Yaroqlilik muddati (oy) | 24 |
faol modda: ropivakain gidroxloridi - 2,0 mg; 5,0 mg; 7,5 mg; 10,0 mg.
yordamchi moddalar: natriy xloridi, natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv - 1ml gacha.Chiqarilish shakli
Rangsiz shishadan yoki tibbiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan polietilen yoki polipropilendan tayyorlangan ampulalarda 5,0 ml yoki 10 ml dan in'ektsiya uchun eritma.
Yaroqlilik muddati
2 yil. Yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatilmasin.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar
Umuman, jarrohlik aralashuvlarida anestetik og‘riqsizlantirish maqsadida foydalanishga nisbatan anesteziya uchun preparatning yuqoriroq dozalari va ko‘proq kontsentratsiyalangan eritmalari talab qilinadi. Og‘riqsizlantirish maqsadida anestetikdan qo‘llanilganda, odatda, 2 mg/ml doza tavsiya qilinadi. Bo‘g‘im ichiga yuborish uchun 7,5 mg/ml doza tavsiya qilinadi. Operatsiya o‘tkazish uchun to‘liq motor blokadasi talab qilinganda 10 mg/ml doza epidural anesteziya uchun tavsiya qilinadi.
1 jadvallarda ko‘rsatilgan dozalar ishonchli blokadaga erishish uchun yetarli hisoblanadi hamda kattalar va 12 yoshdan katta bolalarda preparat qo‘llanishida mo‘ljal hisoblanadi, chunki blokadaning rivojlanish tezligi va uning davomiyligi individual variabelligi mavjud.
Ushbu 1 jadvallardagi ma'lumotlar eng tez-tez qo‘llaniladigan blokadalar o‘tkazish uchun preparatni dozalash bo‘yicha taxminiy qo‘llanma hisoblanadi. Preparatni dozasini tanlashda patsiyentning jismoniy holati hisobga olingan holda klinik tajribaga asoslanish kerak.
1-jadval.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar uchun Blokast preparatni dozalash bo‘yicha tavsiyalar
Anesteziya turlari
|
Preparatni kontsentra-tsiyasi, mg/ml |
Eritma hajmi, ml |
Doza, mg |
Samara ko‘rsatish boshlanishi, minut |
Samara davomiyligi, soat |
|
|||||||||
Jarrohlik aralashuvlarida anesteziyasi: |
|
||||||||||||||
Bel sohasidagi epidural anesteziyasi: |
|
||||||||||||||
Jarrohlik aralashuvlari |
7,5 |
15–25 |
113–188 |
10–20 |
3–5 |
|
|||||||||
|
10 |
15–20 |
150–200 |
10–20 |
4–6 |
|
|||||||||
Kesarev kesigi |
7,5 |
15–20 |
113–150 |
10–20 |
3–5 |
|
|||||||||
Ko‘krak sohasidagi epidural anesteziyasi: |
|
||||||||||||||
Operatsiyadan keyingi og‘riqsizlantiruvchi blokada va jarrohlik aralashuvlari |
7,5 |
5–15 |
38–113 |
10–20 |
- |
|
|||||||||
Yirik nerv chigallari blokadasi: |
|
||||||||||||||
Masalan, yelka nervlar chigallari blokadasi |
7,5 |
10–40 |
75–300* |
10–25 |
6–10 |
|
|||||||||
O‘tkazuvchan infiltratsion anesteziyasi |
7,5 |
1–30 |
7,5–225 |
1–15 |
2–6 |
|
|||||||||
O‘tkir og‘riq sindromini bartaraf qilish: |
|
||||||||||||||
Bel sohasidagi epidural yuborish: |
|
||||||||||||||
Bolyus |
2 |
10–20 |
20–40 |
10–15 |
0,5–1,5 |
|
|||||||||
Davriy yuborish (masalan, tug‘riqlarni og‘riqsizlantirish-da) |
2 |
10–15 (minimal interval — 30 min) |
20–30 |
|
|
|
|||||||||
Quyidagilar uchun uzaytirilgan infuziya: |
|
||||||||||||||
- tug‘riqlarni og‘riqsizlantirish |
2 |
6–10 ml/ch |
12–20 mg/ch |
- |
- |
|
|||||||||
- operatsiyadan keyingi og‘riqsizlantirish |
2 |
6–14 ml/ch |
12–28 mg/ch |
- |
- |
||||||||||
Periferik nervlar blokadasi: |
|||||||||||||||
Masalan, son nervi blokadasi yoki pog‘onalar o‘rtasidagi blokada (uzaytirilgan infuziyalar yoki takroriy in’eksiyalar) |
2 |
5–10 ml/ch |
10–20 mg/ch |
- |
- |
||||||||||
Ko‘krak sohasidagi epidural yuborish: |
|||||||||||||||
Uzaytirilgan infuziya (masalan, operatsiyadan keyingi og‘riqsizlantirish uchun) |
2 |
6–14 ml/ch |
12–28 mg/ch |
- |
- |
||||||||||
O‘tkazuvchan blokada va infiltratsion anesteziya |
2,0 |
1–100 |
2–200 |
1–5 |
2–6 |
||||||||||
Bo‘g‘im ichiga yuborish |
|||||||||||||||
Tizza bo‘g‘imi artroskopiyasi** |
7,5 |
20 |
150*** |
- |
2–6 |
||||||||||
* Yirik nerv chigallrini blokada qilish uchun doza yuborish joyiga va patsiyentning ahvoliga muvofiq tanlanishi kerak. Yelka nerv chigallari blokadasi pog‘onalararo va o‘mrov usti bilan birga qo‘llanayotgan mahalliy anestetikdan qat'i nazar jiddiy nojo‘ya reaktsiyalar yuqori takrorlanish tezligi bilan birga kechishi mumkin.
** Mahalliy anestetiklarning operatsiyadan keyingi uzaytirilgan bo‘g‘im ichiga infuziyasida xondrolizis holatlari to‘g‘risida ma'lum qilingan. Blokast uzaytirilgan bo‘g‘im ichiga infuziya uchun qo‘llash mumkin emas.
*** Agar Blokast boshqa turdagi anesteziyalar uchun qo‘shimcha ravishda qo‘llangan bo‘lsa, maksimal doza 225 mg dan oshirmasligi kerak.
Alohida blokadalarni bajarish usuliga samara ko‘rsatadigan omillar va muayyan patsiyentlar guruhlariga qo‘yiladigan talablar bilan tanishib chiqish uchun standart qo‘llanmalardan foydalanish kerak.
Anestetikning qon tomirga tushishi oldini olish uchun preparatni yuborishdan oldin va yuborish jarayonida aspiratsion sinama o‘tkazish shart. Agar preparat yuqori dozalarda qo‘llash mo‘ljallanayotgan bo‘lsa, sinama dozasi – 3–5 ml lidokainni epinefrin bilan yuborish tavsiya etiladi. Tasodifiy qon tomir ichiga yuborilish yurak qisqarishlari tez-tezligini vaqtincha oshishi bo‘yicha, tasodifiy intratekal yuborilish esa – spinal bloki alomatlari bo‘yicha aniqlanadi. Toksik simptomlar paydo bo‘lganda, darhol preparat yuborilishini to‘xtatish kerak.
Blokast preparatni yuborishgacha va yuborish vaqtida (u sekin yoki preparatning 25–50 mg/min tezlikda ketma-ket yuboriladigan dozalarini oshirish orqali amalga oshirilishi kerak), patsiyentning muhim funktsiyalarini puxta nazorat qilish va u bilan og‘zaki aloqani ta'minlash kerak.
Jarrohlik aralashuvini o‘tkazish uchun epidural blokadada 250 mg gacha dozada Blokast preparatning bir martalik yuborilishi, odatda, patsiyentlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiradi.
40 ml Blokast 7,5 mg/ml preparat yordamida yelka chigallari blokadasida Blokast preparatning maksimal plazma kontsentratsiyalari ayrim patsiyentlar plazmasida markaziy nerv tizimi tomonidan yengil toksik simptomlari bilan tavsiflanadigan miqdorlarga yetishi mumkin. Shu tufayli 40 ml Blokast 7,5 mg/ml (300 mg ropivakain gidroxloridi) preparatdan yuqori dozalar qo‘llanishi tavsiya etilmaydi.
Uzaytirilgan infuziya yoki takroriy bolyusli yuborish orqali uzoq vaqtli blokada o‘tkazishda qonda anestetikning toksik kontsentratsiyalari paydo bo‘lishi va nervning mahalliy shikastlanishi mumkinligi hisobga olinishi kerak. Ropivakain gidroxloridning jarrohlik aralashuvlarida va operatsiyadan keyingi og‘riqsizlantirish uchun umumiy 800 mg gacha dozada 24 soat davomida yuborilishi, shuningdek 72 soat davomida 28 mg/soatgacha tezlikda operatsiyadan keyingi uzaytirilgan epidural infuziya katta yoshdagi patsiyentlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. Operatsiyadan keyingi og‘riqni bartaraf qilish uchun preparat qo‘llanishining quyidagi sxemasi tavsiya etiladi: agar epidural kateter operativ aralashuvda o‘rnatilmagan bo‘lsa, u o‘rnatilgandan keyin Blokast (7,5 mg/ml) preparat bolyusli in'ektsiyasi bilan epidural blokada amalga oshiriladi. Analьgeziya Blokast (2 mg/ml) preparat infuziyasi bilan ta'minlanadi. Aksariyat holatlarda, operatsiyadan keyingi o‘rtacha og‘riqdan kuchli ifodalangan og‘riqqacha bartaraf qilish uchun 6–14 ml/soat (12–28 mg/soat) tezlik bilan infuziya minimal rivojlanmaydigan harakatlanish blokadasi bilan mos analьgeziyani ta'minlaydi (ushbu usuldan foydalanilganda opioid analьgetiklarga ehtiyoj ancha pasayganligi kuzatilgan).
Operatsiyadan keyingi og‘riqsizlantirish uchun Blokast (2 mg/ml) fentanilsiz yoki u bilan majmuada (1–4 mkg/ml) 72 soat davomida epidural infuziya ko‘rinishida uzluksiz yuborilishi mumkin. Blokast 2 mg/ml preparat qo‘llanganda (6–14 ml/soat) aksariyat patsiyentlarda adekvat og‘riqsizlantirish ta'minlangan. Blokast preparat va fentanil majmuasi og‘riqsizlantirish yaxshilanishiga olib kelgan, bunda narkotik analgetiklarga xos nojo‘ya samaralarni paydo qilgan.
Kesarev kesigida Blokast preparatning 7,5 mg/ml dan yuqori kontsentratsiyada qo‘llanishi o‘rganilmagan.
2-jadval
12 yoshgacha bolalar uchun Blokast preparatni dozalash bo‘yicha tavsiyalar
Ko‘rsatkichlar |
Preparatning kontsentratsiyasi, mg/ml |
Eritma hajmi, ml/kg |
Doza, mg/kg |
|
O‘tkir og‘riq sindromini bartaraf qilish (operatsiyadan oldin va keyingi): |
||||
Kaudal epidural yuborish: |
||||
25 kg gacha tana vazniga ega bolalarda ThXII dan pastroq sohadagi blokada |
2,0 |
1 |
2 |
|
25 kg gacha tana vazniga ega bolalarda uzaytirilgan epidural infuziya |
||||
0 dan 6 oygacha yoshda |
||||
Bolyus* |
2,0 |
0,5–1 |
1–2 |
|
72 soatgacha infuziya |
2,0 |
0,1 ml/kg/soat |
0,2 mg/kg/soat |
|
6 oydan 12 oygacha yoshda |
||||
Bolyus* |
2,0 |
0,5–1 |
1–2 |
|
72 soatgacha infuziya |
2,0 |
0,2 ml/kg/soat |
0,4 mg/kg/soat |
|
1 yoshdan 12 yoshgacha yoshda |
||||
Bolyus** |
2,0 |
1 |
|
|
72 soatgacha infuziya |
2,0 |
0,2 ml/kg/soat |
0,4 mg/kg/soat |
|
* Taqdim qilinayotgan oraliq vaqtdan kamroq dozalar ko‘krak sohasida epidural yuborish uchun tavsiya etiladi, ayni vaqtda katta dozalar bel yoki kaudal sohasida epidural yuborish uchun tavsiya etilgan.
** Bel sohasida epidural yuborish uchun tavsiya etiladi. Ko‘krak sohasida epidural analьgeziya uchun bolyus dozasini pasaytirish asoslangan hisoblanadi.
2-jadvalda ko‘rsatilgan dozalar pediatriya amaliyotida preparatdan qo‘llash uchun qo‘llanma hisoblanadi. Shu bilan birga blokning rivojlanish tezligi va uning davomiyligi individual variabelligi mavjud.
Ortiqcha tana vazni bo‘lgan bolalarda ko‘pincha preparat dozasini asta-sekin pasaytirish talab qilinadi; bunda patsiyentning ideal tana vazniga amal qilinishi kerak. Alohida blokadalarni bajarish usullariga samara ko‘rsatadigan omillar va muayyan patsiyentlar guruhlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi ma'lumot axboroti ixtisoslashtirilgan qo‘llanmalarga murojaat qilish kerak. Har qanday patsiyent uchun kaudal epidural yuborish uchun eritma hajmi va epidural yuborish uchun bolyus hajmi 25 ml dan oshirilmasligi kerak.
Anestetikni bexosdan qon tomir ichiga yuborish oldini olish uchun preparatni yuborishgacha va yuborish jarayonida aspiratsion sinama puxta o‘tkazilishi kerak. Preparatni yuborish vaqtida patsiyentning muhim funktsiyalari sinchiklab tekshirilishi kerak. Toksik simptomlar paydo bo‘lganda, darhol preparat yuborilishini to‘xtatish kerak. Operatsiyadan keyingi kaudal analьgeziya uchun preparatning 2 mg/ml dozada (2 mg/kg hisob-kitobida, eritma hajmi 1 ml/kg) bir martali yuborilishi aksariyat patsiyentlarda ThXII darajadan pastroq mos og‘riqsizlantirishni ta'minlaydi.
4 yoshdan katta bolalar 3 mg/kg gacha dozani yaxshi o‘zlashtiriladi. Kaudal darajada epidural yuborish uchun eritma hajmi sensor blokining turlicha tarqalishiga erishish maqsadida o‘zgartirilishi mumkin, bu ixtisoslashtirilgan qo‘llanmalarda tavsiflangan. Anesteziya turidan qat'i nazar preparatning hisoblangan dozasini bolyusli yuborilishi tavsiya etiladi. Preparatning 5 mg/ml dan yuqori kontsentratsiyada qo‘llanishi, shuningdek Blokast preparatning bolalarda intratekal qo‘llanishi tadqiq qilinmagan.
Blokast preparatning vaqtidan oldin (chala) tug‘ilgan bolalarda qo‘llanishi o‘rganilmagan.
Eritmani qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi
Eritma konservantlar saqlamaydi va faqat bir martalik qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Eritmani har qanday miqdori ampula ochilgandan keyin darhol ishlatish kerak, preparatni ishlatilmagan qoldiqlari yo‘qotiladi. Qo‘llashdan oldin dori preparatni diqqat bilan ko‘zdan kechirish kerak. In'ektsiya uchun eritma faqat eritma tiniq bo‘lsa, ko‘zga ko‘riladigan zarrachalar bo‘lmasa, idish shikastlanmagan bo‘lsa qo‘llash uchun yarab bo‘ladi. Eritma bilan ochilmagan konteyner avtoklavirlash mumkin emas. Ochilmagan blister o‘rami konteynerni tashqi yuzasini sterilligini ta'minlaydi va sterillikni talab qiluvchi sharoitlarda qo‘llash uchun afzal. Klinik tadqiqotlar ma'lumotlari yetarli bo‘lmagani sababli Blokast preparati 5 mg/ml dozada 1 yoshgacha bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Preparatni fertillikka va reproduktiv funktsiyaga ta'siri, shuningdek teratogen ta'siri aniqlanmagan. Ayollarda homila rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatish ehtimolini baholash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Blokast homiladorlikda faqat ona uchun kutiladigan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lganida qo‘llash mumkin (akusherlikda preparatdan anesteziya yoki analgeziya uchun qo‘llash o‘zini yaxshi oqlagan).
Hayvonlarda preparatning reproduktiv funktsiyaga samarai bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan. Kalamushlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda Ropivakain ikki avlodda fertillikka va reproduktiv funktsiyaga samara ko‘rsatmagan. Homilador kalamushlarga preparatning maksimal dozalari yuborilganda kalamush bolalarining tug‘ilgandan keyin birinchi uch kunda o‘lim soni oshganligi kuzatilgan, bu Ropivakainning onaga uning onalik instinkti buzilishiga olib keladigan toksikli samarai bilan izohlanishi mumkin.
Laktatsiya
Blokast yoki uning metabolitlarini ona suti bilan ajralib chiqishi o‘rganilmagan. Tajriba ma'lumotlariga asoslanib, chaqaloqlar tomonidan qabul qilinadigan preparatning dozasi onaga yuborilgan dozaning taxminan 4% ni tashkil qiladitadi (preparatning sutdagi kontsentratsiyasi / preparatning plazmadagi kontsentratsiyasi). Emizish davrida bolaga ta'sir qiluvchi umumiy dozasi onaga tug‘ish vaqtida anestetik yuborilganda homilaga tushishi mumkin bo‘lgan dozadan ancha kamroq.
Preparatni emizish davrida qo‘llash zarur bo‘lgan hollarda, ona uchun potentsial foyda va chaqaloq uchun xavf ehtimolining nisbati ko‘rib chiqilishi kerak.