Максиколд
Maksikold | Nekst | Ibufen |
|
---|---|---|---|
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
Turli genezli yuqori tana harorati mavjud bo'lgan quyidagi xolatlarda:
Batafsil
- shamollash kasalliklari - o'tkir respirator virusli infektsiyalar - gripp - angina (faringit) - tana harorati oshishi bilan birga kechadigan bolalar yuqumli kasalliklari - postvaktsinal reaktsiyalar. · Quyidagi holatlarda turli sabablarga ko'ra paydo bo'lgan kuchsiz va o'rtacha intensivlikdagi og'riq sindromi: - o'rta quloq yallig'langanda quloq og'rishi - tish og'rishi, tishlarning og'riqli yorib chiqishi - bosh og'rishi, migrenlar - mushaklar, bo'g'imlardagi og'riqlar - tayanch-harakat apparat jarohatlanishlarida qo'llaniladi. |
|
Retsepsiz | Retseptli | Retseptli / Retsepsiz | |
Kategoriya | |||
Nojo'ya ta'sirlar | |||
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
Ibufen® Forte odatda yaxshi o'zlashtiriladi, lekin qo'llanganda nojo'ya samaralar paydo bo'lishi mumkin. Dori vositasini reseptsiz beriladigan dozalarda qisqa muddatda qo'llaganda quyidagi samaralar kuzatilishi mumkun. Ibuprofenni uzoq muddat qo'llash davomida yoki boshqa ko'rsatmalar bo'lganda, boshqa nojo'ya samaralar kuzatilishi mumkin.
Batafsil
Nojo'ya ta'sirlar quyidagi aniqlagichlardan foydalanilgan holda uchrash tez-tezligi bo'yicha tasniflangan: juda tez-tez (har 10 pasientdan 1 nafaridan ko'pida), tez-tez (har 100 pasientdan 1-10 nafaridan ko'pida), tez-tez emas (har 1000 pasientdan Infektsion va parazitar kasalliklar: Juda kam hollarda: nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatalarni qo'o'lash bilan bog'liq bo'lgan infektsion-yallig'lanish reaktsiyalari haqida aytib o'tilgan (masalan, nekrotik fassiitning paydo bo'lishi). Ehtimol, bu nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarning ta'sir qilish mexanizmi bilan bog'liq. Agar preparatni qo'llash vaqtida infektsiya simptomlari paydo bo'lsa yoki kuchaysa, pasient darhol shifokorga murojaat qilishi kerak. Infektsiyalarga qarshi davolashni qo'llashga (antibiotikoterapiya) ko'rsatma borligini baholash zarur. Ibuprofenni qo'llash vaqtida boshning ensa qism mushaklarining rigidligi, bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish, isitmali titroq yoki ong buzilishlari bilan kechuvchi aseptik meningit simptomlari kuzatilgan. Aftidan, bunga moyillikni autoimmun buzilishlari bo'lgan pasientlar namoyon qilishadi (SLE, bog'lovchi to'qimaning aralash kasalligi). Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar: Juda kam hollarda: qon morfologiyasi ko'rsatkichlarining buzilishi (kamqonlik, leykopeniya, trombositopeniya, pantsitopeniya, agranulositoz). Ilk simptomlar bo'lib isitmali titroq, tomoqdagi og'riq, sirtqi stomatit, grippsimon simptomlar, toliqish, burundan qon ketishi va teri qon ketishlari hisoblanadi. Uzoq muddatli muolajada qon morfologiyasi ko'rsatkichlarini muntazam tekshirib turish kerak. Immun tizimi tomonidan buzilishlar: Tez-tez emas: teri toshmasi va qichishish bilan kechuvchi allergik reaktsiyalar, shuningdek bo'g'ilish hurujlari (arterial bosimning pasayishi bilan birgalikda sodir bo'lishi mumkin). Bunday holatlarda darhol shifokorga murojaat qilish va Ibufen®Forte ni boshqa qabul qilmaslik kerak. Juda kam hollarda: tizimli og'ir allergik reaktsiyalar. Ular yuz shishi, til shishi, nafas yo'llari o'tkazuvchanligining buzilishi bilan kechuvchi dimoqning ichki shishi, nafas etishmovchiligi, taxikardiya, arterial bosimning pasayishi, jumladan hayot uchun xavf soluvchi shok ko'rinishlarida yuzaga chiqishi mumkin. Agar preparatni ilk qo'llagandan so'ng yuzaga chiqishi mumkin bo'lgan yuqorida ko'rsatilgan simptomlardan biri paydo bo'lsa, shoshilinch tibbiy yordam zarur. Ruxiyat buzilishlari: Juda kam hollarda: psixotik reaktsiyalar, depressiya. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: Tez-tez emas: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyqusizlik, uyquchanlik, hayajon, ta'sirchanlik va charchoq hissi. Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar: Tez-tez emas: ko'rishning buzilishi. Eshitish a'zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlar: Kam hollarda: quloqlarda shovqin. Yurak tomonidan buzilishlar: Juda kam hollarda: yurak urishini his qilish, yurak etishmovchiligi. Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar: Juda kam hollarda: arterial gipertenziya. Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar: Tez-tez: jig'ildon qaynashi, qorinda og'riq, ko'ngil aynishi, qusish, ich ketishi, gaz ajralishi bilan kechuvchi meteorizm, qabziyat va juda kam hollardan kamqonlikka olib kelishi mumkin bo'lgan me'da-ichak yo'llaridan kuchsiz qon ketishi. Tez-tez: potentsial ravishda qon ketishlar va perforasiya bilan kechuvchi me'da-ichak yo'llarining yaralanishlari. Yarali stomatit, kolitning zo'rayishi va Kron kasalligi, gastrit. Juda kam hollarda: ezofagit, pankreatit, ichakning membranoz torayishlarining hosil bo'lishi. Qorinning quyi qismida o'tkir og'riq, qatronsimon axlat yoki qon aralash qusish paydo bo'lgan holatda preparatni qabul qilishni to'xtatish va darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Jigar va safro chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar: Juda kam hollarda: jigar faoliyatining buzilishi, ayniqsa davomiy qo'llanganda; jigar etishmovchiligi, o'tkir gepatit. Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar: Tez-tez emas: turli teri toshmalari. Juda kam hollarda: eksfoliativ dermatit, bullyoz reaktsiyalar, jumladan Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz kabi og'ir teri reaktsiyalari. Yakka holatlarda, suvchechak virusi bilan zararlanganda yumshoq to'qimalarga taalluqli og'ir teri infektsiyalari va asoratlari paydo bo'lishi mumkin. Tez-tezligi noma'lum: preparatning eozinofiliya va tizimli simptomlar bilan birga kechuvchi reaktsiyalari (DRESS sindromi), o'tkir umumiy ekzantematoz pustulez (AGEP). yorug'likka yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi. Buyraklar va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar: Kam hollarda: buyrak to'qimalarining shikastlanishlari (nekrotik papillit) va qonda siydik kislotasi kontsentrasiyasining ortishi ham sodir bo'lishi mumkin. Juda kam hollarda: shishlar paydo bo'lishi, ayniqsa arterial gipertenziya yoki buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda; nefrotik sindrom, o'tkir buyrak etishmovchiligi bilan birga kechishi mumkin bo'lgan interstisial nefrit. Shuning uchun buyraklar funktsiyasini muntazam tekshirib turish kerak. Klinik tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, ibuprofenni ayniqsa yuqori dozalarda (2400 mg/sutka) qo'llash arterial trombotik asoratlarning ahamiyatsiz ortish xavfi bilan bog'lanishi mumkin (masalan, miokard infarkti yoki insult). Istalgan, jumladan yo'riqnomada keltirilmagan nojo'ya (noodatiy) samaralarning paydo bo'lganligi haqida davolovchi shifokorga xabar berish kerak. |
|
Narh | |||
Qadoqda soni
-
Dozasi
-
Narh*
-
|
Qadoqda soni
-
Dozasi
-
Narh*
-
|
Qadoqda soni
10
Dozasi
200мг
Narh*
11 410 so'm
Ibufen bo'yicha barcha narxlarni ko'rish |
|
Mavjud qadoq turlari | |||
|
|
|
|
Homiladorlik davrida qabul qilish | |||
Ma'lumot topilmadi | Ma'lumot topilmadi | Ma'lumot topilmadi | |
Bog'lik kasalliklarni davolash | |||