×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TERIKS tabletkalari 10mg N10

Kategoriya:
- Antiallergik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Faol modda:
Цетиризин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Ali Raif Ilac San. A.S.
Vakil:
- Asfarma Savdo MChJ
ATX kodi:
- R06AE07
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 188 ta dorixonasida topildi

ico 35 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 45 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 39 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TERIKS tabletkalari 10mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TERIKS

TERIX®

Preparatning savdo nomi: Teriks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): setirizin (cetirizine)

Dori shakli: sirop

Tarkibi:

Har 5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 5 mg setirizin digidroxloridi 5 mg

Yordamchi moddalar: metilparaben, propilparaben, natriy digidroortofosfati (suvsiz), sorbitol, likasin, gliserin, etil spirti, limon kislotasi monogidrati, qulupnay xushbo‘yi aromatizatori, tozalangan suv.

Ta‘rifi: rangsiz, qulupnay hidili qovushqoq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Gistamin N1-reseptorlarining blokatori. Allergiyaga qarshi preparat.

ATX kodi: R06AE07

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Teriksning faol komponenti – setirizin – N1-gistamin reseptorlarining selektiv antagonistidir. O‘rtacha terapevtik dozalarda gematoensefalik to‘siq orqali o‘tmaydi. Faqat yuqori dozalarda yoki kam hollarda biroz sedativ samara berishi mumkin. Teriks, shuningdek in vivo sharoitda endogen gistamin reseptorlarini ingibisiya qiladi. Preparat vazofaol intestinal polipeptidlar (VIP) va R-moddalar ta‘siri oqibatidagi teri reaksiyalarini oldini oladi. Bronxial astmasi bo‘lgan bemorlarda setirizin bronxlarning gistaminga o‘ta yuqorireaktivligini pasaytiradi. Xuddi shu usul bilan spesifik allergik reaksiyalarni pasaytiradi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: Setirizinning plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga og‘iz orqali qo‘llanganidan so‘ng bir soatdan keyin erishiladi.

Taqsimlanishi: Plazma ko‘rsatkichlari qabul qilingan dozaga qarab o‘zgaradi. Setirizinning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 93% ni tashkil qiladi.

Metabolizmi: Setirizin boshlang‘ich o‘tishida jigarda oz miqdorda metabolizmga uchraydi va juda oz antigistamin samaraga ega bo‘lgan metabolit hosil bo‘ladi. Yarim chiqarilish davri taxminan 8-11 soatni tashkil qiladi. Bolalarda plazma klirensi kattalarga nisbatan yuqoriroq.

Chiqarilishi: Bolalarda, kattalarda bo‘lgani kabi, qabul qilingan dozaning taxminan 2/3 qismi buyrak orqali chiqariladi. Preparatning 70% siydik bilan, 10% esa ahlat bilan chiqariladi. Umumiy klirensi taxminan minutiga 53 ml ni tashkil qiladi.

 

Qo‘llanilishi

  • Pollinoz (mavsumiy allergik rinitlar va kon‘yunktivitlar).
  • Surunkali allergik rinit va boshqa allergik rinopatiyalar.
  • Allergik qichima.
  • Idiopatik eshakemi.
  • Kvinke shishida qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Setirizinni qabul qilish ovqat iste‘mol qilishga emas, balki pasientning unga bo‘lgan ehtiyojiga bog‘liq. Agar pasientda kechqurun qo‘llashga ko‘rsatmalar bo‘limida ko‘rsatilgan kasalliklarni ko‘rinishi namoyon bo‘lsa, preparatni kechki ovqat bilan qabul qilish tavsiya qilinadi.

Pollinozda davolash davomiyligi asosan 3-6 haftani tashkil etadi.

Yoshga qarab quyidagi davolash tartibga amal qilish kerak:

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar 10 mg (2 o‘lchov qoshig‘i) kuniga 1 marta
6-11 yosh 5-10 mg (1-2 o‘lchov qoshig‘i) kuniga 1 marta
2-5 yosh Boshlang‘ich doza 2,5 mg (½o‘lchov qoshig‘i) kuniga 1 marta; zarurati bo‘lganida doza 5 mg (1 o‘lchov qoshig‘i) gacha oshiriladi.
12 oylik – 2 yosh 2,5 mg (½ o‘lchov qoshig‘i) kuniga 1 marta; zarurati bo‘lganida doza kuniga 5 mg gacha oshiriladi: 2,5 mg (½ o‘lchov qoshig‘i) 12 soat interval bilan
6-12 oylik 2,5 mg (½ o‘lchov qoshig‘i) kuniga 1 marta

Nojo‘ya ta‘sirlari

Psixomotor faoliyatlarni baholash uchun ob‘ektiv testlarni o‘tkazishda setirizinning sedativ samarasi plaseboga tenglashtirilgan. Kam hollarda, odatda kuchsiz namoyon bo‘luvchi va o‘tkinchi bo‘lgan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, qo‘zg‘alish, og‘izni qurishi va gastrointestinal buzilishlar kuzatilgan.

Zarurat tug‘ilganida sutkalik dozani ikkita teng – ertalab va kechqurun qabul qilishga bo‘lish mumkin.

Kutilmagan samaralar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qiling!

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dorilarning xech qanday nomutanosibligi aniqlanmagan. Diazepam va simetidin bilan birga qo‘llash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda dorilar nomutanosibligi aniqlanmadi. Setirizin terapevtik dozalarda (qonda 0,8 g/l) alkogolning ta‘sirini potensiyalaydi. Teriksni sedativ preparatlar va antixolinergik vositalar bilan birga qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim, chunki ular setirizinning nojo‘ya ta‘sirlarini kuchaytirishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Ishi yuqori diqqatni talab qiladigan shaxslarga preparatning dozasini oshirish tavsiya etilmaydi.

Buyrak yetishmovchigi bo‘lgan pasientlarga sutkalik dozaning yarmi buyuriladi.

Homiladorlik vaqtida va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik (V toifasi)

Hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalarda preparatning bironta ham teratogen samarasi aniqlanmagan. Biroq Teriksni ayollarga homiladorlikda buyurish mumkin emas.

Laktasiya

Ko‘krak sutiga o‘tishi tufayli laktasiya davrida qo‘llanmaydi.

Transport vositalarini va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Klinik tadqiqotlar jarayonida uyquchanlik holatlari aniqlanganligi tufayli, preparatni qabul qila turib, transport vositalari va mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka amal qilish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi:

50 mg setirizin bir marta qabul qilinganida, preparat uyquchanlik va gipotenziya chaqirishi mumkin. Doza oshirib yuborilganida boshqa chora tadbirlar bilan bir qatorda, me‘dani yuvish lozim. Spesifik antidot yo‘q. Antixolinergik ta‘siri bilan bog‘liq intoksikasiya simptomlarida fizostigminni buyurish mumkin.

Chiqarilish shakli:

100 ml sirop (5 mg/5 ml) shisha flakonlarda. 1 flakon o‘lchov qoshig‘i va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Chiqarilishining boshqa shakllari

Teriks qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TERIKS tabletkalari 10mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TERIKS tabletkalari 10mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TERIKS tabletkalari 10mg N10 dori vositasi Ali Raif Ilac San. A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TERIKS tabletkalari 10mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TERIKS tabletkalari 10mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
ONSET eritma dlya priema vnutr 60ml 5mg/5ml
SETRIN tomchilar dlya priema vnutr 20ml 10mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
SETRIN tomchilar dlya priema vnutr 10ml 10mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
RONEKS sirop 60ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
ZEFTIZIN sirop 50ml 5mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
ALLERKAPS kapsulalar 5mg N20
ROLINOZ tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
ROLINOZ tomchilar dlya priema vnutr 20ml 10mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
ZIRTEK tomchilar dlya priema vnutr 10ml 10mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: Aesica Pharmaceuticals S.r.l.
Narh: 72 000 so'mdan Batafsil
SVETOKS tabletkalari 10mg N20
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
NOVEKS SETIRIZIN sirop 60ml 5mg/5ml N1
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
ZIRTEK tabletkalari 10mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: Aesica Pharmaceuticals S.r.l.
ALLERGON tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гуфик-Авиценна, СП, ООО
ALLERGIN GT tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hebei Oriental Pharma IE Corporation
ALERKUR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
  • Vakil:
ZODAK tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Chexiya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zentiva k.s.
  • Vakil: Sanofi
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
SETRIN tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Limited
NOVEKS SETIRIZIN tabletkalari 10mg N10
Narh: 18 500 so'mdan Batafsil
ALER G tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
PARLAZIN tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
PARLAZIN tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
PARLAZIN tomchilar dlya priema vnutr 20ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
ZODAK tomchilar 20ml 0,01/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: А.Наттерманн энд Сие ГмбХ
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ASFORMIN tabletkalari 850mg N100
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
AKSEN FORT tabletkalari 550mg N10
Narh: 17 000 so'mdan Batafsil
KARDIVA tabletkalari 12,5mg N28
Narh: 68 800 so'mdan Batafsil
ZEFEKSAL tabletkalari 120mg N20
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
DILYUTIKS tabletkalari 75mg N28
Narh: 115 400 so'mdan Batafsil
KARDIVA tabletkalari 6,25mg N28
Narh: 40 500 so'mdan Batafsil
KARDIVA tabletkalari 25mg N28
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
DOREPAM tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Ali Raif Ilac San. A.S.
  • Vakil: Asfarma Savdo MChJ
Narh: 60 700 so'mdan Batafsil
ASFORMIN tabletkalari 1000mg N100
Narh: 67 200 so'mdan Batafsil
ZEFEKSAL tabletkalari 180mg N20
Narh: 44 000 so'mdan Batafsil
EVALEP 500mg N50
EVALEP 1000mg N50
EVALEP 250mg N50
DOREPAM tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Ali Raif Ilac San. A.S.
Narh: 96 300 so'mdan Batafsil
VAZOMID SR tabletkalari 1,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Ali Raif Ilac San. A.S.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9