×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ZODAK tomchilar 20ml 10mg/ml

Kategoriya:
- Antiallergik dorilar
Faol modda:
Цетиризин
Vakil:
- Sanofi
ATX kodi:
- R06AE07
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 260 ta dorixonasida topildi

ico 55 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 64 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 57 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
1 ml tomchi quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 10 mg setirizin gidroxloridi;
yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat (metilparaben), propilparagidroksibenzoat (propilparaben), glitserol, propilenglikolь, natriy saxarinati digidrati, natriy atsetati trigidrati, 99,8% li sirka kislotasi, tozalangan suv.
Setirizin gidroksizinning metaboliti hisoblanadi, gistaminning raqobatli antagonistlari guruhiga kiradi va N1-gistamin retseptorlarini bloklaydi.
Antigistamin samarasiga qo'shimcha ravishda setirizin allergik reaktsiyalarning kechishini yengillashtiradi va rivojlanishini ogohlantiradi: kuniga 1 yoki 2 marta 10 mg dozada atopiyaga duchor bo'lgan patsiyentlarning terisida va kon'yunktivasida eozinofillar agregatsiyasining kechki bosqichini ingibirlaydi. Ichga qabul qilgandan so'ng setirizinning allergiyaga qarshi ta'siri 24 soat davom etadi.
Klinik samaradorligi va xavfsizligini
Sog'lom ko'ngillilarda o'tkazilgan tadqiqotlar ko'rsatdi 5 yoki 10 mg dozadagi setirizin teriga gistaminni yuqori dozalarda yuborilishi toshma va qizirish ko'rinishidagi reaktsiyani ahamiyatli darajada ingibirlaydi, biroq samaradorlik bilan korrelyatsiya aniqlanmagan. Allergik rinit va yengil va o'rtacha og'irlikda kechuvchi yondosh bronxial astmasi bo'lgan 186 patsiyent ishtirokidagi 6 haftalik platsebo-nazoratili tadqiqotlarda sutkada 1 marta 10 mg dozada qabul qilingan setirizin rinit simptomlarini kamaytirishini ko'rsatdi va o'pka faoliyatiga ta'sir qilmaydi.
Ushbu tadqiqotlarning natijalari allergiya va yengil va o'rtacha og'irlikda kechuvchi yondosh bronxial astmasi bo'lgan patsiyentlarda setirizinni qo'llash xavfsizligi tasdiqladi.
Platsebo-nazoratli tadqiqotlarda 7 kun davomida sutkada 60 mg dozada setirizinni qabul qilish QT intervalini klinik jihatdan ahamiyatli darajada uzayishini chaqirmadi.
Setirizinni tavsiya qilingan dozada qabul qilish yil davomidagi va mavsumiy allergik riniti bo'lgan patsiyentlarning turmush tarzini yaxshilashini ko'rsatdi.
Bolalar
5-12 yoshli patsiyentlar ishtirokidagi 35 kunlik tadqiqotlarda setirizinning antigistamin samarasiga ta'sirchanlik moyillik alomati aniqlanmadi. Gistaminga normal teri reaktsiyasi preparatni bir necha marta qabul qilishda preparat bekor qilingandan keyin uch kun davomida tiklangan.
6 oylikdan 11 oylikkacha bo'lgan 42 nafar patsiyent ishtirokida setirizinning sirop dori shaklidagi preparatni qabul qilish 7 kunlik platsebo-nazoratli tadqiqotda xavfsizligini namoyish qildi. Setirizin 0,25 mg/kg dozada kuniga 2 marta buyuriladi, bu kuniga taxminan 4,5 mg ga to'g'ri keladi (dozalar diapazoni kuniga 3,4 mg dan 6,2 mg gachani tashkil qiladi).
6 oylikdan 12 oylikkacha bo'lgan bolalarda qo'llanilishi faqat shifokor ko'rsatmasi bo'yicha va qat'iy tibbiy nazorat ostida mumkin.
Setirizin 5 mg dan 60 mg gacha dozada qo'llanganida uning farmakokinetik parametrlari proportsional o'zgaradi.
So'rilishi
Qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) ga 1±0,5 soatdan keyin erishadi va 300 ng/ml ni tashkil qiladi.
Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi va “kontsentratsiya-vaqt” egri chiziq ostidagi maydon kabi turli farmakokinetik parametrlari bir xil xarakterga ega. Ovqat qabul qilish setirizinning to'liq so'rishiga ta'sir qilmaydi, garchi uning so'rilishi kamaysa ham. Setirizinning turli dori shakllarining (eritma, kapsulalar, tabletkalar) biokiraolishligi solishtirarli.
Taqsimlanishi
Setirizin qon plazmasi oqsillari bilan 93±0,3% ga bog'lanadi.
Taqsimlanish hajmi (Vd) 0,5 l/kg ni tashkil qiladi. Setirizin varfarinni oqsillar bilan bog'lanishiga ta'sir qilmaydi.
Metabolizmi
Setirizin jadal birlamchi metabolizmga duchor bo'lmaydi.
Chiqarilishi
Yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 10 soatni tashkil qiladi.
10 kun davomida 10 mg sutkalik dozada preparat qabul qilinganida setirizinning to'planishi kuzatilmadi.
Preparatning qabul qilingan dozasining taxminan 2/3 qismi o'zgarmagan shaklda siydik bilan chiqariladi.
Keksa patsiyentlar
16 nafar keksa patsiyentlarda preparatning 10 mg dozasi bir marta qabul qilinganida keksa bo'lmagan patsiyentlar bilan solishtirganda T1/2 50% ga yuqori, klirensi esa 40% ga past bo'ldi.
Keksa patsiyentlarda setirizin klirensini pasayishi ushbu toifadagi patsiyentlarda buyrak faoliyatini susayishi bilan bog'liq bo'lishi ehtimol bor.
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlar
Yengil darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) >40 ml/min) bo'lgan patsiyentlarda buyrak funktsiyasi normal bo'lgan sog'lom ko'ngillilardagi farmakokinetik parametrlari bir xil.
O'rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda va gemodializdagi (KK) >7 ml/min) bo'lgan patsiyentlarda, preparat ichga 10 mg dozada qabul qilinganida buyrak funktsiyasi normal bo'lgan sog'lom ko'ngillilarga nisbatan T1/2 3 marta oshadi, umumiy kliresi esa 70% ga pasayadi.
O'rtacha yoki og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlar uchun muvofiq dozalash tartibini o'zgartirish talab qilinadi (“Qo'llash usuli va dozalari” bo'limiga qarang)
Setirizin gemodializda organizmdan yomon chiqariladi.
Jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlar
Surunkali jigar kasalliklari (gepatotsellyulyar, xolestatik va biliar sirroz) bo'lgan patsiyentlarda preparat 10 mg yoki 20 mg dozada bir marta qabul qilinganida sog'lom sub'ektlar bilan solishtirganda T1/2 taxminan 50% marta oshadi, umumiy kliresi esa 40% ga pasayadi. Agar jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda shuningdek yondosh buyrak yetishmovchiligi bo'lgan hollardagina dozaga to'g'rilashkiritish zarur.
Bolalar
T1/2 6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda 6 soatni, 2 yoshdan 6 yoshgacha – 5 soatni tashkil qiladi, 6 oylikdan 2 yoshgacha bolalarda 3,1 soatgacha pasayadi.
Klinik tadqiqotlarda olingan ma'lumotlar
Tavsiloti
Klinik tadqiqotlar setirizinni tavsiya etilgan dozalarda qo'llanishi markaziy nerv tizimi (MNT) tomonidan, shu jumladan uyquchanlik, charchoqlik, bosh aylanishi va bosh og'rig'i ahamiyatsiz darajadagi noxush samaralarni rivojlanishiga olib kelishini namoyish etadi. Ba'zi hollarda MNT paradoksal stimulyatsiyasi qayd etildi.
Setirizin periferik N1-retseptorlari selektiv blokatori hisoblanishiga va deyarli antixolinergik ta'sir ko'rsatmasligiga qaramay, yakka hollarda siyishni qiyinlashishi, akkodomatsiyani buzilishi va og'izni qurishi holatlari haqida xabar berilgan.
Jigar fermentlari faolligini va bilirubinni oshishi bilan kechuvchi jigar funktsiyasini buzilishi to'g'risida xabar berilgan.
Ko'pchilik holatlarda noxush ko'rinishlar setirizin digidroxloridini qabul qilish to'xtatilganidan keyin ruxsat berilgan. Noxush nojo'ya reaktsiyalar ro'yxati.
3200 nafardan ko'proq patsiyentlarda tavsiya etilgan dozalarda (tsetirizin uchun sutkada 1 marta 10 mg) qabul qilgan setirizin va platsebo yoki boshqa antigistamin preparatlarni solishtirishga yo'naltirilgan ikkilangan yashirin nazoratli klinik tadqiqotlardan xavfsizligi bo'yicha aniq tahlil ma'lumotlari olingan.
Platsebo-nazoratli tadqiqotlarda 10 mg dozada setirizinni qo'llashdagi birlashgan tahlil natijalariga muvofiq quyidagi noxush reaktsiyalar 1,0% va yuqori tez-tezlik bilan aniqlangan:




Noxush reaktsiyalar
(JSST terminologiyasi)
Setirizin
10 mg
(n = 3260)
Platsebo
(n = 3061)
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
Charchoqlik


1,63%


0,95%
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Bosh aylanishi
Bosh og'rig'i

1,10%
7,42%

0,98%
8,07%
Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar
Qorinda og'riq
Og'iz qurishi
Ko'ngil aynishi


0,98%
2,09%
1,07%


1,08%
0,82%
1,14%
Ruhiyatni buzilishi
Uyquchanlik

9,63%

5,00%
Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks a'zolari tomonidan buzilishlar
Faringit


1,29%


1,34%

Garchi uyquchanlik soni setirizin qabul qilgan guruhda platsebo guruhiga nisbatan yuqori bo'lsa-ham, ko'pchilik hollarda ushbu noxush ko'rinishlar yengil yoki o'rtacha og'irlik darajada bo'ladi. Boshqa tadqiqotlar ramkasida o'tkazilgan ob'ektiv baholashda setirizinni sog'lom yosh ko'ngillilarda tavsiya etilgan sutkalik dozada qo'llanilishi ularning kundalik faolligiga ta'sir qilmasligini tasdiqladi.
Bolalar
Platsebo-nazoratli tadqiqotlarda 6 oylikdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda quyidagi noxush reaktsiyalar 1% va yuqori tez-tezlik bilan aniqlangan:

Nojo'ya reaktsiyalar
(JSST terminologiyasi)
Setirizin
(n =1656)
Platsebo
(n =1294)
Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar
Diareya


1,0%


0,6%
Ruhiyatni buzilishi
Uyquchanlik

1,8%

1,4%
Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks a'zolari tomonidan buzilishlar
Rinit



1,4%



1,1%
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
Charchoqlik


1,0%


0,3%

Postregistratsion qo'llash tajribasi
Postregistratsion qo'llash doirasida klinik tadqiqotlarni jarayonida va yuqorida aniqlangan noxush ko'rinishlardan tashqari quyidagi noxush reaktsiyalar kuzatilan.
Noxush ko'rinishlar MedDRA a'zolari tizimi sinfi bo'yicha va preparatning postregistratsion qo'llanishi ma'lumotlari asosida rivojlanish tez-tezligi quyida keltirilgan.
Noxush ko'rinishlarni rivojlanish tez-tezligi quyidagicha aniqlanadi: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100, <1/10), tez-tez emas (>1/1000, <1/100), kam hollarda (> 1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi noma'lum (ma'lumotlar yetarli emasligi tufayli).
Qon va limfa tizimi tomonidan
Juda kam hollarda: trombotsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan
Kam hollarda: o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Juda kam hollarda: anafilaktik shok.
Metabolizmni buzilishi va ovqatlanishni buzilishi
Tez-tezligi noma'lum: ishtahani oshishi.
Ruhiyatni buzilishi
Tez-tez emas: qo'zg'aluvchanlik.
Kam hollarda: agressiya, ongni chalkashishi, depressiya, gallyutsinatsiyalar, uyquni buzilishi.
Juda kam hollarda: tik.
Tez-tezligi noma'lum: suitsidal fikrlar.
Nerv tizimi tomonidan
Tez-tez emas: parestezii.
Kam hollarda: tirishishlar.
Juda kam hollarda: ta'm sezishni buzilishi, diskineziya, distoniya, xushdan ketish, tremor.
Tez-tezligi noma'lum: xotirani buzilishi, shu jumladan amneziya.
Ko'rish a'zolari tomonidan
Juda kam hollarda: akkomodatsiyani buzilishi, ko'rishni noaniqligi, nistagm.
Eshitish a'zolari tomonidan
Tez-tezligi noma'lum: vertigo.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan
Kam hollarda: taxikardiya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan
Tez-tez emas: diareya.
Gepatobiliar buzilishlar
Kam hollarda: jigar sinamalarining funktsional o'zgarishi (transaminaza, ishqoriy fosfatazalar, gamma-glutamiltransferazalar va bilirubin faolligini oshishi).
Teri tomonidan
Tez-tez emas: teri toshma, teri qichishish.
Kam hollarda: eshakemi.
Juda kam hollarda: angionevrotik shish, turg'un dori eritemasi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan
Juda kam hollarda: dizuriya, enurez.
Tez-tezligi noma'lum: siydikni tutilishi.
Umumiy buzilishlar
Tez-tez emas: asteniya, loxaslik.
Kam hollarda: periferik shishlar.
Tadqiqotlar
Kam hollarda: tana vaznini oshishi.
Nojo'ya reaktsiyalar haqida xabar berish
Dori preparati ro'yxatdan o'tkazilgandan keyin gumon qilingan nojo'ya reaktsiyalar haqida xabar berish katta ahamiyatga ega.
Bu dori preparatining foyda/xavf nisbatini uzluksiz monitoringini olib borish imkoniyatini beradi.
Zodak® preparatini 1 yoshgacha bo'lgan bolalarga buyurishda MNT ga potentsial susaytiruvchi ta'siri hisobiga quyidagi to'satdan bolalar o'limi kabi xavf omillarini paydo bo'lishida ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur (biroq ushbu ro'yxat bilan cheklanilmasin):
uyquda apnoe sindromi yoki akasi yoki opasida emizikli davrdagi to'satdan bola o'limi sindromi;
onani homiladorlik vaqtida narkotiklarni yoki chekishni haddan tashqari ko'p qabul qilishi;
yosh ona (19 yosh va undan kichik);
bolani parvarishlovchi ayolni haddan tashqari ko'p chekishi (kuniga bir pachka yoki ko'proq sigaret);
muntazam yuzi pastga qaragan holda uxlab qoluvchi va orqa bilan yotqizilmaydigan bolalar;
chala tug'ilgan (geattsion muddati 37 haftadan kam) yoki yetarli bo'lmagan (gestatsion yoshidan 10 pertsiyentildan kam) tana vazni bilan tug'ilgan bolalar;
MNT ga susaytiruvchi ta'sir ko'rsatuvchi preparatlar bilan birga qabul qilish. Preparatning tarkibiga allergik reaktsiyalar, shu jumladan sekin ta'sir qiluvchi reaktsiyalar chaqiruvchi yordamchi moddalar metilparabenzol va propilparabenzol kiradi.
Orqa miya shikastlanishi, qalqonsimon bezi giperplaziyasi, shuningdek boshqa siydikni tutilishiga moyil omillari bo'lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish talab etiladi, chunki setirizin siydik tutilishi xavfini kuchaytirishi mumkin.
Setirizinni alkogolь bilan bir vaqtda qo'llanilishida ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi, garchi terapevtik dozalarda alkogolning (uning qondagi kontsentratsiyasi 0,5 g/l bo'lganida) ta'siri klinik jihatdan aniqlanmagan bo'lsa ham.
Tutqanog'i va yuqori tirishishga tayyorgarligi bo'lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Allergologik sinamalarni buyurishdan oldin uch kunlik “yuvish” davri tavsiya etiladi, bu N1-gistamin retseptorlar blokatorini teri allergik reaktsiyalarini rivojlanishini ingibirlaydi.
Kattalarga va 6 oylikdan boshlab bolalarga quyidagilarni yengillashtirish uchun buyuriladi:
yil davomidagi (persistirlovchi) va mavsumiy nazal va ko'z simptomlarining allergik riniti va allergik kon'yunktivit: qichishish, aksirish, burun butishi, rinoreya, ko'z yoshi oqishi, kon'yunktivani qizarishi;
surunkali idiopatik eshakemi simptomlarida qo'llanadi.
Setirizinga, gidroksizinga yoki piperazinning hosilalariga, shuningdek preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi (KK < 10 ml/min);
6 oylikkacha bo'lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi bo'yicha ma'lumotlar cheklanganligi sababli);
homiladorlikda qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Surunkali buyrak yetishmovchiligi (KK > 10 ml/min), dozaga tuzatish kiritish talab qilinadi);
keksa yoshli patsiyentlar (yoshga nisbatan kalava filьtratsiyasining tezligi pasayganida);
tutqanoq va tirishishga tayyorgarligi yuqori patsiyentlar;
siydik tutilishi omillariga moyil patsiyentlar (orqa miya shikastlanishi, qalqonsimon bezi giperplaziyasi);
1 yoshgacha bo'lgan bolalar;
emizish davrida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Setirizinni boshqa dori vositalari bilan hech qanday o'zaro ta'siri aniqlanmagan. Setirizinni dorilar bilan o'zaro ta'siri, xususan, sutkada 400 mg dozada psevdoefedrin yoki teofillin bilan o'zaro ta'siri bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlar natijasi asosida klinik ahamiyatga ega o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
Setirizinni alkogolь va boshqa MNT ni susaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilishi keyinchalik diqqat va reaktsiya tezligiga ta'sir qilishi mumkin, garchi setirizin alkogolning (uning qondagi kontsentratsiyasi 0,5 g/l bo'lganida) ta'sirini kuchaytirmaydi.
tiniq, rangsizdan och-sariq rangligacha bo'lgan eritma.
Ichga, qoshiqqa tomiziladi yoki suvda eritiladi. Preparatni eritish uchun suv miqdori patsiyent (ayniqsa bola) yutishi mumkin bo'lgan suyuqlik miqdoriga muvofiq bo'lishi kerak. Eritmani darhol tayyorlangandan keyin qabul qilish kerak. Kattalar 10 mg (20 tomchi) kuniga 1 marta. Ba'zan boshlang'ich doza 5 mg (10 tomchi) yetarli bo'lishi mumkin, agar bu simptomlarning qoniqarli nazoratiga erishish imkonini bersa. Keksa patsiyentlar Buyrak funktsiyasi normal bo'lgan keksa yoshli patsiyentlarda dozani kamaytirish zarurati yo'q. Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan patsiyentlar Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan patsiyentlarga muqobil davolashni buyurish mumkin bo'lmagan holatda preparat buyurilganda KK ni kattaligiga bog'liq ravishda dozani to'g'rilash kerak, chunki setirizin organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi. KK ko'rsatkichi erkaklar uchun qon plazmasidagi zardob kreatinin kontsentratsiyasidan kelib chiqqan holda quyidagi formula bo'yicha hisoblanishi mumkin: [140 - yosh] x tana vazni (kg) KK (ml/min) = --------------------------------------------------------- 72 x KK zardob (mg/dl) Ayollar uchun KK ni olingan qiymatni 0,85 koeffitsiyentga ko'paytirib hisoblash mumkin. Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan katta patsiyentlarga dozalash quyida keltirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Buyrak yetishmovchiligi (og'irlik darajasi) KK (ml/min) Dozalash tartibi Normal >80 sutkada 10 mg Yengil 50-79 sutkada 10 mg O'rtacha 30-49 sutkada 5 mg Og'ir 10-29 kunora 5 mg Terminal bosqich (gemodializdagi patsiyentlar) < 10
preparatni qabul qilish mumkin emas

Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan patsiyentlar
Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan patsiyentlarga dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Jigar funktsiyasini, buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etiladi (yuqoridagi jadvalga qarang).
Bolalar
6 oylikdan 12 oylikkacha bo'lgan bolalarda qo'llanilishi faqat shifokor ko'rsatmasi bo'yicha va qat'iy tibbiy nazorat ostida mumkin.
6 oylikdan 12 oylikkacha bo'lgan bolalar
2,5 mg (5 tomchi) kuniga 1 marta.
1 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar
2,5 mg (5 tomchi) kuniga 2 marta.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar
5 mg (10 tomchi) kuniga 2 marta.
12 yoshdan katta bolalar
10 mg (20 tomchi) kuniga 1 marta.
Ba'zan boshlang'ich doza 5 mg (10 tomchi) yetarli bo'lishi mumkin, agar bu simptomlarning qoniqarli nazoratiga erishish imkonini bersa.
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bolalarga KK va tana vazni hisobiga dozaga tuzatish kiritiladi.
Flakonni ochish uchun yo'riqnoma
Flakon uni bolalar ochiga qarshilik ko'rsatuvchi xavfsiz qurilmali qopqoq bilan berkitilgan. Flakon qopqoqni kuch bilan pastga bosib, keyinchalik uni soat strelkasiga qarshi burab ochiladi. Foydalangandan keyin flakon qopqog'ini yana qattiq burash zarur.
Setirizin dozasini oshirib yuborishdagi klinik manzara uni MNT ga ta'siri bilan bog'langan.
Simptomlari: setirizinni bir marta 50 mg dozada qabul qilganda quyidagi klinik manzara kuzatilgan: ongni chalkashishi, diareya, bosh aylanishi, yuqori charchoqlik, bosh og'rig'i, lohaslik, midriaz, teri toshmasi, xavotirlik, selativ samara, uyquchanlik, stupor, taxikardiya, tremor, siydik tutilishi.
Davolash: preparatni qabul qilishdan keyin darhol me'dani yuvish yoki qusishni chaqirish kerak. Faollashtirilgan ko'mir qabul qilish, simptomatik va tutib turuvchi davolash o'tkazish tavsiya etiladi. Maxsus antidoti yo'q.
Homiladorlik
700 dan ortiq homiladorlik holatlaridagi prospektiv ma'lumotlarning tahlilida rivojlanish nuqsonlarini shakllanishi, aniq embrional va neonatal toksik bilan bog'liq sabab holatlari aniqlanmadi.
Hayvonlarda o'tkazilgan eksperimental tadqiqotlarda setirizinni homilani rivojlanishiga (shu jumladan postnatal davrda), homiladorlikni kechishiga va postnatal rivojlanishga hech qanday bevosita yoki bilvosita noxush samaralari aniqlanmadi.
Preparatni homiladorlik vaqtida qo'llash xavfsizligi bo'yicha adekvat va qat'iy nazoratli klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan, shuning uchun Zodak® preparatini homiladorlikda qo'llash mumkin emas.
Emizish
Setirizin qo'llashdan keyingi vaqtga qarab qon plazmasidagi preparatning kontsentratsiyasidan 25% dan 90% gacha kontsentratsiyada ko'krak suti bilan chiqariladi. Agar ona uchun kutilayotgan foyda bola uchun potentsial xavfdan ustun bo'lsa, shifokor bilan maslahatlashgan keyin emizish davrida qo'llaniladi.
Fertillik
Fertillikka ta'siri to'g'risidagi mavjud ma'lumotlar cheklangan, biroq fertillikka salbiy ta'siri aniqlanmagan.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ZODAK tomchilar 20ml 10mg/ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ZODAK tomchilar 20ml 10mg/ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ZODAK tomchilar 20ml 10mg/ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
TERIKS tabletkalari 10mg N10
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
ONSET eritma dlya priema vnutr 60ml 5mg/5ml
SETRIN tomchilar dlya priema vnutr 20ml 10mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
SETRIN tomchilar dlya priema vnutr 10ml 10mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
RONEKS sirop 60ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
ZEFTIZIN sirop 50ml 5mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
ALLERKAPS kapsulalar 5mg N20
ROLINOZ tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
ROLINOZ tomchilar dlya priema vnutr 20ml 10mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 55 500 so'mdan Batafsil
ZIRTEK tomchilar dlya priema vnutr 10ml 10mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: Aesica Pharmaceuticals S.r.l.
Narh: 62 700 so'mdan Batafsil
SVETOKS tabletkalari 10mg N20
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
NOVEKS SETIRIZIN sirop 60ml 5mg/5ml N1
Narh: 21 000 so'mdan Batafsil
ZIRTEK tabletkalari 10mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: Aesica Pharmaceuticals S.r.l.
Narh: 37 800 so'mdan Batafsil
ALLERGON tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гуфик-Авиценна, СП, ООО
ALLERGIN GT tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hebei Oriental Pharma IE Corporation
ALERKUR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
  • Vakil:
ZODAK tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Chexiya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zentiva k.s.
  • Vakil: Sanofi
Narh: 13 000 so'mdan Batafsil
SETRIN tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Limited
NOVEKS SETIRIZIN tabletkalari 10mg N10
Narh: 18 500 so'mdan Batafsil
ALER G tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 32 000 so'mdan Batafsil
PARLAZIN tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
PARLAZIN tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
PARLAZIN tomchilar dlya priema vnutr 20ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
ZODAK tomchilar 20ml 0,01/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: А.Наттерманн энд Сие ГмбХ
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
ZODAK tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Chexiya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zentiva k.s.
  • Vakil: Sanofi
ZODAK EKSPRESS tabletkalari 5mg N28
ZODAK EKSPRESS tabletkalari 5mg N7
ZODAK 0,01 tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Chexiya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Зентива к.с
ZODAK 0,01 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Chexiya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Зентива к.с
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9