×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AMIOKORDIN tabletkalari 200mg N60

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Sloveniya
Faol modda:
Амиодарон
Qadoqda soni:
- 60
Ishlab chiqaruvchi:
- Krka d.d.
ATX kodi:
- C01BD01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
48 000 s`om dan
NITRO MIK sprey 0,4mg Микрохим,НПФ,ООО Ukraina
78 400 s`om dan
115 000 s`om dan
TIOTRIN S.T inyeksiya uchun eritma 2ml 2,5% N10 Samsun-Tashkent Farm Ltd, СП ООО O'zbekiston
28 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AMIOKORDIN tabletkalari 200mg N60 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AMIOKORDIN®

AMIOCORDIN

 

Preparatning savdo nomi: Amiokordin®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): amiodaron

Dori shakli: tabletkalar 200 mg

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi

faol modda: 200 mg amiodaron gidroxloridi,

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makka jo‘xori kraxmali, povidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.

Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, oqdan to biroz och-sariq rangligacha bo‘lgan bir tomonida riskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Yurak kasalliklarini davolash uchun preparatlar. III sinf antiaritmik preparatlar.

ATX kodi: C01BD01.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Amiokordin® III sinf antiaritmik vosita xisoblanadi. Shuningdek antianginal, koranarodilatasiyalovchi, alfa- va beta-adrenobloklovchi, tireotrop va gipotenziv ta‘sirga ega.

Amiokordin®ning antianginal samarasi koronar qon tomirlarni kengaytiruvchi va antiadrenergik ta‘siri, miokardni kislorodga talabini kamayishi bilan bog‘liq. Yurak-qon tomir tizimining alfa- va beta-adrenoreseptorlariga tormozlovchi ta‘sir ko‘rsatadi (ularni to‘liq blokadasisiz). Amiokordin® simpatik nerv tizimini giperstimulyasiyaga sezuvchanligini, koronar tomirlarning qarshiligini kamaytiradi, koronar qon oqimini oshiradi, yurak qisqarishlari tez-tezligini siyraklashtiradi, miokardning energetik zahiralarini oshiradi. Qon tomirlarning umumiy periferik qarshiligini va tizimli qon bosimini pasaytiradi. Amiokordin®ning antiaritmik ta‘siri miokardning elektrofiziologik jarayonlariga ta‘siri bilan bog‘liq, bo‘lmachalar, qorinchalar, atrioventrikulyar tuguni, Gis tutami va Purkine tolalari, qo‘zg‘alishning o‘tkazilishini qo‘shimcha yo‘llarini refrakter davrini uzaytirib, kardiomiositlarning ta‘sir potensialini uzaytiradi.

O‘zining tuzilishi bo‘yicha amiodaron tireoid gormonlarga o‘xshash. Yodning miqdori uning molekulyar og‘irligini taxminan 37% tashkil qiladi. Amiokordin® tireoid gormonlarning almashinuviga ta‘sir qiladi (T3 ni T4 ga aylanishini ingibisiya qiladi), bu gormonlarni kardiomiositlar va gepatositlar tomonidan qamrab olinishini bloklaydi, bu tireoid gormonlarni miokardga rag‘batlantiruvchi ta‘sirini susayishiga olib keladi (T3 ning tanqisligi tireotrop gormonni ko‘p ishlab chiqarilishiga va tireotoksikozga olib kelishi mumkin).

Farmakokinetikasi

Amiodaron peroral qabul qilinganda qondagi maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti 5-6 soat. Me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi – 30-50%, biokiraolishligi – 40% ni tashkil qiladi, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 95%.

Amiodaronning metabolizmi asosan jigarda va qisman ichakning shilliq qavatida amalga oshiriladi. Jigarda amiodaron sitoxrom R450 (CYP3A4 izoenzimi) yordamida metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti – dezetilamiodaron – metabolik faol va asosiy birikmaning antiaritmik samarasini kuchaytirishi mumkin.

Peroral qabul qilinganda amiodaronning chiqarilishi 2 bosqichda yuz beradi: boshlang‘ich (yarim chiqarilish davri – 4-5 soat), ikkinchi bocqichda – 25-110 kun. Desetilamiodaronning yarim chiqarilish davri o‘rtacha 61 kun. Safro bilan chiqariladi (85-95%), buyrak orqali ichga qabul qilingan dozaning 1% dan kamrog‘i chiqariladi (shuning uchun buyraklar faoliyati buzilganda dozani o‘zgartirishning zarurati yo‘q. Na amiodaron, na uning metabolitlari dializga uchramaydi.

Amiodaron gematoensefalik to‘siq va yo‘ldosh orqali o‘tadi, ona qabul qilgan dozaning 25% ko‘krak suti bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Qaytalanishlarni oldini olish:

  • hayot uchun xavfli qorinchalar taxikardiyasi va qorinchalar fibrillyasiyasi,
  • simptomatik qorinchalar taxikardiyasi,
  • yurak nuqsoni bo‘lgan pasientlardagi va chidamlilik yoki boshqa antiaritmik vositalarni qabul qilish uchun qarshi ko‘rsatmalar bo‘lganda supraventrikulyar taxikardiyani davolashga extiyoji bo‘lgan pasientlardagi supraventrikulyar taxikardiya,
  • antesistoliya sindromi bo‘lgan pasientlarda ritmning buzilishlari (yurakni muddatidan oldin qo‘zg‘alishi, Volf-Parkinson-Uayt sindromi).

Supraventrikulyar taxikardiyani davolash:

  • qorinchalarni sekinlashgan yoki kuchsizlangan fibrillyasiyasi yoki xilpillashi.

Amiokordin® yurak koronar kasalligi va/yoki yurak chap qorinchasi faoliyatini kuchsizligi bo‘lgan pasientlarga buyuriladi.

Amiokordin® ishemik yoki noishemik kelib chiqishga ega dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan yuqori xavf guruhi pasientlarda o‘limni oldini olish (shu jumladan yurakni to‘xtashi bilan bog‘liq bo‘lgan to‘satdan o‘lim) uchun ko‘rsatilgan. Xavf yurak yetishmovchiligining aniq klinik belgilari bo‘lganida yoki qorincha ekstrasistoliyasining belgilari bilan yoki belgilarisiz chap qorinchani 40% dan kam faoliyatida ayniqsa yuqori xisoblanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Davolashni boshida odatdagi sutkalik doza 600 mg dan 1000 mg gachani tashkil qiladi. Davolashning boshlang‘ich davri odatda 8 dan 10 kungacha davom etadi.

Samarani bir maromda ushab turuvchi davolash: shaxsiy sezuvchanlikka bog‘liq bo‘lgan eng kam samarali sutkalik doza 100 mg dan 400 mg gachani tashkil qiladi.

Ikkilangan sutkalik dozadan tashkil topgan, xar ikkinchi kuni qabul qilinadigan yoki preparatning terapevtik dozasini xaftada 5 kun davomida (xaftani oxirida 2 kun tanaffus bilan) qabul qilinadigan, preparatni qabul qilishni boshqa sxemasini  qo‘llash mumkin.

Tabletka bir marta yoki qabul qilinayotgan doza ikki yoki uch qabulga bo‘linadi, ovqatlanish vaqtida yoki ovqat qabul qilgandan keyin, ozgina suyuqlik bilan birga qabul qilinadi. Preparatni muntazam bir vaqtda qabul qilish kerak. Agar preparat qabul qilinmagan bo‘lsa, bu pasient uchun xavf tug‘dirmaydi. Lekin bunda mustaqil dozani ikki marta qabul qilish ma‘n qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Juda tez-tez (≥1/10)

  • shox pardada mikrocho‘kmalar, ular qorachiq osti maydoni bilan cheklanadi va davolashni to‘xtatishni talab qilmaydi. Shox pardadagi mikrocho‘kmalar lipid cho‘kmalari majmuasidan tashkil topgan va davolash to‘xtatilgandan keyin yo‘qoladi
  • o‘rtacha og‘irlikdagi buzilishlar (ko‘ngil aynishi, qusish, ta‘m sezishni buzilishi), ular odatda davolashni boshida paydo bo‘ladi va dozani kamaytirish yo‘li bilan bartaraf qilinadi
  • davolashni boshida jigar transaminazalarining darajasini oshishi, ular odatda o‘rtacha (norma chegaralarida 1,5 dan 3 martagacha yuqori) va dastlabki darajaga dozani kamaytirish yo‘li bilan yoki xatto mustaqil qaytishi mumkin
  • fotosezuvchanlik

Tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha)

  • ba‘zida o‘lim bilan yakunlanuvchi gipotireoz, gipertireoz
  • odatda o‘rtacha va dozaga bog‘liq bradikardiya
  • o‘pka toksikligi (o‘ta yuqori sezuvchanlik pnevmoniti, alveolyar/interstisial pnevmonit yoki fibroz, plevrit, ba‘zida o‘lim bilan yakunlanuvchi obliterasiyalovchi kapillyar bronxit).
  • Fermentlar darajasini oshishi va/yoki sariqlik bilan o‘tkir jigar yetishmovchiligi, ba‘zida o‘lim bilan yakunlanuvchi.

Tez-tez emas (≥1/1000 dan </100 gacha)

  • odatda davolash to‘xtatilgandan keyin qaytuvchan periferik sensor-xarakat neyropatiyasi va/yoki miopatiya
  • ayrim xollarda yurakni to‘xtashi bilan birga kechuvchi mavjud bo‘lgan aritmiyani zo‘rayishi yoki yangi aritmiyani paydo bo‘lishi, o‘tkazilishni buzilishi (sinoaurikulyar blokada, turli darajadagi bo‘lmacha-qorincha blokadasi

Kam hollarda (≥1/1000 dan <1/1000 gacha)

  • rangli oreolalar (ko‘zni qamashtiruvchi), ko‘rishni noaniqligi.

Juda kam hollarda (<1/10000)

  • gemolitik, aplastichesk anemiya, trombositopeniya
  • miyacha ataksiyasi, u odatda doza kamaytirilgandan keyin yoki davolash to‘xtatilgandan keyin yo‘qoladi, xavfsiz bosh miya ichki gipertenziyasi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ekstrapiramid tremor, u odatda doza kamaytirilgandan keyin yoki davolash to‘xtatilgandan keyin yo‘qoladi, tungi daxshatlar
  • yaqqol bradikardiya yoki sinus tugunining disfunksiyasi bo‘lgan pasientlarda va/yoki keksa pasientlarda sinus tuguni faolligini susayishi
  • vaskulit
  • og‘ir nafas yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda va ayniqsa astmatiklarda bronxospazm, operasiyadan keyin kuzatiladigan o‘tkir respirator distress sindrom (kislorodning yuqori konsentrasiyasi bilan mumkin bo‘lgan o‘zaro ta‘sir), ba‘zida o‘lim bilan yakunlanuvchi
  • jigarning surunkali kasalliklari (soxtaalkogolli gepatit, sirroz), ba‘zida o‘lim bilan yakunlanuvchi
  • radioterapiyadagi eritema, teri toshmasi, odatda nospesifik, eksfoliativ dermatit, alopesiya
  • kreatininning darajasini oshishi bilan kechuvchi buyrak yetishmovchiligi
  • zardob kreatinini darajasini oshishi

QT intervalini uzayishini, shox pardani assimetrik shikastlanishi, rabdomioliz, keksalarda giperpigmentasiya yakka xollari ta‘riflangan.

Preparatni qabul qilish bilan bog‘liqligi noma‘lum (amiodaron bilan sabab aloqasi aniqlanmagan).

  • ko‘rish nervining nevropatiyasi/nevrit, u ko‘rlikkacha rivojlanishi mumkin.
  • epididimit (moyakni yallig‘lanishi), impotensiya.

Og‘ir nojo‘ya samaralari paydo bo‘lganda, davolash to‘xtatilishi kerak.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • faol moddaga yoki yordamchi moddalarga, shu jumladan yodga yuqori sezuvchanlik
  • sinusli bradikardiya va sinoaurikulyar blokada
  • sinus tugunining kuchsizligi sindromi (kardiostimulyatori bo‘lgan pasientlardan tashqari)
  • o‘tkazuvchanlikni og‘ir buzilishlari (kardiostimulyatori bo‘lgan pasientlardan tashqari)
  • “qorinchalarni xilpillashi-lipillashi” turi polimorf qorincha taxikardiyasini induksiya qiluvchi boshqa preparatlarni bir vaqtda qabul qilish
  • qalqonsimon bezining kasalliklari
  • homiladorlik va laktasiya davri
  • bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
  • galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lappa laktaz yetishmovchiligi, glyukozo-galaktoza malabsorbsiya sindromida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

O‘zaro ta‘sirning ko‘rinishlari uchun amiodaronning samarasi, xatto davolash to‘xtatilgandan keyin bir necha oylar davomida xam klinik axamiyatli bo‘lishi mumkin.

Amiodaron va antiaritmik preparatlar, shu jumladan bepridil, I sinf antiaritmik vositalar, xinidin va sotalol, shuningdek noaritmik preparatlar (vinkamin, sultoprid, eritromisin (vena ichiga) va pentamidinni (vena ichiga) bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki bu “qorinchalarni xilpillashi-lipillashi” turi polimorf qorincha taxikardiyasining sababi bo‘lishi mumkin.

Kalsiy antagonistlari diltiazem va verapamil yoki beta-blokatorlar bradikardiya va bo‘lmacha-qorincha blokadasi xavfini oshirishi mumkin.

Surgi vositalari gipokaliemiya va qorinchalar ekstrasistoliyasi xavfini oshiradi.

Gipokaliemiya chaqiruvchi dori vositalarini (diuretiklar, tizimli kortikosteroidlar, amfoterisin V (vena ichiga)) amiodaron bilan qo‘llanganda extiyotkorlikka rioya qilish kerak. Gipokaliemiya QT intervalini qo‘shimcha uzaytirishi va qorinchalar ekstrasistoliyasi, shu jumladan “qorinchalarni xilpillashi-lipillashi” turi, xavfini oshiradi. Agar yuqorida sanab o‘tilgan dori vositalari bilan bir vaqtda amiodaronni qabul qilish davolash uchun zarur bo‘lsa, unda QT intervalini doimiy nazorati kerak; gipokaliemiyani esa, zarurati bo‘lganda muvofiqlashtirish kerak. “Qorinchalarni xilpillashi-lipillashi” turi qorinchalar taxikardiyasi rivojlanganda, antiaritmik preparatlarni qabul qilish to‘xtatilishi kerak. Bunda ritmni vaqtinchalik yurituvchisi ishlatilishi kerak; zarurati bo‘lganda magneziya (vena ichiga) buyuriladi.

Varfarin amiodaron bilan bir vaqtda buyurilganda va amiodaronni qabul qilish to‘xtatilgandan keyin qon ketishi rivojlanish xavfi oshishi tufayli, protrombin vaqtini sinchiklab monitoring qilish, zarurati bo‘lganda – varfarinning dozasiga tuzatish kiritish (1/3 dan ½ gacha kamaytirish) tavsiya etiladi.

Trisiklik antidepressantlar, fenotiazin, astemizol va terfinadinni bir vaqtda qo‘llash, QT intervalini qo‘shimcha uzayishini chaqiradi va qorinchalar ekstrasistoliyasi, ayniqsa “qorinchalarni xilpillashi-lipillashi” turi bo‘yicha xavfini oshiradi.

Angishvonagul glikozidlari bir vaqtda qo‘llash natijasida bo‘lmacha-qorincha o‘tkazuvchanligini buzilishini yoki zardobdagi digoksinning konsentrasiyasini oshishini (digoksinning klirensini kamayishi oqibatida) chaqirishi mumkin. Amiodaron bilan birga davolashni boshida yoki preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan keyin digoksinning zardobdagi darajasini qat‘iy nazorat qilish va digoksinning dolzasiga tuzatish kiritish (1/2 gacha pasaytirish) tavsiya etiladi.

Amiodaronni fenitoin bilan bir vaqtda qo‘llash davomida, qon zardobida fenitoinning darajasini oshishi oqibatida, fenitoinning dozasini oshirib yuborilishining klinik belgilari namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday xollarda zardobda fenitoinning darajasini monitoringi va muvofiq uning dozasini kamaytirish (1/3 dan ½ gacha kamaytirish) talab etiladi.

Amiodaron  klirensini pasayishi oqibatida siklosporinning darajasini oshiradi, shuning uchun siklosporinning dozaga tuzatish kiritish kerak.

Simetidin amiodaronning metabolizmini pasaytiradi, bu zardobda uning konsentrasiyasini oshishiga olib keladi.

Amiodaronni simvastatinning yuqori dozasi bilan bir vaqtda davolashda miopatiya/skelet mushaklarini o‘tkir nekrozi rivojlanishi haqida yakka xabarlar bor.

Umumiy anesteziyada bradikardiya (u atropinga chidamli), gipotenziya, o‘tkazuvchanlikni buzilishi va yurakning minutlik hajmini pasayish xavfi rivojlanishi tufayli, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Amiodaron qabul qilgan pasientlarda ba‘zida o‘lim bilan yakunlangan o‘tkir nafas yetishmovchiligi sindromini rivojlanishining bir necha hollari ta‘riflangan. Ehtimol, jarayonga kislorodning yuqori konsentrasiyasi bilan o‘zaro ta‘sir jalb qilingan, shuning uchun operasiyadan keyingi davrda kislorod bilan davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Shuning uchun rejali operasiya oldidan anesteziolog oldindan pasient amiodaron qabul qilishi haqida xabardor qilingan bo‘lishi kerak.

Amiodaron qalqonsimon bezi gormonlarini, ayniqsa T3, T4 va tireostimulyasiyalovchi gormonni taxlilida xalaqit berishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni buyurish va boshlang‘ich davolashni nazorati faqat shifokor tomonidan amalga oshirilishi kerak. Davolashni boshlashdan oldin EKG olish, qalqonsimon bezi faoliyatini va zardobda kaliyning darajasini aniqlash tavsiya etiladi.

Nojo‘ya samaralarining tez-tezligi va og‘irligi preparatning dozasi bilan o‘zaro bog‘liqligi tufayli, minimal samarali saqlab turuvchi dozani buyurish kerak.

Bradikardiya rivojlanishi mumkinligi tufayli, keksa pasientlarga preparatni buyurishda extiyotkorlikka rioya qilish kerak. Amiodaronning farmakologik ta‘siri EKG dan o‘zgarishlarni induksiya qilishi mumkin; QT ni uzayishi (repolyarizasiyani uzayishi oqibatida) va U to‘lqinni rivojlanishi. Bu o‘zgarishlar kardiotoksiklikning reflektor reaksiyasini amalga oshirmaydi.

Sinoaurikulyar blokada, bo‘lmacha-qorincha blokadasini ikkinchi yoki uchinchi bosqichi yoki bifassikulyar blokadani rivojlanishi boshlangan xolda, preparat bilan davolash to‘xtatilishi kerak.

Amiodaron bilan davolash davomida xar uch oyda yurak faoliyatini EKG funksiyasini va yangi aritmiyalar yoki asosiy kasallikni zo‘rayish belgilarini monitoringini amalga oshirish kerak.

Rivojlanib boruvchi dispnoe va quruq yo‘tal, amiodaronni qabul qilish oqibatidagi o‘pka toksikligining belgilari bo‘lishi mumkin. O‘pkaga toksikligini erta aniqlash juda muhim, shuning munosabati bilan o‘pka faoliyatini nazorati uchun xar 6 oyda ko‘krak qafasini rentgen qilish tavsiya etiladi; bu shuningdek o‘pka kasalliklarining klinik belgilarini ko‘rinishlarida ham kerak.

Amiodaron qalqonsimon bezi faoliyatini, ayniqsa pasientlarda shaxsiy yoki oilaviy anamnezida qalqonsimon bezining kasalliklari bo‘lganda, induksiya qilish mumkin. Shuning uchun davolashni boshlashdan oldin, davolash davomida, shuningdek bu preparat bilan davolash to‘xtatilgandan keyin bir necha oylar davomida, qalqonsimon bezi faoliyatini klinik va biologik nazorati tavsiya etiladi. Qalqonsimon bezini disfunksiyasi borligi gumon qilinganda, pasient albatta muvofiq tahlillar o‘tishga  yuboriladi. Amiodaron yod saqlaydi, u qalqonsimon bezi gormonlarini, ayniqsa T3, T4 va tireostimulyasiyalovchi gormonni taxlilida xalaqit berishi mumkin.

Amiodaron bilan davolash davomida shuningdek jigar fermentlarining, ayniqsa aminotransferazalarning zardobdagi darajasini muntazam nazoratini amalga oshirish kerak.

Amiodaron bilan davolash davomida insolyasiyadan saqlanish kerak. Yoz oylarida pasientlar quyosh ta‘siriga duchor bo‘ladigan tana qismlarida quyoshdan himoyalovchi vositalarni ishlatishlari kerak.

Bolalarda amiodaronni samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

Yordamchi moddalar xaqida muhim ma‘lumot

Amiokordin® yordamchi vosita sifatida laktoza saqlaydi. Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lappa laktaza yetishmovchiligi yoki glyukozo-galaktozani malabsorbsiyasi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan pasientlar, bu preparatni  qabul qilmasliklari kerak.

Dori vositasini transport vositasi yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Amiokordin® bilan davolash davrida avtotransportni xaydashda va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: arterial bosimni pasayishi, bradikardiya, bo‘lmacha-qorincha o‘tkazuvchanligini va boshqa aritmiyalarni buzilishi, shuningdek  jigar yetishmovchiligini rivojlanishi.

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir va tuzli surgilarni qabul qilish. Davolash simptomatik, AB va EKG ni doimiy nazorat qilish kerak. Spesifik antidoti yo‘q. Gemodializ samarasiz.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan PVX/alyumin folga blisterda.

3 yoki 6 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AMIOKORDIN tabletkalari 200mg N60 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AMIOKORDIN tabletkalari 200mg N60 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AMIOKORDIN tabletkalari 200mg N60 dori vositasi Krka d.d. tomonidan Sloveniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AMIOKORDIN tabletkalari 200mg N60 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AMIOKORDIN tabletkalari 200mg N60 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
AMIODARON inyeksiya uchun eritma 3ml 150mg/3ml N10
NIKADARON tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амиодарон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
AMIOKORDIN tabletkalari 200mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амиодарон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 42 500 so'mdan Batafsil
KORDARON tabletkalari 200mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Амиодарон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi-Aventis Groupe, Франция произведено: Chinoin Pharmaceutical & Chemical Works Private Co. Ltd
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
KORDARON inyeksiya uchun eritma 3ml 150mg/3ml N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Амиодарон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi-Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
AMIODARON 0,2 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya Respublikasi
  • Faol modda: Амиодарон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
PIKOVIT sirop 150ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 27 200 so'mdan Batafsil
GENTAMISIN K inyeksiya uchun eritma 80mg/2ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 58 900 so'mdan Batafsil
PANZINORM 10000 kapsulalar N21
Narh: 33 600 so'mdan Batafsil
VIROLEKS poroshok 250mg N5
Narh: 105 000 so'mdan Batafsil
Narh: 115 000 so'mdan Batafsil
Narh: 74 000 so'mdan Batafsil
Narh: 89 000 so'mdan Batafsil
ENAP HL tabletkalari 10mg/12,5mg N20
Narh: 31 000 so'mdan Batafsil
ROKSERA tabletkalari 30mg N30
Narh: 118 000 so'mdan Batafsil
ROKSERA tabletkalari 15mg N30
Narh: 56 056 so'mdan Batafsil
ATORIS tabletkalari 60mg N30
Narh: 135 000 so'mdan Batafsil
ATORIS tabletkalari 10mg N30
Narh: 22 800 so'mdan Batafsil
ATORIS tabletkalari 40mg N30
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
TENOKS tabletkalari 10mg N30
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
TENOKS tabletkalari 5mg N30
Narh: 51 000 so'mdan Batafsil
PRENESSA tabletkalari 4mg N30
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
PRENESSA tabletkalari 8mg N30
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
LORTENZA tabletkalari 50mg/10mg N30
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
LORTENZA tabletkalari 100mg/10mg N30
Narh: 102 000 so'mdan Batafsil
LORTENZA tabletkalari 100mg/5mg N30
Narh: 84 000 so'mdan Batafsil
LORTENZA tabletkalari 50mg/5mg N30
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
LORISTA N tabletkalari 50mg/12,5mg N28
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
LORISTA tabletkalari 100mg N28
Narh: 76 000 so'mdan Batafsil
LORISTA tabletkalari 50mg N28
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9