×
×
  • ALISIP 500 tabletkalari 500mg N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ALISIP 500 tabletkalari 500mg N10

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
ATX kodi:
- J01MA02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

NIRLIV inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml Aculife Healthcare Pvt. Ltd Hindiston
AUGMENTIN tabletkalari 625mg N14 GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: SmithKline Beecham Limited Buyuk Britaniya
KLAMOK tabletkalari 1000mg N10 Nobel Pharmsanoat, ИП ООО O'zbekiston
49 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ALISIP 500 tabletkalari 500mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ALISIP-500

ALICIP-500

Preparatning savdo nomi: ALISIP-500

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): siprofloksasin gidroxloridi.

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: siprofloksasin gidroxloridi (monogidrati) siprofloksasinga hisoblaganda 500 mg.

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, natriy karboksimetilkraxmali, povidon, natriy kroskarmelloza, talk, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi, titan dioksidi, polietilenglikol.

Ta‘rifi: ikki yoqlama qavariqli, oqdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan, «CIP 500» o‘yiqli va bir tomonida riskali kapsulasimon shaklli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibakterial sintetik vositalar. Ftorxinolonlar guruhi antibakterial preparat.

ATX kodi: J01MA02

 

Farmakologik xususiyatlari

Ftorxinolonlar guruhiga mansub keng bakterisid ta‘sir doirali mikroblarga qarshi preparat. Tinch holatdagi hamda ko‘payish bosqichidagi mikroorganizmlarga bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmi bakteriyalarning ko‘payish vaqtida xromosomalarni segmentli despiralizasiyasi va spiralizasiyasi jarayonida katta ahamiyatga ega bo‘lgan DNK-giraza fermentining faolligini ingibisiya qilishi bilan bog‘liq. Ko‘pchilik grammanfiy va grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan yuqori faol: ko‘kyiring, gemofil va ichak tayoqchalari, shigellalar, salmonellalar, meningokokk, gonokokk, stafilokokklarning ko‘pchilik shtammlari (penisillinaza ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan, metisillinrezistent), enterokokklarning ayrim turlari, shuningdek kampilobakter, legionellalar, mikoplazmalar, xlamidiyalar va mikobakteriyalar. Beta-laktamazalarni ishlab chiqaruvchi organizmlarga nisbatan faol. Aminoglikozidlar, penisillinlar, uchinchi avlod sefalosporinlari, tetrasiklinlar va boshqa antibiotiklarga chidamli bakteriyalarga qarshi juda samarali vosita. Preparatga rezistentlik juda sekin hosil bo‘ladi (ko‘p pog‘onali tur). Preparatga rezistent bo‘lgan mikroorganizmlar: Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroides, Streptococcus faecum, Treponema pallidum, Chlamidia.

Preparat sezgir bakteriyalarga, shuningdek fagositlar ichida ham ta‘sir ko‘rsatib, immunologik tizimni qo‘llab-quvvatlaydi. Kislotali muhitda faolligi kamayadi.

Farmakokinetikasi

Preparat me‘da-ichak yo‘llaridan tez va yaxshi so‘riladi. Asosan o‘n ikki barmoq va ingichka ichaklarda so‘riladi. Ichga qabul qilinganida siprofloksasinning biokiraolishligi 70-80% ni tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish preparat so‘rilishini sekinlashtiradi, lekin Smax va biokiraolishligini o‘zgartirmaydi. Taxminan 20-30% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Preparat qabul qilingan vaqtdan to uni qonda paydo bo‘lishi aniqlanishigacha bo‘lgan vaqti, odatda 30 minutdan kam. Qonda maksimal konsentrasiyaga yetish vaqti 1-1,5 soatni tashkil qiladi. To‘qimalar, suyuqliklar va hujayralarga kirib yuqori konsentrasiya hosil qiladi. Siprofloksasinning o‘pka to‘qimasidagi va prostata bezidagi konsentrasiyasi qon zardobidagi konsentrasiyasidan bir necha marta yuqori. Jigarda kam faol metabolitlarining hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi (15-30%). Buyrak klirensi minutiga 3-5 ml/kg. Asosan buyraklar orqali (taxminan 30-60% o‘zgarmagan holda, 15% metabolitlari holida) va qolgan qismi axlat bilan chiqariladi.

Ichga qabul qilinganidan so‘ng yarim chiqarilish davri (T1/2) 3-5 soat. Buyraklar funksiyasi sezilarli darajada buzilganida bu ko‘rsatkich oshishi mumkin (hatto 12 soatgacha).

Qo‘llanilishi

Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari (o‘tkir va surunkali pielonefrit, obstruktiv litiaz, sistit, siydik yo‘llarining asoratlangan yoki qaytalanuvchi infeksiyalari, prostatit, epididimit), nafas yo‘llarining infeksiyalari (pnevmoniya, bronxopnevmoniya, infeksiyalangan plevrit, o‘pka abssessi, infeksiyalangan bronxoektazlar, surunkali bronxitni kuchayishi), teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (infeksiyalangan yaralar, jarohat infeksiyalari, abssesslar, sellyulitlar, tashqi otit, infeksiyalangan kuyishlar), me‘da-ichak yo‘llarining infeksiyalari (qorin tifi, bakterial diareya va boshqalar), qorin bo‘shlig‘ining infeksiyalari (peritonit, qorin bo‘shlig‘i ichidagi abssess, xolangit, xolesistit, o‘t qopi empiemasi), ko‘z, o‘rta quloq va yondosh bo‘shliqlar, suyaklar va bo‘g‘imlar, kichik chanoq a‘zolarining infeksiyalari, gonoreya. Immuniteti pasaygan bemorlarda infeksiyalarni oldini olish va davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga. Tabletkalarni och qoringa yoki ovqatdan so‘ng, butunligicha ozgina suyuqlik bilan yutish lozim. Doza infeksiyani joylashishi va kechishining og‘irligiga, shuningdek mikroorganizmning sezgirligiga qarab individual ravishda belgilanadi. Buyraklar funksiyasining o‘rtacha va yaqqol buzilishlari bo‘lgan bemorlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinadi (ya‘ni kreatinin klirensi minutiga 20 ml dan kam bo‘lganida, bir martalik doza o‘rtacha dozaning 50% ni tashkil qiladi va sutkada 2 marta buyuriladi yoki odatdagi bir martalik doza sutkada bir marta yuboriladi). Juda og‘ir hollarda va siprofloksasinga sezgirligi kam bo‘lgan mikroorganizmlar chaqirgan qaytalanuvchi infeksiyalarda, preparatning kunduzgi dozasini bir qabulda 750 mg gacha oshirish mumkin, kuniga 2 marta har 12 soatda qabul qilinadi. Keksa bemorlar uchun dozani kamaytirish kerak (odatda 1/3 ga).

Siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalarida sutkada ikki marta 0,25-0,5 g dan buyuriladi; davolash kursi 7-10 kun. Asoratlanmagan gonoreyada bir marta 0,25-0,5 g; gonokokk infeksiyasi xlamidiya va mikoplazma infeksiyasi bilan birga qo‘shilganida  0,75 g dan har 12 soatda 7-9 kun davomida buyuriladi. Shankroidda sutkada ikki marta 0,5 g dan bir necha kun qbul qilinadi. Burun-xalqumdagi meningokokk tashuvchilikda bir marta 0,5 g yoki 0,75 g dozada. Salmonellalarni surunkali tashuvchilikda sutkada 4 marta 0,25 g dan buyuriladi. Pnevmoniyada, osteomielitda sutkada 2 marta 0,75 g dan, 7-14 kun davomida buyuriladi. Staphylococcus aureus chaqirgan me‘da-ichak yo‘llarining infeksiyalarida har 12 soatda 0,75 g dan, 7-28 kun davomida buyuriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi va jigar tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, ovqat hazm qilishni buzilishi, diareya, qorin sohasida og‘riq, meteorizm, ishtahani yo‘qolishi, xolestatik sariqlik, gepatit.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, migren, charchoqlik, holsizlik, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, qaltirash, periferik nevralgiya, paresteziyalar, ko‘p terlash, harakat koordinasiyasini buzilishi, tirishish, bezovtalik holati, depressiya, gallyusinasiyalar, tungi dahshatlar (bu reaksiyalar preparatni darhol to‘xtatishni talab qiladi).

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, hushdan ketishlar, gipertenziya, stenokardiya, miokard infarkti, serebral trombozlar.

Qon yaratish tizimi tomonidan: eozinofiliya, leykositopeniya, leykositoz, anemiya, gemolitik anemiya, trombositopeniya, trombositoz.

Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, kristalluriya, albuminuriya, uretral qon ketishlar, hatto tranzitor buyrak yetishmovchiligining rivojlanishigacha bo‘lgan funksiyasini buzilishi mumkin.

Sezgi a‘zolari tomonidan: ta‘m va hid sezishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi (diplopiya, xromatopsiya), quloqlarda shovqin, vaqtinchalik quloq eshitmasligi (ayniqsa baland tovushlarga).

Allergik va immunopatologik reaksiyalar: qichishish, eshakemi, qizarish, teri toshmalari, dorilar ta‘siridagi isitma, kam hollarda – Kvinke shishi, bronxospazm, artralgiya, kam hollarda anafiliktik shok, petexiyalar, gemorragik pufakchalar, mialgiya, vaskulit, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Siprofloksasinga yoki boshqa xinolon preparatlarga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (yoshlarda tog‘aylarni shikastlanishiga olib kelishi mumkin), keksalar, homiladorlar va emizikli ayollarda soxtamembranoz kolitda (v/i yuborish uchun) qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ftorxinolonlardan tashqari, boshqa antibiotiklar va antibakterial vositalar bilan bir vaqtda buyurilganida, ularning ta‘sirini susayishi aniqlanmagan. Temir preparatlari, sukralfat, alyuminiy, magniy yoki kalsiy gidroksidini saqlovchi antasidlar bir vaqtda qabul qilinganida preparatning so‘rilishini pasayishini chaqiradi, shuning uchun bu preparatlarni qo‘llash orasidagi vaqt 4 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Teofillin bilan bir vaqtda qo‘llash uning nojo‘ya ta‘sirini kuchaytiradi, bu teofillinning miqdorini kamaytirishni talab qiladi. Siklosporin bilan bir vaqtda qabul qilish kreatininning qon plazmasidagi darajasini oshishiga olib keladi, shuning uchun ushbu ko‘rsatkichni nazorat qilish (haftada 2 marta) lozim. Varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanganida varfarinning ta‘siri kuchayadi. Probenesid bilan birga buyurish preparatning ta‘siri kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Bosh miya tomirlarining yaqqol aterosklerozi, bosh miya qon aylanishining buzilishlari, tutqanog‘i, anamnezida tirishish hurujlari bo‘lgan, buyraklar funksiyasi buziishi bo‘lgan pasientlarda (faqat hayotiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha) ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Davolanish vaqtida bemorlar yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilishlari lozim. Preparat reaksiya tezligini pasaytirishi mumkin (ayniqsa alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanganida), buni yuqori diqqat va tezkor reaksiyalarni talab qiladigan kasb egalari (masalan, transport haydovchilari) hisobga olishlari kerak. Og‘ir va uzoq davom etuvchi diareya hollarida soxtamembranoz kolit tashhisini istisno qilish lozim, u preparatni qo‘llashni darhol bekor qilishni va kerakli davolashni buyurilishini talab qiladi. Preparat bilan davolash fonida ayrim laboratoriya ko‘rsatkichlari o‘zgarishi mumkin: siydikda cho‘kma paydo bo‘lishi, qon zardobida kreatinin, mochevina, bilirubin, jigar transaminazalarining konsentrasiyasini vaqtinchalik oshishi; ayrim hollarda – giperglikemiya, kristalluriya yoki gematuriya, protrombin ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi.

Davolanish vaqtida fotoallergik reaksiyalarini paydo bo‘lishining ehtimoli tufayli, bevosita quyosh nurlaridan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlancin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: Ba‘zida siprofloksasinning dozasi sezilarli darajada oshirib yuborilganida buyraklarning o‘tuvchan shikastlanishi aniqlangan.

Davolash: Maxsus antidoti yo‘q. Me‘dani yuvish va qusishni chaqirishni o‘tkazish lozim, qo‘shimcha gemodializ yoki peritoneal dializ o‘tkazish mumkin.

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan 10 ta tabletka alyuminli blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida jolashgan.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ALISIP 500 tabletkalari 500mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ALISIP 500 tabletkalari 500mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ALISIP 500 tabletkalari 500mg N10 dori vositasi Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ALISIP 500 tabletkalari 500mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ALISIP 500 tabletkalari 500mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ALIZOL 20 kapsulalar 20mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
PANTOZOL poroshok 40mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
ALITRO 200 suspenziya 15ml 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
ALIZOL 20 kapsulalar 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
ALIKSON poroshok 1g N1
ALIFLOKS OZ tabletkalari N10
ALIZON PLYUS poroshok 0,5g N1
INAGRA 100 tabletkalari 100mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
ALITRO 250 ALITRO 500 tabletkalari 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
ALITRO 250 ALITRO 500 tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
ALIPAR tabletkalari 50mg/500mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
ALIZOL D kapsulalar N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9