×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AKSAFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Офлоксацин
Ishlab chiqaruvchi:
- Axa Parenterals Ltd
ATX kodi:
- J01MA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

APRID tabletkalari 375mg N10 Nobel-Pharmsanoat, ИП O'zbekiston
48 000 s`om dan
SEFTAZIDIM poroshok 1,0g N1 Красфарма, ПАО Rossiya
12 900 s`om dan
OFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml Синтез, ОАО O'zbekiston
8 000 s`om dan
AZIMAK kapsulalar 250mg N6 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
48 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AKSAFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AKSAFLOKS-OD

AXAFLOX-OD

 

Preparatning savdo nomi: Aksafloks – OD

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): ofloksasin, ornidazol

Dori shakli: infuziya uchun eritma

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: ofloksasin – 200,0 mg; ornidazol – 500,0 mg;

yordamchi moddalar: natriya xloridi, natriy gidroksidi, xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, och sariq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: antibakterial sintetik vositalar.

ATX Kodi: J01M.

 

Farmakologik xususiyatlari

Aksafloks-OD majmuaviy dori vositasidir.

Ofloksasin – ftorxinolon guruhiga mansub keng ta‘sir doirasiga ega mikroblarga qarshi vosita. Boshqa ftorxinolonlar kabi ofloksasinning bakterisid ta‘siri, uning DNK-giraza bakterial fermentni bloklash qobiliyati bilan bog‘liq.

Ofloksasin keng ta‘sir doirasiga ega: u ko‘pchilik grammanfiy – Escherichia coli, Klebsiella, Proteus, Salmonella, Yersinia, Providencia, Shigella, Enterobacter, Citrobacter, Providentia, Pseudomonas, Hafnia, shuningdek Staphylococcus (metisilinga va boshqa antibiotiklarga chidamli mikroflorani ham qo‘shib) bakteriyalarga nisbatan faol.

Shuningdek preparatga Neisseria, Mycoplasma, Chlamydia, Campylobacter, Brucella, Vibrio, Aeromonas, Plesiomonas, Haemophilus influenzae, Versinia lar ham sezgir.

Preparatga: enterokokklar, streptokokklar (S.pyogenes, S.pneumoniae, S.viridans), Serratia marcescens, Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter, Mycoplasma (M.hominis, M.pneumoniae), tuberkulez mikobakteriyalari, shuningdek Musobacterium fortuitum, Gardnerella vaginalis, Ureaplasma, Bruccella doimiy bo‘lmagan sezgirlikka ega.

Anaerob bakteriyalar (B. urealiticusdan tashqari), Treronema rallidum, viruslar, zamburug‘lar va bir hujayralilar dori vositasiga sezgir emas.

Ornidazol – protozoylarga qarshi va antibakterial vosita. Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia (Giardia intestinalis) larga, shuningdek ayrim Bacteroides, Clostridium spp., Fusobacterium spp. kabi anaerob bakteriyalarga va anaerob kokklarga nisbatan faol.

Ta‘sir mexanizmi bo‘yicha ornidazol – nitroguruhni tiklash va ferridoksinlar guruhi oqsillarni nitrobirikmalar bilan o‘zaro ta‘sirini tezlashtirish qobiliyatiga ega ferment tizimi bo‘lgan mikroorganizmlarga nisbatan tanlab ta‘sir qiluvchi DNK-trop preparatdir. Preparatni mikrob xujayrasiga kirganidan keyin uning ta‘sir mexanizmi mikroorganizmdagi nitroreduktaza ta‘siri ostida nitroguruhini tiklanishi va tiklangan nitroimidazolni faolligi bilan ifodalanadi. Tiklanish mahsulotlari DNK degradasiyasini chaqirib, u bilan kompleks hosil qiladi, DNK replikasiyasi va transkripsiyasi jarayonlarini buzadi. Bundan tashqari, preparat metabolizmining mahsulotlari sitotoksik xususiyatlariga ega va hujayra nafasi jarayonlarini buzadi.

Farmakokinetikasi

Ofloksasin tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Preparatning biokiraolishligi deyarli 100% ga yetadi.

Ofloksasinning qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi 0,5-1 soatdan so‘ng aniqlanadi. Yarim chiqarilish davri 5-7 soatni tashkil qiladi. Preparatning taxminan 90% buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi, yuborilgan miqdorining taxminan 5% metabolizmga uchraydi.

Ornidazol organizmning safro, so‘lak, plevral, peritoneal va orqa miya suyuqligi (qon plazmasidagi konsentrasiyasidan taxminan 43%), qin sekreti, suyak to‘qimasi, jigar, eritrositlar kabi ko‘pchilik to‘qimalari va biologik suyuqliklarida taqsimlanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 20% dan kamroqni tashkil qiladi. Ornidazol yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga chiqariladi. Organizmda preparatning deyarli 30-60% gidroksilizasiya, oksidlanish va glikozilizasiya yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti (2-oksimetronidazol) ham protozoylarga qarshi va antibakterial ta‘sirga ega. Ornidazol bir marta yuborilganidan keyin asosan siydik bilan (60-80%), qisman – safro bilan o‘zgarmagan holda va metabolitlari ko‘rinishida 5 sutka davomida chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Preparatga sezgir qo‘zg‘atuvchilar (mikroorganizm va sodda hayvonlar) chaqirgan aralash infeksiyalarni davolashda:

  • siydik-jinsiy tizimining kasalliklari: o‘tkir va surunkali pielonefrit, prostatit, sistit, epididimit, siydik yo‘llarining asoratli yoki qaytalanuvchi infeksiyalari;
  • penisillinga chidamli gonokokklar, xlamidiyalar, trixomonadalar va boshqa mikroorganizmlar chaqirgan jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklar;
  • Naemophilus influenzae yoki boshqa grammanfiy qo‘zg‘atuvchilar, shuningdek tillarang stafilokokk, ichak tayoqchasi, klebsiella, enterobakteriyalar, protey, Rseudomonas, legionela, stafilokokklar chaqirgan nafas yo‘llarining o‘tkir, surunkali va qaytalanuvchi infeksiyalari (bronxitlar, pnevmoniya);
  • qorin bo‘shlig‘i a‘zolari va o‘t-chiqarish yo‘llarining infeksiyalari, shuningdek amebiaz – ameb dizenteriya, uning ichakdan tashqari shakllari, ayniqsa amyobali jigar abssessi; lyamblioz, qorin tifi, salmonellyoz, shigelyoz;
  • quloq, tomoq va burunning surunkali va qaytaluvchi infeksiyalarida, agarda ular grammanfiy qo‘zg‘atuvchilar (shu jumladan Rseudomonas) yoki stafilokokk tomonidan chaqirilgan bo‘lsa;
  • og‘iz bo‘shlig‘ining infeksiyalari, o‘tkir nekrotik yarali gingivit;
  • teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari;
  • suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalari;
  • immuntanqisligi yoki neytropeniyasi bo‘lgan bemorlarda infeksion asoratlarni oldini olish;
  • jarrohlik infeksiyalarini, ayniqsa gastroenterologiyada, operasiyadan oldingi profilaktika yoki operasiyadan keyingi davolash;
  • ginekologik kasalliklarda qo‘llanadi;

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatning dozasi infeksiyaning turi va og‘irligiga bog‘liq. Kattalar uchun u kuniga 100 ml dan 400 ml gachani tashkil etadi. Ofloksasinni 200 ml gacha sutkalik bir martalik doza sifatida buyurish mumkin (ertalab qabul qilish uchun).

Tavsiya qilingan dozalari:

Nafas yo‘llarining, shuningdek tomoq, quloq va burun infeksiyalarida – sutkada 200 ml (og‘ir hollarda sutkada 300-400 ml gacha)

Teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalarida – sutkada 200 ml

Suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalarida – sutkada 200 ml

Qorin bo‘shlig‘ining infeksiyalarida – sutkada 200 ml

Bakterial enteritda – sutkada 200 ml

Yuqori siydik chiqarish yo‘llari va jinsiy a‘zolarning infeksiyalarida – sutkada
200 ml

Quyi siydik chiqarish yo‘llarining asoratsiz infeksiyalarida – sutkada 100 ml.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak tizimi tomonidan: og‘izda metall ta‘mi va og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘irlik va og‘riq, ishtaha yo‘qolishi, diareya, qusish;

Markaziy nerv tizimi tomonidan: uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, rigidlik, harakat koordinasiyasini buzilishi, vaqtinchalik hushdan ketish, toliqish, ataksiya, tirishishlar, ongni chalkashishi, sensor yoki aralash periferik neyropatiya belgilari;

Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kam hollarda leykositlar, eritrositlar va/yoki qon plastinkalari sonini kamayishi kuzatiladi (leykopeniya, agranulositoz, anemiya, trombositopeniya, pansitopeniya);

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: gipotenziya, taxikardiya;

Boshqalar: qonda kreatinin darajasini oshishi, jigar fermentlari, bilirubin faolligini oshishi, artralgiya, mialgiya;

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, fotosensibilizasiya, Kvinke shishi, ko‘p shaklli eritema;

Boshqa nojo‘ya ta‘sirlari: gipoglikemik dori vositalarini qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda gipoglikemiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat va uning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; tutqanoqda, anamnezida markaziy nerv tizimini shikastlanishida (xususan, bosh miya jarohatidan, insultdan yoki markaziy nerv tizimidagi yallig‘lanish jarayonlaridan keyingi) qo‘llash mumkin emas.

Preparatni bolalarga, o‘smirlarga, homilador ayollarga va emizikli onalarga buyurish mumkin emas, chunki Aksafloks-OD ni bu guruh bemorlarda qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha yetarli ma‘lumotlar yo‘q.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antasid yoki tarkibida temir saqlovchi vositalar bilan birga qabul qilinganida, Aksafloks-OD ning samaradorligi pasayadi, shuning uchun dori vositasi yuqorida keltirilgan vositalarni qabul qilishdan 2 soat oldin yoki qabul qilinganidan keyin 2 soat o‘tgach qabul qilinadi.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) bilan birga qabul qilinganida, tirishishlarning xavfi oshadi.

Probenesid, simetidin, furosemid va metotreksat chiqarilishini tormozlab, toksikligini oshirishi mumkin. Glibenklamidning konsentrasiyasini oshiradi. Geparin saqlovchi eritmada aralashtirish mumkin emas (presipitasiya xavfi mavjud).

Aksafloks-OD kumarin qatori antikoagulyantlarining samarasini kuchaytiradi, vekuroniy bromidining miorelaksasiya qiluvchi ta‘sirini uzaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Aksafloks-OD bilan davolash vaqtida fotosensibilizasiya xavfining mavjudligi sababli bevosita quyosh nurlarining tushishidan, ultrabinafsha nurlari bilan nurlanishdan (simob-kvars lampalari, solyariy) saqlanish kerak.

Aksafloks-OD ambulator bemorlarda pnevmoniyani davolashda qo‘llanuvchi birinchi qator dori vositasi hisoblanmaydi (pnevmoniyaning qo‘zg‘atuvchisi ko‘pincha – pnevmokokk).

Nojo‘ya ta‘sirlari, ayniqsa nerv tizimi tomonidan, allergik reaksiyalar rivojlanganida, dori vositasini bekor qilish lozim.

Aksafloks-OD bilan davolashda diareyaning kuchayishi soxtamembranoz kolitning belgisi bo‘lishi mumkin. Bu asoratni rivojlanishiga shubha bo‘lsa, Aksafloks-OD qabul qilinishini tezda to‘xtatish va shoshilinch antibakterial davolanish buyurish kerak (ichga – vankomisin yoki metronidazol). Ichak peristaltikasini kamaytiruvchi preparatlarni qo‘llash mumkin emas.

Buyraklar faoliyatini buzilishi yoki jigarning og‘ir shikastlari (sirroz) bo‘lgan bemorlarda preparatning o‘rtacha sutkalik dozasini (200 ml) oshirmaslik kerak.

Aksafloks-OD ni uzoq muddat qabul qilganda ikkilamchi infeksiyani rivojlanish xavfi mavjud (preparatga rezistent mikroorganizmlarni o‘sishi sababli). Agar davolash vaqtida ikkilamchi infeksiyaning rivojlanish xavfi tug‘ilsa, muvofiq choralar ko‘rilishi lozim.

Preparat alkogol bilan nomutanosib!

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi.

Preparatni homilador va emizikli ayollarga buyurish mumkin emas.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.

Preparatning ba‘zi nojo‘ya ta‘sirlari (bosh aylanishi, uyquchanlik, ongni chalkashishi, ko‘rish va eshitish qobiliyatini buzilishi, harakatlar koordinasiyasini buzilishi) psixomotor reaksiyalar tezligini sekinlashtirishi va avtotransport vositalarini boshqarish yoki xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini yomonlashtirishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, ongni chalkashishi, tirishishlar; ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi va qusish; shilliq qavatlarning eroziyasi.

Davolash: simptomatik. Spesifik antidoti yo‘q.

Chiqarilish shakli

100 ml dan preparat polipropilen konteynerda.

1 polipropilen konteyner karton qutiga qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan o‘ramlangan.

Saqlash sharoiti

Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Sertifikarlar

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AKSAFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AKSAFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AKSAFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml dori vositasi Axa Parenterals Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AKSAFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AKSAFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
OKVINOV infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
ROFLOKSAN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 41 800 so'mdan Batafsil
FLOKSUROL OFTALMO ko'z tomchilari 5ml 0,3%
YUNIFLOKS ko'z tomchilari i ushnie 10ml 3mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unimed Pharma spol. S.r.o.
ROFLOKSAN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited, Великобритания произведено: SEDICO Pharmaceutical Co.
ROFLOKSAN tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
OFLOKORT infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
OFLOKSASIN tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
OFLOKSASIN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
OFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
YUNIFLOKS ko'z tomchilari i ushnie 5ml 3mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unimed Pharma spol. S.r.o.
IZIOFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
SINOFLOKS NEO eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
FLOKSUROL infuziya uchun eritma 100ml 0,2%
POLIMIK tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 43 700 so'mdan Batafsil
OFLOSTAT NEO infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
OFLOKSIM infuziya uchun eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarkand England Ecomedical, СП ООО
OFLOKS 200 tabletkalari 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Eron
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Exir Pharmaceutical Co.
MR OFLODIK infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
OFLODEKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Parenteral Drugs (India) Ltd
Narh: 27 700 so'mdan Batafsil
OPLEKS infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
KAFRA tabletkalari 400mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
ROFLOKSAN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
OFLOD inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
AKSAZOLID infuziya uchun eritma 300ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Axa Parenterals Ltd
AKSA ZOL F infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml N1
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
AKSA MOKSIN infuziya uchun eritma 250ml 400mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Axa Parenterals Ltd
AKSA MOKSIN infuziya uchun eritma 100ml 400mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Axa Parenterals Ltd
AKSAZOLID infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Axa Parenterals Ltd
AKSA LEVO infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
AKSAPARA infuziya uchun eritma 100ml 10mg/ml N1
AKSASIP infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
AKSAFLOKS OD infuziya uchun eritma 100ml
TIMATE tomchilar 5 ml 0,5 % N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: AXA PARENTERALS LTD
BUDEKSA suspenziya 0,5 mg/2 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Axa Parenterals Ltd
AYKUL tomchilar 10 ml 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Axa Parenterals Ltd
AKSADEKS-M tomchilar 10 ml 0,5%/0,1% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: AXA PARENTERALS LTD
AKSAFLU-RS suspenziya 0,5 mg/2 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Axa Parenterals Ltd
AKSAGIL infuziya uchun eritma 100ml 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Axa Parenterals Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9