×
×
  • ATORVASTEROL tabletkalari 10mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ATORVASTEROL tabletkalari 10mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
ATX kodi:
- C10AA05
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
ENAM tabletkalari 2,5mg N20 Dr. Reddi's Laboratories LTD Hindiston
16 000 s`om dan
LIMFOVAN tabletkalari 600mg N10 Remedy Group СП OOO O'zbekiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ATORVASTEROL tabletkalari 10mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ATORVASTEROL

ATORVASTEROL

 

Preparatning savdo nomi: Atorvasterol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): atorvastatin

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: atorvastatin kalsiy 10 mg, 20 mg yoki 40 mg atorvastatinga ekvivalent;

yordamchi moddalar: mannitol, mikrokristall sellyuloza, kalsiy karbonati, povidon, kroskarmelloza natriy, natriy laurilsulfati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati;

qobiq tarkibi: gipromelloza, titan dioksidi (Ye 171), makrogol 6000, talk.

Ta‘rifi:

dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, oq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar (10 mg va 20 mg dozalar uchun).

oval shaklli, ikki tomonlama qavariq, oq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar
(40 mg doza uchun).

Farmakoterapevtik guruhi: Gipolipidemik preparatlar. GMG-KoA reduktaza ingibitorlari.

ATX kodi: S10AA05.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Atorvastatin sterollarning shu jumladan xolesterin, o‘tmishdoshi, bo‘lgan 3-gidroksi-3-metilglyutaril + koenzim A ni mevalonatga aylantiruvchi ferment GMK-KoA-reduktazaning raqobatli selektiv ingibitoridir. Jigarda trigliseridlar va xolesterin JPZLP (juda past zichlikdagi lipoproteinlar) tarkibiga joylashadi va periferik to‘qimalarga tashilish maqsadida qon plazmasiga tushadi. Juda past zichlikdagi lipoproteinlardan hosil bo‘luvchi past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) asosan past zichlikdagi lipoproteinlarning yuqori affin reseptorlari bilan o‘zaro ta‘sirda katabolizmga uchraydi.

Atorvastatin GMG-KoA-reduktaza faolligini ingibisiya qilib qon plazmasida xolesterin va lipoproteinlarning darajasini va jigarda xolesterinning sintezini pasaytiradi. Atorvastatin shuningdek gepatositlarning hujayra membranasi yuzasida PZLP jigar reseptorlari sonini ham oshiradi, bu PZLP ning qamrab olinishini katabolizmini kuchayishiga olib keladi.

Atorvastatin PZLP hosil bo‘lishini va PZLP zarrachalari sonini pasaytiradi. U PZLP reseptorlari faolligini yaqqol va turg‘un oshishini chaqiradi, shuningdek aylanib yuruvchi PZLP sifatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Atorvastatin gomozigot oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan pasientlarda xolesterin/PZLP darajasini pasaytiradi, u odatda boshqa gipolipidemik dori preparatlari bilan davolashga berilmaydi.

Atorvastatin umumiy xolesterin (30-46% ga), PZLP/xolesterin (41-61% ga),  apolipoprotein V (34-50% ga) va trigliseridlar (14-33% ga) konsentrasiyasini pasaytiradi, bir vaqtda YUZLP xolesterini va apolipoprotein A1 konsentrasiyasini turli diapazonlarda oshiradi.

Umumiy xolesterin, PZLP/xolesterini va apolipoprotein V darajasini pasayishi yurak-qon tomir patologiyasi chaqirgan yurak-qon tomir hodisalar va o‘limlar sonini kamayishiga olib kelishi isbotlangan.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: Ichga qabul qilinganidan keyin atorvastatin tez so‘riladi, qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga (Smax) 1-2 soat o‘tgach erishiladi. So‘rilish darajasi atorvastatinning dozasiga qarab oshadi. Qobiq bilan qoplangan tabletkalar shaklidagi atorvastatinning biokiraolishligi, eritma ko‘rinishida qabul qilingan atorvastatinning biokiraolishligi bilan solishtirganda 95-99% ni tashkil qiladi. Atorvastatinning mutloq biokiraolishligi taxminan 12% ni tashkil qiladi, GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibisiya qiluvchi faolligining tizimli kiraolishligi 30% ni tashkil qiladi.. Dori preparatining past tizimli biokiraolishligi, uni qon oqimiga o‘tish oldidan me‘da-ichak yo‘llarining shilliq qavatidagi tizimoldi klirensi va/yoki jigardagi tez metabolizmi bilan tushuntiriladi

Taqsimlanishi:. atorvastatinning taqsimlanishini o‘rtacha hajmi taxminan 381 l ni tashkil qiladi. Atorvastatin plazmasi oqsillari bilan  98% dan ko‘proqqa bog‘lanadi.

Metabolizmi: atorvastatin sitoxrom R-450 3A4 ishtirokida orto- va paragidroksi hosilalari va b-oksidlanishning turli mahsulotlarigacha metabolizmga uchraydi. So‘ngra bu birikmalar glyukuronidasiya yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. In vitro sharoitda GMG-KoA-reduktazani orto- va paragidroksi metabolitlari bilan susaytirilishi atorvastatin bilan susaytirilishi bilan bir xil. GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibisiya qiluvchi faolligi taxminan 70% faol metabolitlari bilan bog‘liq.

Chiqarilishi: Jigar va jigardan tashqari metabolik o‘zgarishlardan keyin atorvastatin asosan safro bilan chiqariladi. Lekin dori preparati, ehtimol, ichak-jigar resirkulyasiyasiga duchor bo‘lmaydi. Atorvastatinni odam plazmasida yarim chiqarilishini o‘rtacha  davri taxminan 14 soatni tashkil qiladi. GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibisiya qiluvchi faolligining yarim chiqarilish davri 20-30 soatga teng, bu faol metabolitlarining ta‘siri bilan tushuntiriladi.

Bolalar: Bolalarga taalluqli farmakokinetik ma‘lumotlar mavjud emas.

Jins: Atorvastatin va uning metabolitlarining konsentrasiyalari ayollar va erkaklarda farq qiladi (ayollarda Smax erkaklarga qaraganda 20% yuqori, shu vaqtning o‘zida AUC erkaklarga qaraganda 10% past). Bu farqlar hech qanday klinik ahamiyatga ega emas, qondagi lipidlarga ta‘siridagi farq esa ayollar va erkaklarda axamiyatli emas.

Jigar yetishmovchiligi: Atorvastatin va uning faol metabolitlarining konsentrasiyasi  jigarning surunkali alkogolli shikastlanishi bo‘lgan pasientlar plazmasida ahamiyatli oshgan (Smax taxminan 16 marta, AUC esa taxminan 11 marta).

 

Qo‘llanilishi

  • Giperxolesterinemiya

Atorvastatin birlamchi giperxolesterinemiyasi, shu jumladan geterozigot nasliy giperxolesterinemiya va majmuaviy (aralash) giperlipidemiyasi (Fredrikson tasnifi bo‘yicha IIa va IIb turi), bo‘lgan kattalar va 10 yoshdan oshgan bolalarda, parhez yoki boshqa nofarmakologik choralar adekvat samara bermagan hollarda, oshgan umumiy xolesterin, PZLP xolesterini, apoprotein V va trigliseridlarni pasaytirishga qaratilgan parhezga qo‘shimcha yordamchi vosita sifatida ko‘rsatilgan.

Atorvastatin shuningdek gomozigot nasliy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan bemorlarda umumiy xolesterin va PZLP xolesterini darajalarini pasaytirish uchun, davolashning boshqa gipolipidemik usullariga (masalan PZLP aferez) yordamchi vosita sifatida, yoki agar davolashning bunday usullarini iloji bo‘lmaganda ko‘rsatilgan.

  • Yurak-qon tomir kasalliklarni oldini olish

Preparat yurak-qon tomir asoratlarning yuqori xavfi bo‘lgan bemorlarda yurak-qon tomir asoratlarni oldini olish uchun xavfning boshqa omillarini muvofiqlashtirish

uchun yordamchi vosita sifatida ko‘rsatilgan.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Atorvastatin ichga qabul qilinadi. Atorvastatinning sutkalik dozasi bir marta kunning har qanday vaqtida, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar buyuriladi.

Dozalash

Atorvasterol bilan davolashni boshlashdan oldin pasient standart gipoxolesterinemik parhez qabul qilishi kerak, unga shuningdek preparat bilan davolash vaqtida amal qilish kerak.

Dozani davolashni boshlashgacha va kutilgan terapevtik samaraga erishilgandagi, PZLP xolesterin (LDL-C) darajasiga, shuningdek pasientni davolashga reaksiyasiga qarab tanlash kerak.

Odatda tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza sutkada 1 marta 10 mg ni tashkil qiladi. Dozaga har 4 haftada yoki undan kamroq oraliqda tuzatish kiritish mumkin. Maksimal sutkalik doza sutkada 1 marta 80 mg ni tashkil qiladi.

Birlamchi giperxolesterinemiyada va majmuaviy (aralash) giperlipidemiya

Ko‘pchilik pasientlarda Atorvasterol preparatining sutkada 1 marta 10 mg dozasi yetarli hisoblanadi. Terapevtik samara 2 hafta davomida kuzatiladi, uning maksimal samarasiga esa 4 hafta davomida erishiladi. Ushbu samara uzoq muddatli davolashda saqlanib turadi.

Geterozigot oilaviy giperxolesterinemiya

Atorvasterol preparatining tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasi sutkada 10 mg ni tashkil qiladi. Preparatning dozalari shaxsiy ravishda tanlanadi, dozani muvofiqlashtirishni esa sutkada 40 mg dozaga erishilguncha xar 4 haftada o‘tkazish kerak. So‘ngra dozani sutkada 80 mg maksimal dozagacha oshirish, yoki atorvastatinni sutkada 40 mg dan o‘t kislotalarini bog‘lovchi vositalar bilan majmuada buyurish mumkin.

Gomozigot oilaviy giperxolesterinemiya

Mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar cheklangan. Gomozigot oilaviy giperxolesterinemiyali pasientlarda atorvastatinning dozasi sutkada 10 mg dan 80 mg gachani tashkil qiladi. Atorvastatinni bu pasientlarda gipolipidemik davolashda (masalan, PZLP-aferez) yordamchi davolash sifatida, yoki bunday davolashni iloji bo‘lmagan xolda qo‘llash kerak.

Yurak-qon tomir buzilishlarni oldini olish

Birlamchi oldini olish bo‘yicha tadqiqotlarda atorvastatinning dozasi sutkada 10 mg ni tashkil qiladi. Dolzarb talablarga javob beruvchi PZLP darajasiga erishish uchun, preparatning yuqoriroq dozalarini ishlatish kerak bo‘lishi mumkin.

Buyrak faoliyatini buzilishi

Dozani o‘zgartirishning zarurati yo‘q (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang).

Jigar faoliyatini buzilishi

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda Atorvasterolni extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (Maxsus ko‘rsatmalar va Farmakokinetikasi bo‘limiga qarang). Jigar kasalliklarining faol shakli bo‘lgan pasientlarda Atorvasterolni qo‘llash mumkin emas (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang).

Keksa yoshdagi shaxslar

70 yoshdan oshgan pasientlarda tavsiya etilgan dozalarning xavfsizligi va samaradorligi umumiy populyasiya bilan solishtirganda o‘xshash hisoblanadi.

Bolalarda qo‘llanishi

Giperxolesterinemiya:

Bolalarni davolash bolalarda giperlipidemiyalarni davolash tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassis-shifokorlar kuzatuvi ostida o‘tkazilishi kerak. Davolashning samaradorligiga pasientlarning sog‘lig‘ini xolatini muntazam baholash kerak.

10 yoshdagi yoki undan katta bolalarda atrovastatinning tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasi sutkada 10 mg ni tashkil qiladi. Bolalarda preparatning terapevtik samarasi va o‘zlashtirilishiga qarab, doza sutkada 20 mg gacha oshirilishi mumkin. 20 mg dan yuqori dozalarni, bu 0,5 mg/kg hisobidan dozaga to‘g‘ri keladi, qabul qilayotgan bolalarda qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar cheklangan.

6-10 yoshdagi bolalarda dori preparatini qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar ancha cheklangan. 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda atorvastatinni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Bu guruh pasientlarda boshqa dori shakllarini yoki boshqacha ta‘sir kuchiga ega dori preparatini qo‘llash muvofiqroq bo‘lishi mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyida klinik tadqiqotlarning va postregistrasion qo‘llashning katta tajribasiga asoslangan atorvastatinning nojo‘ya ta‘sirlarining profili berilgan. Hodisalarning hisoblangan tez-tezligi quyidagi mezonlarga muvofiq taqsimlangan: tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000).

Infeksion va parazitar kasalliklar

Tez-tez: nazofaringit.

Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: trombositopeniya.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: allergik reaksiyalar.

Juda kam hollarda: anafilaksiya.

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar

Tez-tez: giperglikemiya.

Tez-tez emas: gipoglikemiya, vaznni oshishi, anoreksiya.

Ruhiyatni buzilishi

Tez-tez emas: uyquni buzilishi, dahshatli tush ko‘rishlar.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: bosh og‘rig‘i.

Tez-tez emas: bosh aylanishi, paresteziya, gipesteziya, ta‘mni buzilishi, xotirani yo‘qolishi.

Kam hollarda: periferik neyropati.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: ko‘rishni noaniqligi.

Kam hollarda: ko‘rishni buzilishi.

Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va labirintli buzilishlar

Tez-tez emas: quloqlarda shovqin.

Juda kam hollarda: eshitishni yo‘qolishi.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: tomoq-xalqum og‘rig‘i, burundan qon ketishi.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: qabziyat, meteorizm, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, diareya.

Tez-tez emas: qusish, qorinning yuqori va pastki sohalarida og‘riq, kekirish, pankreatit.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: gepatit.

Kam hollarda: xolestaz.

Juda kam hollarda: jigar yetishmovchiligi.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: eshakemi, teri toshmasi, qichishish, alopesiya.

Juda kam hollarda: angionevrotik shish, bullyoz toshmalar (shu jumladan ko‘p shaklli ekssudativ eritema, Stivens Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz).

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar

Tez-tez: mialgiya, artralgiya, oyoq-qo‘llarda og‘riqlar, mushak spazmlari, bo‘g‘imlarni

shishishi, belda og‘riq,

Tez-tez emas: bo‘yinda og‘riq, mushaklar charchoqligi.

Kam hollarda: miopatiya, miozit, rabdomioliz, ba‘zida uzilish bilan asoratlanuvchi tendinopatiya.

Tez-tezligi noma‘lum: immunitet bilan bog‘liq bo‘lgan nekrozlolvchi miopatiya (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang).

Jinsiy a‘zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda: ginekomastiya.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar

Tez-tez emas: lohaslik, asteniya, ko‘krakda og‘riq, periferik shishlar, charchoqlik, isitma.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: qorinda og‘riq.

Laborator va instrumental tekshirishlarning natijalariga ta‘siri

Tez-tez: jigarning funksional holatining ko‘rsatgichlarini normadan og‘ishi, qonda kreatinkinaza darajalarini oshishi.

Tez-tez emas: siydikda leykositlarga ijobiy reaksiya.

GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini qabul qilishdagi kabi, atorvastatin qabul qilgan pasientlarda, zardob transaminazalari darajasini oshishi haqida xabarlar bor. Bu o‘zgarishlar, odatda, o‘rtacha, o‘tkinchi bo‘lgan va davolashni to‘xtatishni talab qilmagan. Atorvastatin qabul qilgan 0,8% pasientlarda zardob transaminazalarining darajasini klinik ahamiyatli (normaning yuqori chegarasi bilan solishtirganda >3 marta) aniqlangan. Barcha pasientlarda bu oshish dozaga bog‘liq va qaytuvchan bo‘lgan.

GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarining klinik tadqiqotlarini natijalariga o‘xshash, atorvastatin qabul qilgan 2,5% pasientlarda zardob kreatinfosfokinaza (KFK) darajasini normaning yuqori chegarasi bilan solishtirganda 3 martadan ko‘pga oshishi kuzatilgan. Normaning yuqori chegarasidan 10 martadan ko‘proq yuqori darajalari, atorvastatin qabul qilgan 0,4% pasientlarda kuzatilgan (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang).

Bolalar

Xavfsizlik ma‘lumotlarining klinik bazasi atorvastatin qabul qilgan 249 nafar pasientlardagi xavfsizlik bo‘yicha ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi, ular orasida 7 nafar pasientlar – 6 yoshgacha, 14 nafar pasientlar – 6 yoshdan 9 yoshgacha, va 228 nafar pasientlar – 10 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: bosh og‘rig‘i.

Laborator va instrumental tekshirishlarning natijalariga ta‘siri

Tez-tez: alaninaminotransferazalar darajasini oshishi, qonda kreatinkinaza darajasini oshishi.

Mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida, bolalardagi nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligi, turi va og‘irligini kattalardagidek bo‘lishi kutiladi. Hozirgi vaqtda uzoq muddatli xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar pediatrik populyasiyada cheklangan.

Statinlar ishlatilganida qayd qilingan nojo‘ya samaralar

  • Jinsiy disfunksiya
  • Depressiya
  • Ayrim hollarda – o‘pkalarning interstisial kasalliklari, ayniqsa davomli davolashda (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang)
  • Qandli diabet: tez-tezligi xavf omillarining borligi yoki yo‘qligiga bog‘liq (och qoringa glyukozaning darajasi ≥5,6 mmol/l, TMI >30 kg/m2, trigliseridlarning yuqori darajasi, gipertoniya).

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Atorvastatinni quyidagi pasientlarda qo‘llash mumkin emas:

  • ta‘sir etuvchi moddaga yoki Tarkibi bo‘limida ko‘rsatilgan yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan
  • jigar kasalligi yoki aniqlanmagan normaning yuqori chegarasidan uch marta ortiq bo‘lgan qon zardobidagi transaminazalarning faolligi
  • homiladorlikda, emizish davrida va kontrasepsiyaning adekvat usullarini qo‘llamaydigan reproduktiv yoshdagi ayollarda (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang) qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dori preparatlarini bir vaqtda qo‘llashni atorvastatinga ta‘siri

Atorvastatin sitoxrom R450 3A4 (CYP3A4) ishtirokida metabolizmga uchraydi va oqsillarni tashuvchilarining substrati hisoblanadi, masalan: OATR1V1 jigarda qamrab olinishining tashuvchisi. CYP3A4 ingibitorlari yoki oqsillarni tashuvchilari bo‘lgan dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash, plazmada atorvastatinning konsentrasiyasini oshishiga va miopatiya xavfini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Miopatiya yuz berishini xavfi shuningdek miopatiyani chaqirishi mumkin bo‘lgan boshqa preparatlar, masalan, fibrin kislotasining hosilalari va ezetimib bilan majmuada oshishi mumkin.

CYP3A4 ingibitorlari: CYP3A4 ning kuchli ingibitorlarini qo‘llashni atorvastatinning konsentrasiyasini ahamiyatli oshishiga olib kelishi aniqlangan. Qanchalik mumkin bo‘lsa, shuncha CYP3A4 ning kuchli ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak (masalan, siklosporin, telitromisin, klaritromisin, delaviridin, stiripentol, ketokonazol, vorikonazol, itrakonazol, pozakonazol va OITV-proteaza ingibitorlari, ritonavir, lopinavir, atazanavir, indinavir, darunavir va x.k.). Yuqorida keltirilgan preparatlarni atorvastatin bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanishning iloji bo‘lmaganda, atorvastatinning kam boshlang‘ich va maksimal dozasini buyurish imkoniyatini ko‘rish kerak va pasientni kuzatuvini o‘tkazish tavsiya etiladi.

CYP3A4 ning o‘rtacha ingibitorlari (masalan: eritromisin, diltiazem, verapamil va flukonazol) plazmada atorvastatinning konsentrasiyasini oshirishi mumkin. Eritromisin va statin bir vaqtda qo‘llangan xolda miopatiya rivojlanishini yuqori xavfi kuzatiladi. Amiodaron yoki verapamilni atorvastatin bilan dorilarni o‘zaro ta‘sirining tadqiqotlari o‘tkazilmagan. Amiodaron ham, verapamil ham CYP3A4 ning ma‘lum ingibitorlari hisoblanadi va ularni atorvastatin bilan bir vaqtda qo‘llash, atorvastatinning yuqori ekspozisiyasiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun atorvastatinning pastroq maksimal dozasini qo‘llashni ko‘rib chiqish kerak va CYP3A4 ning o‘rtacha ingibitorlari bir vaqtda qo‘llangan holda, pasientni kuzatuvini o‘tkazish tavsiya etiladi. Davolash boshlanganidan keyin yoki ingibitorning dozasi tanlanganidan keyin muvofiq klinik kuzatuv tavsiya etiladi.

CYP3A4 induktorlari: Atorvastatin va sitoxrom R450 3A4 induktorlarini (masalan: efavirens, rifampisin, dalachoy o‘ti) bir vaqtda qo‘llash, plazmada atorvastatinning konsentrasiyasini turli darajada pasayishiga olib kelishi mumkin. Rifampisinning o‘zaro ta‘sirini ikkilangan (sitoxrom R450 3A4 induksiyasi va gepatositlarda OATR1V1 tashuvchisi faolligini tormozlanishi) mexanizmi tufayli, atorvastatinni rifampisin bilan bir vaqtda buyurish tavsiya etiladi, chunki keyingi, rifampisin qabul qilinganidan keyin, atorvastatinni yuborish, plazmada atorvastatinning konsentrasiyasini ahamiyatli pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bir vaqtda qo‘llashdan saqlanib bo‘lmaydigan hollarda, pasientdagi terapevtik samarani sinchiklab kuzatish kerak.

Tashuvchi oqsillarning ingibitorlari: Tashuvchi oqsillarning ingibitorlari (masalan, siklosporin) atorvastatinning organizmga ta‘sirini oshirishi mumkin. Bir vaqtda qo‘llash zarur bo‘lgan hollarda dozani kamaytirish va terapevtik samaradorlikni monitoringi tavsiya etiladi.

Gemifibrozil/fibrat kislotasining hosilalari: Monoterapiyada fibratlarni qo‘llash suyak-mushak tizimi tomonidan noxush samaralarni, shu jumladan rabdomioliz paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Xavf fibrat kislotasining hosilalari bilan majmuada yuqori bo‘lishi mumkin. Bir vaqtda qo‘llash shart bo‘lgan holda, terapevtik samaraga erishish uchun atorvastatinning eng past dozalarini qo‘llash va pasientning holatini nazorat qilish kerak (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang).

Ezetimib: Monoterapiyada ezetimibni qo‘llash suyak-mushak tizimi tomonidan noxush samaralarni, shu jumladan rabdomioliz, paydo bo‘lish xavfi bilan bog‘liq. Xavf ezetimib va atorvastatin majmuasida yuqori bo‘lishi mumkin. Ezetimib va atorvastatinni qabul qilayotgan pasientlarni sinchiklab kuzatish kerak.

Kolestipol: Atorvastatinni bir vaqtda kolestipol qabul qilayotgan pasientlarda, plazmada atorvastatin va faol uning metabolitlarining konsentrasiyasini pasayishi (taxminan 25% ga) yuz beradi. Lekin gipolipidemik samara, atorvastatin va kolestipol bir vaqtda yuborilgan holda, har bir dori preparati alohida qo‘llangan vaqtdagiga qaraganda yaqqolroq bo‘lgan.

Fuzidat kislotasi: Miopatiya xavfi, shu jumladan rabdomioliz, fuzidat kislotasi va statinlar birga tizimli qo‘llanganida oshishi mumkin. Bu o‘zaro ta‘sirning mexanizmi (u farmakodinamikmi yoki farmakokinetikmi yoki u ham bu hammi) hozirgacha noma‘lum. Bu majmuani qabul qilgan pasientlarda rabdomioliz rivojlanishi haqida (shu jumladan bir necha hollarda o‘lim bilan yakunlangan) xabarlar bor. Fuzidat kislotasining preparatini tizimli qo‘llash shart deb hisoblangan pasientlarda, fuzidat kislotasi bilan davolash davrida atorvastatin bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Kolxisin: Atorvastatin va kolxisin bir vaqtda qo‘llanganida miopatiya rivojlanishining hollari qayd etilgan. Atorvastatin va kolxisin birga buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Atorvastatinni boshqa dori preparatlariga ta‘siri

Digoksin: Digoksinning ko‘p martalik dozalari va 10 mg atorvastatin bir vaqtda qo‘llanganida muvozanat holatidagi digoksinning konsentrasiyasi ahamiyatsiz oshadi. Digoksin qabul qilayotgan pasientlarni sinchiklab kuzatish kerak.

Peroral kontraseptivlar: Atorvastatin va peroral kontraseptivlarni bir vaqtda qo‘llash, plazmada noretisteron va etinilestradiolning konsentrasiyasini oshishini chaqiradi.

Varfarin: Varfarinni davomli qabul qilayotgan pasientlarning ishtirokidagi klinik tadqiqotlarda, bir vaqtda atorvastatinni sutkada 80 mg dozada buyurish, preparatlarning bu majmuasini qabul qilishni birinchi 4 kuni davomida protrombin vaqtini taxminan 1,7 sekundga ahamiyatsiz kamayishini chaqirgan. Protrombin vaqti atorvastatinni qo‘llashni 15 kuni davomida dastlabki qiymatlarga qaytgan. Garchi qon ivishiga qarshi preparatlar bilan yaqqol o‘zaro ta‘sirning klinik hollari juda kam aniqlangan bo‘lsada, kumarinlarni qabul qilayotgan pasientlarda atorvastatin bilan davolashni boshlnishigacha, va bu ko‘rsatgichni ahamiyatli o‘zgarmaganiga ishonch hosil qilish uchun, muvofiq davolashning boshlang‘ich bosqichida aniqlash kerak. Protrombin vaqti barqarorlashganidan keyin, bu ko‘rsatgichni kumarinlarni qo‘llashda pasientlar tomonidan odatda rioya qilinadigan intervallarda nazorat qilish kerak. Doza o‘zgartirilganida yoki atorvastatin bilan davolash to‘xtatilganida, bu muolajani takroran o‘tkazish kerak. Antikoagulyantlarni qabul qilmayotgan pasientlarda atorvastatinni qo‘llash, qon ketishi yoki protrombin vaqtini o‘zgarishini paydo bo‘lishi bilan bog‘liq emas.

 

 

Bolalar

Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘yicha tadqiqotlar faqat katta pasientlarda o‘tkazilgan. Bolalarda dorilarining o‘zaro ta‘siri aniqlanmaganligicha qolmoqda. Preparat bolalarda qo‘llangan holda kattalarda paydo bo‘ladigan va Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limida keltirilgan ogohlantirishlarni hisobga olish kerak.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Jigar tomonidan samaralar

Statinlar bilan davolashni boshlashgacha va qo‘llash vaqtida klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha qon zardobida transaminazalar faolligi va jigarning boshqa fermentlarining darajasini nazorat qilish kerak. Agar qabul qilish vaqtida jigarni jiddiy shikastlanishlarining klinik simptomlari va/yoki giperbilirubinemiya, yoki sariqlik paydo bo‘lsa, statinlarni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Agar jigarni jiddiy shikastlanishi rivojlanishining boshqa sababi aniqlanmagan bo‘lsa, statinlarni qo‘llashni qaytadan boshlamaslik kerak (Nojo‘ya ta‘sirlari bo‘limiga qarang).

Atorvasterolni alkogolni suiiste‘mol qiluvchi va/yoki anamnezida jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak.

Xolesterin darajasini keskin pasaytirish yo‘li bilan insultni oldini olish

Yurak ishemik kasalligisiz (YUIK), yaqinda insult yoki tranzitor ishemik xujum (TIX) o‘tkazgan pasientlardagi insultning kichik turlarini retrospektiv tahlil ma‘lumotlari bo‘yicha, gemorragik insultning rivojlanish tez-tezligi 80 mg dozada atorvastatin qabul qilgan pasientlarda, plasebo guruhi bilan solishtirganda yuqori bo‘lgan. Yuqori xavf, xususan, gemorragik insult yoki lakunar infarkt pasientlarda tadqiqotga kiritilgunicha aniqlangan. Gemorragik insult yoki lakunar infarkt o‘tkazgan pasientlar uchun, 80 mg atorvastatin qabul qilganda foyda/xavf nisbati noaniq hisoblanadi, shuning uchun davolashni boshlashgacha gemorragik insult rivojlanishining potensial xavfi sinchiklab baholanishi kerak.

Tayanch-harakat apparati tomonidan samaralar

Atorvastatin boshqa GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari kabi, kam hollarda skelet mushaklariga ta‘sir qilishi va mialgiya, miozit va miopatiya chaqirishi mumkin, u xayot uchun potensial xavfli, kreatinfosfokinaza (KFK) ning yuqori darajalari (normaning yuqori chegaralari bilan solishtirganda >10 marta) bilan xarakterlanuvchi holat – rabdomiolizga rivojlanishi mumkin, mioglobinemiya va mioglobulinuriya, ular buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.

Davolashni boshlash oldidan

Atorvastatinni rabdomiolizga moyillik omillari bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Davolashni boshlash oldidan quyidagi hollarda kreatinfosfokinaza (KFK) darajasini o‘lchash talab etiladi:

  • Buyrak yetishmovchiligi
  • Gipotireoz
  • Shaxsiy va oilaviy anamnezda nasliy mushak tomonidan buzilishlarni mavjudligi
  • Anamnezda statinlar yoki fibratlar ishlatilganda mushak toksikligini mavjudligi
  • Anamnezda jigar kasalliklari va/yoki alkogolni suiiste‘mol qilish mavjudligi
  • Keksa yoshdagi pasientlarda (>70 yosh) rabdomiolizga boshqa moyillik omillariga qarab bunday o‘lchashning zaruratini baholash kerak.
  • Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri va aholining alohida guruhlari, shu jumladan genetik kichik guruxlar, kabi qon plazmasida atorvastatinning konsentrasiyasini oshishi kuzatilishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar.

Bunday hollarda mumkin bo‘lgan foyda davolashning xavfini hisobi bilan baholangan bo‘lishi kerak, klinik monitoring tavsiya etiladi. KFK ning dastlabki darajasini axamiyatli oshgan (normaning yuqori chegarasida 5 marta yuqori) hollarda preparat bilan davolash boshlanmaydi.

Kreatininfosfokinaza darajasini o‘lchash

Kreatininfosfokinazani (KFK) jadal jismoniy yuklamadan keyin yoki KFK ni oshishini har qanday boshqa mumkin bo‘lgan sababi mavjudligida o‘lchash mumkin emas, chunki bu natijalar tahlilini qiyinlashtiradi. Agar KFK ning dastlabki darajasi ahamiyatli yuqori (normaning yuqori chegarasi bilan solishtirganda >5 marta) bo‘lsa, natijalarni tasdiqlash uchun 5-7 kundan keyin KFK darajasi takroran o‘lchanadi.

Davolash davrida

  • Mushak og‘riqlari, tirishishlar yoki kuchsizlik, ayniqsa diskomfort yoki qizish hissi bilan qo‘shilgan holda, pasientlar bu haqida kechiktirmasdan xabar berishlari haqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak.
  • Atorvastatin bilan davolash davomida bunday simptomlar paydo bo‘lgan pasientlarda KFK darajasi o‘lchanadi. Agar KFK darajasini ahamiyatli oshishi (normaning yuqori chegarasi bilan solishtirganda >5 marta) aniqlansa, davolash to‘xtatiladi.
  • Agar mushak simptomlari og‘ir bo‘lsa va har kungi diskomfort chaqirsa, xatto agar KFK darajasi normaning yuqori chegarasi bilan solishtirganda 5 martadan kamga oshgan bo‘lsa ham, davolashni to‘xtatish masalasini ko‘rish kerak.
  • Agar simptomlar yo‘qolsa va KFK darajasi normaga qaytsa, atorvastatini yoki boshqa statinni eng past dozada va sinchikov kuzatuv ostida takror qo‘llashni ko‘rish kerak.
  • KFK darajasi klinik ahamiyatli oshgan (normaning yuqori chegarasi bilan solishtirganda >10 marta) holda yoki rabdomioliz tashxis yoki gumon qilingan holda, atorvastatin bekor qilinishi kerak.

Ayrim statinlar bilan davolash vaqtida yoki davolashdan keyin immunitetga bog‘liq nekrozlovchi miopatiya (IBNM) haqida juda kam xabarlar bo‘lgan. Klinik IBNM proksimal mushaklarning doimiy davom etuvchi kuchsizligi va kreatinkinazaning yuqori zardob darajasi bilan xarakterlanadi, u statinlar bilan davolash to‘xtatilishga qaramasdan saqlanadi.

Boshqa dori preparatlari bilan birga qo‘llash

Rabdomioliz xavfi atorvastatin CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari yoki oqsillarni tashuvchilar (siklosporin, eritromisin, klaritromisin, delavirdin, stiripentol, ketokonazol, vorikonazol, itrakonazol, posakonazol yoki OITV-proteaza ingibitorlari, ritonavir, lopinavir, atazanavir, indinavir, darunavir, tipranavir, sakvinavir, fosamprenavir, nelfinavir, telaprevir va boseprevir kabi S gepatati virusi proteazasi ingibitorlari va x.k.) kabi ayrim preparatlar bilan bir vaqtda ishlatilganida oshadi. Miopatiya rivojlanishini xavfi shuningdek gemfibrozil va fibrat kislotasining boshqa hosilalari, eritromisin, niasin, ezetimib, telaprevir va telaprevir ritonavir bilan bir vaqtda ishlatilganida ham oshishi mumkin. Imkoniyati bo‘lganda muqobil davolashni (atorvastatin bilan o‘zaro ta‘sir qilmaydigan dori vositalari) buyurishni ko‘rish kerak.

Bu dori vositalarini atorvastatin bilan birga qabul qilishdan saqlanishning iloji bo‘lmagan holda, bir vaqtda qo‘llashning foyda/xavf profilini sinchiklab baholash kerak. Agar pasient atorvastatinning plazmadagi konsentrasiyasini oshiruvchi dori preparatlarini qabul qilayotgan bo‘lsa, bu preparatning maksimal tavsiya etiladigan dozasi pasaytirilishi kerak. Kuchli ta‘sir etuvchi CYP3A4 ingibitorlari qo‘llangan holda, atorvastatinning boshlang‘ich dozasi kamaytirilishi kerak; bunday pasientlarni muvofiq klinik kuzatuvi tavsiya etiladi (Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limiga qarang).

Atorvasterol preparatini fuzidat kislotasining tizimli dori shakllari bilan birga yoki fuzidat kislotasi bilan davolash to‘xtatilganidan keyin 7 kun chegaralarida buyurish mumkin emas. Fuzidat kislotasining tizimli preparatlarini qo‘llash shart deb hisoblangan pasientlarda, fuzidat kislotasi bilan davolash davrida statin bilan davolash to‘xtatilgan bo‘lishi kerak. Fuzidat kislotasini statinlar bilan birga majmuaviy davolash qabul qilgan pasientlarda rabdomiolizni rivojlanishi (shu jumladan o‘lim bilan yakunlangan bir nechta holatlar) to‘g‘risida xabarlar mavjud. Mushak kuchsizligining har qanday simptomlari, og‘riq yoki og‘riqlilik paydo bo‘lganida kechiktirmasdan shifokorga murojaat qilish kerak. Statinlar bilan davolashni fuzidiy kislotasining oxirgi dozasidan keyin yetti kun o‘tgach qayta tiklash mumkin.

Istisno vaziyatlarda, fuzidat kislotasini davomli tizimli qo‘llash talab qilinganda, masalan – og‘ir infeksiyalarni davolash uchun, Atorvasterol preparati va fuzidat kislotasini birga qo‘llashning zaruratini faqat shaxsiy asosda va sinchikov tibbiy kuzatuv ostida baholash kerak.

O‘pkaning interstisial kasalliklari

Istisno hollarda ayrim statinlar ishlatilganida, ayniqsa davomli davolashda, o‘pkalarning interstisial kasalliklari xaqida xabar berilgan (Nojo‘ya ta‘sirlari bo‘limiga qarang). Shuningdek nafasni qiyinlashishi, quruq yo‘tal va sog‘liqning umumiy yomonlashishi (charchoqlik, vaznni yo‘qotish, qizish) ham kuzatilishi mumkin. O‘pkaning interstisial kasalliklariga gumon bo‘lganida, statinlar bilan davolashni bekor qilish kerak.

Qandli diabet

Ayrim ma‘lumotlar statinlarni qonda glyukozaning darajasini oshirish kobiliyatiga egaligidan dalolat beradi, va pasientlarni qandli diabetga moyilligi bo‘lgan holda, giperglikemiya darajasiga olib kelishi mumkin, unda qandli diabetni davolashni buyurish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Lekin, statinlar bilan davolashdan foyda bu xavfdan yuqori, va, demak, statinlar bilan davolashni to‘xtatish talab etilmaydi. Xavf guruhi pasientlari (och qoringa glyukozaning darajasi – 5,6-6,9 mmol/l, TMI>30 kg/m2, trigliseridlarning darajasi yuqori, gipertoniya) milliy talablarga muvofiq sinchkov klinik va bioximik kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.

Bolalarda ishlatilishi

Bolalarda dori preparatini qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan (Nojo‘ya ta‘sirlari bo‘limiga qarang).

Tug‘ruq yoshidagi ayollar

Tug‘ruq yoshidagi ayollar muvofiq kontraseptiv vositalarni ishlatishlari kerak (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang).

Homiladorlik

Atorvasterolni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang). Homilador ayollarda atorvastatinni qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan, bu guruh pasientlarda nazoratlangan klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. GMG-KoA-reduktazani ona qornidagi ta‘siri natijasidagi tug‘ma anomaliyalar haqida kam xabarlar olingan. Hayvonlardagi tadqiqotlar GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari embrion yoki homilani rivojlanishiga ta‘sir qilishi mumkinligini taxmin qilishga asos beradi.

Homilador ayol tomonidan atorvastatinni qabul qilinishida homilada mevalonat darajalarini pasayishi mumkin, u xolesterinning biosintezini o‘tmishdoshi hisoblanadi. Homiladorlikda gipolipidemik vositalarni bekor qilish, birlamchi giperxolesterinemiya bilan bog‘liq bo‘lgan qisqa muddatli xavf natijalariga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Shu sabablarga ko‘ra, Atorvasterolni homiladorlarda, homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarda, yoki homiladorlikka gumon qilinganda qo‘llash mumkin emas. Agar davolanish jarayonida homiladorlik yuz bersa, preparat bekor qilinishi, ayol esa homila uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ogohlantirilgan bo‘lishi kerak.

Laktasiya davri

Atorvastatinni ko‘krak suti bilan chiqarilishi noma‘lum. Atorvastatin va uning faol metabolitlarini kalamushlar qon plazmasidagi konsentrasiyasi, sutdagi konsentrasiyasi bilan o‘xshash bo‘lgan. Emizikli bolalarda noxush ko‘rinishlarning mumkinligini hisobga olib, laktasiya davrida preparatni qo‘llashining zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar bo‘limiga qarang).

Fertillik

Hayvonlardagi tadqiqotlarda atorvastatinni erkaklar va ayollarning reproduktiv faoliyatiga ta‘sir ko‘rsatmasligi aniqlangan.

Avtotransportni  boshqarish va xarakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Atorvastatin avtomobilni boshqarish yoki texnika bilan ishlash qobiliyatiga ahamiyatsiz ta‘sir ko‘rsatadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Davolash: spesifik antidoti yo‘q, simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Jigar faoliyatining ko‘rsatgichlarini tahlil qilinadi va zardob KFK darajasini monitoringi o‘tkaziladi. Atorvastatinni plazma oqsillari bilan kuchli bog‘lanishi tufayli, gemodializ, ehtimol, atorvastatinning ahamiyatli klirensiga olib kelmaydi.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 3 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ATORVASTEROL tabletkalari 10mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ATORVASTEROL tabletkalari 10mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ATORVASTEROL tabletkalari 10mg N30 dori vositasi Pharmaceutical Works Polpharma S.A. tomonidan Polsha mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ATORVASTEROL tabletkalari 10mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ATORVASTEROL tabletkalari 10mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Sumamigren tabletkalari 100mg N6
Narh: 162 800 so'mdan Batafsil
POLMATIN tabletkalari 10mg N28
Narh: 145 000 so'mdan Batafsil
POLMATIN tabletkalari 20mg N28
Narh: 180 000 so'mdan Batafsil
TROMBOPOL tabletkalari 75mg N60
Narh: 24 600 so'mdan Batafsil
OSTEMAKS 70 KOMFORT tabletkalari 70mg N4
MESIPOL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N5
BAKLOSAN tabletkalari 25mg N50
MESIPOL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3
BAKLOSAN tabletkalari 10mg N50
METOKARD SR tabletkalari 23,75mg N28
GEVIRAN tabletkalari 800mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
GEVIRAN tabletkalari 400mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
GEVIRAN tabletkalari 200mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
ATORVASTEROL tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
ATORVASTEROL tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9