1 kg tana vazniga 2 ml, bu tana vazniga 0,1 g/kg aminokislotaga tengdir.

Kattalarda parenteral  oziqlantirishda yuboriladigan suyuqlikning umumiy miqdori tana vazniga sutkada 40 ml/kg dan oshmasligi kerak.

Preparat pasientni enteral yoki peroral oziqlanishga to‘liq o‘tkazilgunga qadar qo‘llanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.

Yakka hollarda – ko‘ngil aynishi, qusish, etni uvishishi, flebit (ayniqsa tez yuborilganida). Preparatda natriy disulfiti saqlanishi tufayli yakka hollarda (ayniqsa bronxial astmali pasientlarda) giperergik reaksiyalar, qusish, diareya, dispnoe, bronxial astma hurujlari, ongni buzilishi, shok bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, natriy disulfitini preparatning boshqa komponenti – triptofan bilan o‘zaro ta‘sirining mahsulotlari – qon plazmasida bilirubinning miqdorini va jigar fermentlarining faolligini oshirishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– Hayot uchun havf tug‘diruvchi noturg‘un qon aylanishi (shok);

– Gipoksiya  (hujayralarni kislorod bilan yetarlicha ta‘minlanmasligi);

– Og‘ir jigar va buyrak yetishmovchiligi;

– Dekompensasiya bosqichidagi yurak yetishmovchiligi;

– Aminokislotalar almashinuvining buzilishi;

– Metabolik asidoz;

– Kalla suyagi-miya jarohatining o‘tkir davri

– Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, koma yoki komatoz holatni chaqirishi mumkin bo‘lgan bosh miya faoliyatini buzilishlari.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalari bilan bir eritmada aralashtirish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va laktasiya davrida ko‘rsatmalarga ko‘ra qo‘llash mumkin.

Preparat faqat stasionar sharoitlarida qo‘llanadi.

Zardobning yuqori osmolyarligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Jigar va buyrakni o‘rtacha yetishmovchiligida dozalash tartibini to‘g‘rilash talab qilinadi.

Qonning suv va elektrolit balansini, qonda glyukozaning konsentrasiyasini va kislota-ishqor tarkibini nazorat qilish lozim.

To‘liq parenteral oziqlantirishni o‘tkazish uchun bir vaqtda energiya tashuvchilar, elektrolitlar, vitaminlar va mikroelementlarni qo‘shish kerak.

Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim. Faqat shikastlanmagan flakondagi tiniq eritmalar ishlatilsin.

Flakon ochilganidan keyin preparatni darhol ishlatish kerak. Ochilgan flakon saqlanmasin. Avval ishlatilgan flakondagi preparat qayta qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilmagan.

Chiqarilish shakli

250 ml va 500 ml dan infuzion eritma shisha flakonlarda.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Muzlatilmasin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ZEFAMIN NEO infuziya uchun eritma 100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ZEFAMIN NEO infuziya uchun eritma 100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ZEFAMIN NEO infuziya uchun eritma 100ml dori vositasi Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ZEFAMIN NEO infuziya uchun eritma 100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ZEFAMIN NEO infuziya uchun eritma 100ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ALYUZID suspenziya 100ml
Narh: 23 400 so'mdan Batafsil
FERRAN inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N3
ZOLTAMAR suspenziya 80ml 480mg/10ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
ZOLTAMAR suspenziya 60ml 480mg/10ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
ZOLTAMAR suspenziya 50ml 480mg/10ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
KANDIZEF NEO kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Flukonazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
SIKOL eritma dlya priema vnutr 30ml 100mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Sitikolin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
Narh: 101 900 so'mdan Batafsil
GEKSAZEF infuziya uchun eritma 100ml 6%
TOPOFEN kapsulalar 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ketoprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
SINAL inyeksiya uchun eritma 1ml 0,25% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
TADAZEF NEO tabletkalari 20mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
Narh: 35 800 so'mdan Batafsil
POLITOKS infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
Narh: 39 200 so'mdan Batafsil
POLITOKS infuziya uchun eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
POLIKARSOL infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
Narh: 33 000 so'mdan Batafsil
POLIKARSOL infuziya uchun eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
Narh: 36 400 so'mdan Batafsil
MIKAN inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
ZODEM tabletkalari 50mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
ZEFAMIN NEO infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
DRONIT inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
Narh: 56 500 so'mdan Batafsil
GEMOFUZOL infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
Narh: 72 800 so'mdan Batafsil
AZEF suspenziya 15ml 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
ENTROZEF tabletkalari 1,0mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
SINAL inyeksiya uchun eritma 1ml 0,25% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
TADAZEF NEO tabletkalari 20mg N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
POLITOKS infuziya uchun eritma 250ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9