Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi. Batafsil
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Karbamazepin polisinaptik reaktsiyalarni kamaytirishi va posttetanik potentsiatsiyani bloklashi orqali ta'sir qiladi. Karbamazepin odatda mushuk va kalamushlarning ko'z osti nervini rag'batlantirish bilan chaqirilgan og'riqni yengillashtiradi yoki bartaraf qiladi. U mushuklarda talamik potentsial va bulьbar va postsinaptik reflekslarni bostiradi. Karbamazepin boshqa antikonvulьsantlarga yoki trigeminal nevralьgiyali og'riqlarni yengillashtirishda qo'llanadigan boshqa dorilar bilan kimyoviy oiladosh emas. Uning ta'sir mexanizmi noma'lum bo'lib qolmoqda.
Karbamazepinning farmakokinetik taqsimlanish parametrlari bolalar va kattalarda bir xil. Ularda karbamazepin tabletkalari surunkali ichga qabul qilinganida plazmadagi cho'qqi kontsentratsiyasiga 4,5 soatdan keyin erishiladi. Karbamazepin me'da-ichak yo'llaridan asta-sekin so'riladi. Plazmada turg'un holatdagi kontsentratsiyaga erishish uchun karbamazepin tabletkalarini ichga har 12 soatda, 2-4 kun davomida qabul qilish talab qilinishi mumkin.
Karbamazepin tanada keng taqsimlanadi; u orqa miya suyuqligida, miyada, duodenal suyuqlikda, o't-safroda va so'lakda aniqlanadi. Karbamazepin plazmadan nisbatan uzoq yarim chiqarilish davriga ega bo'lib, u turli manbalarga muvofiq taxminan 8 dan 72 soatgachani tashkil qiladi. Plazmadan yarim chiqarilish davri dastlab umuman 25 dan 65 soatgachani va qayta qabul qilinganida 12 dan 17 soatgacha o'zgaradi. Karbamazepin jigarda metabolizmga uchraydi va siydik bilan asosan hayvonlarda antikonvulьsiv faollikka va trigeminal nevralgiyali bemorlarda kuchli og'riqni qoldiruvchi faollikka ega bo'lgan CBZ-E sifatida chiqariladi. CBZ-E ham ona dorining nevrologik nojo'ya samaralarda rolь o'ynaydi. Karbamazepin bolalarda CBZ-E kattalardagiga nisbatan tezroq metabollanadi. Karbamazepin va uning metabolitlari siydik bilan chiqariladi. Taxminan 1-3% preparat siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. Karbamazepin jigar mikrosomal fermentlarini indutsiyalaydi va, shunday qilib, o'zining xususiy metabolizmini va shu fermentlar bilan metabolizmga uchraydigan, bir vaqtda qabul qilinayotgan boshqa dorilarning metabolizmini kuchaytirishi mumkin.
Preparatning eng og'ir nojo'ya samaralari gemopoetik va yurak-tomir tizimida kuzatilgan. Bosh aylanishi, uyquchanlik, noturg'unlik, ko'ngil aynishi va qusish, ayniqsa davolashning boshlang'ich bosqichida, eng ko'p kuzatiladigan nojo'ya reaktsiyalardir. Bunday reaktsiyalarni minimal darajagacha tushirish uchun davolashni kichik dozalardan boshlash kerak.
Karbamazepinni antikonvulьsiv vosita sifatida tavsiya qilinadi.
1. Qisman tutqanoq xurujlari (psixomotor tizimi va chakka bo'lagiga tavaluqli) majmuaviy simptomatologiya bilan. Bunday tutqanoq xurujlari bo'lgan bemorlar, boshqa tutqanoq xuruji turlari bo'lgan bemorlarga nisbatan ko'proq yaxshilanishini xis qiladilar.
2. Yoyilgan tonik - klonik tutqanoq xurujlari (katta).
3. Yuqorida ko'rsatilgan yoki boshqa qisman va yoyilgan tutqanoq xurujlarini o'z ichiga oladigan aralash tutqanoq xurujlari. Kichik tutqanoq xurujlari karbamazepin bilan yengillashmagandek tuyuladi.
4. Haqiqiy trigeminal nevralgiya bilan bog'liq og'riq.
Karbamazepinning odatdagi tabletkalari ichga ovqat bilan birga qabul qilinadi. Karbamazepinning dozalari sinchiklab va asta-sekin shaxsiy boshqarilishi kerak. Davolashni kichik dozadan boshlash va preparatning dozasini asta-sekin oshirish yoki kamaytirish kerak. Karbamazepin antikonvul'siv davolash sxemasiga qo'shilganida, preparatni odatda asta-sekin qo'shish kerak, boshqa antikonvulьsantni esa yoki tutib turish yoki asta-sekin kamaytirish kerak. Karbamazepinni xurujlarni yoki tutqanoq holatini chaqirmasligi uchun asta-sekin bekor qilish lozim. Karbamazepinning kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda tutqanoq xurujlarini davolash uchun odatdagi boshlang'ich dozalari 200 mg li tabletka shaklida kuniga ikki marta. Dozalashni kuniga uch yoki to'rtga bo'lingan dozadagi davolash tartibida kuniga 200 mg ga bir haftalik intervallar bilan optimal natijaga erishilgungacha oshiriladi. Doza umuman 13-15 yoshli bolalar uchun kuniga 1 g dan va 15 yoshdan katta bolalar uchun kuniga 1,2 g dan oshmasligi kerak. Ammo ayrim bemorlarga kuniga 1,6-2,4 g talab qilinadi. Xurujlarni yetarli nazoratiga erishilganida, dozani minimal samarali darajagacha kamaytirish kerak, u odatda 6-12 yoshli bolalar uchun kuniga 400- 800 mg ni tashkil qiladi. 6 yoshdan kichik bolalar uchun tabletka shaklidagi karbamazepinning kunduzgi dozasi 10-20 mg/kg ni ikki yoki uch bo'lakka bo'lingan qismlarni tashkil qiladi. 6 yoshdan kichik bolalarda optimal klinik reaktsiyaga odatda kunduzgi 35 mg/kg dan kamroq tutib turuvchi dozada erishiladi. Agar qoniqarli klinik reaktsiyaga erishilmasa, u holda karbamazepinning plazmadagi kontsentratsiyalarini, ular terapevtik diapazonida ekanligini bilish uchun aniqlash lozim. Trigeminal nevralgiya
Trigeminal nevralgiya bilan bog'liq og'riqni simptomatik davolash uchun karbamazepinning odatdagi kattalar dozasi davolashning birinchi kuni 100 mg li tabletka shaklida kuniga ikki martani tashkil qiladi. Dozani asta-sekin kuniga 200 mg ga, har 12 soatda 100 mg dan og'riq yengillashmagunicha oshirish mumkin. Og'riqni yengillashtirish uchun kerak bo'lgan doza kuniga 200 mg dan 1,2 g gacha o'zgarishi mumkin. Og'riq yengillashganida odatda kuniga 400-800 mg tutib turuvchi doza yetarli bo'ladi, ammo ayrim bemorlarga kuniga faqat 200 mg, boshqa bemorlarga kuniga 1,2 g talab qilinishi mumkin. Trigeminal nevralgiyani karbamazepin bilan davolashni hamma davri davomida kamida uch oyda bir marta dozani minimal samarali darajagacha pasaytirishga urinib ko'rish yoki preparatni qabul qilishni bekor qilish kerak.
Homiladorlik vaqtida preparatni qo'llash xavfsizligi aniqlanmagan. Dorini qabul qilayotgan tutqanog'i bo'lgan homilador ayollar katta xurujlarni oldini olish uchun antikonvulьsantivlarni qabul qilishni to'xtatmasliklari kerak, chunki gipoksiya va hayotga xavf tug'diruvchi tutqanoq holatini paydo bo'lish ehtimoli mavjud.
Shaxsiy hollarda tutqanoq xurujlarining og'irligi va tez-tezligi, davolashni to'xtatish bemorga jiddiy xavf tug'dirmaydigan bo'lganida, homiladorlik oldidan va homiladorlik vaqtida preparatni qabul qilishni to'xtatish mumkinligini ko'rib chiqish mumkin.
Klinitsistlar bu mulohazalarni davolashda yoki tutqanog'i bo'lgan ayollarga potentsial homiladorlikda maslahat berganlarida sinchiklab baholab ko'rishlari kerak. Karbamazepin homilaga, uni homilador ayol qabul qilayotganida zarar keltirishi mumkinligi tufayli, davolashdan bo'lgan foyda potentsial homilador ayollarda qarshi bo'lgan xavfi baholanishi kerak. Karbamazepin va uning metaboliti odam ko'krak sutiga chiqariladi. Laktatsiya davrida karbamazepinni qo'llash xavfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun emizishni yoki preparatni qabul qilishni to'xtatish to'g'risida qaror qabul qilish kerak.