QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ANZIBEL®
ANZIBELUM
Preparatning savdo nomi: Anzibel®
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): xlorgeksidin gidroxloridi, benzokain, enoksolon
Dori shakli: shimish uchun tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: xlorgeksidin gidroxloridi – 5 mg, benzokain – 4 mg, enoksolon – 3 mg;
yordamchi moddalar:
asal va limon ta‘mli – sorbitol, kaliy asesulfami, magniy stearati, asal va limon aromatizatorlari;
mentol ta‘mli – sorbitol, kaliy asesulfami, magniy stearati, mentol aromatizatori;
qizilmiya ta‘mli – sorbitol, kaliy asesulfami, magniy stearati, qizilmiya aromatizatori;
zanjabil ta‘mli – sorbitol, kaliy asesulfami, magniy stearati, titan dioksidi, talk, zanjabil quruq ekstrakti.
Ta‘rifi:
Oq rangidan sarg‘ish rangligacha bo‘lgan, marmar yuzali, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «» gravirovkali, asal va limon ta‘mli tabletkalar.
Oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «» gravirovkali, mentol ta‘mli va hidli tabletkalar.
Oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «» gravirovkali, qizilmiya ta‘mli va hidli tabletkalar.
Oq rangli va yuzasida sezilarsiz dog‘lari bo‘lgan, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «» gravirovkali, zanjabil ta‘mli va hidli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: LOR a‘zolarining kasalliklarini davolash uchun vositalar.
ATX kodi: R02AA20
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat. Preparat xlorgeksidinning antiseptik ta‘siri, enoksolonni lunjlar va halqumning shilliq qavatiga yallig‘lanishga qarshi samarasi, shuningdek benzokainning mahalliy anesteziyalovchi samarasiga ega. Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning shilliq qavatlarining ta‘sirlanishini yoki qurishini chaqirmaydi. Preparat grammusbat va grammanfiy bakteriyalarni ko‘pchilik shtammlariga nisbatan bakterisid va bakteriostatik ta‘sirga ega. Achitqi zamburug‘larga, dermatofitlar, lipofil viruslarga nisbatan ham faol.
Farmakokinetikasi
Benzokain shilliq qavat va shikastlangan teri orqali yaxshi so‘riladi, qon plazmasi va kam darajada jigar esterazalari bilan gidrolizlanadi.
Xlorgeksidin teri, shilliq qavat va boshqa to‘qimalar bilan yaxshi bog‘lanadi va shuning uchun kam so‘riladi. Ichga qabul qilingandan keyin qonda aniqlanmaydi.
Enoksalon kortizolni faolsizlantiruvchi fermentni susaytiradi, bu orqali birga qo‘llanganda gidrokortizonning teriga ta‘sirini kuchaytiradi.
Qo‘llanilishi
Og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq va halqumning infeksion-yallig‘lanish jarayonlarning (engil va o‘rtacha) mahalliy belgilarini qisqa muddatli yengillashtirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabletkalarni chaynamasdan og‘izda sekin shimish lozim.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun tavsiya qilinadigan doza – 1 tabletkadan buyuriladi. Qabul qilish o‘rtasidagi oraliq 2-3 soatni tashkil qiladi . Maksimal sutkalik doza 8 tabletkani tashkil qiladi.
6 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 1 tabletkadan. Qabul qilish o‘rtasidagi oraliq 4-5 soatni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza 6 tabletkani tashkil qiladi .
Tavsiya qilinadigan davolash kursi 7 kunni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Juda kam hollarda – allergik reaksiyalar (teri toshmasi) va ovqat hazm qilish buzilishlari (ko‘ngil aynishi, epigastriyada og‘riq) kuzatiladi. Pasientlarning tishlarida dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin.
Kam hollarda – davolashni davom ettirilganida o‘tib ketuvchi ta‘mning buzilishi paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga va boshqa mahalliy anesteziyalovchi preparatlarga yuqori sezuvchanlik.
Fenilketonuriyasi bo‘lgan, fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmaydigan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Xlorgeksidin boshqa antiseptiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ularni faolsizlanishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sportchilarda qo‘llanganida preparatning tarkibiga benzokain kirishini hisobga olish kerak, uning bo‘lishi doping-nazoratda ijobiy natija berishi mumkin. Preparatni samaradorligi organik substansiyalar (qon plazmasi) va fosfolipidlar ishtirokida qisman pasayishi mumkin.
Preparatni bolalarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Har bir tabletka shirin ta‘m beruvchi sifatida sorbitol saqlaydi. Sorbitol ayrim xollarda me‘daning ta‘sirlanishini va diareyani chaqirishi mumkin. Shirin ta‘m beruvchi sifatida kaliy asesulfami saqlashi tufayli, kaliyning so‘rilishi buzilgan pasientlarga buyurish havfli.
Peroral qabul qilinganida kaliyning miqdorini oshishi me‘daning ta‘sirlanishini va diareyaning sababchisi bo‘lishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishida yoki uzoq muddat qo‘llanganida shishlar va gipertenziya paydo bo‘lishi mumkin.
Chiqarilish shakli
«Anzibel®», asal va limon ta‘mli shimish uchun tabletkalar, №10, №20 va №30.
«Anzibel®», mentol ta‘mli shimish uchun tabletkalar, №10, №20 va №30.
«Anzibel®», qizilmiya ta‘mli shimish uchun tabletkalar, №10, №20 va №30.
«Anzibel®», zanjabil ta‘mli shimish uchun tabletkalar, №10, №20 va №30.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.