31 200 s`om dan
Dorixonalardan izlashQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
GALOPERIDOL
HALOPERIDOL
Preparatning savdo nomi: Galoperidol
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): galoperidol
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: galoperidol – 5 mg;
yordamchi moddalar: sut kislotasi, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq rangsiz yoki deyarli rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Antipsixotik preparatlar. (Neyroleptiklar).
ATX kodi: N05AD01
Farmakologik xususiyatlari
Galoperidol neyroleptik, antipsixotik, sedativ, og‘riq qoldiruvchi, tirishishga qarshi, antigistamin va qusishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Mezolimbik tizimda, gipotalamusda, qusish markazining triger soxasida, ekstrapiramid tizimida postsinaptik dofaminergik reseptorlarni bloklaydi, markaziy alfa-adrenergik reseptorlarni susaytiradi.
Galoperidol alahsirash, gallyusinasiyalar, maniyalarni bartaraf etadi, qo‘zg‘alish, bezovtalik, o‘lim qo‘rquvi bilan kechuvchi kasalliklarda vegetativ faoliyatlarga ta‘sir qiladi (bo‘shliqli a‘zolarning tonusini, me‘da-ichak tizimining sekresiyasi va motorikasini pasaytiradi, qon tomirlarning spazmlarini bartaraf etadi). Boshqa neyroleptiklarga rezistent bo‘lgan pasientlarda samaralidir.
Farmakokinetikasi
Mushak ichiga yuborilganida plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga 10-15 minutdan keyin erishiladi. Oqsillar bilan bog‘lanishi 92% ni tashkil qiladi. Jigarda faol metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri mushak ichiga yuborilganida 21 soatni tashkil qiladi. Organizmdan buyrak orqali – 40%, safro bilan ichak orqali – 15% chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatning dozasi yosh, simptomlarning og‘irligi va boshqa neyroleptiklarga pasientning avvalgi reaksiyasiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi.
Katta yoshli pasientlarga o‘tkir qo‘zg‘alishning o‘rtacha simptomlarida mushak ichiga 2-10 mg dan yuboriladi. Pasientning reaksiyasiga qarab, ushbu dozani sutkalik doza 18 mg ga yetganigacha har 4-5 soatda takroran yuborish mumkin.
Ba‘zida og‘ir qo‘zg‘alishlari bo‘lgan pasientlarga 18 mg gacha bo‘lgan boshlang‘ich doza kerak bo‘lishi mumkin.
Ko‘ngil aynishi/qusishda mushak ichiga 1-2 ml tavsiya etiladi.
Keksa yoshli/holsizlangan pasientlarga tavsiya etilgan dozaning ½ yuboriladi va kerakli ta‘sirga erishish uchun u sinchkov tibbiy kuzatuv ostida asta-sekin amalga oshiriladi.
Nojo‘ya ta‘silari
Galoperidol kichik dozalarda (sutkada 1-2 mg) qisqa muddat davomida qo‘llangan nojo‘ya reaksiyalari kam uchraydi, kuchsiz ifodalangan va o‘tkinchi xarakterga ega bo‘ladi.
Katta dozalari uzoq vaqt davomida qo‘llanganda nojo‘ya ta‘sirlari ko‘proq kuzatiladi.
Nerv tizimi tomonidan: ekstrapiramid buzilishlar, giperkineziya, bosh og‘rig‘i, kechki diskineziya (tilni, yuzni, og‘izni yoki jag‘ni beixtiyoriy ritmik tortishishi), okulogir krizlar, o‘tkir mushak distoniyasi, diskineziya, laringal disfoniya, akatiziya, bradikineziya, gipokineziya, niqobsimon yuz, tremor, bosh aylanishi, tirishish, akineziya, “tishli g‘ildirak” tipidagi mushaklarning rigidligi, reaksiya tezligini sekinlashishi va koordinasiyani yomonlashishi, katta tutqanoq xurujlari va psixotik simptomlarni yomonlashishi, xavfli neyroleptik sindrom (gipertermiya, mushaklarning yoyilgan rigidligi, vegetativ beqarorlik va bemor ongini buzilishi, nistagm).
Qon tizimi va limfa tizimi tomonidan: leykopeniya, neytropeniya, agranulositoz, pansitopeniya, trombositopeniya, leykositoz, anemiya, limfositoz.
Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, anafilaktik reaksiyalar, anafilaksiya.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: teri toshmalari, eshakemi, qichishish, fotosensibilizasiya, kuchli terlash, leykositoplastik vaskulit, eksfoliativ dermatit.
Endokrin tizimi tomonidan: giperprolaktinemiya, giperglikemiya, antidiuretik gormonining sekresiyasini pasayishi.
Metabolizm tomonidan: giponatriemiya, periferik shishlar, tana vaznini o‘zgarishi, tana haroratini boshqarilishini buzilishi.
Ruhiyat tomonidan: uyqusizlik, depressiya, psixotik buzilishlar, ongni chalkashishi, uyquchanlik.
Ko‘rish a‘zolari tomonidan: ko‘rishni buzilishi, ko‘rishni tumanli xiralashishi.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: qabziyat, og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, dispepsiya, diareya, so‘lak ishlab chiqarilishini oshishi, jig‘ildon qaynashi.
Gepatobiliar tizimi tomonidan: jigar faoliyatini o‘zgarishi, gepatit, sariqlik, o‘tkir jigar yetishmovchiligi, xolestaz.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, aritmiya, stenokardiyani kechishini yomonlashishi, EKG ni o‘zgarishi, EKG da QT intervalini uzayishi va/yoki yurak qorinchalari aritmiyalarini paydo bo‘lishi, torsades de pointes aritmiyasi, qorinchalar taxikardiyasi, ekstrasistoliya, arterial gipotenziya, ortostatik gipotenziya.
Nafas tizimi tomonidan: hansirash, bronxospazm, hiqildoqni shishi, laringospazm.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: qiyshiq bo‘yin, mushaklarni tirishishi, mushaklar spazmi, skelet-mushak rigidligi, trizm, mushaklarni tortishishi.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: siydik tutilishi.
Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan: erektil faoliyatini buzilishi, dismenoreya, ginekomastiya, galaktoreya, dag‘allashish, sut bezlarida noqulaylik va og‘riq, hayz siklini buzilishi, oligo-/amenoreya, menorragiya, jinsiy faoliyatni buzilishi, priapizm.
Umumiy buzilishlar: koordinasiyani buzilishi, gipotermiya, periferik shishlar, yuzni shishi. Antipsixotik vositalarni qabul qilishda venoz tromboemboliyalar, shu jumladan o‘pka arteriyalari emboliyasi va chuqur venalarning trombozi, to‘satdan o‘lim hollari haqida xabar berilgan. Bunday hollarning tez-tezligi ma‘lum emas.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarining o‘zaro ta‘siri
Galoperidol markaziy ta‘sirga ega gipotenziv preparatlar, opioid analgetiklar, uxlatuvchi vositalar, antidepressantlar, narkoz vositalari va alkogolning MNT ga ta‘sirini potensiyalaydi. Galoperidolni ushbu preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash nafasni susayishiga olib kelishi mumkin.
Metildopa galoperidolning MNT ga ta‘sirini kuchaytiradi.
Antiparkinsonik preparatlar bilan birga qo‘llaganda (levodopa va boshqalar) ko‘z ichki bosimi oshadi va dofaminergik strukturalarga antagonistik ta‘sir tufayli bu vositalarning terapevtik ta‘siri susayadi.
Galoperidol trisiklik antidepressantlarning metabolizmini sekinlashtiradi, buning oqibatida qon plazmasida ularning darajasi oshadi va zaharliligi oshadi.
Galoperidolni jigar fermentlarining induktor-preparatlari bilan birga uzoq vaqt qo‘llash (karbamazepin, rifampisin, fenobarbital va boshqalar) qon zardobida galoperidolning konsentrasiyasini pasayishiga olib keladi. Zarurati bo‘lganida ularni birga qo‘llashda galoperidolning dozasini oshirish kerak bo‘lishi mumkin, lekin jigar fermentlarining induktorlari bekor qilinganidan keyin galoperidolning dozasini kamaytirish kerak.
Galoperidol antikoagulyantlarning faoliyatiga bilvosita ta‘sir qiladi, shuning uchun ular birga qo‘llanganida oxirdagilarning dozasiga tuzatish kiritish kerak.
Galoperidolni litiy tuzlari bilan bir vaqtda qabul qilganda MNT ga nojo‘ya ta‘sirining xavfi, ayniqsa ekstrapiramid reaksiyalarni yuz berish extimoli imkoniyatlari oshadi.
Galoperidol adrenalin va boshqa simpatomimetiklarining intensiv ta‘sirining jadalligini pasaytirishi va ularni qo‘llaganda arterial bosimni paradoksal pasayishini chaqirishi mumkin.
Galoperidolni QT intervalini uzaytiruvchi dori vositalari, IA (masalan, xinidin, dizopiramid, prokainamid bilan) va ІІІ (masalan, amiodaron, sotalol, dofetilid bilan) sinfi antiaritmik vositalar bilan bir vaqtda qo‘llash, qorinchalar aritmiyasi, torsades de pointes turi aritmiyaning paydo bo‘lishini xavfi tufayli mumkin emas.
Galoperidol bir necha yo‘llar bilan metabolizmga uchraydi, shu jumladan, glyukuronidasiya va sitoxrom R450 (ayniqsa, CYP3A4 yoki CYP2D6) fermentlari yordamida metabolizmga uchraydi. Metabolizmining bu yo‘llarini buzilishi boshqa vositalar yoki CYP2D6 fermenti faolligini pasayishi, galoperidolning qondagi konsentrasiyasini oshirishi va nojo‘ya ta‘sirlarning, shu jumladan QT intervalini uzayish xavfini oshirishi mumkin. Paroksetin bilan birga qabul qilish kerak bo‘lsa, galoperidolning dozasi pasaytirilishi mumkin.
Galoperidolni qo‘llash elektrolitlarning darajasini buzilishi va qorinchalar aritmiyasini rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Ketokonazol (sutkada 400 mg) va paroksetin (sutkada 20 mg) galoperidol bilan bir vaqtda qabul qilinganida QT intervali oshishi mumkin.
Galoperidol CYP3A4 yoki CYP2D6 ingibitorlari (intrakonazol, buspiron, venlafaksin, alprazolam, fluvoksamin, xinidin, fluoksetin, sertralin, xlorpromazin va prometazin) bilan bir vaqtda qo‘llanganida galoperidolning konsentrasiyasi oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, yurak ritmini buzilishi, beqaror arterial bosimi bo‘lgan pasientlarga, shuningdek anamnezida tirishish xurujlari bo‘lgan tutqanoqli bemorlarga, tireotoksikozida yoki feoxromasitomada, keksa yoshli shaxslarda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Uzoq muddat davomida qo‘llangan, ayniqsa diuretiklarni qabul qilayotgan pasientlarda va yo‘ldosh kasalliklari bo‘lgan pasientlarda umumiy qon tahlili, jigar va buyrak faoliyati, elektrolitlar darajasini muntazam nazorat qilish kerak.
Kardial buzilishlar
QT intervalni uzayishi va/yoki qorinchalar aritmiyasi kabi kardial buzilishlar haqida juda kam xabar berilgan. Ular ko‘pincha ushbu asoratlarning xavf omillari bo‘lgan pasientlarda va galoperidolning yuqori dozalarda qabul qilganda uchrashi mumkin. Galoperidolni qo‘llashdan oldin qorinchalar aritmiyasining xavf omillari bo‘lgan pasientlarda foyda/xavf nisbatini baholash kerak (yurak kasalligi, oilada to‘satdan o‘lim hollarini borligi va/yoki QT intervalini uzayishi, elektrolitlar darajasini nazorat qilinmaydigan buzilishlari, subaraxnoidal gemorragiyalar, ochlik, alkogolni suiste‘mol qilish kabi). EKG-nazorati va qonda kaliy miqdorini nazorat qilish kerak. QT intervali uzayganida galoperidolni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
CYP2D6 metabolizmi pasaygan pasientlarda va sitoxrom R450 ning ingibitorlari qo‘llanganida galoperidolni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Boshqa antipsixotik vositalarni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Galoperidolni qo‘llashdan oldin barcha pasientlarda, ayniqsa, keksa yoshli pasientlarda, yurak kasalliklari bo‘lgan yoki tekshirishda yurak faoliyatining ko‘rsatkichlarini o‘zgarishlari bo‘lgan pasientlarda EKG ni o‘tkazish tavsiya etiladi.
Ba‘zi hollarda taxikardiya va arterial gipotenziya haqida xabar berilgan. Kamroq arterial gipertenziya hollari haqida kamroq xabar berilgan.
Xavfli neyroleptik sindrom.
Antipsixotik vositalarni qo‘llash, xususan shu jumladan galoperidolni qo‘llanishi, xavfli neyroleptik sindromiga olib kelishi mumkin. Bu kam uchraydigan idiosinkraziya gipertermiya, yoyilgan mushaklar rigidligi, vegetativ beqarorlik va qonda KFK darajasini oshishi va bemorning xushini yo‘qotishi bilan xarakterlanadi. Gipertermiya ko‘pincha xavfli neyroleptik sindrom, taxikardiya, beqaror arterial bosim va ko‘p terlash kabi vegetativ buzilishlar simptomlarining ilk belgisi hisoblanadi. Xavfli neyroleptik sindromni rivojlanishini simptomlari paydo bo‘lishi bilan barcha hollarda neyroleptik terapiya kurslarini to‘xtatish va sinchikov nazorat ostida tutib turuvchi davolashni boshlash kerak.
Kechki diskineziya.
Boshqa antipsixotik vositalarni qo‘llaganda bo‘lgani kabi, galoperidolni uzoq vaqt qo‘llaganda va uni to‘xtatishda kechki diskineziya rivojlanishi mumkin. Bu sindrom tilni, yuzni, og‘izni va jag‘ni beixtiyor ritmik tortishishi bilan xarakterlanadi. Bu belgilar ba‘zi bemorlarda doimo mavjud bo‘ladi. Ularni davolash kursini qaytadan boshlab, galoperidolning dozasini oshirib yoki boshqa antipsixotik vositalarni buyurib kamaytirish mumkin. Kechki diskineziya belgilari paydo bo‘lishi bilan davolash kursini iloji boricha ertaroq to‘xtatish maqsadga muvofiqdir.
Ekstrapiramid simptomlar.
Uzoq muddat davomida qo‘llangan neyroleptiklar uchun xarakterli bo‘lgan belgilar uchrashi mumkin: qaltirash, mushaklarning rigidligi, so‘lak ajralishini ko‘payishi, bradikineziya, akatizasiya, o‘tkir distoniya. Bunday hollarda antixolinergik ta‘sir qiluvchi antiparkinsonik preparatlarni buyurish mumkin, lekin preventiv terapiya tartibida emas, chunki ularni qo‘llash galoperidolning samaradorligini kamaytiradi. Galoperidol va antiparkinsonik vositalar bilan bir vaqtda davolash zarurati bo‘lsa, galoperidolni qo‘llash to‘xtatilganidan keyin ekstrapiramid simptomlarni oshishini oldini olish uchun antiparkinsonik vositalarini qo‘llashni davom ettirish kerak, ayniqsa agar antiparkinsonik vositalarning chiqarilish tezligi yuqori bo‘lsa. Galoperidol va antixolinergik preparatlarni birga qo‘llash (shu jumladan, antiparkinsonik vositalarini ham) ko‘zning ichki bosimini oshishiga olib kelishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Tirishishlar.
Galoperidol qo‘llanganida tirishishlar haqida xabarlar berilgan, shuning uchun tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda yoki tirishishga moyilligi bo‘lgan pasientlarda (alkogolni suiste‘mol qilish, miyani shikastlanishi) ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat EEG (elektroensefalogramma) da o‘zgarishlari bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Galoperidol bilan davolashni boshlashdan oldin EEG-tekshiruvini o‘tkazish tavsiya etiladi.
Gepatobiliar buzilishlar.
Galoperidol jigarda metabolizmga uchraydi, shuning uchun jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Jigar faoliyatini buzilishini yoki ayniqsa gepatitning xolestatik hollari aniqlangan.
Endokrin buzilishlar.
Tiroksin galoperidolning toksikligini oshirishi mumkin. Shuning uchun galoperidolni gipertireozda alohida ehtiyotkorlik bilan va eutireoid holatiga erishilganidan keyin qabul qilish kerak. Antipsixotik vositalarni qabul qilishda gormonal buzilishlar galaktoreya, ginekomastiya, oligo-/amenoreyaga olib keluvchi giperprolaktinemiyani o‘z ichiga oladi. Juda ham kamdan-kam hollarda gipoglikemiya va antidiuretik gormon sekresiyasini pasayishi yuz berishi mumkin.
Venalar tromboemboliyasi.
Antipsixotik vositalarni qabul qilishda venalar tromboemboliyasi hollari aniqlangan. Tromboemboliya rivojlanishini xavf omillari bo‘lgan pasientlarda galoperidolni qo‘llashdan oldin va qo‘llash vaqtida preventiv choralarini qo‘llash kerak.
Preparat bilan davolash terapiyalari kursining to‘satdan to‘xtatilishi, ayniqsa katta dozalarda qo‘llanganida, bekor qilish sindromini, shuningdek kasallikni qaytalanishini chaqirishi mumkin, shuning uchun preparatning dozasini sekin-asta kamaytirib to‘xtatish kerak.
Birga qo‘llanganida preparat og‘riqni qoldiruvchi vositalarning dozasini pasaytirish imkonini beradi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.
Homiladorlik davrida galoperidol bilan davolashning xavfsizligi aniqlanmagan. Galoperidolning salbiy ta‘siriga homila homiladorlikning III uch oyligida duchor bo‘ladi, bunda tug‘ruqdan keyin nojo‘ya reaksiyalar og‘irlik darajasi va davomiyligi bilan farqlanuvchi ekstrapiramid simptomlar bilan namoyon bo‘ladi. Ajitasiya, arterial gipertenziya/gipotenziya, qaltirash, uyquchanlik, nafasni buzilishi, emizishdagi muammolar haqida ma‘lumotlar uchraydi. Demak, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar sinchkov nazorat ostida bo‘lishlari kerak. Galoperidolni qo‘llash oqibatida yuzaga kelgan bir necha tug‘ma nuqsonlar haqida xabarlar bor. Galoperidolni faqat kutilayotgan foyda, homila uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan holda qo‘llash mumkin, bunda yuboriladigan doza va davolash davomiyligi minimal bo‘lishi kerak. Galoperidol ko‘krak sutiga o‘tadi. Emizish davrida bolada ekstrapiramid simptomlarning alohida hollari kuzatilgan. Preparatni potensial xavflarini hisobga olib qo‘llash kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparatni bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni boshqarish reaksiya tezligiga va boshqa mexanizmlar bilan ishlashda ta‘sir qilish qobiliyati.
Yuqori diqqat, katta e‘tibor va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi faoliyatlardan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: galoperidolning dozasini oshirib yuborilishining ko‘rinishlari uning farmakologik ta‘siri oqibatidir; ulardan eng ko‘p uchraydigani jiddiy ekstrapiramid simptomlar, arterial gipotenziya, uyqu holatiga o‘tishgacha bo‘lgan ruxiy befarqlikdir.
QT intervali uzayishi bilan bog‘liq bo‘lgan qorinchalar aritmiyasini rivojlanish xavfi. Pasientda shokka olib kelishi mumkin bo‘lgan nafasni susayishi va arterial gipotenziya komatoz holati bo‘lishi mumkin. Parodoksal gipertoniya va tirishishlar bo‘lishi mumkin.
Davolash: spesifik antidoti mavjud emas. Nafas yo‘llarini tozalash va zarurati bo‘lganida ularning faoliyatini, o‘pkaning mexanik ventilyasiyasi yordamida tutib turish kerak. Aritmiya haqidagi alohida xabarlarni hisobga olib, EKG monitoringi o‘tkazish tavsiya etiladi. Arterial gipotenziya va tomir kollapsi plazmani quyish orqali bartaraf qilinadi. Adrenalinni qo‘llash mumkin emas. Pasient 24 soat va undan ko‘proq vaqt davomida nazorat ostida bo‘lishi kerak, bunda tana haroratini normal darajada tutib turish va adekvat suyuqlik iste‘mol qilishini ta‘minlash kerak. Og‘ir ekstrapiramid simptomlar holida antiparkinsonik preparatlarini yuborish kerak.
Chiqarilish shakli
Preparat 1 ml dan ampulalarga joylangan. 5 ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.