×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

EKZOBETA maz 0,05% 15g

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Бетаметазон
Ishlab chiqaruvchi:
- Agio Pharmaceutical Limited
ATX kodi:
- D07AC01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SALISILOVAYA KISLOTA eritma 25ml 1% Kamol Med Farm, ООО O'zbekiston
1 100 s`om dan
TERFALIN krem 15g 1% Nobel Pharmsanoat, ИП ООО O'zbekiston
58 000 s`om dan
FLUSINAR N maz 15g Валеант, ООО, Россия произведено: Pharmaceutical Works Jelfa S.A. Polsha
22 000 s`om dan
AKNEL gel 10g L’amar Natural Product Pvt. Ltd. Hindiston
30 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
1 tuba quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: betametazon dipropionati – 0,64 mg;
yordamchi modda: propilenglikolь, mikrokristall mum, modifikatsiya qilingan lanolin, oq quruq parafin.
Diprozon asosidagi preparatlar tarkibida betametazonning dipropionatli efirini saqlaydi, kortikosteroidlarning umumiy xususiyatlariga ega bo'lgan glyukokortikoid bo'lib xisoblanadi.
Farmakologik dozalarda kortikosteroidlar asosan yallig'lanishga qarshi va/yoki immunitetni susaytirish uchun qo'llaniladi.
Betametazon dipropionati kabi sirtga qo'llash uchun kortikosteroidlar, ularning yallig'lanishga qarshi, qichishishga qarshi va tomirlarni toraytiruvchi ta'sirlariga muvofiq bir qator dermatozlarni davolashda samaralidir. Biroq, garchi kortikosteroidlarning fiziologik, farmakologik va klinik samaralari yaxshi ma'lum bo'lsada, ularning ta'sir etishning aniq mexanizmlari har bir kasallanish uchun aniqlanmagan.
Sirtga qo'llash uchun kortikosteroidlarning teri orqali so'rilish darajasi, ko'pgina omillar, shu jumladan, transport tuzilishi, epidermal to'siqning butunligi va okkulyuzion bog'lamlarning qo'llanilishi bilan aniqlanadi.
Sirtga qo'llash uchun kortikosteroidlar sog'lom, normal teri orqali so'rilishi mumkin. Teridagi yallig'lanish va/yoki boshqa kasallik jarayonlari teri orqali so'rilishini oshirishi mumkin.
Okklyuzion bog'lamlar sirtga qo'llash uchun kortikosteroidlarning teri orqali so'rilishini ahamiyatli oshirishi mumkin.
Teri orqali so'rilgandan so'ng sirtga qo'llash uchun kortikosteroidlar, tizimli qon oqimida taqsimlangan kortikosteroidlarning farmakokinetik yo'llari bilan o'xshash. Kortikosteroidlar u yoki boshqa darajada plazma oqsillari bilan bog'lanadi, asosan jigarda to'planadi va buyraklar orqali chiqariladi. Sirtga qo'llash uchun kortikosteroidlardan ba'zilari va ularning metabolitlari ham safroga ajraladi.
Ekzobeta ™ dori vositasi odatda yaxshi o'zlashtiriladi, nojo'ya ta'sirlar esa kam hollarda uchraydi. Agar tananing keng sohalari yoki terining burmalari uzoq vaqt davomida ishlov berilayotgan yoki steroidlarning haddan ziyod ko'p miqdorini qo'llash bilan bo'lsa, betametazon dipropionatining tizimli so'rilishi, oshirilishi mumkin. Bunday vaziyatlarda, ayniqsa emizikli va yosh bolalar uchun qo'llashda muvofiq ehtiyotkorlik choralarini ko'rish lozim.
Ekzobeta™ ni qo'llashda xabar berilgan quyidagi mahalliy nojo'ya ta'sirlar quyidagilarni o'z ichiga oladi: achishish, qichishish, zo'riqish, quruqlik, follikulit, gipertrixoz, husnbuzar simon toshma, gipopigmentatsiya, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit, terining matseratsiyasi, ikkilamchi infektsiyani, striya va issiqlik toshmasi.
Tanaffussiz davomli qo'llash terining lokal atrofiyasini, striyalar va yuzaki tomirli dilatatsiyani, ayniqsa yuzda, keltirib chaqirishi mumkin.
Kortikosteroidlarni qo'llashda ko'rish qobiliyatining buzilishi qayd qilingan (tez-tezligi noma'lum).
Mahalliy va tizimli toksiklik ayniqsa terining katta shikastlangan sohalarida, teri burmalari yoki polietilenni bilan uzoq vaqt uzluksiz qo'llashda tarqalgan. Bolalar yoki yuz uchun qo'llashda qo'llash muddatini 5 kungacha cheklash kerak. Yoshdan qat'iy nazar barcha bemorlar uchun uzoq muddatli uzluksiz davolashdan saqlanish kerak.
Okklyuzion bog'lamlarni qo'llash mumkin emas.
Sirtga qo'llash uchun kortikosteroidlar bir qator sabablar bo'yicha psoriazda xavfli bo'lishi mumkin, shu jumladan yaxshilanishdan so'ng qaytalanishi, terining himoya funktsiyasining kuchsizligi sababli tarqoq pustulyoz psoriaz va mahalliy tizimli toksiklik xavfi paydo bo'lishi mumkin. Bemorni sinchkov nazorat qilish katta ahamiyatga ega.
Umumiy
Sirtga qo'llash uchun kortikosteroidlarning tizimli so'rilishi davolash bekor qilingandan so'ng glyukokortikosteroidlar kamaytirilishi bilan gipotalamo-gipofizar-buyrak osti bezlari tizimini qaytalanuvchi xavf keltirilishiga olib kelishi mumkin. Itsenko-Kushing sindromining namoyon bo'lishi ham davolash vaqtida sirtga qo'llash uchun kortikosteroidlarning tizimli so'rilishida ba'zi bemorlarda vujudga kelishi mumkin. Terining katta sohasiga surtiluvchi sirtga qo'llash uchun kuchli steroidlarning yuqori dozasini qabul qiluvchi bemorlar gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimi susayishi ehtimoli tufayli davriy ko'rikdan o'tkazilishi kerak. Gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimi susayishlari aniqlanganda dori vositasini bekor qilishga, qabul qilish tez-tezligini qisqartirish yoki ancha kuchsizroq kortikosteroidga almashtirishga sinama olish kerak bo'ladi.
Gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimi funktsiyasini tiklanishi umuman olganda dori vositasini bekor qilingandan so'ng darhol amalga oshadi. Kam hollarda, steroidlarni bekor qilish signallari va alomatlari paydo bo'lishi mumkin, bu kortikosteroidlarning qo'shimcha tizimli qabul qilinishini talab etadi.
Kortikosteroidlarni tizimli qabul qilishdan so'ng biron-bir nojo'ya samaralar, shu jumladan adrenal supressiya, shu bilan birga sirtga qo'llash uchun kortikosteroidlarni qo'llashda ayniqsa, emizikli va yosh bolalarda paydo bo'lishi mumkin.
Bolalar yoshidagi bemorlar tananing og'riligiga nisbatan teri yuzasining katta maydoni hisobiga ekvivalent dozalarning tizimli toksikligiga ancha beriluvchan bo'lishlari mumkin.
Qo'zg'alish vujudga kelganda davolashni bekor qilish va muvofiq davolash buyurish lozim bo'ladi.
Ekzobeta ™ surtmasi oftalьmologik qo'llash uchun mo'ljallanmagan.
Kortikosteroidlarning tizimli va sirtga (shu jumladan, intranazal, ingalyatsion va ko'z ichiga) qo'llashda ko'rish qobiliyatining buzilishi namoyon bo'lishi mumkin. Agar bemorda ko'rish qobiliyatining xiralashishi yoki boshqa ko'rish buzilishlari kabi simptomlar vujudga kelsa, tizimli va sirtga qo'llaniladigan kortikosteroidlarni qayd qilingandan so'ng, kataraktani, glaukomani yoki markaziy seroz xorioretinopatiya (MSX) kabi noyob kasalliklar kabi mumkin bo'lgan ko'rish qobiliyatining sabablarini baholash uchun oftalьmologga yuborilishi kerak.
Bolalar
Bolalarda sirtga qo'llaniluvchi kortikosteroidlarga nisbatan sezuvchan bo'lishlari mumkin, ular katta yoshdagi bemorlarga nisbatan, tana og'irligiga nisbatan teri yuzasining katta maydoni va, muvofiq tarzda, ko'p miqdorda so'rilishi sababli gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimi va ekzogen kortikosteroidlarni susayishini chaqirishi mumkin. Tashqi sohaga qo'llash uchun kortikosteroidlarni qabul qiluvchi bolalar yoshidagi bemorlarda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimi susayishi, Itsenko-Kushing sindromi va bosh miya ichki gipertenziyasi qayd qilingan. Bolalarda adrenal supressiya namoyon bo'lishi, o'sishning sekinlashishini, tana og'irligini oshishini sekinlashishini, plazmada kortizolning past darajasi va adrenokortikotropin bilan rag'batlantirish ta'sirning mavjud bo'lmasligini o'z ichiga oladi. Bosh miya ichki gipertenziyasi kuzatilganda bo'rtib chiqqan liqildoqni, bosh og'riqlarini va ikki tomonlama papillomani o'z ichiga oladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homilador ayollarga sirtga qo'llash uchun kortikosteroidlarni qo'llashdan so'ng yaxshi rejalashtirilgan, teratogen ehtimoli nazorat qilinuvchi tadqiqiotlari mavjud emas. Binobarin, sirtga qo'llash uchun steroidlar homiladorlik vaqtida faqat, agar potentsial foyda homila uchun potentsial xavfni yuqori bo'lgandagina qo'llanilishi mumkin.
Sirtga qo'llash uchun kortikosteroidning muvofiq tizimli so'rilishida ko'krak sutida dori vositasining namoyon bo'lish miqdori noma'lum bo'lib qolmoqda. Kortikosteroidlar, tizimli qo'llanilganda, homilaga zararli ta'sir ko'rsata olmaydigan miqdorlarda ko'krak sutida to'planadi. Shunga qaramay, dori vositasini qabul qilishni to'xtatish haqida qarorni ona uchun dori vositasini qabul qilish muhimligini inobatga olib qabul qilish lozim.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Aniqlanmagan.
Betametazon Dipropionati sintetik ftorlangan kortikosteroiddir. U sirtga qo'llanilganda faol, ekzema va turli dermatitlarga, shu jumladan atopik ekzema, fotodermatit, qizil yassi temiratki, oddiy temiratki, Gaydning tugunli qichima, diskoid qizil yugurik, lipoidli nekrobioz, pretsibial miksodermiya va eritrodermiyaga tez va turg'un ta'sir ko'rsatadi. U shu bilan birga bosh terisi psoriazi va qo'l va oyoqlarning surunkali toshmali psoriazi kabi, tarqoq blyashkali psoriazdan tashqari, kam sezuvchan sharoitlarda xam samarali.
Rozatsea, akne, perioral dermatit, perianal va genital qichishish. Ekzobeta™ ning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik, hamda tuberkulez va terining ko'pgina virusli shikastlanishi, xususan, oddiy gerpes, suvchechak kabilar qo'llash uchun mumkin bo'lmagan holatlar hisoblanadi. Yondosh tegishli bakteriyalarga qarshi davolashsiz terining zamburug'li yoki bakterial infektsiyalarida, uzilgan qog'oz sochiq yordamida Ekzobeta™ yordamida qo'llash mumkin emas.
25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda, quruq va qorong'u joyda saqlansin. Muzlatilmasin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin
Kattalarga va bolalarga
Kuniga bir martadan ikki martagacha. Ko'pchilik vaziyatlarda, Ekzobeta™ yupqa qatlam qilib, terining shikastlangan qismini qoplab, kuniga ikki marta surtiladi. Kamroq qo'llash ayrim hollarda yondosh qo'llab turuvchi davolash sifatida ba'zi vaziyatlarda buyuriladi.
Ekzobeta ™ surtmasining erituvchilar asosi, Ekzobeta™ surtma qo'llanilishi bilan vaqti-vaqti bilan va tutib turuvchi davolash vaqtida dozalash tartibini nazorat qilish zarur. Ushbu nazorat steroidlarning pastroq dozalari bilan davolashni talab etuvchi sezuvchan va quruq teri uchun zarur.
Sirtga qo'llaniluvchi kortikosteroidlarni juda uzoq muddat qo'llanilishi buyrak usti bezlarining gipofiz funktsiyasini susaytirish mumkin, bu ikkilamchi buyrak usti bezlarining yetishmovchiligiga olib keladi, bu odatda qaytuvchan. Bunday vaziyatlarda muvofiq simptomatik davolash buyuriladi. Agar gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimining susayishi qayd etilgan bo'lsa, dori vositasining qabul qilinishini bekor qilish, qo'llash tez-tezligini kamaytirish yoki ancha kuchsizroq steroidga almashtirish lozim bo'ladi.
Har bir tubada steroidlarning saqlanishi shunchalik kamki, ular ichga behosdan qabul qilingan vaziyatda katta bo'lmagan yoki umuman toksik samaraga ega bo'lmaydi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

EKZOBETA maz 0,05% 15g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
EKZOBETA maz 0,05% 15g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
EKZOBETA maz 0,05% 15g dori vositasi Agio Pharmaceutical Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
EKZOBETA maz 0,05% 15g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
EKZOBETA maz 0,05% 15g dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SERTOSPAN suspenziya 1ml 5 mg+2 mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Бетаметазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr. Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Zentiva Saglik Urunleri Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 39 500 so'mdan Batafsil
SELESTODERM V maz 30g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya
  • Faol modda: Бетаметазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Schering-Plough Сentral East AG, Швейцария произведено: Schering-Plough Labo N.V.
AKRIDERM krem 15g 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Бетаметазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Акрихин, АО
Narh: 19 990 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
KLOTRIZ krem 30g
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
TERBIZID krem 1% 10g
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
RINIL tabletkalari N100
RINIL tabletkalari N10
PANZAK tabletkalari 40mg N30
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
NEBOBETA tabletkalari 5mg N30
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
ASINOPRAZ kapsulalar 20mg N30
AMBROKSOL ADJIO sirop 100ml 30mg/5ml
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
LIPIROZ 10 tabletkalari 10mg N30
LEVOFAST infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
KELAK inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
ADJIGRA 100 tabletkalari 100mg N4
Narh: 13 000 so'mdan Batafsil
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
LAKSIV eritma dlya priema vnutr 200ml 3,35g/5ml
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
AZIADJIO 500 tabletkalari 500mg N3
PANZAK poroshok 40mg N1
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9