Ospamoksning aptekalardagi narxlari
OSPAMOKS tabletkalari 1000mg N20
|
|
7 ta dorixonada bor
|
62 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
OSPAMOKS DT tabletkalari 1000mg N20
|
|
88 ta dorixonada bor
|
52 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
70 600 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
61 600 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Ospamoks ko'rsatmalar
Anamnezida boshqa beta-laktam preparatiga (masalan tsefalosporinlar, karbapenemlar yoki monobaktamlar guruhiga mansub) darhol tipdagi yuqori sezuvchanlikning og'ir darajadagi reaktsiyasi (masalan anafilaksiya)da qo'llash mumkin emas.
1 flakon qo'llashga doir yo'riqnomasi va o'lchov qoshig'i yoki dozalovchi shpris bilan karton qutida.
Flakonni ochish uchun qopqoqchani bosish va uni burash kerak.
Amoksisillin rezistent bakteriyalar tomonidan ishlab chiqariladigan beta-laktamazalar ta'siri ostida parchalanadi, shuning uchun ushbu fermentlarni ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlarga nisbatan faol emas.
Minimal bostiruvchi kontsentrasiyadan yuqori kontsentrasiyani tutib turish vaqti (T>MBK) amoksisillinning samaradorligining asosiy omili deb hisoblanadi.
Amoksisillinga rezistentlik rivojlanishining asosiy mexanizmi bo'lib bakterial beta-laktamazalar tomonidan faolsizlanish va antibakterial preparatni nishonga yaqinligini pasayishini chaqiruvchi penisillin bog'lovi oqsillarni o'zgarishi hisoblanadi. Bakteriyaning o'tkazmasligi yoki preparatni bakteriya xujayrasidan faol tashilishi mexanizmlari rezistentlikning bevosita sababi bo'lishi yoki uni yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin, ayniqsa grammanfiy bakteriyalarda.
Chegaraviy kontsentrasiyalar
EUCAST (mikroblarga qarshi preparatlarga sezuvchanlikni aniqlash bo'yicha Evropa qo'mitasi), versiya 9.0 ga muvofiq minimal bostiruvchi kontsentrasiyalarning chegaraviy ko'rsatkichlari (2019 g., http://www.eucast.org).
Mikroorganizm |
Chegaraviy ko'rsatkichlar MBK (mg/l) |
|
Sezuvchanlik ≤ |
Rezistent> |
|
Enterobacterales* |
81 |
8 |
Staphylococcus spp. |
Izoh2,3 |
Izoh2,3 |
Enterococcus spp.4 |
4 |
8 |
A, B, C ва G гуруҳ Streptococcus |
Izoh5 |
Izoh5 |
Streptococcus pneumoniae |
0,56 |
16 |
viridans guruhi streptokokklari |
0,5 |
2 |
Haemophilus influenzae |
27 |
27 |
Moraxella catharrhalis |
Izoh8 |
Izoh8 |
Neisseria gonorrhoeae9 |
Изоҳ9 |
Изоҳ9 |
Neisseria meningitidis |
0,125 |
1 |
Clostridioides difficile10 dan tashqari grammusbat anaeroblar |
4 |
8 |
Грамманфий анаэроблар10 |
0,5 |
2 |
Helicobacter pylori |
0,12511 |
0,12511 |
Pasteurella multocida |
1 |
1 |
Aerococcus sanguinicola и urinae |
Izoh12 |
Izoh12 |
Kingella kingae |
0,12513 |
0,12513 |
Farmakokinetika/ farmakodinamika nisbati nuqtai nazardan chegaraviy ko'rsatkichlar (qo'zg'atuvchining ma'lum turi bilan bog'liq bo'lmagan) |
2 |
8 |
*Yaqindagi taksonomik tadqiqotlar Enterobacteriaceae oilasi ta'rifini toraytirgan. Ushbu oilaning ayrim avvalgi vakillari endi Enterobacterales qatorining boshqa oilalariga kiritilgan. Ushbu jadvaldagi chegaraviy ko'rsatkichlar Enterobacterales ning barcha vakillariga taalluqli. 1 yovvoyi tipdag enterobacterales aminopenisillinlarga sezuvchan deb baholanadi. Ayrim mamlakatlarda yovvoyi tipdagi E. coli va P. Mirabilis izolyatlari "sezuvchan, ammo moddaning kontsentrasiyasi oshirilganda" deb baholagan afzal. Bunday holatlarda sezuvchan mikroorganizmlar uchun MBK ≤ 0,5 mg/l chegaraviy ko'rsatkichi va ≥ 50 mm zona diametrining tegishli chegaraviy ko'rsatkichlari qo'llanadi. 2 ko'pgina stafilokokklar penisillinaza ishlab chiqaradi, bu benzilpenisillinga, fenoksimetilpenisillinga, ampisillinga, amoksisillinga, piperasillinga va tikarsillinga rezistent qiladi. Benzilpenisillinga va tsefoksitinga sezgir sifatida aniqlangan stafilokokklar yuqoridagi moddalarga sezuvchan deb hisoblanishi mumkin. Ammo peroral shakllarning, xususan fenoksimetilpenisillinning samaradorligi aniqlanmagan bo'lib hisoblanadi. Benzilpenisillinga rezistent, ammo tsefoksitinga sezgir deb aniqlangan izolyatlar beta-laktamaza ingibitorlari bilan majmualarda, izoksazolilpenisillin (oksasillin, kloksasillin, dikloksasillin va flukloksasillin), naftsillin va ko'pgina tsefalosporinlarga sezgir. Tseftarolin va tseftobiproldan tashqari barcha beta-laktam preparatlariga chidamli izolyatlar tsefoksitinga rezistent. 3 Ampisillinga sezgir S. saprophyticus mecA-manfiy va ampisillin, amoksisillin va piperasillinga sezgir (beta-laktamaza ingibitori bilan yoki usiz). 4 Beta-laktamaza ingibitori bilan yoki usiz ampisillin, amoksisillin va piperasillinga sezuvchanlik ampisillinga sezuvchanlik asosida aniqlanishi mumkin. 5, V guruh streptokokklarni fenoksimetilpenisillin va izoksazolilpenisillinga sezuvchanligidan tashqari A, V, S va G guruh streptokokklarni penisillinlarga sezuvchanlik benzilpenisillinga sezuvchanlik asosida aniqlanishi mumkin. 6 Beta-laktamlarga rezistentlikni inkor etish uchun 1 mkg oksasillin saqlovchi disk bilan skriningdan foydalanish kerak. Agar izolyatlarning skrining test natijalari (bostirish zonasi ≥ 20 mm) manfiy bo'lsa, izolyatlar keyinchalik testsiz barcha beta-laktam moddalarga sezgir deb tan olinishi mumkin, ular uchun klinik chegaraviy kontsentrasiyalar mavjud, shu jumladan "Izoh" belgisi qo'yilganlar uchun ham. Skrining test natijasi ijobiy (bostirish zonasi < 20 mm) bo'lganida interpretasiya uchun EUCAST v.9 yo'riqnomasida keltirilgan sxemaga murojaat etish kerak. 7 Beta-laktamaza-musbat izolyatlar beta-laktamaza ingibitorisiz ampisillin, amoksisillin va piperasillinga rezistent bo'lishi mumkin. Beta-laktamazani aniqlash uchun xromogen tsefalosporinli testni qo'llash mumkin. Faqat yuqori dozali davolash uchun ma'lumotlar: 750 mg – 1 g kuniga 3 marta. 8 M. catarrhalis ning ko'pgina shtammlari beta-laktamaza ishlab chiqaradi, garchi uni ishlab chiqarilishi sekin amalga oshadi va in vitro sharoitlardagi testlarda kuchsiz reaktsiya ko'rsatadi. Beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlarni beta-laktamaza ingibitorisiz qo'llanayotgan penisillinlar va aminopenisillinlarga rezistent deb hisoblash kerak. 9 har doim beta-laktamazalar mavjudligiga test o'tkazish kerak. Agar test musbat bo'lsa, benzilpenisillin, ampisillin va amoksisillinga rezistentlik haqida xabar beriladi. Beta-laktamazalarni aniqlash uchun xromogen tsefalosporinli testdan foydalanish mumkin. Beta-laktamaza-manfiy izolyatlarngi ampisillin va amoksisillinga sezuvchanligi benzilpenisillinga sezuvchanligi asosida aniqlanishi mumkin. 10 ampisillin, amoksisillin, piperasillin va tikarsillinga sezuvchanlik benzilpenisillinga sezuvchanlik asosida aniqlanishi mumkin. 11 chegaraviy kontsentrasiyalar ko'rsatkichlari chegaralarning epidemiologik nuqtalariga (ECOFFs) asoslangan, ular yovvoyi tipdagi izolyatlarni sezuvchanligi pasaygan izolyatlardan ajratadi. 12 sezuvchanlik ampisillinga sezuvchanlik asosida aniqlanadi. 13 sezuvchanlik benzilpenisillinga sezuvchanlik asosida aniqlanishi mumkin.
|
Ayrim turlarning rezistentligini tarqalganligi mintaqaviy va vaqtga qarab xarakterlanadi, shuning uchun antibiotikorezistentlik bo'yicha mahalliy ma'lumotni olgan afzal, ayniqsa og'ir darajadagi infektsiyalar holatida. Agar antibiotikorezistentlikning mahalliy ko'rsatkichlari kamida ayrim infektsiyalari turlarida dori vositasining samaradorligi gumon qilinsa, tegishli mutaxassislarga murojaat etish kerak.
Odatda sezgir mikroorganizmlar Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecalis, beta-gemolitik streptokokklar (A, V, S va G guruhi), Listeria monocytogenes Orttirilgan rezistentlik rivojlanishi potentsialiga ega mikroorganizmlar Grammanfiy aeroblar: Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Helicobacter pylori, Proteus mirabilis, Salmonella typhi, Salmonella paratyphi, Shigella spp., Pasteurella multocida. Grammusbat aeroblar: koagulazo-manfiy stafilokokk, Staphylococcus aureus**, Streptococcus pneumoniae, viridans guruhi streptokokklari. Grammusbat anaeroblar: Clostridium spp. Grammanfiy anaeroblar: Fusobacterium spp. Boshqalar: Borrelia burgdorferi. Tabiiy rezistentlikka ega mikroorganizmlar* Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecium*. Grammanfiy aeroblar: Acinetobacter spp., Enterobacter spp., Klebsiella spp., Pseudomonas spp. Grammanfiy anaeroblar: Bacteroides spp. (Bacteroides fragilis ning ko'pgina shtammlari rezistent). Boshqalar: Chlamydia spp., Mycoplasma spp., Legionella spp. |
* Tabiiy rezistentlik yo'qligida oraliq tabiiy sezuvchanlik.
** Deyarli barcha S. aureus penisillinaza ishlab chiqaradi va amoksisillinga rezistent. Bundan tashqari, barcha metisillinga rezistent shtammlar amoksisillinga rezistent.
Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun: zich berkitilgan flakonda 25°S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Tayyor suspenziya 2°S dan 8°S gacha haroratda 14 kungacha saqlansin.
YAROQLILIK MUDDATI
Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun: 3 yil.
Iste'mol qilish uchun tayyor suspenziya: oq yoki sarg'ish rangli suspenziya.