QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ALIZOL – D
ALIZOLYe – D
Preparatning savdo nomi: Alizol – D
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): domperidon va omeprazol
Dori shakli: kapsula
Tarkibi:
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 20 mg omeprazol, 10 mg.domperidon;
yordamchi moddalar: polimetakril kislotasi, qand, kraxmal
Ta‘rifi: oq va to‘q sariq rangli granulalar saqlovchi, «2» o‘lchamli pushti rangli qalpoqcha va tiniq korpusli qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi: me‘da-ichak yarasiga qarshi vositalar, proton nasosining ingibitorlari.
ATX kodi: A02VX
Farmakologik xususiyatlari
Alizol-D ning farmakologik xususiyatlari uni tashkil etuvchi ikki komponentlari bilan bog‘liq. Domperidon o‘z ta‘sirini me‘dada, omeprazol esa ingichka ichakda ko‘rsatadi.
Domperidon – qusishga qarshi preparat. Periferik va markaziy dofamin reseptorlarining antagonisti. Me‘daning antral qismi va o‘n ikki barmoq ichakning peristaltik qisqarishlari davomiyligini oshiradi. Me‘dani bo‘shatilishi sekinlashgan holda bu jarayonni tezlashtiradi, qizilo‘ngachning pastki sfinkteri tonusini oshiradi. Hiqichoqni tinchlantiradi. Zardobda prolaktin miqdorini oshiradi.
Omeprazol me‘da-ichak yarasiga qarshi antisekretor preparatlarga kiradi. U me‘da shilliq qavatining parietal hujayralariga oson o‘tadi, ularda to‘planadi va rN ning kislotali ko‘rsatkichida faollashadi. Faol metaboliti – sulfenamid parietal hujayralarning sekretor membranasining N+, K+-ATFazasini (proton nasosi) susaytirib, me‘da bo‘shlig‘iga vodorod ionlarining chiqishini to‘xtatadi va xlorid kislotasining sekresiyasini yakuniy bosqichini bloklaydi. Dozaga bog‘liq ravishda bazal, hamda rag‘batlantirilgan sekresiya darajasini, me‘da sekresiyasining umumiy hajmi va pepsinning ajralib chiqishini kamaytiradi. Xlorid kislotasining ham tungi, ham kunduzgi ishlab chiqarilishini samarali susaytiradi.
Helicobacter pylori ga bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Omeprazol va antibiotiklar bir vaqtda qo‘llanganida H. pylori ning eradikasiyasi kasallikning simptomlarini tezda bartaraf qilishga, jarohatlangan shilliq qavatni yuqori bitish darajasiga, hamda barqaror uzoq muddatli remissiyaga erishish imkonini beradi, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishlari rivojlanishining ehtimolini kamaytiradi.
Reflyuksli ezofagitda qizilo‘ngachda kislotali ekspozisiyani normallashtirish va 24 soat davomida hujayra ichidagi rN>4,0 ni tutib turib (pepsinogenni pepsinga o‘tishini tormozlash) me‘dadagi moddalarning shikastlovchi xususiyatlarini kamaytirish, simptomatikasini susayishi va qizilo‘ngachning jarohatlarini butunlay bitishini ta‘minlaydi (bitish darajasi 90% dan oshadi). Eroziv va yarali ezofagitning N2-gistamin reseptori blokatorlariga rezistent bo‘lgan og‘ir va asoratlangan shakllarini davolashda yuqori samarali. Uzoq muddatli samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash reflyuksli ezofagitning qaytalanishlarini oldini oladi va asoratlarni rivojlanish xavfini qisqartiradi.
Gastroezofageal reflyuks kasalligida 85% bemorda 1 yil davomida remissiyani ta‘minlaydi.
Farmakokinetikasi
Domperidon ichga qabul qilinganidan so‘ng tez so‘riladi. Past biokiraolishlikka ega (15% ga yaqin). Plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga 1 soatdan so‘ng erishiladi.
Domperidon turli to‘qimalarda keng tarqaladi, bosh miya to‘qimalarida uning konsentrasiyasi yuqori emas. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 91-93%. Ichak devorida va jigarda jadal metabolizmga uchraydi.
Ichak orqali (66%) va buyraklar orqali (33%) chiqariladi, dozaning kattaligiga qarab, mos ravishda 0% va 1% o‘zgarmagan holda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 7-9 soat, yaqqol buyrak yetishmovchiligida bu muddat uzayadi.
Omeprazol ichga qabul qilingandan so‘ng me‘da-ichak yo‘llaridan tez va yetarli darajada to‘liq so‘riladi, biroq biokiraolishligi ko‘pi bilan 50-55% ni tashkil qiladi (jigar orqali «birinchi o‘tish» samarasi tufayli). Qon plazmasi oqsillari (albumin va nordon alfa1-glikoprotein) bilan bog‘lanishi juda yuqori – 95% ni tashkil qiladi. 20 mg omeprazol bir marta qabul qilinganidan so‘ng me‘da sekresiyasining susayishi birinchi soat davomida yuz beradi, maksimumiga 2 soatdan so‘ng yetadi va taxminan 24 soat davom etadi. Samarasining yaqqolligi dozaga bog‘liq. Parietal xujayralarning xlorid kislotasini ishlab chiqarish xususiyati davolash tugaganidan so‘ng 3-5 kun davomida tiklanadi.
Preparat jigarda, amalda antisekretor faolligini yo‘qligi bilan xarakterlanadigan, hech bo‘lmaganda 6 ta metabolitini hosil bo‘lish bilan biotransformasiyaga uchraydi.
Asosan buyraklar orqali metabolitlari ko‘rinishida (72-80%) va ichak orqali (18-23%) chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 0,5-1 soatga (jigarning normal funksiyasida) yoki 3 soatga (jigarning surunkali kasalliklarida) teng.
Keksa yoshdagi pasientlarda biokiraolishligi biroz oshishi va organizmdan chiqarilish tezligi kamayishi mumkin.
Qo‘llanilishi
Alizol-D domperidon va omeprazol saqlovchi majmuaviy preparat, dispepsiya bilan kechuvchi reflyuks-ezofagitda proton nasosi ingibitorlari yoki N2-reseptorlari antagonistlarini qo‘shimcha buyurilmasdan tavsiya etiladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalarga, kasallik belgilarining yaqqolligiga qarab, Alizol-D ertalab och qoringa, bir yoki ikki kapsuladan buyuriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Domperidon
– Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘izni qurishi, qabziyat, ichak spazmlari;
– Markaziy nerv tizimi tomonidan: ekstrapiramid buzilishlar;
– Allergik reaksiyalar: kam hollarda – toshma, eshakemi;
– Boshqalar: bosh og‘rig‘i, qon plazmasida prolaktin miqdorini oshishi; kam hollarda – galaktoreya, ginekomastiya.
Omeprazol
– Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya, qabziyat, qorin og‘rig‘i, meteorizm, og‘izni qurishi, ishtahani yo‘qolishi;
– Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik (shu jumladan mushak), uyquni buzilishi, uyquchanlik, depressiya, havotirlik;
– Suyak-mushak tizimi tomonidan: ayrim hollarda – artralgiya, mushaklar kuchsizligi, mialgiya;
– Qon yaratish tizimi tomonidan: ayrim hollarda – anemiya, eozinofiliya, trombositopeniya;
– Allergik reaksiyalar: teri toshmasi;
Ushbu belgilar yoki boshqa noxush holatlar paydo bo‘lsa, dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish, me‘dani yuvish va shifokorga murojaat qilish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
– me‘da-ichak qon ketishlari;
– me‘da yoki ichakni tutilishi;
– me‘daning teshilishi;
– prolaktinoma;
– dori vositasining komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
– 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
– homiladorlik, laktasiya davri;
– buyrak/jigar yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Domperidon.
Bir vaqtda qo‘llanganda antixolinergik preparatlar domperidonning ta‘sirini neytrallashi mumkin. Domperidon bilan bir vaqtda qo‘llanganida antasid va antisekretor preparatlar uning biokiraolishligini pasaytiradi. In vitro sharoitidagi tadqiqotlar asosida domperidon sitoxrom CYP3A4 fermentini ahamiyatli ingibisiya qiluvchi preparatlar (azollar guruhi zamburug‘larga qarshi preparatlar, makrolidlar guruhi antibiotiklari, OITV proteaza ingibitorlari, antidepressant (nefazodon) bilan bir vaqtda qo‘llanganida, plazmada domperidonning miqdorini oshishi kuzatilishi mumkinligini taxmin qilish mumkin. Domperidon qonda parasetamol va digoksinning miqdoriga ta‘sir qilmaydi. Domperidon faol moddasi asta-sekin ajralib chiqadigan yoki ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan, ichga bir vaqtda qabul qilinadigan preparatlarning so‘rilishiga ta‘sir qilishini mumkinligi istisno qilinmaydi.
Omeprazol
So‘rilishi rN ga bog‘liq bo‘lgan har qanday dori vositasining (ketokonazol, temir tuzlari) biokiraolishligini o‘zgartiradi. Omeprazol jigarda oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydigan dori vositalarining (diazepam, varfarin) yarim chiqarilish davrini va ta‘siri davomiyligini oshirishi mumkin; kumarin antikoagulyantlari va difeninning ta‘sirini kuchaytiradi; benzadiazepin trankvilizatorlarining (sibazon) chiqarilishini sekinlashtiradi.
Qonda klaritromisinning konsentrasiyasini oshiradi.
Omeprazol antasidlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida dorilarning o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni faqat shifokorning nazorati ostida buyurish tavsiya qilinadi.
Preparatni bolalarga, Alizol-D ni bu toifa pasientlarida qo‘llashning klinik tajribasi yo‘qligi tufayli, buyurish tavsiya etilmaydi.
Davolashni boshlashdan oldin, ayniqsa anamnezida me‘da yarasi bo‘lganda, me‘da-ichak yo‘llarida xavfli o‘smalar borligini istisno qilish lozim.
Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda doza sutkada 20 mg dan oshmasligi kerak (biokiraolishligi va yarim chiqarilish davrining oshishi tufayli).
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.
Alizol-D avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: domperidon tomonidan – qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, tormozlanish, depressiya, bosh og‘rig‘i, quloqlarda shovqin, metabolik asidoz, koma, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, arterial bosimni pasayishi, bradikardiya, taxikardiya, bo‘lmachalar fibrillyasiyasi, nafasni to‘xtab qolishi.
Omeprazol tomonidan – ko‘rishni noaniqligi, ongni chalkashishi, bosh og‘rig‘i, terlashni kuchayishi, uyquchanlik, og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, taxikardiya.
Davolash: me‘dani yuvish (qabul qilgandan so‘ng faqat bir soat davomida ishqoriy suyuqlik ichish), kuchaytirilgan diurez, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
10 kapsula alyumin striplarda.
1 yoki 10 stripdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.