×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GLYUKOTON MR tabletkalari 30mg N30

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Gruziya
Faol modda:
Гликлазид
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- GM Pharmaceuticals Ltd.
Vakil:
- GMP
ATX kodi:
- V06DC01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KETOBEST tabletkalari N100 Nanjing Baijingyu Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
447 000 s`om dan
BEKLOMETAZON aerozol 250mkg Биннофарм, АО Rossiya
49 000 s`om dan
ALFAVIT KLASSIK tabletkalari 540mg N60 ООО ВНЕШТОРГ ФАРМА, Россия Rossiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Ajralib chiqishi modifikatsiyalangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: gliklazid – 30 mg;

Yordamchi moddalar: gipromelloza, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati, kremniy dioksidi.
II avlod sulfonilmochevina hosilalari guruhiga kiruvchi peroral gipoglikemik preparat.

Glyukoton MR Langergans orolchalarida β-xujayralari tomonidan insulinning sekretsiyasini ragʻbatlantirib, qonda glyukozaning darajasini pasaytiradi. Preparat glyukozani tushishiga javoban insulinning sekretsiyasini erta choʻqqisini tiklaydi va insulinning sekretsiyasini ikkinchi bosqichini kuchaytiradi. Insulinning sekretsiyasini ahamiyatli oshishi, ovqat qabul qilish va glyukozani yuborish bilan bogʻliq ragʻbatlantirishga javoban kuzatiladi.

Glyukoton MR periferik toʻqimalarning insulinga sezgirligini oshiradi va xujayra ichki fermentlarining (shu jumladan glikogen-sintetaza) faolligini ragʻbatlantiradi.

Uglevodlar almashinuviga taʼsir qilishidan tashqari mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi. Glyukoton MR trombotsitlarning agregatsiyasi va adgeziyasini qisman susayishiga va trombotsitlarning faollashtiruvchi omillarining konsentratsiyasini pasayishiga taʼsir qilib, mayda tomirlarning trombozi xavfini pasaytiradi. Shuningdek, preparat tomirlar endoteliysining fibrinolitik faolligini tiklaydi va plazminogenning toʻqima aktivatori faolligini oshiradi.

Gliklazid antioksidant va antiaterogen xususiyatlarga ega.

Preparat ichga qabul qilinganidan keyin MIY orqali toʻliq soʻriladi. Plazmada Smax ga 6-12 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi 95% ni tashkil qiladi. T1/2 taxminan 16 soatni tashkil qiladi. Asosan buyraklar orqali metabolitlari koʻrinishida chiqariladi.
Endokrin tizimi tomonidan: gipoglikemiya boʻlishi mumkin.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: juda kam – koʻngil aynishi, qusish, qorinda ogʻriq, diareya yoki qabziyat (odatda qaytuvchi), kam – AST, ALT, IF lar faolligini oshishi;

Qon yaratish tizimi tomonidan: ayrim hollarda – trombotsitopeniya, agranulotsitoz yoki leykopeniya, anemiya (odatda qaytuvchi xarakterga ega).

Allergik reaksiyalar: qichishish, eshakemi, makulo-papulyoz toshma.

Preparat bekor qilinganidan keyin odatda ushbu belgilar yoʻqoladi.
Glyukoton MR faqat albatta nonushta va yetarli darajada uglevodlar tushishini taʼminlovchi muntazam ovqatlanadigan bemorlarga buyurilishi mumkin.

Qonda glyukozaning darajasini, siydikda glyukozaning miqdorini muntazam aniqlash kerak.

Glyukoton MR buyurilganida gipoglikemiyani rivojlanish xavfi, uning simptomlari va rivojlanishiga yordam beruvchi sharoitlar haqida bemorga axborot berish kerak.

Gipoglikemik preparatlar qoʻllanganida keksa yoshdagi patsiyentlarda, doimo yetarli ozuqa olmaydigan, umumiy holati susaygan shaxslarda, buyrak usti bezlari yoki gipofiz yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda gipoglikemiyani rivojlanishini xavfi yuqori.

Jarrohlik muolajalari, jarohatlar yoki infeksion kasalliklar holida insulin preparatlarini qoʻllash ehtimolini hisobga olish kerak.

Glyukoton MR va gliklazidning farmakologik xususiyatlariga taʼsir qiluvchi dori vositalarni bir vaqtda qoʻllashning zarurati boʻlganida, patsiyent uglevodlar almashinuvining laborator koʻrsatkichlarini oʻzi muntazam nazorat qilishi kerakligi haqida ogohlantirilishi kerak.

Glyukoton MR ni biguanidlar, alfa-glukozidazalarning ingibitorlari yoki insulin preparatlari bilan birga qoʻllash mumkin.

Glyukoton MR bilan davolash fonida alkogol yoki tarkibida etanol saqlovchi tibbiy preparatlarni isteʼmol qilishdan saqlanish kerak.

Bemorlar gipoglikemiyaning simptomlari va avtomobil yoki mexanizmlarni boshqarish vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerakligi haqida maʼlumot olgan boʻlishlari kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.
- insulinga qaram boʻlmagan qandli diabet (II tip) parhez davolash va jismoniy yuklama bilan birga oxirgilari samarasiz boʻlganida qoʻllanadi.
insulinga qaram qandli diabet (I tip);
diabetik ketoatsidoz;
diabetik prekoma va koma;
ogʻir buyrak va jigar yetishmovchiligi;
homiladorlik; laktatsiya (emizish);
mikonazolni bir vaqtda qabul qilish;
preparatning komponentlariga va sulfonilmochevinaning boshqa hosilalariga yuqori sezuvchanlik.
Preparat faqat kattalar uchun moʻljallangan. Tavsiya qilingan boshlangʻich doza 30 mg (1 tab.) ni tashkil qiladi. Dozani tanlash davolash boshlanganidan keyin qonda glyukozaning darajasiga muvofiq oʻtkazilishi kerak. Dozani har navbatdagi oʻzgarishi eng kamida 2 haftalik davrdan keyin amalga oshirishi mumkin.

Bir maromda ushlab turuvchi davolashda bir dozani har kuni qabul qilish qonda glyukozaning darajasini samarali nazorat qilishni taʼminlaydi. Preparatning har kungi dozasi 30 mg dan 120 mg (1-4 tab.) gacha oʻzgarishi mumkin. Maksimal sutkalik doza – 120 mg. Preparat ichga nonushta vaqtida sutkada 1-marta qabul qilinadi.

Preparatning bir yoki koʻproq qabullari oʻtkazib yuborilganida navbatdagi qabulda yuqoriroq dozani qoʻllash mumkin emas.

Oldin davolanmagan patsiyentlar uchun boshlangʻich doza 30 mg ni tashkil qiladi. Soʻngra doza zaruriy terapevtik samaraga erishilganida shaxsiy tanlanadi.

Boshqa gipoglikemik preparatdan Glyukoton MR ga oʻtish qanday boʻlmasin oʻtish davrini talab qilmaydi.

Agarda bemor shu vaqtgacha T1/2 davomli boʻlgan sulfonilmochevinaning hosilalari bilan davolangan boʻlsa, u holda 1-2 hafta davomida oldingi davolashning qoldiq samaralarini oqibati sifatida gipoglikemiyani rivojlanishidan saqlanish uchun sinchkov kuzatuv (glikemiyaning darajasini nazorat qilish) oʻtkazish kerak.
Simptomlari: gipoglikemiya. Davolash: gipoglikemiyaning oʻrtacha simptomlari uglevodlarni qabul qilish, dozani tanlash va/yoki parhezni oʻzgartirish bilan muvofiqlashtiriladi. Agarda gipoglikemik komaga gumon qilinsa yoki tashxis qoʻyilsa, bemorga 50 ml glyukozaning konsentrlangan eritmasi (40%) v/i yuboriladi. Soʻngra qonda glyukozani kerakli darajada tutib turish uchun glyukozaning suyultirilgan eritmasi (5%) v/i tomchilab yuboriladi. Sinchkov monitoring eng kamida navbatdagi 48 soat davomida oʻtkaziladi. Glyukoton MR ni mikonazol bilan bir vaqtda qoʻllash gipoglikemiyani koma holatigacha rivojlanishi ehtimolini kuchaytiradi (bunday qoʻshish mumkin emas). Fenilbutazon, etanol sulfonilmochevina hosilalarining gipoglikemik samarasini kuchaytiradi. Beta-adrenoblokatorni bir vaqtda qoʻllash gipoglikemiyaning baʼzi simptomlarini, masalan yurak urishini va taxikardiyani niqoblaydi. Koʻpchilik noselektiv beta-adrenoblokatorlar gipoglikemiyaning yaqqolligi va tez-tezligini oshiradi. Flukonazol gipoglikemiyaning rivojlanishi xavfini kuchaytiradi. Danazol bilan bir vaqtda qoʻllanganida Glyukoton MR ning samaradorligi pasayishi mumkin. GKS (tizimli, sirtga yoki mahalliy qoʻllash uchun), tetrakozaktid, ritodrin, salbutamol, terbutalin (v/i yuborish uchun) bilan bir vaqtda qoʻllashda, qonda glyukozaning darajasini oshiradi. Glyukoton MR progestagenlar bilan bir vaqtda qoʻllanganida yuqori dozalarda progestogenlarning diabetogen samarasini hisobga olish kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GLYUKOTON MR tabletkalari 30mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GLYUKOTON MR tabletkalari 30mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GLYUKOTON MR tabletkalari 30mg N30 dori vositasi GM Pharmaceuticals Ltd. tomonidan Gruziya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GLYUKOTON MR tabletkalari 30mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GLYUKOTON MR tabletkalari 30mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
GENEZIS-MR tabletkalari 60 mg N60
GENEZIS-MR tabletkalari 30 mg N60
DIABETON MR tabletkalari 60mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Гликлазид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Les Laboratoires Servier, Франция произведено: Les Laboratoires Servier Industrie
  • Vakil: Les Laboratoires Servier
DIABETON MR tabletkalari 60mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Гликлазид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Les Laboratoires Servier, Франция произведено: Les Laboratoires Servier Industrie
  • Vakil: Les Laboratoires Servier
Narh: 67 200 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
AMRA FORTE tabletkalari 4mg/1,25mg N30
Narh: 44 900 so'mdan Batafsil
ALBEZ tabletkalari 200mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 51 500 so'mdan Batafsil
MIKOFLYU kapsulalar 150mg N1
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
AZIMAK kapsulalar 250mg N6
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
AZIMAK kapsulalar 500mg N3
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
ISMIJEN tabletkalari 7mg N30
Narh: 184 000 so'mdan Batafsil
EMKOR tabletkalari 10mg N30
Narh: 55 200 so'mdan Batafsil
EMKOR tabletkalari 5mg N30
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
EMKOR tabletkalari 2,5mg N30
Narh: 105 000 so'mdan Batafsil
PEO poroshok 1g N1
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
SEDAREKS tabletkalari 2mg N30
Narh: 210 000 so'mdan Batafsil
KAFRA tabletkalari 400mg N5
VALTAN tabletkalari 80mg N30
PULMOLAN tabletkalari 30mg N20
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
SIKLOVAL tabletkalari 500mg N10
Narh: 96 000 so'mdan Batafsil
TRIMEKOR MR tabletkalari 35mg N30
Narh: 68 999 so'mdan Batafsil
STAZEKS tabletkalari 75mg N30
Narh: 171 000 so'mdan Batafsil
TENIKAM LIOFILIZIROVANNIY poroshok 20mg
Narh: 50 500 so'mdan Batafsil
SUARON tabletkalari 100mg N20
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
SUARON poroshok 100mg N10
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
VENO RITZ tabletkalari 450mg+50mg N30
LORANEKS tabletkalari 5mg N10
Narh: 31 400 so'mdan Batafsil
ALER G tabletkalari 10mg N20
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
URSOMAK kapsulalar 300mg N20
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9