×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AMIODARON 0,2 tabletkalari N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Амиодарон
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Органика, АО
ATX kodi:
- C01BD01
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
48 000 s`om dan
ETOKSISKLEROL inyeksiya uchun eritma 2ml 30mg/ml N5 Chemische Fabrik Kreussler & Co.GmbH Germaniya
PERINDID tabletkalari 2mg/0,625mg N30 Edge Pharma Ltd Hindiston
72 300 s`om dan
EKVATOR tabletkalari 20mg/5mg N30 Gedeon Richter PLC Vengriya
44 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AMIODARON 0,2 tabletkalari N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ILOVA-VARAQA

(pasientlar uchun ma‘lumot)

dori vositasini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

AMIODARON

Preparatning savdo nomi: Amiodaron

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Amiodaron/Amiodarone

Dori shakli: tabletkalar 200 mg

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 200 mg amiodaron gidroxloridi;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, povidon, kalsiy stearati.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, yassi silindrik, riska va faskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: III guruh antiaritmik vosita. Amiodaron.

ATX kodi: S01BD01.

Qo‘llanilishi

Davolish faqat stasionar yoki ambulator kardiolog kuzatuvi ostida amalga oshirilishi mumkin. Amiodaron faqat boshqa dori vositalari bilan davolash naf bermagan og‘ir aritmiyalarni yoki boshqa dori vositalari buyurilishi mumkin bo‘lmaganida; WPW-sindromi bilan bog‘liq bo‘lgan taxiaritmiyalarni; agar boshqa dori vositalarni buyurish mumkin bo‘lmagan bo‘lmachalarning xilpilashi va lipillashini; paroksizmal xarakterli taxiaritmiyalarni, shu jumladan bo‘lmachali, atrioventrikulyar va qorinchali taxikardiyani, qorinchalar fibrillyasiyasini, agar boshqa dori vositalarini buyurish mumkin bo‘lmaganda davolash uchun ko‘rsatilgan.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqat qabul qilishdan oldin, yetarli miqdordagi suv bilan birga qabul qilinadi.

Yuklama (“to‘yintiruvchi”) doza: stasionarda – boshlang‘ich doza (bir necha qabulda) -sutkada 600-800 mg, maksimal – sutkada 1200 mg 10 g yig‘indi dozaga erishilgunicha; ambulator – boshlang‘ich doza (bir necha qabulda) – sutkada 600-800 mg, 10 g yig‘indi dozaga erishilgunicha (10-14 kun).

Samarani bir maromda saqlab turuvchi doza – sutkada 100-400 mg. Minimal samarali dozani ishlatish kerak.

Davomli T1/2 oqibatida preparatni kunora qabul qilish yoki preparatni qabul qilishda – xaftada 2 kun tanaffus qilish mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: o‘rtacha bradikardiya (dozaga bog‘liq); tez-tez emas – turli darajali SA va AV blokada, yangi aritmiyalarni paydo bo‘lishi yoki mavjud bo‘lgan aritmiyalarni chuqurlashishi, shu jumladan yurakni to‘xtashi bilan; juda kam hollarda- yaqqol bradikardiya, sinus tugunini to‘xtashi, surunkali yurak yetishmovchiligini avj olishi (davomli qo‘llashda).

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahani pasayishi, ta‘m sezishni qiyinlashishi, “jigar” transaminazalari faolligini alohida oshishi; tez-tez – o‘tkir toksik gepatit; juda kam hollarda- surunkali jigar yetishmovchiligi (soxta alkogolli gepatit, sirroz), shu jumladan fatal.

Nafas tizimi tomonidan: interstisial yoki alveolyar pnevmonit, pnevmoniya bilan obliterasiyalanuvchi  bronxiolit, plevrit, o‘pka fibrozi; juda kam hollarda – og‘ir nafas yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda bronxospazm, o‘tkir respirator sindrom, o‘pkadan qon ketishi.

Sezgi a‘zolari tomonidan: shox parda epiteliyida mikrocho‘kmalar (rangli oreolni yoki kuchli yorug‘likda predmetlarning konturlarini noaniqligiga shikoyat); juda kam hollarda – ko‘ruv nervining nevriti/ko‘ruv neyropatiyasi.

Moddalar almashinuvi tomonidan: tez-tez – gipotireoz, gipertireoz; juda kam hollarda- ADG sekresiyasining buzilishi sindromi.

Teri qoplamalari tomonidan: fotosensibilizasiya; terining kulrang yoki xavorang pigmentasiyasi; juda kam hollarda- eritema (bir vaqtdagi nur bilan davolashda), teri toshmasi, eksfoliativ dermatit, alopesiya.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – tremor, uyquni buzilishi, shu jumladan “dahshatli” tushlar ko‘rish; kam hollarda – periferik neyropatiya va/yoki miopatiya; juda kam hollarda- miyachali ataksiya, xavfsiz  bosh miya ichki gipertenziya, bosh og‘rig‘i.

Boshqalar: juda kam hollarda – vaskulit, epididimit, impotensiya, trombositopeniya, gemolitik va aplastik anemiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan yodga), sinus tuguni kuchsizligi sindromi, sinusli bradikardiya, sinoatrial blokada, II va III darajali atrioventrikulyar blokada (kardiostimulyatorni ishlatishsiz), kardiogen shok, gipokaliemiya, kollaps,  arterial gipotenziya, gipotireoz, tireotoksikoz, o‘pkalarning interstisial kasalliklari, monoaminooksidaza ingibitorlarini qabul qilishda qo‘llash mumkin emas.

Ikki va uchbog‘li blokadalar (kardiostimulyatorni ishlatishsiz), gipomagniemiya, gipotireoz, gipertireoz, Q-T intervalini uzayishi, Q-T intervalini uzaytiruvchi va paroksizmal taxikardiya chaqiruvchi dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish, homiladorlik, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Surunkali yurak yetishmovchiligi (III-IV FK), I darajali AV blokada, jigar yetishmovchiligi, bronxial astma, keksalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan majmualar (“piruet” turi qorincha polimorf taxikardiya rivojlanishining xavfi): Ia sinfi (xinidin, gidroxinidin, dizopiramid, prokainamid), III sinfi (dofetilid, ibutilid, bretiliya tozilati) antiaritmik dori vositalari, sotalol; bepridil, vinkamin, fenotiazinlar (xlorpromazin, siamemazin, levomepramazin, tioridazin, trifluopenazin, flufenazin), benzamidlar (amisulpirid, sultoprid, sulpirid, tiaprid, veraliprid), buterofenonlar (droperidol, galoperidol), sertindol, pimozid; trisiklik antidepressantlar, siprazid, makrolidlar (eritromisin vena ichiga, spiramisin), azollar, bezgakka qarshi dori vositalari (xinin, xloroxin, mefloxin, galofantrin, lumefantrin); pentamidin (parenteral), difemanil metilsulfati, mizolastin, astemizol, terfenadin, ftorxinolonlar (shu jumladan moksifloksasin).

Tavsiya etilmaydigan majmualar: beta-adrenoblokatorlar, sekin kalsiy kanallarining blokatorlari (verapamil, diltiazem ichak peristaltikasini rag‘batlantiruvchi diltiazem; surgi dori vositalari.

Ehtiyotkorlik bilan qo‘llashni talab qiluvchi majmualar:

  • gipokaliemiya chaqiruvchi diuretiklar, amfoterisin V (vena ichiga), tizimli glyukokortikosteroidlar, tetrakozaktid – ritmni qorinchali buzilishlari rivojlanishining xavfi;
  • prokainamid – prokainamidning nojo‘ya samaralari rivojlanishini xavfi;
  • bilvosita ta‘sirga ega antikoagulyantlar (varfarin) – qon ketishlar rivojlanishini xavfi;
  • yurak glikozidlari – avtomatizmning (yaqqol bradikardiya) va AV o‘tkazuvchanlikning (digoksinning konsentrasiyasini oshishi) buzilishi;
  • esmolol – qisqaruvchanlik, avtomatizm va o‘tkazuvchanlikni buzilishi (simpatik nerv tizimining kompensator reaksiyalarini bostirilishi);
  • fenitoin, fosfenitoin – nevrologik buzilishlar rivojlanishining xavfi;
  • flekainid – amiodaron uning konsentrasiyasini oshiradi;
  • CYP3A4 izofermenti ishtirokida metabolizmga uchraydigan dori vositalari (siklosporin, fentanil, lidokain, takrolimus, sildenafil, midazolam, triazolam, digidroergotamin, ergotamin, statinlar, shu jumladan simvastatin – amiodaron ularning konsentrasiyasini oshiradi;
  • orlistat amiadoron va uning metabolitlarining konsentrasiyasini; klonidin, guanfasin, xolinesteraza ingibitorlari (donepezil, galantamin, rivastigmin, takrin, ambenoniy xloridi, piridostigmin, neostigmin), pilokarpin – yaqqol bradikardiya rivojlanishi xavfini pasaytiradi;
  • simetidin, greypfrut sharbati amiodaronning metabolizmini sekinlashtiradi va uning plazmadagi konsentrasiyasini oshiradi;
  • ingalyasion narkoz uchun dori vositalari – bradikardiya, AB ning pasayishi, o‘tkazuvchanlikni buzilishi, yurakdan otilib chiqayotgan qon xajmini pasayishi, o‘tkir respirator distress-sindrom rivojlanishini xavfi;
  • radiofaol yod – qalqonsimon bezini radioizotop tekshirish natijalari buzilishi mumkin;
  • rifampisin va teshik dalachoy preparatlari plazmada amiodaronning konsentrasiyasini pasaytiradi; OITV proteazalari amiodaronning plazmadagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin;
  • klopidogrel – uning plazmadagi konsentrasiyasini pasaytirishi mumkin;
  • dekstrometorfan – uning konsentrasiyasini oshirishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolashni boshlashdan oldin EKG, o‘pkalarning rentgenologik tekshirishni o‘tkazish, qalqonsimon bezi faoliyatini (gormonlarning konsentrasiyasi), jigar (transaminazalar faolligi) va plazma elektrolitlarining (kaliy) konsentrasiyasini baholash kerak.

Davolash davrida vaqti-vaqti bilan transaminazalar (o‘zgarganda, xatto davolashni to‘xtatishgacha doza kamaytiriladi) va EKG (QRS kompleksining kengligi va QT intervalining davomiyligi) tahlili o‘tkaziladi. O‘zgarishlar amiodaronning dozasiga tuzatish kiritish va aritmiyaga qarshi ta‘sirini baholashni talab qiladi.

Xar yili o‘pkalarni rentgenologik tekshirish, yarim yilda 1 marta – tashqi nafas faoliyatini tekshirish tavsiya etiladi. Qalqonsimon bezi disfunksiyasining klinik belgilari bo‘lmaganida davolashni to‘xtatish kerak emas. Nafas tizimi tomonidan buzilishlar amiodaron erta bekor qilinganida asosan qaytuvchan bo‘ladi. Klinik simptomlarda amiodaron bilan davolashni qayta baholash imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak.

Fotosensibilizasiya rivojlanishini oldini olish uchun quyoshda bo‘lishdan yoki quyoshdan himoyalovchi kremlarni ishlatishdan saqlanish tavsiya etiladi.

Ko‘rishning noaniqligi yoki ko‘rish o‘tkirligini pasayishi paydo bo‘lganida, amiodaronni qo‘llashning maqsadga muvofiqligi masalasini hal qilish uchun, oftalmologik tekshiruvni, shu jumladan fundoskopiya, tekshirishni o‘tkazish tavsiya etiladi.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llash faqat ritmni hayot uchun xavfli buzilishlaridagina qo‘llash mumkin.

Yod saqlaydi, shuning uchun qalqonsimon bezda radiofaol yodning to‘planishi testlarining natijalariga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Jarroxlik aralashuvlar o‘tkazilganida, anesteziologni preparatni qabul qilish xaqida xabardor qilish kerak.

Amiodaron va simvastatin bir vaqtda qo‘llangan holda, bunday pasientlarda rabdomioliz rivojlanishini potensial xavfi tufayli, simvastatinning dozasi 10 mg dan oshmasligi kerak. Amiodaron va lovastatin bir vaqtda qo‘llangan holda, lavastatinining dozasi sutkada 40 mg dan oshmasligi kerak. Pasient shuningdek xar qanday kutilmagan mushak og‘rig‘i, mushak kuchsizligi paydo bo‘lgan holda darhol shifokorga murojaat qilish kerakligi xaqida ogohlantirilgan bo‘lishi kerak.

Har qanday kutilmagan mushak og‘rig‘i, mushak kuchsizligi paydo bo‘lgan holda darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Davolanish davrida avtotransportni haydash va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.

Preparatning tarkibida laktoza borligi tufayli, galaktozani tug‘ma o‘zlashtiraolmasligi, Lappa laktaza tanqisligi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bo‘lgan pasientlarga qabul qilishi tavsiya etilmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: bradikardiya, atrioventrikulyar blokada, arterial bosimni pasayishi, “piruet” tur paroksizmal taxikardiya, mavjud bo‘lgan surunkali yurak yetishmovchiligini yomonlashishi, jigar faoliyatini buzilishi, yurakni to‘xtashi.

Darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan 3 yoki 6 kontur uyali o‘ram qutida.

Saqlash sharoiti

Yorug‘lik va namlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AMIODARON 0,2 tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AMIODARON 0,2 tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AMIODARON 0,2 tabletkalari N30 dori vositasi Органика, АО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AMIODARON 0,2 tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AMIODARON 0,2 tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
AMIODARON inyeksiya uchun eritma 3ml 150mg/3ml N10
AMIOKORDIN tabletkalari 200mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амиодарон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
NIKADARON tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амиодарон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
AMIOKORDIN tabletkalari 200mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амиодарон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 42 500 so'mdan Batafsil
KORDARON tabletkalari 200mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Амиодарон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi-Aventis Groupe, Франция произведено: Chinoin Pharmaceutical & Chemical Works Private Co. Ltd
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
KORDARON inyeksiya uchun eritma 3ml 150mg/3ml N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Амиодарон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi-Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
AMIODARON 0,2 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya Respublikasi
  • Faol modda: Амиодарон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Другие формы препарата
Amiodaron
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амиодарон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9