×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MAGNIYA SULFAT inyeksiya uchun eritma 5ml 25% N10

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Antigipertenziv vosita
Faol modda:
Магния сульфат
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- B05ХA05
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 191 ta dorixonasida topildi

ico 5 500 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 5 400 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

TRANEKSAM tabletkalari 250mg N10 Нижфарм-Stada CIS Rossiya Federatsiyasi
TIVOREL infuziya uchun eritma 100ml ООО “Юрия-Фарм” Ukraina
80 000 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 36
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

faol modda: magniy sul'fat – 250,0 mg;

yordamchi moddalar: in'ektsiya uchun suv – 1 ml gacha.

Сhiqarilish shakli 

25% li in'ektsiya uchun eritma 5 ml va 10 ml dan shisha ampulalarda yoki tibbiy polipropilen yoki polietilen ampulalarda. 


In'ektsiya uchun eritma
aol modda: magniy sul'fat – 250,0 mg; yordamchi moddalar: in'ektsiya uchun suv – 1 ml gacha.
Parenteral yuborilganida preparat tirishishga qarshi, antiaritmik, qon-tomirlarni kengaytiruvchi (arteriyalarga), markaziy nerv tizimiga tinchlantiruvchi (dozaga bog'liq holda - sedativ, uxlatuvchi yoki narkotik), yuqori dozalarda susaytiruvchi (nerv-mushak o'tkazuvchanligiga) gipotenziv (arterial bosimni pasaytiradi), diuretik (diurezni kuchaytiradi) ta'sir ko'rsatadi va nafas markazini bostiradi.
Parenteral yuborilganidan keyin qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 25-30% ni tashkil qiladi. Barcha a'zolar va to'qimalarga o'tadi, gemotoentsefalik va yo'ldosh to'siqlar orqali o'tadi. Asosan buyraklar orqali, shuningdek ahlat, so'lak va sut bilan chiqariladi.
Terida nuqta-nuqta toshmalar ko'rinishidagi o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi. Gipermagniemiya: ko'ngil aynishi, qusish, holsizlik, bradikardiya, diplopiya, yuzga birdan qonni oqib kelishi, bosh og'rig'i, AB ni pasayishi, teri qoplamalarini qizarishi, chanqoqlik, uyquchanlik, ongni chalkashishi, gipotenziya, gipotermiya, mushak tonusini susayishi, pay reflekslarining susayishi, EKG da RQ oralig'ini uzayishi va QRS kompleksini kengayishi (2,5-5 mmol'/l), nafas tez-tezligining sekinlashishi, yurak urishi tez-tezligini kamayishi va yurak aritmiyasi, yurakni to'xtashi, poliuriya, bachadon atoniyasi, gipergidroz, xavotirlik, yaqqol sedativ samara.
Retsept bo'yicha.
Nafas markazining falajiga osonlikcha olib keladigan zaharli kontsentratsiya hosil bo'lmasligi uchun, preparatni ehtietkorlik bilan qo'llash kerak. Uzoq muddat qo'llanganda qon bosimi, yurak funktsiyasi, pay reflekslari, buyrak funktsiyasi va nafas olish tezligini kuzatish tavsiya etiladi. Kerak bo'lganda, kal'tsiy va magniy tuzlarini bir vaqtning o'zida yuborish kerak, dorilarni turli tomirlarda qo'llanilishi yuborish kerak. Tanqislik holatlarini davolashda magniyning buyrak orqali chiqarish kuchini ortishi va gipermagniemiyaning yuzaga kelishidan qochish uchun ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Buyraklarning funktsiyasi buzilgan patsientlar, xususan keksalarda preparatni kamroq dozalarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim. Magniy sul'fati qo'llanganida texnetsiyni yuborib o'tkaziladigan radiologik tadqiqotlarning natijalari o'zgarishi mumkin. Yurak blokadasida, miokardning shikastlanishida, nafas a'zolarining kasalliklarda, OIT o'tkir yallig'lanish kasalliklarida, homidorlikda ehtiyotirlik bilan qo'llanadi. Preparatni tug'ruqning so'nggi ikki soati davomida yuborish tavsiya etilmaydi (boshqa vositalar bilan tirishishni to'xtata olmaydigan hollar bundan mustasno). Tutqanoq holatini yo'q qilish uchun (kompleks davo tarkibida) qo'llash mumkin. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi Homiladorlik davrida magniy sul'fat faqat kutilgan terapevtik ta'sir homila uchun potentsial xavfdan ortiq bo'lgan hollarda ehtiyotkorlik bilan ishlatiladi. Tug'ruqdagi og'riqsizlantirishda bachadon mushaklarining qisqaruvchanlik qobiliyatini pasaytirish imkoniyatini ko'rib chiqish kerak, bu tug'ruqni rag'batlantiradigan vositalarni qo'llashni talab qiladi. Emizish paytida foydalanish kerak bo'lganda, emizishni to'xtatish kerak.
• Arterial gipertenziya( shuningdek, miya shishi belgilari bilan gipertonik kriz); • Polimorf qorinchalar taxikardiyasi(«piruet» tipida); • Tirishish sindromi; • Eklamsiyadagi tirishish sindromi(tirishishni yo'qotish uchun), og'ir eklamsiyadagi(tirishini oldini olish uchun); • Bachadonni kuchli qisqarishini bartaraf etish uchun(bachadon tetanusi); • Gipomagniemiya( shuningdek, faqat parenteral oziqlanayotgan patsientlarda) va og'ir gipomagniemiya-tetaniya • Og'ir metall tuzlari bilan zaxarlanganda(simob, margumush, tetraetil qo'rg'oshin)- majmuaviy davolash tarkibida qo'llaniladi.
• Preparatga yuqori sezuvchanlik; • Atrioventikulyar blokada; • Bradikardiya; • Ifodalangan arterrial gipotenziya; • Kal'tsiy yetishmovchiligi va nafas markazini susayishi bilan bog'lik bo'lgan holatlar; • Tug'riqdan oldingi davr(tug'ishdan 2 soat oldin); Ehtiyotkorlik bilan: • Miasteniya; • Surunkali buyrak yetishmovchiligi( agar kreatinin klirrensi 20ml/min yuqori bo'lsa); • Nafas a'zolari kasalliklari; • Me'da-ichak yo'llari o'tkir yallig'lanish kasalliklari; • Keksa yosh; • Homiladorlik, emizish davri; • Bolalarda qo'llash mumkin emas.
Preparat birga yuborilganida sedativ vositalar, narkotiklar, anal'getiklar va miorelaksantlarning ta'sirini kuchaytiradi, kal'tsiy tuzlarining ta'sirini susaytiradi. Nifedipin bilan birga qo'llash og'ir gipotenziya va nerv –mushak o'tkazuvchanligini blokadasiga olib kelishi mumkin. Qon plazmasida magniyning kontsentratsiyasi yuqori bo'lgan emizikli bolada magniy sul'fati bilan davolash fonida gentamitsin qo'llanganda nafasni to'xtab qolishi ta'riflangan. Peroral antikoagulyantlarning (shu jumladan kumarin hosilalarn yoki indandion derivatalari), yurak glikozidlari, fenotiazinlarning (ayniqsa xlorpromazinni) samarasini kamaytiradi. Tsiprofloksatsin, etidron kislotasining so'rilishini pasaytiradi, streptomitsin va tebromitsinning ta'sirini susaytiradi. Magniy sul'fatning dozasi oshirib yuborilganida antidot sifatida kal'tsiy preparatlari – kal'tsiy xloridi yoki kal'tsiy glyukonati qo'llanadi. Farmatsevtik nomutanosiblik(cho'kma hosil bo'ladi): kal'tsiy preparatlari, etanol (yuqori kontsentratsiyalarda) karbonatlar, ishqoriy metallarning gidrokarbonatlari va fosfatlari, margumush kislotasi tuzlari, bariy, strontsiy tuzlari, klindamitsin fosfati, gidrokortizon, natriy suktsinati, polimiksin V sul'fati, prokain gidroxloridi, salitsilat va tartratlar bilan (cho'kma hosil bo'ladi).
Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

Eritma xiralashganda yoki cho'kma hosil bo'lganida qo'llanilmasin.

Rangsiz, tiniq suyuqlik.
Vena ichiga(oqim bilan sekin yoki tomchilab). Patsient yotgan holatda bo'lishi kerak. Magniy sul'fati eritmasini 0.9% natriy xlorid eritmasi yoki 5% dekstroza (glyukoza) eritmasi bilan eritish mumkin. Mushak ichi terapiya faqat preparatni vena ichiga yuborish mumkin bo'lmaganda, masalan, periferik tomirlarga yuborish imkoni bo'lmaganda ishlatilishi kerak Preeklampsiya va eklampsiya: doza klinik holatga qarab shaxsiy belgilanadi. Tuyinish dozasi: 2-4 g (8-16 ml) 5-20 minut davomida (v/i infuziya). Ushlab turuvchi doza: soatiga. 1-2 g (4-8 ml). Bachadon tetaniyasi: Tuyinish dozasi 20 minut ichida(infuziya) 4 g (16 ml). Tutib Ushlab turuvchi doza dastlab soatiga 1-2 g (4-8 ml), so'ngra soatiga 1 g (4 ml) (24-72 soat davomida v/i tomchilab yuborish ham mumkin). Gipomagniemiya: Gipomagniemiya kattalarda, yengil. Magniy sul'fat eritmasi, og'iz orqali magniy preparatlarini yuborish mumkin bo'lmasa yoki maqsadga muvofiq bo'lmasa (ko'ngil aynishi, qusish, me'dada so'rilishning buzilishi va boshqalar tufayli), parenteral ravishda ishlatiladi. Sutkalik doza - 1-2 g (250 mg/ml vena ichiga va mushak orasiga yuborish uchun 4-8 ml eritma). Bu doza bir marta yoki 2-3 qabulda yuboriladi. Yuborish joylarini almashtirib turish kerak. Kattalardagi og'ir gipomagniemiya - Boshlang'ich doza – 5 g (250 mg/ml vena ichiga va mushak orasiga yuborish uchun 20 ml eritma) vena ichiga sekin 1 l infuzion eritmada(0.9% natriy xloridi eritmasi yoki 5% dekstroza (glyukoza) eritmasi). Doza qon zardobidagi magniy ionlarining tarkibiga qarab belgilanadi. Faqat parenteral oziqlanuvchi patsientlarda gipomagniemiyaning oldini olish: agarda ozuqa eritmalarida magniy bo'lmasa, uni qo'shimcha qo'shiladi. Sutkalik doza 1.5-4 g (6-16 ml)0, odatda 1 l parenteral oziqlanish eritmasi uchun 1 g magniy sul'fati qo'shiladi. Gipertonik krizda magniy sul'fatini vena ichiga 1,25-5 g (5-20 ml) (sekin!) yuboriladi. Aritmiyani bartaraf etish uchun vena ichiga 1-2 g (4-8 ml) taxminan 5 minut davomida yuboriladi, takror yuborish mumkin. Tirishish holatida 5-10-20 ml 25 % eritmasi mushak orasiga yuboriladi(tirishish sindrominining ifodalanishiga ko'ra). Magniy sul'fatini antidot sifatida qo'llaniladi: simob, margumush va tetraetilqo'rg'oshin bilan zaharlanishda – 5 ml dan 25% eritmani vena ichiga oqim bilan. Bolalar Yangi tug'ilgan davrdagi bolalarda mushak ichiga va tomir ichiga tomiziladi. Magniy preparatlarini gipermagniemiya va nafas, yurak to'xtashi, arterial gipotenziya rivojlanishi ehtimoli tufayli yangi tug'ilgan chaqaloqlarga vena ichiga yuborish tavsiya etilmaydi. Bolalarga tutqanoqni bartaraf etish uchun preparat mushak ichiga 20-40 mg/kg (0.08-0.16 ml/kg 25% li eritma) miqdorida buyuriladi. Yangi tug'ilgan chaqaloq organizmidan magniy tanqisligini bartaraf etish uchun sutkalik doza - 0,5-0,8 ml/kg tana vazniga, tomir ichiga asta-sekin, kuniga bir marta 5-8 kun davomida. Tug'ruqda og'ir gipoksiya bo'lgan bolalarga 0,2 ml/kg tana vazniga, dozani 0,8 ml/kg gacha oshirib, 3-4 kun davomida yuborila boshlanadi. Faqat parenteral oziqlanishni olgan chaqaloqlarda va bolalarda gipomagniemiyaning oldini olishda ushlab turuvchi dozalari oralig'i kuniga 0.25 g dan 1.25 g gacha (1-5 ml eritma) tagkil qiladi, bu dozani yuboriladigan eritmaning butun hajmida bir xil eritiladi(0.9% natriy xlorid eritmasi yoki 5% dekstroza(glyukoza) eritmasi. Magniy sul'fatni qayta in'ektsiya qilishdan oldin tizza refleksini tekshirish lozim. Agarda refleks yo'qolgan bo'lsa, preparatni yuborish mumkin emas! Magniy sul'fatining yuqori sutkalik dozasi kattalar uchun – 40 g(buyraklarning normal funktsiyasida 160 ml). Buyraklarning funktsiyasi buzilishlarida kattalar uchun magniy sul'fatining maksimal sutkalik dozasi 48 soat davomida 20 g(80 ml) dan ko'p emas.
Dozani oshirib yuborilganda gipermagniemiya yuzaga keladi, uning belgilari “Nojo'ya ta'sirlari” bo'limida ta'riflangan. Nafasni susayishi 5-10 ml 10% li kal'tsiy xloridining eritmasini v/i yuborish, kislorod yoki karbogen bilan nafas olish, sun'iy nafas olish orqali bartaraf qilinadi. Agar buyraklarning funktsiyasi me'yorida bo'lsa, fiziologik eritma v/i tomchilab yuboriladi va diurez mannitol bilan kuchaytiriladi. Buyrak funktsiyasining yetishmovchiligi yoki og'ir gipermagniemiyada gemodializ o'tkazish zarur.
Homiladorlik davrida magniy sulfat faqat kutilgan terapevtik ta'sir homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan hollarda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.

Mehnatni behushlik qilishda bachadon mushaklarining kontraktilligini inhibe qilish imkoniyatini hisobga olish kerak, bu esa tug'ilish stimulyatorlarini qo'llashni talab qiladi.

Agar emizish davrida foydalanish zarur bo'lsa, emizishni to'xtatish kerak.

MAGNIYA SULFAT inyeksiya uchun eritma 5ml 25% N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MAGNIYA SULFAT

MAGNESIUM SULFATE  

 

Preparatning savdo nomi: Magniya sulfat

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): magniy sulfati

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma 250 mg/ml.

Tarkibi:

Bir ampula (5 ml) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: magniy sulfati – 1,25 g,

yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Plazma o‘rnini bosuvchi va perfuzion eritmalar. Vena ichiga yuborish uchun eritmalarga qo‘shimchalar. Elektrolitlar.

ATX kodi: V05XA05.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Parenteral yuborilganida sedativ, uxlatuvchi, umumiy anesteziyalovchi, tirishishlarga qarshi, aritmiyaga qarshi, gipotenziv, spazmolitik va tokolitik ta‘sir ko‘rsatadi.

Ta‘sir mexanizmi. Kalsiyning fiziologik antagonisti bo‘lib hisoblanadi, uni bog‘langan joylaridan siqib chiqaradi. Almashinuv jarayonlari, neyromediator jarayonlari va nerv-mushak o‘tkazuvchanligini tartibga soluvchi 300 dan ortiq fermentativ reaksiyalarda ishtirok etadi. Magniy ionlari hujayra membranasining potensial bog‘liq kalsiy kanallari blokatorlari sifatida qatnashadi. Natijada kalsiy ionlarining presinaptik membrana orqali tushishi buziladi, bu esa asetilxolinning ajralishini kamayishiga va nerv-mushak o‘tkazilishini susayishiga olib keladi.

Plazmada konsentrasiyasi oshib borishi bilan avval sedativ, so‘ngra uxlatuvchi va tirishishlarga qarshi va nihoyat umumiy anesteziya (narkoz) ta‘sirini keltirib chiqargan holda bosh miya po‘stlog‘ida kalsiy orqali neyromediatorlarning ajralishini dozaga bog‘liq holda susaytiradi.

Magniy sulfati ichki a‘zolar, bachadon va qon tomirlarning silliq mushaklarini bo‘shashtiradi. Ko‘proq yuqori arterial qon bosimini pasaytiradi va normal arterial qon bosimiga kuchsiz ta‘sir ko‘rsatadi.

Magniy ionlari harakat potensialining repolyarizasiyasi tezlanishi va umumiy davomiyligi qisqarishi (harakat potensialining [2] va [3] fazalariga ta‘siri) hisobiga erta va kechki trigger faolligi keltirib chiqaradigan taxiaritmiyalarda aritmiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. EKGda PQ intervalining uzayishi va QRS kompleksi va QT intervalining qisqarishi kuzatiladi.

Zardobdagi magniyning normal miqdori 0,7-1,0 mmol/l ni tashkil etadi.

Farmakokinetikasi

Vena ichiga yuborilganida tirishishiga qarshi ta‘siri darhol namoyon bo‘ladi, mushak ichiga yuborilganidan keyin esa 1 soat davomida rivojlanadi. Ta‘sirning saqlanishi davomiyligi vena ichiga yuborilganida 30 minut atrofida va mushak ichiga yuborilganida 3-4 soat bo‘ladi.

Qon plazmasida magniy ionlarining konsentrasiyasi normada o‘rtacha 0,84 mmol/l ni tashkil etadi, ushbu miqdorning 25-35% oqsillar bilan bog‘langan holatda bo‘ladi. Yo‘ldosh va gematoensefalik to‘siq orqali yaxshi o‘tadi, ko‘krak sutida plazmadagi konsentrasiyadan 2 marta yuqori konsentrasiyani hosil qiladi.

Filtrasiya yo‘li bilan siydik orqali chiqariladi (bunda diurezni kuchaytiradi), buyrak ekskresiyasining tezligi plazmadagi konsentrasiyaga proporsional. Magniyning 93-99% buyrakning proksimal va distal kanalchalarida qayta reabsorbsiyaga uchraydi.

 

Qo‘llanilishi

  • gipomagniemiyani, shu jumladan qandli diabetda, to‘liq parenteral oziqlantirishda, diuretiklarni, miorelaksantlarni qabul qilishda, surunkali alkogolizmda, malabsorbsiyada to‘g‘rilash va profilaktika qilishda;
  • aritmiyada (supriventrikulyar taxikardiya, «piruet» tipidagi yurak qorinchalari taxikardiyasida);
  • arterial gipertenziyada, shu jumladan bosh miya shish ko‘rinishlari bilan kechuvchi gipertonik krizda;
  • tirishish sindromida (oyoqlarda tortishishlar, mushaklarning tortishishlari, tremor va tetanik tirishishlarda);
  • preeklampsiya va eklampsiyada;
  • muddatidan oldingi tug‘ruqda, homiladorlikning kechki toksikozida;
  • og‘ir metallar: mыshyak, tetraetilqo‘rg‘oshin, bariyning eruvchan tuzlari bilan zaharlanishda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Davolashdan oldin va davolash vaqtida magniyning zardobdagi darajalarini nazorat qilish zarur. Magniy sulfatining dozasi shaxsiy ravishda pasientning ehtiyojlari va davolashga nisbatan javobiga bog‘liq ravishda tanlanishi kerak.

Magniyning zardobdagi darajasi > 2,5 mmol/l dan oshishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Magniy sulfatining dozalari grammlarda ko‘rsatilgan.

Ularga eritmaning quyidagi miqdori mos keladi: 1 g – 4 ml (25%), 2 g – 8 ml (25%),
3 g – 12 ml (25%), 4 g – 16 ml (25%), 5 g – 20 ml (25%), 10 g – 40 ml (25%), 15 g – 60 ml (25%), 20 g – 80 ml (25%), 30 g – 120 ml (25%), 40 g – 160 ml (25%).

25% li magniy sulfati eritmasining 1 ml 1 mmol magniy saqlaydi.

Magniy sulfatining ampulalardagi eritmasini natriy xloridining 0,9% li yoki dekstrozaning (glyukozaning) 5% li eritmalari bilan suyultirish mumkin.

Magniyning o‘rtacha tanqisligini davolashda kattalar uchun bir martalik doza 1 g ni (25% li eritmaning 4 ml ni) tashkil etadi. Mushak ichiga har olti soatda sutkada        4 marta yuboriladi.

Og‘ir gipomagniemiyani davolashda doza tana vaznining har kilogrammiga 250 mg ni         (1 kg massaga 25% li eritmaning 1,0 ml ni) tashkil etadi va mushak ichiga to‘rt soat davomida, agar bu zarur bo‘lsa, yuborilishi mumkin. Bundan tashqari, 5 g vena ichiga sekin uch soat davomida qo‘shimcha yuborilishi mumkin.

Tanqislik holatlarini davolashda magniyni buyrak ekskresiyasi quvvati oshishiga va gipermagniemiya yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak.

Parenteral oziqlantirishda profilaktik qo‘llanilishi

Kattalarda qo‘llaniladigan samarani bir maromda ushlab turuvchi doza kuniga 1 g dan     3 g gacha oralig‘ida bo‘ladi; chaqaloqlar va bolalar uchun mazkur oraliq sutkasiga           0,25 g dan 1,25 g gachani tashkil etadi.

Yurak ritmini buzilishida 1-2 g magniy sulfati 5 minut davomida yuboriladi. Takroran yuborilishi mumkin.

Paroksizmal bo‘lmachalar taxikardiyasida magniy sulfatidan faqat, agar odatdagi choralar samarasiz bo‘lganida va miokardda shikastlanish mavjud bo‘lmaganda foydalanish lozim. Odatdagi doza 3 g dan 4 g gachani (25% li eritmaning 12 ml dan   16 ml gachani) tashkil etadi va o‘ta ehtiyotkorlik bilan vena ichiga asta-sekin yuboriladi.

Bariy bilan zaharlanganda magniy sulfatining odatdagi dozasi vena ichiga 1 g dan
2 g gachani tashkil etadi. Antidot sifatida magniy sulfatidan simob, mishyak, tetraetilqo‘rg‘oshin bilan zaharlanganda 5 ml 25% li eritmani vena ichiga oqim bilan yuborish orqali foydalaniladi.

Tokoliz: boshlang‘ich doza 4 g magniy sulfati vena ichiga, so‘ngra esa soatiga               1-2 g magniy sulfat yuboriladi.

Tutqanoq, glomerulonefrit bilan bog‘liq tirishishlarni bartaraf etish uchun kattalarga odatdagi doza 1 g ni tashkil etadi va u mushak ichiga yoki vena ichiga yuboriladi.

Aritmiyalarni bartaraf etish uchun 2,0-4,0 g magniy sulfati (8-16 ml               25% li eritma) vena ichiga 1-2 minut davomida asta-sekin yuboriladi, so‘ngra 2 soat davomida samarani bir maromda ushlab infuzion yuborilishga o‘tiladi. Buning uchun 10 ml 25% li eritma 200 ml 5% li glyukoza eritmasida yoki kaliy-qutblantiruvchi aralashmada eritiladi va minutiga 3-20 mg (minutiga 5-30 tomchi) tezligida yuboriladi.

Kechki toksikoz, preeklampsiya va eklampsiyani davolashda magniy sulfatini Richard sxemasi bo‘yicha: dastlab 4,0 g (16 ml 25% li eritma) 3-4 minut davomida asta-sekin vena ichiga yuboriladi, 4 soatdan keyin vena ichiga yuborish aynan o‘sha dozada takrorlanadi va qo‘shimcha ravishda 5,0 g (20 ml 25% li eritma) yuboriladi. Undan keyin har 4 soatda magniy sulfatini 4,0-5,0 g (16-20 ml 25% li eritma) dozada mushak ichiga yuborish takrorlanadi. Richard sxemasining o‘rniga 5,0 g magniy sulfatini (20 ml 25% li eritma) 400 ml 0,9% li natriy xloridi eritmasida yoki 5% li glyukoza eritmasida eritilgan holda minutiga 9-25 mg (minutiga 15-40 tomchi) tezlikda vena ichiga tomchilab yuborish mumkin. Preeklampsiya va eklampsiyani davolashda mushak tirishishlarga qarshi samarali ta‘siriga magniyning zardobdagi darajasi 1,6 dan 3,3 mmol/l gacha bo‘lganida erishiladi. Magniyning zardobdagi darajasi
2,64 mmol/l bo‘lganida tirishishlarni nazorat qilish uchun eng optimal hisoblanadi.

Magniy sulfatining maksimal sutkalik dozasi 30-40 g dan oshmasligi kerak. Buyrak faoliyati buzilishida 20 g ortiq bo‘lmagan magniy sulfati 48 soat davomida yuboriladi.

Bolalarda qo‘llanilishi

Gipomagniemiyani davolash va profilaktika qilishda:

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda: 25–50 mg/kg hisobidan magniy sulfatini mushak yoki vena ichiga har 8-12 soatda yuboriladi.

Bolalarda: 25–50 mg/kg hisobidan magniy sulfatini mushak yoki vena ichiga har              4-6 soatda yuboriladi. Maksimal bir martalik doza 2000 mg ni tashkil etadi.

Bolalar va chaqaloqlarga vena ichiga yuborish uchun magniy sulfatining 1% li (millilitrga 10 mg) eritmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Eritma vena ichiga 1 soat davomida yuboriladi.

Og‘ir holatlarda dozaning yarmisini birinchi 15-20 minut davomida yuborilishi mumkin.

Zarurat bo‘lganida bolalarda vena ichiga yuborish uchun magniy sulfatining 3% li eritmasini qo‘llash mumkin.

Keksa yoshdagi pasientlarda qo‘llanilishi

Keksa yoshdagi bemorlarda magniy sulfatining dozasi ularda buyrak faoliyati buzilishi darajasi bilan aniqlanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

  • bradikardiya, o‘tkazuvchanlikning buzilishi;
  • qizib ketish hissi, ko‘p terlash;
  • gipotenziya, holsizlik, bosh og‘rig‘i;
  • chuqur sedasiya, pay reflekslarining susayishi;
  • hansirash;
  • ko‘ngil aynishi, qusish;
  • poliuriya.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • miasteniyada;
  • bradikardiyada;
  • yaqqol ifodalangan arterial gipotenziyada;
  • gipokalsiemiyada;
  • tug‘ruq oldi davrida (tug‘ruqdan 2 soat oldin)
  • buyrak faoliyatining yaqqol ifodalangan buzilishlarida (kreatinin klirensi minutiga 20 ml dan kam);
  • o‘ta yuqori sezuvchanlik va gipermagniemiyada qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Birga qo‘llanilganida nerv tizimini susaytiruvchi boshqa vositalarning (alkogol, psixotrop, uxlatuvchi, Parkinson kasalligiga qarshi, tirishishga qarshi vositalar) ta‘sirini kuchaytiradi. Barbituratlar, narkotik analgetiklar, gipotenziv vositalar bilan birga qo‘llanilganida nafas olish markazini susayishi ehtimoli kuchayadi.

Yurak glikozidlari magniy sulfati bilan birga qo‘llanilganida o‘tkazuvchanlik buzilishlari va atrioventrikulyar blokada rivojlanishi xavfini kuchaytiradi.

Aminoglikozid antibiotiklar, nifedipin va miorelaksantlar magniy tuzlari keltirib chiqaradigan  nerv-mushak blokadasini kuchaytirishi mumkin.

Kalsiy tuzlarini vena ichiga yuborilishi magniy sulfati samarasini susaytiradi.

Magniy sulfatini qon tomirlarni kengaytiruvchi boshqa vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida ularning gipotenziv ta‘siri kuchayadi.

Kalsiy preparatlari (cho‘kma hosil qiladi), alkogol (yuqori konsentrasiyalarda), karbonatlar, bikarbonatlar va ishqoriy metallarning fosfatatlari, mыshyak kislotasi, bariy, stronsiy tuzlari, klindamisin fosfati, gidrokortizon suksinat, polimiksin V sulfati, prokain, salisilatlar va tartratlar bilan farmasevtik nomutanosib.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va laktasiya davrida. Homiladorlik davrida magniy sulfati ehtiyotkorlik bilan, faqat kutilayotgan terapevtik samara homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi. Homilador ayollarda muddatidan oldin tug‘ruqni oldini olish uchun dori vositasini 5-7 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas, chunki bu yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kalsiy darajasining pasayishiga va suyak tizimida o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Laktasiya davrida qo‘llash zarurati yuzaga kelganida emizishni to‘xtatish lozim.

Pediatriyada qo‘llanilishi. Magniy sulfatini bir yoshga to‘lmagan bolalarda ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanilishi paylar reflekslari va plazmada magniy konsentrasiyasi nazorat qilingan holda amalga oshirilishi mumkin.

Uzoq muddat davomida qo‘llanilganida markaziy gemodinamika ko‘rsatkichlari nazorati, arterial bosim, yurak faoliyati, pay reflekslari, nafas olish tezg‘tezligi va buyrak faoliyati monitoringi talab qilinadi.

Kalsiy preparatlarini magniy sulfati bilan bir vaqtda yuborilishi zarurati bo‘lganida ularni turli venalarga yuborish lozim.

Plazmada magniy darajasini laboratoriya nazoratida, plazmada magniy darajasining normal ko‘rsatkichlari uning to‘qimalarda tanqisligini istisno etmasligini nazarda tutish lozim, chunki plazmada magniy konsentrasiyasi va uning hujayralararo suyuqlikdagi darajasi doimo ham o‘zaro bog‘liq emas.

Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri. Davolash davrida transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarining tezligini talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish zarur.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Plazmada magniy darajasi 2,0-3,5 mmol/l ga qadar oshganida chuqur pay (tizza) reflekslarining pasayishi intoksikasiyaning klassik erta belgisi bo‘lib hisoblanadi. Plazmada magniy darajasi 3,5-5,0 mmol/l ga yetganida PQ intervalining uzayishi paydo bo‘ladi. Plazmada magniy darajasi 4-5 mmol/l bo‘lganida chuqur pay reflekslari yo‘qoladi, ko‘ngil aynishi, qusish, arterial bosimning keskin pasayishi, gipergidroz, diplopiya yuzaga keladi, noaniq nutq paydo bo‘ladi. Magniyning darajasi 5,0-7,5 mmol/l bo‘lganida nafas olishning zo‘riqishi va yurakda o‘tkazuvchanlikning buzilishi yuzaga keladi. Magniyning darajasi 12,5 mmol/l bo‘lganida yurakning to‘xtashi va markaziy nerv tizimining chuqur zo‘riqishi kuzatiladi.

Yordam choralari. Spesifik antidot – kalsiy tuzlarini (kalsiy xloridi yoki glyukonatini) 5-10 minut davomida 100-200 mg ionlashgan kalsiy hisobida vena ichiga yuboriladi. Zarurat bo‘lganida antidot takroran kiritiladi. Og‘ir intoksikasiya holatlarida o‘pkani sun‘iy ventilyasiyasi, peritoneal dializ yoki gemodializ qo‘llaniladi. Simptomatik davolash (markaziy nerv tizimining stimulyatorlari, yurak-qon-tomir tizimi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vositalar bilan) o‘tkaziladi.

 

Chiqarilish shakli

5 ml dan ampulalarda. № 10.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MAGNIYA SULFAT inyeksiya uchun eritma 5ml 25% N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MAGNIYA SULFAT inyeksiya uchun eritma 5ml 25% N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MAGNIYA SULFAT inyeksiya uchun eritma 5ml 25% N10 dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MAGNIYA SULFAT inyeksiya uchun eritma 5ml 25% N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MAGNIYA SULFAT inyeksiya uchun eritma 5ml 25% N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MAGNIYA SULFAT inyeksiya uchun eritma 5ml 25% N10
Narh: 2 800 so'mdan Batafsil
MAGNIYA SULFAT inyeksiya uchun eritma 10ml 25% N10
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
MAGNIYA SULFAT eritma 5ml 25% N10
Narh: 2 800 so'mdan Batafsil
MAGNIYA SULFAT poroshok 25g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Магния сульфат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Osiyo Farm, OOO
Narh: 2 800 so'mdan Batafsil
MAGNIYA SULFAT inyeksiya uchun eritma 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Магния сульфат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гротекс, ООО
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
MAGNIYA SULFAT inyeksiya uchun eritma 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Магния сульфат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гротекс, ООО
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
MAGNIYA SULFAT poroshok 10g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Магния сульфат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Osiyo Farm, OOO
Narh: 1 568 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
MAGNIYA SULFAT poroshok 25g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Магния сульфат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Osiyo Farm, OOO
MAGNIYA SULFAT 25,0 paket poroshok
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Магния сульфат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Тульская фармацевтическая фабрика, ООО
MAGNIYA SULFAT 25,0 poroshok N10
MAGNIYA SULFAT 20,0 poroshok
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Магния сульфат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Тульская фармацевтическая фабрика, ООО
MAGNIYA SULFAT poroshok 10g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Магния сульфат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Osiyo Farm, OOO
MAGNIYA SULFAT poroshok 10g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Магния сульфат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
MAGNIYA SULFAT 10ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9