Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi. Batafsil
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Preparatning asosiy ta’sir etuvchi moddalari ksilitol va natriy atsetatidir.
Ksilitol besh atomli spirt bo‘lib, vena ichiga yuborilganda umumiy metabolizmga tez kirishadi, 80% jigarda o‘zlashtiriladi va glikogen ko‘rinishida to‘planadi. Yaqqol antiketogen ta’sir ko‘rsatadi, metabolizmi bo‘yicha insulinga qaram bo‘lmagam energiya manbaidir.
Ksilitol - bu odamda uglevodlar almashinuvining tabiiy oraliq mahsulotidir, shuning uchun kam toksiklikka ega va yaxshi o‘zlashtiriladi. Fruktozaga nisbatan jigarda nukleotidlarni (ATF, ADF, AMF) pasayishini chaqirmaydi, shuningdek fruktozani o‘zlashtira olmaydigan yoki fruktoza-1,6-difosfat fermentining tanqisligi bo‘lgan bemorlarga yuborish uchun xavfsizdir.
Natriy atsetati sekin ta’sir qiluvchi ishqorlashtiruvchi vositalarga kiradi. U preparatning metabolizmi hisobiga asoslarning to‘planishini chaqiradi va N+ ortiqcha to‘planishi sekin kuzatiladigan metabolik atsidozning ko‘rinishlarida ko‘rsatilgan (masalan, buyrak va nafassiz atsidoz tanqisligida). Natriy gidrokarbonati eritmasidan farqli ravishda natriy atsetati qo‘llanganida, metabolik atsidozni to‘g‘irlash sekinroq yuz beradi, shuning uchun rN ning keskin tebranishlarini chaqirmaydi.
Natriy atsetati 1,5-2 soat davomida natriy gidrokarbonatining ekvivalent mikdoriga to‘liq metabolizmga uchraydi, bosh miyaning xujayrali interstitsial shish ko‘rinishlarini va trombotsitlarlar va eritrotsitlarning agregatsiyasini oshishini chaqirmaydi. Atsetatning metabolizmida kislorodga bo‘lgan talab, laktatning metabolizmiga nisbatan axamiyati kam bo‘lib, bu turli kelib chiqishga ega bo‘lgan og‘ir shokni davolash uchun muhim ahamiyatga ega.
Dialit ko‘p komponentli, polifunksional, giperosmolyar eritmalar guruhiga mansub bo‘lib, antiketogen, gemodinamik, dezintoksikatsion, reologik, energetik, ishqorlashtiruvchi va osmodiuretik ta’sirlarga ega.
Gemodinamik samaraga erishish uchun Dialit kattalarga minutiga 40-60 tomchi tezlikda vena ichiga tomchilab yuboriladi. Zarurati bo‘lganida preparat minutiga 30 tomchi tezlikda tomchilab yuborish yuli bilan sinama o‘tkazilganidan keyin, oqim bilan yuborishga yo‘l qo‘yiladi. 15 tomchi yuborilganidan keyin preparatni yuborish to‘xtatiladi. 3 minutdan keyin reaksiyalar kuzatilmasa, oqim bilan yuboriladi. Preparatning antiketogen xususiyatlari yuborish tezligi ksilitolni yuqotilish tezligiga teng bo‘lganida namoyon bo‘ladi.
Jigar kasalliklarida preparat jigar funksiyasining ko‘rsatkichlari nazorati ostida qo‘llanadi. Garchi Dialit o‘t haydovchi samaraga ega bo‘lsa ham, uni o‘t-tosh kasalligida yuborish shifokorning sinchkov nazorati ostida amalga oshirilishi kerak. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga Dialit preparatini yuborish qondagi qandning miqdorini nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.
Organizmning suvsizlanishi bilan kechuvchi kasalliklarda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki Dialit giperosmolyar eritma sifatida suyuqlikni to‘qimalardan qon havzasiga o‘tishi hisobiga suvsizlanishni kuchaytirishi mumkin.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.
Homilador va emizikli ayollarga Dialit ni qo‘llash mumkinligi xaqida tekshiruvlar o‘tkazilmagan, ma’lumotlar yuq.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobilyati.
Preparat faqat shifoxona sharoitida qo‘llaniladi.
Intoksikaniyani kamaytirish, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash uchun, qandli diabet va boshqa glyukozani yo‘qolishining buzilishlarida uglevodlarga bo‘lgan talabni qisman qoplash uchun, travmatik, operatsion, gemolitik va kuyish shoklarida (qon va siydikning osmolyarligini hisobga olib), operatsiyadan oldingi tayyorgarlik va operatsiyadan keyingi davrda, o‘tkir qon yuqotilishida, shuningdek kuyish kasalligida, uzoq davom etadigan yiringli jarayonlarda, turli infeksion kasalliklar va surunkali toksik gepatitlarda ko‘llanadi.
Giperosmolyar koma, anuriya. Suyuqlikni quyish mumkin bo‘lmagan hollarda (shishlar, miyaga qon quyilish, tromboemboliya, yurak-qon tomir dekompensatsiyasi, arterial gipertenziya) Dialit ni yuborish mumkin emas. Umumiy suvsizlanishda va suv-elektrolit almashinuvini buzilishlarida preparatni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Preparatni fosfat va karbonat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas. Dialit boshqa preparatlar uchun erituvchi-tashuvchi bo‘lmasligi kerak. Preparatlarni qo‘shish fizik-kimyoviy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Kattalarga vena ichiga tomchilab, minutiga 50-70 tomchidan, ya’ni soatiga 2,1-3,0 ml/kg yoki soatiga 150-210 ml tezlik bilan yuboriladi. Maksimal doza: kattalarga - sutkada 2100 ml yoki sutkada 1 kg tana vazniga 1,5 g ksilitol. Infuziyaning maksimal tezligi - soatiga 210 ml (minutiga 70 tomchi) = 1 soatda1 kg tana vazniga 0,15 g ksilitol;
- surunkali va toksik gepatitlarda - kattalarga 400 mg dan (5-6 ml/kg) tomchilab (jigar funksiyasining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak) sutkada bir marta yoki ikki marta (sutkalik doza ikkiga bo‘lish mumkin).
- Bemorlarni, shu jumladan qandli diabeti bo‘lganlarni parenteral ovqatlantirish uchun - kattalarga 600-1000 ml dan (1 kg tana vazniga 10-15 ml), bir marta va sutka davomida takroran (sutkalik doza ikkiga bo‘lish mumkin).
- Travmatik, kuyish, operatsiyadan keyingi va gemolitik shokda - kapalarga - 600-1000 ml dan (1 kg tana vazniga 10-15 ml), bir marta va sutka davomida takroran (sutkalik doza ikkiga bo‘lish mumkin).
- Operatsiyadan oldingi davrda va turli jarrohlik muolajalardan keyin kattalarga 400-600 ml dozada (6-10 ml/kg), tomchilab, bir marta yoki takroran har kuni (sutkalik doza ikkiga bo‘lish mumkin) 3-5 kun davomida yuboriladi.
Bolalarda qo‘llanishi
Bolalarda qo‘llash imkoniyatini o‘rganishlar o‘tqazilmagan, ma’lumotlar mavjud emas.
Preparatning dozasi oshirib yuborilganida ko‘ngil aynishi, ichakning dam bo‘lishi, ich ketishi, qorinda og‘riq suv-elektrolit muvozanatining buzilishi kuzatiladi. (gipertonik reaksiya ko‘rinishida; bunday xolda arterial bosimni nazorati ostida gipotenziv vositalar yuboriladi)