QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ZULBEKS®
ZULBEX®
Preparatning savdo nomi: Zulbeks®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): rabeprazol
Dori shakli: ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
10 mg li 1 tabletkaning tarkibi
Yadrosi:
faol modda: rabeprazol natriy 10,00 mg, bu 9,42 mg rabeprazolga muvofiq keladi;
yordamchi moddalar: mannitol (Ye421), magniy gidroksidi, giproloza, quyi almashingan giproloza, magniy stearati.
Qobig‘i (bog‘lab turuvchi qavati):
etilsellyuloza, magniy gidroksidi.
Qobig‘i (ichakda eruvchan):
Gipromelloza ftalati, diasetillangan monogliseridlar, talk, titan dioksidi (Ye171), temir III-oksidi bo‘yovchisi (Ye172).
20 mg li 1 tabletkaning tarkibi
Yadrosi:
faol modda: Rabeprazol natriy 20,00 mg, 18,85 mg rabeprazolga muvofiq keladi;
yordamchi moddalar: mannitol (Ye421), magniy gidroksidi, giproloza, quyi almashingan giproloza, magniy stearati.
Qobig‘i (bog‘lab turuvchi qavati):
etilsellyuloza, magniy gidroksidi.
Qobig‘i (ichakda eruvchan):
Gipromelloza ftalati, diasetillangan monogliseridlar, talk, titan dioksidi (Ye171), temir III-oksidi bo‘yovchisi (Ye172).
Ta‘rifi:
10 mg li tabletkalar: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, faskali, to‘q sariq-pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
20 mg li tabletkalar: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, biroz jigarrang-sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: me‘da bezlari sekresiyasini pasaytiruvchi vosita – proton pompa ingibitori
ATX kodi: A02VS04
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamikasi
Proton nasosi (N+/K+-ATFaza) ingibitorlari guruhiga mansub bo‘lgan antisekretor vosita, me‘daning parietal hujayralarida metabolizmga uchraydi N+/K+-ATFazaning sulfgidril guruhini faolsizlantiradigan faol sulfonamid hosilalari hosil bo‘ladi. Preparat xlorid kislotasi sekresiyasini yakuniy bosqichini bloklab, ta‘sirlovchining tabiatidan qat‘iy nazar, bazal hamda rag‘batlantirilgan sekresiyasini pasaytiradi. Yuqori lipofillikka ega, me‘daning parietal hujayralariga oson kiradi va u yerda to‘planadi, sitoprotektor ta‘sir ko‘rsatadi va gidrokarbonat sekresiyasini oshiradi. 20 mg rabeprazol ichga qabul qilinganidan so‘ng antisekretor samarasi 1 soat davomida kuzatiladi va 2-4 soatdan keyin maksimal darajaga yetadi, xlorid kislotasini ovqat ta‘sirida chaqirilgan bazal hamda rag‘batlantirilgan sekresiyasini susayishi birinchi dozasi qabul qilingandan so‘ng 23 soat o‘tgach, muvofiq ravishda 62% va 82% ni, ta‘sirining davomiyligi – 48 soatni tashkil etadi. Qabul qilish tugaganidan so‘ng sekretor faolligi 2-3 kun davomida me‘yoriga yetadi. Davolashning birinchi 2-8 haftasi davomida qon zardobidagi gastrinning konsentrasiyasi oshadi va bekor qilingandan so‘ng 1-2 hafta davomida dastlabki darajalarga qaytadi. Markaziy nerv tizimi, yurak-qon tomir va nafas tizimlariga ta‘sir qilmaydi. Rabeprazolni 36 oy davomida qabul qilish fonida enteroxromafinsimon hujayralarning morfologik strukturasida, gastritning yaqqol namoyon bo‘lish darajasida, atrofik gastrit, ichak metaplaziyasini uchrash tezligi yoki Helicobacter pylori infeksiyasini tarqalishida barqaror o‘zgarishlar aniqlanmagan.
Qon plazmasidagi gastrinning konsentrasiyasiga ta‘siri
Rabeprazol bilan davolanishni boshlanishida qon plazmasida gastrinning konsentrasiyasi oshadi, bu xlorid kislotasi sekresiyasiga ingibisiya qiluvchi ta‘sirini aksi hisoblanadi. Gastrinning konsentrasiyasi davolash to‘xtatilganidan so‘ng 1-2 hafta davomida dastlabki darajasiga qaytadi.
Antisekretor preparatlar bilan davolanish vaqtida gastrinning zardobdagi konsentrasiyasini oshishi yuz beradi. Xlorid kislotasi sekresiyasini pasayishi oqibatida qon plazmasida xromogranin A (CgA) ning darajasi oshadi. CgA ning yuqori darajasi neyroendokrin o‘smalarga tashxis qo‘yishga xalaqit berishi mumkin.
Chop etilgan ma‘lumotlar, proton pompa ingibitorlarini (PPI) qo‘llanishi CgA ning darajasini aniqlashdan oldin 5 kundan 2 haftagacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida to‘xtatilishi kerakligidan dalolat beradi. PPI bilan davolanish vaqtida soxta oshishi mumkin bo‘lgan, va bekor qilingandan so‘ng normal qiymatlarga qaytadigan CgA ning darajasi xaqida ma‘lumotlardan foydalanish imkonini beradi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi – yuqori, maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti (Tmax) – 3,5 soatni tashkil etadi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi (Cmax) va “konsentrasiya-vaqt” farmakokinetik egri chizig‘i ostidagi maydoni (AUC) 10 mg dan 40 mg gacha bo‘lgan dozalar oralig‘ida to‘g‘ri proporsional xarakterga ega. Jigarda CYP2C9 va CYP3A4 izofermentlari ishtirokida metabolizmga uchraydi. Biokiraolishligi – 52%, ko‘p marta qabul qilinganida oshmaydi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 0,7-1,5 soat, klirensi – minutiga 283±98 ml ni tashkil etadi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda AUC 2 marta, T1/2 – 2-3 marta oshadi.
Keksa yoshdagi pasientlarda qon plazmasidagi konsentrasiyasi 2 martaga oshadi. Cmax – 60% ga oshadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 97% ni tashkil etadi. Buyrak orqali 90% 2 xil metabolitlar: merkaptopurin kislotasining kon‘yugati (M5) va karbonat kislotasining kon‘yugati (M6) ko‘rinishida, ichak orqali – 10% chiqariladi.
Ayrim pasientlar guruhida farmakokinetikasi
Buyrak yetishmovchiligi
Terminal bosqichidagi barqaror buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan, tutib turuvchi gemodializ muolajasi (kreatinin klirensi ˂ 5 ml/min/1,73 m2) zarur bo‘lgan pasientlarda rabeprazolni chiqarilishi sog‘lom ko‘ngillilardagi bilan o‘xshash bo‘ladi. Ushbu pasientlarda AUC va Cmax ko‘rsatkichlari sog‘lom ko‘ngillilardagiga nisbatan taxminan 35% ga past bo‘lgan. Rabeprazolning o‘rtacha T1/2 sog‘lom ko‘ngillilarda 0,82 soatni tashkil etadi, pasientlarda gemodializ vaqtida – 0,95 soat va gemodializdan keyin – 3,6 soatni tashkil etadi. Buyrak kasalliklari bo‘lgan, gemodializga muhtoj pasientlarda preparatning klirensi sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan taxminan 2 marta yuqori bo‘lgan.
Jigar yetishmovchiligi
Surunkali kompensasiyalangan jigar sirrozi bo‘lgan pasientlar, garchi AUC sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan 2 marta oshgan va Cmax 50% ga oshgan bo‘lsa-da, rabeprazol 20 mg dozada kuniga 1 marta qabul qilinganida yaxshi o‘zlashtiradilar.
Keksa yoshdagi pasientlar
Keksa yoshdagi pasientlarda rabeprazolni chiqarilishi biroz sekinlashgan. Rabeprazol sutkada 20 mg dan 7 kun davomida qabul qilinganidan so‘ng keksa yoshdagi shaxslarda AUC yosh sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan taxminan 2 marta yuqori bo‘lgan, Cmax esa 60% ga oshgan. Biroq rabeprazolning kumulyasiya belgilari aniqlanmagan.
CYP2C19 polimorfizm
CYP2C19 izofermentining metabolizmi sekin kechuvchi pasientlarda rabeprazol sutkada 20 mg dozada 7 kun davomida qabul qilingandan so‘ng AUC “tez metabolizatorlar”dagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 1,9 marta oshadi, T1/2 – 1,6 marta oshadi, ayni vaqtda Cmax 40% ga oshadi.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabletkalar ichga butunligicha, chaynamasdan va maydalamasdan qabul qilinadi. Sutkaning ma‘lum bir vaqti va ovqatlanish rabeprazolning faolligiga ta‘sir qilmaydi.
Kattalar
Me‘da yara kasalligining zo‘rayish bosqichida yoki anastamoz yarasida 10-20 mg dan sutkada 1 marta qabul qilish tavsiya etiladi. Odatda davolash kursi 6 haftani tashkil etadi, ayrim hollarda davolash davomiyligi yana 6 haftaga uzaytirilishi mumkin.
O‘n ikki barmoq ichak yara kasalligining zo‘rayish bosqichida 10-20 mg dan sutkada 1 marta qabul qilish tavsiya etiladi. Davolash davomiyligi 2 dan 4 haftagacha bo‘lgan muddatni tashkil etadi. Zarurat bo‘lganida davolash davomiyligi yana 4 haftaga uzaytirilishi mumkin.
Eroziv gastroezofageal reflyuks kasalligi yoki reflyuks ezofagitni davolashda 10-20 mg dan sutkada 1 marta qabul qilish tavsiya etiladi. Davolash davomiyligi 4 dan 8 haftagacha bo‘lgan muddatni tashkil etadi. Zarurat bo‘lganida davolash davoyiligi yana 8 haftaga uzaytirilishi mumkin.
Gastroezofageal reflyuks kasalligini tutib turuvchi davolashda 10-20 mg dan sutkada 1 marta qabul qilish tavsiya etiladi. Davolash davomiyligi pasientning ahvoliga bog‘liq.
Eroziv bo‘lmagan gastroezofageal reflyuks kasalligida 10-20 mg dan sutkada 1 marta qabul qilish tavsiya etiladi. Agar 4 hafta davomida davolashdan so‘ng simptomlari yo‘qolmasa, pasientni qo‘shimcha tekshiruvini o‘tkazish kerak. Simptomlar bartaraf qilinganidan so‘ng preparatni talabga ko‘ra, 10 mg dozada sutkada 1 marta qabul qilish kerak.
Zollinger-Ellison sindromi yoki patologik gipersekresiya bilan xarakterlanadigan boshqa holatlarni davolash uchun preparatning dozasi individual ravishda tanlanadi. Boshlang‘ich dozasi sutkada 60 mg, so‘ngra dozasi oshiriladi va preparat sutkada 100 mg gacha bo‘lgan dozada bir marta qabul qilishga yoki 60 mg dan sutkada 2 marta qabul qilishga buyuriladi. Davolash iloji boricha klinik zaruratga qarab o‘tkazilishi kerak. Zollinger-Ellison sindromi bo‘lgan ayrim pasientlarda rabeprazol bilan davolash davomiyligi 1 yilgacha bo‘lgan muddatni tashkil etgan.
Helicobacter pylori eradikasiyasi uchun preparatni muvofiq antibiotiklar majmuasi bo‘lgan ma‘lum sxema bo‘yicha 20 mg dan sutkada 2 marta qabul qilish tavsiya etiladi. Davolash davomiyligi 7 kunni tashkil etadi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar va keksa yoshdagi pasientlarga preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Yengil va o‘rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda rabeprazolning qondagi konsentrasiyasi odatda sog‘lom pasientlarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Preparat og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Bolalar
12 yosh va undan katta bolalarda rabeprazolni qo‘llash havfsizligi va samaradorligi gastroezofageal reflyuks kasalligini qisqa muddat (8 haftagacha) davolash uchun aniqlangan. 12 yosh va undan katta bolalar uchun tavsiya etiladigan dozasi 20 mg ni tashkil etadi sutkada 1 marta 8 haftagacha vaqt davomida qabul qilinadi. Bolalar uchun rabeprazolni boshqa ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparatning nojo‘ya samaralarini rivojlanish tezligini aniqlash uchun quyidagi tasnif qo‘llanadi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 va <1/10); tez-tez emas (≥1/1000 va <1/100); kam hollarda (≥1/10000 va <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000); uchrash tezligi noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Infeksion va parazitar kasalliklar:
tez-tez: infeksiyalar.
Qon va limfa tizimlari tomonidan buzilishlar:
kam hollarda: neytropeniya, leykopeniya, trombositopeniya, leykositoz.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar:
kam hollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik (yuz shishi, eritema), o‘tkir tizimli allergik reaksiyalar.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar:
kam hollarda: anoreksiya;
uchrash tezligi noma‘lum: giponatriemiya, gipomagniemiya (uzoq muddat qo‘llanganida)*.
Ruhiyat va nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
tez-tez: uyqusizlik;
tez-tez emas: yuqori qo‘zg‘aluvchanlik;
kam hollarda: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, holsizlik, depressiya;
uchrash tezligi noma‘lum: ongni chalkashishi.
Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar:
kam hollarda: ko‘rishni buzilishi.
Qon-tomirlari tomonidan buzilishlar:
uchrash tezligi noma‘lum: periferik shishlar.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar:
tez-tez: yo‘tal, faringit, rinit;
tez-tez emas: bronxit, sinusit.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:
tez-tez: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, qabziyat, meteorizm;
tez-tez emas: dispepsiya, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, kekirish;
kam hollarda: gastrit, stomatit, ta‘m bilishni buzilishi.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan:
kam hollarda: gepatit, sariqlik.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar:
tez-tez emas: teri toshmasi, eritema;
kam hollarda: terini qichishishi, kuchli terlash, bullyoz reaksiyalar;
juda kam hollarda: polimorf eritema, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi;
uchrash tezligi noma‘lum: o‘tkir osti teri qizil yugurigi (O‘TQYU)*.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar:
tez-tez: nospesifik og‘riqlar, belda og‘riq;
tez-tez emas: mialgiya, artralgiya, boldir mushaklarini tirishishi, son suyagini, bilak suyaklari yoki umurtqa pog‘onasini* sinishi.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:
tez-tez emas: siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari;
kam hollarda: interstisial nefrit.
Jinsiy a‘zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar:
uchrash tezligi noma‘lum: ginekomastiya.
Umumiy buzilishlar va yuborilgandan joydagi buzilishlar:
tez-tez: asteniya, grippsimon sindrom;
tez-tez emas: ko‘krak qafasida og‘riq, et uvishishi, isitma.
Laborator va instrumental ma‘lumotlar:
tez-tez emas: “jigar” fermentlari faolligini oshishi;
kam hollarda: tana vaznini oshishi.
* “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang.
Proton pompa ingibitorlarini qabul qilinganda suyak sinishlarini rivojlanish havfi oshishi mumkin.
Qayd etilgandan keyingi qo‘llash davrida quyidagi noxush reaksiyalar: limfoadenopatiya va og‘riqli siyishning bir holati, arterial bosimni pasayishining bir holati yuzasidan spontan xabarlar olingan. To‘liq tahlil qilinganida preparatni qabul qilish bilan sabab-oqibat bog‘liqligi isbotlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ehtiyotkorlik bilan
Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi, og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi, bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Rabeprazol jigarda mikrosomal oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydigan ayrim dori vositalar (diazepam, fenitoin, bevosita antikoagulyantlar) ni chiqarilishini sekinlashtiradi.
Shu sababli, rabeprazol xlorid kislotasini ishlab chiqarilishini yaqqol va davomli pasayishini chaqiradi, so‘rilishi me‘daning kislotali muhitiga bog‘liq bo‘lgan preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida o‘zaro ta‘siri kuzatilgan. Rabeprazolni qabul qilish sog‘lom ko‘ngillilarning qon plazmasida ketokonazolning konsentrasiyasini 33% ga pasayishiga va digoksinning minimal konsentrasiyasini 22% ga oshishiga olib kelgan. Bir vaqtda qo‘llanganida ketokonazol, digoksin yoki so‘rilishi me‘daning kislotali muhitiga bog‘liq bo‘lgan dori vositalarining dozalariga tuzatish kiritish kerak.
Xlorid kislotasini sekresiyasini bloklaydigan barcha dori vositalari kabi, rabeprazol ham, gipo- yoki axlorgidriya oqibatida V12 vitamini (sianokobalamin) ni so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Organizmda V12 vitaminining zahirasi kam bo‘lgan pasientlar yoki V12 vitaminini so‘rilishini buzilish havf omillari bo‘lgan pasientlar preparat bilan uzoq muddat davolanganda yoki muvofiq klinik simptomlar bo‘lganida yuqoridagilarni hisobga olish kerak.
Rabeprazolni atanazavir bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki atanazavirning samaralari ahamiyatli darajada pasayadi. Rabeprazol siklosporinning metabolizmini ingibisiya qiladi.
Farmakokinetik tadqiqotlarda chop etilgan noxush ko‘rinishlar xaqidagi ma‘lumotlar va retrospektiv tahlil ma‘lumotlariga muvofiq, PPI va metotreksatni (ayniqsa yuqori dozalari) bir vaqtda qabul qilish, metotreksat va/yoki uning gidroksimetotreksat metabolitinining konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi va yarim chiqarilish davrini uzaytirishi mumkin deb taxmin qilish mumkin. Biroq metotreksatni PPI bilan o‘zaro ta‘sirini o‘rganish yuzasidan maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Rabeprazol va klaritromisin bir vaqtda qo‘llanganida rabeprazolning AUC va Cmax ko‘rsatkichlari muvofiq ravishda 11% va 34% ga oshgan, 14-gidroksiklaritromisin (klaritromisinning faol metaboliti) ning AUC va Cmax ko‘rsatkichlari esa muvofiq ravishda 42% va 46% ga oshgan. Ko‘rsatkichlarni bunday oshishi klinik ahamiyatli deb tan olinmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolanishdan oldin va keyin havfli o‘sma borligini istinsno qilish uchun endoskopik tekshiruv o‘tkazish shart, chunki davolash kasallik simptomlarini yashirishi va to‘g‘ri tashxis qo‘yishni kechiktirishi mumkin.
Pasientlar Zulbeks® preparati bilan birga me‘da shirasining kislotali muhitini pasaytiruvchi boshqa dori vositalar (N2-reseptorlarining blokatorlari yoki proton pompa ingibitorlari) ni qabul qilishlari mumkin emas.
Ureazali nafas sinamasini o‘tkazishdan oldin Zulbeks® preparatini qabul qilish mumkin emas.
Zulbeks® preparati ichga sutkada 20 mg dozada 2 hafta davomida qabul qilinganida qalqonsimon bez faoliyatiga, uglevodlar metabolizmiga, paratireoid gormon, kortizol, estrogen, tetstosteron, prolaktin, xolesistokinin, sekretin, glyukagon, follikulani stimulovchi gormon, lyuteinlovchi gormon, renin, aldosteron va somatotrop gormonining kondagi konsentrasiyasiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Suyaklarni sinishlari
PPI ning yuqori dozalari bilan uzoq muddat (1 yildan ortiq) davolanish, asosan keksa yoshdagi shaxslarda yoki boshqa havf omillari bo‘lganida son suyagi, bilak suyaklari va umurtqa pog‘onasini sinish havfini biroz oshirishi mumkin. Nazoratli tadqiqotlar, PPI suyaklarni umumiy sinishlar havfini 10-40% ga oshirishi mumkin deb taxmin qilish imkonini beradi. Ularning ayrimlari boshqa havf omillari oqibatida chaqirilgan bo‘lishi mumkin. Osteoporozni rivojlanish havfi bo‘lgan pasientlar amaldagi klinik tavsiyalarga muvofiq davolanishlari va D vitamini va kalsiyni yetarli miqdorda iste‘mol qilishlari kerak.
Rabeprazolni metotreksat bilan bir vaqtda qo‘llash
Adabiyotlardan olingan ma‘lumotlarga muvofiq PPI va metotreksatni bir vaqtda qo‘llash (ayniqsa yuqori dozalarda) metotreksat va/yoki uning gidroksimetatreksat metabolitining konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi va yarim chiqarilish davrini uzayishiga olib kelishi mumkin, bu metotreksatning toksikligini namoyon bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Metotreksatning yuqori dozalarini qo‘llash zarurati bo‘lganida PPI bilan davolanishni vaqtinchalik to‘xtatish mumkinligini ko‘rib chiqish kerak.
V12 vitaminini so‘rilishiga ta‘siri
Xlorid kislotasini sekresiyasini bloklaydigan barcha dori vositalari kabi, rabeprazol ham gipo- yoki axlorgidriya oqibatida V12 vitamini (sianokobalamin) ni so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Organizmda V12 vitaminining zahirasi kam bo‘lgan pasientlar yoki V12 vitaminini so‘rilishini buzilish havf omillari bo‘lgan pasientlar preparat bilan uzoq muddat davolanganda yoki muvofiq klinik simptomlar bo‘lganida yuqoridagilarni hisobga olish kerak.
Gipomagniemiya
PPI bilan kamida 3 oy davomida davolanganda, kam hollarda simptomatik yoki asimptomatik gipomagniemiyani yuz berish holatlari aniqlangan. Ko‘pchilik hollarda bu xabarlar davolash o‘tkazilganidan so‘ng bir yildan keyin kelib tushgan. Gipomagniemiyaning charchoqlik, tetaniya, deliriy, tirishishlar, bosh aylanishi va qorinchalar aritmiyasi kabi jiddiy ko‘rinishlari sezilmasdan boshlanishi mumkin va ularni o‘tkazib yuborish mumkin. Ko‘pgina pasientlarga gipomagniemiyani davolash talab etilgan, bu magniyni o‘rnini to‘ldirish va PPI ni bekor qilishdan iborat bo‘lgan. PPI bilan uzoq muddat davolanadigan pasientlarda yoki PPI ni digoksin kabi preparatlar yoki gipomagniemiyani chaqirishi mumkin bo‘lgan preparatlar (masalan, diuretiklar) bilan barcha qabul qilayotgan pasientlarda tibbiyot xodimlari PPI bilan davolanishni boshlashdan oldin va davolanish vaqtida magniyning miqdorini nazorat qilishlari kerak.
Salmonella, Campylobacter, Clostridium difficile
PPI bilan davolash Salmonella, Campylobacter, Clostridium difficile kabi bakteriyalar tomonidan chaqirilgan me‘da-ichak yo‘llari infeksiyalarini rivojlanish havfini oshishiga olib kelishi mumkin.
Nimo‘tkir teri qizil yuguriki
Proton nasos ingibitorlarini qo‘llanishi juda kam hollarda NTQYU chaqirishi mumkin. Terini shikastlanish o‘choqlari, ayniqsa quyosh nuri ta‘sir qiluvchi ochiq sohalarida artralgiya bilan kechuvchi shikastlanish o‘choqlari paydo bo‘lganida, pasient zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilishi kerak. Shifokor Zulbeks® preparatini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishi kerak. Ilgari proton nasosi ingibitori bilan davolanish oqibatida yuzaga kelgan NTQYU keyinchalik boshqa proton nasosi ingibitorlari bilan davolanganda NTQYU rivojlanish havfini oshirishi mumkin.
Laborator tekshiruvlarning natijalariga ta‘siri
Qon plazmasida CgA ning konsentrasiyasini oshishi neyroendokrin o‘smalarga tashxis qo‘yish maqsadida o‘tkaziladigan tekshiruv natijalariga ta‘sir qilishi mumkin. Ushbu ta‘sirdan saqlanish uchun Zulbeks® preparati bilan davolashni qon plazmasida CgA ning konsentrasiyasini aniqlashdan (“Farmakodinamika” bo‘limiga qarang) kamida 5 kun oldin to‘xtatish kerak. Agar CgA va gastrinning konsentrasiyalari dastlabki o‘lchangandan so‘ng normal qiymatlariga qaytmagan bo‘lsa, PPI bilan davolash to‘xtatilganidan so‘ng 14 kun o‘tgach nazorat tekshiruvini o‘tkazish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik
Homiladorlik davrida Zulbeks® preparatini qo‘llash mumkin emas.
Emizish davri
Laktasiya davrida Zulbeks® preparatini qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.
Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Rabeprazolning farmakodinamik hususiyatlaridan va uning noxush samaralari profilidan kelib chiqib, Zulbeks® preparatini avtomobilni boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatish ehtimoli kam. Biroq, uyquchanlik paydo bo‘lganida ushbu faoliyat turlaridan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari
Dozani oshirib yuborilishi yuzasidan ma‘lumotlar cheklangan. Rabeprazol 60 mg dozada sutkada 2 marta va 160 mg bir marta qabul qilinganligi xaqida xabar berilgan. Nojo‘ya samaralari minimal bo‘lgan va tibbiy aralashuvlar talab etilmagan.
Davolash
Spesifik antidoti ma‘lum emas. Rabeprazol plazma oqsillari bilan yaxshi bog‘lanadi, va shuning uchun dializda sust chiqariladi. Dozasi oshirib yuborilganida simptomatik davolash o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg va 20 mg.
14 yoki 15 tabletka OPA/Al/PVX folga va alyumin folgali blisterda.
1, 2 yoki 4 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
30oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.