×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ASETIL S poroshok

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Аскорбиновая кислота, Ацетилцистеин
Ishlab chiqaruvchi:
- Nika Pharm, ДХО
ATX kodi:
- N02BA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

24 000 s`om dan
PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
SALDON tabletkalari N100 Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Coral Laboratories Limited Hindiston
PARASETAMOL suppozitorii 100mg N10 Алтайвитамины, ЗАО Rossiya
3 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ASETIL S poroshok qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ASETIL S

ACETYL C

 

Preparatning savdo nomi: Asetil S

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): asetilsistein. askorbin kislotasi

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun apelsin ta‘mli eritma tayyorlash uchun kukun.

Tarkibi:

faol modda: asetilsistein – 200 mg, askorbin kislotasi – 25 mg;

yordamchi moddalar: saxaroza, natriy saxarinati, quruq apelsin hushbo‘yi.

Ta‘rifi: o‘ziga xos apelsin hidli konglomeratlarsiz oq kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: mukolitik vosita.

ATX kodi: R05CB01

Farmakologik xususiyatlari

Asetilsistein sistein aminokislotasining hosilasi hisoblanadi. Mukolitik ta‘sirga ega, balg‘amning reologik xususiyatlariga bevosita ta‘sir qilib, balg‘amning ajralishini yengillashtiradi. Asetilsisteinning ta‘siri mukopolisaxaridlar zanjiridan disulfid bog‘larini uzish xususiyati va mukoproteidlarni depolyarizasiya qilish bilan bog‘liq bo‘lib, balg‘amning qovushqoqligini kamayishiga olib keladi. Natijada mukosiliar klirens oshadi va balg‘amni ko‘chishi yaxshilanadi. Preparat yiringli balg‘am bo‘lganida ham faolligini saqlaydi.

Sulfgidril guruhlarini (SN-guruh) oksidlovchi radikallarini bog‘lash va shu orqali uni bartaraf etishga asoslangan antioksidant ta‘sir ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, asetilsistein oksidlanishga qarshi tizim va organizmni kimyoviy detoksikasiyasining muhim komponenti bo‘lgan glutationni sintez qilish qobiliyati tufayli yallig‘lanish ko‘rinishlarini kamaytirish qobiliyatiga ega.

Asetilsisteinni profilaktika maqsadida qo‘llanganda surunkali bronxit va mukovissidozi bo‘lgan pasientlarda tez-tezligini va bakterial etiologiyali zo‘rayishlarning og‘irlik darajasini kamayishi kuzatiladi.

 

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganda preparat me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Keyinchalik asetilsisteinning metabolizmi diasetilsisteinni va faol metaboliti – sisteinni hosil bo‘lishi bilan jigarda kechadi. Metabolizmining oxirgi maxsuloti – aralash disulfidlardir. Ichga qabul qilinganda biokiraolishligi 10% ni (jigar orqali birlamchi o‘tishini yaqqol samarasi) tashkil etadi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 50% gacha (ichga qabul qilingandan keyin 4 soatdan so‘ng). Ichga qabul qilinganda maksimal konsentrasiyasiga (Smax) taxminan 1-3 soatdan keyin erishiladi. Gematoplasentar to‘siq orqali o‘tadi va homila atrofi suvlarida to‘planishi mumkin.

Nofaol metabolitlar siydik bilan chiqariladi (anorganik sulfatlar, diasetil -sistein), biroq asetilsisteinning oz miqdori o‘zgarmagan holda axlat bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 1 soatni tashkil qiladi, jigar funksiyasini buzilishida T1/2 8 soatgacha uzayadi.

 

 

 

Qo‘llanilishi

Nafas a‘zolarining yopishqoq balg‘amni hosil bo‘lishi bilan kechuvchi kasalliklari va holatlari:

  • o‘tkir va surunkali bronxit, traxeit, laringit,
  • obstruktiv bronxit, traxeit, laringotraxeit,
  • o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi,
  • pnevmoniya,
  • o‘pka abssessi
  • bronxoektatik kasallik,
  • bronxial astma,
  • bronxiolitlar,
  • bronxlarni shilliq tiqin bilan tiqilib qolishi oqibatidagi atelektaz,
  • o‘tkir va surunkali sinusit (sekretni ko‘chishini osonlashtirishi uchun),
  • o‘rta quloqning yallig‘lanishi (o‘rta quloq otiti),
  • mukovissidoz (majmuaviy davolash tarkibida),
  • posttravmatik va operasiyadan keyingi holatlarda nafas yo‘llarida yopishqoq sekret mavjud bo‘lganda,
  • parasetamol dozasi oshirib yuborilganda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ichga qabul qilish uchun eritma ko‘rinishida, ovqatdan keyin qabul qilinadi. Buning uchun paketcha ichidagi kukunni 1 stakan suvda, sharbatda yoki sovuq choyda eritib ovqatdan keyin qabul qilish lozim.

Boshqa tavsiyalar bo‘lmaganda quyidagi dozalarda qo‘llash tavsiya etiladi:

Kattalar va 14 yoshdan katta o‘smirlarga preparatni 200 mg dan sutkada 2-3 marta buyuriladi.

6 dan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 100 mg dan (1/2 paketchadan) sutkada 3 marta yoki 200 mg dan (1 paketchadan) sutkada 2 marta,

2 dan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga– 100 mg dan (1/2 paketchadan) sutkada 2 marta qabul qilish tavsiya qilinadi.

O‘tkir shamollash kasalliklarida qabul qilish davomiyligi 5-7 kunni tashkil qiladi. Surunkali bronxitlarda va mukovissidozda infeksiyalarni oldini olish uchun preparatni uzoqroq qabul qilish lozim.

Mukovissidozda 6 yoshdan katta bolalarga preparatni 200 mg dan (1 paketchadan) sutkada 3 marta, 2 dan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – preparatni 100 mg dan (1/2 paketchadan) sutkada 4 marta buyuriladi.

Tana vazni 30 kg dan katta bo‘lgan bemorlarga mukovissidozda, zarurat bo‘lganida dozani sutkada 800 mg (4 paketcha) gacha oshirish mumkin.

Suyuqlikni qo‘shimcha qabul qilish preparatning mukolitik samarasini kuchaytiradi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya ta‘sirlarni uchrash tez-tezligini baholash uchun quyidagi tasniflash ishlatiladi: juda ko‘p (≥1/10), tez-tez (≥1/100 <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 <1/100), kam hollarda (≥1/10 000 <1/1000), juda kam hollarda (<1/10 000).

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – taxikardiya, arterial gipotenziya.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – bosh og‘rishi.

Teri qoplamalari tomonidan: tez-tez emas – allergik reaksiyalar (qichishish, eshakemi, ekzantema, ekzema, toshma, angionevrotik shish).

Eshitish a‘zolari tomonidan: tez-tez emas – quloqda shang‘illash.

Nafas tizimi tomonidan: kam hollarda – dispnoe, bronxospazm (asosan bronxial tizimning bronxial astma bilan bog‘liq giperreaktivligi bo‘lgan pasientlar), rinoreya.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez emas – jig‘ildon qaynashi, dispepsiya, stomatit, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, og‘izdan yoqimsiz hid kelishi.

Umumiy buzilishlar: tez-tez emas – isitma.

Teri qoplamalari tomonidan og‘ir reaksiyalar (Stivens-Djonson va Layell sindromi) kuzatilgan. Asetilsistein qo‘llanganda kam hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini rivojlanishi bilan bog‘liq qon ketishlar kuzatilgan.

Klinik tasdiqlanmagan trombositlar agregasiyasini kamayishi holatlari kuzatilgan.

Juda kam hollarda – Kvinke shishi, yuz shishi, anemiya holatlari, gemorragiya va anafilaktik reaksiyalar yoki shok kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlik, balg‘am quyuqlashmagan bronxial astma, me‘da va o‘n ikki barmoqli ichakning zo‘rayish bosqichidagi yara kasalligi, qon tufurish, o‘pkadan qon ketishi, fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik, gepatit va buyrak yetishmovchiligi (pediatriyada), 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Asetilsisteinni buyrak usti bezi kasalliklarida, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Asetilsisteinni yo‘talga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganda, yo‘tal refleksini bostirishi tufayli balg‘amning dimlanib qolishini kuchaytirishi mumkin.

Antibiotiklar (shu jumladan, tetrasiklin, ampisillin, amfoterisin V) bilan bir vaqtda qo‘llanganda asetilsisteinning tiol guruhining faolligini kamayishi bilan kechuvchi o‘zaro ta‘siri bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun asetilsisteinni antibiotiklar bilan qabul qilishlar orasidagi interval kamida 2 soatni (sefiksim va lorakarbendan tashqari) tashkil qilishi kerak.

Asetilsistein parasetamolning gepatotoksik ta‘sirini kamaytiradi. Nitrogliserin bilan qo‘llanishi oxirgining qon tomirlarni kengaytiruvchi ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik vaqtida va emizishda, preparatni faqat ko‘rsatmalarga muvofiq shifokorning kuzatuvi ostida, va ona uchun kutilayotgan foyda homila yoki chaqaloq uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda buyurish mumkin.

Asetilsisteinning gematoensefalik to‘siq orqali o‘tishi va ko‘krak suti bilan ajralishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Asetilsistein bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanganda balg‘amni drenajini (chiqarilishini) ta‘minlash zarur. Uzoq muddat qo‘llanganda jigar, buyrak va buyrak usti bezlarining funksiyalarini hamda qon fermentlarini nazorat qilish lozim.

Preparatni bevosita uyquga ketish oldidan qabul qilish tavsiya qilinmaydi (18:00 gacha qabul qilish tavsiya etiladi).

Preparat qandli diabeti bo‘lgan pasientlarga buyurilganda, preparat saxarozani saqlashini hisobiga olish lozim.

Asetilsistein va antibiotiklarni qabul qilishlar orasidagi 1-2 soatlik intervalga rioya qilish lozim. Preparatni eritishda shisha idishdan foydalanish kerak, metall va rezinadan foydalanishdan saqlanish zarur.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: diareya, qusish, qorinda og‘riq, jig‘ildon qaynashi va ko‘ngil aynishi.

Davolash: simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

Apelsin ta‘mli kukun paketchalarda 3 g dan 5, 10, 20, 25 yoki 50 paketchalardan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutilarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ASETIL S poroshok dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ASETIL S poroshok dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ASETIL S poroshok dori vositasi Nika Pharm, ДХО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ASETIL S poroshok dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ASETIL S poroshok dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
Narh: 20 700 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
ASEKARD tabletkalari 50mg N30
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
RIZOSIN KIDS burun uchun tomchilar 10ml 0,025% N1
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
NIKADARON tabletkalari 200mg N10
RIZOSIN sprey 20ml 0,05% N1
ENALAPRIL NIKAPHARM tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
ENALAPRIL NIKAPHARM tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
ENALAPRIL NIKAPHARM tabletkalari 2,5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
JANET tabletkalari 1000mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
JANET tabletkalari 1000mg N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
JANET tabletkalari 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
AVIROL S NPH kapsulalar N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
NIKAZOLIN sprey 10ml 0,05%
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9