5 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash11 000 s`om dan
Bron qilishTarkibi
faol modda: aminofillin – 24 mg;
yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv – 1 ml.
Eufillin aralashma bo'lib, 80% teofillindan(1,3-dimetilksantin) va 20% etilendiamindan (1,2-etilendiamin) iborat. Etilendiamin spazmolitik (spazmlarni yo'q qiluvchi) faollikni kuchaytiradi va dori vositasining erishiga yordam beradi. Preparatning ta'siri birinchi navbatda uning tarkibida teofillin mavjudligi bilan bog'liq.
Teofillin yaqqol bronxlarni kengaytiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Teofillinning ta'sir mexanizmi teofillinni adenozin retseptorlarini bloklash, fosfodiesteraza fermentini noselektiv ingibitsiya qilishi va shu bilan birga to'qimalarda tsiklik 3 ', 5'-AMF (tsAMF) kontsentratsiyasini orttirish, xujayra membaranalarining “sekin” kanallari orqali kal'tsiy ionlarini transportini kamaytirish va uni xujayraichi zaxirasidan chiqishini kamaytirishi bilan bog'liq.
Bronx mushaklarini bo'shashtiradi, nafas markazini rag'batlantiradi va al'veolyar ventilyatsiyani yaxshilaydi, qonni kislorod bilan to'yinshida va uglerod oksidi kontsentratsiyasini kammytirishda ishtirok etasdi, bu natijada apnoe epizodlarini tez-tezligi va og'irligini kamayishiga olib keladi. Gipoglikemiya sharoitida o'pka ventilyatsiyasini kuchaytiradi.
Teofillin silliq mushaklarda PG ta'sirini kamaytiradi, semiz hujayralardan gistamin va leykotrien ajralishini kamaytiradi, mukotsiliar klirensni oshiradi, diafragma qisqarishini rag'batlantiradi va nafas va qovurg'alararo mushaklar funktsiyasini yaxshilaydi.
Yurak faoliyatiga rag'batlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi, yurak qisqarishlar sonini tez-tezligi va kuchini oshiradi, koronar oqim va miokardni kislorodga bo'lgan ehtiyojini oshiradi. qon -tomirlar tonusini pasaytiradi (asosan bosh miya, teri va buyraklar tomiri). Periferik tomir kengaytiruvchi ta'sir ko'rsatadi, o'pka qon tomir qarshiligini pasaytiradi, “kichik” qon aylanish doirasida bosimni pasaytiradi. Buyrakda qon oqimini oshiradi, buyrak usti bezida adrenalin ajralishini kuchaytiradi. O'rtacha diuretik ta'sir ko'rsatadi. Jigardan tashqari o't yo'llarini kengaytiradi. Trombotsitlar agregatsiyasini tormozlaydi (trombotsitlar va Ye2 al'fa prostaglandin faolligini sekinlashtiradi), eritrotsitlarni deformatsiyaga chidamliligini oshiradi (qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi), tromb xosil bo'lishini kamaytiradi va mikrotsirkulyatsiyani normallashtiradi. Tokolitik ta'sirga ega, me'da shirasi kislotaligini oshiradi. Yuqori dozalarda qo'llanganda epileptogen ta'sirga ega.
Vena ichiga yuborilganda eng yuqori kontsetratsiyaga (7mkg/ml) 15 min keyin erishiladi.
Taqsimlanish hajmi 300-700 ml/kg(“ideal” tana vaznidan 30-70 %) diapazonda bo'ladi, o'rtacha 450 ml/kg.
Kattalarda plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 60%, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda- 36%, jigar tsirrozi bo'lgan patsientlarda -36%. Ona sutiga (qabul qilingan dozadan 10%) yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi (homilaning qon zardobidagi kontsentratsiyasi onaning qon zardobidagi kontsentratsiyasiga nisbatan bir muncha yuqori).
Bronxlarni kengaytirish xususiyati 10-20 mkg/ml kontsentratsiyalarida namoyon bo'ladi. 20 mg/ml dan yuqori kontsentratsiyasi toksik hisoblanadi. Nafas olish markaziga qo'zg'atuvchi ta'siri qonda preparatning miqdori 5-10 mkg/ml bo'lganida amalga oshiriladi.
Erkin teofillin ajratilgani holda pH ning fiziologik qiymatlarida metabolizmga uchraydi, u keyinchalik jigarda R 450 tsitoxromining bir necha fermentlari ishtirokida metabolizmga uchraydi. Natijada 1,3-dimetilsiydik kislotasi (45-55 %) hosil bo'ladi, u farmakologik faollikka ega, ammo teofillinga nisbatan 1-5 marta kam bo'ladi. Kofein faol metabolit bo'lib hisoblanadi va kichikroq miqdorlarda hosil bo'lib, kofeinni yarim chiqarilish davrining to'satdan uzoq bo'lishi natijasida uning organizmda to'planishi kuzatilgan chala yangi tug'ilgan chaqaloqlar va 6 oydan kichik bolalar bundan mustasno.
3 yoshdan katta bolalarda va kattalarda kofeinning to'planish fenomeni mavjud emas. Yarim chiqarilishi davri 6 oylikgacha bo'lgan bolalar va yangi tug'ilgan chaqaloqlarda – 24 soatdan ko'p; 6 oydan katta bolalarda– 3,7 soat; kattalarda – 8,7 soat; chekuvchilarda (sutkada 20-40 ta sigareta) – 4-5 soat (chekish tashlanganidan keyin farmakokinetika 3-4 oydan keyin normaga keladi); o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O'SOK), o'pka-yurak yetishmovchiligi bo'lgan kattalarda – 24 soat yuqorini tashkil etadi.
Buyraklar orqali chiqariladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda teofillinning 50% siydik bilan o'zgarmagan holda kattalarda 10% qarshi chiqariladi, bu jigar fermentlarining yetarlicha faol bo'lmagani bilan bog'liq.
Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: yurak urib ketishi, kardialgiya, taxikardiya, ekstrasistoliya, arterial bosimni pasayishi, yurak yetishmovchiligi, stenokardiya xurujlari tez-tezligini oshishi, kollaps (tez yuborganda), shok.
Siydik ajratish tizimi tomonidan: diurezni ortishi (kalavali fil'tratsiyasini oshishi inatijasida), keksa yoshdagi patsientlarda-siydik ajratishni qiyinlashuvi(detruzorni relaksatsiyasi natijasida)
Immun tizimi tomonidan: toshmalar, qichishish, Kvinke shishi, eksfoliativ dermatit, anaflaktik shok, bronxospazm kabi allergik reaktsiyalar.
Me'da-ichak yo'li tomonidan:me'da shirasi sekretsiyasini rag'batlantirish, me'dada og'riq, ko'ngil aynishi, qusish, uzoq qo'llanganda- diareya, ichak atoniyasi.
Metabolizm buzilishlar: metabolik atsidoz, gipokaliemiya, giperurikemiya, giperglikemiya, qonda kislota-ishqor muvozanatini buzilishi, rabdomioliz.
Boshqalar: ko'krakda og'riq, taxipnoe, subfebril xarorat, yuz qizarishi, qizish xissi, ko'p terlash, gipoglikemiya, xolsizlik, xansirash, al'buminuriya.
Mahalliy reaktsiyalar: yuborilgan joydagi reaktsiyalar(zichlashish, qizarish, og'riq)
Nojo'ya ta'sirlar preparat dozasini kamaytirganda, yuborish yo'lini almashtirganda (oqimdan tomchilabga) kamayadi.
Preparatni yuborishda patsient yotgan holatda bo'lishi kerak, shifokor qon bosimi, yurak qisqarishlar sonini, nafas olish tez-tezligi va patsientning umumiy holatini nazorat qilish kerak.
Eritmani foydalanishdan oldin darhol tayyorlanadi: bevosita yuborish uchun preparatning bir martalik dozasini 10-20 ml 0.9% natriy xloridi eritmasida suyultiriladi, vena ichiga tomchilatib yuborish uchun preparatning bir martalik dozasini 100-150 ml 0.9% natriy xlorid eritmasida oldindan suyultiriladi.
Preparat dozasini turli yuborish tezligini ehtimolini xisobga olib, alohida-alohida tanlanadi.
Keksa patsientlarga organizmdan sekin chiqarilishi tufayli preparatning dozasini kamaytirish tavsiya etiladi.
Agar patsient teofillinni ichga qabul qilsa, eufillinning vena ichiga yuborish uchun dozasini kamaytirish lozim.
Davolash vaqtida kafein tutuvchi oziq-ovqat yoki ichimliklarni katta miqdorda iste'mol qilishda ehtiyot bo'lish lozim.
- Teofillin ba'zi laboratoriya ko'rsatkichlarini o'zgartirish mumkin: siydik yog' kislotalari va katexolamin darajasini miqdorini oshirish.
- Сhekish va spirtli ichimliklarni iste'mol qilish teofillinning klirensini oshishiga va shunga mos ravishda terapevtik ta'sirini kamayishiga va yuqori dozalarni qo'llashga bo'lgan ehtiyojga olib kelishi mumkin.
- Isitma, kelib chiqishidan qat'i nazar, teofillin chiqarilish tezligini kamaytirishi mumkin.
- Anamnezida tirishish xollari bo'lgan patsientlarda teofillindan foydalanishdan qochish va muqobil davolanishga murojaat qilish kerak.
Bronxial astma(jismoniy zo'riqishdagi bronxial astma bo'lgan patsientlarda tanlov preparati va boshqa shakillarda qo'shimcha vosita sifatida)
Astmatik status( qo'shimcha davolash sifatida)
O'pkaning surunkali obstruktiv sindromi(O'SOS)
O'pka emfizemasi
Surunkali obstruktiv bronxit.
Kichik qon aylanish doirasi gipertenziyasi, tungi apnoe;
Ishemik tipdagi bosh miya qon aylanishini buzilishi(miya ichi bosimini kamaytirish uchun majmuaviy davolash tarkibida).
Сhap qorinchali yurak yetishmovchiligi (majmuaviy davolash tarkibida).
Yangi tug'ilgan chaqaloqlardagi apnoe (15 sekund davomida nafasning bo'lmasligi davrlari va tsianoz va bradikardiya bilan kechuvchi xarakterlanuvchi xolatlar)
Сheyn-Stoks nafasida qo'llaniladi.
O'tkir yurak yetishmovchiligi, stenokardiya, o'tkir miokard infarkti, dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi, paroksizmal taxikardiya, ekstrasistoliya, og'ir artrerial gipertenziya va gipotenziya, o'pka shishi, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya.
Gemorragik insul't, ko'z to'r pardasiga qon oqishi, glaukoma, anamnezda qon ketishi;
Me'da va o'n ikki barmoq ichak yara kasalligi (xuruj davrida);
Tutqanoq, yuqori tirishishga tayyorgarlik
Gipertireoz, tireotoksikoz;
Og'ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi
Porfiriya;
6 oylik yoshgacha bo'lgan bolalar
Efedrin bilan bir vaqtda bolalarda qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan:
Sepsis;
Uzoq davom etuvchi gipertermiya;
Me'da va o'n ikki barmoq ichak yara kasalligi (anamnezda);
Keksa yosh (55 yoshdan katta)
14 shgacha bo'lgan bolalar (mumkin bo'lgan nojo'ya ta'sirlar tufayli)
Nazorat qilib bo'lmaydigan gipotireoz(to'planishi mumkin)
Qon tomirlarning tarqoq aterosklerozi;
Prostata bezi giperplaziyasi;
Og'ir gipoksiya;
Qandli diabet;
Uyqusizlik bilan aziyat chekkan patsientlar;
Buyraklar funktsiyasi buzilishi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil. O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo'llanilmasin.
Kattalar. Preparat sekin-asta (4-6 minut davomida) 5-10 ml (0,12-0,24 g) dan yuborilishi kerak bo'lib, u dastlab 10-20 ml 0,9% li natriy xlorid eritmasida suyultiriladi.
Yurak urushi, bosh aylanishi, ko'ngil aynish xislari paydo bo'lganda yuborish tezligini sekinlashtiriladi yoki tochilab yuborishga o'tiladi, buning uchun 10-20 ml preparatni (0,24-0,48 g) 100-150 ml 0,9 % li natriy xlorid eritmasida suyultiriladi, minutiga 30-50 tomchi tezlik bilan yuboriladi.
Eufillin parenteral holda sutkada 3 martagacha, ko'pi bilan 14 kun yuboriladi. Eufillinning yuqori dozalari kattalar uchun vena ichiga yuborilganida: bir martalik dozasi – 0,25 g ni, sutkalik dozasi – 0,5 g ni tashkil etadi.
Bolalar: kerak bo'lganda eufillinni 2-3 mg/kg bir martalik dozaga qayta hisoblaganda vena ichiga tomchilab yuboriladi.
Davolash vaqtida preparatning toksikligi yuzasidan patsientlar kuzatuv ostida bo'lishlari kerak va imkon bo'lganida plazmada teofillin miqdorini ham nazorat qilish lozim, dozalar ideal tana vazni asosida hisoblanishi kerak, preparat erta yoshdagi bolalarda teofillin metabolizmida sezilarli o'zgarishlar tufayli 6 oylikgacha yoshdagi bolalar uchun tavsiya etilmaydi.
Teofillin preparatlarini qabul qilmagan patsientlar:
A. Eufillinning yuklama dozasi tana massasining 6 mg/kg ga vena ichiga sekinlik bilan minutiga 25 mg oshmaydigan tezlikda yuborilishi mumkin.
B. Patsientning holatiga bog'liq ravishda keyingi 12 soat davomida samarani bir maromda ushlab turuvchi dozani quyidagi tarzda hisoblash mumkin:
- 6 oylikdan 9 yoshgacha bo'lgan bolalarda: 1,2 mg/kg/soat (12 soatdan keyin 1 mg/kg/soatgacha pasaytirilish);
- 9 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan bolalarda va yosh chekuvchilarda: 1 mg/kg/soat (12 soatdan keyin 0,8 mg/kg/soatgacha pasaytirilish);
- chekmaydigan sog'lom kattalarda: 0,7 mg/kg/soat (12 soatdan keyin 0,5 mg/kg/soatgacha pasaytirilish);
- keksa yoshdagi patsientlarda va o'pka yuragi kasalligi bo'lgan shaxslarda: 0,6 mg/kg/soat (12 soatdan keyin 0,3 mg/kg/soatgacha pasaytirilish);
- dimlangan yurak yetishmovchiligi yoki jigar kasalligi bo'lgan patsientlarda: 0,5 mg/kg/soat (12 soatdan keyin 0,1-0,2 mg/kg/soatgacha pasaytirilish);
Teofillinni olayotgan patsientlar:
Yuklama dozasi yuklama doza sifatida yuborilgan teofillinning har 0,5 mg/kg, zardobda teofillin konsentratsiyasining 1 mkg/ml o'sishiga olib kelishi mumkinligiga asoslangan holda hisoblab topilishi mumkin.
Preparatni yuborilishi ideal holatda qon zardobida teofillin kontsentratsiyasi aniqlanishiga qadar kechiktirilishi mumkin. Agar bu mumkin bo'lmasa va agar klinik vaziyat preparat yuborilishini talab qilsa, yuklama dozasi sifatida yuborilganida zardobda teofillining kontsentratsiyasi taxminan 5 mkg/ml ga oshishiga olib kelishiga asoslangan holda eufillin 3,1 mg/kg (2,5 mg/kg suvsiz teofillinning ekvivalenti) dozada yuboriladi.
Keyinchalik samarani bir maromda ushlab turuvchi dozaga o'tiladi.
Simptomlar: ishtahaning pasayishi, gastralgiya, diareya, ko'ngil aynishi, qusish (qon, shu jumladan), oshqozon-ichakdan qon ketishi, taxipnoe, yuz terisi qizarishi, giperventilyatsiya, taxikardiya, supraventrikulyar va qorincha aritmiyasi, arterial gipotenziya yoki arterial gipertenziya, metabolik buzilishlar (gipokaliemiya, giperkal'tsiemiya, gipofosfatemiya, giperurikemiya, giperglikemiya, metabolik atsidoz, respirator alkaloz), xarakat qo'zg'alishlari, xavotir, yorug'likdan qo'rqish, qaltirash, koma, tirishish. Og'ir zaxarlanishlarda epileptoid talvasalar (ayniqsa, bolalarda xech qanday belgilarsiz paydo bo'lganda), gipoksiya rivojlanishi mumkin.
Boshqa toksik belgilarga ongni xiralashishi, demantsiya, toksik psixoz, o'tkir pankreatit belgilari, buyrak yetishmovchiligi bilan rabdomioliz kiradi.
Davolash: Simptomlarning og'irligiga bog'liq va preparatni bekor qilish, gemodinamikani tuzatish, teofillinni organizmdan chiqarishni rag'batlantirish (majburiy diurez, gemosorbtsiya, plazmosorbtsiya, gemodializ, peritoneal dializ), simptomatik vositalarni tayinlash, oksigenoterapiya, o'pkani sun'iy ventilyatsiya qilish kiradi. Tirishishlarni bartaraf etish uchun diazepamdan foydalanish kerak. Barbituratlardan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Qorincha aritmiyalarida tutqanoqning zo'rayishi xavfi tufayli lidokain kabi tutqanoqqa qarshi ta'sirga ega antiaritmik preparatlarni qo'llashdan qochish kerak.
Samaradorlik va xavfsizlik uchun preparatning zardobdagi kontsentratsiyasi 10-15 mg/kg atrofida ushlab turish kerak, qonda teofillin kontsentratsiyasini aniqlash imkoniyati bo'lmasa, uning sutkalik dozasi 10 mg/kg dan oshmasligi kerak.
Ko'krak bilan boqish davrida preparatni qo'llash kerak bo'lganda ko'krak bilan boqishni to'xtatish kerak.
Preparatni transport vositalarini boshqarish, mexanizmlar va psixomotor reaktsiyalarning tezligi va diqqat talab qiluvchi boshqa faoliyatlar bilan shug'ullanish qobiliyatiga ta'sir qilish
Davolash vaqtida preparatni transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish, shuningdek yuqori diqqat-e'tiborni hamda psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanish tavsiya etilmaydi.