×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NIKADARON tabletkalari 200mg N10

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Амиодарон
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Nika Pharm, ДХО
ATX kodi:
- C01BD01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
AMLESSA tabletkalari 4mg/10mg N30 KRKA, d.d. Sloveniya
67 760 s`om dan
IVAKARD tabletkalari 5mg N56 Гриндекс, АО Latviya
KONKOR tabletkalari 10mg N50 Merck KgaA Germaniya
95 700 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NIKADARON tabletkalari 200mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NIKADARON

NICADARONUM

 

Preparatning savdo nomi: Nikadaron

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): amiodaron gidroxloridi

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

faol modda: amiodaron gidroxloridi – 200 mg

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, aerosil, sut qandi, povidon (poliviinilpirrolidon), magniy stearati.

Ta‘rifi: oqdan och-sariq tusli oq rangligacha bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antiaritmik vositalar.

ATX kodi: S01VD01

Farmakologik xususiyatlari

III sinf antiaritmik preparati (repolyarizasiya ingibitori).

Antiaritmik, antianginal, koronar qon tomirlarni kengaytiruvchi, alfa- va beta-adrenoblokatorlik, tireotrop va gipotenziv ta‘sirlarga ega.

Antiaritmik ta‘siri miokardning elektrofiziologik jarayonlariga bo‘lgan ta‘siri bilan bog‘liq. Kardiomiositlarning ta‘sir potensialini uzaytiradi, yurak bo‘lmachalari, qorinchalari, atrioventrikulyar (AV) tuguni, Gis tutami va Purkine tolalari, qo‘zg‘alishning o‘tkazilishini qo‘shimcha yo‘llarining samarali refrakter davrini oshiradi. “Tez” natriy kanallarini bloklab, I sinf antiaritmik vositalariga xos bo‘lgan samaralar ko‘rsatadi. Bradikardiya va AV o‘tkazuvchanligining pasayishini chaqirib, sinus tuguni hujayralari membranalarining sekinlashgan (diastolik) depolyarizasiyasini tormozlaydi.

Tuzilishi bo‘yicha tireoid gormonlariga o‘xshash. Yodning miqdori uning molekulyar og‘irligining taxminan 37% ni tashkil qiladi. T3 ni T4 ga aylanishini ingibisiya qiladi, (tiroksin-5-deyodinaza blokadasi), tireoid gormonlarining almashinuviga ta‘sir qiladi va kardiosit va gepatositlar tomonidan bu gormonlarni qamrab olinishini bloklaydi, bu tireod gormonlarni miokardga rag‘batlantiruvchi ta‘sirini susayishiga olib keladi (T3 tanqisligi uni ko‘p ishlab chiqarilishiga va tireotoksikozga olib kelishi mumkin). Ta‘sirini boshlanishi-2-3 kundan 2-3 oygacha, ta‘siri davomiyligi bir necha haftadan bir necha oygacha davom etishi mumkin.

Antianginal samarasi koronar qon tomirlarni kengaytiruvchi va antiadrenergik ta‘siriga, miokardni kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamayishiga bog‘liq. Yurak qon-tomir tizimining alfa- va beta-adrenoreseptorlariga tormozlovchi (ularning to‘liq blokadasisiz) ta‘sir ko‘rsatadi. Simpatik nerv tizimining giperstimulyasiyasiga bo‘lgan sezuvchanligini, koronar qon-tomirlarning qarshiligini kamaytiradi, koronar qon- tomirlarda qon oqimini oshiradi, yurak qisqarishlari sonini kamaytiradi, miokardning energetik zahiralarini (kreatin sulfati, adenozin va glikogen miqdorini oshirishi hisobiga) oshiradi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi sekin va o‘zgaruvchandir. Biokiraolishligi – 30 dan 80% gachani (taxminan 50%) tashkil etadi. Bir marotaba qabul qilingandan so‘ng qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi (Smax) 4-7 soatdan so‘ng aniqlanadi. Plazmadagi konsentrasiyasining terapevtik diapazoni – 1-2,5 mg/l (biroq dozani aniqlashda klinik manzarani ham ko‘zda tutish kerak). Taqsimlanish hajmi (Vd) – 60 l, bu to‘qimalarga jadal taqsimlanishidan darak beradi. Yog‘larda yuqori erish xususiyatiga ega bo‘lib, yog‘ to‘qimasida va qon bilan yaxshi ta‘minlangan a‘zolarda yuqori konsentrasiyalarda bo‘ladi (yog‘ to‘qimasida, jigarda, buyrakda, miokardda konsentrasiyasi plazmadagiga nisbatan muvofiq ravishda 300, 200, 50 va 34 marta yuqori). Preparatning farmakokinetik xususiyatlari unit «yuklama» dozalarda qo‘llanilishi bilan tushuntiriladi, to‘qimalarni kerakli to‘yinish darajasiga tez erishishiga qaratilgan bo‘lib, bunda uning terapevtik ta‘siri namoyon bo‘ladi. Gematoensefalik to‘siq va yo‘ldosh orqali o‘tadi (10-50%), ko‘krak suti bilan chiqadi (ona qabul qilgan dozaning 25%). Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 95% (62% – albumin bilan, 33,5% – beta-lipoproteinlar bilan) ni tashkil etadi. Jigarda asosiy faol metabolit desetilamiodaronni hosil qilish, u farmakologik faol bo‘lib asosiy birikmani aritmiyaga qarshi samarasini kuchaytirishi mumkin, hamda yodsizlantirish yo‘li bilan jadal metabolizmga uchraydi. Amiodaron jigar ingibitori mikrosomal izofermentni oksidlovchidir: CYP2C9, CYP2D6, CYP3A4, CYP3A5, CYP3A7. Uzoq muddat davolanganda uning konsentrasiyasi amiodaron konsentrasiyasining 60-80% ga yetishi mumkin. Kumulyativ xususiyati va shu bilan bog‘liq bo‘lgan farmakokinetik parametrlarini katta o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda yarim chiqarilish davri (T1/2) bo‘yicha ma‘lumotlar ham qarama-qarshi. Og‘iz orqali qo‘llanganidagi chiqarilishi ikki bosqichda kechadi: boshlang‘ich davri – 4-21 soat, ikkinchi bosqichda T1/2 – 25-110 kunni tashkil etadi. Amiodaronni chiqarilishi bir necha kundan boshlanadi, preparatni tushish va chiqarilish muvozanatga erishishi (muvozanatga erishish xolati) kasalning shaxsiy xolatiga qarab bir kundan bir oygacha bo‘lishi mumkin.

Uzoq muddat og‘iz orqali qabul qilinganidan keyingi o‘rtacha T1/2 – 40 kun (bu, dozani tanlashda katta ahamiyatga ega, chunki plazmadagi konsentrasiyasini turg‘unlashishi uchun kamida 1 oy kerak, to‘liq chiqarilishi esa 4 oydan ko‘proq vaqt davom etishi mumkin).

Safro bilan (85-95%) chiqariladi, qabul qilingan dozaning 1% dan kamrog‘i buyrak orqali chiqariladi (shuning uchun buyraklar faoliyati buzilganida dozani o‘zgartirishni hojati yo‘q). Na amiodaron, na uning metabolitlari dializga uchramaydi.

Qo‘llanilishi

  • yurak ritmini buzilishlarini (qorincha va qorincha ustki taxikardiyasi, Volf-Parkinson-Uayt (WPW) sindromi, qorincha va qorincha ustki ekstrasistoliyasi);
  • yurak qorinchalari va bo‘lmachalarining takroriy fibrillyasiyasini oldini olish;
  • miokard infarktidan keyingi reabilitasiya davrida, agar anamnezda oldin aniqlangan aritmiya epizodlari bo‘lgan bo‘lsa, aritmiyani oldini olish uchun qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatni faqat shifokor tavsiyasi bo‘yicha qabul qilinadi!

Preparat ichga, ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi. Tabletka butunligicha ozroq miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi. Preparatning dozasiga pasientning holatiga qarab, tuzatish kiritilishi va shifokor tomonidan belgilanishi kerak.

Stasionarda: bir necha qabulga bo‘lingan, boshlang‘ich doza, 10 g yig‘indi dozaga yetgunigacha sutkada (odatda 5-8 kun davomida) 600-800 mg ni (1200 mg maksimalgacha) tashkil etadi.

Ambulator: bir necha qabul bo‘lingan, boshlang‘ich doza, 10 g yig‘indi dozaga yetgunigacha sutkada sutkada (odatda 10-14 kun davomida) 600-800 mg ni tashkil etadi.

Samarani bir maromda saqlab turuvchi doza: xar xil kasallarda sutkada 100 dan 400 mg gacha o‘zgarib turuvchi bo‘lishi mumkin. Individual terapevtik samarani mos ravishda minimal foydali dozasini qabul qilish kerak.

Nikadaronni yarim chiqarilish davri juda uzoq bo‘lganligi uchun, uni bir kundan keyin yoki haftada 2 marta tanaffus bilan qabul qilinadi.

Kattalar uchun o‘rtacha bir martalik terapevtik doza – 0,2 g ni, o‘rtacha sutkalik terapevtik doza – 0,4 g ni, maksimal bir martalik doza – 0,4 g ni, maksimal sutkalik doza – 1,2 g ni tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, umumiy holsizlik va bosh aylanishi, depressiya, charchoqlik hissi, paresteziyalar, eshitish gallyusinasiyalari, uzoq muddat qo‘llanganida-periferik neyropatiya, qaltirash, xotirani, uyquni buzilishi, ekstrapiramid ko‘rinishlar, ko‘ruv nervining nevriti.

Sezgi a‘zolari tomonidan: uveit, ko‘z shoxpardasi epiteliysida lipofussinni yig‘ilishi (bunday hollarda odatda bemorlarning sub‘ektiv shikoyatlari bo‘lmaydi; kam hollarda agar cho‘kindilar ko‘p miqdorda bo‘lsa va ko‘z gavharini qisman to‘ldirsa, kuchli yorug‘likda ko‘z oldida yorqin nuqtalar va pardaga shikoyatlar bo‘ladi), to‘r pardani kichik ko‘chishlari.

Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: sinusli bradikardiyasi (xolinolitiklarga refrakter), AV blokadasi, uzoq vaqt qo‘llanganida – yurak yetishmovchiligining belgilarini kuchayishi, “piruet” tur taxikardiyasi, mavjud bo‘lgan aritmiyani kuchayishi yoki uni paydo bo‘lishi kuzatiladi.

Modda almashinuvi tomonidan: T3 normal darajada bo‘lganida yoki biroz pasayganida. T4 darajasini oshishi, gipotireoz, gipertireoz (preparatni bekor qilish talab etiladi).

Nafas tizimi tomonidan: uzoq muddat qo‘llanganida – yo‘tal, hansirash, interstisial pnevmoniya yoki alveolit, o‘pka fibrozi, plevrit.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, ta‘m sezish hissini pasayishi yoki yo‘qolishi, epigastral sohada og‘irlik hissi, abdominal og‘riqlar, qabziyat, meteorizm, diareya, uzoq muddat qo‘llanganida – toksik gepatit, xolestaz, sariqlik, jigar sirrozi.

Laboratoriya ko‘rsatkichlari: kam hollarda – “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, uzoq muddat qo‘llanganda trombositopeniya, gemolitik va aplastik anemiya.

Allergik reaksiyalarga: juda kam hollarda – vaskulit, kreatinin darajasini oshishi bilan bo‘lgan buyraklarni shikastlanishi, trombositopeniya.

Boshqalar: miopatiya, epididimit, impotensiya, alopesiya, vaskulit, fotosensibilizasiya, terini kulrang yoki zangori pigmentasiyasi, juda kam hollarda – eritema, toshma, eksfoliativ dermatit.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Amiodaronga va yodga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik, sinusli bradikardiyasi va sinoatrial blokada, sinus tugunini kuchsizligi sindromi (kardiostimulyator bo‘lmagan holda), II-III darajali AV blokada, qalqonsimon bezi faoliyatini buzilishi (gipotireoz, gipertireoz), yaqqol yurak yetishmovchiligi, “piruet” (torsade de pointe) polimorf qorincha taxiaritmiyasini chaqirishi mumkin bo‘lgan preparatlar bilan bir vaqtda davolash, gipokaliemiya, o‘pkaning interstisial kasalliklari, MAO ingibitorlarini qabul qilish, homiladorlik va laktasiya davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Jigar yetishmovchiligida, buyrak faoliyatini buzilishlarida, bronxial astmada, keksa pasientlarda (yaqqol bradikardiya rivojlanishini yuqori xavfi), ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni bir vaqtda boshqa antiaritmik vositalar, beta-adrenoblokatorlar, ayrim kalsiy kanallarining blokatorlari (verapamil bilan), MAO ingibitorlari, pentamin vena ichiga (v/i) bilan birga qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi, chunki bu polimorf qorincha taxikardiyasini (torsade de pointe) rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Fenotiazin hosilalari, terfenadin va astemizol bilan majmuasi yurak qorinchalari aritmiyasini rivojlanishini chaqirishi mumkin.

Peroral antikoagulyantlar, nitratlar, angishvonagul preparatlari, fenitoin va siklosporin samarasini kuchaytiradi (oxirgilarining dozasiga tuzatish kiritish kerak).

Kolestiramin amiodaronni so‘rilishini, T1/2 va qon plazmasidagi konsentrasiyasini kamaytiradi.

Preparatni va kaliyni chiqarilishiga yordam beruvchi diuretiklarni, glyukokortikosteroidlarni yoki amfoterasin V ni (v/i) bir vaqtda buyurish, gipokaliemiyani rivojlanishi sababli, QT intervalini qo‘shimcha oshishini chaqirishi mumkin, bu qorincha aritmiyasini rivojlanish xavfini oshiradi.

Amiodaron va simetidinni bir vaqtda qabul qilish, amiodaronning metabolizmini sekinlashishiga olib keladi, bu qon zardobida uning konsentrasiyasini oshiradi.

Amiodaron qalqonsimon bezi faoliyatini tekshirishda, ayniqsa tiroksin va tireotrop gormoni (TTG) darajasiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Yurak glikozidlari bradikardiyani rivojlanishi va AV o‘tkazuvchanlikni susayishi xavfini oshiradi.

Fotosezuvchanlikni chaqiruvchi preparatlar, additiv fotosensibilizasiyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Ingalyasion anesteziya uchun vositalar, oksigenoterapiya – bradikardiyani rivojlanish xavfi (atropinga rezistent bo‘lgan), arterial gipotenziya, o‘tkazuvchanlikni buzilishini xavfini oshishiga olib kelishi mumkin. Amiodaron natriy yodidni (131-1, 123-1) qalqonsimon bezida yutilishini susaytirishi mumkin.

Litiy gipotireozni yuz berish xavfini oshiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Amiodaronni nojo‘ya ta‘sirlari dozaga bog‘liq hisoblanishiga sababli, ularni paydo bo‘lish extimolini minimallashtirish uchun pasientlarni minimal samarali dozalar davolashni o‘tkazish lozim.

Davolashni boshlash oldidan o‘pkani rentgenologik tekshirishni, qalqonsimon bezi (gormonlarning miqdori), jigar (transaminazalar) faoliyatini baholash kerak. Nojo‘ya ta‘sirlarini tez-tezligi va og‘irligi preparatning dozasiga bog‘liq, shuning uchun minimal samarani saqlab turuvchi dozalarni qabul qilish kerak. Keksa yoshli bemorlarni davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki ularda bradikardiya kuzatilishi mumkin. U tishchani paydo bo‘lishi bilan birga QT intervali uzaytirish mumkin. Sinoaurikulyar blokada, ikkinchi va uchinchi darajali AV blokadasi va Gis tutami oyoqchalarini blokadasi yuz berganida davolashni to‘xtatish kerak. Davolash davrida, shuningdek yangi aritmiyalar va kasallikning asosiy belgilari zo‘rayganida muntazam elektrokardiografik (EKG) nazorat (har 3 oyda) o‘tkazish kerak. Avj olgan hansirash va balg‘amsiz yo‘tal o‘pkani shikastlanishi belgilari bo‘lishi mumkin. Ko‘krak qafasini rentgenogolik tekshirish va o‘pkaning funksional sinamalarini o‘tkazish tavsiya qilinadi (har 6 oyda va o‘pka kasalliklarining klinik belgilari rivojlangan hollarda).

Davolashni boshlash oldidan plazmada elektrolitlar miqdorini aniqlash kerak. Amiodaron bilan davolash davrida jigar fermentlari faolligini muntazam nazorati o‘tkaziladi. Davolash davrida vaqti-vaqti bilan EKG (QRS kompleksini kengligi va QT intervalini davomiyligi), transaminazalarning (ularning faolligi uch marta oshganida yoki dastlab yuqori bo‘lgan hollarda ikki marta oshganida, doza kamaytiriladi, hattoki davolashni butunlay to‘xtagunicha) tahlili qilinadi. Vaqti-vaqti bilan okulistning kuzatuvi kerak (ko‘z shox pardasida ko‘p miqdorda cho‘kindilarni aniqlanishi yoki ko‘rishni buzilishlarini rivojlanishi, amiodaronni bekor qilinishini talab qiladi). Bekor qilinganida ritmni buzilishi qaytalanishi mumkin.

Homiladorlikning I uch oyligida faqat yurak ritmining hayot uchun xavfli buzilishlarida va boshqa antiaritmik davolashning samarasizligida qo‘llash mumkin (preparat homilaning qalqonsimon bezining disfunksiyasini chaqiradi). Qabul qilish bekor qilingandan keyin farmakodinamik samarasi 10-30 kun davomida saqlanadi.

Amiodaron qalqonsimon bezining disfunksiyasini chaqirishi mumkin, shuning uchun davolashni boshlash oldidan, davolash davrida va davolash to‘xtatilganidan keyin bir necha oy davomida qalqonsimon bezining faoliyatini nazorat qilish tavsiya etiladi. Amiodaron yod saqlaydi (200 mg da – 75 mg yod), shuning uchun qalqonsimon bezini radiaktiv yod to‘planishi sinamalarining natijalariga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Jarrohlik aralashuvlarini o‘tkazishda, anesteziologni preparatni qabul qilganligi haqida (bevosita jarrohlik aralashuvlaridan keyin kattalarda o‘tkir respirator distress-sindromining rivojlanishini xavfi mavjud) xabardor qilish kerak.

Preparatni qabul qilayotgan pasientlar fotodermatozni rivojlanish xavfi tufayli, quyoshda yurishdan saqlanishlari kerak.

Preparatni umumiy anesteziya o‘tkazilayotgan vaqtda qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bradikardiyani rivojlanish xavfi, arterial bosimni yaqqol pasayishi, o‘tkazuvchanlik buzilishi va yurakning zarb hajmi pasayishi mumkin.

Operasiyadan keyingi davrdagi kislorod bilan davolashni o‘tkazish vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki respirator distress-sindromini rivojlanish xavfi mavjud.

Amiodaronni bolalarda qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri:

Davolash davrida avtotransportni haydashdan va yuqori diqqat konsentrasiyasini va psixomotr reaksiyalari tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: preparatni ichga yuqori dozalarda qabul qilinganida arterial bosimni pasayishi, bradikardiya, aritmiyalar, jigar faoliyatini buzilishi, AV blokadani chaqirishi mumkin.

Davolash: agar preparat yaqinda qabul qilingan bo‘lsa, me‘dani yuvish va faollashtirilgan ko‘mir buyuriladi. Qolgan hollarda simptomatik tadbirlar o‘tkaziladi. Spesifik antidoti yo‘q, gemodializ samarasiz. Bradikardiya rivojlanganida atropin, beta-1-adrenomimetiklarni (dobutamin) buyurish mumkin, og‘ir hollarda – kardiostimulyasiya.

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 200 mg №10 (1x10), 20 (2x10), №30 (3x10), №60 (6x10) (kontur uyali o‘ramlarda).

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.

1, 2, 3 yoki 6 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutili o‘ramlarga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NIKADARON tabletkalari 200mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NIKADARON tabletkalari 200mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NIKADARON tabletkalari 200mg N10 dori vositasi Nika Pharm, ДХО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NIKADARON tabletkalari 200mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NIKADARON tabletkalari 200mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
AMIODARON inyeksiya uchun eritma 3ml 150mg/3ml N10
AMIOKORDIN tabletkalari 200mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амиодарон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
AMIOKORDIN tabletkalari 200mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амиодарон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 42 500 so'mdan Batafsil
KORDARON tabletkalari 200mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Амиодарон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi-Aventis Groupe, Франция произведено: Chinoin Pharmaceutical & Chemical Works Private Co. Ltd
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
KORDARON inyeksiya uchun eritma 3ml 150mg/3ml N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Амиодарон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi-Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
AMIODARON 0,2 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya Respublikasi
  • Faol modda: Амиодарон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
ASEKARD tabletkalari 50mg N30
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
RIZOSIN KIDS burun uchun tomchilar 10ml 0,025% N1
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
RIZOSIN sprey 20ml 0,05% N1
ENALAPRIL NIKAPHARM tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
ENALAPRIL NIKAPHARM tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
ENALAPRIL NIKAPHARM tabletkalari 2,5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
JANET tabletkalari 1000mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
JANET tabletkalari 1000mg N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
JANET tabletkalari 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
AVIROL S NPH kapsulalar N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
NIKAZOLIN sprey 10ml 0,05%
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9