×
×
  • GLIKLAMID 3,5 tabletkalari 3,5mg N50

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GLIKLAMID 3,5 tabletkalari 3,5mg N50

Kategoriya:
- Qandli diabetga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
ATX kodi:
- A10ВВ01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SIOFOR 850 tabletkalari 850mg N60 Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH Germaniya
INSULATARD suspenziya 10ml 100ME/ml ООО «Ново Нордиск» Daniya
28 000 s`om dan
DIABETON MR tabletkalari 60mg N30 Les Laboratoires Servier, Франция произведено: Les Laboratoires Servier Industrie Frantsiya
64 900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GLIKLAMID 3,5 tabletkalari 3,5mg N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GLIKLAMID®

GLICLAMIDUM

 

Preparatning savdo nomi: Gliklamid®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Glibenklamid

Dori shakli: Tabletkalar

Tarkibi:

Faol modda: 1,75 mg, 3,5 mg yoki 5 mg glibenklamid (mikronizlangan).

Yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati, suvsiz kolloidli kremniy, mikrokristallik sellyuloza, magniy stearati.

Ta‘rifi: Oq rangli, dumaloq shaklli, bir tomoni chiziqli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Diabetga qarshi peroral vosita.

ATX kodi: A10VV01

 

Farmakologik hususiyatlari

Peroral gipoglikemik vosita, II avlod sulfanilmochevina hosilalari. Me‘da osti bezi beta hujayralari tomonidan insulin sekresiyasini rag‘batlantiradi, insulinni ajralib chiqishini kuchaytiradi. Asosan insulin sekresiyasining ikkinchi fazasida ta‘sir ko‘rsatadi. Periferik to‘qimaning insulinga sezuvchanligini va uni nishon hujayralar bilan bog‘lanish darajasini oshiradi. Gipolipidemik ta‘sir ko‘rsatib, qonning trombogen xususiyatini kamaytiradi.

 

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan so‘ng, preparat me‘da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 95% dan ortiqni tashkil qiladi. Jigarda metabolizmga uchraydi va nofaol metabolitlar hosil qiladi. Organizmdan asosan metabolitlar ko‘rinishda siydik (95%) va safro bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri – 10 soat atrofida.

 

Qo‘llanilishi

Kattalarda insulinga qaram bo‘lmagan qandli diabetda (II-tipi) parxez bilan davolash samarali bo‘lmaganda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ertalab va kechqurun, ovqatdan oldin buyuriladi. Dozani kasallikning og‘irlik darajasiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi. Boshlang‘ich doza – 1/2 tabl., o‘rtacha doza – sutkada 2 tabletka, maksimal – sutkada3-4 tabletkani tashkil etadi.

Uch xil dori dozasi 20 mumkin bo‘lgan dozalash sxemasini qo‘llash imkonini beradi.

Xar bir bemorga adekvat dozani tanlash zarur.

Dozani tanlashni etapli ravishda qadamli interval bilan ½ tabletka oldin ertalab, keyin kechqurun. Xar bir dozani maksimal ta‘siri kuniga 3 tabletka qabul qilinganda rivojlanadi. Dozani ikki marta qabul qilish uchun 4 tabletkagacha oshirish mumkin.

Tabletkalar ovqatdan 5-10 minut oldin qabul qilinadi.

Ilk bor aniqlangan 2-chi tip qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda, glikemiyaning yuqori bo‘lmagan ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan, gipoglikemiyaga moyilligi bor keksa yoshdagi bemorlarga preparatni 1,75 mg dozada buyurish maqsadga muvofiqdir.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Endokrin tizimi tomonidan: komagacha olib keluvchi gipoglikemiya xolati rivojlanishi mumkin (dozalash tartibini buzilishi va noadekvat parhez uning rivojlanish ehtimolini oshirishi mumkin);

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, fotosensibilizasiya bo‘lishi mumkin;

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya, epigastral soxasida og‘irlik hissi, kam hollarda – jigar faoliyatini buzilishi, xolestaz;

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – nimfalaj, sezishni buzilishi, bosh og‘rig‘i, charchoq, quvvatsizlik, bosh aylanishi;

Qon yaratish tizimi tomonidan: kam hollarda – qon yaratilishini pansitopeniya rivojlanguniga qadar buzilishi kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Insulinga qaram (1-tip) qandli diabet, ketoasidoz, diabet oldi komasi va koma, mikrosirkulyasiyani og‘ir buzilishlari, infeksion kasalliklar, jigar yoki buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlarida, sulfonilmochevina hosilalariga va sulfanilamid preparatlariga yuqori sezuvchanlikda, jiddiy jarrohlik aralashuvlarini o‘tkazishda qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Gipoglikemik ta‘siri beta-adrenoblokatorlar, anabolik vositalar, allopurinol simetidin, klofibrat, siklofosfamid, izobarin, MAO ingibitorlari, uzoq ta‘sirga ega bo‘lgan sulfanilamidlar, salisilatlar, xloramfenikol, tetrasiklin, etanol saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda kuchayishi mumkin.

Gipoglikemik ta‘siri barbituratlar, xlorpromazin, fenotiazin, fenitoin, diazoksid, asetazolamid, glyukokortikoidlar, simpatomimetik vositalar, glyukagon, indometasin, nikotinlarni yuqori dozalari, ichga qabul qilinadigan kontraseptivlar va estrogenlar, saluretiklar, qalqonsimon bezi gormonlari, litiy tuzlari, surgi vositalarining yuqori dozalari bilan bir vaqtda qo‘llaganda giperglikemiya rivojlangunga qadar pasayishi mumkin.

Gistamin N2-reseptorlari blokatorlari, klonidin va rezerpin bilan birga qo‘llaganda preparatning qandni kamaytiruvchi ta‘siri kuchayishi va pasayishi mumkin.

Preparat bir vaqtda qo‘llanganda bilvosita antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytirishi va pasaytirishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Jigar va buyrak kasalliklari bo‘lgan pasientlarda (shu jumladan anamnezida), hamda buyrak usti bezi, qalqonsimon bezi faoliyati buzilishlarida, isitma bo‘lgan holatlarda, surunkali alkogolizmda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.

Davolash davrida glyukozani qondagi miqdori va glyukozani siydik orqali sutkalik chiqarilishini doimo nazorat qilish kerak.

Gipoglikemiya rivojlanganida, agar pasient es-xushi joyida bo‘lsa, glyukozani (yoki qand eritmasini) ichish tavsiya etiladi. Hushidan ketgan bo‘lsa glyukozani vena ichiga yoki glyukagonni teri ostiga, mushak orasiga, yoki vena ichiga yuboriladi. Hushiga kelganda qayta gipoglikemiya rivojlanmasligi uchun, bemorga uglevodlarga boy ovqatni berish lozim.

Gliklamidni qabul qiladigan bemorlar alkogol qabul qilishdan saqlanishlari kerak. Alkogol qabul qilish hollari bo‘lganda disulfiram reaksiyalari, hamda kuchli gipoglikemiya rivojlanishi mumkin.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

Chiqarilish shakli

«Gliklamid® 1,75», tabletkalar 1,75 mg dan, №25, №50 va №100.

«Gliklamid® 3,5», tabletkalar 3,5 mg dan, №25, №50 va №100.

«Gliklamid® 5», tabletkalar 5 mg dan, №50 va №100.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GLIKLAMID 3,5 tabletkalari 3,5mg N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GLIKLAMID 3,5 tabletkalari 3,5mg N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GLIKLAMID 3,5 tabletkalari 3,5mg N50 dori vositasi Nobel Pharmsanoat, ИП ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GLIKLAMID 3,5 tabletkalari 3,5mg N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GLIKLAMID 3,5 tabletkalari 3,5mg N50 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
LORATAL tabletkalari 10mg N30
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
ANZIBEL tabletkalari N30
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
MAPROFEN tabletkalari 100mg N24
Narh: 38 100 so'mdan Batafsil
MAPROFEN tabletkalari 100mg N8
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
RELAKSA 8 tabletkalari 8mg N10
Narh: 42 600 so'mdan Batafsil
LEFLOKS tabletkalari 750mg N7
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
LEFLOKS tabletkalari 500mg N7
Narh: 47 000 so'mdan Batafsil
KLAMOK tabletkalari 375mg N15
Narh: 36 299 so'mdan Batafsil
KLAMOK tabletkalari 1000mg N10
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
KLAMOK tabletkalari 625mg N15
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
ZITMAK tabletkalari 500mg N3
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
ZITMAK tabletkalari 250mg N6
Narh: 23 100 so'mdan Batafsil
FLUNOL kapsulalar 150mg N1
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
FLUNOL kapsulalar 150mg N2
Narh: 22 600 so'mdan Batafsil
FLUNOL kapsulalar 50mg N7
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
PALORA tabletkalari 100mg N30
Narh: 43 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
KORONIM tabletkalari 10mg N30
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
KORONIM tabletkalari 5mg N30
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
KO IRBESAN tabletkalari 150mg N28
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
PANTAP tabletkalari 40mg N28
Narh: 33 000 so'mdan Batafsil
PANTAP tabletkalari 40mg N14
Narh: 20 500 so'mdan Batafsil
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9