×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MESIPOL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Faol modda:
Мелоксикам
Qadoqda soni:
- 3
Ishlab chiqaruvchi:
- Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
ATX kodi:
- M01AC06
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FLAMIDEZ tabletkalari N10 Organosyn Life Sciences Pvt. Ltd, Индия произведено: Evertogen Life Sciences Limited Hindiston
30 000 s`om dan
SUARON poroshok 100mg N10 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
23 000 s`om dan
LORNADO tabletkalari 8mg N10 Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
50 400 s`om dan
TEKSIVEL poroshok 20mg N1 Arena Group S.A. Ruminiya
45 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MESIPOL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MESIPOL

MESIPOL

 

Preparatning savdo nomi: Mesipol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): meloksikam

Dori shakli: Mushak ichiga yuborish uchun eritma 15 mg/1,5ml.

Tarkibi:

1,5 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 15,00 mg meloksikam;

yordamchi moddalar: meglyumin, glikofurol, poloksamer 188, natriy xloridi, glisin, natriy gidroksidi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: o‘ziga xos hidli sariq yoki yashil – sariq rangli tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi va revmatizmga qarshi vosita; oksikamlar.

ATX kodi: M01AS06

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Meloksikam – og‘riqni qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi ta‘sirga ega nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat.

Yallig‘lanishga qarshi ta‘siri yallig‘lanish sohasida prostaglandinlarni biosintezida ishtirok etuvchi siklooksigenaza-2 (SOG-2) ni fermentativ faolligini tormozlanishi bilan bog‘liq. Meloksikam me‘da-ichak yo‘llarining shilliq qavatini himoyalovchi va buyraklarda qon oqimini boshqarilishida ishtirok etuvchi prostaglandinlarning biosintezida qatnashuvchi siklooksigenaza-1 (SOG-1) ga kam darajada ta‘sir qiladi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Meloksikam mushak ichiga yuborilganidan keyin to‘liq so‘riladi. Peroral qabul qilish bilan solishtirganda preparatning biokiraolishligi taxminan 100% ni tashkil qiladi. Shunday qilib, qabul qilish usulini o‘zgartirish holatlarida, dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

15 mg meloksikamni mushak ichiga yuborilgandan keyin preparatning plazmadagi               1,62 mkg/ml ni tashkil etuvchi maksimal konsentrasiyasi (Smax) ga taxminan 1 soatdan keyin erishiladi.

Taqsimlanishi

Meloksikam plazma oqsillari (asosan albumin) bilan ahamiyatli darajada – 99% bog‘lanadi. Gistogematik to‘siqlar orqali o‘tadi, sinovial suyuqligiga o‘tadi. Sinovial suyuqligidagi konsentrasiyasi plazmadagi konsentrasiyaning 50% ni tashkil qiladi. Taqsimlanish hajmi (Vd) past va 11 l ni tashkil qiladi.

Metabolizmi

Jigarda to‘rtta farmakologik nofaol metabolitlarni hosil qilib, deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi. Asosiy metabolit, 5′-karboksimeloksikam (yuborilgan dozaning 60%), oraliq metabolit, 5′-gidroksimetilmeloksikamning oksidlanishi orqali hosil bo‘ladi (yuborilgan dozaning 9%). In vitro sharoitdagi tadqiqotlari, ushbu metabolik aylanishda SYP 2S9 izofermenti muhim rolni o‘ynashini va SYP 3A4 izofermenti esa qo‘shimcha ahamiyatga egaligini ko‘rsatgan. Preparatning yuborilgan dozasining 16% va 4% ni tashkil etuvchi ikkita boshqa metabolitni hosil bo‘lishida, ehtimol peroksidaza ishtirok etadi, uning faolligi esa individual o‘zgarib turadi.

Chiqarilishi

Meloksikam uchun xarakterli bo‘lgan ahamiyatli ichak-jigar sirkulyasiyasi preparatning chiqarilishiga ta‘sir qilmaydi. Meloksikam metabolitlar ko‘rinishida asosan buyrak va ichak orqali teng darajada chiqariladi. Meloksikamning 5% dan kamrog‘i o‘zgarmagan holda ichak orqali chiqariladi va o‘zgarmagan preparatning faqat juda oz miqdorigina siydikda aniqlanadi.

Meloksikamning o‘rtacha yarim chiqarilish davri (T1/2) 20 soatni tashkil qiladi. Plazma klirensi o‘rtacha minutiga 8 ml ni tashkil qiladi.

Qo‘llanilishi

Peroral va rektal yuborish yo‘llari orqali yuborib bo‘lmagan holatlarda revmatoid artritni zo‘rayishini, osteoartrozni, ankilozlanuvchi spondilitni (Bexterov kasalligi) qisqa muddatli simptomatik davolash amalga oshmagan holatlarda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatni mushak ichiga yuborish faqat davolashning birinchi 2-3 kunlari davomida ko‘rsatilgan. Keyinchalik davolashni preparatning peroral shakllarida (tabletkalar) qo‘llagan holda davom ettiriladi. Preparatni vena ichiga yuborish mumkin emas.

Meloksikamning maksimal sutkalik dozasi 15 mg ni tashkil qiladi.

Tavsiya qilinadigan doza og‘riqning jadalligi va yallig‘lanish reaksiyasining og‘irligiga qarab, sutkada bir marta 7,5 mg yoki 15 mg ni tashkil qiladi.

Preparatni qabul qilgandagi noxush nojo‘ya samaralarni, qisqa muddatda simptomlarni davolash uchun zaruriy eng past samarali dozasini qo‘llanilishi hisobiga kamaytirish mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Pasientning davolanishga bo‘lgan reaksiyasi, shuningdek uning simptomatik dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini muntazam ravishda baholash kerak.

Pasientlarning alohida guruhi

Keksa pasientlar va nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan pasientlar:

Keksa yoshdagi pasientlar uchun tavsiya etiladigan doza sutkada 7,5 mg ni tashkil etadi. Noxush reaksiyalarni paydo bo‘lish xavfi yuqori bo‘lgan pasientlar davolashni sutkada 7,5 mg dozadan boshlashlari kerak (1,5 ml saqlagan ampulani yarmi) (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar:

Og‘ir buyrak yetishmovchiligi tufayli gemodializdan o‘tuvchi pasientlar uchun sutkalik dozasi 7,5 mg dan oshmasligi kerak (1,5 ml saqlagan ampulani yarmi).

Buyrak funksiyasini yengil yoki o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan (ya‘ni, kreatinin klirensi minutiga 25 ml dan ko‘proq bo‘lgan pasientlarda) pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. (Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan dializ qilinmaydigan bemorlarni davolash uchun, “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar:

Jigar funksiyasini yengil yoki o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan pasientlarda dozani kamaytirish talab etilmaydi. (Jigar funksiyasini og‘ir yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni davolash uchun, “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

Bolalar:

Mesipol, 15 mg mushak ichiga yuborish uchun eritmani 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

Qo‘llash usuli:

Preparatni qat‘iy steril sharoitda mushak ichiga chuqur in‘eksiyasi orqali sekin yuboriladi. Preparatni qayta yuborish holatlarida, chap va o‘ng tomonlarni almashtirish tavsiya qilinadi. Qo‘llanilishidan oldin ignani tomir ichida emasligiga ishonch hosil qilish zarur. Og‘riq kuchli bo‘lgan hollarda preparatni yuborishni darhol to‘xtatish kerak. Son endoprotezi bo‘lgan pasientlarda preparatni protezlangan tomondan qarama-qarshi tomonga yuborish kerak.

Nomutanosibligini bo‘lishi mumkinligini hisobga olib, Mesipol ampulasi ichidagisini boshqa dori vositalari bilan bitta shprisda aralashtirish mumkin emas.

Majmuaviy qo‘llanishi. Tabletkalar, shamchalar, ichga qabul qilish uchun suspenziya va in‘eksiya ko‘rinishida qo‘llanadigan Mesipol preparatining umumiy sutkalik dozasi 15 mg dan oshmasligi kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyida keltirilgan doriga nisbatan noxush reaksiyalarni uchrash tez-tezligi kamida 14 kunni tashkil qilgan 27 klinik tadqiqotlarda tasdiqlangan nojo‘ya ko‘rinishlar tez-tezligiga mos ravishda asoslangan. Ma‘lumotlar 1 yilgacha bo‘lgan vaqt davomida har kuni peroral 7,5 mg va 15 mg meloksikam tabletkasi yoki kapsulasi bilan davolangan 1597 nafar pasient ishtirokidagi klinik tadqiqotlarga asoslangan. Postmarketing o‘rganishlar natijasida olingan preparatga nisbatan noxush reaksiyalar hisobga olingan. Uchrash tez-tezligini paydo bo‘lishiga qarab, noxush reaksiyalar quyidagi toifalar bo‘yicha tavsiflangan: Juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan ≤1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan ≤1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan ≤1/1000 gacha); juda kam hollarda (≤1/10000), noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar bo‘yicha aniqlashni iloji yo‘q).

Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas:                        Anemiya

Kam hollarda:                      Leykopeniya, trombositopeniya

Juda kam hollarda:             Agranulositoz

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas:                        Anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalardan tashqari allergik reaksiyalar

Noma‘lum:                             Anafilaktik shok, anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar

Ruxiyatni buzilishi

Kam hollarda:                      Kayfiyatni buzilishi, dahshatli tush ko‘rishlar

Noma‘lum:                            Karaxtlik, orientasiyani yo‘qolishi

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez:                                 Bosh og‘rig‘i

Tez-tez emas:                        Bosh aylanishi, uyquchanlik

Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda:                      Ko‘rishni buzilishi, shu jumladan noaniq ko‘rish, kon‘yunktivit

Eshitish a‘zolari va labirint tomondan buzilishlar

Tez-tez emas:                        Vertigo

Kam hollarda:                      Quloqlarda shovqin

Yurak tomondan buzilishlar

Tez-tez emas:                        Yurak urishini tezlashishi

NYAQP ni qo‘llash bilan bog‘liq yurak yetishmovchiligini rivojlanishi to‘g‘risida xabar berilgan.

Qon tomir tizimi tomondan buzilishlar

Tez-tez emas:                         Arterial bosimni oshishi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga  qarang), qon quyilishlar

Ushbu tadqiqotlar, ba‘zi NYAQP, shu jumladan meloksikamni qo‘llash, balki arterial trombotik holatlari xavfini ahamiyatsiz darajada oshishi bilan kechishi mumkinligini ko‘rsatadi (masalan, miokard infarkti yoki insult).

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda:                       Aspirin yoki boshqa NYAQP larga allergiyasi mavjud bo‘lgan ba‘zi odamlarda astma xurujlarini paydo bo‘lishi

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez:                                 Dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, diareya

Tez-tez emas:                         Yashirin yoki aniq me‘da ichakdan qon ketishlar, stomatit, gastrit, qabziyat, meteorizm, kekirish

Kam hollarda:                      Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yaralari, ezofagit, kolit

Juda kam hollarda:             Gastrointestinal perforasiya

Me‘da-ichak qon ketishlari, yaralari va perforasiyalari, ayniqsa keksa yoshdagi pasientlarda og‘ir darajada kechishi va o‘lim bilan yakunlanishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Jigar va o‘t chiqaruvchi yo‘llar tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas:                         jigar funksiyasini buzilishi (masalan, transaminaza yoki bilirubin darajasini oshishi)

Juda kam hollarda:              Gepatit

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas:                        Eshakemi, qichishish, toshmalar

Kam hollarda:                       Angionevrotik shishlar, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz

Juda kam hollarda:              Bullyoz dermatit, ko‘p shaklli eritema

Noma‘lum:                             Yorug‘likka sezuvchanlik

Buyrak va siydik-chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas:                         Organizmda natriy va suyuqliklarni tutilishi, giperkaliemiya (“Maxsus ko‘rsatmalar” va “Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limlariga qarang), buyrak sinamalari ko‘rsatkichlarini oshishi (qon zardobi kreatinini va/yoki mochevinani oshishi)

Kam hollarda:                       xavf omili yuqori bo‘lgan bemorlarda funksional o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang)

Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar

Tez-tez:                                 In‘eksiya joyida qattiqlashish va og‘riq

Tez-tez emas:                        Shishlar, shu jumladan qo‘l-oyoqlarni shishlari

Alohida jiddiy va/yoki tez-tez uchraydigan nojo‘ya reaksiyalarning xususiyatlari

Meloksikam va boshqa potensial mielotoksik preparatlar bilan davolangan pasientlarda juda kam hollarda agranulositoz holatlari paydo bo‘lgan.

Ushbu preparatni qabul qilinishi bilan bog‘liq noxush reaksiyalar qayd qilinmagan, biroq bu ushbu sinf dori vositalari uchun odatdagi holat hisoblanadi.

O‘tkir buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan buyrakni organik shikastlanishi: juda kam hollarda interstisial nefrit, o‘tkir tubulyar nekroz, nefrotik sindrom, so‘rg‘ichlar nekrozi qayd etilgan (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • meloksikamga yoki ushbu preparatni biron-bir yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlikda yoki analogik ta‘siri bo‘lgan vositalar, masalan, boshqa NYAQV, aspiringa yuqori sezuvchanlikda. Meloksikamni astma, burun polipi, angionevrotik shish yoki aspirin yoki boshqa NYAQV qo‘llangandan so‘ng paydo bo‘ladigan eshakemi belgilari kuzatilgan pasientlarga buyurish mumkin emas (shu jumladan anamnezida);
  • me‘da-ichak yara kasalligini faol shakli yoki me‘da-ichak yara kasalligini qaytalanishi/qon ketish holatlari (2 yoki undan ortiq tasdiqlangan yaralar yoki qon ketish hurujlari);
  • og‘ir jigar yetishmovchiligi yoki jigarning faol kasalligi;
  • dializ o‘tkazilmayotgan bemorlardagi og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam);
  • gastrointestisial qon ketishi, serebrovaskulyar qon ketish va boshqa qon ketishlar;
  • qon ivishini buzilishi yoki antikoagulyant dori vositalarini qabul qilish (mushak ichiga yuborish bilan aloqador qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar);
  • me‘da-ichakdan qon ketishi va anamnezida oldin NYAQV davolash bilan bog‘liq me‘da-ichak teshilishlari;
  • og‘ir yurak yetishmovchiligi;
  • homiladorlik (birinchi uch oyligi) va emizish (“Homiladorlik va laktasiya” bo‘limiga qarang);
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • koronar shuntlashda (by-pass xirurgiya) operasiyadan keyin og‘riqlarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Pasient so‘ngi vaqtlarda qabul qilgan barcha preparatlar, shu jumladan reseptsiz dorilar to‘g‘risida shifokorga xabar berishi kerak

Farmakodinamik o‘zaro ta‘siri:

Boshqa NYAQP, jumladan salisilatlar (asetilsalisil kislotasi bilan ≥3 g/sut): boshqa NYAQP va yallig‘lanishga qarshi preparatlar, shu jumladan asetilsalisil kislotasini yallig‘lanishga qarshi dozalarda (1 g bir marta va ≥3 g/sut) bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Kortikosteroidlar: me‘da-ichakda yara paydo bo‘lishi va qon ketish xavfi yuqoriligi tufayli kortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda ehtiyotkorlik talab etiladi.

Peroral antikoagulyantlar va geparinni terapevtik va geriatrik dozalari: Trombositlar funksiyasini susayishi va gastroduodenal shilliq qavatini shikastlanishi tufayli, qon ketish xavfi yuqori. NYAQP, varfarin kabi antikoagulyantlarni samarasini kuchaytirish mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). NYAQP va peroral antikoagulyantlarni yoki geparinni terapevtik yoki geriatrik dozalarni bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Boshqa klinik vaziyatlarda qon ketishi xavfi yuqoriligi tufayli, meloksikam bilan geparinni bir vaqtda qo‘llashda ehtiyotkorlik talab etiladi.

Agar bunday birgalikda qo‘llanishni iloji bo‘lmasa, xalqaro normallashgan indeksni (XNI) sinchkov nazorat qilish lozim.

Trombolitik va antitrombositar preparatlar: trombositlar funksiyasini susayishi va gastroduodenal shilliq qavatlarini shikastlanishi tufayli qon ketish xavfi yuqori.

Serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari (SSRI): gastrointestinal qon qetishlarning rivojlanish xavfi yuqori (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Diuretiklar, AAF ingibitorlari va angiotenzin-II reseptorlarini antagonistlari:

NYAQP diuretiklar va boshqa antigipertenziv preparatlar samarasini pasaytirishi mumkin. Buyrak funksiyasini buzilishlari bo‘lgan ba‘zi bemorlarda (masalan, suvsizlangan bemorlar yoki buyrak funksiyasini buzilishlari bo‘lgan keksa yoshdagi pasientlar) AAF ingibitorlari yoki angiotenzin-II reseptori antagonistlari va siklooksigenazalar faolligini tormozlovchi preparatlar bilan majmuada qo‘llash, keyinchalik buyrak funksiyasini yomonlashishiga, shu jumladan odatda qaytuvchan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, shunga o‘xshash birikmalarni qo‘llashni, ayniqsa keksa yoshdagi pasientlarni davolashda ehtiyotkorlik talab etiladi. Pasientni adekvat suyuqlik bilan ta‘minlash zarur, shuningdek yondosh davolash boshlangandan keyin buyrak funksiyasini nazorat qilish, oxirida esa – muntazam oraliq vaqt orqali (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Boshqa gipertoniyaga qarshi preparatlar (masalan, beta-blokatorlar):

Beta-blokatorlarni gipertoniyaga qarshi samarasini pasayishi mumkin (qon tomirlarini kengaytiruvchi samaraga ega prostaglandinlarni ingibisiya qilinishi hisobiga).

Kalsiynevrin ingibitorlari (masalan, siklosporin, takrolimus)

NYAQP ning buyrak prostaglandinlariga nisbatan o‘zaro ta‘siri kalsiynevrin ingibitorlarining nefrotoksikligini oshirishi mumkin. Majmuaviy davolash vaqtida buyrak funksiyasini tekshirish zarur. Buyrak funksiyasini, ayniqsa keksa yoshdagi shaxslarda sinchkov nazorat qilish tavsiya etiladi.

Bachadon ichi vositalari: NYAQP ni qo‘llash bachadon ichi vositalarining samaradorligini pasaytirishi mumkin. Avval nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarini (NYAQP) bachadon ichi vositalarining samaradorligini pasaytirish to‘g‘risidagi xabarlar kelib tushgan bo‘lsada, biroq buni aniqlash uchun keyinchalik tadqiqotlarni o‘tkazish zarur.

Farmakokinetik o‘zaro ta‘sirlari (meloksikamni boshqa preparatlar farmakokinetikasiga ta‘siri).

Litiy: NYAQP qonda litiy darajasini oshiradi (litiyning buyrak orqali chiqarilishini kamayishi tufayli), bu litiyning konsentrasiyasini toksik darajagacha oshishiga olib kelishi mumkin. Litiy va NYAQP ni mavmuada qo‘llash tavsiya etilmaydi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Agar bunday majmuada qo‘llashga zarurat tug‘ilsa, meloksikamni bilan davolashni boshqa, uni dozasiga tuzatish kiritish va bekor qilishda qon plazmasida litiyni konsentrasiyasini sinchkov nazorat qilish kerak.

Metotreksat: NYAQP qon plazmasida metotreksatni konsentrasiyasini oshirib, naychali sekresiyasini kamaytirishi mumkin. Shu sababdan, metotreksatni yuqori dozalarda qabul qiluvchi pasientlar uchun (haftada 15 mg dan ko‘proq) NYAQP ni yondosh qo‘llash tavsiya etilmaydi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Metotreksatni kichik dozalarda qabul qiluvchi, ayniqsa buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlarda NYAQP va metotreksat o‘rtasidagi o‘zaro ta‘sir xavfini ko‘rib chiqish lozim. Mavmuaviy davolash zarurati bo‘lgan holatlarda qon tahlilini o‘tkazish va buyrak funksiyasini kuzatish kerak. 3 kun davomida ikkala preparatni ham NYAQP, ham metotreksatni qabul qilinganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, bunda metotreksatni qon plazmasidagi konsentrasiyasi toksik konsentrasiyagacha oshishi mumkin. Garchi meloksikam bilan davolash metotreksatni farmakokinetikasiga (haftada 15 mg dozada) bevosita ta‘sir qilmasa ham, NYAQP ni qo‘llash natijasida metotreksatni gematologik toksikligi kuchayishi mumkinligini hisobga olish kerak (yuqoriga qarang).

Farmakokinetik o‘zaro ta‘sirlari (meloksikamni boshqa preparatlar farmakokinetikasiga ta‘siri).

Xolestiramin: xolestiramin meloksikamning chiqarilishini jigar-ichak resirkulyasiyasini uzish yo‘li bilan  shunday tarzda tezlashtiradiki, bunda meloksikamni klirensi 50% ga oshadi, yarim chiqarilish davri esa 13±3 soatgacha kamayadi. Bunday o‘zaro ta‘sir klinik ahamiyatga ega.

Antasidlar, simetidin, digoksin va furosemid bilan yondosh davolashga nisbatan klinik ahamiyatli farmakokinetik dorilarning o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Diabetga qarshi preparatlar bilan o‘zaro ta‘sirini inkor qilmaslik kerak.

Meloksikam organizmdan asosan jigar metabolizmi yo‘li bilan chiqariladi. Taxminan 2/3 dozasi sitoxrom R 450 ishtirokida metabolizmga uchraydi (asosan, izoenzim CYP 3A4 bilan kamroq izoenzim), qolgan 1/3 dozasi esa boshqa yo‘llar, masalan peroksidaza bilan oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Shu sababli, CYP 2C9 va/yoki CYP 3A4 ni ta‘sirini kuchli tormozlaydigan preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri paydo bo‘lishini e‘tiborga olish lozim.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Simptomlarni davolash uchun zarur bo‘lgan minimal samarali dozalarni maksimal qisqa davr davomida qo‘llangan hollarda noxush samaralar minimal darajaga yetkazish mumkin (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga va quyida gastrointestinal va yurak-qon tomir xavfiga qarang).

Terapevtik samara yetishmovchiligi hollarida tavsiya qilingan maksimal sutkalik doza oshirilmasligi kerak: shuningdek bu qo‘shimcha NYAQP ni buyurish mumkin emas, chunki bu terapevtik samarasi tasdiqlanmagan hollarda toksiklikni oshirishi mumkin. Meloksikamni nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP), shu jumladan siklooksigenaza-2 ni selektiv ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish lozim. O‘tkir og‘riqlarni davolashga muhtoj pasientlar uchun meloksikam buyurilmaydi. Bir necha kun davomida yaxshilanish kuzatilmasa, meloksikam bilan davolashning klinik afzalligini qayta baholash kerak bo‘ladi. Meloksikam bilan davolashni boshlangunicha ezofagit, gastrit va/yoki me‘da-ichak yara kasalliklarni barcha holatlari to‘g‘risidagi ma‘lumotni aniqlash va ularni to‘liq davolaganligiga ishonch hosil qilish zarur.

Bunday turdagi kasalliklarni o‘tkazgan pasientlarni va meloksikam bilan davolangan pasientlarni kasallikni qaytalanishi bo‘yicha muntazam tekshirish lozim.

Gastrointestinal samaralar

Barcha NYAQP larni davolashni har qanday davrida qo‘llanganda anamnezida avvalgi simptomlar yoki ularsiz yoki kasallik tarixida jiddiy gastrointestinal ko‘rinishlar bo‘lganida, fatal oqibatlarga olib keluvchi gastrointestinal qon ketishlar, yaralar va teshilishlar hosil bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgan. Anamnezida me‘da-ichak yara kasalliklari bo‘lgan pasientlarda, shuningdek keksa shaxslarda NYAQP lar dozasi oshirilganda, ayniqsa agar kasallik qon ketishlar yoki teshilishlar bilan asoratlangan bo‘lsa, gastrointestinal qon ketishlar, yaralar va teshilishlar hosil bo‘lishi xavfi oshishi mumkin (“Nojo‘ya reaksiyalar” bo‘limiga qarang). Bunday pasientlar davolashni eng past dozalar bilan boshlashlari kerak. Bunday pasientlar, shuningdek gastrointestinal xavfni oshirishi mumkin bo‘lgan aspirin yoki boshqa yondosh preparatlarning past dozalariga muhtoj pasientlar uchun himoyalovchi vositalar bilan majmuaviy davolashni e‘tiborga olish zarur (masalan, mizoprostol yoki proton pompalarining ingibitorlari bilan) (quyidagiga va “Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Gastrointestinal toksiklik o‘zgarishi bo‘lgan pasientlar, ayniqsa keksa shaxslar asosan davolashni boshlash bosqichida har qanday noodatiy abdominal simptomlar (ayniqsa, gastrointestinal qon ketishlar) to‘g‘risida xabar berishlari kerak.

Me‘da-ichak yarasini hosil bo‘lishi va qon ketishlar xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan yondosh preparatlar, terapevtik yoki geriatrik dozadagi geparin kabi, varfaringa o‘xshash antikoagulyantlar, yoki boshqa NYAQP, shu jumladan yallig‘lanishga qarshi dozalarda qabul qilinuvchi asetilsalisil kislotani (≥1 g dan bir martalik yoki ≥3 g dan sutkalik dozalarda) qabul qiluvchi pasientlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Agar meloksikamni davolash sifatida qabul qiluvchi pasientlarda gastrointestinal qon ketishlar va yaralar hosil bo‘lishi kuzatilsa, bunday davolash bekor qilinishi kerak. NYAQP larni anamnezida me‘da-ichak yo‘llarining kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki bu kasalliklar zo‘rayishi mumkin (“Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limiga qarang).

Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar samaralari

Muvofiq kuzatish va tavsiyalar anamnezida gipertoniya va/yoki yengil va o‘rtacha turg‘un yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun muhim, sababi, NYAQP davolash bilan bog‘liq suyuqliklarni tutilishi va shishlar to‘g‘risida xabarlar berilgan.

Klinik tadqiqotlar va epidemiologik ma‘lumotlar, ba‘zi NYAQP larni shu jumladan meloksikam qo‘llanilishi, (asosan yuqori dozalarda va uzoq muddat davolashda) arterial trombotik ko‘rinishlar (masalan, miokar infarkti yoki insult) ning rivojlanish xavfi sezilarsiz darajada oshishi bilan kechishi mumkinligini ko‘rsatdi. Yetarli bo‘lmagan ma‘lumotlar, meloksikam uchun bunday xavflarni istisno qiladi. Nazorat qilib bo‘lmaydigan gipertoniya, surunkali yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi tashhisi qo‘yilgan, periferik arteriya va/yoki serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda kuzatiladigan xavflar sinchkov baholangandan so‘ng meloksikam bilan davolash o‘tkaziladi. Yurak-qon tomir kasalliklarining (masalan, gipertoniya, giperlipidemiya, qandli diabet, chekish) xavf omillari bo‘lgan pasientlarda uzoq muddatli davolash boshlangunicha analogik baholashni o‘tkazish zarur.

Teri reaksiyalari

Meloksikamni qo‘llash bilan bog‘liq terining jiddiy reaksiyalari, hatto ayrimlari o‘lim holatiga olib keluvchi, shu jumladan eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson va epidermal toksik nekrolizlar to‘g‘risida xabarlar berilgan.

Pasientlarni og‘ir teri reaksiyalarining barcha belgi va simptomlari to‘g‘risida xabardor qilish kerak, shuningdek ular teri qoplamlarini tekshiruvlaridan muntazam o‘tishlari kerak. Pasientlar bunday reaksiyalarning eng yuqori xavfiga davolash kursini boshlanishida duchor bo‘ladilar: ko‘pchilik holatlarda reaksiyalarni boshlanishi davolashning birinchi oyi davrida sodir bo‘ladi. Meloksikamni qo‘llashni dastlabki teri toshmalari, shilliq qavatni shikastlanishi yoki turli xil boshqa yuqori sezuvchanlik belgilari paydo bo‘lganida darhol bekor qilish kerak.

Stivens-Djonson sindromini va toksik epidermal nekrolizni davolashda eng yaxshi natijalarga tashhis erta qo‘yilganda va gumon chaqiruvchi preparatlar to‘liq istisno qilinganda erishilgan. Preparatni erta bekor qilish davolashni eng yaxshi prognozi bilan bog‘liq. Agar pasientda Stivens-Djonson sindromi yoki toksik epidermal nekrolizni paydo bo‘lishi meloksikamni qo‘llanishi bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda hech qachon meloksikam bilan davolashni o‘tkazmaslik kerak.

Jigar va buyrakning funksional ko‘rsatkichlariga o‘zaro ta‘siri

Ko‘pgina NYAQP lar kabi kam hollarda zardobda transaminazalar darajasini oshishi, qon zardobida bilirubinni oshishi yoki boshqa jigar funksiyasini ko‘rsatkichlari, shuningdek qon zardobida kreatinin konsentrasiyasini va azot mochevinani oshishi va boshqa laborator buzilishlar kuzatilgan. Ko‘pchilik shunga o‘xshash namunalar o‘zida faqat vaqtinchalik va ahamiyatsiz darajadagi ko‘rsatkichlarni yashiradi. Agar bunday buzilishlar ahamiyatli va barqaror ta‘sir ko‘rsatsa, meloksikamni qo‘llashni bekor qilish kerak va muvofiq tekshiruvlarni o‘tkazish lozim.

Funksional buyrak yetishmovchiligi

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) buyrak prostaglandinlarining qon tomirlarni kengaytiruvchi samarasini susaytirishi va kalavalar filtrasiyani pasaytirib funksional buyrak yetishmovchiligini chaqirishi mumkin. Bunday nojo‘ya samaralar dozaga qarab qaytuvchan hisoblanadi. Davolashning boshida yoki doza oshirilganidan so‘ng AAF ingibitorlari, angiotenzin II reseptorlarining antagonistlari, sartanlar, diuretiklar bilan yondosh davolashni qabul qilayotgan keksa yoshdagi pasientlar, hamda gipovolemiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi, nefrotik sindrom, yugurikli nefropatiya, og‘ir jigar yetishmovchiligi (zardob albumini Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha ≤25 g/l yoki ≥10 ball) bo‘lgan pasientlarda diurez va buyrak funksiyasining sinchkov nazorati tavsiya qilinadi (“Dorilarning o‘zaro ta‘sirlari” bo‘limiga qarang). Bunday pasientlarga buyrak funksiyasini muntazam monitoringi kerak. Kam holatlarda NYAQP lar interstisial nefrit, glomerulonefrit, modulyar buyrak nekrozi yoki nefrotik sindromini paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Organizmda kaliy, natriyni darajasi va suqlikni tutilishi

NYAQP lar qo‘llangan vaqtda organizmda natriy, kaliy va suyuqlikni tutilishi, shuningdek diuretiklarning natriyuretik samarasini pasayishi kuzatilishi mumkin. Shuningdek gipotenziv preparatlarning antigipertenziv samarasini pasayishi kuzatiladi (“Dorilarning o‘zaro ta‘sirlari” bo‘limiga qarang). Buning natijasida sezuvchan pasientlarda shishlarni zo‘rayishi va kuchayishi, yurak yetishmovchiligi yoki gipertenziya kuzatilishi mumkin. Xavf omiliga ega pasientlarda klinik kuzatuvni o‘tkazish zarur (“Qo‘llash usuli va dozalari” va “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limlariga qarang).

Giperkaliemiya

Diabet yoki giperkaliemik ta‘siri ma‘lum bo‘lgan yondosh vositalar giperkaliemiya paydo bo‘lishiga imkon yaratishi mumkin (“Dorilarning o‘zaro ta‘sirlari” bo‘limiga qarang). Bunday holatlarda qonda kaliy darajasini muntazam baholash kerak.

Boshqa ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari

Keksa yoshdagi, salomatligi kuchsiz yoki zaiflashgan odamlarda nojo‘ya samaralar ko‘pincha yomon o‘tishi mumkin, ular bunga asosan sinchkov kuzatuvni talab etadi. Boshqa NYAQP larda kuzatilgan holatlari kabi, tez-tez buyrak, jigar va yurak funksiyasi buzilgan keksa yoshdagi odamlarga alohida ehtiyotkorlik talab etiladi. Keksa yoshdagi odamlarda NYAQP larni qo‘llash bilan bog‘liq nojo‘ya reaksiyalarni uchrash tez-tezligi yuqori, ayniqsa o‘lim holatiga olib kelishi mumkin bo‘lgan gastrointestinal qon ketishlar, teshilishlar kuzatilishi mumkin (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang).

Meloksikam boshqa har qanday NYAQP lari kabi infeksion kasalliklarni simptomlarini yashirishi mumkin.

Boshqa har qanday NYAQP lar qo‘llanganda bo‘lgani kabi, mushak ichiga yuborilganda in‘eksiya joyida absess yoki nekroz paydo bo‘lishi mumkin. Boshqa dori vositalari kabi meloksikamni qo‘llash siklooksigenazalar faolligini/prostaglandinlar sintezini tormozlaydi, bu homilador bo‘lish qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkin va shuning uchun bu preparat homilador bo‘lishga harakat qilayotgan ayollarga tavsiya qilinmaydi. Homilador bo‘lish qiyin kechayotgan ayollar, yoki bepushtlik sababini aniqlash uchun tekshiruvlardan o‘tayotganlar meloksikamni qabul qilishni inkor etishlari kerak.

Dori vositasi bitta 1,5 ml hajmdagi ampulada 1 mmol dan kamroq natriyni (23 mg) saqlaydi, shuning uchun uni deyarli natriy saqlamaydi deb hisoblash mumkin.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Har qanday dori vositalarini qo‘llashdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashish lozim.

Homiladorlik

Prostaglandinlar sintezini susayishi homiladorlik va/yoki embriofetal rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu epidemiologik tadqiqotlar, bola tashlash xavfini oshishi, shuningdek homiladorlikni erta muddatlarida prostaglandinlar sintezi ingibitorlarini qo‘llashdan so‘ng yurak nuqsonlari va gastroshizisning paydo bo‘lishini ko‘rsatdi. Yurak-qon tomir tizimining mutloq anomaliyalar xavfi 1% kamdan taxminan 1,5% gacha oshadi. Taxminan, dozalar va davolash davomiyligiga qarab xavf oshadi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi, prostaglandinlar sintezi ingibitorlarini qo‘llash implantasiyadan oldingi va implantasiyadan keyingi yo‘qotishlarni oshishiga va embrionni o‘limiga olib kelishini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, prostaglandinlar sintezi ingibitori yuborilgan hayvonlarda, shu jumladan organogenez davrida yurak-qon tomir tizimida turli xil tug‘ma nuqsonlarni paydo bo‘lish tez-tezligini oshishi to‘g‘risida xabarlar berilgan. Meloksikamni muhim holatlardan tashqari homidorlikni birinchi va ikkinchi uch oyligida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Agar meloksikamni homilador bo‘lish harakatidagi ayollar, yoki homiladorlikni birinchi va ikkinchi uch oyligida qo‘llansa, unda preparatni dozasi maksimal past, davolash davomiyligi esa mumkin qadar qisqaroq bo‘lishi kerak.

Homiladorlikning uchinchi uch oyligida prostaglandinlar sintezini barcha ingibitorlari

homilada:

  • yurak-o‘pka toksikligi (arterial oqimini muddatidan avval yopilishi va o‘pka gipertenziyasi bilan);
  • buyrak funksiyasini buzilishi, u oligogidroamnioz bilan kechadigan buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.

homiladorlikning oxirida ona va chaqaloqlarda:

  • qon ketishlar vaqtini uzayishi mumkin, qon ivishiga qarshi samarasi, hatto juda past dozalarda ham paydo bo‘lishi mumkin;
  • bachadon qisqarishlarini tormozlanishi, bu tug‘ruq vaqtini cho‘zilishiga yoki uzayishiga olib kelishi mumkin.

Demak, meloksikamni homiladorlikni uchinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas.

Laktasiya

Meloksikamni laktasiya davrida qo‘llanilishi to‘g‘risida ma‘lumotlarni yo‘qligiga qaramasdan, NYAQP lar ko‘krak suti bilan chiqariladi. Emizikli ayollarda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarda xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri

Transport vositalarini boshqarish va turli mexanizmlarda xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri bo‘yicha maxsus tekshirish o‘tkazilmagan. Shunga qaramasdan, farmakodinamik profiliga va preparatga nisbatan tasdiqlangan noxush reaksiyalarga asosan, meloksikam ushbu qobiliyatlarga nisbatan hech qanday ta‘sirga ega emas yoki ahamiyatsiz darajadagi ta‘sirga ega. Ammo ko‘rishni buzilishi yoki uyquchanlik, bosh aylanishi yoki markaziy nerv tizimining ishidagi boshqa buzilishlar paydo bo‘lganda haydashdan va mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish tavsiya qilinadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi hollarida darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Simptomlar: ongni buzilishi, ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriyda og‘riqlar, me‘da-ichakdan qon ketishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, nafasni to‘xtashi, asistoliya. Dozani oshirib yuborilishi natijasida anafilaktik reaksiyalarni paydo bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ta‘riflangan.

Davolash: simptomatik va tutib turuvchi davolashni o‘tkazish lozim. Klinik tadqiqotlarda 4 g xolestiraminni sutkada 3 marta yuborish meloksikamni organizmdan tezda chiqarilishiga yordam beradi.

Chiqarilish shakli

1,5 ml eritma sig‘imi 2 ml li, yuzasiga yashil rangli kodlovchi halqa tushirilgan I tip shisha ampulada.

Ampulaning bo‘yin qismidagi sindirish joyida o‘yiqcha va undan yuqorida oq rangli nuqta bor.

3 yoki 5 ampuladan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Preparatni yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MESIPOL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MESIPOL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MESIPOL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3 dori vositasi Pharmaceutical Works Polpharma S.A. tomonidan Polsha mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MESIPOL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MESIPOL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MELOKSIKAM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 1% N5
MESIPOL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
MELOFLAM tabletkalari 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
MELOFLAM tabletkalari 7,5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
MELBEK inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S. Турция произведено Idol Ilac Dolum San.Ve Tic.A.S
Narh: 34 900 so'mdan Batafsil
LOKSIDOL tabletkalari 15mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
LOKSIDOL inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil:
Narh: 41 400 so'mdan Batafsil
REVMOKSIKAM tabletkalari 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
AMELOTEKS gel 50g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Сотекс,ФармФирма,ЗАО, произведено Озон,ООО
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
REKLIN tabletkalari 15mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vegapharm LLP., Великобритания произведено: Replek Farm Ltd. Skopje
  • Vakil: VEGAPHARM
Narh: 72 990 so'mdan Batafsil
REKLIN tabletkalari 7,5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vegapharm LLP., Великобритания произведено: Replek Farm Ltd. Skopje
MELOKSIKAM suppozitorii 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Moldova
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Farmaprim S.R.L
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
MELOKSIKAM suppozitorii 7,5mg N10
Narh: 39 200 so'mdan Batafsil
REVMOKSIKAM tabletkalari 7,5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 25 941 so'mdan Batafsil
ARTROZAN inyeksiya uchun eritma 2,5ml 6mg/ml N10
MELOKSIKAM DS inyeksiya uchun eritma 1,5ml 10mg/ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Danhson Trading & Pharma Co. Ltd, Вьетнам произведено: Zhangjiakou Kaiwei Pharmaceutical Co. Ltd.
MELOFLAM tabletkalari 7,5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
MELOKS tabletkalari 7,5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
MAKSIKAM tabletkalari 15mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Credence Remedies Private Limited
GRAMELL inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Mephar Ilac Sanayii A.S.
MELBEK FORTE tabletkalari 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
MELBEK tabletkalari 7,5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
MELBEK inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
MEKSILON inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medicus S.A., Греция произведено: Help S.A.
Narh: 47 400 so'mdan Batafsil
LOKSIDOL tabletkalari 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
Narh: 30 200 so'mdan Batafsil
LOKSIDOL suppozitorii 15mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: S.C. Magistra C & S.R.L.
  • Vakil:
Narh: 53 800 so'mdan Batafsil
REVMOKSIKAM suppozitorii 15mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
REVMOKSIKAM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 1% N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
KAMELOT tabletkalari 15mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
AMELOTEKS tabletkalari 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya / Rossiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: РЕПЛЕК ФАРМ ООО Скопье /ФармФирма Сотекс,ЗАО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Sumamigren tabletkalari 100mg N6
Narh: 162 800 so'mdan Batafsil
POLMATIN tabletkalari 10mg N28
Narh: 145 000 so'mdan Batafsil
POLMATIN tabletkalari 20mg N28
Narh: 180 000 so'mdan Batafsil
TROMBOPOL tabletkalari 75mg N60
Narh: 24 600 so'mdan Batafsil
OSTEMAKS 70 KOMFORT tabletkalari 70mg N4
MESIPOL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
BAKLOSAN tabletkalari 25mg N50
BAKLOSAN tabletkalari 10mg N50
METOKARD SR tabletkalari 23,75mg N28
GEVIRAN tabletkalari 800mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
GEVIRAN tabletkalari 400mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
GEVIRAN tabletkalari 200mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
ATORVASTEROL tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
ATORVASTEROL tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
ATORVASTEROL tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9