- Oʼt pufagidagi mayda oʼt toshlarini eritish uchun va jigar kasalliklarini davolash uchun qoʼllaniladi (birlamchi biliar sirroz), masalan, safro chiqishini ragʼbatlantirish.
- 6 yoshdan 18 yoshgacha boʼlgan bolalarda mukovistsidozda gepatobiliar buzilishlarni davolash uchun qoʼllaniladi.
Batafsil
|
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
O't tosh kasalligi (O'TK): biliar sladj; operatsiya xavfi yuqori bo'lgan bemorlarda va litotripsiyadan keyin bemorlarda faoliyat ko'rsatayotgan o't pufagidagi xolesterinli o't toshlarini eritish. Davolashning muvoffaqiyati faoliyat ko'rsatayotgan o't pufagi va diametri 15 mm dan katta bo'lmagan toza radiotransparant xolesterinli toshlarni bo'lishi hisoblanadi; xoletsistektomiyadan keyin tosh hosil bo'lishini qaytalanishini oldini olish.
Jigarning turli genezli xolestatik kasalliklari , shu jumladan :
Birlamchi biliar sirroz I va II bosqichi.
Birlamchi sklerozlanuvchi xolangit.
Gepatit (surunkali va o'tkir virusli, surunkali autoimmun gepatitning atipik shakllari).
Jigarni alkogolli bo'lmagan yog'li kasalligi. Alkogolli bo'lmagan steatogepatit.
Jigarni toksik shikastlanishlari (shuningdek, alkogolli, dorilar oqibatida).
Billiar dispepsiya
Mukovistsidoz.
O't-safro chiqarish yo'llari diskineziyasi.
Surunkali opistorxoz.
Batafsil
|
|
Barcha dorilar singari, ushbu dori ham nojoʼya taʼsirlarni keltirib chiqarishi mumkin, garchi hammada ham paydo boʼlmasa ham.
Juda tez-tez: 1 ta odamdan 10 tagacha uchrashi mumkin
• diareya,
• och rangli ahlat.
Juda kam: 1 ta odamdan 10 000 tagacha uchrashi mumkin
• birlamchi biliar sirrozni davolash paytida qorinning yuqori qismida qattiq oʼng tomonlama ogʼriq;
• davolash toʼxtatilgandan soʼng qisman regressiya boʼladigan birlamchi biliar jigar sirrozini davolash vaqtida pasaygan jigar funktsiyasining yomonlashishi;
• oʼt toshlarini kaltsifikatsiyalanishi;
• allergik reaktsiyalar (eshulak).
Batafsil
|
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
Nojo'ya ta'sirlari paydo bo'lish chastotasi (xolatlar soni/kuzatishlar soni) quyidagi grafika shaklida taqdim etiladi: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10gacha); tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100gacha); kam holatlarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000gacha); juda-kam holatlarda (< 1/10 000), noma'lum (chastotani mavjud bo'lgan ma'lumotlardan hisoblab bo'lmaydi).
Me'da-ichak yo'llari tomonidan
Klinik tadqiqotlar davomida ursodezoksixolat kislota bilan davolash mobaynida tez-tez uchraydigan diareya va pasta shaklidagi axlat hosil bo'lishi kuzatilgan.
Birlamchi billiar sirrozni davolash mobaynida , juda-kam hollarda qorinning tepa qismidagi kuchli og'riq kuzatilgan .
Jigar va o't-safro yo'llari tomonidan
Ursodezoksixolat kislota bilan davolash mobaynida juda kam holatlarda o't-safro toshlarining kalьtsinlanishi kuzatilgan.
Birlamchi billiar sirrozni davolashning kechki bosqichlarida juda kam holatlarda, davolashni to'xtatish davrida orqaga qaytgan jigar sirrozining dekompensatsiyasi kuzatilgan.
Teri va teri osti to'qimasi tarafidan
Judayam kam xolatlarda teri qizarishi va qichishish kuzatilishi mumkin.
Batafsil
|