- juda kam hollarda teri reaktsiyalari, mahalliy qon tomirlarining reaktsiyalari, bosh og'rig'i, bo'yin va qo'l-oyoqlar og'riqlari, isitma, belda og'riq, hansirash, et uvishishi va shok holati kabi allergiya va o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari kuzatilgan;
- kam hollarda istalgan faollashuv samarasi qo'zg'alish (tajovuz, chalkashish, uyqusizlik) bilan birga kechgan;
- kam hollarda ishtahani yo'qolishi, dispepsiya, diareya, qabziyat, ko'ngil aynishi kabi me'da-ichak buzilishlari kuzatilgan;
- in'ektsiya joyida qizarish, qichishish va yallig'lanish kabi reaktsiyalar;
- bir tadqiqotda giperventilyasiya, gipotoniya, holsizlik, tremor, depressiyalar, apatiyalar, bosh aylanishi va gripp simptomlari (shamollash, yo'tal, nafas yo'llarining infektsiyalari) ning kam hollari to'g'risida xabar berilgan. Tserabin-Ts qo'llanganida kuchli tutqanoq xurujlari va konvulsiyalarning alohida hollari to'g'risida xabar berilgan.