×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Ospamoks DT tabletkalari 1000 mg N20

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Австрия
Faol modda:
Амоксициллин
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
Vakil:
- Sandoz Pharmaceuticals d.d.
ATX kodi:
- J01CA04.
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 88 ta dorixonasida topildi

ico 61 600 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 70 600 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 61 600 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

SEFURO tabletkalari 250mg N10 Deva Holding A.S Turkiya
AKPIM poroshok 1g Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
SEFAZOLIN poroshok 1,0g Красфарма, ПАО Rossiya
2 500 s`om dan
POLIMIK tabletkalari N10 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
43 700 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Dispersiyalanadigan tabletkalar

Ta'sir etuvchi modda: amoksisillin.

Har bir dispersiyalanadigan tabletka trigidrat ko'rinishida 1000 mg amoksisillin saqlaydi.

Yordamchi moddalar: kukunsimon shaftoli-o'rik aromatizatori, kukunsimon apelsin aromatizatori, magniy stearati, aspartam (E951), kroskarmelloza natriy, mannitol, talk, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, mikrokristall tsellyuloza, maltodekstrin, oldindan jelatinlangan gidroksipropil no'xat kraxmali, titan dioksidi (E171).

Amkosisillin bakteriya xujayra devorining struktur komponenti – peptidoglikan biosentezi jarayonida bir yoki bir nechta fermentlarni (ko'pincha penisillin bog'lovchi oqsillar deb nomlanuvchi) ingibitsiya qiluvchi yarimsintetik penisillin, beta-laktam antibiotik bo'lib hisoblanadi. Peptidoglikan sintezini bostirilishi xujayra devori mustahkamligini yo'qolishiga olib keladi, bu xujayra lizisi va nobud bo'lishiga olib keladi.

Amoksisillin rezistent bakteriyalar tomonidan ishlab chiqariladigan beta-laktamazalar ta'siri ostida parchalanadi, shuning uchun ushbu fermentlarni ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlarga nisbatan faol emas.

Minimal bostiruvchi kontsentrasiyadan yuqori kontsentrasiyani tutib turish vaqti (T>MBK) amoksisillinning samaradorligining asosiy omili deb hisoblanadi.

Amoksisillinga rezistentlik rivojlanishining asosiy mexanizmi bo'lib bakterial beta-laktamazalar tomonidan faolsizlanish va antibakterial preparatni nishonga yaqinligini pasayishini chaqiruvchi penisillin bog'lovi oqsillarni o'zgarishi hisoblanadi. Bakteriyaning o'tkazmasligi yoki preparatni bakteriya xujayrasidan faol tashilishi mexanizmlari rezistentlikning bevosita sababi bo'lishi yoki uni yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin, ayniqsa grammanfiy bakteriyalarda.

Chegaraviy kontsentrasiyalar

EUCAST (mikroblarga qarshi preparatlarga sezuvchanlikni aniqlash bo'yicha Evropa qo'mitasi), versiya 9.0 ga muvofiq minimal bostiruvchi kontsentrasiyalarning chegaraviy ko'rsatkichlari (2019 g., http://www.eucast.org).

Mikroorganizm

Chegaraviy ko'rsatkichlar MBK (mg/l)

Sezuvchanlik ≤

Rezistent>

Enterobacterales*

81

8

Staphylococcus spp.

Izoh2,3

2Izoh,3

Enterococcus spp.4

4

8

A, B, C ва G guruh Streptococcus

Izoh5

Izoh5

Streptococcus pneumoniae

0,56

16

viridans guruhi Streptokokklari

0,5

2

Haemophilus influenzae

27

27

Moraxella catharrhalis

Izoh8

Izoh8

Neisseria gonorrhoeae9

Izoh9

Izoh9

Neisseria meningitidis

0,125

1

Clostridioides difficile10 dan tashqari grammusbat anaeroblar

4

8

Grammanfiy anaeroblar1010

0,5

2

Helicobacter pylori

0,12511

0,12511

Pasteurella multocida

1

1

Aerococcus sanguinicola и urinae

Izoh 12

Izoh12

Kingella kingae

0,12513

0,12513

Farmakokinetika/ farmakodinamika nisbati nuqtai nazardan chegaraviy ko'rsatkichlar (qo'zg'atuvchining ma'lum turi bilan bog'liq bo'lmagan)

2

8

*Yaqindagi taksonomik tadqiqotlar Enterobacteriaceae oilasi ta'rifini toraytirgan. Ushbu oilaning ayrim avvalgi vakillari endi Enterobacterales qatorining boshqa oilalariga kiritilgan. Ushbu jadvaldagi chegaraviy ko'rsatkichlar Enterobacterales ning barcha vakillariga taalluqli.

1 yovvoyi tipdag enterobacterales aminopenisillinlarga sezuvchan deb baholanadi. Ayrim mamlakatlarda yovvoyi tipdagi E. coli va P. Mirabilis izolyatlari "sezuvchan, ammo moddaning kontsentrasiyasi oshirilganda" deb baholagan afzal. Bunday holatlarda sezuvchan mikroorganizmlar uchun MBK ≤ 0,5 mg/l chegaraviy ko'rsatkichi va ≥ 50 mm zona diametrining tegishli chegaraviy ko'rsatkichlari qo'llanadi.

2 ko'pgina stafilokokklar penisillinaza ishlab chiqaradi, bu benzilpenisillinga, fenoksimetilpenisillinga, ampisillinga, amoksisillinga, piperasillinga va tikarsillinga rezistent qiladi. Benzilpenisillinga va tsefoksitinga sezgir sifatida aniqlangan stafilokokklar yuqoridagi moddalarga sezuvchan deb hisoblanishi mumkin. Ammo peroral shakllarning, xususan fenoksimetilpenisillinning samaradorligi aniqlanmagan bo'lib hisoblanadi. Benzilpenisillinga rezistent, ammo tsefoksitinga sezgir deb aniqlangan izolyatlar beta-laktamaza ingibitorlari bilan majmualarda, izoksazolilpenisillin (oksasillin, kloksasillin, dikloksasillin va flukloksasillin), naftsillin va ko'pgina tsefalosporinlarga sezgir. Tseftarolin va tseftobiproldan tashqari barcha beta-laktam preparatlariga chidamli izolyatlar tsefoksitinga rezistent.

3 Ampisillinga sezgir S.  saprophyticus mecA-manfiy va ampisillin, amoksisillin va piperasillinga sezgir (beta-laktamaza ingibitori bilan yoki usiz).

4 Beta-laktamaza ingibitori bilan yoki usiz ampisillin, amoksisillin va piperasillinga sezuvchanlik ampisillinga sezuvchanlik asosida aniqlanishi mumkin.

5, V guruh streptokokklarni fenoksimetilpenisillin va izoksazolilpenisillinga sezuvchanligidan tashqari A, V, S va G guruh streptokokklarni penisillinlarga sezuvchanlik benzilpenisillinga sezuvchanlik asosida aniqlanishi mumkin.

6 Beta-laktamlarga rezistentlikni inkor etish uchun 1 mkg oksasillin saqlovchi disk bilan skriningdan foydalanish kerak. Agar izolyatlarning skrining test natijalari (bostirish zonasi ≥ 20 mm) manfiy bo'lsa, izolyatlar keyinchalik testsiz barcha beta-laktam moddalarga sezgir deb tan olinishi mumkin, ular uchun klinik chegaraviy kontsentrasiyalar mavjud, shu jumladan "Izoh" belgisi qo'yilganlar uchun ham. Skrining test natijasi ijobiy (bostirish zonasi < 20 mm) bo'lganida interpretasiya uchun EUCAST v.9 yo'riqnomasida keltirilgan sxemaga murojaat etish kerak.

7 Beta-laktamaza-musbat izolyatlar beta-laktamaza ingibitorisiz ampisillin, amoksisillin va piperasillinga rezistent bo'lishi mumkin. Beta-laktamazani aniqlash uchun xromogen tsefalosporinli testni qo'llash mumkin. Faqat yuqori dozali davolash uchun ma'lumotlar: 750 mg – 1 g kuniga 3 marta.

8 M. catarrhalis ning ko'pgina shtammlari beta-laktamaza ishlab chiqaradi, garchi uni ishlab chiqarilishi sekin amalga oshadi va in vitro sharoitlardagi testlarda kuchsiz reaktsiya ko'rsatadi. Beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlarni beta-laktamaza ingibitorisiz qo'llanayotgan penisillinlar va aminopenisillinlarga rezistent deb hisoblash kerak.

9 har doim beta-laktamazalar mavjudligiga test o'tkazish kerak. Agar test musbat bo'lsa, benzilpenisillin, ampisillin va amoksisillinga rezistentlik haqida xabar beriladi. Beta-laktamazalarni aniqlash uchun xromogen tsefalosporinli testdan foydalanish mumkin. Beta-laktamaza-manfiy izolyatlarngi ampisillin va amoksisillinga sezuvchanligi benzilpenisillinga sezuvchanligi asosida aniqlanishi mumkin.

10 ampisillin, amoksisillin, piperasillin va tikarsillinga sezuvchanlik benzilpenisillinga sezuvchanlik asosida aniqlanishi mumkin.

11 chegaraviy kontsentrasiyalar ko'rsatkichlari chegaralarning epidemiologik nuqtalariga (ECOFFs) asoslangan, ular yovvoyi tipdagi izolyatlarni sezuvchanligi pasaygan izolyatlardan ajratadi.

12 sezuvchanlik ampisillinga sezuvchanlik asosida aniqlanadi.

13 sezuvchanlik benzilpenisillinga sezuvchanlik asosida aniqlanishi mumkin.


Ayrim turlarning rezistentligini tarqalganligi mintaqaviy va vaqtga qarab xarakterlanadi, shuning uchun antibiotikorezistentlik bo'yicha mahalliy ma'lumotni olgan afzal, ayniqsa og'ir darajadagi infektsiyalar holatida. Agar antibiotikorezistentlikning mahalliy ko'rsatkichlari kamida ayrim infektsiyalari turlarida dori vositasining samaradorligi gumon qilinsa, tegishli mutaxassislarga murojaat etish kerak.

Odatda sezgir mikroorganizmlar

Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecalis, beta-gemolitik streptokokklar (A, V, S va G guruhi), Listeria monocytogenes

Orttirilgan rezistentlik rivojlanishi potentsialiga ega mikroorganizmlar

Grammanfiy aeroblar: Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Helicobacter pylori, Proteus mirabilis, Salmonella typhi, Salmonella paratyphi, Shigella spp., Pasteurella multocida.

Grammusbat aeroblar: koagulazo-manfiy stafilokokk, Staphylococcus aureus**, Streptococcus pneumoniae, viridans guruhi streptokokklari.

Grammusbat anaeroblar: Clostridium spp. Grammanfiy anaeroblar: Fusobacterium spp. Boshqalar: Borrelia burgdorferi.

Tabiiy rezistentlikka ega mikroorganizmlar*

Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecium*.

Grammanfiy aeroblar: Acinetobacter spp., Enterobacter spp., Klebsiella spp.,

Pseudomonas spp.

Grammanfiy anaeroblar: Bacteroides spp. (Bacteroides fragilis ning ko'pgina shtammlari rezistent).

Boshqalar: Chlamydia spp., Mycoplasma spp., Legionella spp.


* Tabiiy rezistentlik yo'qligida oraliq tabiiy sezuvchanlik.
** Deyarli barcha S. aureus penisillinaza ishlab chiqaradi va amoksisillinga rezistent. Bundan tashqari, barcha metisillinga rezistent shtammlar amoksisillinga rezistent.
Amoksisillin rn fiziologik darajasida suvli eritmada deyarli to'liq dissosiasiyaga uchraydi. Ichga qabul qilingandan keyin u tez va yaxshi so'riladi. Ichga qabul qilinganda amoksisillinning Biokiraolishligi taxminan 70% ga etadi. Cho'qqi kontsentrasiyasiga erishish vaqti (Tmax) taxminan bir soatni tashkil qiladi.

Sog'lom ko'ngillilarda amoksisillinni 250 mg dozada sutkada uch marta och qoringa qabul qilinganda zardobdagi maksimal kontsentrasiyasi 3,3±1,12 mkg/ml ni, maksimal kontsentrasiyasiga erishish vaqti medianasi – 1,5 soatni (diapazon 1,0-2,0), AUC(0-24 ch) ko'rsatkichi – soatiga 26,7±4,56 mkg/ml, yarim chiqarilish davri (T½) — 1,36±0,56 soatni tashkil qilgan.

250 dan 3000 mg gacha dozalar diapazonida biokiraolishlik (AUC va Cmax ko'rsatkichlari) dozaga to'g'ri proportsional. Bir vaqtda ovqat qabul qilish so'rilishga ta'sir ko'rsatmaydi.

Dori vositasi gemodializ yordamida chiqarilishi mumkin.

Plazmadagi amoksisillinning umumiy miqdorining taxminan 18% oqsillar bilan bog'langan holatda bo'ladi. Taxminiy taqsimlanish xajmi taxminan 0,3–0,4 l/kg ni tashkil qiladi.

Vena ichiga yuborilgandan keyin amoksisillin o't qopi, qorin devori to'qimalari, yog'to'qimasi, mushak to'qimasi, sinovial va peritoneal suyuqliklarda, safro va yiringda aniqlanadi. Amoksisillin orqa miya suyuqligiga kuchsiz darajada kiradi.

Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda dori vositasining komponentlarini to'qimalarda ahamiyatli to'planishining dalillari olinmagan. Amoksisillin ko'krak sutiga kiradi. Yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi.

Amoksisillin dastlabki dozaning 10-25 % gacha ekvivalent miqdorlarda nofaol penisillin kislotasi shaklida siydik bilan qisman chiqariladi.

Asosan buyraklar orqali chiqariladi.

Amoksisillin sog'lom odamlarda taxminan bir soat o'rtacha yarim chiqarilish davri va taxminan soatiga 25 l o'rtacha umumiy klirens bilan xarakterlanadi. Amoksisillinning taxminan 60-70% o'zgarmagan ko'rinishda siydik bilan 250 mg yoki 500 mg dozada bir marta qabul qilgandan keyin birinchi 6 soat davomida chiqariladi. 24-soat davr doirasida siydik bilan chiqarilishi 50-85 % ni tashkil qiladi.

Probenesidni yondosh qabul qilish amoksisillinni chiqarilishini sekinlashtiradi.

Pasientlarning yoshi

3 oylikdan 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda, kattaroq yoshdagi bolalar va katta shaxslarda amoksisillinni yarim chiqarilish davri o'xshash. Juda kichik bolalarda (shu jumladan muddatidan oldin tug'ilgan chaqaloqlarda) chiqarilishning buyrak yo'li etilmaganligi tufayli hayotining birinchi xaftasida dori vositasi kuniga ikki martadan ko'proq qo'llanmasligi kerak. Keksa shaxslarda buyrak funktsiyasini pasayishi ehtimoli yuqori bo'lganiligi tufayli, dozani tanlashga ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak, shuningdek buyrak funktsiyasini nazorat qilish talab etilishi mumkin.

Jins

Amoksisillinning farmakokinetikasi pasientning jinsiga bog'liq emas.

Buyrak funktsiyasini buzilishi

Amoksisillinning umumiy plazmadagi klirensi buyrak funktsiyasini pasayishiga proportsional ravishda pasayadi.

Jigar etishmovchiligi

Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarni davolash ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi, jigar funktsiyasini muntazam nazorat qilish talab etiladi.

Eng ko'p uchraydigan noxush reaktsiyalar bo'lib diareya, ko'ngil aynishi va teri toshmasi hisoblanadi.

Noxush reaktsiyalar rivojlanishi tez-tezligini tasniflash uchun quyidagi terminologiyadan foydalanilgan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam xollarda (≥ 1/10 000 dan < 1/1000 gacha), juda kam xollarda (< 1/10 000), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo'lmaydi).

Infektsion va parazitar kasalliklar

Juda kam xollarda: teri va shilliq qavatlar kandidozi.

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar

Juda kam xollarda: qaytuvchan leykopeniya (shu jumladan og'ir darajadagi neytropeniya yoki agranulositoz), qaytuvchan trombositopeniya va gemolitik anemiya, qon ketishi vaqti va protrombin vaqtini uzayishi.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Juda kam xollarda: og'ir darajadagi allergik reaktsiyalar, shu jumladan angionevrotik shish, anafilaksiya, zardob kasalligi va allergik vaskulit.

Tez-tezligi noma'lum: Yarish–Gerksxaymer reaktsiyasi.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Juda kam xollarda: giperkineziya, bosh aylanishi va tirishishlar.

Tez-tezligi noma'lum: aseptik meningit.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: diareya va ko'ngil aynishi.

Tez-tez emas: qusish.

Juda kam xollarda: antibiotik-assosiasiyalangan kolit (shu jumladan soxtamembranoz kolit va gemorragik kolit), qora tukli til, tish rangini yuzaki o'zgarishlari#.

Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Juda kam xollarda: gepatit, xolestatik sariqlik, ast va (yoki) Alt darajalarini o'rtacha oshishi.

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: teri toshmasi.

Tez-tez emas: qichishish, eshakemi.

Juda kam xollarda: ko'p shaklli eritma, Stivens– Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, bullyoz va eksfoliativ dermatit, o'tkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz kabi teri reaktsiyalari, eozinofiliya va tizimli simptomlar (toshma, isitma, limfa tugunlarini kattalashishi va qon tahlilini normadan og'ishi (shu jumladan leykositlar sonini oshishi (eozinofiliya) va jigar fermentlarini oshishi bilan kechuvchi grippsimon simptomlar)) bilan kechuvchi, shuningdek DRESS-sindromi deb nomlanuvchi dori vositasiga reaktsiya.

Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Juda kam xolarda: interstisial nefrit, kristalluriya.


# Tishlar rangini yuzaki o'zgarishi haqida bolalarda xabar berilgan. Og'iz bo'shlig'ini yaxshi gigienasi tishlarni bo'yalishini oldini olishga yordam beradi, chunki u ular tozalanganda bartaraf etiladi.

Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Ospamoks DT preparati bilan davolashni boshlashdan oldn penisillinlar, tsefalosporinlar yoki boshqa beta-laktam antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yuzasidan sinchkovlik anamnez to'plash kerak ("qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" va "nojo'ya ta'sirlar" bo'limlariga qarang). Penisillin bilan davolangan pasientlarda ayrim holatlarda o'limga olib keluvchi yuqori sezuvchanlikning jiddiy reaktsiyalari (shu jumladan anafilaktoid va og'ir darajadagi teri noxush reaktsiyalari) rivojlanishi haqida xabarlar olingan. Anamnezida penisillinga yuqori sezuvchanligi yoki atopiyasi bo'lgan shaxslarda bunday reaktsiyalarni rivojlanishi ehtimoli yuqori. Allergik reaktsiya rivojlanganda Ospamoks DT preparati bilan davolashni to'xtatish va boshqa mos keluvchi davolashni buyurish kerak.
Sezgir bo'lmagan mikroorganizmlar
Ospamoks DT preparati infektsiyalarning ayrim turlarini davolash uchun mos kelmaydi, qo'zg'atuvchi identifikasiya qilingan va sezuvchan sifatida aniqlangan yoki amoksisillin ushbu qo'zg'atuvchiga nisbatan samarali ekanligining ehtimoli yuqori bo'lgan holatlardan tashqari. Bu ayniqsa siydik chiqarish yo'llari infektsiyalari va quloq, halqum va burunning og'ir darajadagi infektsiyalari bo'lgan pasientlarni davolash ehtimoli ko'rib chiqiladigan holatlarga taalluqli.
Tirishishlar
Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda, shuningdek dori vositasining yuqori dozalarini qabul qilayotgan pasientlarda, moyilligi bo'lgan pasientlarda (masalan anamnezida tirishishlar, davolangan tutqanoq yoki meningeal buzilishlar) tirishishlar kuzatilishi mumkin.
Buyrak funktsiyasini buzilishi
Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda buzilish darajasiga qarab dozaga tuzatish kiritiladi ("qo'llash usuli va dozalari" bo'limlariga qarang).
Teri reaktsiyalari
Agar davolashni boshida pustulalarni hosil bo'lishi va isitma bilan kechuvchi tarqalgan eritema yuzaga kelsa, bu o'tkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz simptomi bo'lishi mumkin. Ushbu reaktsiya Ospamoks DT preparatini bekor qilishni talab etadi va amoksisillinni keyinchalik buyurish uchun qarshi ko'rsatma bo'lib hisoblanadi.
Infektsion mononukleozga gumon qilinganda Ospamoks DT preparatini buyurishdan saqlanish kerak, chunki ushbu kasallik fonida amoksisillin qo'llanilgandan keyin qizamiqsimon toshma rivojlanishi kuzatilgan.
Yarish–Gerksxaymer reaktsiyasi
Laym kasalligini amoksisillin bilan davolaganda Yarish– Gerksxaymer reaktsiyasi (isitma, qaltirash, bosh og'rig'i, mushaklarda og'riq va terida toshma) kuzatilgan. Bu Laym kasalligi qo'zg'atuvchisi Borrelia burgdorferi spiroxetasiga nisbatan amoksisillinning bakterisid faolligi natijasi bo'lib hisoblanadi. Bu Laym kasalligini antibiotiklar bilan davolashga tez-tez kuzatiladigan, odatdagi va o'z-o'zidan o'tib ketuvchi reaktsiyasidir.
Senzgir bo'lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari o'sishi
Amoksisillinni uzoq vaqt qabul qilish ayrim holatlarda sezgir bo'lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari o'sishiga olib kelishi mumkin.
Deyarli barcha antibakterial preparatlar bilan davolash fonida antibiotiko-assosiasiyalangan kolit holatlari qayd etilgan, u og'irlik darajasi bo'yicha engildan hayot uchun xavfli darajagacha o'zgarishi mumkin. Antibiotikoterapiya fonida yoki u yakunlangandan keyin diareyasi bo'lgan pasientlarda ushbu diagnoz ehtimolini yodda tutish kerak. Antibiotiko-assosiasiyalangan kolit rivojlanganda Ospamoks DT preparati bilan davolashni darhol to'xtatish, shifokorga murojaat etish va tegishli davolashni boshlash kerak. Bunday holatlarda peristaltikani susaytiruvchi vositalarni qabul qilish mumkin emas.
Uzoq vaqt davolash
Uzoq vaqt davolaganda turli tizimlar a'zolari, shu jumladan buyrak, jigar funktsiyasini va gemopoezni vaqti-vaqti bilan baholash tavsiya etiladi. Jzigar fermentlari darajasini oshishi va qon shaklli elementlari sonini o'zgarishi haqida xabar berilgan.
Antikoagulyantlar
Kam xollarda amoksisillinni qabul qilish fonida protrombin vaqtini uzayishi haqida xabar berilgan. Antikoagulyantlarni bir vaqtda buyurilganda albatta tegishli monitoring o'tkazilishi kerak. Antikoagulyasiyaning kutilgan darajasiga erishish uchun peroral antikoagulyantlarning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin ("boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri va o'zaro ta'sirning boshqa turlari" va "nojo'ya ta'siri" bo'limlariga qarang).
Kristalluriya
Juda kam xollarda diurezi pasaygan pasientlarda, asosan parenteral davolash fonida kristalluriya haqida xabar berilgan. Amoksisillinning yuqori dozalari buyurilganda amoksisillinni qo'llash chaqirgan kristalluriya ehtimolini pasaytirish maqsadida suyuqlik qabul qilishni va diurezni tegishli darajada tutib turish tavsiya etilgan. Qovuqqa kateter o'rnatilgan pasientlarda albatta uning o'tkazuvchanligini muntazam tekshirish kerak.
Diagnostik tahlil natijalariga ta'siri
Zardobda va siydikda amoksisillin darajasini oshishi ayrim laborator tahlil natijalariga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Siydikda amoksisillinning yuqori kontsentrasiyalari tufayli juda tez-tez hollarda kimyoviy usullarda o'tkaziladigan tahlillarning soxtamusbat natijalari kuzatiladi.
Ospamoks DT preparati bilan davolash vaqtida siydikda glyukoza darajasini glyukozooksidaza yordamida fermentativ usullar bilan nazorat qilish kerak.
Amoksisillinni mavjud bo'lishi homilador ayolda estriolni aniqlash natijasini o'zgartirishi mumkin.

Ospamoks DT 1000 mg 1 tabletkada 4,8 mg miqdorda aspartam (E951) saqlaydi. Aspartam fenilalaninning manbai bo'lib hisoblanadi. U organizm fenilalaninni tegishli ravishda chiqarolmaganligi sababli uni to'planishi kuzatiladigan kam uchraydigan nasliy kasallik – fenilketonuriyasi bo'lgan pasientlarga zarar etkazishi mumkin. Aspartamni 12 xaftalikdan kichik bolalarda qo'llashni baholash uchun na klinik, na klinik oldi ma'lumotlari mavjud.
Bolalar va kattalarda quyidagi infektsiyalarni davolash:

-o'tkir bakterial sinusit;

-o'tkir o'rta otit;

-o'tkir streptokokkli tonzillit va faringit;

-surunkali bronxitni zo'rayishi;

-kasalxonadan tashqari pnevmoniya;

-o'tkir tsistit;

-homiladorlarda simptomsiz bakteriuriya;

-o'tkir pielonefrit;

-TIF va paratif;

-tarqaluvchi flegmona bilan kechuvchi dental abssess;

-protezlangan bo'g'im infektsiyasi;

-Helicobacter pylori eradikasiyasi;

-Laym kasalligi. Endokarditni oldini olishda qo'llanadi.


Antibakterial preparatlarni tegishli qo'llash bo'yicha rasmiy yo'riqnomalarni e'tiborga olish kerak.


· Таъсир этувчи модда, бирон-бир пенициллин ёки дори воситасининг ҳар қандай ёрдамчи моддаларига юқори сезувчанлик;

· Анамнезида бошқа бета-лактам препаратига (масалан цефалоспоринлар, карбапенемлар ёки монобактамлар гуруҳига мансуб) дарҳол типдаги юқори сезувчанликнинг оғир даражадаги реакцияси (масалан анафилаксия)да қўллаш мумкин эмас.

Probenesid Probenesid amoksisillinni buyrak kanalchalari orqali sekresiyasini pasaytiradi. Probenisidni birga qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki bu qonda amoksisillinning darajasini oshishiga va ularni uzoq vaqt tutib turilishiga olib kelishi mumkin. Allopurinol Amoksisillin bilan davolash vaqtida allopurinolni bir vaqtda qo'llash allergik teri reaktsiyalari rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin. Tetrasiklinlar Tetrasiklinlar va boshqa bakteriostatik dori vositalari amoksisillinning bakterisid samarasiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Peroral antikoagulyantlar Peroral antikoagulyantlar penisillin antibiotiklari bilan klinik amaliyotda qo'llanadi, bunda ularning o'zaro ta'siri haqida xabarlar kelib tushmagan. Ammo adabiyotda amoksisillin bilan buyurilgan kurs fonida atsenokumarol yoki varfarin bilan samarani bir maromda ushlab turuvchi davolanayotgan pasientlarda halqaro normallashgan nisbat (HNN) ni oshishi holatlari ta'riflangan. Ushbu dori vositalarini amoksisillin bilan bir vaqtda buyurish zarurati bo'lganida, aynan amoksisillin bilan davolash qo'shilganda yoki to'xtatilganda protrombin vaqti yoki HNN ni sinchkovlik bilan monitoringini o'tkazish kerak. Bundan tashqari, peroral antikoagulyantlarning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin ("maxsus ko'rsatmalar" va "nojo'ya ta'siri" bo'limlariga qarang). Metotreksat Penisillinlar Metotreksatni chiqarilishini pasaytirishi mumkin, bu potentsial uning toksikligini oshishiga olib keladi.
Болалар ололмайдиган жойда сақлансин!

Намликдан ҳимояланган жойда, 25°С дан юқори бўлмаган ҳароратда сақлансин.


ЯРОҚЛИЛИК МУДДАТИ

3 йил.

Uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, oqdan sarg'ish-oq rangli, 10 x 22 mm o'lchamli, ikki tomonila o'yiqchasi bo'lgan tabletkalar.

O'yiqcha tabletkani teng dozalarga bo'lish uchun mo'ljallanmagan.

Ичга қабул қилиш учун буюрилади.

Фақат таблеткани сувда эритилгандан кейин қабул қилинсин. Таблетка бутунлигича ютиб юборилмасин!

Таблетка сувда (камида 50 мл) эритилади, ҳосил бўлган суспензия яхшилаб аралаштирилади ва дарҳол қабул қилинади. Овқат қабул қилиш дори воситасини сўрилишини пасайтирмайди.

Даволашни ичга юбориш учун дори воситасини дозалаш бўйича тавсияларга мувофиқ парентерал бошлаш ва ичга қабул қилиш учун бошқа дори шакллари билан давом эттириш мумкин.

Дозалари

Муайян инфекцияни даволаш учун танлаб олинган амоксициллиннинг дозаси қуйидаги омилларга боғлиқ:

- тахминий қўзғатувчилар ва уларни антибактериал препаратларга эҳтимолий сезувчанлиги;

- инфекциянинг оғирлик даражаси ва жойлашиши;

- қуйида кўрсатилганидек пациентнинг ёши, тана вазни ва буйрак функцияси.

Даволаш давомийлиги инфекциянинг типига ва пациентнинг жавобига боғлиқ ва одатда иложи борича қисқароқ бўлиши керак. Айрим инфекциялар қўшимча даволашни талаб этади (узоқ вақт даволаш ҳақида «Махсус кўрсатмалар» бўлимига қаранг).

Катталар ва тана вазни 40 кг ва ундан катта бўлган болалар


Кўрсатмалар*

Доза*

Ўткир бактериал синусит

250 мг – 500 мг ҳар 8 соатда ёки 750 мг – 1 г ҳар 12 соатда

Ҳомиладорлардаги симптомсиз бактериурия

Ўткир пиелонефрит

Тарқалган флегмона билан кечувчи дентал абсцесс

Оғир даражадаги инфекцияларда 750 мг – 1 г ҳар 8 соатда

Ўткир цистит

Ўткир циститни суткада икки марта 3 г доза билан бир кун  даволаш мумкин

Ўткир ўрта отит

500 мг ҳар 8 соатда, 750 мг – 1 г ҳар 12 соатда

Ўткир стрептококкли тонзиллит ва фарингит

Сурункали бронхитни зўрайиши

Касалхонадан ташқари пневмония

500 мг – 1 г ҳар 8 соатда

Тиф ва паратиф

500 мг – 2 г ҳар 8 соатда

Протезланган бўғим инфекциялари

500 мг – 1 г ҳар 8 соатда

Эндокардитни олдини олиш

2 г ичга, бир марталик доза аралашувдан 30-60 минут олдин

Helicobacter pylori эрадикацияси

750 мг – 1 г суткада икки марта протон насоси ингибитори (масалан омепразол, лансопразол) ва бошқа антибиотиклар (масалан кларитромицин, метронидазол) билан мажмуада 7 кун давомида

Лайм касаллиги («Махсус кўрсатмалар» бўлимига қаранг)

Эрта босқич: 500 мг – 1 г ҳар 8 соатда бир неча қабул қилишга бўлинган суткада 4 г максимал дозагача, 14 кун (10-21 кун) давомида.

Кечки босқич (тизимли шикастланиш):

500 мг – 2 г ҳар 8 соатда бир неча қабул қилишга бўлинган суткада 6 г максимал дозагача, 10-30 кун давомида.

* Ҳар бир кўрсатма учун даволаш бўйича расмий йўриқномаларни эътиборга олиш керак.




Тана вазни 40 кг дан кам бўлган болалар

Болаларга амоксициллинни шунингдек болалар учун мос келувчи бошқа дори шаклларида ҳам буюриш мумкин.

Олти ойликдан кичик болаларда амоксициллиннинг педиатрик суспензияси тавсия этилади.

Тана вазни 40 кг ёки ундан юқори бўлган болаларда катталар учун дозалар қўлланади.

Тавсия этилган дозалар:

Ko'rsatmalar +

Doza+

Bir necha qabul qilishlarga bo'lingan sutkada

Bir necha qabul qilishlarga bo'lingan sutkada 20-90 mg/kg

O'tkir o'rta otit

Kasalxonadan tashqari pnevmoniya

O'tkir tsistit

O'tkir pielonefrit

Tarqalgan flegmona bilan kechuvchi dental abssess

O'tkir streptokokkli tonzillit va faringit

Bir necha qabul qilishlarga bo'lingan sutkada 40-90 mg/kg

TIF va paratif

uch marta qabul qilishga bo'lingan sutkada 100 mg/kg

Endokarditni oldini olish

 50 mg/kg ichga, bir martalik doza aralashuvdan 30-60 minut oldin

Laym kasalligi ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang)

 erta bosqich: uch marta qabul qilishga bo'lingan sutkada 25-50 mg/kg, 10-21 kun davomida

Kechki bosqich (tizimli shikastlanish): uch marta qabul qilishga bo'lingan sutkada 100 mg/kg, 10-30 kun davomida

+ Har bir ko'rsatma uchun davolash bo'yicha rasmiy yo'riqnomalarni e'tiborga olish kerak.

* Sutkada 2 marta dozalash tartibi faqat diapazonning yuqori chegarasidagi dozalar buyurilganda qo'llanadi.


Keksa pasientlar
Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Buyrak funktsiyasini buzilishi


Kft (ml/minut)

Kattalar va tana vazni 40 kg va undan yuqori bo'lgan bolalar

Tana vazni 40 kg dan kam bo'lgan bolalar#

> 30

Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi

Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi

10–30

Maksimum 500 mg sutkada ikki marta

15 mg/kg sutkada ikki marta (maksimum 500 mg sutkada ikki marta)

< 10

Maksimum 500 mg sutkada

 15 mg/kg sutkada bir marta (maksimum 500 mg)

.#Ko'pgina holatlarda parenteral davolash afzal


Gemodializdagi pasientlar
Amoksisillin gemodializ yo'li bilan qon oqimidan chiqariladi.

Gemodializ

Kattalar va tana vazni 40 kg va undan yuqori bo'lgan bolalar

500 mg har 24 soatda.

Gemodializ o'tkazishdan oldin qo'shimcha 500 mg bitta doza buyurish kerak.Gemodializdan keyin qonda dori vositasining darajasini tiklash uchun yana bitta 500 mg dozani buyurish kerak.

Tana vazni 40 kg dan kam bo'lgan bolalar

 15 mg/kg bitta doza buyurish kerak. Gemodializdan keyin qonda dori vositasining darajasini tiklash uchun yana bitta 15 mg/kg dozani buyurish kerak.


Peritoneal dializdagi pasientlar
Maksimal doza: sutkada 500 mg.

Jigar funktsiyasini buzilishi
Dozani ehtiyotkorlik bilan tanlash va jigar funktsiyasini muntazam nazorat qilish kerak.

Dori vositasini qabul qilishni o'tkazib yuborish
Agar siz dori vositasini qabul qilishni o'tkazib yuborgan bo'lsangiz, bu haqida eslashingiz bilanoq odatdagi dozani qabul qiling. Keyinchalik dori vositasini avvalgi sxema bo'yicha qabul qilishni davom ettiring. O'tkazib yuborilgan dozani o'rnini to'ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilmang.
Oshibning dozasi yuborilganva oshqozon-ichak kasalliklari belgilari (kyrgyzil ainish, kisish, diareya) va suv-elektrolitlar muvozanati rivohlanishi mumkin. Havo holatlarida buirak ilishmovchiliga olib keluvchiamoksitsillin-assotsiatsiyalanganfristaluriya go'latlar kuzatilgan. Buyrak funkciasius boulgan pazientlarda va dori dorilar qabul kilaetgan bemorlarda tirishishlar yuzga kelishi bo'lishi mumkin.

Oshqozon - ichaklar tomonidan buzilishlar simptomatik davolanadi, bunda suv-elektrolitlar muvozanatli tiklanishga alohida harakat qiladi.

Amoksitsillin-bu amalga oshiriladigan yordamchi gemodializ organizmidir.

Homiladorlik davrida amoksisillinni qo'llash bo'yicha cheklangan ma'lumotlar tug'ma anomaliyalar rivojlanishi xavfini oshishiga ishora qilmaydi. Agar dori vositasini qo'llashdan potentsial foyda potentsial xavfdan yuqori bo'lsa, Ospamoks DT preparatini homiladorlik vaqtida qo'llash mumkin. Amoksisillin oz miqdorda ko'krak suti bilan ajraladi, bu sensibilizasiya xavfini tug'diradi. Emizikli chaqaloqlarda diareya va shilliq qavatlarning zamburug'li infektsiyalari rivojlanishi mumkin, shuning uchun emizishni to'xtatish talab etilishi mumkin. Emizish davrida Ospamoks DT preparati bilan davolashni faqatgina davolovchi shifokor tomonidan foyda/xavf nisbatini baholagandan keyin amalga oshirish mumkin. Amoksisillinni fertillikka ta'siri haqida ma'lumotlar yo'q.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Ospamoks DT tabletkalari 1000 mg N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Ospamoks DT tabletkalari 1000 mg N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Ospamoks DT tabletkalari 1000 mg N20 dori vositasi Sandoz Pharmaceuticals d.d. tomonidan Австрия mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Ospamoks DT tabletkalari 1000 mg N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Ospamoks DT tabletkalari 1000 mg N20 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
AMOKSISILLIN kapsulalar 500mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NCPC International Corp., Китай произведено: North China Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN kapsulalar 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NCPC International Corp., Китай произведено: North China Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN tabletkalari 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПРОМОМЕД РУС,ООО произведено Биохимик, АО
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
IRAMOKS 500 kapsulalar 500mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Eron
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cosar Pharmaceutical Co.
Narh: 127 600 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN tabletkalari 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Farmaceuticals d.d., Словения произведено: Sandoz GmbH
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN suspenziya 100ml 125mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
Narh: 6 500 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN kapsulalar 500mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarkand England Ecomedical, СП ООО
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
XIKONSIL poroshok 100ml 250mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 34 500 so'mdan Batafsil
XIKONSIL kapsulalar 500mg N16
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
XIKONSIL kapsulalar 250mg N16
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 22 500 so'mdan Batafsil
FLEMOKSIN SOLYUTAB tabletkalari 500mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V.
Narh: 99 000 so'mdan Batafsil
FLEMOKSIN SOLYUTAB tabletkalari 125mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V.
Narh: 106 000 so'mdan Batafsil
FLEMOKSIN SOLYUTAB tabletkalari 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V.
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
IRAMOKS poroshok 100ml 250mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Eron
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cosar Pharmaceutical Co.
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
IRAMOKS poroshok 100ml 125mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Eron
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cosar Pharmaceutical Co.
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
REAMOKS NEO kapsulalar 250mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
REAMOKS poroshok 25g 250mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group,СП,ООО,Узбекско-Британское
BAKTOKS kapsulalar 500mg N12
XIKONSIL KOMBI poroshok 5ml 400mg/57mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
AMOKSISILLIN tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Farmaceuticals d.d., Словения произведено: Sandoz GmbH
Narh: 34 200 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN kapsulalar 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN kapsulalar 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarkand England Ecomedical, СП ООО
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 67 200 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
Ospamoks kukun 250 mg / 50 ml N1
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9