41 900 s`om dan
Dorixonalardan izlash56 100 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish47 000 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BETAVER
BETAVER
Preparatning savdo nomi: Betaver
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): betagistin
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda:
betagistin digidroxloridi 8 mg 16 mg
yordamchi moddalar:
mikrokristall sellyuloza 42 mg 84 mg
laktoza (sut qandi) 34,8 mg 69,6 mg
makkajo‘xori kraxmali 19,5 mg 39 mg
povidon (polivinilpirrolidon) 7,3 mg 14,6 mg
natriy karboksimetilkraxmali (primogel) 3,6 mg 7,2 mg
talk 3,6 mg 7,2 mg
kolloid kremniy dioksidi (aerosil) 1,2 mg 2,4 mg
Ta‘rifi: yassisilindrik shaklli faskali (8 mg doza uchun) va faska va riskali (16 mg doza uchun) oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: bosh aylanishini bartaraf etuvchi vosita.
ATX kodi: N07CA01.
Farmakologik xususiyatlari
Betagistin asosan ichki quloq va markaziy nerv tizimining vestibulyar yadrolarning N1– va N3-gistamin reseptorlariga ta‘sir qiladi. Ichki quloqning qon tomirlarini N1-reseptorlariga bevosita agonistik ta‘siri bilan, shuningdek N3-reseptorlariga bilvosita ta‘siri orqali ichki quloqning mikrosirkulyasiyasi va kapillyarlarining o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi, labirintda va chig‘anoqda endolimfaning bosimini normallashtiradi. Shu bilan birga, betagistin bazillyar arteriyada qon oqimini yaxshilaydi.
Preparat vestibulyar nerv yadrolarining N3-reseptorlarini ingibitori bo‘lib, yaqqol markaziy samaraga ega. Bosh miyaning ustuni darajasida vestibulyar yadrolarning neyronlarida o‘tkazuvchanlikni me‘yorlashtiradi.
Bosh aylanishlarni tez-tezligi va jadalligini susayishi, quloqlarda shovqinni kamayishi, eshitishi yomonlashganida uni yaxshilanishi yuqorida ko‘rsatilgan xususiyatlarning klinik namoyon bo‘lishi bo‘lib hisoblanadi.
Farmakokinetikasi
Tez so‘riladi, plazma oqsillari bog‘lanishi – past. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga 3 soatdan keyin erishiladi. Yarim chiqarilish davri 3-4 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali metabolitlari ko‘rinishida (2-peredilsirka kislotasi) 24 soat davomida deyarli to‘liq chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqat vaqtida.
Betaver 8 mg – 1-2 tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi.
Betaver 16 mg – 1/2-1 tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi.
Yaxshilanish odatda davolashning boshidayoq kuzatiladi, barqaror terapevtik samara ikki haftalik davolashdan so‘ng boshlanadi va bir necha oy davolanish davomida oshib borishi mumkin.
Preparatni qabul qilishning davomiyligi shaxsiy ravishda tanlanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Me‘da-ichak buzilishlari. Juda kam hollarda teri qoplamlari tomonidan yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini (toshma, qichishish, eshakemi) paydo bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgan; Kvinke shishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik va laktasiyada (ma‘lumotlarning yetishmasligi sababli) qo‘llash mumkin emas.
Samaradorligi va xavfsizligi to‘g‘risida yetarlicha ma‘lumotlar bo‘lmaganligi tufayli 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Ehtiyotkorlik bilan: me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, bronxial astma, feoxromositoma. Ushbu bemorlarni davolash davrida muntazam kuzatib turish kerak.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sir yoki nomutanosiblik hollari noma‘lum.
Maxsus ko‘rsatmalar
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Betaver sedativ samaraga ega emas va avtomobilni boshqarish yoki stanok va mexanizmlarda ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, 640 mg dan yuqori dozalar qabul qilinganida tirishishlar paydo bo‘lishi mumkin.
Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 8 va 16 mg. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 3 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.