×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ZOVIRAKS maz 4,5g 3%

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Kanada
Faol modda:
Ацикловир
Ishlab chiqaruvchi:
- GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: Jubilant HollisterStier General Partnership
ATX kodi:
- D06BB03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

BINAFIN tabletkalari 250mg N14 Shreya Life Sciences PVT. LTD. Hindiston
65 000 s`om dan
GERPES STOP krem 10g 1% Livzon (Group) Pharmaceutical Factory Xitoy
49 300 s`om dan
NISTATIN maz 10g 100000 YeD/1 g Dentafill Plyus, ООО O'zbekiston
6 000 s`om dan
REKREOL maz 50mg Гриндекс, АО Latviya
68 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ZOVIRAKS maz 4,5g 3% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ZOVIRAKSTM

ZOVIRAXTM

 

Preparatning savdo nomi: Zovirakstm

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): asiklovir

Dori shakli: tabletkalar; infuzion eritma tayyorlash uchun kukun

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 200 mg asiklovir

yordamchi moddalar: 213,6 mg laktoza monogidrati, 53,4 mg mikrokristallik sellyuloza, 20,0 mg natriy kraxmal glikolyati, 10,0 mg povidon K30, 4,0 mg magniy stearati

Infuzion eritma tayyorlash uchun kukunli 1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 250 mg asiklovir

yordamchi moddalar: taxminan 45 mg natriy gidroksidi

Ta‘rifi

Tabletkalar

Dumaloq, oq rangli, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida GXCL3 markirovkasi bo‘lgan va boshqa tomoni silliq bo‘lgan tabletkalar.

Infuzion eritma tayyorlash uchun kukun

Oq yoki oqish kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: viruslarga qarshi preparat.

 

Farmakologik xususiyatlari

Ta‘sir mexanizmi

Asiklovir odam gerpes virusi, shu jumladan 1 va 2 tur oddiy gerpes virusi (OGV), Varicella zoster virusi, Epshteyn-Barr virusi va sitomegalovirus (SMV) ga qarshi in vitro va in vivo sharoitlarda ingibitor faollikka ega bo‘lgan purin nukleozidining sintetik analogi hisoblanadi. Xujayralar kulturasida asiklovir OGV-1 ga nisbatan eng yaqqol viruslarga qarshi faollikka ega, so‘ngra faollikni kamayib borishi bo‘yicha OGV-2, Varicella zoster virusi, Epshteyn-Barr virusi va SMV ga nisbatan faollikka ega.

Asiklovirning OGV-1, OGV-2, Epshteyn-Barr virusi va SMV ga nisbatan faolligi yuqori tanlab ta‘sir qilish xarakteriga ega. Asiklovir normal, infeksiyalanmagan xujayralarning timidinkinaza fermenti uchun substrat hisoblanmaydi, shuning uchun sut emizuvchilarning xujayralari uchun kam zaharli; lekin OGV, Varicella zoster virusi va Epshteyn-Barr virusi bilan infeksiyalangan xujayralarning timidinkinazasi asiklovirni nukleozidning analogi asiklovir monofosfatga aylantiradi, xujayralarning fermentlari ta‘sirida difosfat, so‘ngra trifosfatga aylanadi. Asiklovir trifosfatini virus DNK ning zanjiriga kirishi va keyinchalik zanjirni uzilishi bilan uning replikasiyasini susaytirilishi virus DNK ning keyingi replikasiyasini bloklaydi.

Farmakodinamik samaralari

Yaqqol immuntanqisligi bo‘lgan pasientlarda asiklovir bilan uzoq muddatli va takroriy davolash kurslari asiklovirga sezuvchanligi pasaygan shtammlarni hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin, va shuning uchun asiklovir bilan davolashni davom ettirish samarasiz bo‘lishi mumkin.

Asiklovirga sezuvchanligi past bo‘lgan ajratib olingan shtammlarning ko‘pchiligida virus timidinkinazasining darajasini pastligi, virus timidinkinazasi yoki DNK-polimerazasining strukturasini buzilishi aniqlangan. Asiklovirni oddiy gerpes virusiga in vitro sharoitda ta‘sir qilishi ham, unga kamroq sezgir bo‘lgan shtammlarni hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. OGV shtammlarini asiklovirga in vitro sharoitda sezgirligi va preparatning klinik samaradorligi orasida o‘zaro bog‘liqlik (korrelyasiya) aniqlanmagan.

Barcha pasientlar ayniqsa faol zararlanish bor bo‘lganida virusni yuqishining potensial xavfi haqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Tabletkalar

Asiklovir faqat ichakdan qisman so‘riladi. 200 mg asiklovirni har 4 soatda qabul qilinganda plazmadagi o‘rtacha CSSmax 3,1 mkmol (0,7 mkg/ml), plazmadagi CSSmin esa – 1,8 mkmol (0,4 mkg/ml) ni tashkil qilgan. 400 mg yoki 800 mg asiklovirni har 4 soatda qabul qilinganda CSSmax muvofiq 5,3 mkmol (1,2 mkg/ml) va 8 mkmol (1,8 mkg/ml), CSSmin esa – muvofiq 2,7 mkmol (0,6 mkg/ml) va 4 mkmol (0,9 mkg/ml) ni tashkil qilgan.

Tabletkalar va infuzion eritma tayyorlash uchun kukun

Kattalarda 2,5 mg/kg, 5 mg/kg, 10 mg/kg va 15 mg/kg dozada infuziya qilinganidan 1 soatdan keyin asiklovirning CSSmax muvofiq 22,7 mkmol (5,1 mkg/ml), 43,6 mkmol (9,8 mkg/ml), 92 mkmol (20,7 mkg/ml) va 105 mkmol (23,6 mkg/ml) ni tashkil qilgan. Infuziyadan keyin 7 soatdan so‘ng preparatning plazmadagi CSsmin muvofiq 2,2 mkmol (0,5 mkg/ml),
3,1 mkmol (0,7 mkg/ml), 10,2 mkmol (2,3 mkg/ml) va 8,8 mkmol (2,0 mkg/ml) ga teng bo‘lgan.

1 yoshdan oshgan bolalarda xuddi shunday o‘rtacha cho‘qqi (CSSmax) va minimal (CSsmin) darajalari 250 mg/m2 doza 5 mg/kg dozaga, 500 mg/m2 doza esa 10 mg/kg dozaga o‘zgartirilganda kuzatilgan. Bir soat davomida 10 mg/kg dozani har 8 soatda infuzion ravishda qabul qilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda (0 dan 3 oylikgacha) CSSmax
61,2 mikromol (13,8 mikrogramm/ml) ni, CSsmin esa – 10,1 mikromol (2,3 mikrogramm/ml) ni tashkil qilgan. Har 8 soatda 15 mg/kg doza bilan davolangan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning alohida ayrim guruh Cmax 83,5 mikromol (18,8 mikrogramm/ml) va Cmin – 14,1 mikromol (3,2 mikrogramm/ml) bilan dozani taxminan proporsional oshishini ko‘rsatgan.

Taqsimlanishi

Asiklovirning orqa miya suyuqligidagi konsentrasiyasi uning plazmadagi konsentrasiyasining taxminan 50% ni tashkil qiladi. Asiklovir qon plazmasi oqsillari bilan ahamiyatsiz darajada bog‘lanadi (9-33%) va dorilarning o‘zaro ta‘siri bog‘lanish markazini o‘zgarishi bilan kechmaydi.

Chiqarilishi

Vena ichiga yuborilganidan keyin asiklovirning plazmadan T1/2 kattalarda taxminan 2,9 soatni tashkil qiladi. Preparatning katta qismi o‘zgarmagan holda buyrak orqali chiqariladi. Asiklovirning buyrak klirensi kreatinin klirensidan ahamiyatli darajada yuqori, bu asiklovirni faqatgina buyrak kalavalari filtrasiyasi orqali emas, kanalchalar sekresiyasi yo‘li bilan ham chiqarilishidan dalolat beradi. Asiklovirning asosiy metaboliti 9-karboksimetoksimetilguanin hisoblanadi, uning siydikdagi ulushi preparatning yuborilgan dozasining taxminan 10-15% ga to‘g‘ri keladi. 1 gramm probenesid qabul qilinganidan so‘ng 1 soatdan keyin asiklovir buyurilganida, asiklovirning T1/2 va AUC ko‘rsatkichlari muvofiq ravishda 18 va 40% ga oshgan.

Bir soat davomida 10 mg/kg dozani har 8 soatda infuzion ravishda qabul qilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda (0 dan 3 oylikkacha) plazmadan T1/2 3,8 soatni tashkil qilgan.

Pasientlarning alohida guruhlari

Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda asiklovirning T1/2 o‘rtacha 19,5 soatni tashkil qilgan. Gemodializni o‘tkazishda asiklovirning T1/2 5,7 soatni tashkil qilgan. Dializ vaqtida asiklovirning plazmadagi konsentrasiyasi taxminan 60% ga pasaygan.

Keksa yoshdagi pasientlarda asiklovirning klirensi yosh o‘tgan sari kreatinin klirensini pasayishi bilan parallel holda pasayadi, lekin asiklovirning T1/2 ahamiyatsiz darajada o‘zgaradi.

Tabletkalar

Tadqiqotlar OITV-infeksiyasi bo‘lgan pasientlarda asiklovir va zidovudin bir vaqtda qo‘llanganida ikkala preparatning farmakokinetik xarakteristikalari deyarli o‘zgarmaganligini ko‘rsatdi.

Klinik tadqiqotlar

Asiklovirning ichga qabul qilish uchun yoki vena ichiga infuziya dori shakllarini ayollarning fertilligiga ta‘siri haqidagi ma‘lumot mavjud emas. Spermatozoidlar soni normal bo‘lgan 20 nafar erkak pasientlar ishtirokidagi tadqiqotda 6 oygacha sutkada 1 g gacha dozada ichga qabul qilingan asiklovir spermatozoidlarning soni, ularning harakatchanligi yoki morfologiyasiga klinik jihatdan ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmasligi namoyish etilgan.

Klinika oldi ma‘lumotlari

Mutagenlik

In vitro va in vivo sharoitlarda mutagenlik bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘p sonli sinamalarning natijalari asiklovirni qo‘llaganda odam uchun genetik xavfi yo‘qligini ko‘rsatdi.

Kanserogenlik

Kalamush va sichqonlarda o‘tkazilgan uzoq muddatli tadqiqotlarda asiklovir kanserogen ta‘sirga ega emasligi ko‘rsatilgan.

Fertillik

Kalamush va itlarda umumiy toksik ta‘sir bilan birga spermatogenezga nisbatan asosan qaytuvchan noxush samaralar, asiklovirni faqat terapevtik amaliyotda qo‘llanadigan dozalaridan ancha yuqori dozalarda qo‘llanilganda qayd etilgan. Sichqonlarning ikkita avlodida o‘tkazilgan tadqiqotda asiklovirni peroral yuborilganda fertillikka ta‘siri aniqlanmagan.

Teratogenlik

Quyonlar, kalamushlar va sichqonlarda teratogenlikni o‘rganish yuzasidan  umumiy qabul qilingan sinamalarda asiklovirni muntazam tizimli qabul qilinishi embriotoksik yoki teratogen samaralar ko‘rsatmagan. Kalamushlarda o‘tkazilgan nostandart tadqiqotda homilani rivojlanishini buzilishi kuzatilgan, lekin ona organizmida toksik samaralarga olib keluvchi teri osti yuqori dozalari yuborilganda kuzatilgan. Ushbu kuzatishlarning klinik ahamiyati aniqlanmagan.

Qo‘llanilishi

Tabletkalar

  • Oddiy gerpes virusi (OGV) chaqirgan teri va shilliq qavatlar infeksiyalarini, shu jumladan birinchi marta aniqlangan va qaytalanuvchi genital gerpesni davolash.
  • Immuniteti saqlangan pasientlarda oddiy gerpes virusi chaqirgan qaytalanuvchi infeksiyalar supressiyasi (qaytalanishlarni oldini olish).
  • Immuniteti susaygan pasientlarda oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarni oldini olish.
  • Varicella viruslari (suvchechak) va o‘rab oluvchi gerpes (o‘rab oluvchi temiratki) viruslari chaqirgan infeksiyalarni davolash. Tadqiqotlar o‘rab oluvchi temiratkini asiklovir bilan davolashni erta boshlash (o‘z vaqtida boshlash) pasientlarda og‘riq hissini kamaytirishini va postgerpetik nevralgiya (o‘rab oluvchi temiratki bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riq) paydo bo‘lishi tez-tezligini kamaytirishi mumkinligini isbotladi.
  • Og‘ir immuntanqisligi, asosan, OITV-infeksiyasining so‘ngi bosqichlari (OITS bo‘lgan pasientlarda CD4+ xujayralarining soni 200/mm3 dan kam yoki OITS-assosiasiyalangan kompleksining og‘ir ko‘rinishlari) yoki suyak ko‘migi ko‘chirib o‘tkazilgan pasientlarni davolash. Tadqiqotlar ZoviraksTM tabletka preparati bilan birga antiretrovirus preparatlar (asosan, peroral qabul qilish uchun RetrovirTM) ni birga qo‘shib davolash, OITS so‘ngi bosqichi bo‘lgan pasientlarda o‘limni kamaytirishini, ZoviraksTM ni bir oy davomida infuzion eritma shaklida, keyinchalik ZoviraksTM ning peroral shakliga o‘tish bilan davolash esa, suyak ko‘migi ko‘chirib o‘tkazilgan pasientlarda o‘limni kamaytirishini isbotladi. Bundan tashqari, ZoviraksTM tabletkalari preparati shuningdek gerpes virusi chaqirgan kasalliklarni oldini olishda ham samaralidir.

Infuzion eritma tayyorlash uchun kukun

  • Oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarni davolash.
  • Immuniteti susaygan pasientlarda oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarni oldini olish.
  • Varicella zoster virusi chaqirgan infeksiyalarni davolash.
  • Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarni davolash.
  • Suyak ko‘migi transplantatlarining resipientlarida sitomegalovirus (SMV) infeksiyalarini oldini olish. Infuzion yuborish uchun ZoviraksTM ning yuqori dozalari sitomegalovirus infeksiyasini paydo bo‘lish tez-tezligi kamaytirishi va rivojlanishini sekinlashtirishini isbotlagan. Agar yuqori dozalarda infuzion davolashdan keyin 6 oy davomida ZoviraksTM tabletka preparati bilan yuqori dozalarda (Qo‘llanilishi: Tabletkalar bo‘limiga qarang) davolash o‘tkazilsa, unda o‘lim va viremiyani rivojlanish tez-tezligi ham kamayadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarni davolash

Tabletkalar

Kattalar

Oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun ichga qabul qilish uchun ZoviraksTM ning tavsiya etilgan dozasi tungi uyqu davridan tashqari, har 4 soatda sutkada 5 marta 200 mg ni tashkil qiladi. Davolash kursi 5 kunni tashkil qiladi, lekin og‘ir birlamchi infeksiyalarda uzaytirilishi mumkin.

Og‘ir immuntanqislikda (masalan, suyak ko‘migi ko‘chirib o‘tkazilgandan keyin) yoki ichakdan so‘rilishi buzilganida, ichga qabul qilinadigan ZoviraksTM ning dozasi 400 mg gacha oshirilishi mumkin yoki muqobil davolash sifatida preparatning infuzion shakliga o‘tish ko‘rib chiqilishi mumkin.

Infeksiya paydo bo‘lganidan keyin davolashni iloji boricha ertaroq boshlash kerak; qaytalanishlarda preparatni prodromal davrda yoki toshmaning birinchi elementlari paydo bo‘lishi bilanoq buyurish tavsiya etiladi.

Chaqaloqlar va bolalar

Ikki yosh va undan katta bolalarda oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun kattalardagi kabi doza tavsiya etiladi, chaqaloqlar va ikki yoshdan kichik bolalar uchun – kattalar uchun mo‘ljallangan dozaning yarmi tavsiya etiladi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun infuzion yuborish uchun ZoviraksTM ni qo‘llash tavsiya etiladi.

Keksa yoshdagi pasientlar

Keksa yoshdagi pasientlarda buyrak yetishmovchiligi belgilari bo‘lishi mumkinligini e‘tiborga olish va muvofiq dozani kamaytirish kerak (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limiga qarang).

Yuqori dozalarda ichga ZoviraksTM ni qabul qilish fonida katta yoshdagi pasientlar suyuqlikni yetarli miqdorda qabul qilishlari kerak.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda asiklovirni buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Adekvat suv-elektrolit muvozanatini erishilgan darajada ushlab turish kerak.

Oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarni davolashda aisklovirni tavsiya etilgan dozalarda qabul qilish, preparatni infuzion yuborilganda o‘rnatilgan xavfsiz darajadan yuqori bo‘lgan konsentrasiyalarda to‘planishiga olib kelmaydi. Ammo buyrak faoliyatini ahamiyatli darajada buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam) bo‘lgan pasientlarda ZoviraksTM ning dozasini har 12 soatda sutkada 2 marta 200 mg gacha kamaytirish tavsiya etiladi.

Infuzion eritma tayyorlash uchun eritma

Preparatni vena ichiga infuziya shaklida 1 soat davomida yuborish kerak.

Infuzion yuborish uchun ZoviraksTM preparati bilan davolash kursining davomiyligi odatda besh kunni tashkil qiladi, biroq, davolash kursi pasientning holati va pasientning davolashga javobiga qarab muvofiqlashtirilishi mumkin. Gerpetik ensefalitni davolash odatda 10 kun davom etadi. Neonatal gerpesni davolash kursi odatda 14-21 kunni tashkil qiladi.

Kattalar

Semizlik bilan xastalangan pasientlarda aynan shu tana vazni emas, ideal tana vazniga hisoblangan dozani qo‘llash tavsiya etiladi.

Oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun (gerpetik ensefalitdan tashqari), agar buyrak faoliyati buzilmagan bo‘lsa, preparat tana vazniga 5 mg/kg dozada har 8 soatda buyuriladi.

Gerpetik ensefalitni davolash uchun buyrak faoliyati normal bo‘lganda, preparat tana vazniga 10 mg/kg dozada har 8 soatda buyuriladi.

Chaqaloqlar va bolalar

Chaqaloqlar va 3 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda infuzion yuborish uchun ZoviraksTM ning dozalari tana yuzasining maydoniga qarab belgilanadi.

Oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalari (gerpetik ensefalitdan tashqari) bo‘lgan chaqaloqlar va 3 oylikdan oshgan bolalarga, buyrak faoliyati normal bo‘lganida preparat tana yuzasining maydoniga 250 mg/m2 dozada har 8 soatda buyuriladi.

Chaqaloqlar va bolalarda gerpetik ensefalitni davolashda, agar buyrak faoliyati buzilmagan bo‘lsa, preparat tana yuzasining maydoniga 500 mg/m2 dozada har 8 soatda buyuriladi.

Buyrak faoliyati susaygan bolalarda dozaga buyrak yetishmovchiligining darajasiga muvofiq tuzatish kiritish talab etiladi (Buyrak yetishmovchiligi bo‘lmiga qarang).

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda infuzion yuborish uchun ZoviraksTM ning dozalash tartibi tana vazniga qarab belgilanadi.

Isbotlangan yoki gumon qilinayotgan neonatal gerpesda quyidagi davolash tartibi tavsiya etiladi: disseminasiyalangan zararlanishda yoki markaziy nerv tizimi shikastlanganda infuzion yuborish uchun ZoviraksTM ning dozasi 21 kun davomida, har 8 soatda tana vazniga 20 mg/kg ni tashkil qiladi yoki teri va shilliq qavatlarni shikastlanishi bilan cheklangan kasallikda 14 kun davomida davolash tavsiya etiladi. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozaga buyrak yetishmovchiligining darajasiga muvofiq tuzatish kiritish talab etiladi (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limiga qarang).

Keksa yoshdagi pasientlar

Keksa yoshdagi pasientlarda buyrak yetishmovchiligi belgilari mavjud bo‘lishi mumkinligini e‘tiborga olish va dozaga muvofiq ravishda tuzatish kiritish kerak (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limiga qarang).

Adekvat suv muvozanatini yetarli darajada ushlab turish kerak.

 

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga infuzion yuborish uchun asiklovir buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Adekvat suv-elektrolit muvozanatini yetarli darajada ushlab turish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozani tanlashni kattalar va o‘smirlar uchun ml/minut va chaqaloqlar va 13 yoshdan kichik bolalar uchun ml/minut/1,73 m2 da ifodalanuvchi kreatinin klirensiga muvofiq amalga oshirish kerak.

Dozaga quyidagicha tuzatish kiritish tavsiya etilgan.

1 jadval Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan kattalar va o‘smirlarda oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun infuzion yuboriladigan asiklovirning dozasini tanlash

Kreatinin klirensi Dozalash
Minutiga 25 dan 50 ml gacha Tavsiya etilgan doza – har 12 soatda tana vazniga 5 yoki 10 mg/kg
Minutiga 10 dan 25 ml gacha Tavsiya etilgan doza – har 24 soatda tana vazniga 5 yoki 10 mg/kg
Minutiga 0 (anuriya) dan 10 ml gacha Tana vazniga 5 yoki 10 mg/kg tavsiya etilgan doza ikki marta kamaytirilishi va har 24 soatda yuborilishi kerak
Gemodializda bo‘lgan pasientlar Tana vazniga 5 yoki 10 mg/kg tavsiya etilgan doza ikki marta kamaytirilishi va har 24 soatda va dializdan keyin yuborilishi kerak

 

2 jadval Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, chaqaloqlar va bolalarda oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun infuzion yuborish uchun asiklovirning dozasini tanlash

Kreatinin klirensi Dozalash
Minutiga 25 dan 50 ml/1,73 m2 gacha Tavsiya etilgan doza – har 12 soatda tana yuzasining maydoniga 250 yoki 500 mg/m2 yoki tana vazniga 20 mg/kg
Minutiga 10 dan 25 ml/1,73 m2 gacha Tavsiya etilgan doza – har 24 soatda tana yuzasining maydoniga 250 yoki 500 mg/m2 yoki tana vazniga 20 mg/kg
Minutiga 0 (anuriya) dan 10 ml/1,73 m2 gacha Tana yuzasining maydoniga 250 yoki 500 mg/m2 yoki tana vazniga 20 mg/kg tavsiya etilgan doza ikki marta kamaytirilishi va har 24 soatda yuborilishi kerak
Gemodializda bo‘lgan pasientlar Tana yuzasining maydoniga 250 yoki 500 mg/m2 yoki tana vazniga 20 mg/kg tavsiya etilgan doza ikki marta kamaytirilishi va har 24 soatda va dializdan keyin yuborilishi kerak

Immuniteti saqlangan pasientlarda oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalar supressiyasi

Tabletkalar

Kattalar

Immuniteti saqlangan pasientlarda oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalar supressiyasi uchun ichga qabul qilish uchun ZoviraksTM ning tavsiya etilgan dozasi sutkada 4 marta har 6 soatda 200 mg ni tashkil qiladi.

Ko‘pchilik pasientlarga sutkada 2 marta har 12 soatda 400 mg davolash tartibi qulayroq hisoblanadi.

Bir qator hollarda ZoviraksTM ning sutkada 3 marta har 8 soatda yoki sutkada 2 marta har 12 soatda 200 mg li pastroq dozasi samarali bo‘ladi.

Ayrim pasientlarda asiklovirning 800 mg li umumiy sutkalik dozasi qo‘llanganda infeksiyalar avj olishi mumkin.

Kasallikni kechishida bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni aniqlash uchun davolashni 6-12 oyga to‘xtatib turish kerak.

Bolalar

Immunitet ko‘rsatkichlari normal bo‘lgan bolalarda oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalar supressiyasi uchun ZoviraksTM ni qo‘llash haqidagi ma‘lumotlar mavjud emas.

Keksa yoshdagi pasientlar

Keksa yoshdagi pasientlarda buyrak yetishmovchiligi belgilari mavjud bo‘lishi mumkinligini e‘tiborga olish va dozani muvofiq ravishda kamaytirish kerak (Buyrak yetishmovchiligi bo‘lmiga qarang).

Keksa yoshdagi pasientlar ZoviraksTM ni yuqori dozalarda ichga qabul qilganlarida yetarli miqdorda suyuqlik iste‘mol qilishlari kerak.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga asiklovir buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Adekvat suv-elektrolit muvozanatini tutib turish kerak.

Oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarni oldini olishda asiklovirni tavsiya etilgan dozalarda qabul qilish preparatni infuzion ravishda yuborilganda o‘rnatilgan xavfsiz darajadan yuqori bo‘lgan konsentrasiyalarda to‘planishiga olib kelmaydi. Ammo buyrak faoliyatini ahamiyatli darajada buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam) bo‘lgan pasientlarda ZoviraksTM ning dozasini har 12 soatda sutkada 2 marta 200 mg gacha kamaytirish tavsiya etiladi.

Immuniteti susaygan pasientlarda oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarni oldini olish.

Tabletkalar

Kattalar

Immuniteti susaygan pasientlarda oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarni oldini olish uchun ichga qabul qilish uchun ZoviraksTM ning tavsiya etilgan dozasi sutkada 4 marta har 6 soatda 200 mg ni tashkil qiladi.

Og‘ir immuntanqislikda (masalan, suyak ko‘migi ko‘chirib o‘tkazilgandan keyin) yoki ichakdan so‘rilishi buzilganida ichga qabul qilish uchun ZoviraksTM ning dozasi 400 mg gacha oshirilishi mumkin yoki muqobil davolash sifatida preparatning infuzion shakliga o‘tish ko‘rib chiqilishi mumkin.

Profilaktik davolash kursining davomiyligi infeksiyalanish xavfi mavjud bo‘lgan davr muddatiga qarab aniqlanadi.

Chaqaloqlar va bolalar

Immuniteti susaygan ikki yosh va undan katta bolalarda oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarni oldini olish uchun kattalardagi kabi doza tavsiya etiladi, chaqaloqlar va ikki yoshdan kichik bolalar uchun – kattalar uchun mo‘ljallangan dozaning yarmi tavsiya etiladi.

Keksa yoshdagi pasientlar

Keksa yoshdagi pasientlarda buyrak yetishmovchiligi belgilari bo‘lishi mumkinligini e‘tiborga olish va dozani muvofiq ravishda kamaytirish kerak (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limiga qarang).

Keksa yoshdagi pasientlar ZoviraksTM ni yuqori dozalarda ichga qabul qilganlarda yetarli miqdorda suyuqlik iste‘mol qilishlari kerak.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga asiklovirni buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Adekvat suv-elektrolit muvozanatini tutib turish kerak.

Oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarni oldini olishda asiklovirni tavsiya etilgan dozalarda qabul qilish preparatni infuzion ravishda yuborilganda o‘rnatilgan xavfsiz darajadan yuqori bo‘lgan konsentrasiyalarda to‘planishiga olib kelmaydi. Ammo buyrak faoliyatini ahamiyatli darajada buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam) bo‘lgan pasientlarda ZoviraksTM ning dozasini har 12 soatda sutkada 2 marta 200 mg gacha kamaytirish tavsiya etiladi.

Infuzion eritma tayyorlash uchun kukun

Preparat vena ichiga infuziya ko‘rinishida 1 soat davomida yuborish kerak.

Infuzion yuborish uchun ZoviraksTM preparati bilan profilaktik davolash kursining davomiyligi infeksiyalanish xavfi mavjud bo‘lgan davr bilan aniqlanadi.

Kattalar

Semizlik bilan xastalangan pasientlarda haqiqiy tana vazni emas, balki ideal tana vazniga hisoblangan dozani qo‘llash tavsiya etiladi.

Kattalar uchun infuzion yuborish uchun ZoviraksTM preparati bilan oddiy gerpes chaqirgan infeksiyalarni davolashdagi kabi dozalash bo‘yicha tavsiyalar qo‘llanadi.

Chaqaloqlar va bolalar

Chaqaloqlar va 3 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda infuzion yuborish uchun ZoviraksTM ning dozalari tana yuzasining maydoniga qarab belgilanadi.

Chaqaloqlar va bolalar uchun infuzion yuborish uchun ZoviraksTM preparati bilan oddiy gerpes chaqirgan infeksiyalarni davolashdagi kabi dozalash bo‘yicha tavsiyalar qo‘llanadi.

Buyrak faoliyati susaygan bolalarda buyrak yetishmovchiligining darajasiga muvofiq dozaga tuzatish kiritish talab etiladi.

Keksa yoshdagi pasientlar

Keksa yoshdagi pasientlarda buyrak yetishmovchiligi belgilari mavjud bo‘lishi mumkinligini e‘tiborga olish va dozani muvofiq ravishda kamaytirish kerak (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limiga qarang).

Adekvat suv muvozanatini tutib turish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga infuzion yuborish uchun asiklovirni buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Adekvat suv muvozanatini tutib turish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun dozalar 1 jadval yoki 2 jadvalda ko‘rsatilgan tavsiyalarga muvofiq kamaytirilishi kerak.

Varicella virusi va o‘rab oluvchi gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarni davolash.

Tabletkalar

Kattalar

Varicella virusi va o‘rab oluvchi gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun ichga qabul qilish uchun ZoviraksTM ning tavsiya etilgan dozasi tungi uyqudan tashqari davrda sutkada 5 marta har 4 soatda 800 mg ni tashkil qiladi. Davolash kursi 7 kunni tashkil qiladi.

Yaqqol og‘ir immuntanqislikda (masalan, suyak ko‘migi ko‘chirib o‘tkazilgandan keyin) yoki ichakdan so‘rilishi buzilganida preparatning infuzion shakliga o‘tish ko‘rib chiqilishi kerak.

Infeksiya paydo bo‘lganidan keyin davolash iloji boricha ertaroq boshlanishi kerak. Agar toshmaning birinchi elementlari paydo bo‘lganida davolash iloji boricha ertaroq boshlansa, yaxshi natijalar berishi mumkin.

Chaqaloqlar va bolalar

Bolalarda Varicella virusi chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun quyidagi dozalar tavsiya etilgan:

6 yosh va undan katta bolalar                      800 mg asiklovir sutkada 4 marta

2 yoshdan 6 yoshgacha                                         400 mg asiklovir sutkada 4 marta

2 yoshcha                                                           200 mg asiklovir sutkada 4 marta

Aniqroq dozani tana vazniga 50 mg asiklovir/kg (ammo, 800 mg dan yuqori emas) sutkada 4 marta hisobidan aniqlash mumkin.

Immunitetning ko‘rsatkichlari normal bo‘lgan bolalarda o‘rab oluvchi gerpesni davolash uchun ZoviraksTM ni qo‘llash haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Keksa yoshdagi pasientlar

Keksa yoshdagi pasientlarda buyrak yetishmovchiligi belgilari bo‘lishi mumkinligini e‘tiborga olish va dozani muvofiq ravishda kamaytirish kerak (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limiga qarang).

Keksa yoshdagi pasientlar ZoviraksTM ni yuqori dozalarda ichga qabul qilganlarda yetarli miqdorda suyuqlik iste‘mol qilishlari kerak.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga asiklovirni buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Adekvat suv muvozanatini bir maromda ushlab turish kerak.

Varicella virusi va o‘rab oluvchi gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarni davolashda buyrak faoliyatini ahamiyatli susayishi (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam) bo‘lgan pasientlarda ZoviraksTM ning dozasini sutkada 2 marta har 12 soatda 800 mg gacha va o‘rtacha og‘irlikdagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 10 dan 25 ml gacha) bo‘lgan pasientlarda sutkada 3 marta har 8 soatda 800 mg gacha pasaytirish tavsiya etiladi.

Infuzion eritma tayyorlash uchun kukun

Preparat vena ichiga infuziya ko‘rinishida 1 soat davomida yuborish kerak.

Infuzion yuborish uchun ZoviraksTM preparati bilan davolash kursining davomiyligi odatda besh kunni tashkil qiladi, lekin, davolash kursi pasientning holati va uning davolashga javobiga qarab muvofiqlashtirishi mumkin.

Kattalar

Semizlik bilan xastalangan pasientlarda haqiqiy tana vazni emas, balki ideal tana vazniga hisoblangan dozani qo‘llash tavsiya etiladi.

Varicella zoster virusi chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun preparatni, agar buyrak faoliyati buzilmagan bo‘lsa, har 8 soatda tana vazniga 5 mg/kg dozada buyuriladi.

Immuntanqisligi bo‘lgan pasientlarda buyrak faoliyati normal bo‘lganida har 8 soatda tana vazniga 10 mg/kg dozada vena ichiga infuziyalar o‘tkaziladi.

Chaqaloqlar va bolalar

Chaqaloqlar va 3 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda infuzion yuborish uchun ZoviraksTM ning dozalari tana yuzasining maydoniga qarab belgilanadi.

Varicella zoster virusi chaqirgan infeksiyalari bo‘lgan chaqaloqlar va 3 oylikdan oshgan bolalarga, buyrak faoliyati normal bo‘lganida, preparat har 8 soatda tana yuzasining maydoniga 250 mg/m2 dozada buyuriladi.

Immuntanqisligi bo‘lgan chaqaloqlar bolalarga, agar buyrak faoliyati buzilmagan bo‘lsa, preparat har 8 soatda tana yuzasining maydoniga 500 mg/m2 dozada buyuriladi.

Buyrak faoliyati susaygan bolalarda dozani buyrak yetishmovchiligining darajasiga muvofiq tuzatish kiritish talab etiladi (2 jadval yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, chaqaloqlar va bolalar uchun asiklovirning dozasini tanlash bo‘limiga qarang).

Keksa yoshdagi pasientlar

Keksa yoshdagi pasientlarda buyrak yetishmovchiligi belgilari mavjud bo‘lishi mumkinligini e‘tiborga olish va dozani muvofiq ravishda kamaytirish kerak (Buyrak yetishmovchiligi bo‘lmiga qarang).

Adekvat suv muvozanatini bir maromda ushlab turish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga infuzion yuborish uchun asiklovirni buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Adekvat suv muvozanatini bir maromda ushlab turish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun dozalar 1 jadval yoki 2 jadvalda ko‘rsatilgan tavsiyalarga muvofiq kamaytirilishi kerak.

Og‘ir immuntanqisligi bo‘lgan pasientlarni davolash

Tabletkalar

Kattalar

Og‘ir immuntanqisligi bo‘lgan pasientlarni davolash uchun tavsiya etilgan doza sutkada 4 marta har 6 soatda 800 mg ni tashkil qiladi.

Suyak ko‘migi transplantasiyasini o‘tkazgan pasientlarga ichga qabul qilish uchun ZoviraksTM ni buyurishdan oldin 1 oy davomida infuzion yuborish uchun ZoviraksTM preparati vena ichiga yuborish bilan davolash kursini o‘tkazish tavsiya etiladi (“Qo‘llash usuli va dozalari: SMV infeksiyasini oldini olish” bo‘limiga qarang).

Klinik tadqiqotlar o‘tkazilganda suyak ko‘migi transplantining resipientlarini davolash kursining maksimal davomiyligi 6 oyni (transplantasiyadan keyin 1-dan 7-oyigacha) tashkil qilgan. OITV-infeksiyasining klinik manzarasi yaqqol bo‘lgan pasientlarda ZoviraksTM bilan davolash kursi 12 oyni tashkil qilgan, lekin bunday pasientlarda davolashning davomliroq kurslari samarali bo‘lishi mumkin deb taxmin qilishga asos bor.

Bolalar

Cheklangan ma‘lumotlarga ko‘ra, yaqqol og‘ir immuntanqisligi bo‘lgan 2 yoshdan oshgan bolalarni davolash uchun ZoviraksTM ning kattalarni davolashdagi kabi dozalarini qo‘llash mumkin.

Keksa yoshdagi pasientlar

Keksa yoshdagi pasientlarda buyrak yetishmovchiligi belgilari bo‘lishi mumkinligini e‘tiborga olish va dozani muvofiq ravishda kamaytirish kerak (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limiga qarang).

Keksa yoshdagi pasientlar ZoviraksTM ni yuqori dozalarda ichga qabul qilganlarda yetarli miqdorda suyuqlik iste‘mol qilishlari kerak.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga asiklovirni buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Adekvat suv muvozanatini bir maromda ushlab turish kerak.

Og‘ir immuntanqisligi bo‘lgan pasientlarni davolaganda buyrak faoliyatini ahamiyatli susayishi (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam) bo‘lgan pasientlarda ZoviraksTM ning dozasini sutkada 2 marta har 12 soatda 800 mg gacha va o‘rtacha og‘irlikdagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 10 dan 25 ml gacha) bo‘lgan pasientlarda sutkada 3 marta har 8 soatda 800 mg gacha pasaytirish tavsiya etiladi.

Sitomegalovirus infeksiyasini oldini olish

Infuzion eritma tayyorlash uchun kukun

Preparat vena ichiga infuziya ko‘rinishida 1 soat davomida yuborish kerak.

Infuzion yuborish uchun ZoviraksTM preparati bilan profilaktik davolash kursining davomiyligi infeksiyalanish xavfi mavjud bo‘lgan davr bilan belgilanadi.

Kattalar

Semizlik bilan xastalangan pasientlarda haqiqiy tana vazni emas, balki ideal tana vazniga hisoblangan dozani qo‘llash tavsiya etiladi.

Suyak ko‘migi transplantasiyasida sitomegalovirus infeksiyasini oldini olish uchun preparat buyrak faoliyati normal bo‘lganida sutkada 3 marta 8 soatlik interval bilan 500 mg/m2 dozada vena ichiga infuziya ko‘rinishida qo‘llanadi. Bunday pasientlarni davolash davomiyligi – transplantasiyadan oldin 5 kungacha va transplantasiyadan keyin 30 kungacha bo‘lgan vaqtni tashkil qiladi.

Chaqaloqlar va bolalar

Chaqaloqlar va 3 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda infuzion yuborish uchun ZoviraksTM ning dozalari tana yuzasining maydoniga qarab belgilanadi.

Cheklangan ma‘lumotlarga ko‘ra, suyak ko‘migi transplantasiyasini o‘tkazgan 2 yoshdan oshgan bolalarda sitomegalovirus infeksiyasini oldini olish uchun ZoviraksTM ni kattalar uchun tavsiya etilgan dozalarda yuborish mumkin.

Buyrak faoliyati susaygan chaqaloqlar va bolalarda doza buyrak yetishmovchiligining darajasiga muvofiq tuzatish kiritish talab etiladi (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limiga qarang).

Keksa yoshdagi pasientlar

Keksa yoshdagi pasientlarda buyrak yetishmovchiligi belgilari bo‘lishi mumkinligini e‘tiborga olish va dozani muvofiq ravishda kamaytirish kerak (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limiga qarang).

Adekvat suv muvozanatini bir maromda ushlab turish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga infuzion yuborish uchun asiklovirni buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Adekvat suv muvozanatini bir maromda ushlab turish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun dozalar 1 jadvalda kattalar va o‘smirlar uchun va 2 jadvalda chaqaloqlar va bolalar ko‘rsatilgan tavsiyalarga muvofiq kamaytirilishi kerak.

3 jadval Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan kattalar va o‘smirlarda sitomegalovirus infeksiyasini oldini olish uchun infuzion yuborish uchun asiklovirning dozasini tanlash

Kreatinin klirensi Dozalash
Minutiga 25 dan 50 ml Tavsiya etilgan doza (500 mg/m2) har 12 soatda
Minutiga 10 dan 25 ml gacha Tavsiya etilgan doza (500 mg/m2) har 12 soatda
Minutiga 0 (anuriya) dan 10 ml gacha (500 mg/m2) tavsiya etilgan doza ikki marta kamaytirilishi va har 24 soatda yuborilishi kerak
Gemodializda bo‘lgan pasientlar (500 mg/m2) tavsiya etilgan doza ikki marta kamaytirilishi va har 24 soatda va dializdan keyin yuborilishi kerak

4 jadval Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan chaqaloqlar va bolalarda sitomegalovirus infeksiyasini oldini olish uchun infuzion yuborish uchun asiklovirning dozasini tanlash

Kreatinin klirensi Dozalash
Minutiga 25 dan 50 ml/1,73 m2 gacha Tavsiya etilgan doza (500 mg/m2) har 12 soatda
Minutiga 10 dan 25 ml/1,73 m2 gacha Tavsiya etilgan doza (500 mg/m2) har 12 soatda
Minutiga 0 (anuriya) dan 10 ml/1,73 m2 gacha (500 mg/m2) tavsiya etilgan doza ikki marta kamaytirilishi va har 24 soatda yuborilishi kerak
Gemodializda bo‘lgan pasientlar (500 mg/m2) tavsiya etilgan doza ikki marta kamaytirilishi va har 24 soatda va dializdan keyin yuborilishi kerak

Eritmani tayyorlash va yuborish qoidalari

Infuzion yuborish uchun ZoviraksTM ning tavsiya etilgan dozasini 1 soat davomida vena ichiga infuziya ko‘rinishida yuborish kerak.

1 ml tayyorlangan eritmada 25 mg asiklovir saqlovchi ZoviraksTM ning eritmasini tayyorlash uchun in‘eksiya uchun suvning yoki in‘eksiya uchun natriy xloridi eritmasining (0,9% v/x) quyidagi xajmlari ishlatiladi.

Dori shakli                                      Suyultirish uchun eritmaning xajmi

250 mg flakon                                                                     10 ml

Suyultirish uchun eritmaning tavsiya etilgan xajmini ZoviraksTM kukunili flakonga qo‘shish va flakon ichidagisi to‘liq erib ketganigacha ehtiyotkorlik bilan chayqatish kerak.

Suyultirilgandan keyin tayyorlangan ZoviraksTM ning eritmasini preparatni yuborish tezligini boshqaruvchi maxsus infuzion nasos yordamida yuborish mumkin. Yuborishning boshqa usuli mavjud bo‘lib, bunda ZoviraksTM ning tayyorlangan eritmasini asiklovirning 5 mg/ml (0,5% v/x) dan oshmaydigan konsentrasiyagacha suyultiriladi. Buning uchun quyida tavsiya etilgan tanlangan eritmaga tayyorlangan eritmani qo‘shish va eritma to‘liq aralashgunigacha yaxshilab chayqatish kerak.

Eritmaning minimal xajmini yuborish zarur bo‘lgan bolalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun 4 ml ZoviraksTM ning tayyorlangan eritmasini (100 mg asiklovirni) 20 ml erituvchiga qo‘shish kerak.

Kattalar uchun 100 ml li o‘ramlardagi infuzion eritmalarni qo‘llash tavsiya etiladi, hatto agar bunda asiklovirning konsentrasiyasi 0,5 v/x dan ahamiyatli darajada past bo‘lsa ham. Shunday qilib, 100 ml xajmdagi infuzion eritmani 250 mg va 500 mg (10 va
20 ml suyultirilgan eritma) oralig‘idagi asiklovirning har qanday dozasini yuborish uchun ishlatish mumkin. Asiklovirning 500 mg va 1000 mg oralig‘idagi dozalari uchun shu xajmdagi ikkinchi infuzion eritmani ishlatish mumkin.

Infuzion yuborish uchun ZoviraksTM quyidagi infuzion eritmalar bilan mutanosib va ular tomonidan suyultirilganda xona haroratida (15oS dan 25oS gacha) 12 soat davomida turg‘un bo‘lib qoladi:

  • vena ichiga infuziyalar uchun natriy xloridining eritmasi (0,45% va 0,9% v/x);
  • vena ichiga infuziyalar uchun natriy xloridi eritmasi (0,18% v/x) va glyukoza eritmasi (4% v/x);
  • vena ichiga infuziyalar uchun natriy xloridi eritmasi (0,45% v/x) va glyukoza eritmasi (2,5% v/x);
  • Xartman eritmasi.

Infuzion yuborish uchun ZoviraksTM kukunini yuqorida keltirilgan tavsiyalarga muvofiq suyultirilganda, asiklovirning 0,5% v/x konsentrasiyali eritmasi hosil bo‘ladi.

Infuzion yuborish uchun ZoviraksTM ni tavsiyalarga muvofiq eritilganda rN darajasi 11 ga teng bo‘ladi.

Eritmalar tarkibiga hech qanday antibakterial konservantlar kiritilmaganligi tufayli, eritish va suyultirish preparatni bevosita yuborishdan oldin to‘liq aseptik sharoitlarda amalga oshirilishi kerak. Ishlatilmagan eritma yo‘q qilinadi.

Eritilgan yoki suyultirilgan eritmalarni sovutgichda saqlash kerak. Infuziyadan oldin yoki infuziya vaqtida eritma xiralashganida yoki kristalllar cho‘kmaga tushganida eritmani yo‘qotish kerak.

Nojo‘ya ta‘siri

Nojo‘ya reaksiyalarning paydo bo‘lishi tez-tezligi toifalari taxminiy hisoblanadi. Ko‘pchilik hollarda paydo bo‘lish tez-tezligini baholash uchun muvofiq ma‘lumotlar mavjud emas. Bundan tashqari, nojo‘ya reaksiyalarni paydo bo‘lish tez-tezligi qo‘llanilishiga qarab o‘zgarishi mumkin.

Noxush ko‘rinishlarni paydo bo‘lish tez-tezligi bo‘yicha tasnifda quyidagi toifalar ishlatiladi:

juda tez-tez >1/10,

tez-tez >1/100 dan <1/10 gacha,

tez-tez emas >1/1000 dan <1/100 gacha,

kam >1/10000 dan <1/1000 gacha,

juda kam <1/10000.

Tabletkalar

Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar

Juda kam: anemiya, leykopeniya, trombositopeniya

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Kam: anafilaksiya

Ruhiy buzilishlar va nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi

Juda kam: qo‘zg‘alish, ongni chalkashishi, tremor, ataksiya, dizartriya, gallyusinasiyalar, psixotik simptomlar, tirishishlar, uyquchanlik, ensefalopatiya, koma.

Yuqorida sanab o‘tilgan simptomlar qaytuvchan va odatda buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda boshqa moyil holatlar fonida kuzatiladi (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang).

Nafas, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar

Kam: dispnoe

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan

Tez-tez: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Kam: bilirubin va jigar fermentlarining faolligi darajasini qaytuvchan oshishi

Juda kam: gepatit, sariqlik

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan

Tez-tez: qichishish, toshma (shu jumladan fotosezuvchanlikni namoyon bo‘lishi)

Tez-tez emas: eshakemi, sochlarni diffuz tez to‘kilishi

Sochlarni diffuz tez to‘kilishi turli kasalliklar va ko‘pchilik dori vositalari bilan davolanganda kuzatilganligi tufayli, uni asiklovirni qabul qilish orasidagi bog‘liqlik aniqlanmagan.

Kam: angionevrotik shish

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Kam: qonda mochevina va kreatinin darajasini oshishi

Juda kam: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, buyrak sanchig‘i

Buyrak sanchig‘i buyrak faoliyatini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar

Tez-tez: tez toliqish, isitma

Infuzion yuborish uchun kukun

Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: gematologik ko‘rsatkichlarni pasayishi (anemiya, trombositopeniya, leykopeniya)

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Juda kam: anafilaksiya

Ruhiy buzilishlar va nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Juda kam: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qo‘zg‘alish, ongni chalkashishi, tremor, ataksiya, dizartriya, gallyusinasiyalar, psixotik simptomlar, tirishishlar, uyquchanlik, ensefalopatiya, koma.

Yuqorida sanab o‘tilgan simptomlar qaytuvchan va odatda buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda yoki boshqa moyil holatlar fonida kuzatiladi (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang).

Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar

Tez-tez: flebit

Nafas, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar

Kam: dispnoe

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan

Tez-tez: ko‘ngil aynishi, qusish

Juda kam: diareya, qorinda og‘riq

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Kam: bilirubin va jigar fermentlarining faolligi darajasini qaytuvchan oshishi

Juda kam: bilirubin darajasini qaytuvchan oshishi, gepatit, sariqlik

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan

Tez-tez: qichishish, eshakemi, toshma (shu jumladan fotosezuvchanlikni namoyon bo‘lishi)

Juda kam: angionevrotik shish

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: qonda mochevina va kreatinin darajasini oshishi

Qonda mochevina va kreatinin darajasini tez oshishi Cmax ko‘rsatkichi va pasientning suv muvozanatining holatiga bog‘liq. Bunday ko‘rinishlardan saqlanish uchun vena ichiga buyurilganida preparatni 1 soat davomida vena ichiga bolyusli infuziya ko‘rinishida yuborish kerak.

Juda kam: buyrak faoliyatini buzilishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, buyrak sanchig‘i

Adekvat suv-elektrolit muvozanatini tutib turish kerak. ZoviraksTM bilan davolash fonida paydo bo‘lgan buyrak yetishmovchiligi belgilari odatda pasientni regidratasiyalash va/yoki preparatning dozasi kamaytirilganda yoki uni bekor qilinganda tez bartaraf etiladi. Ammo, kamdan-kam hollarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligigacha avj olishi mumkin.

Buyrak sanchig‘i buyrak faoliyatini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar

Juda kam: tez toliqish, isitma, mahalliy yallig‘lanish reaksiyalari

Nekrozga olib keluvchi og‘ir mahalliy raksiyalar ZoviraksTM eritmasini teri ostiga tushganida kuzatilgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

ZoviraksTM tabletkalari va infuzion eritma tayyorlash uchun kukunni anamnezida asiklovir va valasiklovirga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tabletkalar

Klinik ahamiyatga ega o‘zaro ta‘sirlar aniqlanmagan.

Asiklovir asosan buyrakning faol kanalchalar sekresiyasi yo‘li bilan o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Bir vaqtda qo‘llanadigan va ushbu chiqarilish mexanizmiga ta‘sir qiladigan har qanday preparatlar qon plazmasida asiklovirning konsentrasiyasini oshirishi mumkin.

Probenesid va simetidin asiklovirning AUC ni oshiradi va uning buyrak klirensini pasaytiradi. Asiklovirni a‘zolar transplantasiyasida qo‘llanadigan immunodepressant – mofenil mikofenolati bilan birga qo‘llash asiklovirning va mofenil mikofenolatining faol bo‘lmagan metabolitining AUC ko‘rsatkichini huddi shunday oshishiga olib keladi. Ammo, asiklovirning keng terapevtik indeksi tufayli, dozaga tuzatish kiritish zarurati yo‘q.

Infuzion eritma tayyorlash uchun kukun

Klinik ahamiyatga ega o‘zaro ta‘sirlar aniqlanmagan.

Asiklovir asosan buyrakning faol kanalchalar sekresiyasi yo‘li bilan o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Bir vaqtda qo‘llanadigan va ushbu chiqarilish mexanizmiga ta‘sir qiladigan har qanday preparatlar qon plazmasida asiklovirning konsentrasiyasini oshirishi mumkin.

Probenesid va simetidin asiklovirning AUC ni oshiradi va uning buyrak klirensini pasaytiradi. Ammo, asiklovirning keng terapevtik indeksi tufayli dozaga tuzatish kiritish zarurati yo‘q.

Infuzion yuborish uchun ZoviraksTM va chiqarilish yo‘li uchun asiklovir bilan raqobatlashuvchi dori preparatlari bilan bir vaqtda buyurilgan hollarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki plazmada bir yoki ikkala preparatning yoki ularning metabolitlari darajasini oshishining potensial xavfi mavjud. Asiklovir va a‘zolar transplantasiyasida qo‘llanadigan immunodepressant – mofenil mikofenolatining faol bo‘lmagan metaboliti bilan bir vaqtda qo‘llanganda ularning AUC ko‘rsatkichini oshishi aniqlangan. Shuningdek infuzion yuborish uchun ZoviraksTM ni buyrakning boshqa faoliyatlariga ta‘sir qiluvchi preparatlar (masalan, siklosporin, takrolimus) bilan birga qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish (buyrak faoliyatini o‘zgarishlarini kuzatish) kerak.

Nomutanosiblik

Tabletkalar

Noma‘lum.

Infuzion eritma tayyorlash uchun kukun

Ma‘lumotlar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tabletkalar va infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kukun

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar va keksa yoshdagi pasientlarda qo‘llanishi

Asiklovir buyrak orqali chiqariladi, shu sababli buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozani kamaytirish kerak (Qo‘llash usuli va dozalari bo‘limiga qarang). Keksa yoshdagi pasientlarda buyrak faoliyati susaygan bo‘lishi ehtimoli mavjud, shuning uchun ushbu guruh pasientlarida dozani kamaytirish zarurati ko‘rib chiqilishi kerak. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar va keksa yoshdagi bemorlarda nefrologik asoratlar rivojlanishi xavfi oshadi va ularni sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Qayd etilgan hollarda, yuqorida keltirilgan reaksiyalar ko‘pgina hollarda davolash to‘xtatilganidan keyin qaytuvchan bo‘ladi (Nojo‘ya ta‘sirlari bo‘limiga qarang).

Tabletkalar

Organizmning gidratasiya darajasi: Asiklovirning yuqori dozalarini peroral qabul qilayotgan pasientlarda suyuklikni adekvat o‘rnini to‘ldirilishini ta‘minlash kerak.

Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kukun

Infuzion yuborish uchun ZoviraksTM ning yuqori dozalarda qabul qilayotgan pasientlarda, masalan gerpetik ensefalitni davolashda, ayniqsa degidratasiya yoki buyrak faoliyatini buzilishida buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak.

Infuzion yuborish uchun ZoviraksTM ning tayyorlangan eritmasi rN ko‘rsatkichi taxminan 11 ga teng, shuning uchun uni ichga qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Fertillik

PDF ko'chirib olish

-->

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ZOVIRAKS maz 4,5g 3% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ZOVIRAKS maz 4,5g 3% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ZOVIRAKS maz 4,5g 3% dori vositasi GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: Jubilant HollisterStier General Partnership tomonidan Kanada mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ZOVIRAKS maz 4,5g 3% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ZOVIRAKS maz 4,5g 3% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ASIKLOVIR SD tabletkalari 200mg N10
ASIKLOVIR-NIKA tabletkalari 200mg N10
VIROLEKS poroshok 250mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
ASIKLOVIR maz 10g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Татхимфармпрепараты, ОАО
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR maz 10g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Алтайвитамины, ЗАО
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
ULKARIL tabletkalari 800mg N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 79 000 so'mdan Batafsil
ULKARIL tabletkalari 400mg N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
ULKARIL tabletkalari 200mg N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: SAMO, OOO
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR RNP tabletkalari 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: RNP-Pharmaceuticals, СП, ООО
GERPEVIR maz 5g 2,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевмедпрепарат, ПАО
  • Vakil: Arterium
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
GERPEVIR maz 15g 2,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевмедпрепарат, ПАО
  • Vakil: Arterium
Narh: 31 000 so'mdan Batafsil
ZOVIRAKS poroshok 250mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: GlaxoSmithKline Manufacturing S.p.A.
ULKARIL krem 10g 5%
Narh: 43 900 so'mdan Batafsil
ZOVIRAKS tabletkalari 200mg N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited., Великобритания произведено: GlaxoSmithKline Pharmaceuticals S.A.
Narh: 95 200 so'mdan Batafsil
ZOVIRAKS krem 2g 5%
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
VIROLEKS tabletkalari 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
ASIKLOVIR maz 10g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Алтайвитамины, ЗАО
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR krem 2g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
ASIKLOVIR maz 10g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR maz 5g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR tabletkalari 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR AKOS tabletkalari 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
ZOVIRAKS poroshok 250mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ГлаксоСмитКляин Мэньюфэкчуринг С.п.А.
ASIKLOVIR AKRIXIN maz 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Акрихин, АО
Другие формы препарата
ZOVIRAKS poroshok 250mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: GlaxoSmithKline Manufacturing S.p.A.
ZOVIRAKS poroshok 250mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ГлаксоСмитКляин Мэньюфэкчуринг С.п.А.
ZOVIRAKS krem 2g 5%
ZOVIRAKS tabletkalari 200mg N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited., Великобритания произведено: GlaxoSmithKline Pharmaceuticals S.A.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9