×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RINOMAKS AKTIV TAB tabletkalari N10

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Парацетамол, Фенилэфрин, Кофеин, хлорфенирамина малеат
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
Vakil:
- Nika Pharm
ATX kodi:
- N02ВЕ71
Noaniqliq haqida habar berish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
4, 10 tabletkalar kontur-uyali o'ramlarda.
1, 2, 5, 10 kontur uyali o'ramlar qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Rinomaks® aktiv Tab – majmuaviy preparat bo'lib, tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan bog'liq bo'lgan analgetik, isitmani tushiruvchi va allergiyaga qarshi ta'sirlarga ega.
Paratsetamol (atsetaminofen) – analgetik-antipiretik, analgetik va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Shamollash kasalliklarida og'riqli sindromlarni kamaytiradi, tomoq og'rig'i, bosh og'rig'i, mushak va bo'g'im og'riqlari, yuqori haroratni pasaytiradi. Ta'sir mexanizmi gipotalamusdagi termoregulyasiya markazida prostaglandinlar sintezini susaytirishi bilan bog'liq.
Kofein – Markaziy nerv tizimiga (MNT) rag'batlantiruvchi ta'sirga ega, charchoqlik va uyquchanlikni kamaytirshiga, jismoniy va aqliy ish qobiliyatini oshirishiga olib keladi.
Fenilefrin gidroxloridi – alfa1-adrenomimetik. Tomirlarni toraytiruvchi ta'sir ko'rsatadi, nafas yo'llari va burunning yondosh bo'shliqlari shilliq qavatining shishi va giperemiyasini kamaytiradi, burun orqali nafasni engillashtiradi.
Xlorfeniramin maleati (xlorfeniramin) – N1-reseptorlarning blokatori, allergiyaga qarshi ta'sir ko'rsatadi, burun bo'shlig'i, burun xalqumi va burunning yondosh bo'shliqlarining shishi va giperemiyasini kamaytiradi, ko'zlar va burunni qichishishini yo'qotadi, burun orqali nafasni engillashtiradi. Ekssudativ xurujlarni kamaytiradi.
Paratsetamol
Me'da-ichak yo'llarida (miy), asosan ingichka ichakda tez va deyarli to'liq so'riladi. 500 mg dozada bir marta qabul qilingandan keyin qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasiga (Cmax) 10-60 minutdan keyin erishiladi va 16 mkg/ml ni tashkil qiladi, so'ngra taxminan pasayadi va 6 soatdan keyin 11-12 mkg/ml ni tashkil etadi. Qon oqsillari bilan bog'lanishi axamiyatsiz. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 1-4 soatni tashkil qiladi, ammo doza oshirib yuborilganda jigar kasalliklarida va keksalarda uzayishi mumkin. Siydik bilan asosan glyukuronid va sulfatli kon'yugatlar ko'rinishida chiqariladi.
Kofein
Jigarda (97%) 1,7-metilksantin, 1,7-dimetilmetilksantin va 1,3-dimetilmochevina kislotasiga metabollanadi, ular siydik bilan chiqariladi.
Fenilefrin
Ichga qabul qilingandan keyin me'da-ichak yo'llariga yomon so'riladi. Ichak devorida va jigardan "birinchi o'tishi" da va monoaminooksidaza ishtirokida metabolizmga uchraydi. Fenilefrinning biokiraolishi past. Organizmdan buyraklar orqali chiqariladi.
Xlorfeniramin
Ichga qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo'llaridan yaxshi so'riladi. Gematoentsefalik to'siq orqali xar xil to'qimalarga kiradi. Oqsillar bilan bog'lanishi - yuqori. Jigarda metillanish yo'li orqali metabolizmlanadi. Metabolitlar ko'rinishida va me'da-ichak yo'llari va buyraklar ko'rinishida chiqariladi.
Kak i lyuboy Lekarstvenniy preparat, Rinomaks® aktiv Tab mojet vizvat Pobochnie reaktsii, xotya oni proyavlyayutsya ne u kajdogo.
Pri primenenii preparata Rinomaks® aktiv Tab vozmojni sleduyutshie nejelatelnie reaktsii:
Allergicheskie reaktsii: kojnaya sip, zud, krapivnisa, angionevroticheskiy otek.
So storoni SNS: golovokrujenie, narushenie zasipaniya, povishennaya vozbudimost.
So storoni serdechno-sosudistoy sistemi: povishenie AD, taxikardiya.
So storoni pitshevaritelnoy sistemi: suxost vo rtu, toshnota, rvota, bol v epigastrii, gepatotoksicheskoe Deystvie.
So storoni organa zreniya: midriaz, parez akkomodasii, povishenie vnutriglaznogo davleniya.
So storoni sistemi krovetvoreniya: anemiya, trombositopeniya, agranulositoz, gemoliticheskaya anemiya, aplasticheskaya anemiya, metgemoglobinemiya, pantsitopeniya.
So storoni mochevidelitelnoy sistemi: pochechnaya kolika, glyukozuriya, inerstisialniy nefrit, papillyarniy nekroz.
So storoni dixatelnoy sistemi: bronxoobstruktsiya.
Esli u vas otmechayutsya lyubie drugie Pobochnie reaktsii, ne opisannie v etom listke-vkladishe, pojaluysta, soobtshite vashemu vrachu ili farmasevtu.
Rinomaks® aktiv Tab preparatini qo'llash davrida alkogol, uyqu chaqiruvchi va anksiolitik preparatlarni (trankvilizatorlar) qabul qilishdan saqlanish lozim.
Agar, preparatni qabul qilishga qaramasdan, kasallik simptomlari 3-5 kun davomida o'tib ketmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Paratsetamol saqlovchi boshqa dori vositalarini birgalikda qabul qilmang.
Uzoq vaqt davomida qo'llanganda preparat nefrotoksik va gepatotoksik ta'sir ko'rsatadi.
Gripp, O'RVI (isitma sindromi, og'riq sindromi, rinoreya), allergik rinit va rinit, burunni bitishi, bosh og'rig'i, isitma, etni uvishishi, bo'g'im va mushaklarda og'riq bilan kechuvchi boshqa shamollash kasalliklarini simptomatik davolashda.
Rinomaks® aktiv Tab quyidagi xollarda qo'llanmasin:
-Paratsetamolga va preparatining tarkibiga kiruvchi boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
-Rinomaks® aktiv Tab tarkibiga kiruvchi moddalar saqlovchi boshqa preparatlarni qabul qilish;
-Koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozi, yurak ishemik kasalligi;
-Ariterialnaya gipertenziya (og'ir kechishi);
-Qandli dibet (og'ir kechishi);
-Beta-adrenoblokatorlar, monoaminooksidaza ingibitorlari, trisiklik antidepressantlarni bir vaqtda qabul qilish;
-Homiladorlik, laktasiya davri;
-12 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Ehtietkorlik bilan: arterial gipertenziya, qalqonsimon bezining kasalliklari (tireotoksikoz, gipertireoz); feoxromasitoma, qandli diabet, bronxial astma, o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, qon kasalliklari, tug'ma giperbilirubinemiya (Jilber, Dubin-Djonson va Rotora sindromlari), jigar va/yoki buyrak etishmovchiligi, yopiqburchakli glaukoma, prostata bezining giperplaziyasida (siydik chiqarilishini qiyinlashishi, qovuq bo'ynining obstruktsiyasi) extiyotkorlik bilan qo'llanilishi lozim.
Iltimos, agar siz yaqin orada qandaydir boshqa preparatlarni qabul qilgan yoki qabul qilayotgan bo'lsangiz, agar u reseptsiz berilayotgan bo'lsa ham, o'z shifokoringiz yoki farmasevtga malum qiling.
Rinomaks® aktiv Tab etanol, sedativ preparatlari, Mao ingibitorlarining samarasini oshiradi.
Rinomaks® aktiv Tab preparatini antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalari, fenotiazin xosilalari bilan bir vaqtda qo'llanilganda, siydikni tutilishi, og'izni qurishi, qabziyatlar rivojlanishini xavfi oshiradi.
GKS Rinomaks® aktiv Tab preparati bilan bir vaqtda qo'llanganda glaukoma rivojlanishi xavfini oshiradi.
Paratsetamol diuretik preparatlarning samarasini pasaytiradi.
Etanol antigistamin dori vositalarini sedativ ta'sirini oshiradi.
Xloramfeniraminni Mao ingibitorlari, furazolidon bilan bir vaqtda qo'llanganda gipertonik krizga, qo'zg'alishga, giperpireksiyaga olib kelishi mumkin.
Trisiklik antidepressantlar fenilefrinning qo'llanilganda adrenomimetik ta'sirini oshiradi, galatonni bir vaqtda buyurish qorinchalar aritmiyasi rivojlanishi xavfini oshiradi.
Fenilefrin guanetidinning gipotenziv ta'sirini pasaytiradi, u o'z navbatida fenilefrinning alfa-adrenostimullovchi faolligini oshiradi.
Rinomaks® aktiv Tab ni barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampisin va jigar mikrosomal fermentlarining boshqa induktoralari bilan bir vaqtda qo'llash, paratsetamolning gepatotoksik ta'siri rivojlanishi xavfini oshiradi.
Quruq, yorug'likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda, 250S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

och-to'q sariq rangdan, to'q sariq ranggacha bo'lgan, oq va to'q sariq rangli dog'lari bo'lgan, riskali yassi tabletkalar.
Iltimos, agar siz yaqin orada qandaydir boshqa preparatlarni qabul qilgan yoki qabul qilayotgan bo'lsangiz, agar u reseptsiz berilayotgan bo'lsa ham, o'z shifokoringiz yoki farmasevtga malum qiling.
Rinomaks® aktiv Tab etanol, sedativ preparatlari, Mao ingibitorlarining samarasini oshiradi.
Rinomaks® aktiv Tab preparatini antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalari, fenotiazin xosilalari bilan bir vaqtda qo'llanilganda, siydikni tutilishi, og'izni qurishi, qabziyatlar rivojlanishini xavfi oshiradi.
GKS Rinomaks® aktiv Tab preparati bilan bir vaqtda qo'llanganda glaukoma rivojlanishi xavfini oshiradi.
Paratsetamol diuretik preparatlarning samarasini pasaytiradi.
Etanol antigistamin dori vositalarini sedativ ta'sirini oshiradi.
Xloramfeniraminni Mao ingibitorlari, furazolidon bilan bir vaqtda qo'llanganda gipertonik krizga, qo'zg'alishga, giperpireksiyaga olib kelishi mumkin.
Trisiklik antidepressantlar fenilefrinning qo'llanilganda adrenomimetik ta'sirini oshiradi, galatonni bir vaqtda buyurish qorinchalar aritmiyasi rivojlanishi xavfini oshiradi.
Fenilefrin guanetidinning gipotenziv ta'sirini pasaytiradi, u o'z navbatida fenilefrinning alfa-adrenostimullovchi faolligini oshiradi.
Rinomaks® aktiv Tab ni barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampisin va jigar mikrosomal fermentlarining boshqa induktoralari bilan bir vaqtda qo'llash, paratsetamolning gepatotoksik ta'siri rivojlanishi xavfini oshiradi.
Rinomaks® aktiv Tab ni xar doim Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyasiga mos ravishda qabul qiling. Agar sizda biron bir ishonchsizlik tug'ilsa, shifokor yoki farmasevtdan so'rang.
Ovqat qabul qilingandan keyin, 1-2 soat o'tgach preparat ichga buyuriladi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1 tabletkadan xar 4-6 soat buyuriladi. Maksimal bir martalik doza – 1 tabletka, maksimal sutkalik doza – 4 tabletka. Davolash kursi – 5 kundan ko'p emas.
Terapevtik samara etarli bo'lmaganda, shuningdek yangi simptomlar paydo bo'lganda, jiddiyroq kasallik bo'lishi mumkinligi tufayli tez shifokorga murojaat etish kerak
12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas
Homiladorlik, laktasiya davrida qo'llash mumkin emas. Agar siz Rinomaks® aktiv Tab qo'llayotganingizda homilador ekanligingini bilib qolsangiz, darxol o'zingizning shifokoringizga ma'lum qiling, chunki u davolashni davom ettirish masalasini xal qiladi.
Jigar etishmovchiligida extiyotkorlik bilan qo'llanadi.
Buyrak etishmovchiligida extiyotkorlik bilan qo'llanadi.
RINOMAKS AKTIV TAB tabletkalari N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RINOMAKS
RINOMAX

Preparatning savdo nomi: Rinomaks

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): parasetamol, kofein, fenilefrin gidroxloridi, xlorfeniramin maleati.

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: parasetamol – 500 mg, kofein – 30 mg, fenilefrin gidroxloridi – 10 mg, xlorfeniramin maleati – 2 mg;

yordamchi moddalar: natriy karboksimetilkraxmali, povidon, propilenglikol, makkajo‘xori kraxmali, metilparaben, propilparaben, sariq “quyosh shafaqi” bo‘yovchisi, talk, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati.

Ta‘rifi: och to‘q sariq rangdan to‘q sariq ranggacha, oq va to‘q sariq dog‘lari bo‘lgan, bir tomonida riskali dumaloq yassi tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: O‘RK belgilarini bartaraf qilish uchun vosita.

ATX kodi: N02VE51

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat bo‘lib, tarkibiga kiruvchi komponentlarni xususiyatlari bilan bog‘liq jamlanma ta‘sir ko‘rsatadi.

Parasetamol – analgetik-antipiretik bo‘lib, ko‘proq markaziy nerv tizimidagi prostaglandinlar sintezini tormozlashi va kamroq darajada og‘riq impulslari hosil bo‘lishini bloklashi orqali ta‘sir ko‘rsatadi. Periferik ta‘siri ham prostaglandinlar sintezini tormozlanishi, og‘riq reseptorlarini mexanik yoki kimyoviy rag‘batlantirishga sezuvchanligiga ma‘sul bo‘lgan moddalar sintezini va ta‘sirini kamayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Kofein – bosh miya qon tomirlari tonusini oshiradi, yurak ishini rag‘batlantiradi, spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi, parasetamolning og‘riqni qoldiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi. Preparat shuningdek orqa miya reflektor ko‘zg‘aluvchanligini oshiradi, nafas va qon tomirlarini harakatlantiruvchi markazlarini qo‘zg‘atadi. Uning ta‘sirida bosh miya qon tomirlari, ayniqsa kengaygan qon tomirlar torayadi, ergotaminni so‘rilishi ham yaxshilanadi. Trombositlar agregasiyasini pasaytiradi, me‘daning sekretor faoliyatini oshiradi.

Fenilefrin gidroxloridi (sinonimi mezaton) – simpatomimetik amin, qon tomirlarning  a-adrenoreseptorlarini rag‘batlantiruvchisi bo‘lib, yurakning b-adrenoreseptorlariga kam ta‘sir ko‘rsatadi. Arteriolalarning torayishini chaqiradi va arterial bosimni oshiradi, qorachiqlarni kengayishiga yordam beradi va glaukomada ko‘z ichki bosimni pasaytirishi mumkin. Midriatik ta‘siri atropin qo‘llangandagiga nisbatan kamroq davom etadi. Nafas yo‘llarining shilliq qavatidagi a-adrenergik reseptorlariga ta‘sir qilib, uning qon tomirlarining torayishini chaqiradi. Bu burun yo‘llarining shilliq qavatini yallig‘lanish natijasida paydo bo‘lgan shishini vaqtinchalik kamaytiradi.

Xlorfeniramin maleati – N1-reseptor gistaminning antagonisti bo‘lib, allergiyani davolashda qo‘llanadi. Effektor hujayralarining N1-reseptorlari uchun gistamin bilan raqobatlashib, ular orqali amalga oshiriladigan gistaminning ta‘sirini (to‘qima shishini va kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini oshishini) oldini oladi, ammo ular rivojlangan bo‘lsa, uning samarasini yo‘qotmaydi. Preparatning tarkibida u qo‘shimcha burunning bitishini, tumovni va aksa urishni kamayishini ta‘minlaydi.

Preparat umuman olganda antigistamin, og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va shishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

 

Farmakokinetikasi

Parasetamol uchun: so‘rilishi – ichga qabul qilingach, ichakning yuqori qismida to‘liq va tez so‘riladi, yuqori uglevodli ovqat qabul qilinganida esa – sekin. Odatdagi og‘riqni qoldiruvchi dozada oqsillar bilan kam bog‘lanadi. Taxminan 90-95% jigarda metabolizmga uchraydi. Qondagi cho‘qqi konsetrasiyasiga 30-90 minutdan so‘ng erishiladi. Yarim chiqarilish davri 1-4 soatni tashkil qiladi, buyrak yetishmovchiligida o‘zgarmaydi, ammo jigar kasalliklarida va doza oshirib yuborilganida, chaqaloqlarda va qariyalarda uzayishi mumkin. Organizmdan buyraklar orqali chiqariladi.

Fenilefrin gidroxloridi uchun: so‘rilishi – ichga qabul qilinganida jigardan birinchi o‘tishi hisobiga va monoaminooksidaza bilan me‘dada parchalanishi natijasida biologik faolligi pasayadi. Biotransformasiyasi me‘da-ichak yo‘llarida va jigarda kechadi. Organizmdan buyraklar orqali chiqariladi.

Xlorfeniramin maleati uchun: so‘rilishi – ichga qabul qilinganida me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Oqsillar bilan bog‘lanishi yuqori (72%). Biotransformasiyasi jigarda, hamda buyrakda kechadi. Yarim chiqarilish davri 14-25 soatni tashkil qiladi. Organizmdan buyraklar orqali metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • tumov, burunning bitishi (shilliq qavatining shishishi), bosh og‘rig‘i va haroratni ko‘tarilishi bilan kechadigan shamollash kasalliklarida;
  • yuqori nafas yo‘llarining allergik kasalliklarida;
  • burun oldi bo‘shliqlarining yallig‘lanishida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga. Kattalarga 1-2 tabletkadan kuniga 3-4 marta, 3 kun davomida buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat jiddiy nojo‘ya ta‘sirlar chaqirmaydi.

Kamdan-kam hollarda: ko‘ngil aynishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyquchanlik, shilliq qavatlarni zichlashuvi, (ko‘pincha doza oshib ketganida), ko‘rishni xiralashuvi, hayajonlanish, siyishning qiyinlashuvi va og‘rishi, bosh aylanishi, og‘iz, burun yoki tomoqni qurishi, bosh og‘rig‘i, ishtahani pasayishi, yurak urishi, quloqlarni shang‘illashi, me‘dada noxushlik va og‘riq, hamda terining allergik reaksiyalari bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Bronxial astma, siyishni qiyinlashuvi, qovuq bo‘ynining obstruksiyasi, prostata bezining gipertrofiyasi, yurak-qon tomir kasalliklari (koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozi, gipertoniyaning og‘ir shakli, yurak ishemik kasalligi), qandli diabet, glaukoma, jigar (shu jumladan virusli gepatit), buyrak funksiyasini buzilishilari, qalqonsimon bezining giperfunksiyasi (gipertireoz), psixozlar, alkogolizm, homiladorlik, laktasiya, bolalarda va preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning bilan o‘zaro ta‘siri

Markaziy nerv tizimining ingibitorlari, antikoagulyantlar, antigistamin preparatlar, ingalyasion narkoz vositalari, digitalis glikozidlari, trisiklik antidepressantlar, antigipertenziv preparatlar, b-adrenobloklatorlar, markaziy nerv tizimining rag‘batlantiruvchilari, doksapram, MAO ingibitorlari, rauvolfiya alkaloidlari, jigar uchun zaxarli bo‘lgan dori vositalari, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar preparatning gepatotoksik ta‘sirini kuchaytiradi. Preparat uyqu chaqiruvchi va narkotik vositalarning ta‘sirini susaytiradi.

Antigistamin vositalari bilan birga qo‘llanganida preparat qo‘shimcha burunning bitishini ochilishini, tumovni, aksa urishni kamayishini ta‘minlaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Siyishni qiyinlashishi, bronxial astma, ko‘z bosimni ko‘tarilishi, qalqonsimon bezining giperfunksiyasi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari paydo bo‘lganida qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Davolash vaqtida preparat uyqu va karaxtlik chaqirishi mumkinligi sababli, avtomobil yoki boshqa yuqori diqqatni talab etadigan faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin emas. Homiladorlikda qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Preparat qisman sut bilan chiqadi. Shuning uchun emizuvchi onalarga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Agarda, preparatni qabul qilishga qaramasdan, 3 kun davomida kasallikning belgilari o‘tmasa, shifokorga murojaat qilish kerak. Preparat uzoq muddat qo‘llanganda nefrotoksik va gepatotoksik ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, burun shilliq qavatini zichlashuvi, hayajonlanish, mushaklarni tortilishi (xatto tirishishgacha), markaziy nerv tizimining funksiyasini susayishi, uyquchanlik, koma. Chuqur tinchlanish yoki koma ko‘p terlash, gipotoniya va shok bilan kechishi mumkin. Jigar nekrozi natijasida o‘lim yuz berishi mumkin.

Davolash: agar qusish o‘z-o‘zidan bo‘lgan bo‘lsa ham, qusishni chaqirish, shundan keyin preparatning so‘rilishini kamaytirish uchun faollashtirilgan ko‘mir va surgi vositalari suv bilan birga beriladi. Agar qusishni chaqirib bo‘lmasa, dori qabulidan keyin 3 soat davomida yoki ko‘p miqdorda sut yoki krem iste‘mol qilingan bo‘lsa kechroq bo‘lsa ham, me‘dani yuvish ko‘rsatilgan. Ichga N-asetilsistein (asetaminafen bilan zaharlangandagi maxsus zaharga qarshi vosita) va fentolamin (fenilefrin gidroxloridining antagonisti) buyuriladi.

Chiqarilish shakli

4, 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.

1, 2, 5, 10 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalarda berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RINOMAKS AKTIV TAB tabletkalari N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RINOMAKS AKTIV TAB tabletkalari N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RINOMAKS AKTIV TAB tabletkalari N10 dori vositasi Nika Pharm tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RINOMAKS AKTIV TAB tabletkalari N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RINOMAKS AKTIV TAB tabletkalari N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
ZEROKOLD P tabletkalari N100
ZEROKOLD P tabletkalari N10
ZEROKOLD P tabletkalari N4
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 20 700 so'mdan Batafsil
Narh: 121 700 so'mdan Batafsil
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
EREGRA tabletkalari 100mg N4
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
Narh: 137 000 so'mdan Batafsil
ODDIVERIN kapsulalar 200mg N30
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
LOPERAMID-NIKA kapsulalar 2mg N100
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
Narh: 22 500 so'mdan Batafsil
ALSETRO tabletkalari 5mg N20
Narh: 30 800 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
RINOKSIL sprey 10ml 0,1%
Narh: 20 400 so'mdan Batafsil
TRIZIM tabletkalari N20
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
RINOMAKS INGO sprey 30ml
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
ERITROMISIN NIKA tabletkalari 100mg N20
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9