×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AMPIOKS NATRIY poroshok 0,5g N10

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Antibiotiklar (penitsillinlar guruhi).
Faol modda:
Ампициллин, Оксациллин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- J01CR50 Пенициллинов комбинации
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ERITROMISIN maz 10g 10000YeD Татхимфармпрепараты, АО Rossiya
5 000 s`om dan
LEVOGLOB infuziya uchun eritma 100ml 0,5% Reka-Med Farm, СП ООО O'zbekiston
AZIADJIO 500 tabletkalari 500mg N3 Agio Pharmaceutical Limited Hindiston
STREPTOMISIN poroshok 1g Киевмедпрепарат, ПАО Ukraina
2 500 s`om dan
Saqlash shartlari В сухом, защищенном от света месте, при температуре не выше 25 °C.

Хранить в недоступном для детей месте.

Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

Bitta flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda:

ampitsillin natriy tuzi                                                  0,3335 g

oksatsillin natriy tuzi                                                  0,1665 g

Ishlab chiqarilish shakli

Flakonlarda 0,5 g dan preparat.

In’eksion eritma tayyorlash uchun kukun
Bitta flakon quyidagilarni saqlaydi:  faol modda:  ampitsillin natriy tuzi 0,3335 g  oksatsillin natriy tuzi 0,1665 g
Ampitsillin va oksatsillin ta’sir doirasini birlashtiruvchi kombinatsiyalangan antibiotik hisoblanadi. Ampitsillin – yarim sintetik penitsillin bakteritsid ta’sir etadi, penitsillinazani paydo qilmaydigan gram-musbat mikroorganizmlarga (Staphylococcusspp., Streptococcusspp., Streptococcuspneumoniae) va gram-manfiy mikroorganizmlarga (Neisseriagonorrhoeae, Neisseriameningitidis, Escherichiacoli, Salmonellaspp., Shigellaspp., Proteusmirabilis, Haemophilusinfluenzae) nisbatan faoldir. Oksatsillin – penitsillinlar guruhidagi penitsillinazga chidamli yarim sintetik antibiotik bo‘lib, gram-musbat mikroorganizmlar: Staphylococcusspp., Streptococcusspp., shu jumladan Streptococcuspneumoniae, Actinomycesspp., Bacillusanthracis, Corynebacteriumdiphtheriae, anaerob spora hosil qiluvchi tayoqchalar, shu jumladan Clostridiumspp.; gram-manfiy kokklar: Escherichiacoli, Proteusmirabilis, Haemophilusinfluenzae, Klebsiellapneumoniae, Actinomycesspp., Treponemasppga nisbatan bakteritsid ta’sirga ega. Pseudomonasaeruginosa, aksariyat shtammlar Proteusvulgaris, Providenciarettgeri, Proteusmorganii preparat ta’siriga chidamlidir.
Qonda preparatning maksimal konsentratsiyasi (Smax) mushak ichiga yuborilganidan so‘ng 30 minut – 1 soatdan keyin aniqlanadi. Vena ichiga yuborilganida qonda mushak ichiga yuborish usulida kuzatiladigan miqdordan yuqori preparat konsentratsiyasi tezda hosil bo‘ladi. Preparat organizmdan buyraklar orqali, qisman o‘t orqali chiqariladi. Qaytadan yuborilgan holatlarda u patsiyent organizmida to‘planib qolmaydi, bu uning uzoq vaqt qo‘llanilishiga imkon beradi.
Teri toshmasi, eshakemi, Kvinke shishishi kabi reaksiyalar shaklida namoyon bo‘ladigan allergik reaksiyalar, kam hollarda anafilaktik shok rivojlanishi mumkin. Allergik reaksiyalar paydo bo‘lganda preparat yuborilishini to‘xtatish va desensibillizatsiyalovchi terapiyani o‘tkazish kerak. Anafilaktik shok belgilari paydo bo‘lganda patsiyentni ushbu holatdan chiqarish uchun shoshilinch choralar ko‘rilishi: epinefrin (adrenalin), glyukokortikosteroidlar (gidrokortizon yoki prednizolon) va antigistamin preparatlarini yuborish kerak, zarur hollarda, o‘pkalarning sun’iy ventilyatsiyasi o‘tkaziladi. Preparat vena ichiga yuborilganida flebitlar va periflebitlar, mushak ichiga yuborilganida – in’eksiya joyida og‘riq rivojlanishi mumkin.
Retsept bo‘yicha.
Preparat bilan davolash jarayonida buyraklar, jigar funksiyalari va periferik qon manzarasi muntazam ravishda nazorat qilinishi kerak. Buyrak funksiyasi buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga dozalash rejimiga tuzatish kiritish talab qilinadi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda yuqori dozalarda qo‘llanilganida markaziy nerv tizimiga toksikli ta’sir bo‘lishi mumkin. Superinfeksiyalar rivojlanish ehtimoli (unga sezuvchan bo‘lmagan mikroflora o‘sishi hisobiga) antibakterial terapiyaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini talab qiladi. Penitsillinlarga yuqori sezuvchanlik bo‘lgan patsiyentlarda sefalosporin antibiotiklari bilan kesishgan allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Preparat ona uchun taxmin qilinadigan foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgan holatdagina homiladorlik vaqtida qo‘llanilishi mumkin. Ona suti bilan past konsentratsiyalarda chiqariladi. Laktatsiya davrida preparat qo‘llanilishi zarur hollarda, emizishni to‘xtatish to‘g‘risidagi masala hal qilinishi kerak.
Sezuvchan qo‘zg‘atuvchilar tomonidan chaqirilgan yuqumli-yallig‘lanish kasalliklari: sinusit, tonzillit, o‘rta otit, bronxit, pnevmoniya, xolangit, xoletsistit, piyelonefrit, piyelit, sistit, uretrit, gonoreya, servitsit; teri va yumshoq to‘qimalar yuqumli kasalliklari: saramas, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatozlar, sepsis, endokardit, meningit; tug‘ishdan keyingi yuqumli kasalliklar va boshqa kasalliklar. Jarrohlik aralashuvlarida operatsiyadan keyingi asoratlarni (shu jumladan, immuntanqislik holatida) profilaktika qilish, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yuqumli kasalliklarni profilaktika qilish va davolashda qo‘llaniladi.
O‘ta yuqori sezuvchanlik, yuqumli mononukleoz, limfoleykoz, anamnezda penitsillin guruhidagi preparatlarga toksik-allergik reaksiyalar mavjudligida qo‘llash mumkin emas. Quyidagi holatlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi kerak: Penitsillinlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik bo‘lgan onalar tuqqan bolalarda, anamnezda allergik reaksiyalar va/yoki bronxial astma, buyrak yetishmovchiligi, anamnezda qon ketishlar, antibiotiklar qo‘llanilgan sharoitda enterokolit (anamnezda) mavjudligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Ampioks natriyni bitta shpritsda boshqa dori preparatlari bilan aralashtirish mumkin emas. Bakteritsid antibiotiklar (aminoglikozidlar, sefalosporinlar, vankomitsin, rifampitsin) sinergid; bakteriostatik preparatlar (makrolidlar, xloramfenikol, linkozamidlar, tetratsiklinlar, sulfanilamidlar) – antagonistik ta’sir etadi. Bilvosita antikoagulyantlar samaradorligini oshiradi (ichaklar mikroflorasini bartaraf etgan holda, K vitamini sintezini va protrombin indeksini pasaytiradi); estrogen saqlaydigan peroral kontratseptivlar, metabolizmi jarayonida paraaminobenzoat kislotasi, etinilestradiol paydo bo‘ladigan preparatlar samaradorligini kamaytiradi, chunki “yorib o‘tuvchi” qon ketishlar rivojlanish xavfini oshiradi. Diuretiklar, allopurinol, oksifenbutazon, fenilbutazon, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar va kanalli sekretsiyani blokirovka qiluvchi boshqa preparatlar (kanalli sekretsiya pasayishi hisobiga) ampitsillinning plazmadagi konsentratsiyasini oshiradi. Oksatsillin metotreksat toksikligini oshiradi (kanalli sekretsiya uchun raqobat); kalsiy folinat (folat kislotasi antagonistlari antidoti) dozalarini oshirish va uning uzoqroq qo‘llanilishi talab qilinishi mumkin.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25˚S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanilmasin.
Oq yoki sarg‘ish rangli kukun yoki g‘ovak massa, hidsiz. Gigroskopik.
Preparat mushak ichiga yoki vena ichiga (oqimli yoki tomchilatib) yuboriladi. Katta yoshdagi patsiyentlar va 14 yoshdan katta yoshdagi bolalar uchun preparatning bir martali dozasi 0,5-1 g, sutkalik dozasi 2-4 g ni tashkil etadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, vaqtidan oldin (chala) tug‘ilgan bolalar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparat bir sutkada 0,1-0,2 g/kg; 1 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 0,1 g/kg; 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 0,05 g/kg sutkalik dozada; 14 yoshdan katta yoshdagi bolalarga – katta yoshdagi patsiyentlar dozasida buyuriladi. Sutkalik doza 6-8 soat oraliq vaqt bilan 3-4 marta qabul qilish rejimida yuboriladi. Yuqumli kasallik og‘ir darajali kechgan holatlarda qayd etilgan dozalar 1,5-2 baravar oshirilishi mumkin. Mushak ichiga yuborish uchun eritmalar flakon tarkibiga 2-5 ml in’eksiya uchun suv qo‘shilgan holda extempore usulida tayyorlanadi. Mushak ichiga yuborilganida davolash muddati: 5-7 kundan 3 haftagacha. Vena ichiga oqimli yuborish uchun preparat (bir martali dozasi) 10-15 ml in’eksiya uchun suvda yoki natriy xloridning izotonik eritmasida eritiladi va 2-3 minut davomida asta-sekin yuboriladi. Vena ichiga tomchilatib yuborish uchun preparat (katta yoshdagi patsiyentlar uchun bir martali dozasi) 100-200 ml natriy xloridning izotonik eritmasida yoki 5-10% glyukoza eritmasida eritiladi va bir minutda 60-80 tomchi tezlikda yuboriladi. Bolalarga vena ichiga tomchilatib yuborishda eritgich sifatida 5-10% glyukoza eritmasidan foydalaniladi (bola yoshiga qarab 30-100 ml). Preparat vena ichiga 5-7 kun davomida yuboriladi, keyinchalik (zarur hollarda) mushak ichiga yuborishga o‘tiladi. Eritmalardan tayyorlangandan so‘ng darhol foydalaniladi, ularga boshqa dori preparatlarini qo‘shish mumkin emas.
Homiladorlik paytida u qat'iy ko'rsatmalarga muvofiq ishlatilishi mumkin. Davolash paytida emizishni to'xtatish kerak.
Buyrak funktsiyasi buzilgan taqdirda (dozalash rejimi Cl kreatininga qarab o'rnatiladi), bronxial astma, pichan isitmasi va boshqa allergik kasalliklarda (desensibilizatsiya qiluvchi vositalarni bir vaqtda qo'llash tavsiya etiladi) ehtiyot bo'lish kerak.

Davolash buyrak va jigar faoliyati, periferik qon shakllari nazorati ostida amalga oshirilishi kerak

AMPIOKS NATRIY poroshok 0,5g N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AMPIOKS-REMEDY

AMPIOXUM-REMEDY

 

Preparatning savdo nomi: Ampioks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Ampisillin trigidrati va oksasillinni natriyli tuzi.

Dori shakli: Kapsulalar.

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: Ampisillin 125 mg, oksasillin 125 mg.

Yordamchi moddalar: magniy stearati ili kalsiy stearati.

Ta‘rifi: “2” o‘lchamli, oq rangli qattiq jelatinli kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotiklar (penisillinlar guruhi).

ATX kodi: J01CR50

 

Farmakologik xususiyatlari

Ampisillin va oksasillin ta‘sir doiralarini birlashtiruvchi majmuaviy antibiotik.

Ampisillin-penisillin guruhiga mansub yarim sintetik antibiotik bo‘lib, bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi, kislotaga chidamli. Grammusbat (Staphylococcus spp., Streptococcus spp., Streptococcus pneumoniae) va grammanfiy (Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Proteus mirabilis, Haemophilus influenzae,) mikroorganizmlarga nisbatan faoldir.

Oksasillin penisillin guruhiga mansub yarim sintetik antibiotikdir. Uning β-laktamazlarga chidamligi bilan bog‘liq asosiy xususiyati penisillinga chidamli bo‘lgan shtammlarga nisbatan faolligidir. Grammusbat mikroorganizmlarga (Staphylococcus spp., Streptococcus spp., shu jumladan Streptococcus pneumoniae, Bacillus anthracis, Corynebacterium diphtheriae, anaerob spora hosil qiluvchi tayoqchalar, shu jumladan Closridium), grammanfiy kokklarga (Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis), Escherichia coli, Proteus mirabilis, Haemophilus influenzae, Clostridium pneumoniae, Actinomyces spp., Treponema spp., nisbatan bakterisid ta‘sirga ega. Preparat ta‘siriga Ps. aeroginosa, ko‘pchilik Proteus vulgaris, Pr. Rettgeri, Pr. Morgonii shtammlari chidamli.

Farmakokinetikasi

Ampisillin ichga qabul qilingandan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi, me‘daning kislotali muhitida o‘zgarmaydi. Ko‘pgina a‘zo va to‘qimalarda taqsimlanadi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi, GEB orqali yomon o‘tadi. Miya qobiqlari yallig‘lanishida GEB o‘tkazuvchanlik ampisillin uchun keskin ortadi. 30% ampisillin jigarda parchalanadi. Siydik va safro bilan chiqariladi.

Oksasillin ichga qabul qilingandan keyin me‘da-ichak yo‘llarida so‘riladi. Me‘daning kislotali muhitida faolligini saqlab qoladi. Ovqat qabul qilish oksasillin so‘rilishini kamaytiradi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 93% ni tashkil qiladi. 20-30% atrofidagisi tez siydik orqali, hamda safro orqali chiqadi.

Qo‘llanilishi

Sezgir mikroflora chaqirgan bakterial infeksiyalar: sinusit, tonzillit, o‘rta otit, bronxit, pnevmoniya, xolangit, xolesistit, pielonefrit, pielit, sistit, uretrit, gonoreya, servisit, teri va yumshoq to‘qima infeksiyalari, saramas, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatozlar, dizenteriya, salmonellez, salmonella tashuvchi, jarrohlik aralashuvlaridagi operasiyadan keyingi asoratlarni (shu jumladan immuntanqislik fonida) oldini olishda, chaqaloqlar infeksiyasida, og‘ir kechadigan infeksiyalarda (sepsis, endokardit, meningit, tug‘riqdan keyingi infeksiyalar) qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozasi

Ichga, kapsulani butunligicha suv bilan ichiladi.

Kattalar va 14 yoshdan katta bolalar uchun bir martalik doza 0,5-1,0 g, sutkalik – 2-4 g,

3-7 yoshdagi bolalar uchun sutkasiga 100 mg/kg,

7-14 yoshdagilarga sutkasiga-50 mg/kg.

Davolash davomiyligi 5-7 kundan 2 haftagacha.

Sutkalik dozani 4-6 qabulga bo‘linadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar: eshakem, terini qizarishi, Kvinke shishi, rinit, kon‘yunktivit, isitmalash, artralgiya, eozinofiliya, anafilaktik shok, superinfeksiya, disbakterioz, ta‘m bilishni pasayishi, qusish, ko‘ngil aynishi, diareya, psevdomembranoz enterokolit, leykopeniya, neytropeniya va anemiya kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda, infeksion mononukleozda, limfoleykozda, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (kichkina bolalarda kapsula ko‘rinishidagi preparatni to‘g‘ri dozalash mumkin emasligi sababli) qo‘llanilmaydi.

Penisillinga o‘ta sezuvchan bo‘lgan onalardan tug‘ilgan bolalarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antasidlar, glyukozamin, surgi vositalari, ovqat, aminoglikozidlar so‘rilishini sekinlashtiradi va kamaytiradi; askorbin kislotasi so‘rilishini oshiradi. Bakterisid antibiotiklar (shu jumladan aminoglikozidlar, sefalosporinlar, sikloserin, vankomisin, rifampisin) sinergik ta‘sir; bakteriostatik preparatlar (makrolidlar xloramfenikol, linkozamidlar, tetrasiklinlar, sulfanilamidlar) antagonistik ta‘sir ko‘rsatadi. Bilvosita antikoagulyantlar samarasini oshiradi (ichak mikroflorasini susaytirib, vitamin K sintezini va protrombin ko‘rsatkichini kamaytiradi); peroral kontraseptiv dori vositalari samarasini kamaytiradi, metabolizm jarayonida PABK hosil bo‘ladi. Etinilestradiol-qon ketishi rivojlanish havfini tug‘diradi. Diuretiklar, allopurinol, fenilbutazon, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar probenesid-naychalar sekresiyasini kamaytirib, preparatni qon plazmasidagi konsentrasiyasini oshiradi, bu esa toksik ta‘sir rivojlanishi xavfini oshiradi. Allopurinol teri toshmasini rivojlanish xavfini oshiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Kursiy davolashda qon yaratish a‘zolari, jigar va buyrak faoliyatini nazorat qilish zarur. Superinfeksiyani rivojlanishi (preparatga sezgir bo‘lmagan mikroflorani o‘sishi hisobiga) shunga muvofiq ravishda antibakterial davolashni o‘zgartirishni talab qiladi. Penisillinlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan kasallarda, sefalosporin antibiotiklariga qarama -qarshi allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Homiladorlikda ko‘rsatmaga muvofiq qo‘llash mumkin. Ona suti bilan kichik konsentrasiyada ajraladi, shuning uchun emizikli davrida preparat qo‘llashda emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish lozim. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan kasallarda yuqori dozalarni qo‘llash, markaziy nerv tizimiga toksik ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik kerak.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish hollari kuzatilmagan. Anafilaktik shok belgilari paydo bo‘lganda kasalni ushbu holatdan chiqarishning tezkor choralarini ko‘rish kerak: adrenalinni (epinefrin) yuborish, glyukokortikosteroidlar (gidrokortizon yoki prednizolon) va antigistamin vositalarni yuborish, zarur bo‘lganida o‘pkani su‘niy ventilyasiya qilish kerak.

 

Chiqarilish shakli

10 dona. 250 mg kapsulalar kontur-uyali o‘ramda №10.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AMPIOKS NATRIY poroshok 0,5g N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AMPIOKS NATRIY poroshok 0,5g N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AMPIOKS NATRIY poroshok 0,5g N10 dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AMPIOKS NATRIY poroshok 0,5g N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AMPIOKS NATRIY poroshok 0,5g N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
AMPISILLINA NATRIEVAYA SOL poroshok 1,0g N10
AMPIOKS NATRIY poroshok 0,1g N10
AMPIOKS NATRIY poroshok 0,5g N10
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
AMPIOKS RNP kapsulalar 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Moldova
  • Ishlab chiqaruvchi: RNP-Pharmaceuticals, СП, ООО
AMPIOKS RNP kapsulalar 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Moldova
  • Ishlab chiqaruvchi: RNP-Pharmaceuticals, СП, ООО
AMPIOKS RNP kapsulalar 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Moldova
  • Ishlab chiqaruvchi: RNP-Pharmaceuticals, СП, ООО
AMPIOKS REMEDY kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
AMPIOKS REMEDY kapsulalar N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
AMPIOKS NGP kapsulalar 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Neogalenpharm,ИП,ООО
AMPIOKS NGP kapsulalar 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Neogalenpharm,ИП,ООО
Ampioks
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9