-Og'riqli sindrom bilan kechuvchi holatlar: nevralgiya, ishialgiya, orqa miya churrasi, tishlarni ekstraktsiyasi; og'iz bo'shlig'idagi operatsiyalar, epiziotomiya, tug'ruqdan keyingi og'riqlar, operatsiyadan keyingi og'riqlar; dismenoreya, bachadon ichki spiralini kiritish bilan bog'liq og'riqlar; migrenning o'tkir xurujlarini oldini olish va davolash.
-Revmatik kasalliklar: revmatoid artrit, osteoatrit, ankilozlovchi spondilit, revmatizm.
-Travmatologiya: chiqishlar, mushaklarni uzilishlari va jarohatlari, travmatologik va ortopedik operatsiyalar.
-Podagraning o'tkir xurujlari.
-Urologiya va LOR a'zolardagi yallig'lanish xarakteriga ega og'riqlar.
-Infektsion kasalliklar: spetsifik davolashga qo'shimcha analьgetik, yallig'lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi vosita sifatida qo'llanadi.
Batafsil
|
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
|
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kekirish, qusish, diareya, qabziyat, meteorizm, abdominal diskomfort, epigastriyada diskomfort hissi. Jiddiy nojo'ya samara sifatida gastrointestinal qon ketishlari, ayniqsa keksa odamlarda o'lim bilan yakunlanishi mumkin; bundan tashqari, peptik yoki nopeptik yaralar, perforatsiyalar, stomatit, gastrit, pankreatit, melena, gematemezis, yarali kolit.
Modda almashinuvi tomonidan: giperkaliyemiya.
Ruhiyat tomonidan: uyqusizlik, depressiya, g'ayritabiiy tush ko'rishlar, o'zini yo'qotib qo'yish, gallyutsinatsiyalar.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyqusizlik, tirishishlar, paresteziyalar, retrobulbar optik nevrit, kognitiv disfunktsiya, diqqatni jamlashni buzilishi, aseptik meningit.
Ko'rish a'zolari tomonidan: ko'rishni buzilishi.
Eshitish a'zolari tomonidan: eshitishni buzilishi, bosh aylanishi.
Qon tomirlari tomonidan: gipertenziya, vaskulit.
Nafas tizimi tomonidan: xansirash, astma, o'pka shishi.
Suyak mushak tizimi tomonidan: mialgiya, mushaklar sustligi.
Reproduktiv tizimi tomonidan: ayollar bepushtligi.
Kutilmagan samaralar paydo bo'lganida shifokorga murojaat qiling.
Batafsil
|
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|