Ibuklinning aptekalardagi narxlari
IBUKLIN tabletkalari 400mg+325mg N10
|
|
1 ta dorixonada bor
|
30 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
IBUKLIN YUNIOR tabletkalari 100mg+125mg N20
|
|
240 ta dorixonada bor
|
17 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
19 900 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
18 600 so'mdan
Bron qilish
|
IBUKLIN LEDI tabletkalari 200mg+40mg N10
|
|
2 ta dorixonada bor
|
31 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
IBUKLIN tabletkalari 400mg+325mg N20
|
|
275 ta dorixonada bor
|
17 900 so'mdan
Dorixonadan topish
|
29 500 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
27 300 so'mdan
Bron qilish
|
IBUKLIN AKTIV tabletkalari N20
|
|
162 ta dorixonada bor
|
25 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
34 400 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
28 000 so'mdan
Bron qilish
|
IBUKLIN LEDI tabletkalari 400mg+80mg N10
|
|
133 ta dorixonada bor
|
30 335 so'mdan
Dorixonadan topish
|
38 100 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
31 000 so'mdan
Bron qilish
|
IBUKLIN BEBI suspenziya 100mg/5ml N12
|
|
237 ta dorixonada bor
|
36 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
45 100 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
38 400 so'mdan
Bron qilish
|
IBUKLIN EKSPRESS sashe 400mg+325mg 5g N15
|
|
66 ta dorixonada bor
|
68 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
69 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Ibuklin ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
IBUKLIN®
IBUKLIN
Preparatning savdo nomi: Ibuklin®
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): ibuprofen, parasetamol
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 400 mg ibuprofen, 325 mg parasetamol;
yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza, talk, natriy kraxmal klikolyati, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, gipromelloza, makrogol, sariq apelsin laki FCF, titan dioksidi, sorbin kislotasi, polisorbat 80, relikton.
Ta‘rifi: zarg‘aldoq yoki och-zarg‘aldoq rangli, dog‘li yoki marmarsimon bo‘yalgan bo‘lishi mumkin, bir tomoni silliq, ikkinchi tomonida bo‘luvchi chizig‘i bo‘lgan chetlari qiya, plyonka qobiq bilan qoplangan kapsulasimon tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat.
ATX kodi: M01AE51
Farmakologik xususiyatlari
Ibuprofen – nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat, fenilpropion kislotasining hosilasi, yallig‘lanish, og‘riq va isitmaning patogenizida asosiy rol o‘ynaydigan, prostaglandinlarning o‘tmishdoshi bo‘lgan araxidon kislotasining metabolizimiga javob beruvchi asosiy ferment – SOG ning faolligini susaytirishi hisobiga, yallig‘lanishga qarshi, isitma tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Analgetik (og‘riq qoldiruvchi) ta‘siri ham periferik (prostaglandinlar sintezini pasayishi orqali), ham markaziy (markaziy va periferik nerv tizimida prostaglandinlar sintezini ingibirlanishi) mexanizmlar orqali amalga oshiriladi. Trombositlar agregasiyasini bostiradi.
Parasetamol – nonarkotik og‘riqni qoldiruvchi vosita, SOG ning faolligini susaytirishi va prostaglandinlar ishlab chiqarilishini pasaytirishi hisobiga og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi; asosan gipotalamusdagi termoregulyasiya markaziga ta‘sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Ibuprofen ichga qabul qilinganidan so‘ng MIY tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Qobiq bilan qoplangan tabletkalar ichga qabul qilinganidan so‘ng qonda maksimal konsentrasiyasi 1-2 soatdan keyin aniqlanadi. Sinovial suyuqlikda maksimal konsentrasiyaga qabul qilinganidan so‘ng 3 soatdan keyin erishiladi. Ibuprofen jigarda metabolizmga uchraydi (90%). Buyraklar orqali (qabul qilingan dozaning 80%) ham o‘zgarmagan holda (10%), ham metabolitlari holida (70%) chiqariladi. Ichak orqali metabolitlari xolida (20%) chiqariladi. Yarim chiqarilish davri taxminan 2-3 soat.
Parasetamol MIY dan, asosan ingichka ichakdan tez so‘riladi, bir marta qabul qilinganidan so‘ng qonda maksimal konsentrasiyaga 10-60 minutdan keyin erishiladi, so‘ngra asta-sekin pasayadi. Parasetamol yog‘ to‘qimasi va orqa miya suyuqligidan tashqari to‘qima suyuqliklarga keng taqsimlanadi. Oqsillar bilan bog‘lanishi 10% dan kamroqni tashkil qiladi. Asosan jigarda glyukuronid, sulfat bilan bog‘lanish va jigar oksidazalari va sitoxrom R450 ishtirokida oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Kattalarda parasetamolning katta qismi glyukuron kislotasi bilan, bolalarda – sulfat kislotasi bilan bog‘lanadi. Bu kon‘yugasiyalangan metabolitlari metabolik faolikka ega emas, plazma oqsillari bilan bog‘lanmaydilar. Shuningdek preparatning dozasi oshirib yuborilganida toksik ta‘sir qiluvchi gidroksilangan metaboliti – N-asetil-r-benzoxinolinni to‘planishi yuz berishi mumkin, u jigar va buyraklarda aralash oksidazalarning ta‘sirida hosil bo‘ladi va odatdagi sharoitlarda glutation bilan bog‘lanib detoksikasiyalanadi.
Yarim chiqarilish davri 1-3 soatni tashkil qiladi va jigar sirrozida oshishi mumkin. Parasetamolning buyrak klirensi 5% ni tashkil qiladi. O‘zgarmagan holda (taxminan 5%) va glyukuronid va sulfat kon‘yugatlari holida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- Bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ yallig‘lanish kasalliklari (shu jumladan revmatoid va revmatik artrit, osteoartroz, ankilozlanuvchi spondiloartroz), podagra zo‘rayganidagi bo‘g‘im sindromi, psoriatik artrit, tendinitlar, bursit.
- Radikulit, nevralgiyalar, mialgiyalar.
- Bosh va tish og‘rig‘i, jaroxatlar, kuyishlar, LOR-a‘zolari, kichik chanoq a‘zolarining yallig‘lanish kasalliklaridagi (adneksit, algodismenoreya) og‘riq sindromi.
- Infeksion-yallig‘lanish kasalliklaridagi isitma.
Preparatni qo‘llash vaqtida og‘riq va yallig‘lanishni kamaytirish simptomatik davolash uchun mo‘ljallangan, kasalikning rivojlanishiga ta‘sir qilmaydi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ibuklin® kattalarga odatda ½-1 tabletkadan kuniga 2-3 marta ovqatdan keyin buyuriladi. Maksimal sutkalik doza – 3 tabletka. Shifokor nazoratisiz preparatni og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida 5 kundan ortiq va isitmani tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas. Nojo‘ya samaralarining rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun preparatni ovqatdan keyin, minimal samarasi dozada va mumkin bo‘lgan minimal kursda qabul qilish tavsiya qilinadi.
12 yoshdan yoshdan oshgan bolalarga (tana vazni 40 kg dan yuqori) – sutkada 1 tabletkadan 2 marotaba beriladi.
Davolash muddati isitmani tushiruvchi dori vositasi sifatida – 3 kungacha, ogriq koldiruvchi dori vositasi sifatida – 5 kungacha. Shifokor bilan maslaxatlashgandan so‘nggina davolashni davom ettirish mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat-hazm qilish a‘zolari: ko‘ngil aynishi, anoreksiya, qusish, MIY ni eroziv-yarali shikastlanishlari rivojlanishi mumkin, uzoq muddat qo‘llanganida jigar faoliyatini buzilishi, gepatit bo‘lishi mumkin.
MNT: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, qo‘zg‘aluvchanlik, ko‘rishni buzilishi (rang ajratishni buzilishi, skotoma, ambliopiya).
Qon yaratish tizimi: uzoq muddat qo‘llanganida: anemiya, trombositopeniya, leykopeniya, neytropeniya, agranulositoz.
Siydik chiqarish tizimi: uzoq muddat qo‘llanganida buyraklar faoliyatini buzilishi, interstisial nefrit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lishi mumkin.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, Kvinke shishi, kam hollarda – aseptik meningit, bronxospastik sindrom.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik
- zo‘rayish bosqichidagi me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi
- me‘da-ichakdan qon ketishi
- jigar yoki buyrak kasalliklari
- aspiringa bog‘liq bronxial astma
- ko‘ruv nervini shikastlanishi
- glyukoza-6-fosfatdegidrogenezaning genetik bo‘lmasligi
- qon tiziming kasalliklari
· homiladorlik davri (III uchoyligi)
- 12 yoshgacha (bolalarga mo‘ljallangan shakli “Ibuklin® Yunior”) bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Ibuklinni boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, barbituratlar, tirishishga qarshi preparatlar, rifampisin, qand miqdorini kamaytiruvchi preparatlar, gormonal kontraseptivlar bilan birga qo‘llashdan saqlanish kerak. Preparatning tarkibiga kiruvchi, ibuprofen, gipotenziv vositalarning ta‘sirini susaytirishi, xloramfenikol (levomisetin) ning sitotoksikligini kuchaytirishi, bevosita (geparin) va bilvosita (kumarin va indandion hosilalari) antikoagulyantlar, trombolitiklar (altepaza, antistreplaza, streptokinaza, urikinaza), antiagregantlar, kolxisining ta‘siri kuchaytirishi va gemorragik asoratlar rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.
Preparat insulin va qand miqdorini kamaytiruvchi peroral preparatlarning gipoglikemik ta‘sirini kuchaytiradi. Kaliy tejovchi diuretiklar bilan birga qo‘llash giperkalemiya chiqarish mumkin. Birga qo‘llanganida qonda digoksin, fenitoin, metotreksat va litiyning konsentrasiyasini oshirishi mumkin. Metotreksat bilan birga qo‘llanganida qonda parasetamolning konsentrasiyasi oshishi mumkin. Alkogol bilan birga qabul qilganda har ikki komponentning gepatotoksik ta‘siri kuchayishi mumkin. Parasetamol siklosporin va oltin preparatlari bilan birga qo‘llash nefrotoksik samarasini oshiradi. Kortikosteroidlar, kortikotropin, etanol bilan birga qo‘llash MIY eroziv yarali shikastlanishi xavfini oshiradi. Sefamandol, sefoperazon, valproat kislotasi, plikamisin gipoprotrombinemiyani rivojlanish xavfini oshiradi. Antasidlar va xolestiramin preparatning faol ingredientlarini so‘rilishini pasaytiradi. Mielotoksik preparatlar nojo‘ya gemotoksik samaralarni rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Keksa pasientlar: bu guruhdagi pasientlarda ayniqsa MIY tomonidan kuzatiladigan nojo‘ya reaksiyalarni (qon ketishi, perforasiya) rivojlanish xavfi yuqori, shu sababli preparatni qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Nafas a‘zolarining kasalliklari: NYAQV lar bronxial astma yoki allergik kasalliklari bo‘lgan pasientlarda bronxospazmni chaqirishi mumkin.
Yurak-tomir tizimi: NYAQV lar organizmda tutilib qolishi va shishlarni chiqarishi mumkin, shuning uchun arterial gipertenziya va/yoki yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarning holati yomonlashishi mumkin. Ba‘zi klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlari, ibuprofenni, ayniqsa katta dozalarda (kuniga 2400 mg) uzoq muddat qo‘llash, arterial trombozni (masalan, miokard infarkti yoki insult) rivojlanishi xavfini biroz oshishiga olib kelishi mumkinligi haqida taxmin qilish imkonini beradi. Ibuprofenni kichik dozalarda (kuniga 120 mg dan kam) qo‘llash, extimol, bunday samara ko‘rsatmaydi. Nazorat qilib bo‘lmaydigan gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalarning kasalliklari yoki serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda ibuprofenni, faqat potensial xavfi sinchiklab baholangandan keyin qo‘llash mumkin. Yurak-tomir kasalliklarini rivojlanishini xavf omillari (giperlipidemiya, qandli diabet, chekish va boshqa.) bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Me‘da-ichak yo‘llari: NYAQV MIY laridan, shu jumladan anamnezida ilgari MIY kasalliklariga ko‘rsatmalar bo‘lmagan pasientlarda qon ketishi, yaralar va perforasiyani chiqarishi mumkin. Anamnezida og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientlarda, NYAQV larni katta dozalarini qo‘llash, keksa yoshli pasientlarda ushbu asoratlarni rivojlanish xavfi yuqori, shuning uchun bu guruhda davolashni minimal tavsiya qilingan dozalar bilan boshlash tavsiya qilinadi. Shuningdek bu guruh pasientlarida hamda MIY tomonidan nojo‘ya samaralar xavfini oshirish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa preparatlar (kortikosteroidlar, antikoagulyantlar, serotininni qayta qamrab olinishini ingibitorlari va boshqa) yoki salisil kislotasining kichik dozalarini yo‘ldosh qo‘llashga muxtoj bo‘lgan shaxslarda, mizoprostol yoki proton pompasi ingibitorlari kabi preparatlarni qo‘llash mumkinligini ko‘rib chiqish kerak. Anamnezida me‘da-ichakdan qon ketish epizodlari bo‘lgan pasientlar ularda MIY tomonidan ayniqsa davolashning boshlang‘ich bosqichida odatdagi bo‘lmagan har qanday simptomlar paydo bo‘lganligi haqida davolovchi shifokorga ma‘lumot berish kerakligi haqida ogohlantirishlari kerak. Gastro-intestinal yara simptomlari yoki qon ketishi rivojlanganida preparat qabul qilishni darxol to‘xtatish kerak. Anamnezida MIY larini kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lgan pasientlarda umumiy holatni yomonlashish xavfi borligi tufayli, NYAQV larni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Tizimli kasalliklar: tizimli qizil yugurik va biriktiruvchi to‘qimaning boshqa kasalliklari bo‘lgan pasientlarda NYAQV lar aseptik meningitni rivojlanish xavfini oshirish mumkin.
Dermatologik buzilishlar: juda kam hollarda NYAQV lar qo‘llanganida teri qoplamalari tomonidan og‘ir reaksiyalar, shu jumladan o‘lim bilan tugaydigan og‘ir reaksiyalar (eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz) kuzatilgan. Ushbu reaksiyalarni rivojlanish xavfi NYAQV larni qabul qilishning birinchi oyi davomida yuqori. Shuning uchun teri va shilliq qavatlarda har qanday toshmalar, shuningdek o‘ta yuqori sezuvchanlikning har qanday boshqa belgilarida preparat qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Shuningdek preparatni jigar yoki buyraklar faoliyati buzilgan bemorlarga, bevosita jarrohlik aralashuvlari o‘tkazilganidan so‘ng, anamnezida NYAQV larni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan allergik reaksiyalarga ko‘rsatmalar bo‘lganda, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining poliplari bo‘lganida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparat uzoq muddat (5 kundan ko‘p) qo‘llanganida periferik qonni va jigar va buyraklarning funksional holatini nazorat qilish kerak. Buyraklar (belda og‘riq, sutkalik siydik hajmini kamayishi, shishlar) yoki jigar (o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq, sariqlik, siydikning rangini o‘zgarishi) funksional holatini buzilishini belgilari paydo bo‘lganida, preparat qabul qilishni darhol to‘xtatish va davolovchi shifokorga murojaat qilish kerkak.
Preparatning gepatoksik ta‘siridan saqlanish uchun davolash vaqtida alkogol iste‘mol qilishdan saqlanish tavsiya qilinadi.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi. Homiladorlikning I va II chi uchoyligida preparatni ona va xomila uchun kutiladigan foydasi, ona va homila uchun bo‘lgan potensial havfdan yuqori bo‘lgan hollarda, shifokor tavsiyasi bilan ko‘llanilishi mumkin. Homiladorlikning III chi uchoyligida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Laktasiya (emizish) davrida preparatni qabul qilish zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish kerak.
Eksperimental tadqiqotlarda Ibuklin® preparatining embriotoksik, teratogen va mutogen ta‘sir etuvchi komponentlari aniklanmagan.
Preparat ayollarning fertilligiga ta‘sir ko‘rsatish mumkin, shu sababli homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan pasientkalarga uni qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Homilador bo‘lishda muammolari bo‘lgan ayollarda preparatni bekor qilish kerak.
Transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri. preparatni qabul qilish vaqtida pasientga diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish tavsiya qilinadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganida, xatto agarda pasient o‘zini yaxshi xis qilsa ham, dozani oshirib yuborilishining simptomlarini kechikib rivojlanishini xavfi borligi sababli, darhol tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. Preparatning dozasini oshirib yuborilishining xavfi jigarning alkogolli shikastlanishi bo‘lgan pasientlarda yuqori.
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, epigastral soxada og‘riq, anoreksiya, protrombin vaqtini oshishi, 12-48 soatdan keyin qon ketishi, tormozlanish, uyquchanlik, depressiya, bosh og‘rig‘i, quloqlarni shang‘illashi, ongni buzilishi, yurak ritmini buzilishi, gipotoniya, tirishishlar, og‘ir hollarda gepatonekroz, jigar yetishmovchiligi rivojlanadi.
Davolash: zaharlangandan so‘ng birinchi 4 soat davomida me‘dani yuvish, ishqoriy ichimliklar ichish, jadallashtirilgan diurez, adsorbentlar (faollashtirilgan ko‘mir) qabul qilish, glutation hosil bo‘lishini oshiruvchi vositalarni (birinchi 8-9 soatda metionin, birinchi 12 soatda N-asetilsistein vena ichiga yuborish yoki ichga qabul qilish) yuborish, gemodializ, simptomatik davolash. Keyingi davolash choralarini o‘tkazishning zarurati qondagi parasetamolning konsentrasiyasi, shuningdek doza oshirib yuborilganidan keyin o‘tgan vaqtga qarab aniqlanadi.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan 20 tabletka, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
10 tabletkadan blisterda. 1 blisterdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
400 mg ibuprofen, 80 mg drotaverin gidroxloridi saqlovchi plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar:
10 tabletkadan blisterda. 1 blisterdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP) guruhiga mansub propion kislotasining hosilasi ibuprofenning ta'sir mexanizmi og‘riq, yallig‘lanish va gipertermik reaktsiyalar mediatorlari prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilinishi bilan bog‘liq. Siklooksigenaza 1 (TSOG-1) va siklooksigenaza 2 (TSOG-2) ni tanlamasdan bloklaydi, buning oqibatida prostaglandinlar sintezini tormozlaydi. Og‘riqqa qarshi (og‘riq qoldiruvchi), isitmani tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi yo‘naltirilgan tez ta'sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari ibuprofen trombotsitlar agregatsiyasini qaytuvchan ingibitsiya qiladi. Preparatning og‘riq qoldiruvchi ta'siri 8 soatgacha davom etadi.
Drotaverin
Drotaverin – IV tip fosfodiesteraza (FDE-IV) fermentini ingibitsiyasi hisobiga silliq mushaklarga kuchli spazmolitik ta'sirga ega izoxinolin hosilasidir. FDE-IV fermentini ingibitsiya qilinishi sAFM kontsentratsiyasini oshishiga, miozinning yengil zanjirining kinazasini faolsizlanishiga olib keladi, bu keyinchalik silliq mushaklarni bo‘shashishini chaqiradi. Sa2+ ionlariga drotaverinning antagonistik samarasi, uning Sa2+ ionlari kontsentratsiyasini pasayishiga olib keluvchi sAFM orqali ta'siri bilan tushuntiriladi.
In vitro sharoitda drotaverin FDE-III va FDE-V fermentlarini ingibitsiya qilmasdan FDE-IV fermentini ingibitsiya qiladi (silliq mushaklarning qisqaruvchanlik faolligini bostirish uchun yaqqolroq). Shuning uchun drotaverinning samaradorligi turli to‘qimalarda FDE-IV kontsentratsiyasiga bog‘liq.
Miokard va qon-tomirlarning silliq mushaklarida sAFM gidrolizi asosan FDE-III izofermenti yordamida amalga oshadi, bu drotaverinning yuqori spazmolitik faolligida yurak va qon-tomirlar tomonidan jiddiy nojo‘ya samaralar va yurak-qon tomir tizimi tomonidan yaqqol samaralar yo‘qligini tushuntiradi.
Drotaverin ham neyrogen, ham mushakka bog‘liq silliq mushaklarning spazmlarida samarali. Vegetativ innervatsiyadan qat'iy nazar drotaverin me'da-ichak yo‘llari (MIY), o‘t chiqarish yo‘llari, siydik-tanosil tizimi, qon-tomirlarning silliq mushaklarini bo‘shashtiradi.
O‘zining qon-tomirlarni kengaytiruvchi ta'siri oqibatida drotaverin to‘qimalarni qon bilan ta'minlanishini yaxshilaydi.
Drotaverinning yuqorida ta'riflangan mexanizmlari silliq mushaklar spazmlarini bartaraf etadi, bu og‘riqni kamayishiga olib keladi.
Drotaverin: peredozirovka assotsiirovalasь s narusheniyami serdechnogo ritma i provodimosti, vklyuchaya polnuyu blokadu nojek puchka Gisa i ostanovku serdtsa, kotoraya mojet bыtь fatalьnoy.
Ibuprofen: toshnota, rvota, bolь v epigastralьnoy oblasti ili, reje, diareya, shum v ushax, golovnaya bolь i jeludochno-kishechnoye krovotecheniye. V boleye tyajelыx sluchayax nablyudayutsya proyavleniya so storonы SNS: sonlivostь, redko – vozbujdeniye, sudorogi, dezoriyentatsiya, koma. V sluchayax tyajelogo otravleniya mojet razvivatьsya metabolicheskiy atsidoz i uvelicheniye protrombinovogo vremeni, pochechnaya nedostatochnostь, povrejdeniye tkani pecheni, snijeniye arterialьnogo davleniya, ugneteniye dыxaniya i sianoz. U patsiyentov s bronxialьnoy astmoy vozmojno obostreniye etogo zabolevaniya.
Period poluvыvedeniya preparata pri peredozirovke sostavlyaet 1,5-3 ch.
Lecheniye
Simptomaticheskoye, s obyazatelьnыm obespecheniyem proxodimosti dыxatelьnыx putey, monitoringom elektrokardiogrammы i osnovnыx pokazateley jiznedeyatelьnosti vplotь do normalizatsii sostoyaniya patsiyenta. Rekomenduyetsya peroralьnoye primeneniye aktivirovannogo uglya ili promыvaniye jeludka v techeniye 1 ch posle priyema potentsialьno toksicheskoy dozы ibuprofena. Mojet bыtь naznacheno щelochnoye pitьe s selьyu vыvedeniya kislogo proizvodnogo ibuprofena pochkami, forsirovannыy diurez. Chastыye ili prodoljitelьnыye sudorogi sleduyet kupirovatь vnutrivennыm vvedeniyem diazepama ili lorazepama. Pri uxudshenii bronxialьnoy astmы rekomenduyetsya primeneniye bronxodilatatorov