2 200 s`om dan
Dorixonalardan izlash5 000 s`om dan
Bron qilishYaroqlilik muddati (oy) | 24 |
faol modda: kal'tsiy glyukonat – 100,0 mg;
yordamchi moddalar: qahrabo kislotasi, natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha.
Сhiqarilish shakli
In'ektsiya uchun 10 % li eritma 5 va 10 ml dan ampulalarda tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga
Kal'tsiyni vena ichiga yuborilgandan keyin simptomatik nerv tizimini faollashishiga olib keladi va buyrak usti bezlaridan adrenalinni ajralib chiqishini rag'batlantiradi.
Juda tez yuborilganda bo'lishi mumkin: ko'ngil aynishi, qusish, ko'p terlash, arterial gipotenziya, kollaps.
Kal'tsiy eritmasini ekstravazal yutish natijasida yumshoq to'qimalarni kal'tsifikatsiyasi bo'lishi mumkin. Mushak ichiga in'ektsiya qilinganda kal'tsiy tuzlari mahalliy ta'sirlanishi, yumshoq to'qimalarni nekrozini chaqirishi mumkin.
Juda kam xollarda anafilaktik va anafilaktoid reaktsiyalar bo'lishi mumkin.
Anamnezida giperkal'tsiuriya, kalava fil'tratsiyasi pasaygan yoki nefroliatiaz bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan va qonda va siydikda kal'tsiy kontsentratsyasini nazorat qilish bilan olib borilishi lozim. Nefrolitiazni rivojlanish xavfini pasaytirish uchun ko'p suyuqlik ichish tavsiya etiladi.
14 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparatni nekrozni rivojlanishi tufayli mushak ichiga yuborish tavsiya etilmaydi.
Qonda kal'tsiy miqdorini keskin oshib ketishidan saqlanishdan va eritmani nekrotik asoartlari tufayli olib keladigan eng yaqin to'qimalarga tushmasligi uchun, vena ichiga yuborilganda kichkina ignadan foydalanish va yo'g'on venaga yuborish tavsiya etiladi.
Kal'tsiy glyukonatni tez in'ektsiya qilish vazodilatatsiyani, qon bosimini tushishini, bradikardiyani, yurak aritmiyasini, xushdan ketishni va yurak to'xtatishini chaqirishi mumkin.
Kal'tsiy glyukonat eritmasini in'ektsiyasi cho'kma xosil bo'lishiga moyilligi bor. Agar ampulada yoki shpritsda cho'kma xosil bo'lganligi aniqlansa, preparatni qo'llamaslik lozim.
Kal'tsiy glyukonat ko'pchilik boshqa birikmalar bilan nomatunosib (“Dorilarning o'zaro ta'siri” bo'limiga qarang).
Aloxida yuborilgandan keyin xam organizmdagi erimaydigan kal'tsiy tuzlarining mikrokristallizatsiyalanishi natijasida yuzaga keladigan jiddiy asoratlarni oldini olish uchun nomutanosib dori vositalarini qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Bir vaqtning o'zida vitamin-mineral majmualarni qabul qiladigan patsientlarga ehtiyot bo'lish zarur, chunki ularning tarkibida kal'tsiy saqlanishiga va kal'tsiyni dozasi oshib ketishiga olib keladi.
Xomiladorlikda va emizish davrida qo'llanilishi
Preparatni xomiladorlikda va emizish davrida qo'llanilishi ona uchun foyda/xomila (bola) uchun xavfni inoabtga olgan xolda qo'llanilishi mumkin.
Bolalar: 14 yoshgacha bo'lgan bolalarga nekrozni rivojlanishi sababli prepartatni vena ichiga yuborish tavsiya etilmaydi.
Transport vositalarini boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash reaktsiyalar tezligiga ta'sir etish qobilyati:
Transport vositalarini boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash reaktsiyalar tezligiga ta'sir etishi bo'yicha ma'lumotlar yo'q.
- kal'tsiyni kuchli chiqarilishi (uzoq vaqt yotoq tartibi, surunkali diareya, diuretiklarni va tutqanoqqa qarshi dori vositalarini, glyukokortikosteroidlarni uzoq vaqt qabul qilgan vaqtda ikklamchi gipokal'tsiemiya);
- qon quyush vaqtida gipokal'tsiemiyani oldini olishda;
- allergik kasalliklarda va dori terapiyasining allergik asoratlarda yordamchi vositasi sifatida (zardob kasalligi, eshakemi, angionevrotik shish va boshqalar);
- turli genezli patologik jarayonlarda qon tomirlarni shtkazuvchanligini kamaytirish uchun (yallig'lanish jarayoning ekssudaptiv fazasida, gemorragik vaskulit, nur kasaligi va boshqalar);
- parenximatoz gepatit, jigarni toksik shikastlanishida;
- nefrit, eklampsiya, giperkaliemiya, paroksizmal mioplegiyaning giperkalemiya shakli;
- D vitaminini almashinuvini buzilishi: raxit (spazmofiliya, osteomalyatsiya);
- surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda giperfosfatemiya;
- mushaklarning distrofiyasi va miasteniyasi bo'lgan majmuaviy davolash maqsadida;
- teri kasalliklarda (teri qichishishi, ekzema, psoriaz va boshqalar);
- qon to'xtatuvchi vositasi sifatida;
- magniy tuzlari, shovul kislotasi yoki uning tuzli eritmalari, ftor kislotasi tuzlari eritmalari bilan zaxarlanishda antidot sifatida qo'llaniladi.
· giperkal'tsiemiya;
· yaqqol arteroskleroz;
· yurak glikozidlarini qabul qiluvchi patsientlar (aritmiyani paydo bo'lish xavfi).
· 18 yoshdan kichik bolalarda va buyrak funktsiyasi buzilishi bo'lgan shaxslarda takroriy yoki uzoq vaqt davolash uchun kal'tsiy glyukonat eritmasini qo'llash.
· kal'tsiy glyukonat eritmasini tseftriakson bilan bir vaqtda qo'llash muddatidan oldin tug'ilgan chaqaloqlarni 41 xaftaga yetguniga qadar qo'llash (xomiladorlik xaftalari+hayot xaftalari) va muddatida tug'ilgan chaqaloqlarda (28 kunlikgacha) o'pka va buyraklarda kal'tsiyni tseftriakson bilan pretsipitat cho'kmalari xavfi tufayli.
· Parenteral oziqlantirish uchun eritmani tayyorlash mumkin emas.
Tetratsiklinlar, digoksin, peroral temir preparatlarini so'rilishini sekinlashtiradi (ularni qabul qilishlar intervali kamida 2 soat bo'lishi mumkin), fenitoinni biokiraolishini pasaytiradi, kal'tsitoninni samarasini kuchsizlantiradi (giperkal'tsiemiyada).
Bir vaqtda qo'llanilganda kal'tsiy kanallar blokatori ta'sirini kamaytiradi: nefidipin va verapamil gipotenziv ta'sirini kamaytiradi (uning antiaritmik samarasiga ta'sir etmaydi).
Yurak glikozidlari bilan davolash vaqtida, uni kardiotoksik ta'sirini kuchaytirishi tufayli kal'tsiy glyukonatni parenteral qo'llash tavsiya etilmaydi.
Xinidin bilan bir vaqtda qo'llanilganda yurak qorinchalar o'tkazuvchanligini sekinlashishi va xinidinni toksikligini oshishi kuzatilishi mumkin.
Tiazid diuretiklari bilan birgalikda giperkal'tsiemiyani kuchaytirish mumkin.
Kal'tsiy glyukonat aminoglikozidlarning bir qatori antibiotiklarini qo'llash oqibatida nerv-mushaklar o'zatilishini susayishini bartaraf etadi.
Boshqa kal'tsiy preparatlari bilan birgalikda buyurish tavsiya etilmaydi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati tugagandan so'ng qo'llanilmasin.
Vena ichiga oqim bilan yuborish. In'ektsiyani vena ichiga tez yuborishdan keyin nojo'ya reaktsiyalardan saqlanishni oldini olish uchun preparatni sekin-asta taxminan 4-5 minut davomida yuborish zarur.
Vena ichiga tomchilatib yuboriladi. Kal'tsiy glyukonatni vena ichiga tomchilatib, preparatni 100 ml izotonik eritmasini 5% glyukoza eritmasi bilan aralashtirib yuborish mumkin.
Kattalarga va 14 yoshdan oshgan bolalarga: 10% kal'tsiy glyukonat eritmasini 5-10 ml dan kasallikni xarakteri va bemorni xolatiga bog'liq xolda xar kuni, kun ora yoki 2 kundan keyin yuboriladi.
Bolalar: preparatni nekroz rivojlanishi sababli mushak ichiga yuborish mumkin emas. Yoshga bog'liq xolda 10% kal'tsiy glyukonat eritmasini faqat vena ichiga quyidagi dozalarda yuborish tavsiya etiladi:
6 oylikkacha bo'lganlarga – 0,1-1 ml;
7-12 oylikkacha bo'lganlarga – 1-1,5 ml;
1-3 yoshgacha – 1,5-2 ml;
4-6 yoshgacha – 2-2,5 ml;
7-14 yoshgacha – 3-5 ml.
Eritmani 1 ml dan kam bo'lgan miqdorga keltirish uchun, bir martalik dozani ma'lum bo'lgan xajmga (shprits xajmi) natriy xloridni 0,9% izotonik eritmasini yoki 5% glyukozani aralashtirish yo'li orqali amalga oshiriladi.
Dozani oshirib yuborishlish simptomlari: uyquchanlik, xolsizlik, bosh aylanishi, anoreksiya, ko'ngil aynishi, qusish, qabziyat, poliuriya, polidispiya, abdominal og'riq, mushak zaifligi, ruxiy buzilishlar, degidratatsiya, qonda mochevina miqdorini oshishi, nefrokal'tsinoz, nefrolitiaz, og'ir xolatlarda – yurak aritmiyasi, koma.
Davolash: kal'tsiy glyukonatni yuborishni to'xtatish, giperkal'tsiemiyaga olib keluvchi (tiazidlar, vitamin D), yurak-qon tomirlari funktsiyasi tizimini nazorat qiluvchi preparatlarni bekor qilish. Antidot sifatida vena ichiga kal'tsitoninni 5-10 XB/kg xisobida (uni 500 ml 0,9% natriy xlorid eritmasiga aralashtirib) qo'llaniladi. Yuborilish davomiyligi 6 soatni tashkil etadi.
Suvsizlanishni va suv elektrolit disbalansiga tuzatish kirish kerak, zarurat bo'lganda xalqali diuretiklarni buyurish zarur (furosemid, torasemid).
Og'ir xolatlarda kal'tsiy miqdorini peritoneal dializ yo'li orqali olib tashlash mumkin. Dozani oshirib yuborish simptomida patsientlar quyosh nurlaridan saqlanishlari lozim.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
KALSIYA GLYUKONAT
CALCII GLUCONAS
Preparatning savdo nomi: Kalsiya glyukonat
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): Kalsiya glyukonati
Tarkibi:
Bir litr eritmada saqlanadi:
Faol modda: kalsiy glyukonati – 94,0 g.
Yordamchi moddalar: kalsiy D-saxarati, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: Tiniq, rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: Mineral preparatlar.
ATX kodi: A12AA03
Farmakologik xususiyatlari
Kalsiy preparati, nerv impulslarini o‘tkazilishi jarayonlarini, skelet va silliq mushaklarni qisqarishini, miokard faolyatini, suyak to‘qimasini shakllanishini, qon ivishini amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan kalsiy ionlarning tanqisligini to‘ldiradi.
Farmakokinetikasi
Parenteral yuborilganidan keyin preparat qon oqimi bilan barcha to‘qimalar va a‘zolarda birtekis taqsimlanadi. Qon plazmasida preparatning taxminan 45% oqsillar bilan kompleksda bo‘ladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga tushadi. Organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Gipokalsiemiya, hujayra membranalarining o‘tkazuvchanligini oshishi, mushak to‘qimasida nerv impulslarining o‘tkazilishini buzilishi bilan kechuvchi kasalliklar.
Gipoparatireoz (latent tetaniya, osteoporoz), D vitaminining almushinuvini buzilishi (spazmofiliya, osteomalyasiya), surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlardagi giperfosfatemiya.
Magniy tuzlari, shovul va ftor kislotalari bilan zaharlanish (kalsiy glyukonati bilan o‘zaro ta‘sirida dissosiasiyalanmaydigan va zaharli bo‘lmagan kalsiy oksalati va ftoridi hosil bo‘ladi.
Parenximatoz gepatit, jigarni toksik shikastlanishlari, nefritlar, proksimal mioplegiyaning giperkaliemik shakli.
Turli etiologiyali qon ketishlarni, allergik kasalliklarni (zardob kasalligi, eshakemi, isitma sindromi, qichishish, qichuvchi dermatozlar, dorilarni yuborish va ozuqa mahsulotlarni qabul qilishga reaksiya, Kvinke shishi); bronxial astma, o‘pka tuberkulezi, eklampsiyani majmuaviy davolash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mushak ichiga, vena ichiga asta-sekin (2-3 minut davomida) yoki tomchilab, kattalarga – 5- 10 ml 100 mg/ml eritma har kuni, kunora yoki har 2 kunda (kasallikning xarakteri va bemorning holatiga qarab).
Bolalarga – vena ichiga asta-sekin (2-3 minut davomida) yoki tomchilab, 1-5 ml dan 100 mg/ml eritma (yoshiga qarab), har 2-3 kunda. Eritma yuborish oldidan tana haroratigacha isitiladi.
Kalsiy glyukonatini yuborish uchun igna etanolning qoldiqlarini saqlamasligi kerak, chunki oxirgisi bo‘lganida kalsiy glyukonati cho‘kmaga tushadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Mushak ichiga va vena ichiga yuborilganida ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, bradikardiya bo‘lishi mumkin. Vena ichiga yuborilganida og‘iz bo‘shlig‘ida achishish, qizish tuyg‘usi, tez vena ichiga yuborilganida – arterial bosimni pasayishi, aritmiya, xushdan ketish, yurakni to‘xtashi kuzatilishi mumkin.
Mushak ichiga yuborilgan joylarda nekroz hosil bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, giperkalsiemiya (kalsiyning konsentrasiyasi 12 mg%=6 mEkv/l), kalsiyli nevrourolitiz, og‘ir buyrak yetishmovchiligi, sarkoidoz, yurak glikozidlarini bir vaqtda qabul qilish.
Ehtiyotkorlik bilan: degidratasiya, elektrolit buzilishlar (giperkalsiemiyani rivojlanish xavfi), diareya, kam so‘rilish sindromi, kalsiyli nefrourolitiaz (anamnezdagi), ahamiyatsiz giperkalsiuriya, tarqalgan ateroskleroz, giperkoagulyasiya, mushak ichiga yuborish uchun – bolalik yoshi (nekrozlarni paydo bo‘lish xavfi).
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Karbonatlar, salisilatlar, sulfatlar bilan nomutanosib, chunki ular bilan erimaydigan yoki qiyin eriydigan kalsiy tuzlarini hosil qiladi. Tetrasiklinlar qatori antibiotiklari bilan, ularning antibakterial samarasini pasaytirib, erimaydigan komplekslar hosil qiladi.
“Sekin” kalsiy kanallari blokatorlarining ta‘sirini kamaytiradi (verapamildan oldin yoki keyin kalsiy glyukonatini vena ichiga yuborish, uning gipotenziv ta‘sirini kamaytiradi, lekin uning antiaritmik samarasiga kam ta‘sir qiladi).
Xinidin bilan bir vaqtda qo‘llanganida qorincha ichki o‘tkazuchanligini sekinlashishi va xinidinning zaharligini oshishi mumkin. Glikozidlarning kardiotoksik ta‘sirini kuchayishi tufayli, kalsiy glyukonatini yurak glikozidlari bilan davolanish vaqtida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Tiazid diuretiklari bilan qo‘shilganda giperkalsiemiyani kuchaytirishi, giperkalsiemiyada kalsitoninning samarasini pasaytirish mumkin, fenitoinning biokirishaolishligini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ahamiyatsiz giperkalsiemiyali, kalava filtrasiyasi pasaygan yoki anamnezida nefrourolitiazi bo‘lgan bemorlarga buyurish ehtiyotkorlik bilan va siydikdagi kalsiyning miqdorini nazorati ostida o‘tkazilishi kerak. Nefrourolitiazni rivojlanish xavfini pasaytirish uchun ko‘p suyuqlik ichish tavsiya qilinadi.
Bolalarga mushak ichiga yuborish tavsiya qilinmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: giperkalsiemiya.
Davolash: kalsitonin vena ichiga tomchilab, 5-10 XB/kg/sut (uni 500 ml 0,9% natriy xloridi eritmasida eritib). Yuborishning davomiyligi – 6 soat.
Chiqarilish shakli
5 ml va 10 ml dan 5 yoki 10 ampuladan PVX plenkali kontur-uyali o‘ramlarda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda,25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.