×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DEKSAMETAZON eritma 1 ml 0,4% N20

Kategoriya:
- Gormonal vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Glyukokortikoid
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Jurabek Laboratories, СП ООО
ATX kodi:
- H02AB02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

GIDROKORTIZONA ASETAT suspenziya 2ml 2,5% N10 Фармак, ПАО Ukraina
6 700 s`om dan
DEKSAMETAZON tabletkalari 0,5mg N10 ГНЦЛС ОЗ, ООО Ukraina
15 700 s`om dan
TEZARIN tabletkalari 100mkg N50 Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
YODOFOL tabletkalari 200mkg/400mkg N60 World Medicine Limited, Великобритания произведено: Kendy LTD Bolgariya
58 000 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi: 

faol modda: deksametazon natriy fosfati - 4.4 mg, deksametazon fosfatga qayta hisoblaganda 4.0 mg 

yordamchi moddalar: natriy gidrofosfat digidrati, dinatriy edetati (trilon B), glitserin, in'eksiya uchun suv 1 ml gacha.

Сhiqarilish shakli

1 ml va 2 ml dan shishali ampulalarda yoki polipropilenli ampulalarda.

Ampulalar qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan karton qutiga joylashtirilgan.

In'ektsiya uchun eritma.
Deksametazon glyukokortikoid faollikka ega bo'lgan, buyrak usti bezi po'stloq qismining sintetik gormoni (kortikosteroid) hisoblanadi. U yallig'lanishga qarshi, immunosupressif ta'sirga ega, shuningdek energiya almainuviga, glyukoza almashinuviga va gipotalamik rilizing-gormon va adenogipofiz gormoni sekretsiyasiga(qaytar bog'lanishning manfiy ta'siri orqali) ta'sir qiladi. Glyukokortikoidlarning ta'siri to'liq aniqlanmagan. Hozirgi vaqtda glyukokortikoidlarning hujayra darajasidagi ta'sir mexanizmi haqida yetarlicha dalillar bor. Hujayra tsitoplazmasida ikkita retseptor tizimi mavjud. Glyukokortikoid retseptorlar orqali kortikosteroidlar yallig'lanishga qarshi, immunosupressiv  ko'rsatadi va glyukoza gemeostazi mineralokortikoid retseptorlar orqali natriy va kaliy almashinuviga, elektrolit va suv balansiga ta'sir ko'rsatadi. 

Glyukoza gemostazi almashinuviga ta'siri: deksametzon, insulin, glyukagon va katexolaminlar bilan bir qatorda energiya yig'ilishi va sarflanishini boshqaradi. Jigarda u piruvat va aminokislotalardan glyukoza hosil bo'lishi va glikogen hosil bo'lishini rag'batlantiradi. Periferik to'qimalarda, xususan mushaklarda glyukoza sarflanishini kamaytiradi va jigarda glyukoneogenez substarti bo'lgan aminokislotalarni(oqsillardan) xarakatlantiradi. Yog'lar almashinuviga bevosita ta'siri yog' to'qimasini markaziy taqsimlanishi va katexolaminlar ta'siriga javoban lipolizni kuchayishi bilan namoyon bo'ladi.

Buyrakning proksimal kanalchalari retseptorlari orqali buyrakda qon aylanishini va kosachalar fil'tratsiyasini rag'batlantiradi, vazopressin sekretsiyasi va hosil bo'lishini bostiradi va buyraklarni kislotalarni chiqarish qobiliyatini yaxshilaydi. Tomirlarni pressor agentlarga sezuvchanligini oshiradi.

Deksametozon yuqori dozalarda fibroblastlardan I va III tip kollagenlarni hosil bo'lishini va glikozaminoglikanlar hosil bo'lishini: hujayradan tashqari kollagen va matriksni hosil bo'lishini pasayishi orqali, ular yaralar bitishini sekinlashtiradi; bostiradi. Yuqori dozalarni uzoq vaqt qabul qilish suyak to'qimasini oraliq ta'sir kabi rivojlanib boruvchi rezorbtsiyasini chaqiradi va bevosita uning hosil bo'lishini kamaytiradi(paratgormon sekretsiyasini rag'batlantiradi va kal'tsitonin sekretsiyasini bostiradi). Bundan tashqari u kal'tsiyning manfiy muvozanatiga olib keladi – kal'tsiyni ichakda so'rilishini kamaytiradi va uni buyraklar orqali chiqarilishini kuchaytiradi. Odatda bu ikkilamchi giperprptireozga  va fosfaturiyaga olib keladi.

Gipotalamus va gipofizga ta'siri: deksametazon endogen kortizolga qaraganda 30 marta ko'p ifodalangan ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun u kortikotropin-rilizing-omil(KRO) va alrenokortikotrop gormoni(AKTG) sekretsiyasining kuchliroq ingibitori hisoblanadi. Farmokologik dozalarda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimini bostiradi, ikkilamchi buyrak usti yetishmovchiligi rivojlanishiga olib keladi. Buyrak usti po'stlog'i yetishmovchiligi deksametazonni sutkalik dozalarda, 20-30 mg prednizolonga ekvivelentda yuborgandan keyin 5-7 kundayoq yoki kichik dozalarda davolangandan 30 kundan keyin rivojlanishi mumkin. Yuqori dozali qisqa kurslarni(5 kungacha) bekor qilgandan so'ng, buyrak usti po'stlog'i funktsiyasi bir haftadan keyin tiklanishi mumkin; uzoq kursdan keyin normallashish kechroq yuz beradi, odatda bu jarayon 1 yilgacha muddatni egallaydi. Ayrim bemorlarda buyrak usti po'stlog'ining qaytmas atrofiyasi rivojlanishiga olib keladi.

Glyukokortikoidlarning yallig'lanishga qarshi va immunosupressiv ta'siri ularning molekulyar va biokimyoviy ta'siri bilan bog'liq. Molekulyar yallig'lanishga qarshi ta'sir glyukokortikoidlarning glyukokortikoid retseptorlari bilan o'zaro ta'siri va yallig'lanish jarayonida ishtirok etuvchi ko'plab informatsion molekulalar, oqsillar va fermentlar hosil bo'lishini boshqaruvchi bir qator genlar ekspressiyasini o'zgarishi natijasidir. Bu yallig'lanishga bo'lgan to'qima javobini ogohlantirishga yoki pasayishiga olib keladi: makrofaglar va leykotsitlar yig'ilishini pasayishi, fagotsitozni va lizosolmal fermentlar ajralishini, yallig'lanish mediatorlari sintezini, makrofagal ingibitor omilini bloklashni pasayishi. Deksametazon kapillyarlar kengayishi va o'tkazuvchanligini kamaytiradi, leykotsitlarni endoteliyga adgeziyasini pasaytiradi, prostaglandinlar, leykotrienlar, tromboksanlar sintezini kamaytiradi.

Deksametazon leykotrienlar hosil bo'lishini araxidon kislotasi, ularning hujayra fosfolipidlarini ajralishini pasaytiradi, bu fosfolipaza A2 faolligini pasaytirish natijasidir. Fofolipaza ta'siri, fosfolipaza A2 ingibitori bo'lgan lipokortin(makrokortin) kontsentratsiyasining ortishi bilan bog'liq. Deksametazonning prostaglandinlar va tromboksan sinteziga bostiruvchi ta'siri tsiklooksigenaza hosil bo'lishini kodlovchi, maxsus mDNK sintezini pasayishi natijasi hisoblanadi.

Deksametazon xujayra immun reaktsiyasini bostiradi yoki ogohlantiradi(sekinlashgan tipdagi yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi), T-limfotsitlar, monotsitlar va eozinofillar miqdorini, immunoglobulinlarni ularning retseptorlari bilan bog'lanishini pasaytiradi, interleykinlar sintezini bostiradi: T-limfotsitar blastogenezni pasaytiradi va birlamchi immun javobni kamaytiradi. Gumoral immunitetni II tip T-xelperlarni rag'batlantirish orqali faollashtiradi – antitela ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Ahamiyatli ta'siri o'smaning nekroz omili(O'NO) va IL- 1 hosil bo'lishini kamaytirish hisoblanadi.

So'rilishi

Deksametazon fosfat vena ichiga yuborgandan 5 minutdan keyin va mushak ichi in'ektsiyasidan bir soatdan keyin plazmada eng yuqori kontsentratsiyaga erishadi. Bo'g'imga va yumshoq to'qimaga(jarohatga) in'ektsiya ko'rinishida mahalliy qo'llangandan keyin, mushak ichiga yuborgandan keyinga qaraganda absorbtsiya biroz past. Vena ichiga yuborgandan keyin ta'sir tez boshlanadi; mushak ichiga yuborgandan keyin klinik samaraga 8 soatdan keyin erishiladi. Ta'sir uzoq vaqt davomida saqlanadi: mushak ichiga yuborgandan keyin 17-28 kuni va 3 kun – 3 hafta mahalliy qo'llagandan keyin. Deksametazonnig yarim chiqarilish biologik davri 24-72 soatni tashkil qiladi. Deksametazon fosfat plazma va sinovial suyuqlikda deksametazonga tez aylanadi.

Taqsimlanishi  

Deksametazonnnig tahminan 77 % plazma oqsillari bilan bog'lanadi, asosan al'bumin bilan. Faqat deksametazonning oz miqdorigina al'buminli oqsillar bilan birikadi. Deksametzon yog'da eruvchan modda bo'lganligi uchun u hujayra ichi va tashqari yuzaga o'tishi mumkin.

Metabolizmi 

Markaziy nerv tizimida(gipotalamus, gipofiz) uning ta'siri membrana retseptorlari bilan bog'lanishi bilan bog'liq. Periferik to'qimalarda tsitoplazmatik retseptorlar bilan bog'lanadi. Parchalanish uning ta'sir joyila yuz beradi, ya'ni hujayrada. Preparat asosan jigarda almashinadi, lekin shuningdek, buyraklar va boshqa to'qimalarda ham almashinadi. Asosan peshob bilan chiqariladi.

Сhiqarilishi. 

Asosan siydik bilan chiqariladi.

Deksametazon fosfat bilan davolanish vaqtida paydo bo'lgan nojo'ya ta'sirlar, paydo bo'lish tez-tezligiga ko'ra, guruhlar bo'yicha tasniflanadi:

- juda tez-tez (>1/10); 

- tez-tez (>1/100 dan <1/10 gacha); 

- tez-tez emas (>1/1000 dan <1/100 gacha); 

- kam hollarda (>1/10000 dan <1/1000 gacha); 

- juda kam hollarda (<1/1 0000); 

- noma'lum (mavjud ma'lumotlarga ko'ra, baholash mumkin emas). Nojo'ya ta'sirlarning tez-tezligi davolanishning dozasi va davomiyligiga bog'liq. 

Deksametazonli qisqa muddatli davolash bilan bog'liq nojo'ya ta'sir o'z ichiga oladi: 

Immun tizimi tomonidan: tez-tez emas - yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari. Endokrin tizimi tomonidan: tez-tez – tranzitor buyrak usti yetishmovchiligi. 

Metabolizm va oziqlanishni buzilishi: tez-tez – uglevodlarga tolerantlikni pasayishi, ishtaxani ortishi va vazn qo'shilishi; tez-tez emas - gipertriglitseridemiya. 

Ruhiy buzilishlar: tez-tez -ruhiy buzilishlar. 

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez emas -peptik yaralar va o'tkir pankreatit. 

Deksametazon bilan uzoq muddat davolash bilan bog'liq nojo'ya ta'sir o'z ichiga oladi. 

Immun tizimi tomonidan: tez-tez emas -immun javobning kamayishi va infektsiyalarga sezuvchanlikni ortishi. 

Endokrin tizimi tomonidan: tez-tez-uzoq vaqtli buyrak usti yetishmovchiligi, bolalar va o'smirlarda o'sishni sekinlashishi. 

Metabolizm va ozuqlanishni buzilishi: tez-tez - semizlikning yuqori turi. 

Ko'rish organi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas - katarakt, glaukoma.

 Yurak-qon tomir tizimi tomondan: tez-tez emas – arterial gipertenziya. 

Teri va teri osti to'qimasi tomonidan: tez-tez - terining nozikligi va xiralashishi. 

Tayanch-harakat tizimi va biriktiruvchi to'qima tomonidan: tez-tez mushak atrofiyasi, osteoporoz; tez-tez emas - suyaklarning aseptik nekrozi. 

Deksametazon bilan davolash bilan bog'liq quyidagi nojo'ya ta'sirlar ham kelib chiqishi mumkin (ular ahamiyatini kamayish maqsadida taqdim etilgan). 

Limfa tizimi va qon hosil qilish tizimi tomonidan: kam hollarda - tromboembolik asoratlar, monotsitlar va/yoki limfotsitlar sonining kamayishi, leykotsitoz, eozinofiliya (shuningdek, boshqa glyukokortikoidlar kabi), trombotsitopeniya va trombotsitopenik bo'lmagan purpura.

Immun tizimi tomonidan: kam hollarda - toshma, bronxospazm, anafilaktik reaktsiyalar; juda kam hollarda – angionevrotik shish. 

Yurak tomonidan: juda kam hollarda - polifokal qorinchalar ekstrasistoliyalari, o'tib ketuvchi bradikardiya, yurak yetishmovchiligi, yaqinda o'tkazilgan o'tkir infarktidan keyingi miokard yorilishi. 

Qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas - gipertonik entsefalopatiya. 

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – davoni bekor qilgandan so'ng ko'z nervi so'rg'ichlari shishi va ko'z ichi bosimi ortishi(bosh miya yolg'on o'samasi), bosh aylanishi, bosh og'rig'i; juda kam hollarda - tirishishlar. 

Psixiatrik buzilishlar: tez-tez emas - ko'pincha eyforiya, uyqusizlik, qo'zg'aluvchanlik, giperkineziya, depressiya bilan namoyon bo'ladigan shaxs va xulq-atvordagi o'zgarishla; kam hollarda - psixozlar. 

Endokrin tizimi tomonidan: tez-tez – buyrak usti bezi yetishmovchiligi va atrofiyasi (stressga javobni pasayishi), Itsenko-Kushinga sindromi, hayz tsikli muntazamligining buzilishi, girsutizm. 

Metabolizm va oziqlanishni buzilishi: kam hollarda - yashirin qandli diabetni klinik manifestga o'tishi, qandli diabet bo'lgan bemorlarda og'iz qand tushuruvchi preparatlar yoki insulinga bo'lgan ehtiyojni ortishi, natriy va suvni ushlanishi, kaliy yo'qotilishini kuchayishi; juda kam hollarda - gipokaliemik alkaloz, oqsil katabolizmi natijasida salbiy azot balansi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez emas - ko'ngil aynishi, hiqichoq, oshqozon yoki o'n ikki barmoqli ichak yarasi; juda kam hollarda - ezofagit, yara teshilishi va oshqozon-ichak trakti (gematomezis, melena) qon ketishi, pankreatit, o't pufagi va ichak teshilishi (ayniqsa yo'g'on ichakning surunkali yallig'lanish kasalliklari bo'lgan bemorlarda).

Tayanch-harakat tizimi va biriktiruvchi to'qima tomonidan: tez – tez - mushak holsizligi, steroidli miopatiya (mushak to'qimalarining katabolizmi tufayli mushakdagi holsizlik); juda kam hollarda - umurtqa pog'onasi kompression sinishlari, pay yorilishi, (ayniqsa, ayrim xinolonlarni birga qo'llaganda), bo'g'im va suyaklar tog'ay to'qimalarining nekrozi (tez-tez bo'g'imichi in'ektsiyasida). 

Teri va teri osti to'qimasi tomonidan: tez-tez - yara bitishining sekinlashishi, striyalar, petexiyalar va ekximozlar, terlashni ortishi, akne, allergik testlarni olib borganda teri reaktsiyalarini bostirish; juda kam hollarda - allergik dermatit, eshakemi. 

Ko'rish organi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas - ko'z ichi bosimining ortishi; juda kam - ekzoftal'm. 

Reproduktiv tizimi tomonidan: kam hollarda-impotentsiya. 

Yuborilgan joyida buzilishlar va umumiy buzilishlar: juda kam hollarda - shish, teri giper- yoki gipopigmentatsiyasi, teri yoki teri osti to'qimalarining atrofiyasi, steril abstsess va teri qizarishi. 

Glyukokortikoidlarni bekor qilish sindromi belgilari va simptomlari

Agar uzoq vaqt glyukokortikoidlarni qabul qilayotgan bemorlarda preparat dozasini tez pasaytirilsa, buyrak usti yetishmovchiligi belgilari, arterial gipertenziya, o'lim yuzaga kelishi mumkin.

Ayrim hollarda bekor qilish simptomi shu bo'yicha davo olgan bemorda kasallik qaytalanishi yoki avj olishi belgilari va simptomlari bilan bir xil bo'lishi mumkin.

Og'ir nojo'ya ta'sirlar rivojlanish holatlarida davo to'xtatilishi kerak.

Shifokor retsepti bo'yicha.

Kortikoidlarni parenteral qo'llash jarayonida allergik reaktsiyalar paydo bo'lishi mumkin(kamdan-kam). Bunday ehtimolni e'tiborga olib kerakli chora tadbirlar davolash boshlangunga qadar qo'llanilishi kerak( ayniqsa, anamnezida biron bir dori vositalariga allergik reaktsiyalari bo'lgan bemorlarda).

Uzoq vaqt deksametazonni qo'llagan bemorlarda davoni to'xtatgandan keyin kortikoidlarni bekor qilish sindromi( shuningdek buyrak usti yetishmovchiligi belgilarisiz) kuzatilishi mumkin(isitma, burun oqishi, kon'yuktiva qizarishi, bosh og'rishi, bosh aylanishi, uyqusirash yoki asabiylashish, mushaklar va bo'g'imlarda og'riq, qusish, vazn yo'qotish, holsizlik shuningdek, tez-tez tirishishlar). Shuning uchun deksametazon dozasini asta-sekin kamaytirish kerak. Preparatni qabul qilishni keskin to'xtatish o'limga olib kelishi mumkin.

 Agar davolanish vaqtida yoki dori vositasini bekor qilganda bemor kuchli stressga uchrasa(jarohat, jarrohli aralashuvi yoki og'ir kasallik), deksametazon dozasi oshirilishi kerak yoki gidrokartizon yoki kortizon buyuriladi. Kuchli stressga uchragan bemorlarga uzoq vaqt deksametzonni qabul qilnishi to'xtatilgandan keyin, deksametazon qabuli qayta tiklanishi kerak, chunki indutsirlangan buyrak usti yetishmvochiligi davo bekor qilingandan keyin bir necha oy davomida persistirlanishi mumkin.

 Deksametazon yoki tabiiy glyukokortikoidlar bilan davolanish mavjud yoki yangi infektsiya belgilarini va yarali kolit bo'lgan bemorlarda interstitsial perforatsiya belgilarini niqoblashi mumkin.

Deksametazon tizimli zamburug'li infektsiyalarni, yashirin amebiaz va o'pka sili kechishini avj oldirishi mumkin.

Faol o'pka sili bo'lgan bemorlarga deksametazonni faqat ful'minant yoki og'ir disseminirlangan o'pka silida tavsiya etish mumkin(silga qarshi davo bilan birga). Deksametazon ichayotgan nofaol sili bor bemorlar yoki musbat sil reaktsiyasiga ega bemorlar ximioprofilaktika olishlari kerak.

Osteoporoz, gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, sil, glaukoma, buyrak yetishmovchiligi, jigar yetishmovchiligi, diabet, me'da va o'n ikki barmoq ichak faol yarasi, yangi ichak anastomozi, yarali kolit va epilepsiyasi bemorlarda alohida ehtiyotkorlik va yaxshi tibbiy nazorat olib borish kerak. Miokard infakrtidan keyingi birinchi xaftadagi bemorlarda, tromboemboliya, miasteniya, glaukoma, gipotireoz, psixoz yoki psixonevroz bo'lgan va 65 yoshdan katta bemorlarda alohida e'tibor talab qilinadi.

Deksametazon bilan davolanish vaqtida diabetni avj olishi yoki latent shakldan diabetning klinik belgilari shakliga o'tishi mumkin.

Uzoq vaqt davolanish vaqtida zardobda kaliy darajasini nazorat qilish kerak. Deksametazon bilan davolanish vaqtida tirik vaktsinalar bilan emlash taqiqlanadi. O'lik viruslar yoki bakteriyalar vaktsinalar bilan immunizatsiya qilish kutilgan antitelalar ortishiga olib kelmaydi va kutilgan himoya ta'sir ko'rsatmaydi. Deksametazon odatda vaktsinatsiyadan 8 hafta oldin va 2 hafta keyin buyurilmaydi.

Deksametazonni yuqori dozalarini uzoq vaqt davomida olgan yoki ichgan bemorlar, qizamiq bilan kasallangan bemorlar kontaktidan ehtiyot bo'lishlari kerak; tasodifiy kontaktda immunoglobulin bilan pofilaktik davo tavsiya etiladi.

Yaqinda o'tkazilgan jarrohlik aralashuvidan keyin va suyak sinishi bo'lgan bemorlarda ehtiytkorlik talab qilinadi, chunki deksametazon yaralar va sinishlar bitishini sekinlashtirishi mumkin.

Glyukokortikosteroidlar ta'siri jigar tsirrozi yoki gipotireozi bo'lgan bemorlarda kuchayishi mumkin. Kortikosteroidlarni  bo'g'im ichiga yuborish mahalliy va tizimli ta'sir ko'rsatishi mumkin.  Bo'g'im ichi in'ektsiyalarini tez-tez o'tkazish bo'g'im tog'ayini zararlanishi va suyaklar nekroziga olib kelishi mumkin. 

Bo'g'im ichiga yuborishdan oldin sinovial suyuqlik bo'g'imdan chiqarilib yuborilish va tekshirilishi kerak(mumkin bo'lgan infektsiyalarga). Infitsirlangan bo'g'imga kortikosteroidlarni yuborishdan qochish kerak. Agar in'ektsiyadan keyin bo'g'imning septik yallig'lanishi kuzatilsa, kerakli antibakterial davoni boshlash kerak.

Bemorlar in'ektsiya qilingan bo'g'imga yallig'lanish jarayoni to'liq yo'qolgunga qadar yuklama tushishidan qochishlari kerakligi haqida xabardor bo'lishlari kerak. Nostabil bo'g'imlarga in'ektsiya qilish tavsiya etilmaydi.

Kortikosteroidlar teri allergik sinamalari natijalariga ta'sir qilishi mumkin.

Bolalar 

Deksametazon bolalar va o'smirlarda faqat qat'iy ko'rsatmalar bilan ishlatiladi. Deksametazon bilan davolash paytida bolalar va o'smirlarning o'sishi va rivojlanishi diqqat bilan kuzatilishi kerak.

Transport vositalarini yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilish

Deksametazon avtomobilni boshqarish va mexanizm bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.

Deksametazon vena ichiga va shoshilinch holatlarda yoki ichga yuborish imkoni bo'lmaganda mushak ichiga buyuriladi:

• Endokrin buzilishlar: 

- buyrak usti po'stlog'ining birlamchi yoki ikkilamchi yetishmovchiligida o'rin bosuvchi terapiya (mineralokortikoid ta'sir bilan bog'liq, kortizon yoki gidrokortizon qo'llanilgan buyrak usti po'stlog'ining yetishmovchiligidan tashqari).

- buyrak usti po'stlog'ining tug'ma giperplaziyasi.

-  o'tkir osti tireoidit va nurli tireoiditning og'ir shakillari;

• Revmatik kasalliklar:

- revmatoid artrit (shuningdek, yuvenil surunkali artrit) va revmatoid artritta bo'g'imdan tashqari zararlanishlar (o'pkalar, yurak, ko'zlar, teri vaskuliti) asosiy davo samarasiz bo'lganda, vaqt davomida o'tuvchi davo sifatida, shuningdek nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar qoniqarsiz og'riq qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatgan bemorlarda.

• Biriktiruvchi to'qima tizimli kasalliklari, vaskulitlar va vaskulitli sindrom;

• Teri kasalliklari:

- Pufakcha.

- Ko'p shaklli eritemaning og'ir shakllari (Stivens-Djonson sindromi). Bullyoz gerpetik shaklli dermatit.

- Eksfoliativ dermatit. 

- Ekssudativ eritema (og'ir shakli); Eritema;

- Seboreyali dermatit (og'ir shakli)

- Psoriaz (og'ir shakli). 

- Zamburug'li mikozlar

- Eshakemi (standart davoda yaxshilanish bo'lmaganda).

- Dermatomiozit

- Sklerodermiya

- Kvinke shishi.

• Allergik kasalliklar (standart davolashga javob bermagan)

- Bronxial astma.

- Kontakt dermatit.

- Atopik dermatit.

- Zardob kasalligi.

- Allergik rinit.

- Dorilarga yuqori sezuvchanlik.

- Qon quyishdan keyingi eshakemi.

• Ko'z kasalliklari:

- Yaqqol xavf soluvchi kasalliklar(o'tkir markaziy xorioretinit, ko'z nervi nevriti), allergik kasalliklar(kon'yuktivit, uveit, sklerit, keratit, irit).

- Allergik kasalliklar(kon'yuktivit, uveit, sklerit, keratit, irit).

- Tizimli immun buzilishlar (sarkoidoz, chakka arteriiti).

- Orbitada proliferativ buzilishlar(endokrinli oftal'mopatiyalar, yolg'on o'smalar).

- Simpatik oftal'miya.

- Shox parda transplantatsiyasida immunosupressiv davo.

Preparatni mahalliy va tizimli qo'llash (subkon'yunktival, retrobul'bar yoki parabul'barn).

• Me'da -ichak buzilishlari:

- Nospetsifik yarali kolit (og'ir xurujlar).

- Kron kasalligi (og'ir xurujlar).

- Surunkali autoimmun gepatit.

- Jigar ko'chirib o'tkazilgandan keyin bekor qilish reaktsiyasi. 

• Nafas a'zolari kasalliklari:

- O'tkir toksik bronxit.

- Surunkali bronxit va astma (xuruj davri).

- Sarkoidoz.

- Ful'minant yoki disseminirlangan o'pka sili (mos ravishda silga qarshi kimyoterapiya bilan birga).

- Sil plevriti (mos ravishda silga qarshi kimyoterapiya bilan birga).

- Berillioz (granulematoz yallig'lanish).

- Nurli yoki aspiratsion pnevmoniya.

• Qon kasalliklari:

- Tug'ma yoki ortttirilgan surunkali aplastik anemiya.

 - Autoimmun gemolitik anemiya.

- Kattalardagi ikkilamchi  trombotsitopeniya.

- Eritroblastopeniya.

- O'tkir limfoblast leykoz (induktsion terapiya).

- Idiopatik trombotsitopenik purpura (faqat vena ichiga yuboriladi, mushak ichiga yuborish taqiqlanadi).

• Buyraklar kasalliklari:

- Buyraklar transplantatsiyasidan keyingi immunosupressiv terapiya.

- Indutsiyalangan diureza yoki idiopatik nefrotik sindromda(uremiyasiz) va tizimli qizil bo'richa fonida buyrak zararlanishida.

• Xavfli o'sma kasalliklar: 

- katta bemorlardagi limfoma va leykozning palliativ davolash;  

- bolalarda o'tkir leykemiya;

- yomon sifatli o'simtalarda giperkal'tsemiya;

• Bosh miya shishi:

- bosh miyaning birlamchi yoki metostatik o'smalari, kalla suyaga trepanatsiyasi yoki bosh miya jarohatlari tufayli miya shishi. 

• Shok: 

- Standart davoga javob qilmaydigan shok.

- Buyrak usti yetishmovchiligi bo'lgan bemorlardagi shok.

- Anafilaktik shok (adrenalinni vena ichiga yuborgandan keyin)

- Buyrak usti bezi pustlog'i yetishmovchiligiga gumon qilinganda yoki buyrak usti bezi pustlog'i yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda operatsiyadan oldin.

-

• Boshqa ko'rsatmalar:

- Tuberkulyoz meningiti subaraxnoidal blokada bilan(etarli silga qarshi davo bilan birga).

- Nevrologik yoki miokardial belgilar bilan trixinellez.

- Aponevroz yoki payli (gangliya) kistali o'smasi.

Deksametazonni bo'g'im ichiga yoki yumshoq to'qimalarga yuborish uchun ko'rsatmalar:

- Revmatoid artrit (alohida bo'g'imning og'ir yallig'lanishi).

- Ankilozlovchi spondiloartrit (standart davoda yaxshilanish bo'lmaganda).

- Psoriatik artrit (oligoartikulyar zararlanishlar va tendosinovit). Monoartrit (bo'g'imdan suyuqlikni olib tashlagandan keyin).

- Bo'g'imlar artrozi (faqat sinovit va ekssudatsiya).

- Bo'g'imdan tashqari revmatizm (epikondilit, tendosinovit, bursit).

Mahalliy yuborish (o'choq ichi in'ektsiyasi)

 Keloid chandiqlar.

 Gipertrofik, yallig'langan va infil'trativ lixenoid zararlanishlar, psoriaz, halqasimon granulema, sklerozlanuvchi follikulit, diskoid qizil bo'richa, teri sarkoidozi

 mahalliy alopetsiya.

- Preparatning ta'sir qiluvchi moddasi yoki boshqa tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik. O'tkir virusli, bakterial va tizimli zamburug'li infektsiyalar (tegishli davosiz), 

- Kushing sindromi.

- Jonli vaktsina bilan emlash. 

- Tug'ruq paytida deksametazon va ritodrinni bir vaqtda qo'llash, chunki bu o'pka shishi natijasida ona o'limiga olib kelishi mumkin.

- Emizish davrida(shoshilinch holatlardan tashqari)

- Mushak ichiga yuborish qon ivish tizimining og'ir kasalliklari bo'lgan bemorlarda tavsiya etilmaydi.

Quruq, yorug'likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda, 25°C dan past haroratda saqlansin. 

Yaroqlilik muddati

2 yil. Qadoqda ko'rsatilgan amal qilish muddati tugagandan so'ng foydalanilmasin.

tiniq, rangsiz yoki bir oz sarg'ish eritma.
Doza kasallik, tahmin qilingan davolash davomiyligiga, kortikoidlarni o'zlashtira olishi va organizm javobig ko'ra individual belgilanadi. 

In'ektsiya uchun eritma vena ichiga(in'ektsiya yoki infuziya ko'rinishida, 5% glyukoza yoki fiziologik eritmada), mushak ichiga yoki mahalliy(bo'g'imga, jarohatga, yumshoq to'qimalarga) tavsiya etish mumkin.

Parenteral qo'llash

 Deksametazon shoshilinch holatlarda, peroral yuborish imkoni bo'lmagan holatlarda, “Ko'rsatmalar” bo'limida ko'rsatilgan holatlarda parenteral qo'llaniladi.

In'ektsiya uchun eritma vena ichiga yoki mushak ichiga yoki vena ichi infuziyasi ko'rinishida(5% glyukoza eritmasi yoki fiziologik eritmada) tavsiya etiladi.

Vena ichi yoki mushak ichi uchun tavsiya etilgan boshlang'ich sutkalik doza 0,5 mg- 0,9 mg yoki kerak bo'lganda undan ko'pini tashkil qiladi. Deksametazonnig dastlabki dozasi klinik javobga erishgunga qadar qo'llaniladi, so'ng dozani doza klinik samarali bo'lgan eng past darajagacha pasaytiriladi. Agar yuqori dozalar bilan davolash bir necha kungacha davom etsa, dozani keyingi kunlar davomida yoki undan xam uzok vakt davomida pasaytirib borish kerak.

Mahalliy qo'llash

 Bo'g'im ichi uchun deksametazonni tavsiya etilgan bir martalik dozasi 0,4 mg-4 mg ni tashkil qiladi. Dozalash zararlangan bo'g'imning o'lchamiga bog'liq. Yirik bo'g'imlar uchun deksametazonning odatdagi dozasi 2 mg – 4 mg va mayda bo'g'imlar uchun 0,8 mg-1 mg ni tashkil qiladi. Bo'g'im ichiga yuborishni 3-4 oydan keyin haltakrorlash mumkin. In'ektsiyalar butun hayot davomida alohida olingan bo'g'imga 3 dan 4 martagacha yuborilishi mumkin va ikkitadan ortiq bo'g'imga bir vaqtda yuborish mumkin emas. Tez-tez qo'llash suyak tog'ayini zararlanishi va suyak nekroziga olib kelishi mumkin.

Deksametazonni halta ichiga yuborish uchun odatdagi dozasi 2 mg -3 mg, pay qiniga -0,4 mg-1 mg va paylar uchun -1 mg-2 mg ni tashkil qiladi.

Jarohat ichi in'ektsiyasi uchun deksametazonni bo'g'im ichiga yuborilgan dozasi qo'llaniladi. Deksametazonni bir vaqtda ikkitadan ortiq jarohat sohasiga yuborish mumkin emas. Yumshoq to'qima infil'tratsiyasi(periartikulyar) uchun    tavsiya etilgan dozasi 2-6 mg  deksametzonni tashkil qiladi. 

Bolalar uchun dozalash

O'rin bosuvchi davolashda mushak ichiga yuborish uchun tavsiya etilgan dozasi uchta qabulga bo'lingan, har uchunchi kuni, 0,02 mg/kg tana vazniga yoki 0,67 mg/m2 tana yuzasiga yoki har kuni 0,008 mg – 0,01 mg/kg tana vazniga yoki 0,2 mg-0,3 mg/ m2 tana yuzasiga tashkil qiladi.  

Boshqa ko'rsatmalarda tavsiya etilgan doza har 12-24 soatda 0,02 - 0,1 mg/kg tana vazniga yoki 0,8 mg – 5 mg/ m2 tana yuzasiga tashkil qiladi.

Keksa bemorlar (65 yoshdan katta, buyraklar va jigar kasalligi bo'lgan bemorlar 

65 yoshdan katta bemorlar, jigar va buyraklar kasalligi bo'lgan bemorlarga deksametazonni tavsiya qilishda alohida ehtiyotkorlik va yaxshi tibbiy kuzatuv talab qilinadi. 

O'ktir dozani oshirib yuborilishi natijasida ayrim o'lim yoki o'tkir dozani oshirib yuborilishi holatlari haqida xabarlar mavjud. Dozani oshirib yuborilishi odatda, ortiqcha daozalarni qo'llagandan bir necha haftadan so'ng namoyon bo'ladi va “Nojo'ya ta'sirlar” bo'limida ko'rsatilgan salbiy reaktsiyalarning aksariyatini, avvalambor Kushing sindromini chaqirishi mumkin. 

Maxsus antidot yo'qligi noma'lum. Davolash qo'llab quvvatlovchi va simptomatik. Gemodializ deksametazonni organizmdan chiqarib yuborilishini tezlashtirishda samarasiz.

Preparat homila ichi rivojlanishini sekinlashtiradi. Deksametazon homilador ayollarga faqat alohida holatlarda, ona uchun kutilgan foyda, homila uchun xavfdan ustun kelganda buyurish mumkin.

Preeklamsiyada alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Glyukokortikoidlar bilan davolashning umumiy tavsiyalariga ko'ra, homiladorlik davrida asosiy kasallikni nazorat qilish uchun eng kam samarali doza qo'llaniladi. Onalari homiladorlik vaqtida uzoq vaqt yuqori dozadagi kortikosteroidlarni qabul qilgan bolalar, mumkin bo'lgan buyrak usti yetishmovchiligi tufayli qattiq nazoratda bo'lishlari kerak.

Gdyukokortikosteroidlar yo'ldosh orqali o'tadi va homila organizmida yuqori kontsentratsiyalarga erishish mumkin. Deksametazon masalan perdnizolon bilan solishtirganda yo'ldoshda sustroq almashinadi, shuning uchun homilada deksametazonnig yuqori kontsentratsiyalari aniqlanishi mumkin. Glyukokortikoidlarning terapevtik dozalari platsentar yetishmovchilik, homila suvining kamligi va xomila rivojlanishi va o'sishini ortta qolishi va homila ichi o'limi, bolada leykrtsitlar(neytrofillar) miqdorining ortishi xavfini, shuningdek buyrak usti yetishmovchiligi xavfini oshirishi mumkin.

Glyukokortikoidlarning qo'shimcha dozalari homiladorlik vaqtida kortikosteroidlarni olgan ayollarda tug'ruq vaqtida yuborish tavsiya etiladi. Agar tug'ruq faoliyati cho'zilsa yoki keser kesish amaliyoti re'jalashtirilsa, peripartal davrda 100 mg dan glyukokortikoidlarni har 8 soatda yuborish tavsiya etiladi.

Kichik miqdorlarda glyukokortikoidlar ko'krak suti orqali ajraladi. Shuning uchun deksametazon ichayotgan onalarga emizish tavsiya etilmaydi, ayniqsa yuqori fiziologik dozalarni qo'llaganda( taxminan 1 mg), chunki bu homila o'sishini ortta qoldiradi va endogen kortikosteroidlar sekretsiyasini pasaytiradi.

 

DEKSAMETAZON eritma 1 ml 0,4% N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DEKSAMETAZON-DARNISA

DEXAMETHASONE-DARNITSA

 

Preparatning savdo nomi: Deksametazon-Darnisa

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): deksametazon (dexamethasone);

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 4 mg deksametazon natriy fosfati;

Yordamchi moddalar: natriy gidrofosfat dodekagidrati, kaliy digidrofosfati, gliserin, benzil spirti, dinatriy edetati (trilon B), in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Tizimli qo‘llash uchun kortikosteroidlar. Glyukokortikoidlar. Deksametazon.

ATX kodi: N02A V02.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Deksametazon-Darnisa – glyukokortikoidli ta‘sir ko‘rsatuvchi buyrak usti bezining sun‘iy gormonidir (kortikosteroid). Yallig‘lanishga qarshi va immunosupressiv ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek energetik metabolizm, glyukoza almashinuvi, gipotalamus sekresiyasi omilini faollashishiga (manfiy teskari bog‘lanishi orqali) va adenogipofiz trofik gormoniga ta‘sir etadi.

Glyukokortikosteroidlarning ta‘sir etish mexanizmi hozirgi paytgacha aniqlanmagan. Hozirgi paytda glyukokortikosteroidlarning ta‘sir etish mexanizmi to‘g‘risida yetarli miqdorda xabarlar bo‘lib, ularni glyukokortikosteroidlarning hujayra darajasida ta‘sir etishini tasdiqlaydi. Hujayra sitoplazmasida ikkita yaxshi o‘rganilgan reseptorlar tizimi mavjud. Glyukokortikosteroidlar glyukokortikoid reseptorlari bilan bog‘lanishi orqali yallig‘lanishga qarshi va immunosupressiv ta‘sir ko‘rsatadi va glyukozani almashinishini boshqaradi, mineralokortikoidlar reseptorlari bog‘lanishi orqali esa natriy, kaliy metabolizmini va suv-elektrolit muvozanatini boshqaradi.

Glyukokortikosteroidlar lipidlarda eriydi va hujayra membranasi orqali nishon hujayralarga oson o‘tadi. Gormonning reseptor bilan bog‘lanishi reseptor konformasiyasini o‘zgarishiga olib keladi, bu uning DNK bilan yaqinligini oshishiga olib keladi. Gormon/reseptor majmuasi hujayra yadrosiga kiradi va DNK molekulasini boshqaradigan markaz bilan bog‘lanadi, u shuningdek glyukokortikoid javob (GRE) elementi deb ham ataladi. GRE bilan yoki spesifik genlar bilan bog‘langan faollashgan reseptor m-RNK transkripsiyasini boshqaradi, u oshishi yoki kamayishi mumkin. Paydo bo‘lgan m-RNK ribosomalarga tashiladi va natijada yangi oqsillar paydo bo‘lishi yuz beradi. Nishon hujayralari va hujayralarda kechayotgan jarayonlarga bog‘liq holda oqsillar sintezi kuchayishi (masalan, jigar hujayralarida tirozintransaminaza paydo bo‘lishi) yoki kamayishi (masalan limfositlarda IL-2 hosil bo‘lishi) mumkin. Glyukokortikosteroidlar reseptorlari barcha turdagi to‘qimalarda bo‘lganligi sababli, glyukokortikosteroidlar organizmning ko‘pchilik hujayralariga ta‘sir etadi deb hisoblash mumkin.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Deksametazon in‘eksiya qilingan joydan tez so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga vena ichiga yuborilgandan 5 minutdan keyin va mushak ichiga yuborilganda 1 soat davomida erishiladi.

Bo‘g‘imga yoki yumshoq to‘qimaga (yallig‘lanish o‘chog‘i) mahalliy yuborilganda so‘rilish in‘eksion yuborishga qaraganda sekinroq amalga oshadi.

Vena ichiga yuborilganda, ta‘sir etishi darhol boshlanadi, mushak ichiga yuborilganda – 8 soatdan keyin boshlanadi.

Preparat uzoq vaqt ta‘sir etuvchi glyukokortikosteroidlar qatoriga qiradi. Mushak ichiga yuborilganda ta‘siri 17-28 kun va mahalliy qo‘llanganda esa – 3 kundan 3 haftagacha davom etadi.

Taqsimlanishi

Qon plazmasida 77% deksametazon plazma oqsillari bilan, asosan albumin bilan bog‘lanadi. Deksametazonning faqatgina oz qismi boshqa oqsillar bilan bog‘lanadi. Deksametazon yog‘da eruvchan hisoblanadi, shuning uchun u hujayralarga va hujayralararo bo‘shliqlarga oson kiradi. Markaziy nerv tizimida (gipotalamus, gipofiz) bog‘lanadi va membrana reseptorlari orqali ta‘sir ko‘rsatadi. Periferik to‘qimalarda bog‘lanadi va sitoplazmatik reseptorlar yordamida ta‘sir ko‘rsatadi.

Biotransformasiyasi

Deksametazon metabolizmi ta‘sir etgan joyda, ya‘ni hujayraning o‘zida kechadi. Deksametazon birinchi navbatda jigarda metabolizmga uchraydi, shuningdek buyrak va boshqa to‘qimalarda ham metabolizmga uchrashi mumkin.

Chiqarilishi

Deksametazonning biologik yarim chiqarilish davri 24-72 soatni tashkil etadi. Deksametazonning taxminan 80% buyrak orqali glyukuronid ko‘rinishida 24 soat davomida chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Deksametazon shoshilinch holatlarda va peroral qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan holatlarda vena ichiga yoki mushak ichiga yuborilsin.

Endokrin tizimi kasalliklari:

  • buyrak usti bezining birlamchi yoki ikkilamchi (gipofizar) yetishmovchiligida o‘rin bosar davolash (o‘tkir buyrak usti bezi yetishmovchiligidan tashqari, bu holatda gormonal samara yuqoriroq bo‘lishini hisobga olganda gidrokortizon yoki kortizon yuborish ko‘proq ma‘qul hisoblanadi);
  • o‘tkir buyrak usti bezining yetishmovchiligida (gidrokortizon yoki kortizon tanlov preparati hisoblanadi; mineralokortikoidlar bilan birga qo‘llash zarur bo‘lishi mumkin, ayniqsa sintetik analoglari qo‘llanilganda);
  • operasiyadan oldin va og‘ir jarohatlarda yoki aniqlangan buyrak usti bezi yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda yoki aniqlanmagan adrenokortikal zahirada;
  • an‘anaviy davolashga chidamli shokda, aniqlangan yoki shubha qilingan buyrak usti bezi yetishmovchiligida;
  • buyrak usti bezining tug‘ma giperplaziyasi;
  • qalqonsimon bezining yiringli bo‘lmagan yallig‘lanishi va radiasion tireoiditlarning og‘ir shakllari.

Revmatologik kasalliklar: (bazis davolash ta‘sir etmaganda, ya‘ni og‘riqni qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi nosteroid vositalarning yallig‘lanishga qarshi ta‘siri foydasiz bo‘lganda yordamchi davolash usuli sifatida):

  • revmatoid artrit, shu jumladan, yuvenil revmatoid artrit va revmatoid artritni bo‘g‘imlardan tashqari ko‘rinishlari (o‘pka, ko‘z va yurakdagi revmatik o‘zgarishlar, teri vaskuliti);
  • osteoartrozdagi sinoviit; jarohatdan keyingi osteoartroz; epikondilit; o‘tkir nospesifik tendosinoviit; o‘tkir podagrik artrit; psoriatik artrit, ankilozlovchi spondilit; biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari; vaskulit.

Teri kasalliklari:

  • po‘rsildoq; og‘ir ko‘pshaklli eritema (Stivens-Djonson sindromi); eksfoliativ dermatit; bullyoz gerpetiform dermatit; ekssudativ eritemaning og‘ir shakllari; tugunli eritema; seboreyali dermatitning og‘ir shakllari; psoriazning og‘ir shakllari; standart davolashga chidamli eshakemi; fungoid mikoz; dermatomiozit.

Allergik kasalliklar (an‘anaviy davolash usullariga berilmaydigan):

  • bronxial astma; kontakt dermatit, atopik dermatit; zardob kasalligi; surunkali yoki majmuaviy allergik rinit, dori vositalariga allergiya; qon quygandan keyingi eshakemi.

Ko‘rish a‘zolari kasalliklari:

  • ko‘zning yallig‘lanish kasalliklari (o‘tkir markaziy xorioidit, ko‘rish nervi nevriti); allergik kasalliklari (kon‘yunktivitlar, uveitlar, skleritlar, keratitlar, iritlar); tizimli immun kasalliklari (sarkoidoz, chakka arteriit); ko‘z soqqasidagi proliferativ o‘zgarishlar (endokrin oftalmopatiya, soxta o‘sma); muguz pardasi ko‘chirib o‘tkazilganda immunosupressiv davolash. Eritmani tizimli yoki mahalliy (kon‘yunktiva ostiga, retrobulbar yoki parabulbar yuborish) yuborish mumkin.

Me‘da-ichak yo‘llari kasalliklari:

  • yarali kolit (og‘ir kechishda), Kron kasalligi (og‘ir kechishida) pasientni kritik holatdan chiqarish uchun; surunkali autoimmun gepatitlar; jigarni ko‘chirib o‘tkazishda ko‘chish reaksiyasida.

Nafas yo‘llari kasalliklari:

  • simptomatik sarkoidoz (simptomatik davolash); o‘tkir toksik bronxiolit; surunkali bronxit va astma (zo‘rayganda); o‘choqli yoki tarqalgan o‘pka tuberkulyozi (tuberkulyozga qarshi tegishli davolash bilan birga); berillioz (granulematoz yallig‘lanish); radiasion yoki aspirasion pnevmonit.

Gematologik kasallaklar:

  • orttirilgan yoki tug‘ma surunkali aplastik anemiya; autoimmun gemolitik anemiya;
  • kattalardagi ikkilamchi trombositopeniya; eritroblastopeniya; o‘tkir limfoblastom leykemiya (induksion davolash); kattalardagi idiopatik trombositopenik purpura (faqat yuborish, mushak ichiga yuborish mumkin emas).

Buyrak kasalliklari:

  • buyrakni ko‘chirib o‘tkazishda immunosupressiv davolash; diurezni rag‘batlantirish yoki idiopatik nefrotik sindromida (uremiyasiz) proteinuriyani kamaytirish va tizimli qizil yugurikda buyrak faoliyatini buzilishi.

Xavfli onkologik kasalliklar:

  • kattalarda leykemiya va limfomani palliativ davolash; bolalarda o‘tkir leykemiya; xavfli kasalliklardagi giperkalsiemiyada.

Bosh miya shishi:

  • bosh miyaning birlamchi yoki ikkilamchi metastatik o‘smalari natijasidagi bosh miya shishlarida; bosh suyagi trepanasiyasi va bosh miya jarohatlarida.

Shok:

  • odatiy usullar bilan davolashga berilmaydigan shok holati; buyrak usti bezi yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlardagi shok; anafilaktik shok (adrenalin buyurilgandan keyin vena ichiga); buyrak usti bezi yetishmovchiligi aniqlanganda yoki unga shubha bo‘lganida, operasiyadan oldin shokning oldini olish uchun.

Boshqa ko‘rsatmalar:

  • subaraxnoidal blokadali tuberkulyoz meningit (tuberkulyozga qarshi tegishli davolash bilan birga); nevrologik simptomlari bo‘lgan trixinellyoz yoki miokard trixinellyozi; aponevroz yoki paylarning (gangliya) kistozli o‘smasi.

Bo‘g‘im ichiga yoki yumshoq to‘qimalarga yuborishga ko‘rsatmalar:

  • revmatoid artrit (alohida bo‘g‘imni og‘ir yallig‘lanishi), ankilozlovchi spondilit (yallig‘langan bo‘g‘imlar an‘anaviy davolash usullariga chidamli bo‘lsa); psoriatik artrit (oligoartrikulyar shakli va tendovaginit); monoartrit (sinovial suyuqlik olib tashlangandan keyin); bo‘g‘imlarning osteoartriti (faqat sinovial va ekssudasiya holatlarida); bo‘g‘imdan tashqaridagi revmatizm (epikondilit, tendovaginit, bursit); o‘tkir va podagrik artrit.

Mahalliy yuborish (shikastlangan joyga yuborish):

  • keloid shikastlanishlar; temiratki, psoriaz, xalqasimon granulyoma, sklerozlanuvchi follikulit, diskoidli yugurik va teri sarkoidozidagi gipertrofik, yallig‘lanish va infiltrativ shikastlanishlar; diskli qizil yugurik lishayi; Urbax-Oppengeym kasalligi, chegaralangan alopesiyada qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat kattalarga va tug‘ilgandan boshlab bolalarga qo‘llash mumkin.

Vena ichiga (in‘eksiya yoki infuziya ko‘rinishida), mushak ichiga yoki mahalliy – bo‘g‘im ichiga in‘eksiya yoki teridagi shikastlangan sohaga yoki yumshoq to‘qimalar infiltrati in‘eksiya ko‘rinishida yuboriladi. Infuziya uchun erituvchi sifatida natriy xloridining 0,9% li eritmasi yoki glyukozaning 5% li eritmasi qo‘llanilsin.

Chaqaloqlarda, ayniqsa chala tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘llanganda, vena ichiga yuborishga mo‘ljallangan eritmalar yoki preparatni keyinchalik eritish uchun, eritmalar o‘zida konservantlar saqlamasligi kerak.

Preparatni infuziya uchun erituvchi bilan aralashtirilganda steril choralariga amal qilish kerak. Aralashma 24 soat davomida qo‘llanishi kerak, chunki infuziya uchun tayyorlangan eritmalar konservantlar saqlamaydi.

Har bir parenteral yuborishdan oldin yuborish uchun mo‘ljallangan preparatlarni qo‘shimchalar borligiga va rangini o‘zgarishini ko‘z orqali tekshirish kerak.

Preparat dozasini shaxsan pasientning kasalligi holatiga, ko‘zlangan davolash davomiyligiga, glyukokortikosteroidlarni o‘zlashtiraolishiga va organizm reaksiyasiga qarab shaxsiy ravishda aniqlash kerak.

Kattalarga

Preparatni parenteral ko‘rinishda faqat shoshilinch holatlarda, peroral davolash mumkin bo‘lmaganda va “Qo‘llanilishi” bo‘limida ko‘rsatilgan hollarda yuborish kerak.

Vena ichiga va mushak ichiga yuborish

Preparatni kuniga 0,5 dan to 9 mg boshlang‘ich dozada qo‘llash mumkin, zarur bo‘lganida dozani oshirish mumkin.

Deksametazonning boshlang‘ich dozalarini klinik reaksiya paydo bo‘lgunicha yuborish kerak, keyinchalik esa dozani sekin-asta eng kichik samarali dozaga kamaytiriladi. Yuqori dozalarni bir necha kundan kun ko‘p vaqt davomida yuborilganda, doza sekin-asta keyingi bir necha kun davomida yoki hatto ko‘proq vaqt davomida kamaytiriladi.

Mahalliy yuborish

Odatda preparat 0,2-6 mg dozada qo‘llaniladi, xususan:

– yirik bo‘g‘imlar (masalan, tizza) – 2-4 mg;

– mayda bo‘g‘imlar (masalan, falangalar orasi, chakka-pastki jag‘) – 0,8-1 mg;

– sinovial xalta – 2-3 mg;

– pay qobiqlari – 0,4-1,0 mg;

– yumshoq to‘qima infiltrasiyasi – 2-6 mg;

– gangliyalar – 1-2 mg;

Bo‘g‘imlarga takroran  3-4 oydan keyin yuborish mumkin. Bir bo‘g‘imga butun hayot davomida 3 yoki 4 marta yuborish mumkin. Bo‘g‘im ichiga tez-tez yuborish bo‘g‘im tog‘ayi shikastlanishi va suyak nekrozini chaqirishi mumkin. Bo‘g‘im ichiga in‘eksiyalarni bir paytning o‘zida 2 ta bo‘g‘imdan ortiqqa yubormaslik tavsiya etiladi.

Shikastlangan joyga kiritilgan deksametazon dozasi bo‘g‘im ichiga yuborilgan dozaga tenglashtiriladi. Deksametazonni 2 tadan ortiq shikastlangan joyga bir vaqtda yuborish tavsiya etilmaydi.

Glyukokortikosteroidlarni bo‘g‘imlar ichiga in‘eksiya qilish mahalliylarga qo‘shimcha ravishda tizimli reaksiyalar rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Glyukokortikosteroidlarni infeksiyalangan bo‘g‘imlar va nostabil yoki deformasiyaga uchragan bo‘g‘imlarga yuborish mumkin emas.

Bolalarga

O‘rin bosar davolash: preparat sutkada 0,02 mg/kg dozada (sutkada 0,67 mg/m2 tana yuzasi) 3 kunga bo‘lib, har 3 kunda yuboriladi yoki tana vazniga 0,2-0,3 mg/kg (0,2-0,3 mg/m2 tana yuzasi) hisobidan buyuriladi.

Boshqa ko‘rsatmalar: preparat 0,02-0,1 mg/kg (0,8-5 mg/m2 tana yuzasi) dozada har 12-24 soatda qo‘llaniladi.

Quyida solishtirish maqsadida turli glyukokortikosteroidlarning ekvivalent dozalari milligrammlarda keltirilgan:

Deksametazon 0,75 mg Prednizon 5 mg
Kortizon 25 mg Metilprednizon 4 mg
Gidrokortizon 20 mg Triamsinolon 4 mg
Prednizolon 5 mg Betamezon 0,75 mg

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya reaksiyalar kelib chiqish tez-tezligi dozaga va davolash davomiyligiga bog‘liq.

Qisqa vaqt davomida davolagandagi nojo‘ya reaksiyalar

Ruhiyat tomonidan: ruhiy buzilishlar.

Me‘da-ichak yo‘llarii tomonidan: yara kasalligi, o‘tkir pankreatit.

Moddalar almashinuvi va metabolizm tomonidan: uglevodlarlarga nisbatan tolerantlikni pasayishi, ishtahani oshishi, tana vaznini oshishi, gipertrigliseridemiya.

Endokrin tizimi tomonidan: buyrak usti bezi faoliyatini vaqtinchalik susayishi.

Immun tizimi, teri va teri osti klechatkasi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.

Uzoq vaqt davomida davolashdagi nojo‘ya reaksiyalar:

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipertenziya, teleangioektaziya.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan: katarakta, glaukoma.

Moddalar almashinuvi va metabolizm tomonidan: semirish.

Endokrin tizimi tomonidan: buyrak usti bezi faoliyatini uzoq vaqt davomida susayishi, bolalar o‘sishini sekinlashishi, epifizar o‘sish zonalarini muddatidan oldin berkilishi.

Suyak-mushak apparati va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: mushak atrofiyasi, osteoporoz, naysimon suyaklar sinishi, suyaklarning aseptik nekrozi.

Immun tizimi, teri va teri osti klechatkasi tomonidan: immun javobni pasayishi va infeksion kasalliklarga nisbatan beriluvchanlikni oshishi, terini yupqalashishi.

Deksametazon bilan davolaganda turli a‘zolar va tizimlarda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar

Yurak-qon tizimi tomonidan: paroksizmal bradikardiya, yurak to‘xtab qolishi, yurak aritmiyalari, stenokardiya xurujlari, yurakni kattalashishi, qon-tomir yetishmovchiligi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, surunkali yurak yetishmovchiligi, yog‘ emboliyasi, arterial gipertenziya, chala tug‘ilgan chaqaloqlarda gipertrofik kardiomiopatiya, juda kam hollarda – yaqinda miokard infarktini o‘tkazgan pasientlarda yurak yorilishi; shuningdek qorinchalar politop ekstrasistoliyasi, gipertonik ensefalopatiyasi, taxikardiya, tromboemboliya, tromboflebit, vaskulit bo‘lishi mumkin.

Qon va limfatik tizim tomonidan: tromboemboliya holatlari, tromboflebit, monositlar va/yoki limfositlar sonini kamayishi, leykositoz, eozinofiliya (boshqa glyukokortikoidlarni qo‘llangandagidek); kam hollarda – trombositopeniya va trombositopenik bo‘lmagan purpura.

Nerv tizimi tomonidan: davolangandan keyin ko‘rish nervi diski shishi va bosh miya ichki bosimini oshishi (soxta o‘sma), tutqanoqni zo‘rayishi, bosh aylanishi, hushdan ketish, tirishish, bosh og‘rishi, giperkineziya, nevrit, nevropatiya, paresteziya paydo bo‘lishi mumkin, bolalarda preparat bosh miya po‘stlog‘i falajini keltirib chiqarishi mumkin.

Ruhiyat tomonidan: affektiv buzilishlar (ta‘sirchanlik, eyforiya, deliriy, paranoyya, asabiylik, havotirlik, dezorientasiya, depressiya, kayfiyatni o‘zgaruvchanligi, o‘z joniga qasd qilish holatlari) bilan davom etadigan shaxsiyatni va hatti harakatni o‘zgarishlari, uyquni buzilishi, ta‘lim olish disfunksiyasi (shu jumladan ongni chalkashishi va amneziya), psixotik reaksiyalar (shu jumladan, maniya, gallyusinasiyalar, psixozlar va shizofreniyani zo‘rayishi).

Ko‘rish a‘zolari tomonidan: ko‘z ichki bosimini oshishi, glaukoma, katarakta, ekzoftalm, papilloedema, muguz qavati yoki sklerani yupqalashishi, retrolental fibroplaziya, oftalmologik virusli yoki zamburug‘li kasalliklarni zo‘rayishi.

Nafas olish tizimi va ko‘krak qafasi tomonidan: o‘pka shishi.

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, hiqichoq, meteorizm, ezofagit, qizilo‘ngach kandidozi, ishtahani oshishi yoki pasayishi; kam hollarda – me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning peptik yarasi, shu jumladan, ovqat hazm qilish yo‘llarida perforasiya va qon ketishlar (qonli qusish, melena), pankreatit va o‘t pufagi va ichak perforasiyasi (ayniqsa surunkali ichak yallig‘lanishi bo‘lgan pasietlarda), ovqat hazm qilish yo‘llarining atoniyasi kuzatilishi mumkin.

Gepatobilar tizim tomonidan: jigar fermentlari darajasini oshishi, gepatomegaliya.

Moddalar almashinuvi va metabolizm tomonidan: kalsiy ionlarini chiqarilishini oshishi, gipokalsiemiya, tana vazni oshishi, manfiy azot muvozanati (oqsillar parchalanishini oshishi), suyuqlik va natriy ionlarini tutib qolinishi (periferik shishlar), gipernatriemiya, kaliy ionlari chiqarilishini oshishi, gipokaliemik sindrom: gipokaliemiya, gipokaliemik alkaloz, aritmiya, mialgiya yoki mushaklar spazmi.

Endokrin tizimi tomonidan: buyrak usti bezi faoliyatini susayishi va atrofiyasi (stressga nisbatan reaksiyani pasayishi) gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi faoliyatini susayishi, Isenko-Kushing sindromi, bolalarda jinsiy rivojlanishni susayishi, jinsiy gormonlar sekresiyasini buzilishi (hayz sikllarini buzilishlari, amenoreya, girsutizm, impotensiya) giperglikemiya, “steroid” qandli diabet, yashirin qandli diabet, yashirin qandli diabetning klinik faol shakliga o‘tishi, uglevodlarni o‘zlashtiraolmaslik, qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda insulin yoki peroral diabetga qarshi preparatlarga nisbatan talabni oshishi.

Tayanch-harakat apparati va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: mushak kuchsizligi, mushaklar atrofiyasi, steroid miopatiya (mushak katabolizmi mushak kuchsizligini chaqiradi), osteoporoz (kalsiy chiqarilishini oshishi), naysimon suyaklar sinishi yoki umurtqa pog‘onasining kompression sinishlari, aseptik osteonekroz (ko‘proq – son va yelka suyaklari boshchalarining aseptik nekrozi), paylarni yorilishi (ayniqsa ba‘zi xinolonlarni bir vaqtda qo‘llaganda), bolalarda o‘sish va suyaklar minerallashuvini to‘xtab qolishi, o‘sish epifizar zonalarini vaqtidan oldin berkilishi.

Immun tizimi, teri va teri osti klechatka tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan toshmalar, qichishish, giperemiya, allergik dermatit, eshakemi, Kvinke shishi, bronxospazm, anafilaktik shok, terining regenerativ va reparativ faoliyatini susayishi, yaralarni bitishini sekinlashishi. Terini yupqalashishi va sezgir bo‘lishi, teri qurishi, teri atrofiyasi, giper- yoki gipopigmentasiya, teri osti klechatkasini taqsimlanishini buzilishi, ekximoz, steril abssess, xusnbuzar, petexiyalar, striyalar, teleangiektaziyalar, teri testlari va emlash reaksiyalarini susayishi, immunosupressiya.

Yuborilgan joydagi reaksiyalar: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan toshmalar, qichishish, giperemiya va terini sanchishi, simptomatik neyrogen artropatiya (Sharko bo‘g‘imi)ga o‘xshash bo‘g‘imlarni og‘riqsiz parchalanishi.

Boshqalar: odatdagi bo‘lmagan holsizlik va yuqori toliqish, zamburug‘li, virusli yoki bakterial infeksiyalarni zo‘rayishi, shartli patogen infeksiyalarni rivojlanishini regenerativ va reparativ jarayonlarini susayishi, shishlar, ko‘p terlash, leykosituriya, bekor qilish sindromi. Preparat jismoniy qaramlikni chaqirishi mumkin.

Glyukokortikosteroidlarni bekor qilish sindromi belgilari

Deksametazon bilan uzoq vaqt davolangan pasientlarda dozani juda tez kamaytirganda bekor qilish sindromi rivojlanishi mumkin va buyrak usti bezi yetishmovchiligi, arterial gipotenziya yoki o‘lim holati yuzaga kelishi mumkin. Ba‘zi holatlarda bekor qilish sindromi pasient davolanayotgan kasallik belgilarini yomonlashishi yoki qaytalanishi ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Ta‘sir etuvchi moddaga yoki preparatning boshqa komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.
  • O‘tkir virusli, bakterial yoki tizimli zamburug‘li infeksiyalar (agar tegishli davolash qo‘llanilmayotgan bo‘lsa);
  • Tirik vaksina bilan vaksinasiya.
  • Isenko-Kushing sindromi.
  • Qon ivish tizimining og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientlarga mushak ichiga yuborish mumkin emas.
  • Mahalliy qo‘llanilganda – bakteriemiya, tizimli zamburug‘li infeksiyalar, qo‘llanilgan joydagi infeksiya, shu jumladan gonoreya yoki tuberkulyoz oqibatida septik artrit; bo‘g‘imlari barqaror bo‘lmagan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda quyidagi o‘zaro ta‘sirlar kelib chiqishi mumkin:

CYP 3A4 fermentini ingibisiya qiluvchi dori vositalari bilan (masalan, ketokonazol, antibiotiklar-makrolidlar) – qon plazmasida deksametazon konsentrasiyasi oshadi; ketokonazol buyrak usti bezida glyukokortikosteroidlar sintezini bostirish mumkin, shunday qilib deksametazon konsentrasiyasi kamayishi oqibatida buyrak usti bezi yetishmovchiligi rivojalanishi mumkin;

aminoglutetimid, efidrin, buyrak usti po‘stlog‘i ingibitorlari (masalan, mitotan), karbamazepin, primidon, rifampisin, rifabutin, fenobarbital, fenitoin – deksametazonning samaradorligi kamayadi, ushbu preparatlarni bir vaqtda qo‘llaganda deksametazon dozasini oshirish kerak;

azatioprin, antipsixotiklar, boshqa glyukokortikosteroidlar, karbutamid bilan – katarakta rivojlanish xavfi oshadi;

albendazol, geparin, kaliyuretiklar, siklosporin bilan – yuqoridagilarning samaradorligi oshadi, siklosporin va glyukokortikosteroidlarni bir vaqtda qo‘llaganda tirishishlar paydo bo‘lishi mumkin;

amfoterasin V, β2-adrenomimetiklar, kaliyni organizmdan chiqaruvchi preparatlar (masalan, diuretiklar) bilan – gipokaliemiyani rivojalanish xavfi oshadi, bu yurak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin; amfoterasin V va glyukokortikosteroidlarni bir vaqtda qo‘llash osteoporozni rivojalanish xavfini oshirishi mumkin;

antigipertenziv vositalar, natriyuretiklar, prazikvantel, gipoglikemik vositalar, salisilatlar, somatropin (yuqori dozalarda) – sanab o‘tilganlarning samaradorligi kamayadi, deksametazon va salisilatlarni bir vaqtda qo‘llanganda deksametazon dozasini ehtiyotkorlik bilan kamaytirish lozim, chunki bunda qon plazmasida salisilatlarning konsentrasiyasi oshishi va intoksikasiya kuzatilishi mumkin;

antigistamin vositalar, m-xolinoblokatorlar, nitratlar, trisiklik antidepressantlar bilan – ko‘z ichki bosimini oshishi xavfi ortadi; trisiklik antidepressantlar va glyukokortikosteroidlarni bir vaqtda qo‘llash depressiya xavfini oshiradi;

antixolinesteraz vositalari bilan – miasteniya gravis bo‘lgan pasientlarda yaqqol kuchsizlik holati rivojlanish xavfi oshadi;

D vitamini bilan – ichakda kalsiy so‘rilishiga ta‘siri susayishi;

qalqonsimon bez gormonlari bilan – glyukokortikosteroidlar klirensi oshadi;

izoniazid, meksiletin bilan – ular metabolizmi kuchayishi natijasida qon plazmasida konsentrasiyasini kamayadi;

immunodepressantlar bilan – infeksiyalar, limfoma yoki boshqa Epshteyn-Barr virusi bilan bog‘liq limfoproliferativ buzilishlar xavfi oshadi;

karboangidraza ingibitorlari bilan – osteoporoz rivojlanish xavfi oshadi;

indometasin bilan – deksametazonning toksik samaralari kuchayadi (uning albumin bilan bog‘lanishini siqib chiqarilishi natijasida);

viruslarga qarshi tirik vaksinalar bilan va boshqa turdagi immunizasiya fonida – viruslarni faollashishi va infeksiyalarni rivojlanish xavfi oshadi;

kumarin antikoagulyantlari bilan – ularning ta‘siri o‘zgaradi, preparatlarni bir vaqtda qo‘llanganda protrombin vaqtining monitoringini amalga oshirish kerak;

miorelaksantlar bilan – glyukokortikosteroidlar bilan bog‘liq gipokaliemiya fonida mushak blokadasi yaqqolligi va davomiyligi kuchayadi;

nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, etanol bilan – me‘da-ichakdan qon ketish va yaralar paydo bo‘lish xavfi oshadi;

parasetamol bilan – “jigar” fermentlari induksiyasi va toksik metabolitlari paydo bo‘lishi natijasida parasetamolning gepatotoksik ta‘sirini rivojlanish xavfi oshadi;

CYP 3A4 tomonidan metabolizmga uchraydigan preparatlar (indinavir, eritromisin) bilan – ular klirensi oshishi natijasida konsentrasiyasi kamayadi;

ritordin bilan – o‘pka shishi rivojlanishi mumkin, tug‘ayotgan ayolning shunday holat rivojlanishi natijasida o‘limi to‘g‘risida xabar berilgan; deksametazon va ritordinni tug‘ruq vaqtda birga qo‘llash mumkin emas;

yurak glikozidlari bilan – gipokaliemiyasi bo‘lgan pasientlarda yurak ritmini buzilishi xavfi va glyukokortikosteroidlarning toksik samaralari kuchayadi;

steroid gormonal dori vositalari (masalan androgenlar, anaboliklar, estrogenlar, peroral kontraseptivlar) bilan – husnbuzar va girsutizm paydo bo‘lishi; estrogenlar peroral kontraseptivlar glyukokortikosteroidlar klirensini pasaytirib, terapevtik va toksik samaralarini kuchaytiradi;

talidomid bilan – toksik epidermal nekrolizni rivojlanish xavfi oshadi;

Ergokalseferol va paratgormon glyukokortikosteroidlar keltirib chiqaradigan osteopatiyani rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

Terapevtik ustunlikka ega bo‘lgan o‘zaro ta‘sir turlari: deksametazonni bir vaqtda metoklopramid, difengidramid, proxlorperazin yoki 5-NT3 reseptorlari antagonistlari (ondansetron yoki granisetron kabi serotonin reseptorlari yoki 5-gidroksitriptamin, 3 turi, ya‘ni) bilan qo‘llash sisplatin, siklofosfamid, metotreksat, ftorurasil bilan ximiyaterapiyada kelib chiqadigan ko‘ngil aynish va qusishni oldini olishda samaralidir.

Deksametazonning yuqorida ko‘rsatilgan dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri deksametazon bostirish testini o‘zgartirishi mumkin. Test natijalarini baholashda buni hisobga olish kerak.

Chekish deksametazonning farmakokinetikasiga ta‘sir etmaydi.

 

Nomutanosiblik

Ritordin va deksametazonni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki bunda o‘pka shishiga olib kelishi mumkin. Shunday holat rivojlanishi natijasida tug‘ayotgan ayolning tug‘ruq vaqtida o‘lim haqida ma‘lumotlar bor.

Maxsus ko‘rsatmalar

Glyukokortikosteroidlar bilan davolashni boshlashdan oldin va davolashni olib borish jarayonida qonning umumiy tahlili, qon plazmasidagi glikemiya darajasi va elektrolitlar miqdorini nazorat qilib borish kerak.

Deksametazon bilan davolash vaqtida (ayniqsa uzoq vaqt davomida) okulist kuzatuvi, arterial qon bosimi va suv-elektrolit muvozanati nazorati, xususan qon zardobida kaliy miqdori, shuningdek periferik qon manzarasi va glikemiya darajasini kuzatish kerak.

Kortikosteroidlar bilan parenteral davolash vaqtida ayrim hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatilishi mumkin, shuning uchun deksametazon bilan davolashdan oldin allergik reaksiyalar kelib chiqishi mumkinligini (ayniqsa anamnezida biron-bir boshqa doriga nisbatan allergiyasi bo‘lgan pasientlarda) hisobga olib, tegishli choralarni amalga oshirish kerak.

Uzoq vaqt davolangan holatlardan keyin preparat bekor qilinganda, bekor qilish sindromi (buyrak usti bezining yetishmovchiligi belgilarisiz) quyidagi simptomlari bilan namoyon bo‘lishi mumkin: haroratni ko‘tarilishi, tumov, kon‘yunktivani qizarishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik yoki ta‘sirchanlik, tormozlanish, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, tana vaznini kamayishi, umumiy holsizlik, tirishishlar. Shuni hisobga olgan holda deksametazon dozasini asta-sekin kamaytirish kerak. Qabul qilishni to‘satdan to‘xtatish o‘limga olib kelishi mumkin.

Agar deksametazon bilan davolash vaqtida yoki davolashni to‘xtatgandan keyin pasient og‘ir stress holatida (jarohat natijasida, jarrohlik yoki og‘ir kasallik) bo‘lsa, dozani oshirish yoki gidrokortizon yoki kortizon qo‘llash kerak.

Deksametazon uzoq vaqt qo‘llagan va davolashni to‘xtatgandan keyin og‘ir stress holatiga tushib qolgan pasientlar deksametazon qabul qilishni yana boshlashlari kerak, chunki kelib chiqqan buyrak usti bezi yetishmovchiligi davolash to‘xtatilgandan keyin bir necha oy davom etishi mumkin.

Deksametazon yoki tabiiy glyukokortikosteroidlar bilan davolash mavjud bo‘lgan yoki yangi infeksiya simptomlarini, shuningdek ichak perforasiyasi simptomlarini yashirishi mumkin. Davolash vaqtida shamollagan yoki boshqa infeksiyasi bo‘lgan bemorlar bilan kontaktdan saqlanish kerak.

Deksametazon tizimli zamburug‘li infeksiya, latent amyobiaz va o‘pka tuberkulyozini zo‘rayishini chaqirishi mumkin.

Faol shakldagi o‘pka tuberkulyozi bo‘lgan pasientlar faqt o‘tkinchi yoki tarqalgan o‘pka tuberkulyozida (tuberkulyozga qarshi vositalar bilan birga) deksametazon qabul qilishlari kerak. Deksametazon bilan davolanayotgan faol bo‘lmagan o‘pka tuberkulyozi bo‘lgan pasientlar yoki tuberkulinga ijobiy javob bergan pasientlar kimyoviy profilaktik vositalarini qabul qilishlari kerak.

Deksametazon bilan davolanayotganda tirik vaksina bilan vaksinasiya qilish mumkin emas. Tirik bo‘lmagan virusli yoki bakterial vaksina bilan vaksinasiya qilish kutilayotgan antitelalar paydo bo‘lishi va himoya samarasi rivojlanishiga olib kelmaydi. Deksametazonni  vaksinasiyadan 8 xafta oldin buyurish mumkin emas va vaksinasiya qilingandan keyin 2 xafta o‘tgach buyuriladi.

Preparat infeksion kasalliklari, ayniqsa suvchechak va qizamiq kasalligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotlik bilan buyuriladi, chunki deksametazon qo‘llanilganda  ushbu kasalliklar og‘irroq kechadi. Shuning uchun bu kasalliklar bilan og‘rimagan shaxslar infeksiyalanishni oldini olishi uchun ehtiyotkorlikka amal qilishlari kerak. Agar bemorlar bilan kontakt bo‘lsa, tezda shifokorga murojaat qilish kerak. Immunoglobulin bilan profilaktik davolash tavsiya etiladi.

Glyukokortikosteroidlarni ko‘zlarning pufakli temiratki (herpes sumplex) si bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki ularni qo‘llash muguz parda perforasiyasiga olib kelishi mumkin.

Osteoporoz, arterial gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, tuberkulyoz, glaukoma, jigar yoki buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet, gastrit, ezofagit, divertikulit, faol peptik yara, yaqinda amalga oshirilgan ichak anastamozi, kolit va tutqanoq, tireotoksikoz, Isenko-Kushing sindromi, semirish (III-IV darajali), nefrourolitiaz, giperlipidemiya, poliomielit (bulbar ensefalitli shaklidan tashqari), gipoalbuminemiyasi bo‘lgan va shu holatga olib keladigan bemorlarda, immun tanqisligi holatidagi bemorlarda (shu jumladan OITS yoki OITV bilan infeksiyalanganlar), BSJ emlashdan keyingi limfadeniti bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik va tibbiy kuzatuv tavsiya qilinadi.

Miokard infarktidan keyingi birinchi haftalarida, tromboemboliyasi bo‘lgan bemorlar, og‘ir miasteniya gravis, gipotireoz, psixoz yoki psixonevroz, shuningdek keksa yoshdagi pasientlar alohida parvarish qilishni talab etadi.

Deksametazon bilan davolash vaqtida qandli diabetni zo‘rayishi yoki yashirin bosqichdan klinik ko‘rinishlari namoyon bo‘lgan shaklga o‘tishi mumkin.

Glyukokortikosteroidlarning ta‘siri jigar sirrozi yoki gipotireozi bo‘lgan bemorlarda kuchayishi mumkin.

Suv-elektrolit muvozanati buzilishi bo‘lgan bemorlar deksametazon qabul qilganda ehtiyotkor bo‘lishlari kerak, chunki glyukokortikosteroidlarning o‘rtacha yoki yuqori dozalari organizmda tuz va suyuqliklarni tutib qolinishi, shuningdek kaliy chiqarilishini oshirishi mumkin.

Bunday holatlarda tuz qabul qilishni chegaralash va kaliyni qo‘shimcha qabul qilish kerak.

Barcha glyukokortikosteroidlar kalsiyni chiqarilish jarayonini oshiradi, buning natijasida mineralokortikoidlar sekresiyasi buzilishi mumkin. Shuning uchun tuz va/yoki mineralokortikoidlarni qo‘shimcha buyurish ko‘rsatilgan.

Kortikosteroidlarni uzoq vaqt qabul qilish orqa subkapsulyar katarakta, rivojlanishi ko‘z nervini shikastlanishi bilan glaukoma, shuningdek, ikkilamchi virusli yoki zamburug‘li ko‘z infeksiyalari rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.

Operasiyadan yoki suyaklar sinishidan keyin tuzalayotgan bemorlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari tavsiya etiladi, chunki deksametazon yaralar bitishi yoki suyak to‘qimasining hosil bo‘lish jarayonini sekinlashtirishi mumkin.

Og‘ir affektiv buzilishlari shu jumladan, depressiv, maniakal-depressiv psixozi, ilgari steroid psixozi bo‘lgan yoki anamnezida qayd etilgan bemorlarda tizimli glyukokortikosteroidlarni qo‘llash masalasi alohida ahamiyat berishni talab qiladi. Pasientlarni va/yoki ularning vasiylarini ruhiyat tomonidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan jiddiy nojo‘ya samaralar to‘g‘risida ogohlantirish kerak. Simptomlar odatda davolash boshlangandan bir necha kun yoki xafta davomida paydo bo‘ladi. Yuqori dozalar qo‘llaganda ushbu nojo‘ya samaralar kelib chiqish xavfi yuqori bo‘ladi. Ko‘pchilik reaksiyalar doza kamaytirilganda yoki preparat bekor qilinganda yo‘qoladi, lekin ba‘zi holatlarda maxsus davolash qo‘llash lozim bo‘lishi mumkin. Bunday simptomlar rivojlansa shifokorga murojaat qilish kerak. Shuningdek, ruhiy o‘zgarishlar glyukokortikosteroidlar bekor qilingandan keyin ham kuzatilishi mumkin.

Glyukokortikosteroidlar allergik teri testlarini o‘zgartirishi mumkin.

Bolalarni deksametazon bilan yaqqol zarur bo‘lgan holatlardagina davolash mumkin. Deksametazon bilan davolash vaqtida bolalar o‘sishi va rivojlanishini sinchiklab kuzatish kerak.

Preparatni bo‘g‘im ichiga yuborish mahalliy yoki tizimli nojo‘ya reaksiyalarga olib kelishi mumkin. Tez-tez qo‘llash tog‘ay shikastlanishi yoki suyak nekrozini chiqarishi mumkin.

Deksametazonni bo‘g‘im ichiga yuborishdan oldin bo‘g‘im ichidagi sinovial suyuqlikni olib tashlash va uni tekshirish (infeksiya mavjudiligini tekshirish) kerak. Preparatni infeksiyalangan bo‘g‘imlarga qo‘llash mumkin emas. Agar bo‘g‘im infeksiyasi in‘eksiyadan keyin rivojlansa, tegishli antibiotiklar bilan davolashni boshlash kerak.

Tez-tez amalga oshiriladigan bo‘g‘im ichiga qilinadigan in‘eksiyalar bo‘g‘im to‘qimasini shikastlashi mumkin. Preparat bilan davolashi vaqtida, yallig‘lanish jarayoni to‘liq bartaraf etilgunicha, hatto simptomatik yaxshilashi kuzatilganda ham, bemor shikastlangan bo‘g‘imga ko‘p yuklama bermasligi kerak.

Glyukokortikosteroidlarni bo‘g‘im ichiga yuborilganda og‘riq ancha kuchaysa va uni shishishi va keyinchalik bo‘g‘imlar harakatlanishi chegaralanishi, isitmalash va umumiy bexollik bilan kechsa (ushbu simptomlar septik artrit rivojlanishidan darak beradi) preparatni bemorga qo‘llashni to‘xtatish kerak. Septik artrit rivojalanganda va sepsis tashxisi tasdiqlansa, tegishli antibiakterial davolashni amalga oshirish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash

Homiladorlik davri

Glyukokortikosteroidlar yo‘ldoshdan o‘tadi va homilada yuqori konsentrasiyaga erishadi. Homilaga va yangi tug‘ilgan chaqaloqqa salbiy ta‘sirini inkor qilib bo‘lmaydi. Deksametazon bolaning ona qornida rivojlanishini susaytiradi. Ba‘zi ma‘lumotlarga ko‘ra, glyukokortikosteroidlarning hatto farmakologik dozalari yo‘ldosh yetishmovchiligi, oligogidramnion, homila rivojlanishi sekinlashishi yoki ona qornida nobud bo‘lishi, homilada leykositlar sonini oshishi (neytrofillar) va buyrak usti bezi yetishmovchiligi kelib chiqish xavfini oshirishi mumkin. Deksametazonning teratogen ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Homiladorlik davrida glyukokortikosteroidlar bilan davolangan onalardan tug‘ilgan bolalarni buyrak usti bezi yetishmovchiligi borligiga sinchiklab tekshirish kerak.

Shoshilinch holatlarda preparat bo‘lajak ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin.

Preeklampsiyada alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi. Umumiy tavsiyalarga muvofiq, homiladorlik davrida glyukokortikosteroidlar bilan davolanganda asosiy kasallikni nazorat qilish maqsadida eng kam samarali dozani qo‘llash kerak.

Homiladorlik davrida glyukokortikosteroidlarni qo‘llagan ayollar tug‘ruq vaqtida qo‘shimcha dozalar qabul qilish tavsiya etiladi. Agar tug‘ruq jarayoni cho‘zilib ketsa yoki kesar kesish rejalashtirilgan hollarda, xar 8 soatdan 100 mg gidrokortizon yuborish tavsiya etiladi.

Emizish davri

Preparatni emizish davrda qabul qilish mumkin emas (shoshilinch holatlardan tashqari).

Glyukokortikosteroidlar ko‘krak sutiga ajraladi. Deksametazonni qo‘llaganda, ayniqsa fiziologik normalar (1 mg atrofida) dan oshganda, emizish tavsiya etilmaydi, chunki bu bola rivojalanishini sekinlashishi va endogen kortikosteroidlar sekresiyasi kamayishiga olib kelishi mumkin.

Bolalar

Preparat yangi tug‘ilgan davrdan boshlab juda zarur bo‘lgan paytdagina qo‘llash kerak. Deksametazon bilan davolash davomida bolalar va o‘smirlar o‘sishi va rivojalanishini sinchkovlik bilan kuzatib borish kerak.

Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlar bilan boshqarshi tizimi qobiliyatiga ta‘siri

Ma‘lumotlar yo‘q, lekin nerv tizimi va ko‘rish a‘zolari tomonidan nojo‘ya reaksiyalar kelib chiqishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: dozani o‘tkir oshirib yuborilishi yoki dozani o‘tkir oshirib yuborilishi natijasida o‘lim kelib chiqishi to‘g‘risida ayrim ma‘lumotlar bor. Dozani oshirib yuborilishini (odatda faqat juda yuqori dozalarni bir necha hafta davomida qo‘llgandan keyin) ta‘riflangan nojo‘ya samaralarni kuchayishi bilan namoyon bo‘ladi, xususan: avvalo Isenko-Kushing sindromi, akne, ekximozlar, grisutizm, ko‘ngil aynishi, anoreksiya, ovqat hazm qilish yo‘llari yarasi, artralgiya, miopatiya, mialgiya, xansirash, bosh aylanishi, xushdan ketish, isitma, arterial bosimni oshishi, giperlipidemiya, osteoporoz, ortostatik gipotenziya, infeksiyalar rivojlanishi, steroid diabet, “oysimon” yuz, jinsiy disfunksiya.

Davolash: simptomatik va bir maromda saqlab turuvchi davolash. Spesifik antidoti yo‘q. Gemodializ samarasiz.

Chiqarilish shakli

1 ml dan ampulada; 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda; 2 kontur uyali o‘ramdan qutida; 5 yoki 10 ampuladan kontur uyali o‘ramda: 1 kontur uyali o‘ramdan qutida.

Saqlash sharoiti

Orginal o‘ramida, 15oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DEKSAMETAZON eritma 1 ml 0,4% N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DEKSAMETAZON eritma 1 ml 0,4% N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DEKSAMETAZON eritma 1 ml 0,4% N20 dori vositasi Jurabek Laboratories, СП ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DEKSAMETAZON eritma 1 ml 0,4% N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DEKSAMETAZON eritma 1 ml 0,4% N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 8000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 8000 ME/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
Narh: 65 400 so'mdan Batafsil
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 6000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 6000 ME/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 4000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
Другие формы препарата
DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 5ml 0,1%
DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 10ml 0,1%
DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 1mg 0,1%
DEKSAMETAZON tomchilar
DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 10ml 0,1%
DEKSAMETAZON tomchilar 5 ml 1 mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Reka-Med Farm, СП ООО
DEKSAMETAZON DARNISA ko'z tomchilari 10ml 1mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
DEKSAMETAZON tabletkalari 0,5mg N10
DEKSAMETAZON tabletkalari 0,5mg N10
DEKSAMETAZON tabletkalari 0,5mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Deksametazon ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ГНЦЛС ОЗ,ООО произведено Здоровье, ФК, ООО
DEKSAMETAZON tabletkalari 0,5mg N10
DEKSAMETAZON 0,0005 tabletkalari N10
DEKSAMETAZON 0,0005 tabletkalari N56
Deksametazon 0,1% 5ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9