×
×
  • OD NEB tabletkalari 5mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

OD NEB tabletkalari 5mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Edge Pharma Ltd
ATX kodi:
- C07AВ12
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
BISOPROLOL tabletkalari 2,5mg N30 Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО Belarusiya
3 000 s`om dan
NEBOBETA tabletkalari 5mg N30 Agio Pharmaceutical Limited Hindiston
20 000 s`om dan
EDARBI tabletkalari 40mg N28 Takeda Pharma A/S, Дания произведено: Takeda Pharmaceuticals Company Ltd, Япония упак. и отв. за контроль качества: Takeda Ireland Ltd, Ирландия Yaponiya
81 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
OD NEB tabletkalari 5mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OD-NEB

OD-NEB

Preparatning savdo nomi: OD-Neb

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): nebivolol

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: nebivolol gidroxloridi (nebivolol (asos) ga hisoblanganda) – 5 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, natriy kroskarmelloza, polisorbat, gipromelloza, kolloid kremniy dioksidi, mikrokristall sellyuloza, magniy sterati, suv*, dixlormetan*, izopropanol*.

*-ishlab chiqarish jarayonida yo‘qotiladi.

Ta‘rifi: deyarli oq rangli, dumaloq, ikki yoqlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: selektiv beta1-adrenoblokatorlar.

ATX kodi: C07AB12.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Nebivolol qon tomirlarni kengaytiruvchi xususiyatga ega lipofil, uchinchi avlod kardioselektiv beta1-adrenoblokatoridir. Gipotenziv, antianginal va aritmiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Tinch holatda, jismoniy kuchlanish va stressda oshgan arterial bosimini (AB) pasaytiradi. Sinaptik va postsinaptik beta1-adrenoblokatorlarni, ularni katexolaminlar uchun yetaolmayadigan qilib raqobatli va tanlab bloklaydi, endotelial tomirni kengaytiruvchi omil azot oksidini (NO) ajralib chiqishini modulyasiya qiladi.

Nebivolol ikki enantiomerdan: SRRR-nebivolol (D-nebivolol) va RSSS-nebivolol (L-nebivolol) dan tashkil topgan, ikki farmakologik ta‘sirlarni birlashtirgan rasemat.

  • D-nebivololdan beta1-adrenoreseptorlarni raqobatli va yuqori selektiv blokatori (beta2-adrenoreseptorlariga qaraganda beta1-adrenoreseptorlarga yaqinligi 293 marta yuqori) hisoblanadi.
  • L-nebivolol tomirlar endoteliyasining relaksasiya qiluvchi omilini (NO) modulyasiyasi hisobiga qon tomirlarni kengaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Gipotenziv samara davolanishning 2-5 kunlarida rivojlanadi, turg‘un ta‘sir 1 oydan keyin aniqlanadi. Ushbu samara uzoq davolanganda saqlanadi.

Gipotenziv ta‘siri renin-angiotenzin-aldosteron tizimi faolligini (reninni qon plazmasidagi faolligini o‘zgarishi bilan to‘g‘ri mos kelmaydi) kamayishi bilan ham bog‘liq.

Nebivololni qo‘llash tizimli va yurak ichki gemodinamikasining ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi. Nebivolol tinch holda va jismoniy yuklamada yurak qisqarishlari sonini (YUQS) kamaytiradi, chap qorinchaning yakuniy diastolik bosimini pasaytiradi, umumiy periferik qon tomirlar qarshiligini kamaytiradi, yurakning diastolik faoliyatini yaxshilaydi (to‘lish bosimni pasaytiradi), zarb hajmini oshiradi, miokard massasi va miokard massasi indeksini kamaytiradi.

Miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirib (YUQS kamayishi, old yuklama va keyingi yuklamani kamayishi), stenokardiya xurujlari sonini va og‘irligini kamaytiradi va jismoniy yuklamaning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi.

Aritmiyaga qarshi ta‘siri yurakning avtomatizmini susaytirilishi (shu jumladan patologik o‘choqda) va atrioventrikulyar (AV) o‘tkazuvchanlikni sekinlashishi bilan bog‘liq.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin nebivolol me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Ovqat qabul qilish so‘rilishga ta‘sir ko‘rsatmaydi, shuning uchun nebivololni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.

Biokiraolishligi metabolizmi “tezlashgan” pasientlarda o‘rtacha 12% ni tashkil qiladi va metabolizmi “sekinlashgan” pasientlarda deyarli to‘liq hisoblanadi. Nebivololning samaradorligi metabolizmining tezligiga bog‘liq emas.

Ko‘pchilik pasientlarda (“metabolizmi tezlashgan”) qon plazmasidagi klirensiga 24 soat davomida, gidroksimetabolitlari uchun esa – bir necha sutkadan keyin erishiladi. Qon plazmasidagi konsentrasiyalari dozaga proporsional 1-30 mkg/l.

D-nebivololni qon plazmasi oqsillari bilan (asosan – albuminlar bilan) bog‘lanishi 98,1%, L-nebivolol uchun esa – 97,9% ni tashkil qiladi.

Nebivolol qisman faol gidroksimetabolitlarini hosil qilib, faol metabolizmga uchraydi. Nebivololning aromatik gidroksillanishi yo‘li orqali metabolizmining tezligi genetik oksidlanuvchi polimorfiozi bilan belgilangan va CYP2D6 izofermentlariga bog‘liq.

Yuborilgandan keyin dozaning 38% (o‘zgarmagan faol moddaning miqdori 0,5% dan kamroqni tashkil qiladi) buyraklar orqali va 48% – ichak orqali chiqariladi.

Metabolizmi “tezlashgan” pasientlarda nebivololning enantiomerlarni qon plazmasidan yarim chiqarilish davrining qiymati o‘rtacha 10 soatni tashkil qiladi. Metabolizmi “sekinlashgan” pasientlarda qiymatlar 3-5 martagacha oshadi.

Metabolizmi “tezlashgan” pasientlarda ikkala enantiomerlarning gidroksimetabolitlarini qon plazmasidan T1/2 qiymati o‘rtacha 24 soatni tashkil qiladi, metabolizmi “sekinlashgan” pasientlarda bu qiymatlar taxminan 2 martagacha oshadi.

Nebivololning farmakokinetikasiga pasientlarni yoshi va jinsi ta‘sir qilmaydi.

Qo‘llanilishi

  • Arterial gipertenziya;
  • yurakni ishemik kasalligi (YUIK): stabil stenokardiya xurujlarini oldini olish;
  • surunkali yurak yetishmovchiligida (SYUE) (majmuaviy davolash tarkibida) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

OD-Neb preparatini ichga, sutkada bir va xuddi shu vaqtda ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar, chaynamasdan va yetarli miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilish kerak.

Arterial gipertenziya va yurak ishemik kasalligi

Arterial gipertenziya va YUIK davolash uchun o‘rtacha sutkalik doza 5 mg (1 tabletka) sutkada 1 martani tashkil qiladi. Optimal samara davolashning 1-2 haftasidan keyin, qator hollarda – 4 haftadan keyin yaqqol bo‘ladi. Preparatni monoterapiyada yoki majmuaviy davolash tarkibida qo‘llash mumkin. Zarurati bo‘lganida sutkalik dozani       10 mg gacha oshirish mumkin (2 tabletka 5 mg dan bir qabulda). Maksimal sutkalik doza – 10 mg.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda shuningdek 65 yoshdan oshgan pasientlarda boshlang‘ich doza sutkada 2,5 mg ni (1/2 tabletka 5 mg dan) tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida doza 5 mg gacha oshiriladi.

Buyraklar faoliyatini yaqqol buzilishlarida (KK minutiga 20 ml dan kam) va jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientlarda maksimal sutkalik doza 10 mg ni tashkil qiladi.

Bunday pasientlarda dozani oshirishni alohida ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish kerak.

Surunkali yurak yetishmovchiligi

Surunkali yurak yetishmovchiligida davolash dozani asta-sekin shaxsiy optimal samarani bir maromda ushlab turuvchi dozaga erishguncha oshirib borishdan boshlash kerak.

Davolashni boshida dozani tanlash quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi, ikki haftalik intervalni saqlagan va pasientni bu dozalarni o‘zlashtiraolishligi asoslangan holda: 1,25 mg OD-Neb preparatini tashkil qiluvchi doza (1/4 tabletka 5 mg dan) sutkada 1 marta, doza avval 2,5-5 mg OD-Neb preparatiga (1/2 tabletka 5 mg dan- 1 tabletka), keyin -10 mg gacha (2 tabletka 5 mg dan) sutkada 1 marta oshirilishi mumkin. Pasient preparatni birinchi dozasini qabul qilganidan keyin, shuningdek dozani keyingi har bir oshirishdan keyin 2 soat davomida shifokor nazorati ostida bo‘lishi kerak. Dozalarni har bir oshirilishi kamida 2 haftadan keyin amalga oshirilishi kerak. SYUE davomida tavsiya qilinadigan maksimal doza sutkada 1 marta 10 mg OD-Neb preparatini tashkil qiladi. Titrlash vaqtida AB, YUQS va SYUE yaqqolligining belgilarini muntazam nazorat qilish tavsiya qilinadi.

Titrlash fazasi vaqtida surunkali yurak yetishmovchiligining kechishini yomonlashishi yoki preparatni o‘zlashtiraolmaslik hollarida OD-Neb preparatining dozasini kamaytirish yoki zarurati bo‘lganida uni qabul qilishni (yaqqol ifodalangan arterial gipotenziyada, o‘pkani o‘tkir shishi bilan kechuvchi SYUE kechishini yomonlashishi holida, kardiogen shok simptomatik bradikardiya rivojlanishi holida yoki AV blokadada) darhol to‘xtatish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yuqori toliqish, paresteziya, depressiya, diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishi, uyquchanlik, uyqusizlik, “qo‘rqinchli” tushlar ko‘rish, gallyusinasiyalar.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qabziyat, meteorizm, diareya, og‘iz shilliq qavatini qurishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: bradikardiya, yurak yetishmovchiligi, AV blokada, ortostatik gipotenziya, periferik qon aylanishini buzilishi, hansirash, yurak ritmini buzilishi, Reyno sindromi, periferik shishlar, kardialgiya, SYUE1 kechishini yomonlashishi.

Teri qoplamalari tomonidan allergik reaksiyalar: terini qichishi, eritematoz xarakterli toshma.

Nafas tizimi tomonidan: bronxospazm (shu jumladan anamnezida o‘pkaning obstruktiv kasalliklari bo‘lmaganida), bronxial astmali yoki anamnezida nafas yo‘llarining obstruktiv kasalliklari bo‘lgan pasientlarda, bronxospazm, rinit.

Boshqalar: fotodermatoz, gipergidroz, psoriazni kechuvini zo‘rayishi.

1 – ushbu nojo‘ya samarasi asosan preparatning dozasini titrlash vaqtida paydo bo‘ladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Nebivololga yoki preparatning komponentlarini birontasiga yuqori sezuvchanlik;
  • jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari;
  • o‘tkir yurak yetishmovchiligi;
  • kardiogen shok;
  • dekompensasiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi (inotrop davolashni o‘tkazilishi talab qiluvchi);
  • sinus tuguni zaifligi sindromi, shu jumladan sinoatrial blokada;
  • II va III darajali atrioventikulyar blokada (sun‘iy ritmini haydovchisiz);
  • bronxospazm va bronxial astma;
  • feoxromositoma (bir vaqtda alfa-adrenoblokatorlarni qo‘llashsiz);
  • depressiya;
  • metabolik asidoz;
  • yaqqol bradikardiya (YUQS minutiga 50 zarbdan kam);
  • arterial gipotenziya;
  • periferik qon aylanishi og‘ir yaqqol buzilishlari (“o‘zgarib turuvchi” cho‘loqlik, Reyno sindromi);
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktoza tanqisligi yoki glyukozo-galaktozani malabsorbsiyasi (preparat laktoza saqlaydi);
  • floktafenin, sultoprid bilan bir vaqtda qabul qilish (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Preparatni yaqqol buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi (KK) minutiga 20 ml dan kam), jigar faoliyatini buzilishlarida, qandli diabetda, gipertireozda, desensibilizasiyalovchi davolashni o‘tkazishda, psoriazda, I darajali atrioventikulyar blokadalarda, Prinsmetal stenokardiyada, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarida (SO‘OK), keksa `yoshdagi pasientlarda (65 yoshdan yuqori) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Floktafenin: floktafenin qabul qilish chaqirgan shok yoki arterial gipotenziya holda beta-adrenoblokatorlar, yurak-qon tomir tizimining komponentlar mexanizmlarni susaytiradi.

Sultoprid: qorinchalar aritmiyasini, ayniqsa “piruet” turini (torsade des pointes) paydo bo‘lishi xavfini oshishi.

Beta-blokatorlarni “sekin” kalsiy kanallari blokatorlari (SKKB) (verapamil va diltiazem) bilan bir vaqtda qo‘llanganida miokardning qisqaruvchanligi va AV o‘tkazuvchanlikka salbiy ta‘siri kuchayadi. Verapamilni nebivololni qabul qilish fonida v/i yuborish mumkin emas. Gipotenziv vositalar, nitrogliserin yoki SKKB bilan birga qo‘llanganida yaqqol arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin (prazozin bilan birga qo‘llanganida alohida ehtiyotkorlik kerak).

I sinfi aritmiyaga qarshi vositalari va amidaron bilan bir vaqtda qo‘llanganida salbiy inotrop ta‘sirni kuchayishi va bo‘lmachalar bo‘ylab qo‘zg‘alishni o‘tkazilishi vaqtini uzayishi mumkin.

Nebivolol yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida AV o‘tkazuvchanligini sekinlashiga ta‘sirini kuchayishi aniqlanmagan.

Nebivolol va umumiy anesteziya uchun preparatlarni bir vaqtda qo‘llash reflektor taxikardiyani susaytirishini chiqarishi va arterial gipotenziya rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.

Nebivolol va nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (NYAQV) klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan. Asetilsalisil kislotasi nebivolol bilan antiagulyant vositasi sifatida qo‘llanishi mumkin.

Trisiklik antidepressantlarni, barbituratlar va fenotiazin hosilalarini bir vaqtda qo‘llash, nebivololning gipotenziv ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

Farmakokinetik o‘zaro ta‘siri

Serotoninni qayta qamrab olinishining ingibisiya qiluvchi preparatlar yoki CYP2DA izofermentlari ishtirokida biotransformasiyaga uchraydigan boshqa vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganida nebivololning metabolizmi sekinlashadi.

Bir vaqtda qo‘llanganida nebivolol digoksinning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta‘sir ko‘rsatmagan.

Simetidin bilan bir vaqtda qo‘llanganida nebivololning qon plazmasidagi konsentrasiyasi oshadi (preparatni farmakologik samaralariga ta‘siri to‘g‘risidagi ma‘lumotlar yo‘q). Ranitidin bilan bir vaqtda qo‘llash nebivololning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta‘sir ko‘rsatmagan.

Nebivolol nikardipin bilan bir vaqtda qo‘llanganida faol moddalarning qon plazmasidagi konsentrasiyalari biroz oshgan, ammo bu klinik ahamiyatga ega emas.

Etanol, furosemid yoki gidroxlortiazidni bir vaqtda qabul qilish nebivololning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydi.

Nebivolol va varfarinning klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Bir vaqtda qo‘llanganida simptomatik vositalar nebivololning faolligini bostiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Beta-adrenoblokatorlarni bekor qilishni sekin-asta 10 kun davomida o‘tkazishi kerak (yurak ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlarda 2 haftagacha).

AB va YUQS nazorati preparatni qabul qilishni boshida har kuni bo‘lishi kerak.

Keksa pasientlarda buyraklar faoliyatining nazorati zarur (4-5 oyda 1 marta).

Zo‘riqish stenokardiyasida preparatning dozasini YUQS tinch holatda minutiga 55-60 zarb, yuklamada – minutiga 110 zarbdan ko‘p bo‘lmagan chegarada ta‘minlashi kerak.

Beta-adrenoblokatorlar bradikardiyani chaqirishi mumkin: agarda YUQS minutiga 55-60 zarbdan kam bo‘lsa dozani kamaytirish kerak (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

OD-Neb preparatini psoriazli pasientlarda qo‘llash to‘g‘risidagi masalani hal qilishda preparatni qo‘llashdan bo‘lgan foyda va psoriazni kechishini mumkin bo‘lgan zo‘rayishi xavfini sinchiklab qiyoslash kerak.

Kontakt linzalardan foydalanadigan pasientlar beta-adrenoblokatorlarni qo‘llash fonida ko‘zyoshi suyuqligini ishlab chiqarilishini pasayishi mumkinligini hisobga olishlari kerak.

Jarrohlik aralashuvlarini o‘tkazishda shifokor-anesteziologni pasientni nebivolol qabul qilayotganligi to‘g‘risida ogohlantirishi kerak.

OD-Neb qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qon plazmasida lipidlarning konsentrasiyasiga ta‘sir qilmaydi. Shunga qaramasdan bu pasientlarni davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki nebivolol gipoglikemik vositalarini qo‘llash chaqirgan gipoglikemiyaning ayrim belgilarini (masalan, taxikardiyani) niqoblashi mumkin. Glyukozaning qon plazmasidagi konsentrasiyasini nazoratini 4-5 oyda 1 marta o‘tkazish kerak (qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda).

O‘SOK li pasientlarda beta-adrenoblokatorlarni extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki bronxospazm kuchayishi mumkin.

Qalqonsimon bezining giperfunksiyasida preparat taxikardiyani niqoblashi mumkin.

Beta-adrenoblokatorlar allergenlarga sezuvchanlikni va anafilaktik reaksiyalarning og‘irligini oshirishi mumkin.

Chekuvchilarda beta-adrenoblokatorlarning samaradorligi, chekmaydigan pasientlarga qaraganda past.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlikda faqat qat‘iy ko‘rsatkichlar bo‘yicha, ona uchun bo‘lgan foyda homila uchun bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lganda (yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda bradikardiyani, arterial gipotenziyani, gipoglikemiyani va nafas falajini rivojlanishi mumkinligi tufayli) buyuriladi. Davolashni tug‘ruqdan 48-72 soat oldin to‘xtatish kerak. Bu mumkin bo‘lmagan hollarda chaqaloqlarni tug‘ilgandan keyin 48-72 soat davomida sinchkov kuzatuv bilan ta‘minlash kerak.

Nebivololni ko‘krak suti bilan chiqarilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Shuning uchun OD-Neb preparatini ayollarga emizish davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Agar OD-Neb preparatini laktasiya davrida qo‘llashning zarurati bo‘lsa, u holda emizishni to‘xtatish kerak.

Transport vositalari va mexanizmlarning boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Tekshirish ishlari, nebivololni psixomotor reaksiyalar tezligiga ta‘sir qilmasligini ko‘rsatadi. I darajali arterial gipertoniyali uchuvchilarga (uchish ishlariga ruxsat berilganlar) preparat boshlang‘ich 2,5 mg dozada buyuriladi. Keyinchalik (kamida                2 haftadan keyin) davolash yaxshi o‘zlashtirilganida va AB ni yetarli nazoratida dozani
2,5 mg ga oshirish mumkin. Tavsiya qilinadigan doza sutkada 5 mg. Ayrim pasientlarda nojo‘ya samaralari, ko‘pincha AB ni pasayishi tufayli bosh aylanishi paydo bo‘lishi mumkin. Bunday nojo‘ya samaralari paydo bo‘lganida pasient transport vositalarini boshqarishi yoki alohida diqqat va tezkor psixomotor reaksiyalarini talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin emas. Ushbu samaralari ko‘pincha davolash boshlaganidan keyin yoki doza oshirilganida paydo bo‘ladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: AB ni yaqqol pasayishi, yaqqol bradikardiya, AV blokada, kardiogen shok, o‘tkir yurak yetishmovchiligi, yurakni to‘xtashi, bronxospazm, hushdan ketish, koma, ko‘ngil aynishi, qusish, sianoz.

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish, AB ni yaqqol pasayishi hollarda oyoqlarini gorizontal ko‘targan holda pasientni yotqizish, zarurati bo‘lganida vena ichiga (v/i) suyuqlikni va vazopressorlarni yuborish.

Yaqqol bradikardiyada v/i 0,5-2 mg atropin yuboriladi, ijobiy samara bo‘lmaganida transvenoz ritmining sun‘iy ijobiy haydovchisini qo‘yish mumkin.

AV blokadada (II-III darajali) v/i beta-adrenoblokatorlarni yuborish tavsiya qilinadi, ularning samarasi bo‘lmaganida ritmning sun‘iy haydovchini qo‘yish masalasini ko‘rib chiqish kerak. Yurak yetishmovchiligida davolash yurak glikozidlari va diuretiklarni yuborishdan boshlanadi. Samara bo‘lmaganda dopamin, dobutamin yoki vazodilatatorlarni yuborish maqsadga muvofiqdir. Bronxospazmda v/i beta –adrenoblokatorlar yuboriladi.

Qorinchalarni ekstrasistoliyasida – lidokain (IA sinfi aritmiyaga qarshi vositalarni yuborish mumkin emas).

 

Chiqarilish shakli

5 mg dan tabletkalar. № 28 (2x14), № 30 (3x10).

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

OD NEB tabletkalari 5mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
OD NEB tabletkalari 5mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
OD NEB tabletkalari 5mg N30 dori vositasi Edge Pharma Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
OD NEB tabletkalari 5mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
OD NEB tabletkalari 5mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
PERINDID tabletkalari 4mg/1,25mg N30
PERINDID tabletkalari 2mg/0,625mg N30
Narh: 72 300 so'mdan Batafsil
VAZATOR tabletkalari 20mg N30
Narh: 76 100 so'mdan Batafsil
OD LEVOKS tabletkalari 500mg N5
Narh: 43 700 so'mdan Batafsil
TROMBOREL tabletkalari 75mg N28
SR KLAREN tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
SR KLAREN tabletkalari 500mg N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
SR KLAREN tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
OD NEB tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
Narh: 82 600 so'mdan Batafsil
SR INDAMED tabletkalari 1,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
SR INDAMED tabletkalari 1,5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
VAZUROTIN tabletkalari 40mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
VAZUROTIN tabletkalari 20mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
VAZUROTIN tabletkalari 10mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9