×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ALIFLOKS OZ tabletkalari N10

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Орнидазол, Офлоксацин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
ATX kodi:
- J01RA09
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

OFLO infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited) Hindiston
23 000 s`om dan
KLAFORAN poroshok 1,0g N1 Sanofi Aventis Ilaclari Ltd. Sti, Турция произведено: Zentiva Saglik Urunleri San. Ve Tic. А.S. Turkiya
47 800 s`om dan
SEF-OD kapsulalar 400mg N5 CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd Pokiston
55 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ALIFLOKS OZ tabletkalari N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ALIFLOKSOZ

ALIFLOX-OZ

 

Preparatning savdo nomi: Alifloks-OZ

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): ofloksasin va ornidazol

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 200 mg ofloksasin, 500 mg ornidazol;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, kraxmal, povidon, natriy kroskarmelozasi, metilparaben, propilparaben, talk, magniy stearati, kolloidli kremniy dioksidi;

qobig‘ining tarkibi: titan dioksidi, PVPK-30, suv

Ta‘rifi: ikki yoqlama qavariqli, oqdan oq sarg‘ish tusli rangligacha, bir tomonida riskali, kapsulasimon shaklli, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: antibakterial va protozoylarga qarshi vositalar.

ATX kodi: J01RA09

Farmakologik xususiyatlari

Alifloks-OZ majmuaviy dori vositasidir.

Ofloksasin – ftorxinolon guruhiga mansub keng ta‘sir doirasiga ega mikroblarga qarshi vosita. Boshqa ftorxinolonlar kabi ofloksasinning bakterisid ta‘siri, uning DNK-giraza bakterial fermentni bloklash qobiliyati bilan bog‘liq.

Ofloksasin keng ta‘sir doirasiga ega: u ko‘pchilik grammanfiy – Escherichia coli, Klebsiella, Proteus, Salmonella, Yersinia, Providencia, Shigella, Enterobacter, Citrobacter, Providentia, Pseudomonas, Hafnia, shuningdek Staphylococcus (shu jumladan metisilinga va boshqa antibiotiklarga chidamli mikroflora) bakteriyalarga nisbatan faol.

Shuningdek preparatga Neisseria, Mycoplasma, Chlamydia, Campylobacter, Brucella, Vibrio, Aeromonas, Plesiomonas, Haemophilus influenzae, Versinia lar ham sezgir.

Preparatga: enterokokklar, streptokokklar (S.pyogenes, S.pneumoniae, S.viridans), Serratia marcescens, Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter, Mycoplasma (M.hominis, M.pneumoniae), tuberkulez mikobakteriyalari, shuningdek Musobacterium fortuitum, Gardnerella vaginalis, Ureaplasma, Bruccella doimiy bo‘lmagan sezgirlikka ega.

Anaerob bakteriyalar (B. urealiticusdan tashqari), Treronema rallidum, viruslar, zamburug‘lar va bir hujayralilar dori vositasiga sezgir emas.

Ornidazol – protozoylarga qarshi va antibakterial vosita. Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia (Giardia intestinalis) larga, shuningdek ayrim Bacteroides, Clostridium spp., Fusobacterium spp. kabi anaerob bakteriyalarga va anaerob kokklarga nisbatan faol.

Ta‘sir mexanizmi bo‘yicha ornidazol – nitroguruhni tiklash va ferridoksinlar guruhi oqsillarni nitrobirikmalar bilan o‘zaro ta‘sirini tezlashtirish qobiliyatiga ega ferment tizimi bo‘lgan mikroorganizmlarga nisbatan tanlab ta‘sir qiluvchi DNK-trop preparatdir. Preparatni mikrob xujayrasiga kirganidan keyin uning ta‘sir mexanizmi mikroorganizmdagi nitroreduktaza ta‘siri ostida nitroguruhini tiklanishi va tiklangan nitroimidazolni faolligi bilan ifodalanadi. Tiklanish mahsulotlari DNK degradasiyasini chaqirib, u bilan kompleks hosil qiladi, DNK replikasiyasi va transkripsiyasi jarayonlarini buzadi. Bundan tashqari, preparat metabolizmining mahsulotlari sitotoksik xususiyatlariga ega va hujayraning nafas olish jarayonlarini buzadi.

Farmakokinetikasi

Ofloksasin ichga qabul qilinganidan so‘ng me‘da-ichak tizimida deyarli to‘liq so‘riladi, dori vositasining biokiraolishligi 100% ga yetadi, dori vositasining dozasiga qarab, qabul qilinganidan keyin 30-60 minut o‘tgach qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyaga erishiladi. O‘zgarmagan holda, asosan siydik (90%) orqali chiqariladi.

Ichga qabul qilinganidan keyin ornidazol tez so‘riladi. Qabul qilinganidan so‘ng 3 soat o‘tgach maksimal konsentrasiyaga erishiladi. Plazma oqsillari bilan 15% dan kamrog‘i bog‘lanadi.

Biokiraolishligi – 90%. Preparat gistogematik, shu jumladan gematoensefalik to‘siqlardan oson o‘tadi, organizmning suyuqlik va to‘qimalariga yaxshi o‘tadi.

Jigarda metabolizmga uchraydi.

Asosan buyraklar orqali metabolitlari ko‘rinishida (qabul qilingan dozaning taxminan 4% o‘zgarmagan holda), 22% ichak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 12-14 soatni tashkil qiladi.

Qo‘llanilishi

Preparatga sezgir qo‘zg‘atuvchilar (mikroorganizm va sodda xayvonlar) chaqirgan aralash infeksiyalarni davolashda:

– siydik-jinsiy tizimining kasalliklari: o‘tkir va surunkali pielonefrit, prostatit, sistit, epididimit, siydik chiqarish yo‘llarining asoratli yoki qaytalanuvchi infeksiyalari;

– penisillinga chidamli gonokokklar, xlamidiyalar, trixomonadalar va boshqa mikroorganizmlar chaqirgan jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklar;

– Naemophilus influenzae yoki boshqa grammanfiy qo‘zg‘atuvchilar, shuningdek tillarang stafilokokk, ichak tayoqchasi, klebsiella, enterobakteriyalar, protey, Rseudomonas, legionela, stafilokokklar chaqirgan nafas yo‘llarining o‘tkir, surunkali va qaytalanuvchi infeksiyalari (bronxitlar, pnevmoniya);

– qorin bo‘shlig‘i a‘zolari va o‘t-chiqaruvchi yo‘llarining infeksiyalari, shuningdek amyobiaz – amyobali dizenteriya, uning ichakdan tashqari shakllari, ayniqsa amyobali jigar abssessi; lyamblioz, qorin tifi, salmonellez, shigelez;

– quloq, tomoq va burunning surunkali va qaytaluvchi infeksiyalarida, agar ular grammanfiy qo‘zg‘atuvchilar (shu jumladan Rseudomonas) yoki stafilokokk tomonidan chaqirilgan bo‘lsa;

– og‘iz bo‘shlig‘ining infeksiyalari, o‘tkir nekrotik yarali gingivit;

– teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari;

– suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalari;

– immuntanqisligi yoki neytropeniyasi bo‘lgan bemorlarda infeksion asoratlarni oldini olish;

– jarrohlik infeksiyalarini, ayniqsa gastroenterologiyada, operasiyadan oldingi oldini olish yoki operasiyadan keyingi davolash;

– ginekologik kasalliklarda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Alifloks-OZ ichga chaynamasdan suv bilan birga qabul qilinadi. Preparatni qabul qilish ovqat qabul qilishga bog‘liq emas. Alifloks-OZ dozasi va davolash muddati mikroorganizmlarning sezuvchanligiga, infeksion jarayonning turi va og‘irligiga bog‘liq. Kattalar uchun o‘rtacha doza – 1 tabletkadan kuniga 2 marta, davolash davomiyligi – 7-10 kunni tashkil qiladi. Kasallikning klinik belgilari yo‘qolganidan so‘ng kamida 3 kun davolashni davom ettirish tavsiya qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak tizimi tomonidan: og‘izda metall ta‘mi va og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘irlik va og‘riq, ishtaha yo‘qolishi, diareya, qusish;

Markaziy nerv tizimi tomonidan: uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, rigidlik, harakat koordinasiyasini buzilishi, vaqtinchalik hushdan ketish, charchoqlik, ataksiya, tirishishlar, ongning chalkashishi, sensor yoki aralash periferik neyropatiya belgilari;

Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kam hollarda leykositlar, eritrositlar va/yoki qon plastinkalari sonining kamayishi (leykopeniya, agranulositoz, anemiya, trombositopeniya, pansitopeniya) kuzatiladi;

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: gipotenziya, taxikardiya;

Boshqalar: qonda kreatinin darajasini oshishi, jigar fermentlari, bilirubin faolligini oshishi, artralgiya, mialgiya;

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, fotosensibilizasiya, Kvinke shishi, ko‘p shaklli eritema;

Boshqa nojo‘ya ta‘sirlari: gipoglikemik dori vositalarini qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda gipoglikemiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat va uning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; tutqanoqda, anamnezida markaziy nerv tizimini shikastlanishida (xususan, bosh miya jarohatidan, insultdan yoki markaziy nerv tizimidagi yallig‘lanish jarayonlaridan keyingi) qo‘llash mumkin emas.

Preparatni bolalarga, o‘smirlarga, homilador ayollarga va emizikli onalarga buyurish mumkin emas, chunki Alifloks-OZ ni bu guruh bemorlarda qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha yetarli ma‘lumotlar yo‘q.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antasid yoki tarkibida temir bo‘lgan vositalar bilan birga qabul qilinganida, Alifloks-OZ ning samaradorligi pasayadi, shuning uchun dori vositasi yuqorida keltirilgan vositalarni qabul qilishdan 2 soat oldin yoki qabul qilinganidan keyin 2 soat o‘tgach qabul qilinadi.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) bilan birga qabul qilinganida, tirishishlarning xavfi oshadi.

Probenesid, simetidin, furosemid va metotreksat chiqarilishini tormozlab, toksikligini oshirishi mumkin. Glibenklamidning konsentrasiyasini oshiradi. Geparin saqlagan eritmada aralashtirish mumkin emas (presipitasiya xavfi mavjud).

Alifloks-OZ kumarin qatori antikoagulyantlarining samarasini kuchaytiradi, vekuroniy bromidining miorelaksasiya qiluvchi ta‘sirini uzaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Alifloks-OZ bilan davolash vaqtida fotosensibilizasiya xavfining mavjudligi sababli bevosita quyosh nurlarini tushishidan, ultrabinafsha nurlari bilan nurlanishdan (simob-kvars lampalari, solyariy) saqlanish kerak.

Alifloks-OZ ambulator bemorlarda pnevmoniyani davolashda qo‘llanuvchi birinchi qator dori vositasi hisoblanmaydi (pnevmoniyaning qo‘zg‘atuvchisi ko‘pincha – pnevmokokk).

Nojo‘ya ta‘sirlari, ayniqsa nerv tizimi tomonidan, allergik reaksiyalar rivojlanganida, dori vositasini bekor qilish lozim.

Alifloks-OZ bilan davolashda diareyani kuchayishi soxtamembranoz kolitning belgisi bo‘lishi mumkin. Bu asoratni rivojlanishiga shubha bo‘lsa, Alifloks-OZ qabul qilinishini tezda to‘xtatish va shoshilinch antibakterial davolash buyurilishi kerak (ichga-vankomisin yoki metronidazol). Ichak peristaltikasini kamaytiruvchi preparatlarni qo‘llash mumkin emas!

Buyraklar funksiyasini buzilishi yoki jigarning og‘ir shikastlari (sirroz) bo‘lgan bemorlarda preparatning o‘rtacha sutkalik dozasini (2 tabletka) oshirmaslik kerak.

Alifloks-OZ ni uzoq muddat qabul qilishda ikkilamchi infeksiyani rivojlanish xavfi mavjud (preparatga rezistent mikroorganizmlarni o‘sishi sababli). Agar davolash vaqtida ikkilamchi infeksiyani rivojlanish xavfi tug‘ilsa, muvofiq choralar ko‘rilishi lozim.

Preparat alkogol bilan nomutanosib!

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi.

Preparatni homilador va emizikli ayollarga buyurish mumkin emas.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.

Preparatning ba‘zi nojo‘ya ta‘sirlari (bosh aylanishi, uyquchanlik, ongni chalkashishi, ko‘rish va eshitish qobiliyatining buzilishi, harakatlar koordinasiyasining buzilishi) psixomotor reaksiyalar tezligining sekinlashtirishi va avtotransport vositalarini boshqarish yoki xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini yomonlashtirishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, ongni chalkashishi, tirishishlar; ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi va qusish; shilliq qavatlarning eroziyasi.

Davolash: simptomatik. Maxsus antidoti yo‘q.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan 10 tabletka alyumin blisterda.

1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ALIFLOKS OZ tabletkalari N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ALIFLOKS OZ tabletkalari N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ALIFLOKS OZ tabletkalari N10 dori vositasi Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ALIFLOKS OZ tabletkalari N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ALIFLOKS OZ tabletkalari N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ADOKSIN OZ tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Орнидазол, Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
OFLODAZ infuziya uchun eritma 500mg 200 mg+500 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Орнидазол, Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: SR Pharmaceutical Ind. Pvt. Ltd
ADOKSIN OZ tabletkalari N10
NYu O2 tabletkalari 500mg 200 mg+500 mg N10
AKSAFLOKS OD infuziya uchun eritma 100ml
ORLOKS tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Орнидазол, Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ALIZOL 20 kapsulalar 20mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
PANTOZOL poroshok 40mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
ALITRO 200 suspenziya 15ml 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
ALIZOL 20 kapsulalar 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
ALIKSON poroshok 1g N1
ALIZON PLYUS poroshok 0,5g N1
ALISIP 500 tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
INAGRA 100 tabletkalari 100mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
ALITRO 250 ALITRO 500 tabletkalari 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
ALITRO 250 ALITRO 500 tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
ALIPAR tabletkalari 50mg/500mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
ALIZOL D kapsulalar N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9