×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DEKSILANT kapsulalar 60mg N28

Kategoriya:
- Kislotalikning buzilishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Italiya
Faol modda:
Декслансопразол
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- Takeda GmbH, Германия произведено: Delpharm Novara S.r.I.
ATX kodi:
- A02BC06
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom apelsina N24 Bayer Consumer Care AG Germaniya
39 000 s`om dan
OBLEPIXOVOE maslo 100ml Алтайвитамины, ЗАО Rossiya
8 485 s`om dan
KONTROLOK tabletkalari 40mg N14 Takeda GmbH Germaniya
130 000 s`om dan
BAROL 20 kapsulalar 20mg N30 Mega Lifesciences (Australia) Pty. Ltd, Австралия произведено: Inventia Healthcare Pvt. Ltd Hindiston
81 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DEKSILANT kapsulalar 60mg N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DEKSILANT

DEXILANT

 

Preparatning savdo nomi: Deksilant

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): dekslansoprazol

Dori shakli: ajralib chiqishi modifikasiyalangan kapsulalar.

Tarkibi:

1 kapsula 30 mg quyidagilarni saqlaydi:

faol moda: dekslansoprazol – 30 mg;

yordamchi moddalar: qand krupkasi*(500 mkm dan 710 mkm gacha) 28,8 mg, mangiy karbonati 11,5 mg, saxaroza 41,5 mg, quyialmashingan giproloza 8,64 mg, giproloza 0,34 mg, gipromelloza 2910 7,54 mg, talk 16,64 mg, titan dioksidi 5,5 mg, metakril kislotasining sopolimeri dispersiyasi** 9,66 mg, makrogol – 8000 0,96 mg, polisorbat-80 0,44 mg, kolloid kremniy dioksidi 0,09 mg, metakril kislotasi va metilmetakrilat sopolimeri (1:2) 15,95 mg, metakril kislotasi va metilmetakrilat sopolimeri (1:1) 5,32 mg, trietilsitrat 2,12 mg;

kapsula qobig‘i: karraginan 0,192-0,624 mg, kaliy xloridi 0,144-0,48 mg, titan dioksidi 2,4768 mg, indigotin bo‘yovchisi Ye132 0,3456 mg, sariq va qizil temir oksidi bo‘yovchisi 0,0576 mg, gipromelloza q.s. 48 mg gacha, markirovka uchun kulrang tozalangan siyox*** juda oz miqdorda.

*Qand krupkasining tarkibi: saxaroza 18-26,352 mg, makkajo‘xori kraxmali 2-448-10,8 mg;

**Metakril kislotasi sopolimeri dispersiyasining tarkibi: metakril kislota 4,4436 mg, etakrilat 4,2504 mg, natriy laurilsulfati 0,2254 mg, polisorbat-80 0,7406 mg;

***Markirovka uchun kulrang tozalangan kulrangli siyox qizil temir oksidi bo‘yovchisi, sariq temir oksidi bo‘yovchisi, indigotin bo‘yovchisi Ye132, karnnaub mumi, shellak, gliseril monooleatidan tashkil topgan.

1 kapsula 60 mg quyidagilarni saqlaydi:

faol moda: dekslansoprazol – 60 mg;

yordamchi moddalar: qand krupkasi*(500 mkm dan 710 mkm gacha) 40,0 mg, mangiy karbonati 16,0 mg, saxaroza 39,52 mg, quyialmashingan giproloza 12,0 mg, giproloza 0,48 mg, gipromelloza 2910 10,5067 mg, talk 27,5499 mg, titan dioksidi 6,9933 mg, metakril kislotasining dispersiyaning sopolimeri** 7,02 mg, makrogol-8000 0,7 mg, polisorbat-80 0,32 mg, kolloid kremniy dioksidi 0,13 mg, metakril kislotasi va metilmetakrilat sopolimeri (1:2) 31,19 mg, metakril kislotasi va metilmetakrilat sopolimeri (1:1) 10,64 mg, uchetilsitrat 4,24 mg;

kapsula qobig‘i: karraginan 0,24-0,78 mg, kaliy xloridi 0,18-0,6 mg, titan dioksidi 2,52 mg, indigotin bo‘yovchisi Ye132 1,08 mg, gipromelloza q.s. 60 mg gacha, markirovka uchun kulrang tozalangan siyox*** juda oz miqdorda.

*Qand krupkasining tarkibi: saxaroza 25-36,6 mg, makkajo‘xori kraxmali 3,4-15 mg;

**Metakril kislotasi sopolimeri dispersiyasining tarkibi: metakril kislota 3,2292 mg, etakrilat 3,0888 mg, natriy laurilsulfati 0,1638 mg, polisorbat-80 0,5382 mg;

***Markirovka uchun kulrang tozalangan siyox qizil temir oksidi bo‘yovchisi, sariq temir oksidi bo‘yovchisi, indigotin bo‘yovchisi Ye132, karngaub mumi, shellak, gliseril monooleatidan tashkil topgan.

Ta‘rifi:

Doza 30 mg

Tiniq bo‘lmagan xavorang qopqoqcha va tiniq bo‘lmagan kulrang korpusli kapsulalar. Qopqoqchasiga to‘q-kulrang siyox bilan “TAR” logotipi, korpusiga – “30” yozuvi tushirilgan.

Kapsulalarning ichidagisi – oqdan to deyarli oq rangligacha bo‘lgan granulalar.

Doza 60 mg

Tiniq bo‘lmagan xavorang qopqoqcha va korpusli kapsulalar. Qopqoqchasiga to‘q-kulrang siyox bilan “TAR” logotipi, korpusiga – “60” yozuvi tushirilgan.

Kapsulalarning ichidagisi – oqdan to deyarli oq rangligacha bo‘lgan granulalar.

Farmakoterapevtik guruxi: Proton nasosi ingibitori.

ATX kodi: A02VS06

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Dekslansoprazol lansoprazolning R-enantiomeri bo‘lib, proton pompasining ingibitori hisoblanadi. Me‘dadagi parietal hujayralarining N+/K+ ATF-azasi faolligini susaytirish yo‘li bilan me‘da shirasining sekresiyasini yakuniy bosqichini susaytiradi. Ingibisiya qilishi dozaga bog‘liq va qaytuvchi xarakterga ega bo‘lib, me‘da shirasining ham bazal, xam rag‘batlantirilgan sekresiyasiga ta‘sir qiladi. Dekslansoprazol parietal hujayralarda to‘planadi va ularning kislotali muxitida faollashadi, shundan so‘ng u, N+/K+ ATF-azaning sulfgidril guruxi bilan reaksiyaga kirishib, fermentlar faolligini ingibisiya qilinishini chaqiradi.

Antisekretor faolligi

Deksilant uchun me‘daning o‘rtacha rN 4,55 ni tashkil qiladi. Kun davomidagi me‘da ichki rN ko‘rsatkichini 4 dan ortiq vaqtning o‘rtacha foizi Deksilant uchun 71% (17 soat davomida), va lansoprazol uchun 60% (14 soat davomida) ni tashkil qiladi.

Zardobdagi gastringa ta‘siri

Deksilantni zardobdagi gastringa ta‘siri klinik tadqiqotlarda 1 yilgacha ishtirok etgan pasientlarda o‘rganilgan. Deksilant bilan 30 mg va 60 mg dozada davolash vaqtida, och qoringa gastrinning o‘rtacha konsentrasiyasi ko‘rsatkichlarini oshishi kuzatilgan. 6 oydan ko‘proq davolangan pasientlarda davolashning birinchi 3 oyi davomida zardob gastrinining o‘rtacha qaymatini oshishi va davolashning oxirigacha saqlanib qolishi kuzatilgan.

Zardob gastrinining qiymati dastlabki ko‘rsatkichlariga qabul qilish to‘xtatilgandan keyin 1 oy davomida qaytgan.

Antisekretor preparatlar bilan davolash vaqtida, xlorid kislotasini ishlab chiqarilishini pasayishiga javoban, zardob gastrini oshadi. Shuningdek me‘daning kislotali muhitining pastligi tufayli, Xromogranin A (CgA) darajasini oshishi kuzatiladi. Xromogranin A (CgA) darajasini yuqori bo‘lishi neyroendokrin o‘smalarga tekshiruv natijalariga ta‘sir qilishi (interferensiya) mumkin.

Xozirgi vaqtdagi bor bo‘lgan isbotli ma‘lumotlarga qo‘ra, Xromogranin A (CgA) ga o‘tkazilgan tekshirishgacha 5 kundan 2 haftagacha muddatlarda proton nasosi ingibitorlarini qabul qilish to‘xtatish tavsiya etiladi. Bu Xromogranin A (CgA) darajasini referens qiymatlar darajasiga qaytarish imkoniyatini beradi, proton nasosi ingibitorlarini qabul qilish vaqtida ularni soxta oshishi kuzatilishi mumkin.

Enteroxromaffinsimon hujayralar (ECL). 30 mg, 60 mg, 90 mg dozada dekslansoprazol bilan 12 oygacha davolangan pasientlar me‘dasini biopsiyasida, enteroxromaffinsimon hujayralarning giperplaziyasi xaqida xabarlar tushmagan.

Yurak repolyarizasiyasiga ta‘siri

Deksilant 90 mg yoki 300 mg dozada sog‘lom sinaluvchilarda plaseboga nisbatan yurak repolyarizasiyasini sekinlashishini chaqirmagan.

 

 

 

Farmakokinetikasi

Ikki tomonlama ajralib chiqishi sekinlashtirilgan texnologiyasini ishlatish bilan aniqlangan. Deksilantning farmakokinetik profili plazmada dekslansoprazolning konsentrasiyasini ikkita cho‘qqiga egaligini ko‘rsatdi, birinchi cho‘qqi qabul qilgandan keyin 1-2 soat o‘tgach kuzatiladi, navbatdagi ikkinchi cho‘qqi qabul qilgandan keyin 4-5 soat o‘tgach aniqlanadi.

So‘rilishi

Deksilant 30 mg va 60 mg dozada ichga qabul qilgandan keyin sog‘lom sinaluvchilarda, plazmada dekslansoprazolning maksimal konsentrasiyasi (Smax) va egri chiziq ostidagi maydoni (AUC), taxminan qabul qilingan dozaga proporsional oshgan. Qon plazmasidagi cho‘qqi darajalari 4 dan 6 soatgacha vaqt davomida paydo bo‘lgan.

Taqsimlanishi

Sog‘lom ko‘ngillilarda dekslansoprazolning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 96,1% va 98,8% orasida o‘zgarib turadi va ml da 0,01 dan 20 mkg gacha chegaralarda bo‘lgan konsentrasiyaga bog‘liq bo‘lmagan. Simptomatik gastro-ezofaleal reflyuks kasalligi (GERK) li pasientlarda bir necha dozalardan keyin taqsimlanish xajmi 40,3 l ni tashkil qilgan.

Metabolizmi

Dekslansoprazol jigarda oksidlanish, qaytarilish jarayonlari va keyinchalik sulfatli, glyukuronidli va glutationli birikmalar xosil bo‘lishi bilan nofaol metabolitlari hosil bo‘lishi bilan jadal metabolizmga uchraydi.

Oksidlanish sitoxrom R450 tizimi fermentlari yordamida amalga oshiriladi, u gidroksillanish (asosan CYP2C19 izofermenti tomonidan) jarayonlarida ham, oksidlanish (CYP3A4 izofermenti tomonidan) jarayonlarida xam ishtirok etadi. CYP2C19 izofermenti polimorf jigar izofermenti hisoblanadi, u substratlar metabolizmida turli xususiyatlar nomoyon qiluvchi (tez, o‘rtacha va sekin metabolizatorlar) 3 xil fraksiyalarda mavjud bo‘ladi.

Odatda, o‘rtacha va kuchsiz metabolizatorlarda dekslansoprazolning AUC (egri chiziq osti maydoni) ko‘rsatkichi yuqori bo‘ladi.

CYP2C19 izofermentining o‘rtacha va kuchli metabolizatorlari bo‘lgani xollarda, qon plazmasidagi asosiy metaboliti 5-gidroksidekslansoprazol va uning glyukuronli birikmasi xisoblanadi. CYP2C19 izofermentining kuchsiz metabolizatorlari bo‘lgan xollarda esa – dekslansoprazol sulfon asosiy metobolit hisoblanadi.

Chiqarilishi

Deksilant qabul qilgandan keyin, dekslansaprazol siydikda o‘zgarmagan xolda aniqlanmaydi.

Sog‘lom ko‘ngillilar nishonlangan [14C] dekslansoprazol qabul qilganlaridan keyin, taxminan 50,7% siydik bilan va 47,6% axlat bilan chiqarilgan. 30 yoki 60 mg sutkalik doza 5 kun qabul qilgandan keyin sog‘lom sinaluvchilarda klirens muvofiq 11,4 dan 11,6 l/s gachani tashkil qilgan.

Preparat jigarda jadal metabolizmlanishi tufayli, buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda dekslansoprazol qo‘llanganda, dozani pasaytirish talab etilmaydi.

To‘g‘ri chiziqlilik/to‘g‘ri chiziqlilik emas

Sog‘lom ko‘ngilliklar dekslansoprazolning 30 dan 120 mg gacha bir martalik va ko‘p martalik dozalarini qabul qilganlaridan keyin, Smax va AUC ning o‘rtacha qiymatlari dozaga proporsional ravishda oshgan. Dekslansoprazolning farmakokinetikasi doza va vaqtga bog‘liq emas, yarim chiqarilish davri t1/2 taxminan 1-2 soatni tashkil qilgan. Dekslansoprazolning bir martalik sutkalik dozasi qabul qilingandan keyin faol moddalarning kumulyasiyasi axamiyatsiz yoki mavjud emas, bu xaqida, sutkalik doza bir marta va ko‘p marta qabul qilinganidan keyin, muvozanat konsentrasiyaga erishilganda Smax va AUC ning o‘xshash qiymatlari dalolat beradi.

Ovqatning ta‘siri

Ovqat iste‘mol qilish dekslansoprazol tomonidan me‘da rN ni 24 soatlik nazoratiga klinik axamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Pasientlarning alohida guruxi

Keksalik yoshi

Deksilantni 60 mg bir marta dozada qabul qilgan sog‘lom keksa erkaklar va ayollarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, terminal yarim chiqarilishi davrining (t1/2) tezligi yosh ko‘ngillilarga nisbatan statistik ahamiyatli pastligini ko‘rsatadi (muvofiq ravishda 2,23 va 1,5 soat). Shuningdek desklansoprazol, yosh ko‘ngillilarga nisbatan keksa yoshdagi tekshiriluvchilarda yuqori tizimli ekspozisiyani ko‘rsatgan (35,4% ga). Bu ma‘lumotlar klinik axamiyatli hisoblanadi. Keksa pasientlarda doza individual ravishda tanlanadi va agar sutkalik dozani oshirishga aloxida ko‘rsatmalar bo‘lmasa, doza sutkada 60 mg dan oshmasligi kerak.

Buyrak funksiyasini buzilishi

Dekslansoprazol jigarda nofaol metabolitlarigacha jadal metabolizmga uchraydi. Ichga qabul qilinganidan keyin siydikda faol metabolitlari aniqlanmaydi. Demak, buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda tadqiqotlar o‘tkazilmagan. “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang.

Jigar funksiyasini buzilishi

Jigar funksiyasini o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan pasientlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda Deksilantning 60 mg bir martalik dozasi qabul qilingandan keyingi jigar funksiyasi normal bo‘lgan ko‘ngillilarga nisbatan, plazmada bog‘langan va bog‘lanmagan dekslansoprazolning miqdorini (AUC) 2 marta oshishi aniqlangan.

Jigar funksiyasini yengil buzilishlari bo‘lgan pasientlar uchun dekslansoprazolning dozasiga tuzatish kiritish etilmaydi. Jigar funksiyasini o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan pasientlar ko‘proq kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak, maksimal tavsiya etitladigan sutkalik doza, sutkada 30 mg dan oshmasligi kerak. Jigar funksiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarga dekslansoprazolni qabul qilish tavsiya etilmaydi, ma‘lumotlar mavjud emas. “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang.

Bolalar

Simptomatik GERK bo‘lgan 12 dan 17 yoshgacha bo‘lgan 36 nafar pasientlarda dekslansoprazolning farmakokinetikasini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘p markazli tadqiqotlar, bu yosh guruxi pasientlarida dekslansoprazolning farmakokinetikasi umuman olganda, katta sog‘lom ko‘ngillilardagi farmakokinetikasi bilan o‘xshashligini ko‘rsatgan.

Jins

Deksilantning 60 mg li bir martalik dozasini qabul qilgan sog‘lom erkaklar va ayollardagi tadqiqotlarda, erkaklarga nisbatan ayollarda tizimli ekspozisiyasi (AUC) yuqori (42,8% ga) bo‘lgan. Jinsga qarab, Deksilantning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Qo‘llanishi

Kattalar va 12 dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda:

  • eroziv reflyuks ezofagitni davolash;
  • bitgan eroziv reflyuks ezofagitni tutib turuvchi davolash va jig‘ildon qaynashi ko‘rinishlarini yengillashtirish uchun;
  • simptomatik noeroziv gastroezofagal reflyuks kasalligida (GERK) jig‘ildon qaynashi va kislotali regurgitasiyani qisqa muddatli davolash uchun qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga: kapsula butunligicha, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilinadi. Shuningdek kapsulani ochish undan granulalarni osh qoshiqqa to‘kish va ularni olma pyuresiga aralashtirish; so‘ngra darxol, chaynamasdan yutish kerak.

Eroziv reflyuks ezofagitni davolash

Kattalar va 12 dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar

Tavsiya etilgan doza 60 mg sutkada 1 marta xisoblanadi, davolash 4 xafta davom etadi. 4 xaftada to‘liq bitish yuz bermagan pasientlarda, davolash usha dozada yana 4 xaftaga uzaytirilishi mumkin.

Bitgan eroziv reflyuks ezofagitni tutib turuvchi davolash va jig‘ildon qaynashi ko‘rinishlarini yengillashtirish uchun

Kattalarga:

Kislotali muhitni uzoq muddatli susaytirilishiga muxtoj bo‘lgan pasientlarga tavsiya etilgan doza 30 mg sutkada 1 marta xisoblanadi, davolash 6 oygacha davom etadi.

Kattalar va 12 dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar:

Tavsiya etilgan sutkalik doza sutkada 1 marta 30 mgni tashkil qiladi. Davolash davomiyligi mutaxassis tomonidan belgilanadi.

Simptomatik noeroziv gastroezofagal reflyuks kasalligi (GERB)

Kattalar va 12 dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar:

Tavsiya etilgan sutkalik doza 30 mg sutkada 1 marta xisoblanadi. Davolash kursi – 4 xaftagacha davom etadi.

Pasientlarning alohida guruxlari

Keksalar

Keksa yoshdagi pasientlarda dekslansoprazolning klirensini pastligi tufayli, dozani tanlash individual ravishda amalaga oshirishishi kerak. Keksa pasientlarda sutkalik doza, majbur bo‘lgan klinik ko‘rsatmalar xollaridan tashqari, 60 mg dan oshmasligi kerak (Farmakokinetika bo‘limiga qarang).

Buyrak funksiyasini buzilishi

Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Farmakokinetikasi bo‘limiga qarang.

Jigar funksiyasini buzilishi

Jigar funksiyasini yengil buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Jigar funksiyasini o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan pasientlar sinchkov tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak, maksimal sutkalik doza 30 mg ni tashkil qiladi. Jigar funksiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli (Maxsus ko‘rsatmalar va Farmakokinetikasi bo‘limlariga qarang), bu gurux pasientlarga dekslansoprazolni qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Bolalar

12 dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar

Eroziv reflyuks ezofagitni davolash

12 dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Deksilantning dozasi, kattalardagi kabi bo‘ladi.

Bitgan eroziv reflyuks ezofagitni tutib turuvchi davolash va jig‘ildon qaynashi ko‘rinishlarini yengillashtirish uchun

12 dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Deksilantning dozasi, kattalardagi kabi bo‘ladi.

Simptomatik noeroziv gastroezofagal reflyuks kasalligi (GERB)

12 dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Deksilantning dozasi, kattalardagi kabi bo‘ladi.

12 yoshgacha bo‘lgan bolalar

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Deksilantning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmaganligi tufayli. Ma‘lumotlar yo‘q.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Xavfsizlik profilining qisqacha bayoni

Kattalar

Preparatni 1 yilgacha qabul qilgan pasientlarda 30, 60, yoki 90 mg dozalarda Deksilantning xavfsizligini baxolash o‘tkazilgan. Bu klinik tadqiqotlarning natijalariga muvofiq, Deksilantni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar, plasebo yoki lansoprazolni qabul qilishda xam paydo bo‘lish tez-tezligi bo‘yicha asosan yengil yoki o‘rtacha bo‘lgan. Eng ko‘p diareya, qorinda og‘riq, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qorinda diskomfort, meteorizm va qabziyatlar ko‘rinishidagi nojo‘ya reaksiyalar xaqida xabar berilgan. Bu nojo‘ya reaksiyalarni namoyon bo‘lish tezligi jins, yosh yoki irqqa bog‘liq bo‘lmagan.

Nojo‘ya reaksiyalar jadvali

Quyida klinik tadqiqotlar va postmarketing tajriba davomida olingan nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risidagi xabarlar (MedDRA-Boshqaruv faoliyati uchun Tibbiy lug‘at bo‘yicha atamalarga muvofiq) tizim-a‘zo-sinf va mutloq tez-tezlik tasnifi bo‘yicha. ko‘rsatilgan.

Namoyon bo‘lish tez-tezligi quydagi tarzda aniqlangan:

juda tez-tez (≥ 1/10);

tez-tez (≥ 1/100 dan ≤ 1/10 gacha);

tez-tez emas (≥ 1/1000 dan ≤ 1/100 gacha);

kam xollarda (≥ 1/10000 dan ≤ 1/1000 gacha);

juda kam xollarda (≤ 1/10000);

noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida aniqlash mumkin emas).

Xar bir gurux doirasida nojo‘ya reaksiyalar namoyon bo‘lish og‘irligini kamayishi tartibida berilgan:

Tizim-a‘zo-a‘zolar sinfi       Tez-tez  Tez-tez emas           Kam       Noma‘lum
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlari       Autoimmun gemo-

litik anemiya1,2

Idiopatik trombo-

sitopenik purpura2

Immun tizimining buzilishlari       Anafilaktik reaksiya

O‘ta yuqori

sezuvchanlik1,2

Anafilaktik shok2

Moddalar almashinuvi va ovqatlanishni buzilishlari       Gipomagniemiya2

(Maxsus ko‘rsatma-

lar bo‘limiga qarang)

Tayanch-xarakat apparati va biriktiruvchi to‘qimaning buzilishlari   Son, bilak yoki umurtqa pog‘onasini sinishi (Maxsus ko‘rsatmalar

bo‘limiga qarang)

   
Ruxiy buzilishlar   Uyqusizlik

Depressiya

Eshitish gallyusinasiyalari  
Nerv tizimining buzilishlari Bosh og‘rig‘i Bosh aylanishi

O‘zgarishi ta‘mni

Tirishishlar

Parasteziyalar

 
Ko‘rishni buzilishlari     Ko‘rishni buzilishi Ko‘rishni xiralashishi2
Eshitish va koordinasiyani buzilishlari     Fazoviy orientasiyani buzilishi Karlik2
Qon tomir buzilishlari   Gipertenziya

Qizib ketishlar hissi

   
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolarining buzilishlari   Yo‘tal    
Me‘da-ichak buzilishlari Diareya1

Qorinda og‘riq1 Ko‘ngil aynishi

Qorinda diskomfort

Meteorizm

Qabziyat

Fundal bezlardan poliplar (xavfsiz)

Qusiish

Og‘izni qurishi

Kandidoz  
Gepatobiliar

Tizimining buzilishlari

  Jigar funksiyasini baxolash testini normadan og‘ishi   Dorivor gepatit
Teri va teri osti to‘qimasining buzilishlari   Eshakemi

Qichishish

Toshma

  Nimo‘tkir teri qizil yugirik (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang)

Stivens-Djonson sindromi2

Toksik epidermal nekroliz2

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaksiya   Asteniya

Ishtaxani o‘zgarishi

   

1 “Ayrim nojo‘ya reaksiyalarning ta‘rifi” bo‘limiga qarang.

2 dekslansoprazol maqullanganidan  keyin kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar (bu reaksiyalar xaqidagi xabarlar aniqlanmagan miqdorda aholi tomonidan

 ixtiyoriy ravishda yo‘llanganligi tufayli, bor bo‘zlgan ma‘lumotlar asosida namoyon bo‘lishi tezligini baxolash mumkin emas.

Ayrim nojo‘ya reaksiyalarni ta‘rifi

Diareya va qorinda og‘riq

klinik tadqiqotlarning III fazasi davomida eng ko‘p uchraydigan reaksiya diareya (infeksion diareyani xisoblamaganda) bo‘lgan, ko‘pchilik xollarda u juda jiddiy bo‘lmagan.

Umuman, tekshirilayotgan ko‘p bo‘lmagan pasientlar (2,4%) nojo‘ya reaksiyalari tufayli, dekslansoprazol bilan davolashdan muddatidan oldin voz kechganlar.

Muddatidan oldin bekor qilishga olib kelgan eng ko‘p (≥ 0,5%) nojo‘ya reaksiyalar diareya, me‘da-ichak yo‘llari va qorinda og‘riq bo‘lgan. Diareya va qorinda og‘riqlarning dastlabki boshlanishi ta‘sir qilishning davomiyligiga bog‘liq bo‘lmagan va ko‘pchilik xollarda og‘irligi yengildan o‘rtacha og‘irlik darajasigacha bo‘lgan. Bu ko‘rinishlarning tez-tezligi dozaga bog‘liq xarakterga ega bo‘lmagan.

O‘ta yuqori sezuvchanlik

Postmarketing  kuzatishlarda jiddiy o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining bir necha xollari to‘g‘risida xabar berilgan. O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari xollari ko‘proq (74%) ayollarda kuzatilgan. Ko‘pchilik jiddiy xolatlar steroidlar va/yoki antigistamin pareparatlari yordamida va dori vositasini bekor qilish yo‘li bilan bartaraf etilgan. Og‘ir reaksiyalar, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz ko‘p bo‘lmagan pasientlarda qayd etilgan.

Gemolitik anemiya

Postmarketing kuzatuvlar davomida dekslansoprazol 60 mg dozada 4 dan 7 oygacha qabul qilinganda gemolitik anemiyaning jiddiy xollari to‘g‘risida xabar berilgan.

Bolalar

12 dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda xavfsizlik profili kattalardagi xavfsizlik profili bilan o‘xshash bo‘lgan. 166 nafar kattalarda  tadqiqotlarda, bir pasientdan ko‘prog‘ida kuzatilgan nojo‘ya ta‘siri qorinda og‘riq bo‘lgan. Xar bir pasientda diareya, eshakemi, og‘izni qurishi va bosh og‘rig‘i, qo‘shimcha nojo‘ya ta‘siri kuzatilgan.

Dori preparatlarining nojo‘ya reaksiyalariga gumon to‘g‘risidagi postregistrasion xabarlar muximdir. Ular dori preparatining foyda/xavf balansini uzuluksiz monitoringini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Xaar qanday nojo‘ya reaksiyaga gumon qilinganda, sog‘liqni saqlash mutaxassislaridan maxalliy formani to‘ldirish va joylardagi organlarga nojo‘ya reaksiyalar xaqida xabar berish talab etiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • Faol moddaga yoki yordamchi moddalardan xar qandayiga yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

O‘zaro ta‘siri yuzasidan tadqiqotlar faqat kattalarda o‘tkazilgan.

Boshqa preparatlarni dekslansoprazolga ta‘siri.

CYP2C19 va CYP3A4 ni dekslansoprazolning metabolizmida ishtirok etishi ko‘rsatilgan.

CYP2C19 ni ingibisiya qiluvchi preparatlar

CYP2C19 ingibitorlari (masalan, fluvoksamin), ko‘proq, dekslansoprazolning tizimli ta‘sirini oshiradi.

CYP2C19 va CYP3A4 ni induksiya qiluvchi preparatlar

Rifampisin va dalachoy (Hypericum perforatum) kabi CYP2C19 va CYP3A4 ga ta‘sir etuvchi fermentlarning induktorlari, qon plazmasida dekslansoprazolning konsentrasiyasini pasaytirishlari mumkin.

Boshqa preparatlar

Sukralfat/Antasidlar

Sukralfat/Antasidlar dekslansoprazolning biokiraolishini pasaytirishlari mumkin. Shuning uchun dekslansoprazolni bu preparatlar qabul qilingandan keyin 1 soat o‘tgach qabul qilish kerak.

Dekslansoprazolni boshqa dori preparatlarga ta‘siri

So‘rilishi rN ga bog‘liq bo‘lgan dori preparatlari

Biokiraolishligida me‘daning rN xal qiluvchi axamiyatga ega bo‘lgan preparatlarning so‘rilishiga dekslansoprazol ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

OITV proteaza ingibitorlari

Dekslansoprazolni atazanavir va nelfinavir (ularning so‘rilishi rN ga bog‘liq) kabi OITV proteaza ingibitorlari bilan ularning biokiraolishligini axamiyatli pasayishi tufayli, bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang.

Ketokonazol, itrakonazol va erlotinib

Me‘da-ichak yo‘llarida ketokonazol, itrakonazol va erlotinibni so‘rilishi me‘da kislotasining ta‘siri ostida kuchayadi. Dekslansoprazolni qabul qilish ketokonazol, itrakonazol va erlotinibning sub-terapevtik konsentrasiyalariga olib kelishi mumkin. Dekslansoprazolni ketokonazol, itrakonazol va erlotinib bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Digoksin

Dekslansoprazol va digoksinni birga qabul qilish, qon plazmasida digoksinning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun plazmada digoksinning darajasini nazorat qilish kerak, zarurati bo‘lganda dekslansoprazol bilan davolash boshlanganda va yakunlanganda digoksinning dozasiga tuzatish kiritish kerak.

Sitoxrom R450 tizimi fermentlari tomonidan metabolizmga uchraydigan dori preparatlari

CYP fermentlari (CYP 1A1, 1A2, 2A6, 2V6, 2C9, 2S8, 2D6, 2E1 yoki 3A4 izoformalar) tomonidan metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan klinik axamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan. Bundan tashqari, in vivo sharoitidagi tadqiqotlar, Deksilant birga qabul qilinganda fenitoinning (CYP2C9 substrati) yoki teofillin (CYP1A2 substrati) ning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmasligini ko‘rsatgan. In vitro sharoitidagi tadqiqotlarda Deksilantni CYP2C9 tizimini ingibisiya qilishi aniqlanganligiga qaramay, CYP2C9 ni tez va o‘rtacha metabolizatorlari bo‘lgan ishtirokchilaridagi  dorilarning o‘zaro ta‘sirini o‘rganish yuzasidan in vivo sharoitidagi tadqiqotlar, diazepamning (CYP2C9 substrati) farmakokinetikasiga Deksilantning ta‘siri yo‘qligini ko‘rsatgan.

Takrolimus

Dekslansoprazolni birga qo‘llash, qon plazmasida takrolimusning (CYP3A va R-glikoproteinning [P-gp] cubstrati) konsentrasiyasini, ayniqsa a‘zolarning transplantasiyasi o‘tkazilgan pasientlarda oshirishi mumkin, ular CYP2C9 ning sekin yoki o‘rtacha metabolizatorlari xisoblanadilar. Dekslansoprazol bilan birga qo‘llashni boshida yoki tugatilganda qon plazmasida takrolimusning konsentrasiyasini kuzatishni o‘tkazish tavsiya etiladi.

Varfarin

Bir vaqtda PPI va varfarin qabul qilayotgan pasientlarda, XNN va protrombin vaqtini nazorat qilish talab etilishi mumkin.

Klopidogrel

Dekslansoprazolni klopidogrel bilan birga qabul qilish, klapidogrelning farmakokinetikasiga dekslansoprazolning klinik axamiyatli ta‘sirini ko‘rsatmaydi. Deksilantning belgilangan dozasi birga qabul qilinganda klopidogrelning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Metotreksat

Klinik xolatlar xaqidagi xabarlar, aholidagi farmakokinetika bo‘yicha chop etilgan tadqiqotlar va retrospektiv taxlillar, PPI va metotreksatni (avvalambor metotreksatning yuqori dozalari, metotreksatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga qarang) bir vaqtda qo‘llash qon zardobida metotreksat va/yoki uning gidrometotreksat metabolitining darajasini oshirishi va uzaytirishi mumkinligini ko‘rsatadi, bu ehtimol metotreksatning toksikligini keltirib chiqarishi mumkin. Demak, metotreksatning katta dozalari buyurilganda, dekslansoprazolni qabul qilishni bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish lozim. Lekin, PPI bilan metotreksatning yuqori dozalarini qo‘llash bilan dorilarning o‘zaro ta‘sirini o‘rganish tadqiqotlari o‘tkazilmagan.

R-glikoprotein tomonidan olib o‘tiladigan dori preparatlari

In vitro sharoitidagi tadqiqotlarda lansoprazol transport oqsili R-gp ni ingibisiya qilishi aniqlangan. Dekslansoprazol qo‘llanganda xam nojo‘ya samarani kutish mumkin. Klinik o‘zaro aloqasi noma‘lum.

Boshqa preparatlar

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan dekslansoprazolni klinik axamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan, o‘zaro ta‘sir bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Dekslansoprazol bilan davolashni boshlashdan oldin me‘dada xavfli o‘sma borligini istisno qilish kerak, chunki preparat simptomlarni niqoblashi va to‘g‘ri tashxis qo‘yishni kechiktirishi mumkin.

Dekslansoprazolni atazanavir va nelfinavir kabi so‘rilishi rN ga bog‘liq bo‘lgan OITV proteaza ingibitorlari bo‘lgan preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish, ularning biokiraolishligini axamiyatli pasayishi tufayli tavsiya etilmaydi; (Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limiga qarang).

Jigar funksiyasini o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan pasientlarga dekslansoprazol extiyotkorlik bilan buyuriladi. Jigar funksiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarga dekslansoprazolni qabul qilish tavsiya etilmaydi (Qo‘llash usuli va dozalari shuningdek Farmakokinetikasi bo‘limlariga xam qarang).

Turli sabablar oqibatida, shu jumladan PPI ta‘sirida, me‘da kislotali muhitini pasayishi normada MIY bo‘lgan bakteriyalar sonini oshishiga yordam beradi. PPI ni qo‘llash Salmonella, Campilobacter va Clostridium difficile kabi me‘da-ichak infeksiyalari xavfini biroz oshirishi mumkin.

1 yildan ko‘proq muddatli davolashda pasientlardagi xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar cheklanganligi tufayli, bu gurux pasientlarda davolashning foyda/xavfini sinchkov muntazam baxolashni o‘tkazish talab etiladi.

3 oylan kam bo‘lmagan, ko‘pchilik xollarda 1 yilgacha  dekslansoprazolga o‘xshash PPI qabul qilgan pasientlarda og‘ir gipomagniemiya rivojlanishini xollari to‘g‘risida xabar berilgan. Gipomagniemiya simptomlari sezilmasdan boshlanadi va nazardan chetda qolishi mumkin, charchoq, alaxsirash, tirishishlar, bosh aylanishi va yurak qorinchalari aritmiyasi rivojlanishi mumkin. Gipomagniemiya xolati magniy bilan o‘rinbosar davolash yo‘li va PPI qabul qilishni to‘xtatish bilan bartaraf qilinadi. Davomli davolash ko‘zda tutilgan  pasientlarga, yoki PPI ni digoksin yoki gipomagniemiyani chaqirishi mumkin bo‘lgan dori preparatlarini (masalan, diuretiklar) qabul qilayotganlar uchun, davolaovchi shifokor PPI ni qo‘llash bilan davolashni boshlashdan oldin va davolash vaqtida vaqti-vaqti bilan magniyning darajasini kuzatishi kerak.

V-12 vitaminini so‘rilishiga ta‘siri

Kislotani ishlab chiqarilishining barcha blokatorlari kabi, dekslansoprazol xam gipo- yoki axlorgidriya oqibatida V12 vitaminini (sianokobalamin) so‘rilishini pasaytirishi mumkin.

V12 vitaminining miqdori past yoki V12 vitaminini so‘rilishini buzilishini rivojlanish xavf omillari bo‘lgan pasientlarda uzoq muddatli davolashda yoki  V12 vitaminining tanqisligini klinik simptomlarining muvofiq ko‘rinishlarida buni xisobga oshish kerak. Lansoprazol qabul qilayotgan pasientlarda juda kam xollarda kolit xollari kuzatilgan. Dekslansoprazol qo‘llanganda xam bunday ko‘rinishlarni kutish mumkin. Shuning uchun, og‘ir va/yoki vaqti-vaqti bilan avj oluvchi diareya xollarida davolashni to‘xtatish kerak.

Proton pompasining ingibitorlari, ayniqsa katta dozalarda va uzoq vaqt davomida (≥ 1 yil) ishlatilganida, son, bilak va umurtqa pog‘onasini sinishlari xavfini, ko‘proq keksa odamlarda yoki boshqa ma‘lum xavf omillari mavjudligida, biroz oshirishi mumkin. O‘tkazilgan umumiy tadqiqotlar asosida, proton pompasining ingibitorlari suyak sinishlarning umumiy xavfini 10-40% ga oshirishi mumkinligi aniqlangan. Bunday oshishning ayrim qismi boshqa xavf omillari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Osteoporoz xavfi bo‘lgan pasientlar amaldagi klinik qo‘llanmalarga muvofiq yordam olishlari kerak, shuningdek ular kerakli miqdorda D vitamini va kalsiy olishlari kerak.

Metotreksan PPI bilan birga qabul qilinganda, ayrim pasientlarda metotreksatning darajasini oshishi xaqida xabarlar bor. Metotreksatning katta dozalari buyurilganda, dekslansoprazolni qabul qilishni vaqtinchalik bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak.

Deksilant saxaroza saqlaydi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani so‘rilishini buzilishi yoki saxaroza-izomaltoza yetishmovchiligi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan pasientlar, bu dori preparatini qabul qilmasliklari kerak.

Nimo‘tkir teri qizil yugirik (NTQYU)

Proton pompasining ingibitorlari juda kam nimo‘tkir teri qizil yugirik xollari bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar  tananing ochiq soxalarida artralgiya bilan birga kechuvchi terining shikastlanishlari bo‘lsa, pasient darxol tibbiy yordamga murojaat qilishi kerak, sog‘liqni saqlash mutaxassisi Deksilant preparatini bekor qilish masalasini ko‘rishi kerak. Proton pompasining ingibitorlari bilan avvalgi davolash fonida rivojlangan nimo‘tkir teri qizil yugirik, proton nasosining boshqa ingibitorlari bilan NTQYU rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.

Laboratoriya tekshirishlarining natijalariga ta‘siri (Interferensiya)

Xromogranin A (SgA) ning yuqori darajasi neyroendokrin o‘smalarga tekshirish natijalariga ta‘sir qilishi mumkin. Ushbu interferensiyadan saqlanish uchun, Xromogranin A (SgA) ni tekshirishdan 5 kun oldin Deksilant preparatini qabul qilishni to‘xtatish kerak. Farmakodinamika bo‘limiga qarang.  Agar birinchi tekshirishda Xromogranin A va gastrin darajasi referens qiymatlar (norma chegaralaida) doirasida bo‘lmasa, proton pompasi ingibitorlari bilan davolash to‘xtatilganidan keyin 14 kun o‘tgach tekshirishni takrorlash kerak.

Xomiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Xomiladorlik

Xomiladorlarda dekslansoprazolni qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q yoki cheklangan. Xayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar bevosita yoki bilvosita reproduktiv toksiklik yo‘qligini ko‘rsatgan. Extiyotkorlik chorasi sifatida, xomiladorlik vaqtida Deksilant preparatini qo‘llashdan saqlanish kerak.

Laktasiya

Dekslansoprazolni odamlarda ko‘krak suti bilan chiqarilishi noma‘lum. Xayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar lansoprazolni sut bilan chiqarilishini ko‘rsatadi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va go‘daklarga ta‘sirining xavfi istisno qilinmaydi. Go‘dak uchun emizishning foydasi va ona uchun davolashning foydasini e‘tiborga olib, emizishdan yoki davolashdan voz kechish xaqida qaror qabul qilish lozim.

Fertillik

Xayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda, lansoprazol qabul qilingandan keyin fertillikning buzilishi kuzatilmagan. Dekslansoprazol bilan xam o‘xshash natijalarni kutish mumkin.

Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Bosh aylanishi, ko‘rishni buzilishlari va uyquchanlik ko‘rinishidagi nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin (Nojo‘ya reaksiyalar bo‘limiga qarang). Bunday xollarda reaksiya pasayishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Odamlarda dozani oshirib yuborilishi (o‘tkir toksiklikning extiimoli kamligiga qaramay) belgilari noma‘lum, demak, davolash bo‘yicha tavsiyalar berish mumkin emas. Deksilant preparatining dozasini oshirib yuborilishini axamiyatli xollari to‘g‘risida xabarlar mavjud emas. Deksilantning 120 mg ko‘p martalik dozalari va 300 mg dozada Deksilantni bir marta qabul qilish o‘lim yoki boshqa jiddiy nojo‘ya ko‘rinishlar chaqirmagan. Deksilantning 60 mg ikki barobar sutkalik dozasi qabul qilinganda arterial bosimni oshishi kabi jiddiy nojo‘ya reaksiyalar xaqida xabar berilgan. Deksilantning 60 mg ikki barobar sutkalik dozasi bilan jiddiy bo‘lmagan noxush nojo‘ya reaksiyalar, shu jumladan qizib ketishlar hissi, qontalashlar, tomoq og‘rig‘i va tana vaznini pasayishi kuzatilgan.

Doza oshirib yuborilganiga gumon qilingan xollarda pasientni kuzatish kerak. Dekslansoprazol gemodializ yordamida sezilarli darajada organizmdan chiqarilmaydi. Zarurati bo‘lganida me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash va simptomatik davolash tavsiya etiladi.

Chiqarilish shakli

14 tabletka PVX/PE 100mkm/PXTFE va alyumin folga blisterda.

1 (№14 uchun) va 2 (№28 uchun) blisterdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

25 S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DEKSILANT kapsulalar 60mg N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DEKSILANT kapsulalar 60mg N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DEKSILANT kapsulalar 60mg N28 dori vositasi Takeda GmbH, Германия произведено: Delpharm Novara S.r.I. tomonidan Italiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DEKSILANT kapsulalar 60mg N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DEKSILANT kapsulalar 60mg N28 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
DEKSILANT kapsulalar 60mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Декслансопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Takeda GmbH, Германия произведено: Delpharm Novara S.r.I.
DEKSILANT kapsulalar 30mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Декслансопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Takeda GmbH, Германия произведено: Delpharm Novara S.r.I.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
DEKSILANT kapsulalar 60mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Декслансопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Takeda GmbH, Германия произведено: Delpharm Novara S.r.I.
DEKSILANT kapsulalar 30mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Декслансопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Takeda GmbH, Германия произведено: Delpharm Novara S.r.I.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9