ДИЛЮТИКС
DILYUTIKS | Zilt | Plaviks |
|
---|---|---|---|
Quyidagi kasalliklari bo'lgan katta yoshdagi patsiyentlarda aterotrombotik asoratlarni oldini olish:
Batafsil
miokard infarkti, ishemik insulьt yoki periferik arteriyalarning diagnostika qilingan okklyuzion kasalligi bo'lgan patsiyentlarda; ST segmentini ko'tarilishisiz o'tkir koronar sindromi (nostabil stenokardiya yoki Q tishchasisiz miokard infarkti) bo'lgan patsiyentlarda, shu jumladan teri orqali koronar aralashuv yoki aorto-koronar shuntlash o'tkazilgan (stent qo'yilgan yoki stent qo'yilmagan holda) patsiyentlarda; ST segmentini ko'tarilishi bilan o'tkir koronar sindrom (o'tkir miokard infarkti) bo'lgan patsiyentlarda dorilar bilan davolashda va atsetilsalitsil kislotasi bilan majmuada trombolitik davolash o'tkazilishi mumkin bo'lganda qo'llaniladi. Yurak bo'lmachalari fibrillyatsiyasida aterotrombotik va tromboembolik asoratlarni (shu jumladan insulьt) oldini olishda: qon tomirlari asoratlarini rivojlanish xavfining kamida bitta omili bo'lgan, K vitaminining antagonistlarini qabul qila olmaydigan va qon ketishlarini rivojlanish xavfi past bo'lgan katta yoshdagi patsiyentlarda (atsetilsalitsil kislotasi bilan majmuada) qo'llaniladi. |
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
|
Retseptli | Retseptli / Retsepsiz | Retseptli / Retsepsiz | |
Kategoriya | |||
Nojo'ya ta'sirlar | |||
Nojo'ya ta'sirlarni yuzaga kelish tez-tezligi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Batafsil
Qon yaratish va limfa tizimi tomonidan tez-tez emas: trombotsitopeniya, leykopeniya, eozinofiliya; kam hollarda: neytropeniya, shu jumladan og'ir neytropeniya holatlari; juda kam hollarda: trombotik trombotsitopenik purpura, aplastik anemiya, pantsitopeniya, agranulotsitoz, og'ir trombotsitopeniya, granulotsitopeniya, anemiya; tez-tezligi noma'lum: ortirilgan A gemofiliyasi. Immun tizimi tomonidan juda kam hollarda: anafilaktoid reaktsiyalar, zardob kasalligi; tez-tezligi noma'lum: tiyenopiridinlarga (masalan, tiklopidinga, prazugrelga) nisbatan kesishgan-reaktiv o'ta yuqori sezuvchanlik. Ruhiyat tomonidan juda kam hollarda: gallyutsinatsiyalar, ongni xiralashishi. Nerv tizimi tomonidan tez-tez emas: bosh miyaga qon quyilishlari (o'lim bilan yakun topgan alohida holatlar to'g'risida xabarlar mavjud), bosh og'rig'i, bosh aylanishi, paresteziyalar; juda kam hollarda: ta'm sezishni buzilishi. Ko'rish a'zosi tomonidan tez-tez emas: ko'z ichki (kon'yunktival, retinal) qon quyilishlari. Eshitish a'zosi va labirint tizimi tomonidan kam hollarda: vertigo. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan tez-tez: gematoma; juda kam hollarda: jiddiy qon quyilishlari, vaskulit, gipotenziya. Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan tez-tez: burundan qon ketishi; juda kam hollarda: bronxospazm, interstitsial pnevmonit, eozinofil pnevmoniya. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan tez-tez: me'da-ichakdan qon ketishi, dispepsiya, epigastral sohada og'riqlar, diareya; tez-tez emas: ko'ngil aynishi, gastrit, meteorizm, qabziyat, qusish, me'da va o'n ikki barmoq ichak yaralari; kam hollarda: qorin pardasi tashqarisida qon quyilishi; juda kam hollarda: ba'zida o'lim bilan yakunlanadigan me'da-ichakdan va qorin bo'shlig'i tashqarisida qon ketishi, pankreatit, kolit (jumladan, yarali kolit yoki limfotsitar kolit), stomatit. Gepatobiliar tizim tomonidan juda kam hollarda: gepatit, o'tkir jigar yetishmovchiligi, jigar faoliyati ko'rsatkichlarini o'zgarishi. Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan tez-tez: gematomalar; tez-tez emas: toshma, qichishish, terida qon quyilishlari (purpura); juda kam hollarda: bullyoz dermatit (toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, ko'p shaklli eritema), angionevrotik shish, dorilar tomonidan induktsiyalangan yuqori sezuvchanlik sindromi, eozinofiliyali va tizimli simptomlar bo'lgan dori toshmasi (DRESS-sindrom), eritematoz yoki eksfoliativ toshma, eshakemi, ekzema, qizil yassi temiratki. Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to'qimalar tomonidan juda kam hollarda: mushaklar va bo'g'imlarga qon quyilishlari (gemartrozlar), artrit, artralgiya, mialgiya. Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan tez-tez emas: gematuriya; juda kam hollarda: glomerulonefrit, qonda kreatinin darajasini oshishi. Umumiy buzilishlar va mahalliy reaktsiyalar tez-tez: qon tomirlar punktsiya qilingan joydan qon ketishi; juda kam hollarda: qaltirashlar. Laboratoriya ko'rsatkichlari tez-tez emas: qon ketish vaqtini uzayishi, neytrofillar va trombotsitlar sonini kamayishi. Nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lganida shifokorga murojaat qiling. |
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
|
Narh | |||
Qadoqda soni
28
Dozasi
75мг
Narh*
87 000 so'm
DILYUTIKS bo'yicha barcha narxlarni ko'rish |
Qadoqda soni
28
Dozasi
75мг
Narh*
154 000 so'm
Zilt bo'yicha barcha narxlarni ko'rish |
Qadoqda soni
28
Dozasi
75мг
Narh*
74 800 so'm
Plaviks bo'yicha barcha narxlarni ko'rish |
|
Mavjud qadoq turlari | |||
|
|
|
|
Homiladorlik davrida qabul qilish | |||
Ma'lumot topilmadi | Ma'lumot topilmadi | Ma'lumot topilmadi | |
Bog'lik kasalliklarni davolash | |||