Setirizin analoglari


Dori analoglarini taqqoslash Setirizin

Setirizin Zodak Setrin
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
Kattalarga va 6 oylikdan boshlab bolalarga quyidagilarni yengillashtirish uchun buyuriladi:
yil davomidagi (persistirlovchi) va mavsumiy nazal va ko'z simptomlarining allergik riniti va allergik kon'yunktivit: qichishish, aksirish, burun butishi, rinoreya, ko'z yoshi oqishi, kon'yunktivani qizarishi;
surunkali idiopatik eshakemi simptomlarida qo'llanadi.
Batafsil
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
Retsepsiz Retsepsiz Retseptli / Retsepsiz
Kategoriya

Antiallergik dorilar

Antiallergik dorilar

Antiallergik dorilar

Nojo'ya ta'sirlar
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
Klinik tadqiqotlarda olingan ma'lumotlar
Tavsiloti
Klinik tadqiqotlar setirizinni tavsiya etilgan dozalarda qo'llanishi markaziy nerv tizimi (MNT) tomonidan, shu jumladan uyquchanlik, charchoqlik, bosh aylanishi va bosh og'rig'i ahamiyatsiz darajadagi noxush samaralarni rivojlanishiga olib kelishini namoyish etadi. Ba'zi hollarda MNT paradoksal stimulyatsiyasi qayd etildi.
Setirizin periferik N1-retseptorlari selektiv blokatori hisoblanishiga va deyarli antixolinergik ta'sir ko'rsatmasligiga qaramay, yakka hollarda siyishni qiyinlashishi, akkodomatsiyani buzilishi va og'izni qurishi holatlari haqida xabar berilgan.
Jigar fermentlari faolligini va bilirubinni oshishi bilan kechuvchi jigar funktsiyasini buzilishi to'g'risida xabar berilgan.
Ko'pchilik holatlarda noxush ko'rinishlar setirizin digidroxloridini qabul qilish to'xtatilganidan keyin ruxsat berilgan. Noxush nojo'ya reaktsiyalar ro'yxati.
3200 nafardan ko'proq patsiyentlarda tavsiya etilgan dozalarda (tsetirizin uchun sutkada 1 marta 10 mg) qabul qilgan setirizin va platsebo yoki boshqa antigistamin preparatlarni solishtirishga yo'naltirilgan ikkilangan yashirin nazoratli klinik tadqiqotlardan xavfsizligi bo'yicha aniq tahlil ma'lumotlari olingan.
Platsebo-nazoratli tadqiqotlarda 10 mg dozada setirizinni qo'llashdagi birlashgan tahlil natijalariga muvofiq quyidagi noxush reaktsiyalar 1,0% va yuqori tez-tezlik bilan aniqlangan:




Noxush reaktsiyalar
(JSST terminologiyasi)
Setirizin
10 mg
(n = 3260)
Platsebo
(n = 3061)
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
Charchoqlik


1,63%


0,95%
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Bosh aylanishi
Bosh og'rig'i

1,10%
7,42%

0,98%
8,07%
Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar
Qorinda og'riq
Og'iz qurishi
Ko'ngil aynishi


0,98%
2,09%
1,07%


1,08%
0,82%
1,14%
Ruhiyatni buzilishi
Uyquchanlik

9,63%

5,00%
Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks a'zolari tomonidan buzilishlar
Faringit


1,29%


1,34%

Garchi uyquchanlik soni setirizin qabul qilgan guruhda platsebo guruhiga nisbatan yuqori bo'lsa-ham, ko'pchilik hollarda ushbu noxush ko'rinishlar yengil yoki o'rtacha og'irlik darajada bo'ladi. Boshqa tadqiqotlar ramkasida o'tkazilgan ob'ektiv baholashda setirizinni sog'lom yosh ko'ngillilarda tavsiya etilgan sutkalik dozada qo'llanilishi ularning kundalik faolligiga ta'sir qilmasligini tasdiqladi.
Bolalar
Platsebo-nazoratli tadqiqotlarda 6 oylikdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda quyidagi noxush reaktsiyalar 1% va yuqori tez-tezlik bilan aniqlangan:

Nojo'ya reaktsiyalar
(JSST terminologiyasi)
Setirizin
(n =1656)
Platsebo
(n =1294)
Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar
Diareya


1,0%


0,6%
Ruhiyatni buzilishi
Uyquchanlik

1,8%

1,4%
Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks a'zolari tomonidan buzilishlar
Rinit



1,4%



1,1%
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
Charchoqlik


1,0%


0,3%

Postregistratsion qo'llash tajribasi
Postregistratsion qo'llash doirasida klinik tadqiqotlarni jarayonida va yuqorida aniqlangan noxush ko'rinishlardan tashqari quyidagi noxush reaktsiyalar kuzatilan.
Noxush ko'rinishlar MedDRA a'zolari tizimi sinfi bo'yicha va preparatning postregistratsion qo'llanishi ma'lumotlari asosida rivojlanish tez-tezligi quyida keltirilgan.
Noxush ko'rinishlarni rivojlanish tez-tezligi quyidagicha aniqlanadi: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100, <1/10), tez-tez emas (>1/1000, <1/100), kam hollarda (> 1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi noma'lum (ma'lumotlar yetarli emasligi tufayli).
Qon va limfa tizimi tomonidan
Juda kam hollarda: trombotsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan
Kam hollarda: o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Juda kam hollarda: anafilaktik shok.
Metabolizmni buzilishi va ovqatlanishni buzilishi
Tez-tezligi noma'lum: ishtahani oshishi.
Ruhiyatni buzilishi
Tez-tez emas: qo'zg'aluvchanlik.
Kam hollarda: agressiya, ongni chalkashishi, depressiya, gallyutsinatsiyalar, uyquni buzilishi.
Juda kam hollarda: tik.
Tez-tezligi noma'lum: suitsidal fikrlar.
Nerv tizimi tomonidan
Tez-tez emas: parestezii.
Kam hollarda: tirishishlar.
Juda kam hollarda: ta'm sezishni buzilishi, diskineziya, distoniya, xushdan ketish, tremor.
Tez-tezligi noma'lum: xotirani buzilishi, shu jumladan amneziya.
Ko'rish a'zolari tomonidan
Juda kam hollarda: akkomodatsiyani buzilishi, ko'rishni noaniqligi, nistagm.
Eshitish a'zolari tomonidan
Tez-tezligi noma'lum: vertigo.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan
Kam hollarda: taxikardiya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan
Tez-tez emas: diareya.
Gepatobiliar buzilishlar
Kam hollarda: jigar sinamalarining funktsional o'zgarishi (transaminaza, ishqoriy fosfatazalar, gamma-glutamiltransferazalar va bilirubin faolligini oshishi).
Teri tomonidan
Tez-tez emas: teri toshma, teri qichishish.
Kam hollarda: eshakemi.
Juda kam hollarda: angionevrotik shish, turg'un dori eritemasi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan
Juda kam hollarda: dizuriya, enurez.
Tez-tezligi noma'lum: siydikni tutilishi.
Umumiy buzilishlar
Tez-tez emas: asteniya, loxaslik.
Kam hollarda: periferik shishlar.
Tadqiqotlar
Kam hollarda: tana vaznini oshishi.
Nojo'ya reaktsiyalar haqida xabar berish
Dori preparati ro'yxatdan o'tkazilgandan keyin gumon qilingan nojo'ya reaktsiyalar haqida xabar berish katta ahamiyatga ega.
Bu dori preparatining foyda/xavf nisbatini uzluksiz monitoringini olib borish imkoniyatini beradi.
Batafsil
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
Narh
Qadoqda soni -
Dozasi -
Narh* -
Qadoqda soni 10
Dozasi 10мг
Narh* 12 000 so'm

Zodak bo'yicha barcha narxlarni ko'rish

Qadoqda soni 20
Dozasi 10мг
Narh* 23 800 so'm

Setrin bo'yicha barcha narxlarni ko'rish

Mavjud qadoq turlari
  • Tabletkalar
  • Tomchilar
  • Tabletkalar
  • Tomchilar
  • Tabletkalar
  • Tomchilar
Homiladorlik davrida qabul qilish
Ma'lumot topilmadi Ma'lumot topilmadi Ma'lumot topilmadi
Bog'lik kasalliklarni davolash

Allergiyadan

Allergiyadan

Qichimadan

Allergiyadan

Qichimadan

Qichimadan

«Setirizin analoglar» dorisining ta'rifi Apteka.uz saytida qisqartilirlgan yoki rasmiy ko'rsatmalar bilan to'ldirilgan bo'lishi mumkin. Dorini sotib olishdan va ishlatishdan oldin siz shifokor bilan maslahatlashib, ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan izoh bilan tanishishingiz kerak.
×
×
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9