×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Sumamigren tabletkalari 100mg N6

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Faol modda:
Суматриптан
Qadoqda soni:
- 6
Ishlab chiqaruvchi:
- Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
Vakil:
- Polpharma S. A.
ATX kodi:
- N02CC01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 133 ta dorixonasida topildi

ico 162 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 350 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

O'xshash dorilar

PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
24 000 s`om dan
VRAGGRIPP tabletkalari N100 Lincoln Pharmaceuticals Ltd. Hindiston
78 400 s`om dan
SEFEKON D suppozitorii 250mg N10 Нижфарм-Stada CIS Rossiya
10 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Sumamigren tabletkalari 100mg N6 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SUMAMIGREN

SUMAMIGREN

 

Preparatning savdo nomi: Sumamigren

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): sumatriptan (sumatriptan)

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi

1 tabletka saqlaydi:

Faol modda : sumatriptan suksinat (sumatriptanga ekvivalent) 70 (50) mg yoki 140 (100) mg.

Yordamchi moddalar:

50 mg li tabletkalar uchun: mikrokristallik sellyuloza, laktoza monogidrati, natriy kroskarmelloza, magniy stearati, talk, kolloid kremniy dioksidi.

Qobig‘i: gipromelloza, makrogol 6000, talk, titan dioksidi (Ye171), trietilsitrat, koshenil qizili (Ye124).

100 mg li tabletkalar uchun: mikrokristallik sellyuloza, laktoza monogidrati, natriy kroskarmelloza, magniy stearati, talk, kolloid kremniy dioksidi.

Qobig‘i: gipromelloza, makrogol 6000, talk, titan dioksidi (Ye171), trietilsitrat.

Ta‘rifi:

50 mg li tabletkalar uchun: uzunchoq, ikki yoqlama qavariq, och-pushti rangli, bir tomonida bo‘luvchi riskasi bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar

100 mg li tabletkalar uchun: uzunchoq, ikki yoqlama qavariq, oq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: migrenga qarshi vosita.

 

Farmakologik xususiyatlari

Sumatriptan 5-gidroksitriptamin-1 (5-HT1D) reseptorlarining spesifik selektiv agonisti hisoblanadi va 5-HT reseptorlarining boshqa kichik turlariga (5-HT2-5-HT7) ta‘sir qilmaydi. 5-HT1D tomir reseptori asosan bosh miya qon tomirlarida joylashgan bo‘lib, vazokonstriksiyada ishtirok etadi. Sumatriptan hayvonlarda uyqu arteriyasidagi sirkulyasiyani miyadagi qon oqimini o‘zgartirmasdan, selektiv ravishda chegaralaydi.

Uyqu arteriyasi bosh ichki va tashqarisidagi to‘qimalar, miya pardalarini qon bilan ta‘minlaydi va bu tomirlarni kengayishi va/yoki shishi odamlarda migren kasalligini rivojlanishini asosiy mexanizmi hisoblanadi.

Bundan tashqari, hayvonlardagi tadqiqotlarda olingan dalillarga ko‘ra sumatriptan uch shoxli nerv faoliyatini susaytiradi.

Bu ikki samara (kranial vazokonstriksiya va uch shoxli nerv faoliyatini susayishi) sumatriptanni odamlardagi antimigrenoz ta‘sirini yuzaga keltirishi mumkin.

Klinik samara 100 mg doza og‘iz orqali qabul qilingandan so‘ng taxminan 30 minutdan keyin boshlanadi. Sumatriptanning og‘iz orqali qabul qilish uchun tavsiya etilgan dozasi 50 mg ni tashkil etsada, migren hurujlari og‘irlik darajasi bo‘yicha ham turli pasientlarda, ham har bir konkret bemorda turlicha bo‘ladi.

Klinik tadqiqotlarda 25-100 mg dozalarning samaradorligi plasebo guruhga nisbatan yuqori bo‘lgan, lekin 25 mg dozaning samaradorligi 50 va 100 mg li dozalarga nisbatan statistik ishonchliligi past bo‘lgan.

Sumatriptanni og‘iz orqali qabul qilinganda xavfsizligi va samaradorligi qator plasebo-nazoratli klinik tadqiqotlarda, taxminan 800 nafar migren bilan og‘riyotgan 10-17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarda baholandi. Tadqiqot ma‘lumotlari bosh og‘rig‘ini 2 soatdan keyin bartaraf etishiga nisbatan plasebo va sumatriptanni har qanday dozasi orasida ahamiyatli farqni ko‘rsata olmadi. Sumatriptanni 10-17 yoshdagi o‘smirlar og‘iz orqali qabul qilganda nojo‘ya ta‘sirlari kattalar populyasiyasida aniqlanganlar bilan o‘xshash bo‘ldi.

 

Farmakokinetikasi

Sumatriptan peroral qabul qilinganidan keyin tezda so‘riladi, 45 minutdan so‘ng 70% li maksimal konsentrasiyasiga yetadi. 100 mg doza qabul qilingandan so‘ng plazmada maksimal konsentrasiyasi 54 ng/ml ni tashkil qildi. O‘rtacha mutloq peroral biokiraolishligi, qisman tizim oldi metabolizmi va qisman noto‘liq so‘rilishi hisobiga, 14% ni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri taxminan 2 soatni tashkil qiladi, garchi uzoqroq terminal fazasi borligi to‘g‘risida ko‘rsatma bo‘lsada. Plazma oqsillari bilan oz darajada (14-21%) bog‘lanadi, o‘rtacha taqsimlanish hajmi 170 litrni tashkil qiladi. O‘rtacha umumiy plazma klirensi taxminan 1160 ml/min ni tashkil qiladi, o‘rtacha buyrak klirensi esa taxminan 260 ml/min ni tashkil qiladi. Buyrakdan tashqari klirensi umumiy klirensning taxminan 80% ni tashkil qiladi. Sumatriptan asosan monoaminooksidaza A ishtrokida oksidlanish metabolizmi yo‘li orqali chiqariladi. Asosiy metabolit sumatriptannig analogi – indolilsirka kislotasi bo‘lib, asosan siydik orqali erkin kislota va glyukuronid bilan kon‘yugat ko‘rinishida chiqariladi. Bu metabolit 5HT1 va 5HT2 nisbatan ma‘lum ta‘sirga ega emas. Ikkilamchi darajadagi metabolitlari aniqlanmagan. Migren xurujlari sumatriptan farmakokinetikasiga ahamiyatli ta‘sir etmaydi.

Tajribaviy izlanishlarda keksa va yosh sog‘lom ko‘ngillilar orasida farmakokinetik ko‘rsatkichlarida ahamiyatli farqlar kuzatilmadi.

Qo‘llanilishi

Sumatriptan tabletkalari aura bilan yoki aurasiz keluvchi migren xurujlarini tezda yengillashtirish uchun tavsiya etiladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sumatriptanni profilaktika maqsadida qo‘llash mumkin emas.

Sumatriptan migren xurujini tezkor monoterapiyasi uchun tavsiya qilinadi; preparatni ergotamin yoki uning hosilalarini saqlovchi preparatlar (masalan, metisergid) bilan birga qo‘llash mumkin emas («Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatmalar»ga qarang).

Sumatriptan bilan davolashni migrenoz bosh og‘rig‘i boshlanishi bilanoq iloji boricha ertaroq boshlash maqsadga muvofiqdir. Preparat xurujning har qanday davrida bir xilda samaralidir.

Faqat kattalar uchun: 

Sumatritan ichga buyurilganda tavsiya qilinadigan dozasi – 50 mg li 1 tabletkadir. Ba‘zi bemorlarga zaruratga qarab 100 mg.

Agar pasientga sumatriptanning birinchi dozasi ta‘sir etmasa, shu xurujning o‘zida ikkinchi dozani qabul qilish kerak emas. Bunday holatlarda xurujni parasetamol, asetilsalisil kislotasi yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni berish lozim. Sumatriptanni keyingi xurujlarda qo‘llash mumkin.

Agar pasientga birinchi doza ta‘sir etsa, lekin simptomlar qaytadan boshlansa, keyingi 24 soat davomida ikkinchi dozani qabul qilish mumkin, preparatni ikki qabul qilish oralig‘i minimal 2 soatni tashkil etishi kerak. Sutka (24 soat) davomida ko‘pi bilan
300 mg qabul qilish mumkin.

Tabletkalarni butunligicha suv bilan yutish kerak.

Bolalarda qo‘llanishi 

10 yoshdan kichik bolalarda plyonkali qobiq bilan qoplangan sumatriptan tabletkalarining samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan. Ushbu yoshdagi guruh uchun klinika oldi izlanish ma‘lumotlari mavjud emas.

10 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda plyonkali qobiq bilan qoplangan sumatriptan tabletkalarining samaradorligi va xavfsizligi klinik izlanishlarda o‘rganilmagan. 10 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda plyonkali qobiq bilan qoplangan sumatriptan tabletkalarini qo‘llash tavsiya etilmaydi ( «Farmakologik xususiyatlari»ga qarang).

Keksa (65 yoshdan oshgan) pasientlar

65 yoshdan katta pasientlarda sumatriptan tabletkalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba kam. Farmakinetikasi bir muncha yosh pasientlar populyasiyasidan ishonarli farqlanmaydi, lekin sumatriptan tabletkalarini qo‘shimcha klinik ma‘lumotlar olinguncha 65 yoshdan katta pasientlarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Yengil yoki o‘rtacha og‘irlik darajasidagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun 25-50 mg li kichik dozalarda davolashni ko‘rib chiqish kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyida keltirilgan nojo‘ya ta‘sirlari, a‘zo tizimlariga ta‘siri rivojlanish tez-tezligini ko‘rsatish bilan tasniflangan. Rivojlanish tez-tezligi quyidagicha belgilanadi:

juda tez: ≥1/10; tez-tez: ≥1/100<1/10; tez-tez emas: ≥1/1000-<1/100; kam: ≥1/10 000- <1/1000; juda kam: <1/10 000; tez-tezligi noma‘lum: mavjud ma‘lumotlar bo‘yicha tez-tezligini aniqlash mumkin emas.

Ba‘zi belgilangan simptomlar migren bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta‘sir bo‘lishi mumkin.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma‘lum: teri o‘ta sezuvchanligidan (masalan, eshakemi) to anafilaksiyagacha bo‘lgan o‘ta sezuvchanlik reaksiyalari.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: bosh aylanishi, uyquchanlik, sezuvchanlikni buzilishi – parasteziya va gipesteziya.

Tez-tezligi noma‘lum: tirishishlar, garchi ayrimlari anamnezida tirishishlari yoki ularni rivojlanishiga moyillik tug‘diruvchi yondosh holatlar mavjud bo‘lgan pasientlarda yuz bergan bo‘lsa ham. Shuningdek, moyillik tug‘diruvchi omillar tremor, distoniya nistagm, skotoma bo‘lmagan pasientlar to‘g‘risida xabarlar bo‘lgan.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma‘lum: qovoqlarni tortishishi, diplopiya, ko‘rish qobiliyatini susayishi. Ko‘rish qobiliyatini yo‘qolishi, shu jumladan, turg‘un nuqsonlar haqida ma‘lumotlar ham bor. Biroq, ko‘rish qobiliyatini buzilishi migren xuruji vaqtida ham yuzaga kelishi mumkin.

Yurak tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma‘lum: bradikardiya, taxikardiya, yurak urib ketish hissi, yurak aritmiyalari, EKGda tranzitor ishemik o‘zgarishlar, koronar tomirlar spazmi, stenokardiya, miokard infarkti («Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar» va «Maxsus ko‘rsatmalar»ga qarang).

Tomirlar tomonidan buzilishlar

Tez-tez: davolangandan keyin tranzitor qon bosimini ko‘tarilishi. Yuzga qon quyilishi.

Tez-tezligi noma‘lum: gipotenziya, Reyno fenomeni.

Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: hansirash

Me‘da ichak tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: ba‘zi pasientlarda ko‘ngil aynishi va qusish yuzaga kelgan, lekin bu holat sumatriptan qabul qilish bilan yoki asosiy kasallik bilan bog‘liqligi noma‘lum.

Tez-tezligi noma‘lum: ishemik kolit, diareya.

Suyak–mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar  

Tez-tez: og‘irlik hissi (odatda vaqtincha, jadal bo‘lishi ham mumkin, tananing har qanday qismida, shuningdek ko‘krak qafasi va tomoqda), mialgiya.

Tez-tezligi noma‘lum: ensa rigidligi, artralgiya.

Yuborilgan joydagi asoratlar va umumiy buzilishlar

Tez-tez: og‘riq, qizish yoki sovuqqotish hissi, bosim yoki siqilish (odatda vaqtincha, jadal bo‘lishi ham mumkin, tananing har qanday qismida, shuningdek ko‘krak qafasi va tomoqda) hissi, holsizlik hissi, tez charchash (ikkala belgi o‘tkinchidir, odatda yengil yoki o‘rta og‘irlik darajasida).

Tekshiruvlar  

Juda kam: vaqti–vaqti bilan jigarning funksional sinamalarida biroz buzilishlar kuzatilgan.

Ruhiy buzilishlar

Tez-tezligi noma‘lum: bezovtalik.

Teri va teri osti klechatkasi tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma‘lum: gipergidroz.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Sumatriptanga yoki preparatning boshqa komponentlariga, shu jumladan Ye-124 koshenil qiziliga yuqori sezuvchanlik, ular allergik reaksiyalar keltirib chiqarishi mumkin.

Sumatriptanni miokard infarkti o‘tkazgan yoki yurak ishemik kasalligi bilan xastalangan, koronar tomirlar spazmi (Prinsmetal stenokardiya), periferik tomir kasalliklari mavjud pasientlarda yohud yurak ishemik kasalligi belgilari/simptomlari bo‘lgan pasientlarga buyurish mumkin emas.

Sumatriptanni miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi yoki anamnezida tranzitor ishemik xuruj bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Sumatritanni o‘rtacha yoki og‘ir gipertenziyali, shuningdek yengil nazorat qilinmaydigan gipertenziyali pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Sumatriptanni 18 yoshdan kichik va 65 yoshdan oshgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Ergotamin yoki uning hosilalarini (shu jumladan metisergid) yoki triptan/5-gidroksitriptamin 1 tip (5-HT1) reseptorlarining har qanday agonistlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas («Dorining o‘zaro ta‘siri» ga qarang).

Sumatriptanni monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Sumatriptanni monoaminooksidaza ingibitorlari bekor qilingandan so‘ng 2 hafta davomida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Propanolol, flunarizin, pizotifen va alkogol bilan o‘zaro ta‘sirini isbotlovchi dalillar mavjud emas.

Ergotamin yoki boshqa triptan/5-4HT1 reseptori agonistlar saqlovchi preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri haqida cheklangan ma‘lumotlar mavjud. Nazariy jihatdan koronar tomirlar spazmi bo‘lishi yuqori xavf ehtimoli bor, shuning uchun ularni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas («Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar»ga qarang).

Ergotamin saqlovchi preparatlar yoki boshqa triptan/5-4HT1 reseptorlari agonistlarini va sumatriptanni qo‘llashda ularning orasida o‘tishi kerak bo‘lgan davr noma‘lum. Bu, shuningdek dozaga va ishlatilayotgan preparatlar turiga bog‘liqdir. Samaralar yig‘ilishi mumkin. Sumatriptanni qo‘llashdan oldin ergotamin saqlovchi preparatlar  yoki boshqa triptan/5-4HT1 reseptorlari agonistlarini qabul qilishdan keyin hech bo‘lmasa 24 soat o‘tishi tavsiya etiladi. Shuningdek, ergotamin saqlovchi preparatlarni yuborishdan oldin sumatriptan qo‘llanganidan keyin kamida 6 soat o‘tishi yoki boshqa triptan/5-4HT1 reseptorlari agonistlarini yuborishdan oldin kamida 24 soat o‘tishi tavsiya etiladi.

Sumatriptan va monoaminooksidaza ingibitorlari o‘rtasida o‘zaro ta‘sir bo‘lishi mumkin, shuning uchun ularni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas («Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar»ga qarang).

Sumatriptan va SQQOSI qo‘llangandan keyin serotonin sindromi (shu jumladan, ruhiy holatni buzilishi, vegetativ beqarorlik va mushak buzilishlari) bo‘lgan pasientlar haqida juda kam postmarketing ma‘lumotlar mavjud. Shuningdek, serotonin sindromi triptan va SQQOIN larni bir vaqtda qabul qilgandan so‘ng ham kuzatilgan (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).

Litiy bilan bir vaqtda qo‘llanganida serotonin sindromini rivojlanish xavfi bor.

Maxsus ko‘rsatmalar 

Sumatiriptanni faqat migren tashxisi aniq qo‘yilgan pasientlarda qo‘llash kerak.

Sumatriptan gemiplegik, bazilyar yoki oftalmoplegik migrenni davolash uchun qo‘llanmaydi.

O‘tkir migrenni davolashda ishlatiladigan boshqa preparatlar qo‘llanganidek, migrenni atipik simptomlar bilan kechayotgan yoki avval migren tashxisi qo‘yilmagan pasientlarda bosh og‘rig‘ini davolashdan oldin boshqa potensial jiddiy nevrologik holatlarni istisno etish choralarini ko‘rish lozim.

Migren bilan og‘riyotgan pasientlarda serebrovaskulyar o‘zgarishlar (masalan, miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi, tranzitor ishemik xuruj) yuz berish yuqori xavfi borligini aytib o‘tish kerak.

Sumatriptanni qabul qilgandan keyin o‘tkinchi simptomlar – ko‘krak qafasida og‘riq va siqilish hissi kabi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin, bular jadal bo‘lishi va tomoq tomonga tarqalishi mumkin (“Nojo‘ya ta‘sirlari”ga qarang). Agar bu simptomlar yurak ishemik kasalligidan dalolat berayotgan bo‘lsa, sumatriptanni qabul qilishni to‘xtatish va kerakli klinik tekshiruvlarni o‘tkazish zarur. Sumatriptanni yengil shakldagi nazorat qilsa bo‘ladigan gipertenziyali pasientlarga ehtiyotkorlik bilan berish kerak, chunki ma‘lum bir kichik foiz pasientlarda arterial qon bosimini o‘tkinchi ko‘tarilishi va periferik qon-tomir qarshiligini oshishi kuzatilgan (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”ga qarang).

Serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (SQQOSI) va sumatriptan qo‘llanganidan keyin serotonin sindromi (ruhiy holatni o‘zgarishi, vegetativ beqarorlik va neyromushak buzilishlar) yuz bergan pasientlar haqida kam ma‘lumotlar mavjud. Serotonin sindromi triptan va serotoninni qayta qamrab olinishini ingibitorlari va noradrenalin (SQQOIN) bilan bir vaqtda davolashdan keyin kuzatiladi.

Agar sumatriptan va SQQOSI/SQQOIN bilan bir vaqtda davolash klinik o‘zini oqlagan, davolash davomida pasient holatini kuzatish tavsiya qilinadi (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri”ga qarang).

Sumatriptanni preparatni organizmda so‘rilishi, metabolizmi yoki chiqarilishi buzilish bilan kechayotgan kasalliklari, masalan jigar yoki buyraklar faoliyatini buzilishlari mavjud pasientlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Sumatriptanni anamnezida tutqanoq xurujlari bo‘lgan yoki tirishishga tayyorlik bo‘sag‘asini kamaytiruvchi boshqa xavf omillari mavjud bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur, chunki sumatriptan qo‘llanganida tirishishlar kuzatilgan (“Nojo‘ya ta‘sirlari”ga qarang).

Sulfanilamidlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik mavjud bo‘lgan pasientlar sumatriptanni qabul qilgandan so‘ng allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Reaksiyalar terining yuqori sezuvchanligidan to anafilaksiyagacha bo‘lishi mumkin. Kesishuvchi sezuvchanlik bo‘yicha dalillar cheklangan, biroq bu pasientlarda sumatriptanni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Triptan va tarkibida dalachoy (Hypericum perforatum) saqlovchi o‘simlik preparatlari bir vaqtda qo‘llanganida ko‘pincha noxush samaralar kuzatilishi mumkin.

Bosh og‘rig‘ida har qanday og‘riq qoldiruvchi vositani uzoq vaqt qo‘llanishi uning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. Agar yuz bersa (yoki bunday shubha bo‘lsa), shifokor bilan maslahatlashish va davolashni to‘xtatish lozim. Bosh og‘rig‘iga qarshi preparatlarni doimiy qabul qilinishiga qaramasdan (yoki shu tufayli) tez-tez yoki har kungi boshi og‘riqlari bo‘lgan pasientlarni dori vositalarini haddan ziyod ko‘p qo‘llanganda kelib chiqadigan bosh og‘rig‘i tashxisiga shubha qilish kerak.

Sumatriptanning tavsiya qilingan dozasini oshirish mumkin emas.

Sumatiriptanni yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan pasientlarda, shuningdek ko‘p chekuvchilar yoki nikotin–o‘rin bosuvchi preparat qo‘llayotgan pasientlarda yurak-qon tomir tizimining funksional holatini oldindan baholamasdan qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”ga qarang). Ushbu xavf omillariga ega bo‘lgan postmenopauzadagi ayollar va 40 yoshdan katta erkaklarga alohida e‘tibor qaratish kerak. Bu baholashlar yurak kasalligi bo‘lgan hamma pasientni aniqlashga imkon bermaydi, juda kam holatlarda yurak-qon tomir tizimida yashirin kasalligi bo‘lmagan pasientlarda yurakka aloqador jiddiy vaziyatlar yuzaga keladi.

Juda kam uchraydigan irsiy galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi, glyukozo-galaktozani kam so‘rilishi bo‘lgan pasientlar preparatni qabul qilishlari mumkin emas, chunki tarkibida laktoza saqlaydi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

1000 nafardan ortiq ayollarda homiladorlikning birinchi uch oyligida sumatritanni qo‘llash bo‘yicha postmarketing ma‘lumotlar mavjud. Yakuniy xulosa uchun yetarli hajmdagi ma‘lumotlar yo‘qligiga qaramasdan, tug‘ma nuqsonlarning yuqori xavfi mavjudligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar yo‘q. Sumatriptanni ikkinchi va uchinchi uch oyligida qo‘llash bo‘yicha tajriba cheklangan.

Hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqodlar preparatni bevosita teratogen ta‘siri yoki pre- va postnatal rivojlanishiga zararli ta‘siri borligini ko‘rsatmadi. Biroq, quyonlarda embriofetal yashovchanlik ko‘rsatkichi o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Sumatriptanni homiladorlik vaqtida faqat, ona uchun kutilgan foyda homilaga bo‘lgan har qanday xavfdan ustun bo‘lganida qo‘llash mumkin.

Sumatriptanni teri ostiga yuborilgandan keyin ko‘krak sutiga o‘tishi isbotlangan. Preparat qabul qilganidan keyin 12 soat davomida emizishdan saqlanish orqali bolaga ta‘sirini kamaytirish mumkin; bu vaqt oralig‘ida ajralgan sutni to‘kib yuborish kerak.

Transport vositalarini boshqarishga va mexanizmlar bilan ishlashga ta‘siri

Preparatni avtomobilni boshqarish va mexanizmlarda ishlash qobiliyatiga ta‘siri o‘rganilmagan. Uyquchanlik migren yoki sumatriptan bilan davolash natijasida kelib chiqishi mumkin. Bu avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Belgilari va simptomlari

400 mg dan ortiq peroral doza va 16 mg dan ortiq teri ostiga yuboriladigan dozalar eslatib o‘tilganlardan tashqari boshqa nojo‘ya ta‘sirlar bilan bog‘liq bo‘lmagan. Pasientlar teri ostiga bir martalik 12 mg gacha in‘eksiyalarni deyarli nojo‘ya ta‘sirlarsiz qabul qilishgan.

Davolash

Doza oshirilib yuborilganida pasient 10 soat davomida kuzatuv ostida bo‘lishi kerak va zarurati bo‘lganida, standart tutib turuvchi davolash o‘tkazilishi kerak. Gemodializ va peritoneal dializni plazmadagi sumatriptan konsentrasiyasiga ta‘siri noma‘lum. 

Chiqarilish shakli

2 yoki 6 tabletkadan poliamid/alyuminiy/PVX/alyuminiy blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan past haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Sumamigren tabletkalari 100mg N6 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Sumamigren tabletkalari 100mg N6 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Sumamigren tabletkalari 100mg N6 dori vositasi Pharmaceutical Works Polpharma S.A. tomonidan Polsha mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Sumamigren tabletkalari 100mg N6 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Sumamigren tabletkalari 100mg N6 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
POLMATIN tabletkalari 10mg N28
Narh: 145 000 so'mdan Batafsil
POLMATIN tabletkalari 20mg N28
Narh: 180 000 so'mdan Batafsil
TROMBOPOL tabletkalari 75mg N60
Narh: 24 600 so'mdan Batafsil
OSTEMAKS 70 KOMFORT tabletkalari 70mg N4
MESIPOL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N5
BAKLOSAN tabletkalari 25mg N50
MESIPOL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3
BAKLOSAN tabletkalari 10mg N50
METOKARD SR tabletkalari 23,75mg N28
GEVIRAN tabletkalari 800mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
GEVIRAN tabletkalari 400mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
GEVIRAN tabletkalari 200mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
ATORVASTEROL tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
ATORVASTEROL tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
ATORVASTEROL tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9