×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Ambro ingalyasiya eritmasi 7,5mg 100ml

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Qozog’iston
Farmakoterapevtik guruh:
- Respirator tizimi. Yo'tal va shamollash kasalliklarida qo'llaniladigan preparatlar. Ekspektorantlar, yo'talni bosuvchi kombinasiyalar bundan mustasno. Mukolitiklar. Ambroksol.
Faol modda:
Амброксола гидрохлорид
Ishlab chiqaruvchi:
- АО «Химфарм»
Vakil:
- Polpharma S. A.
ATX kodi:
- R05CB06
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 2 ta dorixonasida topildi

ico 40 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
MUKEKS tabletkalari 30mg N100 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
78 400 s`om dan
LAZOLVAN tabletkalari 30mg N50 Boehringer International GmbH, Германия произведено: Boehringer Ingelheim Ellas AE Gretsiya
53 000 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 3 года:3yil
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
100 ml  preparat, vintli bo‘g‘izli,  burab ochiladigan  kopqoqli to‘q rangli shisha flakonlarga quyiladi.

Har bir flakonga yorliq yelimlab qo‘yiladi.

Har bir flakon davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma hamda o‘lchov qoshig‘i bilan birga karton qutichaga joylashtiriladi.

Davlat va rus tillarida tasdiqlangan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomadan axborot qutichaga yozilishi mumkin.

Preparat solingan qadoqlar kartondan tayyorlangan qutiga joylashtiriladi.


100 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ambroksol gidroxloridi 750.0 mg;

yordamchi moddalar: kaliy sorbat, 25% li xlorid kislotasi (rn ni tuzatish uchun), tozalangan suv.

Klinikadan oldingi sinovlar shuni ko'rsatdiki, preparatning faol moddasi bo'lgan ambroksol gidroxloridi bronxial sekresiyalarning seroz komponentini rag'batlantiradi. Shuningdek, bronxiolalardagi alveolalar va Klara hujayralarida joylashgan II tipdagi pnevmositlarga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qilish natijasida sirt faol moddalar sekresiyasini kuchaytiradi, shuningdek kiprikchali epiteliyning faoliyatini rag'batlantiradi. Ta'riflangan ta'sirlar balg'am qayishqoqligini pasayishiga va mukosiliar klirensining yaxshilanishiga olib keladi. Mukosiliar klirensining yaxshilanishi klinik farmakologik tadqiqotlarda namoyish etilgan.

Balg'amning seroz komponenti sekresiyasining ortishi va mukosiliar klirensning kuchayishi balg'amning chiqarilishiga yordam beradi va yo'talni engillashtiradi.

Uzoq muddatli ta'sir ko'rsatadigan ambroksol gidroxloridni 6 oy davomida qabul qilgan surunkali obstruktiv o'pka kasalligi (SOO'K) bilan og'rigan bemorlarda davolashning 2-oyi oxiriga kelib plasebo bilan solishtirganda zo'rayishlarning sezilarli pasayishi qayd etildi. Ambroksol gidroxlorid guruhidagi bemorlarda kasallik kunlarining sezilarli pasayishi va antibakterial preparatlarni qabul qilish kunlarining kamayishi kuzatildi. Shuningdek, ambroksol gidroxlorid guruhida plasebo bilan taqqoslaganda balg'amni chiqarish qiyinligi, yo'tal, nafas qisilishi va auskultativ belgilari kabi statistik jihatdan sezilarli yaxshilanishi kuzatildi. Amrboksol gidroxloridning mahalliy og'riq qoldiruvchi ta'siri quyon ko'zi modelida olib borilgan tadqiqotlarda kuzatilgan va, ehtimol, natriy kanallarini preparat bilan to'sib qo'yish bilan bog'liq. In vitro testlar shuni ko'rsatdiki, preparat neyron natriy kanallarini qaytariluvchan va dozaga bog'liq ravishda bloklaydi.

In vitro holda ambroksol gidroxloridning yallig'lanishga qarshi ta'siri borligi aniqlandi. In vitro testlarda u tsitokinlarning tsirkulyasion va to'qima mononuklear va polimorfonuklear hujayralaridan chiqarilishini sezilarli darajada kamaytirdi.

Tomoq og'rig'i bilan og'rigan bemorlarda o'tkazilgan klinik tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ambroksol gidroxlorid shimiluvchi tabletka shaklida tomoqdagi og'riq va qizarishni sezilarli darajada kamaytiradi. Ushbu farmakologik xususiyatlar ambroksol ingalyasiyasi yuqori nafas yo'llarining kasalliklarini davolashda foydalanilganda og'riqni tez pasayishini ta'minlaydigan klinik samaradorlik tadqiqotlarining qo'shimcha kuzatuvlarini ta'kidlaydi.

Amrboksol gidroxloriddan foydalanish amoksisillin, tsefuroksim, eritromisin va doksisiklin kabi antibiotiklarning balg'am va bronxial sekresiyadagi konsentrasiyasini oshiradi. Bugungi kunga qadar ushbu ta'sirning klinik ahamiyati isbotlanmagan.

Местный обезболивающий эффект амброксола гидрохлорида наблюдался в исследованиях, проведенных на модели глаза кролика и, вероятно, связан с блокированием препаратом натриевых каналов. Тесты /и vitro показали, что препарат обратимо и дозозависимо блокирует нейронные натриевые каналы.

In vitro было установлено, что амброксола гидрохлорид обладает противовоспалительным действием. В тестах in vitro он значительно снижал высвобождение цитокинов из циркулирующих и тканевых мононуклеарных и полиморфонуклеарных клеток.

Клинические исследования, проведенные у пациентов с болью в горле, показали, что амброксола гидрохлорид в виде таблеток для рассасывания значительно уменьшает боль и покраснение в глотке.

Эти фармакологические свойства подтверждают дополнительное наблюдение, полученное в клинических исследованиях эффективности, что ингаляция амброксола обеспечивает быстрое облегчение боли при использовании в лечении заболеваний верхних дыхательных путей.

Применение амброксола гидрохлорида повышает концентрацию в мокроте и бронхиальном секрете таких антибиотиков, как амоксициллин, цефуроксим, эритромицин и доксициклин. На сегодняшний день, клиническая значимость данного эффекта не доказана.

Absorbtsiyasi

Ambroksol gidroxloridni zudlik bilan chiqariluvchi, og'iz bilan qabul qilinadigan shakllaridan so'rilishi tez va terapevtik diapazondagi chiziqli bog'liqliklar bilan juda to'liqdir. Qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyaga zudlik bilan chiqariladigan dori shakli ichga qabul qilingandan so'ng 1-2,5 soat ichida va uzoq muddat ta'sir qiladigan dori shakli ichga qabul qilganidan keyin o'rtacha 6,5 soat ichida erishiladi.

Taqsimlanishi

Amboksol gidroxloridning qondan to'qimalarga taqsimlanishi tez va aniq bo'lib, ta'sir qiluvchi moddalarning eng yuqori kontsentrasiyasi o'pkada uchraydi. Ichga qabul qilingandan keyin taqsimlanish hajmi 552 litrni tashkil qiladi.

Terapevtik diapazonda plazmadagi oqsillar bilan bog'lanish taxminan 90% ni tashkil qiladi.

Biotransformasiyasi va eliminasiyasi

Ichga qabul qilingan dozaning taxminan 30% i metabolizmdan birinchi o'tishdayoq ajralib chiqadi. Ambroksol gidroxloridning metabolizmi asosan jigarda glyukuronidlanish va dibromantranil kislotasi qisman bo'linishi bilan sodir bo'ladi (dozaning taxminan 10% i).

Inson jigari mikrosomalarini o'rganish shuni ko'rsatdiki, CYP3A4 ambroksol gidroxloridning dibromantranil kislotasidagi metabolizmi uchun javobgardir.

Og'iz orqali qabul qilishda 3 kun ichida dozaning taxminan 6% erkin shaklda aniqlanadi, dozaning taxminan 26% esa siydikda kon'yugat shaklida paydo bo'ladi.

Ambroksol gidroxloridning organizmdan yarim chiqarilish davri 10 soat. Umumiy klirens 660 ml / daq diapazonida bo'lib, buyrak klirensi umumiy klirensning taxminan 8% ni tashkil qiladi. 5 kundan keyin qabul qilingan dozaning taxminan 83% siydik bilan chiqariladi.

Maxsus bemor guruhlaridagi farmakokinetikasi

Jigar faoliyati buzilgan bemorlarda ambroksol gidroxloridning chiqarilishi pasayadi, bu esa uning qon plazmasidagi darajasining 1,3-2 baravar ko'payishiga olib keladi. Preparatning yuqori terapevtik indeksi tufayli dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Amboksol farmakokinetikasi klinik jihatdan ishonchli ravishda yosh va jinsga bog'liq emas, shuning uchun dozani o'zgartirish talab qilinmaydi.

Ambroksol gidroxloridning biologik kiruvchanligi ovqat iste'mol qilishga bog'liq emas.

Immunitet tizimi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari

Noma'lum: anafilaktik reaktsiyalar (shu jumladan anafilaktik shok), angionevrotik shish, qichishish

Teri va teri osti to'qimalari tomondan buzilishlar

Kam hollarda:

Noma'lum: og'ir shakldagi teri shikastlanishlari (shu jumladan multiformali eritema, Stivens-Jonson sindromi/toksik epidermal nekroliz va o'tkir umumiylashgan ekzematoz pustulyoz)

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: ta'm bilishning buzilishi

Me'da-ichak trakti faoliyatidagi buzilishlar

Tez-tez: ko'ngil aynishi, tilning uvushib qolishi

Tez-tez emas: qusish, diareya, dispepsiya, qorin og'rig'i, og'izni qurishi

Kam hollarda: tomoq qurishi

Juda kam hollarda: so'lak oqishi

Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: tomoq uvushishi

Juda kam hollarda: nafas qisilishi, bronxospazm (asosan nafas yo'llarining yuqori sezuvchanligi bo'lgan bemorlarda)

Noma'lum: nafas qisilishi (o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi belgisi sifatida)

Boshqalar

Tez-tez emas: isitma, shilliq qavat tomonidan mahalliy reaktsiyalar

Часто: тошнота, онемение рта

Нечасто: рвота, диарея, диспепсия, боль в животе, сухость во рту

Редко: сухость в глотке

Очень редко: слюнотечение

Нарушения со стороны дыхательной системы, органов грудной клетки и средостения

Часто: онемение в глотке

Очень редко: одышка, бронхоспазм (в основном у пациентов с повышенной чувствительностью дыхательных путей)

Неизвестно: одышка (как симптом реакции гиперчувствительности)

Прочие

Нечасто: лихорадка, местные реакции со стороны слизистой оболочки

 

При возникновении нежелательных лекарственных реакций обращаться к медицинскому работнику, фармацевтическому работнику или напрямую в информационную базу данных по нежелательным реакциям (действиям) на лекарственные препараты, включая сообщения о неэффективности лекарственных препаратов

РГП на ПХВ «Национальный Центр экспертизы лекарственных средств и медицинских изделий» Комитет медицинского и фармацевтического контроля Министерства здравоохранения Республики Казахстан

http://www.ndda.kz

retsept bilan
Bronxospastik reaktsiyalar xavfi asosan nafas olish bilan bog'liq bo'lganligi sababli, ichga qabul qilinuvchi va ingalyasiya uchun Ambro 7,5 mg/ml eritmasi, anamnezida bronxial giperaktivlik va / yoki atopiya ma'lum bo'lgan bemorlarda qo'llanilmasligi kerak.

Ambroksol gidroxloridni qo'llashda, juda kam uchraydigan Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz va yoyilgan o'tkir ekzantematoz pustulyoz kabi terining og'ir shikastlanish holatlari qayd qilingan. Agar progressiv teri toshmalarining alomatlari yoki belgilari paydo bo'lsa (ba'zida po'rsildoqlar yoki shilliq qavatning shikastlanishi shaklida), shifokorga murojaat qilish va ambroksol gidroxloridni qabul qilishni darhol to'xtatish kerak.

Ambroksol gidroxloridi bronxlar motorikasi buzilgan va ko'p miqdorda balg'am to'planib qolgan holatlarda ayniqsa ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak.

р давраи ҳомиладорӣ ва лактазии

Sekresiyaning buzilishi va balg'am ko'chishining qiyinlashishi bilan tavsiflanuvchi o'tkir va surunkali bronx-o'pka kasalliklarining sekretolitik terapiyasida qo'llaniladi.

faol moddaga yoki yordamchi moddalarning birortasiga yuqori sezuvchanlik.

- og'ir darajadagi jigar va buyrak etishmovchiligi.

- preparatning tarkibiy qismlariga mos kelmaydigan kam uchraydigan irsiy kasalliklarda qo'llash mumkin emas.



Ambroni yo'talni bostiradigan moddalar bilan birga qo'llanganda, yo'talni bostirish fonida sekresiyalarning xavfli turg'unligiga olib keladi. Shu sababli, birgalikda foydalanish faqat xavf va foyda nisbati sinchkovlik bilan baholangandan so'ng amalga oshirilishi kerak.

Ichga qabul qilish

1 ml = 25 tomchi

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarda: dastlabki 2-3 kun davomida kuniga 3 marta 4 ml eritmadan (kuniga 90 mg ambroksol gidroxloridga teng), so'ngra kuniga 3 marta 2 ml dan (kuniga 45 mg ambroksol gidroxloridga teng).

Og'ir holatlarda, shifokor bilan maslahatlashgandan so'ng, kuniga 3 marta 4 ml eritma qabul qilish rejimini davom ettirish mumkin.

Bemorlarning maxsus guruhlari

Bolalar

6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda: kuniga 2-3 marta 2 ml eritmadan (kuniga 30-45 mg ambroksol gidroxloridga teng).

2 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda: kuniga 3 marta 1 ml eritma (kuniga 22,5 mg ambroksol gidroxloridga teng).

2 yoshgacha bo'lgan bolalarda: kuniga 2 marta 1 ml eritma (kuniga 15 mg ambroksol gidroxloridga teng).

2 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun preparatni faqat shifokorning tavsiyasi bilan buyurish mumkin.

Buyrak va / yoki jigar etishmovchiligida dozalash

Dekompensasiyalangan buyrak etishmovchiligi va og'ir darajadagi jigar etishmovchiligi bo'lgan bemorlar uchun Ambro faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so'ng buyuriladi. Zarurat tug'ilganda, qo'llab-quvvatlovchi doza mos ravishda kamaytirilishi yoki preparat dozalari qabuli oralig'i oshirilishi kerak.

Preparatni ovqatlanishdan qat'iy nazar, etarli miqdordagi suyuqlik (masalan, suv, choy yoki meva sharbati) bilan ichish mumkin. Preparatning sekretolitik ta'sirini yaxshilash uchun etarli miqdorda suyuqlik ichish kerak.

Ingalyasion usul

Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarda: kuniga 2-3 ml eritmadan 1-2 marta ingalyasiya.

Bemorlarning maxsus guruhlari

Bolalar

6 yoshgacha bo'lgan bolalarda: kuniga 1-2 marta 1-2 ml eritmadan ingalyasiya.

Ingalyasiya terapiyasi vaqtida chuqur nafas olish yo'talni qo'zg'atishi mumkinligi sababli, ingalyasiyani normal nafas olish rejimida amalga oshirish kerak. Ingalyasiyadan oldin eritmani tana haroratiga qadar isitish kerak. Bronxial astma bilan og'rigan bemorlarga ingalyasiyadan oldin odatiy bronxospazmolitik dori berish kerak.

Ingalyasiya uchun Ambro eritmasi turli xil ingalyasiya uchun jihozlarda ishlatilishi mumkin. Ingalyatordan etkazib beriladigan havoning optimal namlanishiga erishish uchun uni teng qismlarga (1: 1 nisbatda) fiziologik eritma bilan aralashtirish mumkin. Ichga qabul qilinuvchi va ingalyasiya uchun Ambro eritmasini kromoglisik kislota va ishqoriy eritmalar bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi. Eritmaning pH qiymati 6,3 dan oshib ketsa, ambroksol gidroxloridning cho'kindi yoki tovlanish paydo bo'lishini keltirib chiqarishi mumkin.

Kiritish usuli va yo'li

Ichga qabul qilish va ingalyasion usul.

Faqat rangsiz eritmalardan yoki eng yaxshisi, biroz rangli eritmalardan foydalanish kerak.

Agar kuniga bir marta ingalyasiya qilish imkoniyati mavjud bo'lsa, preparatni qo'shimcha ravishda og'iz orqali qabul qilish kerak.

Davolanishning davomiyligi

Preparatni shifokor maslahatisiz 4-5 kundan ortiq qabul qilmaslik kerak.

Dori preparatning bir yoki bir nechta dozasini o'tkazib yuborishda zarur bo'lgan choralar

Qabul qilish unutilgan dozani to'ldirish uchun ikki martalik dozani qabul qilmang.

Dori preparatidan foydalanish usulini tushuntirish uchun tibbiyot xodimiga maslahat olish maqsadida murojaat qilish bo'yicha tavsiyalar

Ushbu dori preparatini qabul qilishdan oldin maslahat olish uchun tibbiyot xodimiga murojaat qiling.



Odamlarda dozani oshirib yuborish holatlari haqida maʼlumotlar mavjud emas. Dozani tasodifan oshirib yuborish holatida, tavsiya etilgan dozalarda qoʼllanganda yuzaga keluvchi nojoʼya taʼsirlar bilan oʼxshash simptomlar kuzatilishi mumkin. Bunday holda simptomatik terapiya amalga oshiriladi.
Ambroksol gidroxloridi plasenta to'sig'idan o'tadi. Homiladorlikning 28 haftasidan keyin ambroksol gidroxloriddan foydalanish (shu jumladan, respirator distress-sindromining oldini olish uchun ambroksol gidroxloridni prenatal yuborish) homilaga salbiy ta'sir ko'rsatadigan dalillarni namoyon etmadi. Laktasiya davrida Ammo homiladorlik paytida, ayniqsa birinchi trimestrda dori vositalarini qabul qilishning umumiy tamoyillariga rioya qilish kerak. Fertil yoshidagi Klinikadan oldingi tadqiqotlar fertillikka bevosita yoki bilvosita salbiy ta'sirni ko'rsatmadi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Ambro ingalyasiya eritmasi 7,5mg 100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Ambro ingalyasiya eritmasi 7,5mg 100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Ambro ingalyasiya eritmasi 7,5mg 100ml dori vositasi АО «Химфарм» tomonidan Qozog’iston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Ambro ingalyasiya eritmasi 7,5mg 100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Ambro ingalyasiya eritmasi 7,5mg 100ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
BROKS tabletkalari 30mg N30
BROKS sirop 10ml 15mg/5ml N10
BROKS sirop 5ml 15mg/5ml N10
MUKEKS sirop 100ml 30mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL ADJIO sirop 100ml 30mg/5ml
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
MUKEKS tabletkalari 30mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 78 400 so'mdan Batafsil
NOVEKS AMBROKSOL sirop 90ml 15mg/5ml
AMBROLONG kapsulalar 75mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NIKA PHARM OOO
MUKEKS sirop 100ml 15mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
AMBROSTAT tabletkalari 30mg N10
BRONXIREM tabletkalari 30mg N10
BRONXIREM eritma dlya priema vnutr 40ml 15mg/5ml
AMBRONOL tabletkalari 30mg N50 (sotish taqiqlangan)
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Marion Biotech Pvt. Ltd.
Narh: 24 900 so'mdan Batafsil
Ambronol sirop 100ml 15mg/5ml (sotish taqiqlangan)
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Marion Biotech Pvt. Ltd.
Другие формы препарата
Ambro sirop 30mg 100ml
Ambro sirop 15mg 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Qozog’iston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АО «Химфарм»
  • Vakil: Polpharma S. A.
Ambro tabletkalari 30mg N20:uzAmbro tabletkalari 30mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Qozog’iston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АО «Химфарм»
  • Vakil: Polpharma S. A.
AMBRO tabletkalari 30mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Qozog’iston
  • Ishlab chiqaruvchi: Химфарм, АО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9