×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ZEFAMIN eritma

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
комплекс аминокислот
Ishlab chiqaruvchi:
- Biogen ООО
Distribyutor:
- Biogen MChJ
ATX kodi:
- B05BA
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TIVORTIN infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml ООО “Юрия-Фарм” Ukraina
57 000 s`om dan
AKTOVEGIN eritma 2ml 40mg/ml N25 Takeda-Nycomed AS Avstriya
187 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ZEFAMIN eritma qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ZEFAMIN

ZEFAMIN

Preparatning savdo nomi: Zefamin

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Aminokislotalar: L-prolin, L-serin, L-alanin, L-izoleysin, L-leysin, L-asparagin kislotasi, L-tirozin, L-glutamin kislotasi, L-fenilalanin, L-arginin gidroxloridi, L-lizin gidroxloridi, L-valin, L-treonin, L-gistidin gidroxloridi monogidrati, L-triptofan, L-metionin, L-sistin; glisin, sorbit, natriy  disulfiti.

Dori shakli: infuzion eritma.

Tarkibi:

1000 ml infuzion  eritmada quyidagilar saqlanadi:

L-prolin (C5H9NO2)                                                                           –              1,00 g

L-serin (C3H7NO3)                                                                             –               1,00 g

L-alanin (C3H7NO2)                                                                           –               2,00 g

L-izoleysin (C6H13NO2)                                                                    –               3,52 g

L-leysin (C6H13NO2)                                                                         –               4,90 g

L-asparagin kislotasi (C4H7NO4)                                                   –               2,50 g

L-tirozin (C9H11NO3)                                                                        –               0,25 g

L-glutamin kislotasi (C5H9NO4)                                                     –               0,75 g

L-fenilalanin (C9H11NO2)                                                               –               5,33 g

L-arginin gidroxloridi  (C6H14N4O2*HCl)                                   –              5,00 g

L-lizin gidroxloridi  (C6H14N2O2 HCl)                                         –               4,30 g

L-valin (C5H11NO2)                                                                            –               3,60 g

L-treonin (C4H9NO3)                                                                         –               2,50 g

L-gistidin gidroxloridi monogidrati  (C6H9N3O2.HCl.H2O)    –               2,50 g

L-triptofan (C11H12N2O2)                                                                 –               0,90 g

L-metionin (C5H11NO2S)                                                                   –               2,25 g

L-sistin (C6H12N2O4S2)                                                                     –               0,10 g

Glisin (C2H5NO2 )                                                                             –               7,60 g

Sorbit  (C6H14NO6)                                                                                                     –               50,00 g

Natriy  disulfiti  (NaHSO3)                                                        –               0,50 g

In‘eksiya uchun suv                                                                             –               1000 ml gacha.

Ta‘rifi: rangsiz yoki deyarli rangsiz, tinik eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Parenteral oziqlantirish uchun preparatlar, aminokislotalar.

ATX kodi: V05VA01

 

Farmakologik xususiyatlari

Parenteral oziqlantirish uchun L-aminokislotalarning infuzion eritmasi. Aminokislotalar – bu oqsillar sintezi uchun zarur bo‘lgan komponentlardir. Preparatda saqlanuvchi aminokislotalar L – shaklda bo‘ladi, bu oqsil biosintezida ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyatini ta‘minlaydi. Aminokislotalarni saqlovchi eritmalar, energiyani tashuvchilar, elektrolitlar va suyuqlik bilan bir vaqtda organizmning holatini yaxshilash yoki tutib turish yoki tana vaznining yo‘qotilishini minimumga kamaytirish maqsadida parenteral oziqlantirish uchun qo‘llanadi. Patologik holatlarda aminokislotalarni ekzogen yuborishning iloji bo‘lmagan sharoitlarda qon plazmasida aminokislotalarning to‘plamini ham, ayrim aminokislotalarning mutloq konsentrasiyasi ham, ularning qon plazmasidagi foiz nisbatini tipik yaqqol o‘zgarishi rivojlanadi.

Preparat eritmasining 1 litrida 50 g aminokislota, 8 g umumiy azot saqlanadi.

Preparat barcha sakkizta almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarni, shuningdek shartli almashtirilishi mumkin bo‘lgan L-arginin va L-gistidinni saqlaydi. L-arginin ammiakning mochevinaga aylanishiga yordam beradi, jigarda oqsillarning katabolizmida hosil bo‘luvchi ammoniyning zaharli ionlarini bog‘lab oladi. L-aminokislotalar anabolik jarayonlarda (oqsillar sintezi) qatnashadi, katabolik jarayonlarni sekinlashtiradi, reparasiya jarayonlarini tezlashtiradi, organizmning ekstra- va intrasellyulyar suyuqliklarining gemostazini boshqaruvchi bufer tizimining bir qismi hisoblanadi. Sorbit energiya tashuvchisi hisoblanadi, jigarda fosforlanadi va fruktoza-6-fosfatga aylanadi. Sorbit aldegid va keton guruhlarini saqlamasligi tufayli glyukozaga nisbatan aminokislotalarni erituvchisi sifatida yaxshiroqdir, chunki ular aminokislotalarning aminoguruhlari bilan majmuada aminokislotalarning ta‘sirini pasaytiruvchi komplekslarni hosil qilmaydi.

Farmakokinetikasi

Preparatning biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi. Preparat yuborilganidan keyin aminokislotalar oqsil sinteziga kirishadilar. Proteinlar va boshqa biomolekulalarning sinteziga kirishmagan aminokislotalarning ortiqcha miqdori to‘planmaydi (yog‘ kislotalari va glyukozadan farqli ravishda), balki α-aminoguruh dezaminlanishi yo‘li bilan parchalanadi va mochevinani hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Ohirgisi buyraklar orqali chiqariladi. Aminokislotalarning ozgina qismi (5%) o‘zgarmagan xolda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Quyidagilarda parenteral oqsilli oziqlantirish uchun qo‘llanadi:

– turli genezli gipoproteinemiyalar va suyuqlikni yo‘qotishlari;

– operasiyadan oldingi va keyingi davrda ovqatni odatdagidek qabul qilishni imkoniyati yo‘qligi yoki keskin cheklangani;

– katta chuqur kuyishlar (ayniqsa, kuyish oqibatidagi holdan toyish);

– jarohatlar, sinishlar, yiringli jarayonlar, sepsis;

– ichakning yallig‘lanish kasalliklari, kaxeksiya, zaharlanishlar;

– me‘da-ichak yo‘llarining (MIY) havfli o‘smalari, doimiy isitmali holatlar;

– bolalarda oqsilli distrofiyalar, gipotrofiyalar, MIY nuqsonlari;

Operasiyadan keyingi davrda metabolik va reparativ jarayonlarni yaxshilash zarurati tug‘ilganida qo‘llanadi.

Ovqat hazm qilish, so‘rilish va chiqarilish jarayonlaridagi oqsillar almashinuvining buzilishida va unga yuqori ehtiyoj yoki uni sarf etilishi oqibatida paydo bo‘ladigan oqsil tanqisligini to‘ldirish yoki bartaraf qilish.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat vena ichiga (v/i) tomchilab, bemorning holatini sinchkov kuzatuvi ostida asta-sekin

Yuboriladi. Preparat pasientning klinik holati va uning aminokislotalar va suyuqlikka bo‘lgan ehtiyoji, tana vazni va katabolizm darajasiga qarab dozalanadi.

Kattalar: 0,6 dan 1,0 g gacha aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 20 ml eritma).

Katabolik holatlarda – 1,3-2 g aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 40 ml eritma).

2-18 yoshli bolalar: 1,0-2,0 g aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 40 ml eritma).

Maksimal sutkalik doza – 2,0 g aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 40 ml eritma).

Infuziyaning maksimal tezligi: soatiga 1 kg tana vazniga 2 ml, bu tana vazniga 0,1 g/kg aminokislotaga tengdir.

Kattalarda parenteral  oziqlantirishda yuboriladigan suyuqlikning umumiy miqdori tana vazniga sutkada 40 ml/kg dan oshmasligi kerak.

Preparat pasientni enteral yoki peroral oziqlanishga to‘liq o‘tkazilgunga qadar qo‘llanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.

Yakka hollarda – ko‘ngil aynishi, qusish, etni uvishishi, flebit (ayniqsa tez yuborilganida). Preparatda natriy disulfiti saqlanishi tufayli yakka hollarda (ayniqsa bronxial astmali pasientlarda) giperergik reaksiyalar, qusish, diareya, dispnoe, bronxial astma hurujlari, ongni buzilishi, shok bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, natriy disulfitini preparatning boshqa komponenti – triptofan bilan o‘zaro ta‘sirining mahsulotlari – qon plazmasida bilirubinning miqdorini va jigar fermentlarining faolligini oshirishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– Hayot uchun havf tug‘diruvchi noturg‘un qon aylanishi (shok);

– Gipoksiya  (hujayralarni kislorod bilan yetarlicha ta‘minlanmasligi);

– Og‘ir jigar va buyrak yetishmovchiligi;

– Dekompensasiya bosqichidagi yurak yetishmovchiligi;

– Aminokislotalar almashinuvining buzilishi;

– Metabolik asidoz;

– Kalla suyagi-miya jarohatining o‘tkir davri

– Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, koma yoki komatoz holatni chaqirishi mumkin bo‘lgan bosh miya faoliyatini buzilishlari.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalari bilan bir eritmada aralashtirish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va laktasiya davrida ko‘rsatmalarga ko‘ra qo‘llash mumkin.

Preparat faqat stasionar sharoitlarida qo‘llanadi.

Zardobning yuqori osmolyarligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Jigar va buyrakni o‘rtacha yetishmovchiligida dozalash tartibini to‘g‘rilash talab qilinadi.

Qonning suv va elektrolit balansini, qonda glyukozaning konsentrasiyasini va kislota-ishqor tarkibini nazorat qilish lozim.

To‘liq parenteral oziqlantirishni o‘tkazish uchun bir vaqtda energiya tashuvchilar, elektrolitlar, vitaminlar va mikroelementlarni qo‘shish kerak.

Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim. Faqat shikastlanmagan flakondagi tiniq eritmalar ishlatilsin.

Flakon ochilganidan keyin preparatni darhol ishlatish kerak. Ochilgan flakon saqlanmasin. Avval ishlatilgan flakondagi preparat qayta qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilmagan.

Chiqarilish shakli

250 ml va 500 ml dan infuzion eritma shisha flakonlarda.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Muzlatilmasin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ZEFAMIN eritma dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ZEFAMIN eritma dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ZEFAMIN eritma dori vositasi Biogen ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ZEFAMIN eritma dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ZEFAMIN eritma dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9