×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ASIKLOVIR-NIKA tabletkalari 200mg N10

Kategoriya:
- Virusga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Ацикловир
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- J05AB01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

GEPAFLEKS tabletkalari 1mg N10 СП ООО "Remedy Group" O'zbekiston
REMANTADIN kapsulalar 100mg N10 Олайнфарм, АО Latviya
26 000 s`om dan
INGAVIRIN kapsulalar 90mg N7 Валента Фарм, ПАО Rossiya
120 000 s`om dan
PROTEFLAZID tomchilar 30ml ЭкоФарм НПК ООО Ukraina
257 600 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 3 yil
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
10 tabletkadan kontur uyali o'ramlarda. 1, 2, 3 kontur uyali o'ramlardan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: asiklovir - 200 mg;

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, magniy stearati, laktoza, natriy kraxmal glikolyati, PVP K30.

Asiklovir – bu purin nukleozidining sintetik analogi bo'lib, inson gerpesi viruslari, jumladan 1 - va 2-tur oddiy gerpes virusi (HSV), suvchechak virusi va bog'lab oluvchi gerpes (VZV), Epshteyn-Barr (EBV) va tsitomegalovirus (CMV) replikasiyasini in vitro va in vivo ingibirlash qobiliyatiga ega.

Asiklovirning HSV-1, HSV-2, VZV, EBV va CMV viruslariga nisbatan ingibirlovchi faolligi yuqori selektivlik bilan izohlanadi.

Asiklovir zararlanmagan hujayralarning timidinkinaza fermenti uchun substrat hisoblanmaydi, shuning uchun ho'jayin hujayra uchun kam toksik hisoblanadi. HSV, VZV, EBV va CMV viruslari bilan zararlangan hujayralar timidinkinazasi asiklovirni nukleozid analogi – asiklovir monofosfatga aylantiradi, so'ngra hujayra fermentlari ta'siri ostida navbat bilan difosfat va trifosfatga aylanadi. Asiklovir trifosfatning virus DNKsi zanjiriga qo'shilishi va zanjirning navbatdagi uzilishi virus DNKsi replikasiyasining keyingi replikasiyasini bloklaydi.

Yaqqol immuntanqisligi bo'lgan pasientlarda asiklovir bilan uzoq muddatli va takroriy muolaja kurslari chidamli shtammlar hosil bo'lishiga olib kelishi mumkin va shuning uchun asiklovir bilan keyingi davolanish nosamarador bo'lishi mumkin. Asiklovirga past sezuvchanligi bo'lgan belgilangan shtammlarning ko'pchiligida virus timidinkinazasining nisbatan kichik miqdori, virus timindinkinazasi yoki DNK-polimeraza tuzilishining buzilishi aniqlangan. Asiklovirning HSV shtammlariga in vitro ta'siri ham unga nisbatan pastroq sezuvchan bo'lgan shtammlarning hosil bo'lishiga olib kelishi mumkin. Preparat samaradorligi o'rtasida korrelyasiya aniqlanmagan.

Barcha pasientlar virusning, ayniqsa faol zararlanishlar mavjud bo'lganda, potentsial tarzda uzatilishining oldini olish uchun ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.

So'rilishi

Asiklovir ichakdan faqat qisman so'riladi. 200mg asiklovir qabul qilingandan keyin har 4 soatda plazmadagi o'rtacha maksimal muvozanat kontsentrasiyasi (Cmax) 3,1 mkmol (0,7 mkg/ml), plazmadagi o'rtacha eng kichik muvozanat kontsentrasiyasi esa (Cmin) -1,8 mkmol (0,4 mkg/ml)ni tashkil qiladi. 400 mg va 800 mg asiklovir har 4 soatda qabul qilinganda, Cmax muvofiq ravishda 5,3 mkmol (1,2 mkg/ml) va 8 mkmol (1,8 mkg/ml), Cmin esa muvofiq ravishda 2,7 mkmol (0,6 mkg/ml) va 4 mkmol (0,9 mkg/ml)ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi

Asiklovirning orqa miya suyuqligidagi kontsentrasiyasi uning plazmadagi kontsentrasiyasining 50% ni tashkil qiladi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Asiklovirning yarim chiqarilish davri T1/2 2,9 soatga yaqin. Preparatning katta qismi o'zgarmagan ko'rinishda buyrak orqali chiqariladi. Asiklovirning buyrak klirensi kreatinin klirensiga nisbatan sezilarli darajada baland bo'lishi shuni ko'rsatadiki, asiklovir nafaqat kalavali filtrasiya orqAli, balki naychalar sekresiyasi yo'li bilan ham chikariladi. 9-karboksimetoksi-metilguanin asiklovirning asosiy metaboliti hisoblanib, uning siydikdagi ulushi kiritilgan preparat dozasining 10-15% iga to'G'ri keladi.

Har qanday dori vositasi kabi, asiklovir-Nika ham nojo'ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin, lekin ular hammada ham namoyon bo'lavermaydi.

Quyida keltirilgan nojo'ya holatlarning yuzaga kelish tez-tezligi toifasi baholovchi tabiatga ega. Ko'pchilik holatlar uchun paydo bo'lish tez-tezligini aniqlash uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar mavjud emas. Undan tashqari, nojo'ya holatlarning uchrash tez-tezligi qo'llash uchun ko'rsatmalarga bog'liq holda o'zgarib turishi mumkin: juda tez tez (>1/10), tez-tez (>1/100, <1/10), tez-tez emas (>1/1,000, <1/100), kam hollarda (>1/10,000, <1/1,000), juda kam hollarda (<1/10,000).

Alohida holatlarda quyidagi nojo'ya reaktsiyalar ehtimoli bor:

Qon va limfa tizimi tomonidan: juda kam hollarda - anemiya, leykopeniya, trombositopeniya

Immunitet tizimi tomonidan: kam hollarda - anafilaksiya, anafilaktik reaktsiyalar.

Ruxiyatning buzilishlari va nerv tizimi tomonidan: tez-tez - bosh og'rig'i, bosh aylanish; juda kam hollarda - hayajonlanish, ongning chalkashishi, tremor, ataksiya, dizartriya,gallyusinasiyalar, ruxiy o'zgarishlar simptomlari, tirishishlar, uyquchanlik, entsefalopatiya, koma.

Yukoridagi sanab o'tilgan simptomlar qaytar hisobalanadi va, odatda, buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda yoki boshqa moyil holatlar ortidan kuzatiladi ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).

Nafas olish, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan: kam hollarda – dispnoe;

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko'ngil aynish, qusish, diareya, qorin og'riqlari:

Jigar va safro chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar: kam hollarda – bilirubin miqdori va jigar fermentlari faolligining qaytar oshishi; juda kam hollarda - gepatit, sariq kasal;

Teri va teri osti to'qimalar tomonidan: tez-tez – qichishish, toshmalar, fotosensibilizasiya; tez-tez emas – eshakemi, tez diffuzion soch to'kilishi (ushbu turdagi alopesiyani turli xil kasalliklarda va ko'plab dori vositalari bilan davolashda kuzatilganligi sababli, uning asiklovirni qabul qilish bilan aloqasi aniqlanmagan); kam hollarda – angionevrotik shish, Kvinke shishi;

Buyraklar va siydik chiqarish yo'llari tomonidan: kam hollarda – mochevina va qondagi kreatinin miqdorlarining ortishi; juda kam - o'tkir buyrak etishmovchiligi, buyrak sanchiqlari; buyrak sanchiqlari buyrak funktsiyasining buzilishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

Umumiy buzilishlar va kiritish joyidagi buzilishlar: tez-tez – tez charchab qolish, isitma.

Agar sizda ushbu yo'riqnomada keltirilmagan har qanday boshqa nojo'ya ta'sirlar qayd etilsa, iltimos, o'zingizning shifokoringiz, farmasevt yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering.

Tabletkalarda laktoza mavjudligi tufayli ushbu preparatni galaktozemiyada, glyukoza yoki galaktoza so'rilishining buzilishida yoki laktaza tanqisligida (moddalar almashinuvining kam uchraydigan buzilishlari) qo'llash mumkin emas.

Qo'llanilishidagi zarur extiyotkorlik choralari

Barcha pasientlar, ayniqsa klinik namoyon bo'lishlar mavjud bo'lganda, virusni yuqtirish ehtimolini (shu jumladan jinsiy yo'l orqali) oldini olish uchun extiyotkorlikka rioya qilishi tavsiya etiladi. Asiklovir infektsiyani boshqa odamlarga yuqishiga to'sqinlik qilishi haqida xech qanday ma'lumotlar yo'q. Pasientlarga simptomsiz virus tashuvchisi holatlari haqida ham ma'lumot berish zarur.

Buyrak funktsiyasi buzilishida, shuningdek keksa yoshdagi pasientlarda qo'llanishi

Asiklovir buyrak klirensi yo'li bilan chiqariladi, shuning uchun buyrak funktsiyasini buzilishlari bo'lgan pasientlarda dozani pasaytirish zarur. Keksa yoshdagi pasientlarda buyrak funktsiyasini pasayishining katta ehtimoli mavjud, shuning uchun ushbu guruhdagi pasientlarda dozani pasaytirish imkoniyatini ko'rib chiqish kerak. Keksa yoshdagi pasientlar kabi buyrak funktsiyasini buzilishlari bo'lgan pasientlar ham nevrologik nojo'ya samaralar rivojlanish xavfi mavjud bo'lgan guruhga kiradi va ushbu samaralar belgilari bo'yicha qat'iy kuzatishni talab qiladi. Ro'yxatga olingan holatlarda ushbu reaktsiyalar, odatda, davolash to'xtatilgandan so'ng o'tib ketgan.

Asiklovirning yuqori peroral dozalarini qabul qilayotgan pasientlar etarli miqdorda suyuqlik qabul qilishlari kerak.

Pediatriyada qo'llanilishi

Asiklovir-Nika 3 yoshdan oshgan bolalarda asoratlarini oldini olish uchun shifokor tavsiyasi ko'ra qat'iy qo'llaniladi. Tavsiya etilgan dozadan oshib ketishiga yo'l qo'yilmaydi. Preparatni 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi, fertillikka ta'siri.

Agar siz asiklovir preparatini qo'llash paytida homilador ekanligingizni aniqlasangiz, darhol shifokoringizga xabar bering, chunki davolanishni davom ettirish to'g'risida faqat u qaror qilishi mumkin.

Asiklovir yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi, ona sutida to'planadi. Homiladorlik vaqtida preparatni qo'llash faqat shifokor tavsiyasiga ko'ra va faqat qat'iy tibbiy nazorat ostida, onaga uchun mo'ljallangan foyda homila uchun mumkin bo'lgan potentsial xavfdan ustun tursagina qo'llash mumkin. Agar laktasiya davrida asiklovirni qo'llash zarur bo'lsa, emizishni to'xtatish talab etiladi.

Avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash tezlik reaktsiyasiga ta'sir etish qobiliyati

Asiklovirni avtotransport vositalarini boshqarish qobiliyatiga va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarga ta'siri to'g'risida hech qanday tadqiqotlar o'tkazilmagan. Pasientlarning avtotransport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini baholashda ularning klinik holati va dori vositasini nojo'ya samaralarini profilini hisobga olish kerak.

 oddiy gerpes virusi Herpes simplex, jumladan, ham I va II tur birlamchi, ham ikkilamchi, jumladan jinsiy a'zolar gerpesi tomonidan chaqirilgan teri va shilliq qavatlar infektsiyalarini davolash (immun tanqisligiga ega yangi tug'ilgan chaqaloqlardagi oddiy gerpes virusi bundan mustasno);

- normal immun maqomga ega pasientlarda I va II tur oddiy gerpes virusi Herpes simplex tomonidan chaqirilgan infektsiyalar qaytalanishining oldini olishda qo'llanadi;

- immun tanqisligi bo'lgan pasientlarda I va II tur oddiy gerpes virusi Herpes simplex tomonidan chaqirilgan birlamchi va qaytalanuvchi infektsiyalarning oldini olishda qo'llanadi;

- Varicella zoster (suvchechak) va Herpes zoster (o'rab oluvchi temiratki) virusi chaqirgan birlamchi va qaytalanuvchi infektsiyalarni davolashda qo'llanadi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Asiklovir-Nika preparati quyidagi holatlarda qo'llanilmasin:

- atsiklovir, valasiklovir yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;

- laktozani nasliy o'zlashtira olmaslik yoki nasliy laktaza etishmovchiligi, glyukoza/galaktoza malabsorbtsiyasi.

-3 yoshgacha bo'lgan bolalarga;

- laktasiya davrida.

Ehtiyotkorlik bilan: suvsizlanish va buyrak etishmovchiligida, homiladorlik va laktasiya davrida buyurilsin.

homiladorlar; keksa yoshdagi bemorlar va atsiklovirning katta dozalarini qabul qiladigan pasientlar, ayniqsa suvsizlanish fonida; buyrak funktsiyasining buzilishi; tsitotoksik dori vositalarini qabul qilishda nevrologik kasalliklar yoki nevrologik reaktsiyalar (shu jumladan anamnezda).

Iltimos, davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtingizga xar qanday boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bo'lsangiz yoki yaqinda qabul qilgan bo'lsangiz, xatto u reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, bu haqida xabar bering.

Asiklovir siydikda o'zgarmagan ko'rinishda faol naychali sekresiya bilan chiqariladi, chiqarilish yo'li o'xshash bo'lgan barcha preparatlar asiklovirning plazmadagi kontsentrasiyasini oshirishi mumkin.

Tsimetidin, probenesid.

Bir vaqtning o'zida qo'llanilganda asiklovirni chiqarilishi sekinlashadi.

Teofillin.

Bir vaqtning o'zida qo'llanilganda plazmadagi teofillin kontsentrasiyasi sezilarli darajada ortadi. Plazmadagi teofillin kontsentrasiya darajasini o'lchash tavsiya etiladi.

Nefrotoksik preparatlar (NYAQV, antibiotiklar, APF ingibitorlari, immunostimulyatorlar, immunosupressantlar, o'smalarga qarshi preparatlar)

Bir vaqtning o'zida yuborish bilan buyrak funktsiyasining buzilishini rivojlanish xavfi ortadi.

Buyrak funktsiyasini monitoring qilish zarur.



Qo'llash usuli va dozalari

Har doim Asiklovir-Nika preparatini Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadandir ishonchingiz komil bo'lmasa, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtdan so'rang.

Ichga qabul qilish uchun tabletkalar.

Asiklovir-Nika tabletkalarini ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlanib bo'lgandan keyin etarli miqdordagi suv bilan qabul qilish kerak. Asiklovir-Nika preparatining yuqori dozalarini ichga qabul qilayotgan pasientlar etarli miqdorda suyuqlik ichishlari kerak.

Kattalar

Normal immun maqomiga ega bemorlarda oddiy gerpes virusi keltirib chiqaradigan infektsiyalarni davolash.

Oddiy gerpes virusi tomonidan chaqirilgan infektsiyalarni davolash uchun asiklovir-Nika preparatining tavsiya qilingan dozasi dan har 4 soatda sutkada 5 marta 200 mg (1 tabletka) tashkil qiladi, istisno o'rnida tungi vaqt. Odatda davolash kursi 5 kunni tashkil etadi, lekin og'ir birlamchi infektsiyalarda uzaytirilishi mumkin.

Immun tanqisligiga ega bemorlarda oddiy gerpes virusi keltirib chiqaradigan infektsiyalarni davolash.

Yaqqol immun tanqisligi holatida (masalan, suyak ko'migi ko'chirib o'tkazilgandan so'ng) yoki ichakdan so'rilishi buzilganda, asiklovir-Nika preparatining dozasi 400 mg (2 tabletka) dan sutkada 5 mahalgacha oshirilishi yoki vena ichiga yuborish imkoniyatini ko'rib chiqish mumkin.

Davolashni infektsiya paydo bo'lgandan so'ng imkon qadar ertaroq boshlash lozim. Infektsiyaning qaytalanish holatlarida preparatni prodromal davrda yoki toshmaning ilk ko'rinishlari paydo bo'lganda buyurish tavsiya etiladi.

Normal immun maqomiga ega bemorlarda oddiy gerpes virusi keltirib chiqaradigan qaytalanadigan infektsiyalarning oldini olish

Oddiy gerpes virusi tomonidan chaqirilgan infektsiyalar qaytalanishining oldini olish uchun asiklovir-Nika preparatining tavsiya qilingan dozasi 200 mg dan sutkada 4 mahal (har 6 soatda) ni tashkil qiladi.

Ko'pchilik pasientlarga 400 mg dan sutkada 2 mahal (har 12 soatda) ko'rinishdagi yanada qulayroq muolajani qo'llash mos keladi.

Qator holatlarda asiklovir-Nika preparatining nisbatan kichik dozalari – 200 mg dan sutkada 3 mahal (har 8 soatda) yoki sutkada 2 mahal (har 12 soatda) samarador hisoblanadi.

Ayrim pasientlarda infektsiyaning to'xtashi umumiy sutkalik doza - 800 mg qabul qilinganda sodir bo'lishi mumkin.

Asiklovir-Nika preparati bilan davolanish kasallikning kechishidagi ehtimoliy o'zgarishlarni aniqlash uchun davriy ravishda 6-12 oyga uzib turilishi lozim.

Immun tanqisligiga ega pasientlarda oddiy gerpes virusi chaqiradigan infektsiyalarning oldini olish

Immun tanqisligiga ega pasientlarda oddiy gerpes virusi chaqiradigan infektsiyalarning oldini olish uchun asiklovir-Nika preparatining tavsiya qilingan dozasi 200 mg dan sutkada 4 mahal (har 6 soatda) ni tashkil qiladi.

Yaqqol immun tanqisligi holatida (masalan, suyak ko'migi ko'chirib o'tkazilgandan so'ng) yoki ichakdan so'rilishning buzilishida, ichga ichish uchun asiklovir-Nika preparatining dozasi 400 mg sutkada 4 mahalgacha oshirilishi yoki vena ichiga kiritilish imkoniyati ko'rib chiqilishi mumkin.

Profilaktik muolaja kursining davomiyligi zararlanish xavfi mavjud bo'lgan davr muddati bilan aniqlanadi.

Immunitet tanqisligi va normal immunitet statusi bo'lgan pasientlarda suvchechak va o'rab oluvchi gerpesni davolash

Suvchechak va o'rab oluvchi gerpesni davolash uchun asiklovir-Nika preparatining tavsiya qilingan dozasi 800 mg (4 tabletka) sutkada 5 marta tashkil qiladi (xar 4 soatda, istisno ravishda tungi vaqt). Davolash kursi 7 kunni tashkil qiladi.

Infektsiya boshlanganidan keyin preparatni iloji boricha erta buyurish kerak, chunki bu holda davolash samaraliroq bo'ladi.

Immunitet tanqisligi bo'lgan pasientlarda suvchechakni davolashni toshmalarning birinchi elementlari paydo bo'lgandan keyin 24 soat ichida boshlash tavsiya etiladi.

Yaqqol immunitet tanqisligi bo'lgan pasientlarni (shu jumladan suyak iligi transplantasiyasidan o'tgan pasientlarni) yoki so'rilishi buzilgan pasientlarni davolash uchun asiklovirni vena ichiga yuborish imkoniyatini ko'rib chiqish tavsiya etiladi.

Pasientlarning maxsus guruhi

Bolalar

Immunitet tanqisligi bo'lgan bolalarda Herpes simplex virusi keltirib chiqaradigan infektsiyalarni davolash.

- 3 yosh va undan kattalarga – sutkada 4 marta 400 mg dan (har 6 soatda);

Aniqroq dozani 20 mg/kg tana vazni hisobidan belgilanadi, lekin bir qabul qilishga sutkada 4 marta 800 mg dan oshmasligi kerak. Davolash kursi 5 kunni tashkil etadi.

Immunitet tanqisligi bo'lgan bolalarda oddiy gerpes virusi keltirib chiqaradigan infektsiyalarning oldini olish.

- 3 yosh va undan kattalarga – sutkada 4 marta 200 mg dan;

Normal immun maqomiga ega bolalarda Herpes simplex virusi keltirib chiqaradigan infektsiyalarini davolash.

- 3 yosh va undan kattalarga – sutkada 5 marta 200 mg dan (immunitet tanqisligi bo'lgan kattalarni davolash bilan bir xil);

Normal immun maqomiga ega bolalarda oddiy gerpes virusi keltirib chiqaradigan qaytalanadigan infektsiyalarning oldini olish

Ma'lumotlar mavjud emas.

Immunitet tanqisligi va normal immunitet statusi bo'lgan bolalarda suvchechakni davolash

- 3 yoshdan 6 yoshgacha: sutkada 4 marta 400 mg dan,

- 6 yoshdan kattalarga: sutkada 5 kun davomida 4 marta 800 mg dan.

Aniqroq dozani 20 mg/kg sutkada 4 marta (maksimal bir martalik doza 800 mg) xar 4 soatda (tungi vaqtdan tashqari) hisobidan belgilanadi. Davolash kursi 5 kunni tashkil etadi.

Davolashni suvchechakning dastlabki belgilari yoki simptomlari paydo bo'lganda boshlash zarur.

Keksa yoshli pasientlar

Keksa yoshli bemorlarda buyrak etishmovchiligi ehtimolini hisobga olish kerak. Asiklovirning dozalari buyrak etishmovchiligi darajasiga mos ravishda muvofiqlashtirish kerak ("buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar" bo'limiga qarang). Etarli suv muvozanatini bir maromda tutib turish zarur.

Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar

Buyrak etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda asiklovir-Nika preparatini oddiy gerpes virusini chaqirgan infektsiyalarni davolash va ularning oldini olish maqsadida tavsiya qilingan dozalarda qabul qilish, preparatni o'rnatilgan xavfsiz miqdordan oshuvchi kontsentrasiyalargacha kumulyasiyaga uchrashiga olib kelmaydi. Biroq yaqqol buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda (kreatinin klirensi 10 ml/daq dan kam) asiklovir-Nika preparatining dozasini 200 mg (1 tabletka) sutkada 2 mahal (har 12 soatda) gacha kamaytirish tavsiya qilinadi.

Suvchechak, o'rab olayotgan gerpes, hamda immun tanqisligi ifodalangan pasientlarda davolash uchun tavsiya etilgan asiklovir-Nika preparatining miqdori:

- og'ir buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi 10 ml/minutdan kam): 800 mg (4 tabletka) sutkada 2 mahal, har 12 soatda;

- o'rta buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi 10-25 ml/minut): 800 mg (4 tabletka) sutkada 3 mahal, har 8 soatda.

ASIKLOVIR-NIKA tabletkalari 200mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ASIKLOVIR-AKOS

ACICLOVIR-ACOS

 

Preparatning savdo nomi: Asiklovir-AKOS

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): asiklovir

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: asiklovir (suvsiz moddaga qayta hisoblanganda) – 200 mg;

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, magniy stearati, talk.

Ta‘rifi: oq rangli, yassi silindrik, faska va riskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: viruslarga qarshi vosita.

ATX kodi: J05AB01

 

Farmakologik xususiyatlari

Viruslarga qarshi (antigerpetik) vosita – purin nukleozidining sintetik analogi, in vitro va in vivo sharoitlarda 1 va 2 tur Herpes simplex viruslari, Varicella zoster virusi, Epshteyn-Barr virusi va sitomegalovirusini replikasiyasini ingibisiya qilish xususiyatiga ega.

1 va 2 tur Herpes simplex viruslariga nisbatan; suvchechak va o‘rab oluvchi temiratki (Varicella zoster) chaqiruvchi virusi; Epshteyn-Barr virusiga nisbatan yuqori faol (viruslarning turlari asiklovirning minimal bostiruvchi konsentrasiyasi ko‘rsatkichini oshirib borishi tartibida ko‘rsatilgan). Sitomegalovirusga nisbatan o‘rtacha faol. Virusli timidinkinazani saqlovchi infeksiyalangan hujayralarda asiklovirni fosforlanishi va asiklovir monofosfatga aylanishi yuz beradi. Guanilatsiklaza ta‘siri ostida asiklovir monofosfat difosfatga va bir qancha xujayra fermentlari ta‘siri ostida – trifosfatga aylanadi. Aynan viruslarga yuqori tanlangan ta‘siri va odam uchun kam toksikligi, asiklovirni infeksiyalanmagan hujayralar timidinkinaza fermenti uchun substrat emasligi bilan bog‘liq, shuning uchun u sut emizuvchilarning hujayralari uchun kam toksikdir. Asiklovir trifosfat virus DNK sintezini (replikasiyasini) uchta mexanizm orqali ingibisiya qiladi:

1) DNK sintezida dioksiguanezin trifosfat raqobatli o‘rnini almashtiradi;

2) sintezlanayotgan DNK zanjiriga “teriladi” va uning uzayishini to‘xtadi;

3) virusning DNK-polimerazasini fermentini susaytiradi.

Natijada odam organizmida viruslarni ko‘payishi bloklanadi. Asiklovirni ta‘sirining spesifikligi va yuqori selektivligi, shuningdek asosan viruslar bilan shikastlangan hujayralarda to‘planishi bilan bog‘liq. Gerpetik infeksiyalarida toshmaning yangi elementlarining hosil bo‘lishini oldini oladi, teri disseminasiyasi va visseral asoratlar ehtimolini pasaytiradi, qatirmalar hosil bo‘lishini tezlashtiradi, o‘rab oluvchi gerpesning o‘tkir fazadagi og‘rig‘ini kamaytiradi. Immunitetni rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin ichakda qisman so‘riladi, past lipofilligi tufayli    200 mg peroral qabul qilingandan keyin so‘rilishi 20% (15-30%), ammo bunda virusli kasalliklarni samarali davolash uchun yetarli bo‘lgan dozaga bog‘liq konsentrasiyalari hosil bo‘ladi. Ovqat asiklovirning so‘rilishiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Doza oshirilishi bilan biokiraolishligi kamayadi.

Maksimal konsentrasiya (Cmax) ichga 200 mg sutkada 5 marta buyurilgandan keyin –           0,7 mkg/ml, minimal konsentrasiya (Cmin) – 0,4 mkg/ml, maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti – 1,5-2 soat. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 9-33%. Gematoensefal to‘siqdan o‘tadi. A‘zolar va to‘qimalarga yaxshi o‘tadi (shu jumladan bosh miya, buyraklar, o‘pka, jigar, ko‘z ichi suyuqligi, ko‘z yoshi suyuqligi, ichak, mushaklar, taloq, ko‘krak suti, bachadon, shilliq pardalar va qin ajralmalari, sperma, amniotik suyuqlik, gerpetik pufakchalar ichidagisi); orqa miya suyuqligidagi konsentrasiyasi, qondagi kabi – 50%. Asiklovir yo‘ldosh orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ahamiyatsiz konsentrasiyalarda chiqariladi.     200 mg dozada sutkada 5 marta ichga qabul qilinganidan keyin, asiklovir ko‘krak sutida plazmadagi konsentrasiyasidan 0,6-4,1% tashkil qiluvchi konsentrasiyalari aniqlanadi (ko‘krak sutidagi bunday konsentrasiyalarda emizikli bolalar ona suti bilan 0,3 mg/kg gacha bo‘lgan dozada asiklovir olishlari mumkin). Jigarda 9-karbometoksimetilguanin metaboliti hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi.

Kalavalar filtrasiyasi va naychalar sekresiyasi yo‘li bilan buyraklar orqali chiqariladi: ichga qabul qilinganida – katta qismi o‘zgarmagan holda (dozaning 62-91%) va metaboliti ko‘rinishda (o‘rtacha 14%). 2% kamrog‘i me‘da-ichak yo‘llari orqali chiqariladi; izi miqdorlari nafas bilan chiqaralayotgan havoda aniqlanadi.

6 soat davomidagi bir martalik gemodializ seansida asiklovirning plazmadagi konsentrasiyasi taxminan 60% kamayadi; peritonial dializda asiklovirning klirensi ahamiyatli o‘zgarmaydi.

Ichga qabul qilinganida kattalarda yarim chiqarilish davri (T1/2) – 3,3 soat, 1 yoshdan         18 yoshgacha bolalar va o‘smirlarda – 2,6 soat. Chiqarilish tezligi yosh o‘tgan sari sekinlashadi, lekin faol preparatning T1/2 biroz oshadi.

Og‘ir surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda T1/2 – 20 soatgacha. Buyrak yetishmovchiligidagi (kattalarda kreatinin klirensning (KK) ko‘rsatkichilariga qarab) T1/2; KK 80 ml/min – 2,5 soat, 50-80 ml/min – 3 soat, 15-50 ml/min – 3,5soat, anuriyada –  19,5 soat, gemodializ o‘tkazish vaqtida – 5,7 soat, doimiy ambulator peritonial dializda –  14-18 soat. OITS-infeksiyalangan pasientlarga asiklovir va zidovudin bir vaqtda yuborilganida ikkala preparatning farmakokinetik xarakteristikasi deyarli o‘zgarmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Herpes simplex ni 1 va 2 tur va Varicella zoster viruslari chiqargan infeksiyalarni davolash va oldini olish:

– teri va shilliq qavatlarning oddiy gerpesi (birlamchi va qaytalanuvchi);

– genital gerpes (birlamchi va qaytalanuvchi);

– o‘rab oluvchi temiratki (o‘rab oluvchi gerpes);

– suvchechak (tipik toshma paydo bo‘lganidan keyingi birinchi 24 soat)

– yaqqol immuntanqisligi bo‘lgan bemorlarda (shu jumladan transplantasiyadan keyin, immunodepressiv dori vositalarini qabul qilganda, OIV-infeksiyalangan pasientlarda, ximioterapiya fonida) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar, bir stakan suv bilan birga qabul qilinadi.

Kattalarga teri va shilliq qavatlarning oddiy gerpesini davolash uchun – 200 mg dan sutkada 5 marta (har 4 soatda kunduz kuni, tungi uyqudan tashqari) 5 kun davomida, zarurati bo‘lganida davolash davomiyligi uzaytirilishi mumkin. Immun tanqisligi bo‘lgan pasientlarni davolashda preparatning bir martalik dozasini 400 mg gacha oshirish kerak, kursning davomiyligi – 10 kun va ko‘proq.

Kattalarda genetal gerpesni davolash uchun – 200 mg dan sutkada 5 marta (har 4 soat kunduz kuni, tungi uyqudan tashqari) 10 kun davomida, zarurati bo‘lsa davolash muddatini uzaytirish mumkin.

Immun tanqisligi bo‘lgan pasientlarni davolashda preparatning bir martalik dozasini 400 mg gacha oshirish kerak. Davolashni infeksiya paydo bo‘lganidan keyin iloji boricha boshlash kerak; qaytalanishlarida preparatni prodromal davrida yoki toshmaning birinchi belgilari paydo bo‘lganida buyurish tavsiya etiladi.

Oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarning qaytalanishlarini oldini olish uchun (shu jumladan immuntanqisligi bo‘lgan bemorlarda), preparat 200 mg dan sutkada 4 marta buyuriladi (har 6 soatda). Immunstatusi normal bo‘lgan pasientlarga teri va shilliq pardalarning oddiy gerpesini oldini olish maqsadida 400 mg dan sutkada 2 marta buyurish mumkin (har 12 soatda). Yaqqol immuntanqisligi holida (suyak ko‘migi transplantasiyasidan keyin yoki ichakdan so‘rilishini buzilishlarida) – 400 mg dan sutkada 5 marta.

Qaytalanuvchi genital gerpesda (yilida 6 epizoddan kam): uzlukli davolash  – 200 mg dan sutkada 5 marta 5 kun davomida. Qaytalanuvchi genital gerpes (yilga 6 epizoddan ko‘p): davomli bostiruvchi davolash – 400 mg dan kuniga 2 marta yoki 200 mg dan sutkada 3-5 marta (kurs davomiyligi 12 oygacha).

Profilaktik davolash kursi davomiyligi infeksiyalanish xavfi bo‘lgan davomiylik davri bilan aniqlanadi.

O‘rab oluvchi temiratki (o‘rab oluvchi gerpesni) davolashda – 800 mg dan sutkada 5 marta (har 4 soatda kunduz kuni, tungi uyqudan tashqari) 7-10 kun davomida. Qabulga maksimal bir martalik dozasi – 800 mg.

Yuqori dozalarni ichga qabul qiluvchi pasientlar yetarlicha miqdorda suyuqlik qabul qilishlari kerak.

3 yoshdan oshgan bolalarga preparat kattalarga buyurilgan dozalarda buyuriladi.

Suvchechakni davolash: kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga – 800 mg dan sutkada 4 marta, 3-6 yoshli bolalarga – 400 mg dan sutkasiga 4 marta.

Aniqroq dozani 20 mg/kg hisobidan belgilash mumkin, lekin 800 mg dan ko‘p emas sutkasida 4 marta. Davolash kursi – 5 kun.

Buyraklar faoliyatinining buzilishlari bo‘lgan pasientlarda doza va dozalash tartibiga kreatinin klirensining kattaligi va infeksiya turiga qarab tuzatish kiritish kerak.

Herpes simplex chaqirgan infeksiyani davolash uchun, kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam bo‘lganida preparatning sutkalik dozasini 400 mg gacha kamaytirish kerak, uni 2 qabulga bo‘lib (ular orasidagi interval 12 soatdan kam bo‘lmasligi kerak, ya‘ni 200 mg dan sutkada 2 marta). Varicella zoster chaqirgan infeksiyalarni davolashda va yaqqol immuntanqisligi bo‘lgan bemorlardagi tutib turuvchi davolashda kreatinin klirensi – minutiga 10-25 ml bo‘lgan pasientlarga preparat sutkada 2,4 g dozada 3 qabulda 8 soat oraliq bilan buyuriladi (800 mg dan sutkada 3 marta).

Kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam bo‘lgan pasientlarda sutkalik doza 1,6 g gacha kamaytiriladi, qabul qilish soni sutkada 2 marta 12 soat oraliq bilan (800 mg dan sutkada 2 marta).

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og‘riqlari; kam hollarda – bilirubin darajasini va jigar fermentlarining faolligini qaytuvchan oshishi.

Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kam hollarda – anemiya, leykopeniya, trombositopeniya.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – qonda mochevina va kreatinin darajasini oshishi. juda kam hollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.

MNT tomonidan: bosh og‘rig‘i, kam hollarda – bosh aylanishi, ongning chalkashishi, gallyusinasiyalar, uyquchanlik, paresteziyalar, tirishishlar, koma kabi qaytuvchan nevrologik buzilishlar. Odatda bu nojo‘ya samaralari buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda preparat tavsiya etilgandan yuqori dozalar qabul qilinganida kuzatilgan.

Allergik reaksiyalar: toshma, fotosensibilizasiya, eshakemi, qichishish; kam hollarda -xansirash, angionevrotik shish, anafilaksiya.

Isitma, limfoadenopatiya, perefirik shishlar, ko‘rishning buzilishlari, mialgiya.

Boshqalar: tez charchash; kam hollarda – alopesiya.

Antiretrovirus preparatlarni oluvchi pasientlarda, asiklovirni qo‘shimcha qabul qilish toksik samaralarning ahamiyatli kuchayishini chaqirmagan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Asiklovirga o‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan valasiklovirga), 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Extiyotkorlik bilan

Homiladorlik, laktasiya davri, degidratasiya va buyrak yetishmovchiligi.

Prepartni homiladorlikda ona uchun taxmin qilingan foyda, homila uchun bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan xollarda qo‘llash mumkin.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Immunostimulyatorlarni bir vaqtda buyurishda samarasining kuchayishi kuzatiladi. Boshqa nefrotoksik dori vositalar – nefrotoksik ta‘siri xavfini oshishi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Asiklovir bilan uzoq muddat yoki takroran davolanish immuniteti past bo‘lgan bemorlarda, uning ta‘siriga sezgirligi bo‘lmagan virus shtammlarini paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Ko‘pchilik ajratilgan asiklovirga sezgir bo‘lmagan virus shtammlarida, virus timidinkinazasining nisbiy yetishmovchiligi aniqlangan; o‘zgargan termidinkinazali yoki o‘zgargan DNK-polimirazali shtammlar ajratilgan. In vitro sharoitda alohida ajratilgan Herpes simplex virus shtammlariga asiklovirning ta‘siri kam sezgirlikka ega bo‘lgan shtammlarning paydo bo‘lishini chaqirishi mumkin.

Adekvat va qat‘iy nazoratli klinik tadqiqotlarda preparatni homiladorlik davrida qo‘llashning xavfsizligi tekshirilmagan. Qo‘llash faqat agar ona uchun taxmin qilingan foyda homila uchun mumkin bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan holda ko‘rsatilgan.

Preparatni yuqori peroral dozalari bilan davolash davrida kirishini pasientning organizmiga suyuqlikni yetarlicha kirishini ta‘minlash kerak.

Laktasiya davrida preparat faqat o‘ta zarur bo‘lgan holda va qisqa kurs bilan buyuriladi, asiklovirni ko‘krak sutiga ahamiyatsiz kirishi tufayli ko‘krak bilan emizish to‘xtatilmaydi, lekin katta ehtiyotkorlik bilan shifokorning qat‘iy nazorati ostida davom ettiriladi.

Asiklovir gerpesni jinsiy yo‘l bilan yuqishini oldini olmaydi, shuning uchun davolanish davrida jinsiy aloqadan saqlanish kerak, hatto klinik ko‘rinishlar bo‘lmaganida ham.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

20 g asiklovirni og‘iz orqali qabul qilish spesifik simptomlarning rivojlanishiga olib kelmaydi.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 200 mg dan.

10 tabletka kontur uyali o‘ramda.

1, 2, 3 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutilarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ASIKLOVIR-NIKA tabletkalari 200mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ASIKLOVIR-NIKA tabletkalari 200mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ASIKLOVIR-NIKA tabletkalari 200mg N10 dori vositasi Nika Pharm tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ASIKLOVIR-NIKA tabletkalari 200mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ASIKLOVIR-NIKA tabletkalari 200mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ASIKLOVIR SD tabletkalari 200mg N10
VIROLEKS poroshok 250mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
ASIKLOVIR maz 10g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Татхимфармпрепараты, ОАО
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR maz 10g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Алтайвитамины, ЗАО
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
ULKARIL tabletkalari 800mg N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 79 000 so'mdan Batafsil
ULKARIL tabletkalari 400mg N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
ULKARIL tabletkalari 200mg N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: SAMO, OOO
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR RNP tabletkalari 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: RNP-Pharmaceuticals, СП, ООО
GERPEVIR maz 5g 2,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевмедпрепарат, ПАО
  • Vakil: Arterium
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
GERPEVIR maz 15g 2,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевмедпрепарат, ПАО
  • Vakil: Arterium
Narh: 31 000 so'mdan Batafsil
ZOVIRAKS poroshok 250mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: GlaxoSmithKline Manufacturing S.p.A.
ZOVIRAKS maz 4,5g 3%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kanada
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: Jubilant HollisterStier General Partnership
ULKARIL krem 10g 5%
Narh: 43 900 so'mdan Batafsil
ZOVIRAKS tabletkalari 200mg N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited., Великобритания произведено: GlaxoSmithKline Pharmaceuticals S.A.
Narh: 95 200 so'mdan Batafsil
ZOVIRAKS krem 2g 5%
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
VIROLEKS tabletkalari 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
ASIKLOVIR maz 10g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Алтайвитамины, ЗАО
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR krem 2g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
ASIKLOVIR maz 10g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR maz 5g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR tabletkalari 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR AKOS tabletkalari 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
ZOVIRAKS poroshok 250mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ГлаксоСмитКляин Мэньюфэкчуринг С.п.А.
ASIKLOVIR AKRIXIN maz 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Акрихин, АО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 20 700 so'mdan Batafsil
Narh: 121 700 so'mdan Batafsil
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
EREGRA tabletkalari 100mg N4
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
Narh: 137 000 so'mdan Batafsil
ODDIVERIN kapsulalar 200mg N30
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
LOPERAMID-NIKA kapsulalar 2mg N100
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
Narh: 22 500 so'mdan Batafsil
ALSETRO tabletkalari 5mg N20
Narh: 30 800 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
RINOKSIL sprey 10ml 0,1%
Narh: 20 400 so'mdan Batafsil
TRIZIM tabletkalari N20
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
RINOMAKS INGO sprey 30ml
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
ERITROMISIN NIKA tabletkalari 100mg N20
Другие формы препарата
ASIKLOVIR liofilizat 0,25g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya Respublikasi
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
ASIKLOVIR krem 2g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
ASIKLOVIR krem 5g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Вертекс Акционерное Общество
ASIKLOVIR krem 10g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Вертекс Акционерное Общество
ASIKLOVIR BELUPO krem 10g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xorvatiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Белупо, лекарства и косметика д.д
ASIKLOVIR SANDOZ krem 5g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Салютас Фарма ГмбХ
ASIKLOVIR SANDOZ krem 2g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Салютас Фарма ГмбХ
ASIKLOVIR BELUPO krem 5g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xorvatiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Белупо, лекарства и косметика д.д
ASIKLOV krem 5g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd
ASIKLOVIR maz 10g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Татхимфармпрепараты, ОАО
ASIKLOVIR maz 10g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Алтайвитамины, ЗАО
ASIKLOVIR maz 10g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Алтайвитамины, ЗАО
ASIKLOVIR maz 10g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
ASIKLOVIR maz 5g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
ASIKLOVIR maz 10g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Torimed Pharm, OOO
ASIKLOVIR maz 5g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
ASIKLOVIR maz 10g 2,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ДКП-ЖФФ ООО
ASIKLOVIR maz 10g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Ацикловир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9