×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Ospamoks kukun 250 mg / 50 ml N1

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Австрия
Faol modda:
Амоксициллин
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
Vakil:
- Sandoz Pharmaceuticals d.d.
ATX kodi:
- J01CA04
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

STREPTOMISIN poroshok 1g N50 Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
BISEPTOL tabletkalari 960mg N10 Adamed-Polfa S.A Polsha
28 600 s`om dan
LEVORIL tabletkalari 500mg N10 Alchemy Medicine Private Limited Hindiston
75 000 s`om dan
ZIOMISIN tabletkalari 250mg N6 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
28 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Buraladigan qopqoqli, 60 ml xajmli to'q rangli shisha flakonlarda. Ichga qabul qilish uchun 60 ml suspenziya tayyorlash uchun 6,6 g kukun flakonlarda.
1 flakon qo'llashga doir yo'riqnomasi va o'lchov qoshig'i yoki dozalovchi shpris bilan karton qutida.
Flakonni ochish uchun qopqoqchani bosish va uni burash kerak.
Amkosisillin bakteriya xujayra devorining struktur komponenti – peptidoglikan biosentezi jarayonida bir yoki bir nechta fermentlarni (ko'pincha penisillin bog'lovchi oqsillar deb nomlanuvchi) ingibitsiya qiluvchi yarimsintetik penisillin, beta-laktam antibiotik bo'lib hisoblanadi. Peptidoglikan sintezini bostirilishi xujayra devori mustahkamligini yo'qolishiga olib keladi, bu xujayra lizisi va nobud bo'lishiga olib keladi.

Amoksisillin rezistent bakteriyalar tomonidan ishlab chiqariladigan beta-laktamazalar ta'siri ostida parchalanadi, shuning uchun ushbu fermentlarni ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlarga nisbatan faol emas.

Minimal bostiruvchi kontsentrasiyadan yuqori kontsentrasiyani tutib turish vaqti (T>MBK) amoksisillinning samaradorligining asosiy omili deb hisoblanadi.

Amoksisillinga rezistentlik rivojlanishining asosiy mexanizmi bo'lib bakterial beta-laktamazalar tomonidan faolsizlanish va antibakterial preparatni nishonga yaqinligini pasayishini chaqiruvchi penisillin bog'lovi oqsillarni o'zgarishi hisoblanadi. Bakteriyaning o'tkazmasligi yoki preparatni bakteriya xujayrasidan faol tashilishi mexanizmlari rezistentlikning bevosita sababi bo'lishi yoki uni yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin, ayniqsa grammanfiy bakteriyalarda.

Chegaraviy kontsentrasiyalar

EUCAST (mikroblarga qarshi preparatlarga sezuvchanlikni aniqlash bo'yicha Evropa qo'mitasi), versiya 9.0 ga muvofiq minimal bostiruvchi kontsentrasiyalarning chegaraviy ko'rsatkichlari (2019 g., http://www.eucast.org).

Mikroorganizm

Chegaraviy ko'rsatkichlar MBK (mg/l)

Sezuvchanlik ≤

Rezistent>

Enterobacterales*

81

8

Staphylococcus spp.

Izoh2,3

Izoh2,3

Enterococcus spp.4

4

8

A, B, C ва G гуруҳ Streptococcus

Izoh5

Izoh5

Streptococcus pneumoniae

0,56

16

viridans guruhi streptokokklari

0,5

2

Haemophilus influenzae

27

27

Moraxella catharrhalis

Izoh8

Izoh8

Neisseria gonorrhoeae9

Изоҳ9

Изоҳ9

Neisseria meningitidis

0,125

1

Clostridioides difficile10 dan tashqari grammusbat anaeroblar

4

8

Грамманфий анаэроблар10

0,5

2

Helicobacter pylori

0,12511

0,12511

Pasteurella multocida

1

1

Aerococcus sanguinicola и urinae

 Izoh12

Izoh12

Kingella kingae

0,12513

0,12513

Farmakokinetika/ farmakodinamika nisbati nuqtai nazardan chegaraviy ko'rsatkichlar (qo'zg'atuvchining ma'lum turi bilan bog'liq bo'lmagan)

2

8

*Yaqindagi taksonomik tadqiqotlar Enterobacteriaceae oilasi ta'rifini toraytirgan. Ushbu oilaning ayrim avvalgi vakillari endi Enterobacterales qatorining boshqa oilalariga kiritilgan. Ushbu jadvaldagi chegaraviy ko'rsatkichlar Enterobacterales ning barcha vakillariga taalluqli.

1 yovvoyi tipdag enterobacterales aminopenisillinlarga sezuvchan deb baholanadi. Ayrim mamlakatlarda yovvoyi tipdagi E. coli va P. Mirabilis izolyatlari "sezuvchan, ammo moddaning kontsentrasiyasi oshirilganda" deb baholagan afzal. Bunday holatlarda sezuvchan mikroorganizmlar uchun MBK ≤ 0,5 mg/l chegaraviy ko'rsatkichi va ≥ 50 mm zona diametrining tegishli chegaraviy ko'rsatkichlari qo'llanadi.

2 ko'pgina stafilokokklar penisillinaza ishlab chiqaradi, bu benzilpenisillinga, fenoksimetilpenisillinga, ampisillinga, amoksisillinga, piperasillinga va tikarsillinga rezistent qiladi. Benzilpenisillinga va tsefoksitinga sezgir sifatida aniqlangan stafilokokklar yuqoridagi moddalarga sezuvchan deb hisoblanishi mumkin. Ammo peroral shakllarning, xususan fenoksimetilpenisillinning samaradorligi aniqlanmagan bo'lib hisoblanadi. Benzilpenisillinga rezistent, ammo tsefoksitinga sezgir deb aniqlangan izolyatlar beta-laktamaza ingibitorlari bilan majmualarda, izoksazolilpenisillin (oksasillin, kloksasillin, dikloksasillin va flukloksasillin), naftsillin va ko'pgina tsefalosporinlarga sezgir. Tseftarolin va tseftobiproldan tashqari barcha beta-laktam preparatlariga chidamli izolyatlar tsefoksitinga rezistent.

3 Ampisillinga sezgir S.  saprophyticus mecA-manfiy va ampisillin, amoksisillin va piperasillinga sezgir (beta-laktamaza ingibitori bilan yoki usiz).

4 Beta-laktamaza ingibitori bilan yoki usiz ampisillin, amoksisillin va piperasillinga sezuvchanlik ampisillinga sezuvchanlik asosida aniqlanishi mumkin.

5, V guruh streptokokklarni fenoksimetilpenisillin va izoksazolilpenisillinga sezuvchanligidan tashqari A, V, S va G guruh streptokokklarni penisillinlarga sezuvchanlik benzilpenisillinga sezuvchanlik asosida aniqlanishi mumkin.

6 Beta-laktamlarga rezistentlikni inkor etish uchun 1 mkg oksasillin saqlovchi disk bilan skriningdan foydalanish kerak. Agar izolyatlarning skrining test natijalari (bostirish zonasi ≥ 20 mm) manfiy bo'lsa, izolyatlar keyinchalik testsiz barcha beta-laktam moddalarga sezgir deb tan olinishi mumkin, ular uchun klinik chegaraviy kontsentrasiyalar mavjud, shu jumladan "Izoh" belgisi qo'yilganlar uchun ham. Skrining test natijasi ijobiy (bostirish zonasi < 20 mm) bo'lganida interpretasiya uchun EUCAST v.9 yo'riqnomasida keltirilgan sxemaga murojaat etish kerak.

7 Beta-laktamaza-musbat izolyatlar beta-laktamaza ingibitorisiz ampisillin, amoksisillin va piperasillinga rezistent bo'lishi mumkin. Beta-laktamazani aniqlash uchun xromogen tsefalosporinli testni qo'llash mumkin. Faqat yuqori dozali davolash uchun ma'lumotlar: 750 mg – 1 g kuniga 3 marta.

8 M. catarrhalis ning ko'pgina shtammlari beta-laktamaza ishlab chiqaradi, garchi uni ishlab chiqarilishi sekin amalga oshadi va in vitro sharoitlardagi testlarda kuchsiz reaktsiya ko'rsatadi. Beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlarni beta-laktamaza ingibitorisiz qo'llanayotgan penisillinlar va aminopenisillinlarga rezistent deb hisoblash kerak.

9 har doim beta-laktamazalar mavjudligiga test o'tkazish kerak. Agar test musbat bo'lsa, benzilpenisillin, ampisillin va amoksisillinga rezistentlik haqida xabar beriladi. Beta-laktamazalarni aniqlash uchun xromogen tsefalosporinli testdan foydalanish mumkin. Beta-laktamaza-manfiy izolyatlarngi ampisillin va amoksisillinga sezuvchanligi benzilpenisillinga sezuvchanligi asosida aniqlanishi mumkin.

10 ampisillin, amoksisillin, piperasillin va tikarsillinga sezuvchanlik benzilpenisillinga sezuvchanlik asosida aniqlanishi mumkin.

11 chegaraviy kontsentrasiyalar ko'rsatkichlari chegaralarning epidemiologik nuqtalariga (ECOFFs) asoslangan, ular yovvoyi tipdagi izolyatlarni sezuvchanligi pasaygan izolyatlardan ajratadi.

12 sezuvchanlik ampisillinga sezuvchanlik asosida aniqlanadi.

13 sezuvchanlik benzilpenisillinga sezuvchanlik asosida aniqlanishi mumkin.



Ayrim turlarning rezistentligini tarqalganligi mintaqaviy va vaqtga qarab xarakterlanadi, shuning uchun antibiotikorezistentlik bo'yicha mahalliy ma'lumotni olgan afzal, ayniqsa og'ir darajadagi infektsiyalar holatida. Agar antibiotikorezistentlikning mahalliy ko'rsatkichlari kamida ayrim infektsiyalari turlarida dori vositasining samaradorligi gumon qilinsa, tegishli mutaxassislarga murojaat etish kerak.

Odatda sezgir mikroorganizmlar

Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecalis, beta-gemolitik streptokokklar (A, V, S va G guruhi), Listeria monocytogenes

Orttirilgan rezistentlik rivojlanishi potentsialiga ega mikroorganizmlar

Grammanfiy aeroblar: Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Helicobacter pylori, Proteus mirabilis, Salmonella typhi, Salmonella paratyphi, Shigella spp., Pasteurella multocida.

Grammusbat aeroblar: koagulazo-manfiy stafilokokk, Staphylococcus aureus**, Streptococcus pneumoniae, viridans guruhi streptokokklari.

Grammusbat anaeroblar: Clostridium spp. Grammanfiy anaeroblar: Fusobacterium spp. Boshqalar: Borrelia burgdorferi.

Tabiiy rezistentlikka ega mikroorganizmlar*

Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecium*.

Grammanfiy aeroblar: Acinetobacter spp., Enterobacter spp., Klebsiella spp.,

Pseudomonas spp.

Grammanfiy anaeroblar: Bacteroides spp. (Bacteroides fragilis ning ko'pgina shtammlari rezistent).

Boshqalar: Chlamydia spp., Mycoplasma spp., Legionella spp.



* Tabiiy rezistentlik yo'qligida oraliq tabiiy sezuvchanlik.
** Deyarli barcha S. aureus penisillinaza ishlab chiqaradi va amoksisillinga rezistent. Bundan tashqari, barcha metisillinga rezistent shtammlar amoksisillinga rezistent.
Amoksisillin rn fiziologik darajasida suvli eritmada deyarli to'liq dissosiasiyaga uchraydi. Ichga qabul qilingandan keyin u tez va yaxshi so'riladi. Ichga qabul qilinganda amoksisillinning Biokiraolishligi taxminan 70% ga etadi. Cho'qqi kontsentrasiyasiga erishish vaqti (Tmax) taxminan bir soatni tashkil qiladi.

Sog'lom ko'ngillilarda amoksisillinni 250 mg dozada sutkada uch marta och qoringa qabul qilinganda zardobdagi maksimal kontsentrasiyasi 3,3±1,12 mkg/ml ni, maksimal kontsentrasiyasiga erishish vaqti medianasi – 1,5 soatni (diapazon 1,0-2,0), AUC(0-24 ch) ko'rsatkichi – soatiga 26,7±4,56 mkg/ml, yarim chiqarilish davri (T½) — 1,36±0,56 soatni tashkil qilgan.

250 dan 3000 mg gacha dozalar diapazonida biokiraolishlik (AUC va Cmax ko'rsatkichlari) dozaga to'g'ri proportsional. Bir vaqtda ovqat qabul qilish so'rilishga ta'sir ko'rsatmaydi.

Dori vositasi gemodializ yordamida chiqarilishi mumkin.

Plazmadagi amoksisillinning umumiy miqdorining taxminan 18% oqsillar bilan bog'langan holatda bo'ladi. Taxminiy taqsimlanish xajmi taxminan 0,3–0,4 l/kg ni tashkil qiladi.

Vena ichiga yuborilgandan keyin amoksisillin o't qopi, qorin devori to'qimalari, yog'to'qimasi, mushak to'qimasi, sinovial va peritoneal suyuqliklarda, safro va yiringda aniqlanadi. Amoksisillin orqa miya suyuqligiga kuchsiz darajada kiradi.

Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda dori vositasining komponentlarini to'qimalarda ahamiyatli to'planishining dalillari olinmagan. Amoksisillin ko'krak sutiga kiradi. Yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi.

Amoksisillin dastlabki dozaning 10-25 % gacha ekvivalent miqdorlarda nofaol penisillin kislotasi shaklida siydik bilan qisman chiqariladi.

Asosan buyraklar orqali chiqariladi.

Amoksisillin sog'lom odamlarda taxminan bir soat o'rtacha yarim chiqarilish davri va taxminan soatiga 25 l o'rtacha umumiy klirens bilan xarakterlanadi. Amoksisillinning taxminan 60-70% o'zgarmagan ko'rinishda siydik bilan 250 mg yoki 500 mg dozada bir marta qabul qilgandan keyin birinchi 6 soat davomida chiqariladi. 24-soat davr doirasida siydik bilan chiqarilishi 50-85 % ni tashkil qiladi.

Probenesidni yondosh qabul qilish amoksisillinni chiqarilishini sekinlashtiradi.

Pasientlarning yoshi

3 oylikdan 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda, kattaroq yoshdagi bolalar va katta shaxslarda amoksisillinni yarim chiqarilish davri o'xshash. Juda kichik bolalarda (shu jumladan muddatidan oldin tug'ilgan chaqaloqlarda) chiqarilishning buyrak yo'li etilmaganligi tufayli hayotining birinchi xaftasida dori vositasi kuniga ikki martadan ko'proq qo'llanmasligi kerak. Keksa shaxslarda buyrak funktsiyasini pasayishi ehtimoli yuqori bo'lganiligi tufayli, dozani tanlashga ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak, shuningdek buyrak funktsiyasini nazorat qilish talab etilishi mumkin.

Jins

Amoksisillinning farmakokinetikasi pasientning jinsiga bog'liq emas.

Buyrak funktsiyasini buzilishi

Amoksisillinning umumiy plazmadagi klirensi buyrak funktsiyasini pasayishiga proportsional ravishda pasayadi.

Jigar etishmovchiligi

Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarni davolash ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi, jigar funktsiyasini muntazam nazorat qilish talab etiladi.

Eng ko'p uchraydigan noxush reaktsiyalar bo'lib diareya, ko'ngil aynishi va teri toshmasi hisoblanadi.

Noxush reaktsiyalar rivojlanishi tez-tezligini tasniflash uchun quyidagi terminologiyadan foydalanilgan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam xollarda (≥ 1/10 000 dan < 1/1000 gacha), juda kam xollarda (< 1/10 000), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo'lmaydi).

Infektsion va parazitar kasalliklar

Juda kam xollarda: teri va shilliq qavatlar kandidozi.

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar

Juda kam xollarda: qaytuvchan leykopeniya (shu jumladan og'ir darajadagi neytropeniya yoki agranulositoz), qaytuvchan trombositopeniya va gemolitik anemiya, qon ketishi vaqti va protrombin vaqtini uzayishi.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Juda kam xollarda: og'ir darajadagi allergik reaktsiyalar, shu jumladan angionevrotik shish, anafilaksiya, zardob kasalligi va allergik vaskulit.

Tez-tezligi noma'lum: Yarish–Gerksxaymer reaktsiyasi.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Juda kam xollarda: giperkineziya, bosh aylanishi va tirishishlar.

Tez-tezligi noma'lum: aseptik meningit.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: diareya va ko'ngil aynishi.

Tez-tez emas: qusish.

Juda kam xollarda: antibiotik-assosiasiyalangan kolit (shu jumladan soxtamembranoz kolit va gemorragik kolit), qora tukli til, tish rangini yuzaki o'zgarishlari#.

Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Juda kam xollarda: gepatit, xolestatik sariqlik, ast va (yoki) Alt darajalarini o'rtacha oshishi.

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: teri toshmasi.

Tez-tez emas: qichishish, eshakemi.

Juda kam xollarda: ko'p shaklli eritma, Stivens– Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, bullyoz va eksfoliativ dermatit, o'tkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz kabi teri reaktsiyalari, eozinofiliya va tizimli simptomlar (toshma, isitma, limfa tugunlarini kattalashishi va qon tahlilini normadan og'ishi (shu jumladan leykositlar sonini oshishi (eozinofiliya) va jigar fermentlarini oshishi bilan kechuvchi grippsimon simptomlar)) bilan kechuvchi, shuningdek DRESS-sindromi deb nomlanuvchi dori vositasiga reaktsiya.

Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Juda kam xolarda: interstisial nefrit, kristalluriya.


# Tishlar rangini yuzaki o'zgarishi haqida bolalarda xabar berilgan. Og'iz bo'shlig'ini yaxshi gigienasi tishlarni bo'yalishini oldini olishga yordam beradi, chunki u ular tozalanganda bartaraf etiladi.

Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari

Ospamoks preparati bilan davolashni boshlashdan oldn penisillinlar, tsefalosporinlar yoki boshqa beta-laktam antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yuzasidan sinchkovlik anamnez to'plash kerak ("qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" va "nojo'ya ta'sirlar" bo'limlariga qarang). 

Penisillin bilan davolangan pasientlarda ayrim holatlarda o'limga olib keluvchi yuqori sezuvchanlikning jiddiy reaktsiyalari (shu jumladan anafilaktoid va og'ir darajadagi teri noxush reaktsiyalari) rivojlanishi haqida xabarlar olingan. Anamnezida penisillinga yuqori sezuvchanligi yoki atopiyasi bo'lgan shaxslarda bunday reaktsiyalarni rivojlanishi ehtimoli yuqori. Allergik reaktsiya rivojlanganda Ospamoks preparati bilan davolashni to'xtatish va boshqa mos keluvchi davolashni buyurish kerak.

Sezgir bo'lmagan mikroorganizmlar

Ospamoks preparati infektsiyalarning ayrim turlarini davolash uchun mos kelmaydi, qo'zg'atuvchi identifikasiya qilingan va sezuvchan sifatida aniqlangan yoki amoksisillin ushbu qo'zg'atuvchiga nisbatan samarali ekanligining ehtimoli yuqori bo'lgan holatlardan tashqari. Bu ayniqsa siydik chiqarish yo'llari infektsiyalari va quloq, halqum va burunning og'ir darajadagi infektsiyalari bo'lgan pasientlarni davolash ehtimoli ko'rib chiqiladigan holatlarga taalluqli.

Tirishishlar

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda, shuningdek dori vositasining yuqori dozalarini qabul qilayotgan pasientlarda, moyilligi bo'lgan pasientlarda (masalan anamnezida tirishishlar, davolangan tutqanoq yoki meningeal buzilishlar) tirishishlar kuzatilishi mumkin.

Buyrak funktsiyasini buzilishi

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda buzilish darajasiga qarab dozaga tuzatish kiritiladi ("qo'llash usuli va dozalari" bo'limlariga qarang).

Teri reaktsiyalari

Agar davolashni boshida pustulalarni hosil bo'lishi va isitma bilan kechuvchi tarqalgan eritema yuzaga kelsa, bu o'tkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz simptomi bo'lishi mumkin. Ushbu reaktsiya Ospamoks DT preparatini bekor qilishni talab etadi va amoksisillinni keyinchalik buyurish uchun qarshi ko'rsatma bo'lib hisoblanadi.

Infektsion mononukleozga gumon qilinganda Ospamoks DT preparatini buyurishdan saqlanish kerak, chunki ushbu kasallik fonida amoksisillin qo'llanilgandan keyin qizamiqsimon toshma rivojlanishi kuzatilgan.

Yarish–Gerksxaymer reaktsiyasi

Laym kasalligini amoksisillin bilan davolaganda Yarish– Gerksxaymer reaktsiyasi (isitma, qaltirash, bosh og'rig'i, mushaklarda og'riq va terida toshma) kuzatilgan. Bu Laym kasalligi qo'zg'atuvchisi Borrelia burgdorferi spiroxetasiga nisbatan amoksisillinning bakterisid faolligi natijasi bo'lib hisoblanadi. Bu Laym kasalligini antibiotiklar bilan davolashga tez-tez kuzatiladigan, odatdagi va o'z-o'zidan o'tib ketuvchi reaktsiyasidir.

Senzgir bo'lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari o'sishi

Amoksisillinni uzoq vaqt qabul qilish ayrim holatlarda sezgir bo'lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari o'sishiga olib kelishi mumkin.

Deyarli barcha antibakterial preparatlar bilan davolash fonida antibiotiko-assosiasiyalangan kolit holatlari qayd etilgan, u og'irlik darajasi bo'yicha engildan hayot uchun xavfli darajagacha o'zgarishi mumkin. Antibiotikoterapiya fonida yoki u yakunlangandan keyin diareyasi bo'lgan pasientlarda ushbu diagnoz ehtimolini yodda tutish kerak. Antibiotiko-assosiasiyalangan kolit rivojlanganda Ospamoks preparati bilan davolashni darhol to'xtatish, shifokorga murojaat etish va tegishli davolashni boshlash kerak. Bunday holatlarda peristaltikani susaytiruvchi vositalarni qabul qilish mumkin emas.

Uzoq vaqt davolash

Uzoq vaqt davolaganda turli tizimlar a'zolari, shu jumladan buyrak, jigar funktsiyasini va gemopoezni vaqti-vaqti bilan baholash tavsiya etiladi. Jzigar fermentlari darajasini oshishi va qon shaklli elementlari sonini o'zgarishi haqida xabar berilgan.

Antikoagulyantlar

Kam xollarda amoksisillinni qabul qilish fonida protrombin vaqtini uzayishi haqida xabar berilgan. Antikoagulyantlarni bir vaqtda buyurilganda albatta tegishli monitoring o'tkazilishi kerak. Antikoagulyasiyaning kutilgan darajasiga erishish uchun peroral antikoagulyantlarning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin ("boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri va o'zaro ta'sirning boshqa turlari" va "nojo'ya ta'siri" bo'limlariga qarang).

Kristalluriya

Juda kam xollarda diurezi pasaygan pasientlarda, asosan parenteral davolash fonida kristalluriya haqida xabar berilgan. Amoksisillinning yuqori dozalari buyurilganda amoksisillinni qo'llash chaqirgan kristalluriya ehtimolini pasaytirish maqsadida suyuqlik qabul qilishni va diurezni tegishli darajada tutib turish tavsiya etilgan. Qovuqqa kateter o'rnatilgan pasientlarda albatta uning o'tkazuvchanligini muntazam tekshirish kerak.

Diagnostik tahlil natijalariga ta'siri

Zardobda va siydikda amoksisillin darajasini oshishi ayrim laborator tahlil natijalariga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Siydikda amoksisillinning yuqori kontsentrasiyalari tufayli juda tez-tez hollarda kimyoviy usullarda o'tkaziladigan tahlillarning soxtamusbat natijalari kuzatiladi.

Ospamoks preparati bilan davolash vaqtida siydikda glyukoza darajasini glyukozooksidaza yordamida fermentativ usullar bilan nazorat qilish kerak.

Amoksisillinni mavjud bo'lishi homilador ayolda estriolni aniqlash natijasini o'zgartirishi mumkin.

Ospamoks preparati aspartam (E951) saqlaydi, shuning uchun fenilketonuriyasi bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Fenilketonuriya rivojlanishi uchun javobgar bo'lgan gen bo'yicha gomozigot bo'lgan pasientlarni oziqlanishini hisoblaganda aspartam saqlaydigan fenilalaninning miqdorini e'tiborga olish kerak. 5 ml ichga qabul qilish uchun tayyorlangan suspenziya 8,5 mg aspartam va 7,1 mg natriy benzoati saqlaydi.

Bolalar va kattalarda quyidagi infektsiyalarni davolash:

-o'tkir bakterial sinusit;

-o'tkir o'rta otit;

-o'tkir streptokokkli tonzillit va faringit;

-surunkali bronxitni zo'rayishi;

-kasalxonadan tashqari pnevmoniya;

-o'tkir tsistit;

-homiladorlarda simptomsiz bakteriuriya;

-o'tkir pielonefrit;

-TIF va paratif;

-tarqaluvchi flegmona bilan kechuvchi dental abssess;

-protezlangan bo'g'im infektsiyasi;

-Helicobacter pylori eradikasiyasi;

-Laym kasalligi. Endokarditni oldini olishda qo'llanadi.


Antibakterial preparatlarni tegishli qo'llash bo'yicha rasmiy yo'riqnomalarni e'tiborga olish kerak.

Ta'sir etuvchi modda, biron-bir penisillin yoki dori vositasining har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik;

Anamnezida boshqa beta-laktam preparatiga (masalan tsefalosporinlar, karbapenemlar yoki monobaktamlar guruhiga mansub) darhol tipdagi yuqori sezuvchanlikning og'ir darajadagi reaktsiyasi (masalan anafilaksiya)da qo'llash mumkin emas.

 

Пробенецид Пробенецид амоксициллинни буйрак каналчалари орқали секрециясини пасайтиради. Пробеницидни бирга қўллаш тавсия этилмайди, чунки бу қонда амоксициллиннинг даражасини ошишига ва уларни узоқ вақт тутиб турилишига олиб келиши мумкин. Аллопуринол Амоксициллин билан даволаш вақтида аллопуринолни бир вақтда қўллаш аллергик тери реакциялари ривожланиши хавфини ошириши мумкин. Тетрациклинлар Тетрациклинлар ва бошқа бактериостатик дори воситалари амоксициллиннинг бактерицид самарасига таъсир кўрсатиши мумкин. Перорал антикоагулянтлар Перорал антикоагулянтлар пенициллин антибиотиклари билан клиник амалиётда қўлланади, бунда уларнинг ўзаро таъсири ҳақида хабарлар келиб тушмаган. Аммо адабиётда амоксициллин билан буюрилган курс фонида аценокумарол ёки варфарин билан самарани бир маромда ушлаб турувчи даволанаётган пациентларда ҳалқаро нормаллашган нисбат (ҲНН) ни ошиши ҳолатлари таърифланган. Ушбу дори воситаларини амоксициллин билан бир вақтда буюриш зарурати бўлганида, айнан амоксициллин билан даволаш қўшилганда ёки тўхтатилганда протромбин вақти ёки ҲНН ни синчковлик билан мониторингини ўтказиш керак. Бундан ташқари, перорал антикоагулянтларнинг дозасига тузатиш киритиш талаб этилиши мумкин («Махсус кўрсатмалар» ва «Ножўя таъсири» бўлимларига қаранг). Метотрексат Пенициллинлар метотрексатни чиқарилишини пасайтириши мумкин, бу потенциал унинг токсиклигини ошишига олиб келади.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun: zich berkitilgan flakonda 25°S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Tayyor suspenziya 2°S dan 8°S gacha haroratda 14 kungacha saqlansin.

YAROQLILIK MUDDATI
Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun: 3 yil.
Kukun: oq yoki sarg'ish rangli kukun.

Iste'mol qilish uchun tayyor suspenziya: oq yoki sarg'ish rangli suspenziya.

 

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Ovqat qabul qilish amoksisillinning so'rilishini pasaytirmaydi. Tayyorlangan suspenziyaning o'lchov qoshig'i yoki dozalovchi shpris yordamida o'lchab olingan dozasi suv bilan qabul qilinadi. Chaqaloqlarga buyurilgan doza suyultirilmagan holatda beriladi, so'ngra ichish uchun sut yoki choy beriladi.


Suspenziyani tayyorlash

Buraladigan qopqoqcha ochilgandan keyin qalpoqcha zichlagichi buzilmaganligi va flakon bo'g'zida turganligiga ishonch hosil qiling. Agar flakon bo'g'zidagi membrana buzilgan bo'lsa, preparatni qo'llamang.

Kukunni siyraklashtirish uchun flakonni chayqating. Agar suspenziyani tayyorlashdan oldin flakonda qumoqlar ko'rinsa, preparatni qo'llamang.

Suspenziyani tayyorlash uchun flakonni belgigacha taxminan 1 sm etmasdan ichimlik suvi bilan to'ldiring, flakonni berkiting va yaxshilab chayqating. Ko'pik cho'kkanidan keyin aniq belgigacha suv qo'shing. Flakonni yana berkiting va yaxshilab chayqating.

Shundan keyin meva hidli oq yoki sarg'ish rangli suspenziya qo'llash uchun tayyor.

Agar tayyorlagandan keyin suspenziya rangi yuqoridagi ko'rsatilgandan farq qilsa, dori vositasini qo'llash mumkin emas.

Qo'llashdan oldin yaxshilab chayqatilsin!


Davolashni vena ichiga yuborish uchun preparatni dozalash bo'yicha tavsiyalarga muvofiq parenteral boshlash va ichga qabul qilish uchun preparat bilan davom ettirish mumkin.


Dozalari

Muayyan infektsiyani davolash uchun tanlab olingan amoksisillinning dozasi quyidagi omillarga bog'liq:

-taxminiy qo'zg'atuvchilar va ularni antibakterial preparatlarga ehtimoliy sezuvchanligi;

-infektsiyaning og'irlik darajasi va joylashishi;

-quyida ko'rsatilganidek pasientning yoshi, tana vazni va buyrak funktsiyasi.

Davolash davomiyligi infektsiyaning tipiga va pasientning javobiga bog'liq va odatda iloji boricha qisqaroq bo'lishi kerak. Ayrim infektsiyalar qo'shimcha davolashni talab etadi (uzoq vaqt davolash haqida "maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).


Kattalar va tana vazni 40 kg va undan katta bo'lgan bolalar

Ko'rsatmalar*

Doza*

O'tkir bakterial sinusit

 250 mg – 500 mg har 8 soatda yoki 750 mg – 1 g har 12 soatda

Homiladorlardagi simptomsiz bakteriuriya

O'tkir pielonefrit

Og'ir darajadagi infektsiyalarda 750 mg – 1 g har 8 soatda

Tarqalgan flegmona bilan kechuvchi dental abssess

og'ir darajadagi infektsiyalarda 750 mg – 1 g har 8 soatda

O'tkir tsistit

o'tkir tsistitni sutkada ikki marta 3 g doza bilan bir kun davolash mumkin

O'tkir o'rta otit

500 mg har 8 soatda, 750 mg – 1 g har 12 soatda

O'tkir streptokokkli tonzillit va faringit

Surunkali bronxitni zo'rayishi

Kasalxonadan tashqari pnevmoniya

500 mg – 1 g har 8 soatda

TIF va paratif

500 mg – 2 g har 8 soatda

Protezlangan bo'g'im infektsiyalari

500 mg – 1 g har 8 soatda

Endokarditni oldini olish

2 g ichga, bir martalik doza aralashuvdan 30-60 minut oldin

Helicobacter pylori eradikasiyasi

 750 mg – 1 g sutkada ikki marta proton nasosi ingibitori (masalan omeprazol, lansoprazol) va boshqa antibiotiklar (masalan klaritromisin, metronidazol) bilan majmuada 7 kun davomida

Laym kasalligi ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang)

erta bosqich: 500 mg – 1 g har 8 soatda bir necha qabul qilishga bo'lingan sutkada 4 g maksimal dozagacha, 14 kun (10-21 kun) davomida.

Kechki bosqich (tizimli shikastlanish):

500 mg – 2 g har 8 soatda bir necha qabul qilishga bo'lingan sutkada 6 g maksimal dozagacha, 10-30 kun davomida.

* Har bir ko'rsatma uchun davolash bo'yicha rasmiy yo'riqnomalarni e'tiborga olish kerak.


Tana vazni 40 kg dan kam bo'lgan bolalar
Bolalarga amoksisillinni shuningdek bolalar uchun mos keluvchi boshqa dori shakllarida ham buyurish mumkin.
Olti oylikdan kichik bolalarda amoksisillinning Pediatrik suspenziyasi tavsiya etiladi.
Tana vazni 40 kg yoki undan yuqori bo'lgan bolalarda kattalar uchun dozalar qo'llanadi.


Tavsiya etilgan dozalar:

Ko'rsatmalar+

Doza+

O'tkir bakterial sinusit

Bir necha qabul qilishlarga bo'lingan sutkada 20-90 mg/kg*

O'tkir o'rta oti

Kasalxonadan tashqari pnevmoniya

O'tkir tsistit

O'tkir pielonefrit

Tarqalgan flegmona bilan kechuvchi dental abssess

O'tkir streptokokkli tonzillit va faringit

bir necha qabul qilishlarga bo'lingan sutkada 40-90 mg/kg*

TIF va paratif

 uch marta qabul qilishga bo'lingan sutkada 100 mg/kg

Endokarditni oldini olish

 50 mg/kg ichga, bir martalik doza aralashuvdan 30-60 minut oldin

Laym kasalligi ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang)

 erta bosqich: uch marta qabul qilishga bo'lingan sutkada 25-50 mg/kg, 10-21 kun davomida

Kechki bosqich (tizimli shikastlanish): uch marta qabul qilishga bo'lingan sutkada 100 mg/kg, 10-30 kun davomida

+ Har bir ko'rsatma uchun davolash bo'yicha rasmiy yo'riqnomalarni e'tiborga olish kerak.

* Sutkada 2 marta dozalash tartibi faqat diapazonning yuqori chegarasidagi dozalar buyurilganda qo'llanadi.


Keksa pasientlar
Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Buyrak funktsiyasini buzilishi

Kft (ml/minut

Kattalar va tana vazni 40 kg va undan yuqori bo'lgan bolalar

Tana vazni 40 kg dan kam bo'lgan bolalar#

> 30

Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi

Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi

10–30

Maksimum 500 mg sutkada ikki marta

15 mg/kg sutkada ikki marta (maksimum 500 mg sutkada ikki marta)

< 10

Maksimum 500 mg sutkada

15 mg/kg sutkada bir marta (maksimum 500 mg)

#Кўпгина ҳолатларда парентерал даволаш афзал.


Gemodializdagi pasientlar
Amoksisillin gemodializ yo'li bilan qon oqimidan chiqariladi.

Gemodializ

Tana vazni 40 kg dan kam bo'lgan bolalar

15 mg/kg sutkada bir marta (maksimum 500 mg).

Gemodializ o'tkazishdan oldin qo'shimcha 15 mg/kg bitta doza buyurish kerak. Gemodializdan keyin qonda dori vositasining darajasini tiklash uchun yana bitta 15 mg/kg dozani buyurish kerak.

Peritoneal dializdagi pasientlar
Maksimal doza: sutkada 500 mg.

Jigar funktsiyasini buzilishi
Dozani ehtiyotkorlik bilan tanlash va jigar funktsiyasini muntazam nazorat qilish kerak.
Dori vositasini qabul qilishni o'tkazib yuborish
Agar siz dori vositasini qabul qilishni o'tkazib yuborgan bo'lsangiz, bu haqida eslashingiz bilanoq odatdagi dozani qabul qiling. Keyinchalik dori vositasini avvalgi sxema bo'yicha qabul qilishni davom ettiring. O'tkazib yuborilgan dozani o'rnini to'ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilmang

Homiladorlik davrida amoksisillinni qo'llash bo'yicha cheklangan ma'lumotlar tug'ma anomaliyalar rivojlanishi xavfini oshishiga ishora qilmaydi. Agar dori vositasini qo'llashdan potentsial foyda potentsial xavfdan yuqori bo'lsa, Ospamoks preparatini homiladorlik vaqtida qo'llash mumkin. Amoksisillin oz miqdorda ko'krak suti bilan ajraladi, bu sensibilizasiya xavfini tug'diradi. Emizikli chaqaloqlarda diareya va shilliq qavatlarning zamburug'li infektsiyalari rivojlanishi mumkin, shuning uchun emizishni to'xtatish talab etilishi mumkin. Emizish davrida Ospamoks preparati bilan davolashni faqatgina davolovchi shifokor tomonidan foyda/xavf nisbatini baholagandan keyin amalga oshirish mumkin. Amoksisillinni fertillikka ta'siri haqida ma'lumotlar yo'q.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Ospamoks kukun 250 mg / 50 ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Ospamoks kukun 250 mg / 50 ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Ospamoks kukun 250 mg / 50 ml N1 dori vositasi Sandoz Pharmaceuticals d.d. tomonidan Австрия mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Ospamoks kukun 250 mg / 50 ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Ospamoks kukun 250 mg / 50 ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
AMOKSISILLIN kapsulalar 500mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NCPC International Corp., Китай произведено: North China Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN kapsulalar 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NCPC International Corp., Китай произведено: North China Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN tabletkalari 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПРОМОМЕД РУС,ООО произведено Биохимик, АО
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
IRAMOKS 500 kapsulalar 500mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Eron
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cosar Pharmaceutical Co.
Narh: 127 600 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN tabletkalari 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Farmaceuticals d.d., Словения произведено: Sandoz GmbH
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN suspenziya 100ml 125mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
Narh: 6 500 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN kapsulalar 500mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarkand England Ecomedical, СП ООО
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
XIKONSIL poroshok 100ml 250mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 34 500 so'mdan Batafsil
XIKONSIL kapsulalar 500mg N16
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
XIKONSIL kapsulalar 250mg N16
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 22 500 so'mdan Batafsil
FLEMOKSIN SOLYUTAB tabletkalari 500mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V.
Narh: 99 000 so'mdan Batafsil
FLEMOKSIN SOLYUTAB tabletkalari 125mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V.
Narh: 106 000 so'mdan Batafsil
FLEMOKSIN SOLYUTAB tabletkalari 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V.
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
IRAMOKS poroshok 100ml 250mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Eron
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cosar Pharmaceutical Co.
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
IRAMOKS poroshok 100ml 125mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Eron
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cosar Pharmaceutical Co.
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
REAMOKS NEO kapsulalar 250mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
REAMOKS poroshok 25g 250mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group,СП,ООО,Узбекско-Британское
BAKTOKS kapsulalar 500mg N12
XIKONSIL KOMBI poroshok 5ml 400mg/57mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
AMOKSISILLIN tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Farmaceuticals d.d., Словения произведено: Sandoz GmbH
Narh: 34 200 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN kapsulalar 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN kapsulalar 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarkand England Ecomedical, СП ООО
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 67 200 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
Ospamoks DT tabletkalari 1000 mg N20
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9