×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BRONXIREM tabletkalari 30mg N10

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Амброксола гидрохлорид
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- R05CB06
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
44 800 s`om dan
TONZILGON N draje N50 Bionorica SE Germaniya
68 000 s`om dan
ANTI KOLD tabletkalari N20 Арпимед, ООО Armaniston
13 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BRONXIREM tabletkalari 30mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BRONXIREM

BRONSHIREM

Preparatning savdo nomi: Bronxirem

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Ambroksol gidroxloridi

Chiqarilish shakli: Sirop, 40 ml, 50 ml, 80 ml, 90 ml, 100 ml va 125 ml dan flakonlarda.

Tarkibi 5 mg sirop saqlaydi:

faol modda: ambroksol gidroxloridi – 15 mg.

yordamchi moddalar: propilenglikol, etil spirti, qand, nipagin, nipazol, qulupnay hidli ovqat aromatik essensiyasi, tozalangan suv.

Farmakoterapevtik guruhi: Balg‘am ko‘chiruvchi vositalar.

 
Farmakologik xususiyatlari

Yaqqol balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sirga ega mukolitik perparat. Preparat bronxlarning shilliq qavatining seroz hujayralarini rag‘batlantirishi hisobiga balg‘amni suyultiradi. Balg‘amning qovushqoqligini pasayishi balg‘amdagi mukopolisaxaridlarning depolimerizasiyasi natijasida yuz beradi. Mukopolisaxaridlarning depolimerizasiyasi, eng avvalo ularning molekulasidagi disulfid bog‘larni uzilishi bilan bog‘liq. Ambroksol xilpillovchi epiteliyning harakat faolligini kuchaytiradi, mukosiliar trasportni oshiradi, balg‘amning seroz va shilliq komponentlarining nisbatini me‘yorlashtiradi. Gidrolizlovchi fermentlarni faollashtirib va Klark xujayralaridan lizosomalarni ajralib chiqishini kuchaytirib, balg‘amning qovushqoqligini pasaytiradi. Nafas yo‘llaridan balg‘amni chiqarilishini yengillashtiradi. Ambroksol alveolalarda surfaktant sintezi va sekresiyasini oshirish yo‘li bilan o‘pkalarni prenatal rivojlanishini rag‘batlantiradi. Surfaktantning sintezi nafas tizimining surunkali kasalliklari natijasida pasayadi. Bundan tashqari, sirt faolligiga ega fosfolipidlar va yallig‘lanish oqsillari orasida hosil bo‘ladigan bog‘lar tufayli surfaktantning xususiyatlari o‘zgaradi. Surfaktant hosil bo‘lishini oshishi hisobiga preparat yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, antioksidant xususiyatlarga ega va mahalliy immunitetni oshiradi. Ambroksolning ta‘siri 30 minut davomida namoyon bo‘ladi va 6-12 soat davomida saqlanib turadi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin ambroksol me‘da-ichak yo‘llaridan amalda to‘liq so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga (Smax) taxminan 0,3-0,5 soatdan keyin erishiladi. Biokiraolishligi 70-80% ni tashkil qiladi. Preparatning kumulyasiyasi aniqlanmagan.

Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 90%. To‘qimalarga tez kiradi va eng yuqori konsentrasiyasi o‘pkada aniqlanadi. Gematoensefalik to‘siq (GET) va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi.

Jigarda kon‘yugasiya yo‘li bilan farmakologik nofaol metabolitlarni hosil qilib metabolizmga uchraydi.

Plazmadan yarim chiqarilish davri (T1/2) – 7-12 soat. Buyraklar orqali preparatning taxminan 90% chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Nafas yo‘llarining qovushqoq balg‘amni ajralib chiqishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali kasalliklarini (o‘tkir va surunkali bronxit, obstruktiv bronxit, pnevmoniya, balg‘amning ajralib chiqishi buzilgan bronxial astma, bronxoektatik kasallik, shuningdek burun-tomoq bo‘shlig‘i yallig‘lanishida shilliqni suyulishini yaxshilash uchun) mukolitik davolashda qo‘llanadi.

 
Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatni ovqatdan keyin ichga qabul qilish lozim. Davolash vaqtida ko‘p miqdorda suyuqlik (sharbat, choy, suv) iste‘mol qilish kerak, chunki u preparatning mukolitik samarasini kuchaytiradi.

Boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmaganida quyida keltirilgan dozalash tavsiya qilinadi.

2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2,5 ml (1/2 choy qoshiq) dan kuniga 2 marta;

2 dan 5 yoshgacha 2,5 ml (1/2 choy qoshiq) dan kuniga 3 marta;

5 dan 12 yoshgacha 5 ml (1 choy qoshiq) dan kuniga 2-3 marta buyuriladi;

12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga birinchi 2-3 kunlari 10 ml (2 choy qoshiq) dan kuniga 2 marta, so‘ngra xuddi shunday yoki 5 ml (1 choy qoshiq) dan kuniga 3 marta buyurib davom ettiriladi.

Davolash davomiyligi kasallikning og‘irligiga bog‘liq va uni davolovchi shifokor belgilaydi. Shifokorning tavsiyasisiz preparatni 4-5 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas.

 
Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i.

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish, gastralgiya, diareya, qabziyat.

Nafas tizimi tomonidan: rinoreya, nafas yo‘llarining shilliq qavatini quruqligi.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish, alohida hollarda allergik kontakt dermatit, juda kam hollarda – anafilaktik turdagi o‘tkir og‘ir reaksiyalari (anafilaktik shok).

Boshqalar: holsizlik, siyishni qiyinlashishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • ambroksolga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • homiladorlik (I uch oyligi) davri;
  • laktasiya davri;
  • me‘da va 12-barmoq ichak yara kasalligi;
  • yo‘talga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni va antibakterial vositalarni (amoksisillin, sefuroksim, doksisiklin, eritromisin) bir vaqtda qabul qilish antibiotiklarni o‘pka to‘qimasiga kirishiga yordam beradi. Tug‘ruq faoliyatini susaytiruvchi preparatlar bilan mutanosib.

Preparat yo‘talga qarshi preparatlar bilan majmuaviy qo‘llanganida yo‘tal refleksini bostirishi tufayli, suyultirilgan sekret xavfli dimlanishi mumkin. Shuning uchun yo‘talga qarshi vositalarni qabul qilish faqat davolovchi shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra o‘tkazilishi kerak.

Kardionoselektiv β-adrenoblokatorlarni qo‘llanishi, bronxospazm tufayli balg‘amni ajralib chiqishini yomonlashtirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Bronxlarning motorikasi buzilgan va sekret miqdori oshgan hollarda (masalan, xavfli kipriksimon epiteliy sindromida), bronxlarda shilliqni to‘planib qolish xavfi tufayli, siropni faqat davolovchi shifokor maslahatidan so‘ng va shifokor nazorati ostida qabul qilish mumkin.

Buyraklar yoki jigar faoliyatini og‘ir buzilishida preparatni qabul qilish orasidagi intervalni oshirish kerak. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga siropni buyurilganda 1 o‘lchov qoshig‘i (5 ml) 1,75 g sorbitol saqlashini, bu esa 0,15 NB muvofiq kelishini hisobga olish kerak.

Siropni emizish vaqtida va homiladorlikning birinchi III uch oyligida qabul qilish mumkin emas. Homiladorlikning II va III oyliklarida ambroksolni faqat davolovchi shifokor tavsiyasi bo‘yicha qabul qilish mumkin.

Preparat avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Allergik reaksiyalarni birinchi belgilari paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni bekor qilish kerak.

Preparatning navbatdagi dozasini qabul qilinishi o‘tkazib yuborilgan xollarda, keyingi qabul qilishda preparatning dozasini oshirmaslik kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: hozirgi vaqtgacha preparatning dozasi oshirib yuborilganida zaharlanish hollari kuzatilmagan. Ammo ba‘zida: qisqa muddatli bezovtalik, ich ketishi doza kuchli oshirib yuborilganida arterial bosimni pasayishi, qusish, ko‘p so‘lak ajralishi kuzatilishi mumkin

Davolash: bunday hollarda, ayniqsa dozani kuchli oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qilish va uning tavsiyasi bo‘yicha me‘dani yuvish, yog‘ saqlovchi mahsulotlarni qabul qilish, gemodinamik ko‘rsatkichlarni nazorat qilish, zarurati bo‘lganda simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

 
Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yukori bo‘lmagan haroratda.

 
Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BRONXIREM tabletkalari 30mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BRONXIREM tabletkalari 30mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BRONXIREM tabletkalari 30mg N10 dori vositasi Remedy Group OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BRONXIREM tabletkalari 30mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BRONXIREM tabletkalari 30mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
BROKS tabletkalari 30mg N30
BROKS sirop 10ml 15mg/5ml N10
BROKS sirop 5ml 15mg/5ml N10
MUKEKS sirop 100ml 30mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL ADJIO sirop 100ml 30mg/5ml
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
MUKEKS tabletkalari 30mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
NOVEKS AMBROKSOL sirop 90ml 15mg/5ml
AMBROLONG kapsulalar 75mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NIKA PHARM OOO
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
MUKEKS sirop 100ml 15mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
AMBROSTAT tabletkalari 30mg N10
BRONXIREM eritma dlya priema vnutr 40ml 15mg/5ml
AMBRONOL tabletkalari 30mg N50 (sotish taqiqlangan)
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Marion Biotech Pvt. Ltd.
Narh: 24 900 so'mdan Batafsil
Ambronol sirop 100ml 15mg/5ml (sotish taqiqlangan)
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Marion Biotech Pvt. Ltd.
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ALLEGRA sirop 50ml 5mg/5ml
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
TENZAL tabletkalari 5mg N30
TENZAL tabletkalari 10mg N30
LINOZID tabletkalari N30
NOVIRUS granuli 2,0g N10
ALLEGRA tabletkalari N10
BRONXIREM eritma dlya priema vnutr 40ml 15mg/5ml
Другие формы препарата
BRONXIREM eritma dlya priema vnutr 40ml 15mg/5ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9