×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BUPILONG GIPER inyeksiya uchun eritma 5ml N5

Kategoriya:
- Anestetik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Mahalliy og‘riq qoldiruvchi vosita
Faol modda:
бупивакаина гидрохлорида
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- N01BB01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

LIDOKAIN sprey 15ml 5% Арпимед Vengriya
BUPIKAIN SP inyeksiya uchun eritma 2ml 15mg/2ml N5 Lahore Chemical & Pharmaceutical Works (Pvt) Ltd Pokiston
94 100 s`om dan
SUPERKAIN FORTE inyeksiya uchun eritma 2ml N10 Samsun-Tashkent Farm Ltd., СП O'zbekiston
31 000 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

faol modda: Bupivakain gidroxloridi suvsizga qayta hisoblanganda – 7,5 mg;

yordamchi moddalar: suvsiz glyukozaga qayta hisoblanganda – 82,5 mg, xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv – 1,0 ml gacha.

Chiqarilish shakli 

2 ml dan shishaliampulalarda. 5 yoki 10 ampula qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylashtirilgan.


In'ektsiya uchun eritma.
faol modda: Bupivakain gidroxloridi suvsizga qayta hisoblanganda – 7,5 mg; yordamchi moddalar: suvsiz glyukozaga qayta hisoblanganda – 82,5 mg, xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv – 1,0 ml gacha.
Bupivakain – uzoq vaqt ta'sir etuvchi amid turiga mansub mahalliy anestetik hisoblanadi. Nerv membranalari orqali natriy ionlarining transportinibloklab nerv tolalari bo‘yicha impulьslar o‘tkazuvchanligini qaytariluvchan bloklaydi. Bunday samaralar miya va miokardning qo‘zg‘atuvchi membranalarida ham kuzatilishi mumkin. Bupivakain ta'sirining uzoq davomiyligi uning eng ahamiyatli xususiyati hisoblanadi. Samaraning lavomiyligi dozaga bog‘liq. Bupivakain uzoq davomli epidural blokada o‘tkazish uchun ayniqsa yaroqlidir. Intratekal yuborilganda samara tez namoyon bo‘ladi, va uning davomiyligi o‘rtachadan uzoq vaqtgacha o‘zgaradi. Bupilong Giper – glyukoza (dekstroza) saqlovchi bupivakainning eritmasi giperbarik hisoblanadi, va subaraxnoidal bo‘shliqda uning taqsimlanishiga og‘irlik kuchi ta'sir qiladi. Intratekal bo‘shliqda katta bo‘lmagan taqsimlanish hajmi kamroq o‘rtacha kontsentratsiyasiga va izobarik eritma bilan nisbatan preparatning samarasini davomiyligini kamayishiga olib keladi. Dekstroza saqlamagan eritmalar blokadaning oldindan bo‘ladigan darajasini kamroq beradi.
Bupivakain 346 bo‘linish koeffitsiyenti rKa - 8,2 ko‘rsatkichiga ega (25°S muhitda n-oktanol / fosfatli bufer pH 7,4). So‘rilishi. Preparat subaraxnoidal bo‘shliqdan to‘liq so‘riladi; so‘rilish ikki fazali xususiyatga ega bo‘lib, ikki faza uchun yarim chiqarilish davri muvofiq 50 va 408 minutni tashkil etadi. Bupivakainning sekin chiqarilishi sekin so‘rilish fazasi mavjudligi bilan aniqlanadi, bu subaraxnoidal yuborilgandan keyin vena ichiga yuborilganga nisbatan uzoqroq yarim chiqarish davrini (T1/2) izohlaydi.Intratekal blokadadan keyin bupivakainning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi boshqa turdagi regionar anesteziyalarga nisbatan pastroq bo‘ladi, chunki intratekal anesteziya uchun dori vositasining kamroq dozalari talab qilinadi. Umuman preparatning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi oshishi har bir yuborilgan 100 mg preparatiga taxminan 0,4 mkg/ml ni tashkil etadi. Bu 20 mg doza qon plazmasida taxminan 0,1 mkg/ml kontsentratsiya hosil qilishini anglatadi.Vena ichiga yuborilgandan keyin bupivakainning umumiy plazma klirensi 0,58 l/minut, muvozanat holatida taqsimlanish hajmi 73 l, yakuniy yarim chiqarilish davri 2,7 soat, vena ichiga yuborilgandan keyin jigar ekstraktsiyasi oraliq ko‘rsatkichi taxminan 0,38 ni tashkil etadi. Bupivakain, asosan, plazmaning a1-kislota glikoproteinlari bilan bog‘lanadi (plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 96%). Bupivakain klirensi deyarli to‘liq dori vositasining jigardagi metabolizmi bilan bog‘langan bo‘lib, jigar perfuziyasiga nisbatan ko‘proq jigar ferment tizimlari faolligiga bog‘liq bo‘ladi. Bupivakain Giper bog‘lanmagan fraktsiya bo‘yicha tez muvozanatga erishish bilan yo‘ldosh to‘siq orqali o‘tadi. Homilaning qon oqimida plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi onadagiga nisbatan pastroq bo‘lib, bu preparatning ona qon plazmasidagi umumiy kontsentratsiyasiga nisbatan homila plazmasida pastroq kontsentratsiyalariga olib keladi. Bupilong Giper preparat davolash dozalarda qo‘llanilganda bola uchun xavf to‘g‘dirmaydigan davolash miqdorida ko‘krak sutiga o‘tadi. Taqsimlanishi.Bupivakain asosan, 4-gidroksi-bupivakaingacha aromatik gidroksil guruhi qo‘shilish va RRX gacha N-alkil guruhi ajralish orqali jigarda metabolizmga uchraydi.parchalanib ajralib chiqadi. Har ikki reaktsiya R4503A4 sitoxromi fermentlari ishtirokida yuz beradi. Chiqarilishi. Bupivakain organizmdan asosan metabolitlar ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi, faqat preparatning 6% siydik bilan o‘zgarmagan ko‘rinishida chiqariladi. Epidural yuborilgandan keyin siydikda o‘zgarmagan preparatni taxminan 0,2%, 2,6-pipekoloksilidin 1%va 4-gidroksibupivakain taxminan 0,1% aniqlanadi, Farmakokinetik ko‘rsatkichlari siydik rN darajasi va buyrak oqimiga ta'sir qiluvchi omillari tomonidan, preparatni yuborish yo‘li va patsiyentni yoshi, va shuningdek jigar va buyrak kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda bog‘liq bo‘lgan ahamiyatli o‘zgarishi mumkin. Tavsiya etilgan dozalarga rioya qilinganda preparat odatda qitiqlash yoki to‘qimalar shikastlanishi, yoki metglobulinemiya chaqirmaydi. Mahsus klinik holatlar farmakokinetikasi • Keksa yoshdagi patsiyentlarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda yoshroq patsiyentlarga nisbatan maksimal og‘riq qoldiruvchi va anesteziya qiluvchi samara tezroq bo‘lgan. • Preparat yuborilgandan keyin keksa patsiyentlarda qon plazmasida shuningdek preparatning yuqorirok maksimal kontsentratsiyasi kuzatilgan.Bu patsiyentlarda umumiy plazma klirensi kamaygan bo‘lgan. • Farmakokinetik ko‘rsatkichlari siydik rN darajasi va buyrak oqimiga ta'sir qiluvchi omillari tomonidan, preparatni yuborish yo‘li va patsiyentni yoshi, va shuningdek jigar va buyrak kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda bog‘liq bo‘lganida ahamiyatli o‘zgarishi mumkin.
Bupivakain Giper dori preparati qo‘llanishi bilan paydo bo‘ladigan nojo‘ya holatlar profilini nervlar blokadasining fiziologik namoyon bo‘lishlaridan (masalan, arterial gipotenziya, bradikardiya, vaqtincha siyishni to‘xtab qolishi), bevosita (masalan, spinal gematoma) yoki bilvosita (masalan, meningit, epidural abstsess) igna tiqish bilan qo‘zg‘atilgan reaktsiyalardan yoki orqa miya suyuqligi oqishi bilan bog‘liq reaktsiyalardan (masalan, postpunktsion bosh og‘rig‘i) farq qilish qiyin. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda tez-tez – arterial gipotenziya, bradikardiya; kam hollarda – yurak urishini to‘xtab qolishi. Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez – orqa miyaning qattiq qobig‘i teshilgandan keyingi bosh og‘riqlari, havotirlik, uyquchanlik; tez-tez emas – paresteziya, parez, dizesteziya; kam hollarda – to‘liq kutilmagan orqa miya blokadasi, paraplegiya, falajlik, neyropatiya, araxnoidit, diqqatni jamlash qobiliyatini buzilishi, depressiya, eyforiya, uyquni buzilishi, ta'm sezishni o‘zgarishi, ko‘rishni buzilishi. Me'da-ichak yo‘llari tomonidan: juda tez-tez – ko‘ngil aynishi; tez-tez – qusish, qorinda og‘riq; tez-tez emas – qabziyat, meteorizm; kam hollarda - stomatit, gastrit, me'da-ichak yo‘llarini erozivno-yarali shikastlanishi, jigar funktsiyasini buzilishlari. Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan:tez-tez – siydik tutilishi, qovuq bo‘shligi. Suyak-mushak tizimi tomonidan: tez-tez emas – mushaklar kuchsizlanishi, beldagi og‘riqlar. Immun tizim tomonidan: kam hollarda – allergik reaktsiyalar (teri qichishishi, eshakemi), anafilaktik shok. Nafas tizimi tomonidan: kam hollarda – nafas buzilishi, nafas siqilishi. Moddalar almashinuvi tomonidan:tez-tez emas – terlash ko‘payishi mumkin, shishlar;kam hollarda - oliguriya, qon plazmasida kreatininva/yoki mochevinadarajasini oshishi, gipokaliyemiya, giponatriyemiya. Qon ivish tizimi tomonidan: kam hollarda - trombotsitopeniya, qon ivish vaqtini uzayishi. Mahalliy reaktsiyalar:tez-tez emas–in'ektsiya joyidagi og‘riq.
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
Anesteziya yurak faoliyatini monitoringi va reanimatsion muolajalar o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan darhol ishlatishiga tayyor uskunalar va preparatlar mahsus jihozlangan xonada tajribali mutaxassis bilan o‘tkazilishi kerak. Anesteziyani bajaruvchi hodimlar malakali va anesteziya bajarish texnikasiga o‘rganilgan bo‘lishi kerak, tizimli toksik reaktsiyalar, nojo‘ya holatlar va boshqa asoratlarni diagnostikasi va davolashi bilantanish bo‘lishi kerak. Spinal anesteziya, ayniqsa, homilador ayollarda qovurg‘alararo mushaklar va diafragmalar falajligini o‘z ichiga olgan keng blokadalariga olib kelishi mumkinligini e'tiborda tutish kerak. II va III darajali atrioventrikulyar blokadasi bo‘lganpatsiyentlarda dori preparatni ehtiyotkorlik bilan yuborilishi kerak, chunki mahalliy anestetiklar miokard o‘tkazuvchanligini pasaytirishi mumkin. III turkumli antiaritmik dori preparatlar (masalan amiodaron) qabul qilayotgan patsiyentlar yurak-qon tomir tizimi nisbatan preparatning additiv samarasini va aritmiyaga qarshi dori preparatlarni hisobga olib EKG nazoratini o‘z ichiga oluvchi sinchkov tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishi kerak. Agar uning qo‘llanishi qonda preparatni yuqori kontsentratsiyasiga olib kelsa Bupilong Giper boshqa mahalliy anestetiklar kabi markaziy nerv va yurak-qon tomir tizimi tomonidan o‘tkir toksik reaktsiyalar chaqirishi mumkin.Ayniqsa bilmasdan qon tomir ichiga yoki yuqori vaskulyarizatsiya bo‘lgan sohalarga yuborish holatda namoyon bo‘lishi mumkin. Plazmada preparatning yuqori kontsentratsiya fonida qorinchalar aritmiyalar, qorinchalar fibrillyatsiyalar, to‘satdan yurak-qon tomir kollapsi va o‘lim holatlari kuzatilgan. Ammo spinal anesteziya uchun odatda qo‘llanadigan dozalar preparatning yuqori tizimli kontsentratsiyasiga tez-tez emas olib kelmaydi. Spinal anesteziyada rivojlanishi mumkin bo‘lgan kam hollarda uchraydigan, ammo jiddiy nojo‘ya reaktsiya – bu yurak-qon tomir va nafas tizimining faolitini susayishiga olib keluvchi tarqalgan yoki to‘liq spinal blok rivojlanishi mumkin. Yurak-qon tomir tizimini bostirilishi arterial gipotenziya, bradikardiya va hatto yurak to‘xtatshiga olib kelishi mumkin bo‘lgan keng tarqalgan simpatik blokada bilan chaqirilgan. Nafas mushaklarning, shu jumladan diafragma innervatsiyasini blokadasi nafasni bostirilishini chaqirishi mumkin.Keksa patsiyentlarda va homiladorlikning kechki muddatida bo‘lgan patsiyentlarda tarqalgan va to‘liq spinal blokni xavfi oshadi, shuning uchun bunday patsiyentlarda dori preparatning dozasini kamaytirish lozim. Spinal anesteziya arterial bosimni pasayishiga va bradikardiyaga olib kelishi mumkin. Xavfni vena ichiga kristalloid yoki kolloid eritmalar yuborishi bilan kamaytirish mumkin. Arterial bosimni pasayishini, masalan vena ichiga 5-10 mg efedrin yuborilishi bilan darhol bartaraf qilish kerak, keyinchalik zarurat bo‘lganida qaytarish mumkin. Keksa yoshdagi patsiyentlarga, og‘ir darajali jigar funktsiyalari buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga, og‘ir darajali buyrak funktsiyalari buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga, zaiflangan patsiyentlarga alohida e'tibor qaratilishi lozim. Nerv to‘qimalari shikastlanishi intratekal anesteziyaning kam uchraydigan asorati hisoblanadi hamda paresteziya, anesteziya, mushak bo‘shashishi va falajlikka olib kelishi mumkin. Tarqoq skleroz, gemiplegiya, paraplegiya va nerv-mushak kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda, garchi bunday patsiyentlarda spinal anesteziyaning salbiy ta'siri qayd etilmagan bo‘lsada ham. Homiladorlik va ko‘krakdan emizish davrida qo‘llanishi Homiladorlik: Homilador ayollardapreparatni rivojlanayotgan homilaga tahsiri to‘g‘risida adekvat va yahshi nazoratli tadqiqotlar yo‘q. Homiladorlik vaqtida Bupilong Giper qo‘llash mumkin, agar ona uchun preparatni qo‘llashdan foyda homila uchun kutiladigan potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan holatlarda to‘g‘ri deb topiladi. Bu akusherlik anesteziyasi va analьgeziyasi maqsadida bupivakainni qo‘llanishini istisno qilib bo‘lmaydi. Bupilong Giper homiladorlikning erta muddatlarida kutiladigan foyda potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan holatlardan tashqari qo‘llanmasligi kerak. Homiladorlik vaqtida preparatni qo‘llash zarur bo‘lgan holda kechki muddatda bo‘lgan patsiyentlar uchun preparatni dozasini kamaytirish kerak. Bupilong Giper akusherlikda faqat spigal anesteziyasi uchun qo‘llaniladi. Bupilong Giper akusherlikda epidural anesteziyasi uchun qo‘llash mumkin emas. Bupilong Giper bilan paratservikal blokadani o‘tkazish mumkin emas! Laktatsiya davri. Bupilong Giper ko‘krak sutiga o‘tadi, ammo shunday kam miqdorda davolash dozalarda dori preparatni qo‘llashda bolaga ta'sir ko‘rsatish xavfi mavjud emas. Jigar funktsiyasini buzilishlarida qo‘llanishi. Yaqqol ifodalangan jigar funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Buyrak funktsiyasini buzilishlarida qo‘llanishi. Yaqqol ifodalangan buyrak funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Keksa patsiyentlarda qo‘llanishi Keksa patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Bolalarda qo‘llanishi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. Transport vositalarni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Davolash davrida avtotransport xaydash va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullashishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Dozaga va yuborish usuliga qarab bupivakain harakatlantiruvchi funktsiyaga va koordinatsiyaga tranzitor ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Urologik operatsiyalar,
davomiyligi 2-3 soat bo‘lgan oyoqlardagi operatsiyalar,
davomiyligi 45-60 minut bo‘lgan qorin bo‘shlig‘ining a'zolardagi operatsiyalarda spinal anesteziyasida qo‘llaniladi.
• Amid turidagi mahalliy anestetiklarga yoki preparatning har qanday komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar; • Intratekal anesteziya o‘tkazishni qo‘llash mumkin bo‘lgan holatlar: - markaziy nerv tizimining kasalliklari (masalan, meningit, o‘smalar, poliomiyelit, bosh suyagi ichiga qon quyilishi); - lyumbal punktsiya sohasida yoki uning yaqinidagi terining yiringli infektsiyalari; - umurtqa stenozi va umurtqaning faol kasalliklari (masalan, spondilit, o‘smalar, tuberkulyoz) yoki jarohatlari (masalan, suyak sinishi); • sepsis, pernitsioz anemiya yoki bosh va orqa miya o‘smalari tufayli orqa miya o‘tkir kombinatsiyalangan degeneratsiyasi; • kardiogen yoki gipovolemik shok; • qon ivishini buzilishi yoki antikoagulyantlar bilan faol davolashda qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi: — homiladorlik; — keksa yoshdagi patsiyentlar (65 yoshdan katta); — zaiflangan patsiyentlar; — og‘ir darajali jigar va buyrak funktsiyalari buzilishi; — tarqoq skleroz, gemiplegiya, paraplegiya, nerv-mushak kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar; — yurak-qon tomir yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar (avj olishi mumkin), yurak blokadalari (II va III darajali atrioventrikulyar blokada); — boshqa mahalliy anestetiklar yoki Ib turkumli antiaritmik preparatlari (masalan, lidokain, meksiletin) kabi amid turidagi mahalliy anestetiklarga o‘xshash, va shuningdek III turkumli antiaritmik preparatlari (masalan, amiodaron) bilan birga qo‘llanishi.
Bupilong Giper boshqa mahalliy anestetiklar yoki Ib turkumli antiaritmik dori preparatlari kabi amid turidagi mahalliy anestetiklarga o‘xshash struktura bo‘yicha dori preparatlari qabul qilayotgan patsiyentlarda additiv toksik samara rivojlanishi ehtimoli tufayli ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak. Bupivakainning III turkumli antiaritmik dori preparatlari (masalan, amiodaron) bilan birga qo‘llanishi dori preparatlarining o‘zaro ta'siri yuzasidan maxsus tadqiqotlarda o‘tkazilmagan, biroq ushbu dori preparatlari bir vaqtda buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi (“Ehtiyotkorlik bilan qo‘llanish” bo‘limiga qarang). Yuborishga tayyorlikda dori preparatni metall predmetlar bilan uzoq vaqt tegib turishidan saqlanish kerak, chunki metall ionlari og‘riq va shish bilan namoyon bo‘ladigan yuborish joyidagi reaktsiyalar chaqirishi mumkin.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatilmasin. .
Tiniq, rangsiz eritma.
Nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lish tez-tezligi quyidagi toifalar bo‘yicha aniqlanadi: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1 000 , <1/100), kam hollarda (≥1/10 000, <1/1 000), juda kam hollarda (<1/10 000).

 Juda tez-tez

(≥1/10)
    
Yurakqon-tomir tizimi tomonidan: arterial bosim pasayishi, bradikardiya.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi.
Tez-tez

(≥1/100, <1/10)
     
Nerv tizimi tomonidan: qattiq miya qobig‘i punksiyasidan so‘ng bosh og‘rishi, xavotir, uyquchanlik

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: qusish, qorinda og‘riq

Siydik-tanosil tizimi tomonidan: siydik tutilishi, siydik tutolmaslik
Tez-tez emas

(≥1/1 000, <1/100)
Nerv tizimi tomonidan: paresteziyalar, falaj.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: qabziyat, qorin dam bo‘lishi.

Suyak mushaklari, biriktiruvchi to‘qimalar va suyaklar tomonidan: mushak holsizligi, beldagi og‘riq.

Moddalar almashinuvi tomonidan: ter ajralishini kuchayishi bo‘lishi mumkin, shishlar.

Mahalliy reaksiyalar: in’eksiya joyida og‘riq.
     
Kam hollarda

(≥1/10 000, <1/1 000)
 Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: yurak urishi to‘xtashi.

Nerv tizimi tomonidan: to‘liq bexosdan spinal blok, paraplegiya, falajlik, neyropatiya, araxnoidit, diqqatni jamlash qobiliyatini buzilishi, depressiya, eyforiya, uyquni buzilishi, bosh aylanishi, ta’m sezishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: stomatit, gastrit, OIT ning eroziv-yarali zararlanishi, jigar funksiyasining buzilishi.

Nafas olish tizimi tomonidan: nafas buzilishi, nafasni pasayishi

Moddalar almashinuvi tomnidan: oliguriya, qon plazmasida kreatinin va/yoki mochevina darajasini ortishi, gipokaliyemiya, giponatriyemiya.

Qon ivish tizimi tomonidan: trombotsitopeniya, qon ivish vaqtini uzayishi.

Allergik reaksiyalar: teri qichishishi, eshakemi, eozinofiliya, mialgiya.

Bolalardagi nojo‘ya reaksiyalar katta yoshdagi odamlardagi shunday reaksiyalarga o‘xshash, biroq blokada sedatsiya yoki narkoz sharoitlarida o‘tkazilsa, bolalarda mahalliy anestetiklar toksikligining erta alomatlarini aniqlash murakkabroq bo‘ladi.
Bupilong Giper dori preparati ositasi faqat regionar anesteziya o‘tkazish tajribasiga ega shifokorlar tomonidan yoki ularning kuzatuvi ostida qo‘llanishi kerak. Spinal in'ektsiyani lyumbal punktsiya yo‘li orqali (tiniq orqa miya suyuqlik spinal anesteziya uchun ignadan oqib chiqadi yoki aspiratsiyada kuzatiladi) subaraxnoidal bo‘shliq faqat aniq aniqlangandan keyin yuborish lozim. Adekvat anesteziya uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan dozalaridan eng kichkinasini ishlatish kerak. Quyida keltirilgan dozalar katta yoshdagi patsiyentlar uchun mo‘ljal hisoblanadi. Dozaga har bir muayyan patsiyent uchun individual tuzatish kiritish kerak. Bupivakain gidroxloridi 8,25% li glyukoza eritmasida tavsiya qilingan dozada qo‘llanilgandato‘liq motor va sensor blok rivojlanadi. Muvaffakiyatsiz anesteziya holida dori preparatni yuborishni qayta urinish faqat boshqa darajada va kamroq anestetik hajmi bilan amalga oshirish mumkin. Samarani yo‘qligidan biri dori preparatni yomon intratekal taqsimlanishi mumkin, buni patsiyentning holatini o‘zgartirish bilan tuzatish mumkin Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar uchun tavsiya qilingan dozalar. Oyoqlarda va chot sohasidagi, jumladan TURP va qin gisterektomiyasidagi operatsiyalarda - 1 ml (7,5 mg ) bupivakain gidroxloridi8,25% li glyukoza eritmasida. Abdominal gisterektomiyasi, bachadon naylarni bog‘lash va appendektomiya kabi qorin bo‘shlig‘ining paski qavatlar a'zolarini operatsiyalarida - 1,6 ml (12 mg) bupivakain gidroxloridi 8,25% li glyukoza eritmasida. Keksa yoshdagi patsiyentlarda va zaiflangan patsiyentlarda preparatni kamaytirilgan dozada qo‘llash lozim. Akusherlikda: • Spinal anesteziya ostida qin orqali tug‘ish uchun 0,8 ml (6 mg) bupivakain gidroxloridi. • Spinal anesteziya ostida kesarev kesma uchun 7,5 mg dan 10,5 mg gacha (1 ml dan 1,4 ml gacha) bupivakain gidroxloridi. 0,75% li Bupivakain gidroxloridi 8,25% li glyukoza eritmasidafaqat akusherlikda spinal anesteziyasi uchun qo‘llaniladi. 0,75% li kontsentratsiyadagi Bupivakain gidroxloridi 8,25% li dekstroza eritmasidaakusherlikda epidural anesteziyasi uchun qo‘llash mumkin emas! Bolalar.BupilongGiper12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
O‘tkir tizimli toksiklik.O‘tkir tizimli toksiklikni simptomlari markaziy nerv va yurak-qon tomir tizimlari tomonidan kuzatilishi mumkin.Preparatni tasodifan qon tomir ichiga yuborilishi, dozani oshirib yuborilishi yoki yuqori vaskulyarizatsiya bo‘lgan sohadan tez so‘rilishi natijasida ular qonda mahalliy anestetikning yuqori kontsentratsiyasi bilan bog‘liq. Lekin spinal anesteziya uchun dori preparat past dozada qo‘llaniladi, shuning uchun dozani oshirib yuborilish ehtimoli kam. Shunga qaramay boshqa mahalliy anestetiklar bilan birga qo‘llanganda toksik samaralar jamlanishi sababli tizimli toksiklik rivojlanishi mumkin. Simptomlari:tizimli nojo‘ya reaktsiyalar tilni uvushib qolishi, bosh aylanishi va keyinchalik tirishishlar bilan tremor va yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlari bilan namoyon bo‘ladi. Davolash:to‘liq spinal blok holatida o‘pkalarning adekvat ventilyatsiyasini ta'minlash (nafas yo‘llarini bo‘shatish, kislorod uzatilishini ta'minlash, zarur hollarda, intubatsiyani amalga oshirish va o‘pkalarning sun'iy ventilyatsiyasini ta'minlash) kerak. Arterial gipotenziya /bradikardiya rivojlangan holatda, ko‘proq inotrop ta'sirli qon tomir toraytiruvchi preparat yuborish kerak. O‘tkir tizimli intoksikatsiya alomatlari paydo bo‘lganda mahalliy anestetiklar yuborilishini darhol to‘xtatish kerak. Davolash o‘pka ventilyatsiyasini ta'minlash, kislorod uzatish va qon aylanishini ta'minlashga qaratilishi kerak.Har doim kisloroddan fydalanish kerak; zarur hollarda, intubatsiyani bajarish va o‘pkaning sun'iy ventilyatsiyasini yo‘lga qo‘yish kerak (ayrim hollarda giperventilyatsiya bilan). Tirishishlar rivojlangan holatda diazepam yuborilishi kerak. Bradikardiya rivojlangan holatda atropin yuborilishi kerak. Qon tomir shoki rivojlanganda og‘irroq holatlarda doza gemodinamik ko‘rsatkichlar monitoringi ma'lumotlariga amal qilgan holda, vena ichiga suyuqliklar yuborilishini ta'minlash, dobutamin yuborish, agar talab qilinsa noradrenalin yuborish kerak (dastlab 0,05 mkg/kg/minut dozada, zarur hollarda, doza har 10 minutda 0,05 mkg/kg/minutga oshiriladi). Shuningdek, efedrin qo‘llanishi mumkin. Qon aylanishi to‘xtab qolgan holatda, uzoq vaqtli (bir necha soat) reanimatsiya muolajalari talab qilinishi mumkin. Barcha holatlarda atsidoz tuzatilishi kerak.
Homiladorlik: Homilador ayollardapreparatni rivojlanayotgan homilaga tahsiri to‘g‘risida adekvat va yahshi nazoratli tadqiqotlar yo‘q.


Homiladorlik vaqtida Bupilong Giper qo‘llash mumkin, agar ona uchun preparatni qo‘llashdan foyda homila uchun kutiladigan potensial xavfdan yuqori bo‘lgan holatlarda to‘g‘ri deb topiladi. Bu akusherlik anesteziyasi va analgeziyasi maqsadida bupivakainni qo‘llanishini istisno qilib bo‘lmaydi.

Bupilong Giper homiladorlikning erta muddatlarida kutiladigan foyda potensial xavfdan yuqori bo‘lgan holatlardan tashqari qo‘llanmasligi kerak.

Homiladorlik vaqtida preparatni qo‘llash zarur bo‘lgan holda kechki muddatda bo‘lgan patsiyentlar uchun preparatni dozasini kamaytirish kerak.

Bupilong Giper akusherlikda faqat spigal anesteziyasi uchun qo‘llaniladi. Bupilong Giper akusherlikda epidural anesteziyasi uchun qo‘llash mumkin emas.

Bupilong Giper bilan paratservikal blokadani o‘tkazish mumkin emas!

Laktatsiya davri. Bupilong Giper ko‘krak sutiga o‘tadi, ammo shunday kam miqdorda davolash dozalarda dori preparatni qo‘llashda bolaga ta’sir ko‘rsatish xavfi mavjud emas.
Yaqqol ifodalangan jigar funksiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Yaqqol ifodalangan buyrak funksiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BUPILONG GIPER inyeksiya uchun eritma 5ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BUPILONG GIPER inyeksiya uchun eritma 5ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BUPILONG GIPER inyeksiya uchun eritma 5ml N5 dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BUPILONG GIPER inyeksiya uchun eritma 5ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BUPILONG GIPER inyeksiya uchun eritma 5ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
BUPILONG inyeksiya uchun eritma 4ml 0,5% N5
BUPILONG inyeksiya uchun eritma 10ml 0,5% N5
BUPILONG inyeksiya uchun eritma 10ml 0,25% N5
BUPILONG inyeksiya uchun eritma 4ml 0,25% N5
BUPIKAIN SP inyeksiya uchun eritma 2ml 15mg/2ml N5
Narh: 94 100 so'mdan Batafsil
BUPIKAIN inyeksiya uchun eritma 10ml 50mg/10ml N10
Narh: 97 400 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9